1917-yil fevral inqilobining Turkistonga ta’siri. Muxtoriyatchilik harakati

1917-yil 27-fevralda Petrogradda boMgan demokratik inqilob Turkiston oMkasiga ham o‘z ta’sirini o’tkazdi. Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlanib ketdi. Turkiston
302
www.ziyouz.com kutubxonasi

ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘lka muxtoriyati masalasi asosiy masala boMib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g’oyasi nafaqat demokratik ziyolilar orasida, hatto oddiy xalq o’rtasida ham ancha ommalastigan edi.
1917-yiIning mart-aprel oylari oMkaning siyosiy uyg‘onishida burilish davri boidi. Turkiston jadidlari, miliiy ziyolilari va islom ulamolarining yetakchilari boMgan Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919), Munavvar Qori (1878-1931), Ubaydullaxo’ja AsaduIIaxo‘jayev (Ubaydulla Xo‘jayev; 1882-1938), Fitrat (1886-1938), Fayzulla Xo‘jayev (1896-1938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Abdulvohid Burhonov (1875- 1934). Mustafo Cho‘qay (1886-1941), Muhammadjon Tinishboyev (1879-1939), Sherali Lapin (1868-1919), Ahmad Zakiy Validiy (1890- 1970), Obidjon Mahmudov (1858-1936) o’lkada yangi tashkil qilingan “Sho‘roi Islomiya” (1917 yil mart), “Sho‘roi Ulamo” (1917 yil iyun), ‘Turon” jamiyatlari va “Turk adami Markaziyat (federalistlar) firqasi” (1917 yil iyul), “Ittifoqi muslimin” (1917 yil sentyabr) siyosiy partiyalarining tuzilishida muhim rol o‘ynadilar.
1917-yil 7-aprelda Petrograddagi Muvaqqat hukumat qarori bilan kadet N.N.Shchepkin rayisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti tashkil qilindi. Komitet tarkibiga 9 kishi kirgan boiib, ulaming to‘rttasi: Alixon Bukeyxonov, M.Tinishboyev, Sadri Maqsudov, A. Davletshinlar turkiy xalqlar vakillari edi. Keyinchalik Turkiston Komitetining tarkibi o‘zgartirildi.
Jadidchilik 1917-yilda ma’rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko‘tari!gan edi. 0 ‘sha 1917-yiIning o‘zida to*rt marta Butunturkiston musulmonlari qurultoyi o‘tkazildi. 1917-yil 16-23 aprelda Toshkentda boMgan I-qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g’oyasi plg‘a surildi. Bu g‘oya Turkiston xalqlarining o‘z milliy davlatchiiigiai tiklash yoMidagi dastlabki qadami edi.
Butunturkiston musulmonlari I qurultoyining so‘nggi majlisida Markaziy rahbar organ-Turkiston 0‘lka musulmonlari Kengashi (Kraymussovet) tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. Uni tuzishdan asosiy maqsad milliy ozodlik harakatiga tashkiliy va markazlashtirilgan xususiyat kasb etish uchun bir-biri bilan tarqoq aloqada boMgan jamiyat, qo‘mita va ittifoqlami birlashtirish edi. Turkiston musulmonlari Markazi Kengashiga Mustafo Cho‘qay rayis, Validiy bosh kotib, Munavvar Qori, Behbudiy, U.Xo‘jayev, O.Mahmudov, ToshpoMatbek Norbo‘tabekov, Islom Shoahmedov va boshqalar a’zo qilib sayiandi. Munavvar Qori va
www.ziyouz.com kutubxonasi
303

Sadriddinxon Sharifxo’ja Qozi o‘g‘li boshchiiigida Toshkent qo’mitasi tuzildi. Shuningdek, Behbudiy rahbarligida Samarqand va Nosirxon to’ra yetakchiligida Farg‘ona bo’limi ham tashkil topdi. Markaziy sho‘roriing organi sifatida “Najot” (muharriri-Munavvar Qori), keyinchalik “Kengash” (muharriri-Validiy) gazetalari chiqa boshladi. Shuningdek,
1917 yilda nashr qilingan “Ulug‘ Turkiston”, “Turon” gazetalarida muxtoriyatchilik g’oyasi bilan sug’orilgan maqolalar chop qilindi.
Shunday qilib, 1917-yil bahorida Turidstonning birligi va yaxlitligi tomon muhim qadam tashlandi. Tarixda ilk marta Butunturkiston tniqyosida musulmonlar qurultoyi chaqirilib, unda tub xalqlaming muxtoriyat tomon qat’iy intilishi, o’z an’analari, urf-Odatlari va turmush tarzini izchil turib himoya qilishi aytildi. Bu manfaatlaming ifodachisi
bo’lgan Milliy Markaz – Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi tashkil etildi.
Afsuski, birlashish jarayonlari har doim ham bir tekis rivojlanmadi. Asr boshidan buyon davom etayotgan “jadid-qadim” nizolari demokratik harakat saflarida parchaianish yuz berishiga olib keldi. Ma’lumki, 1917- yil 14-martda Toshkentda “Sho’roi Islomiya” tashkil topgan edi. Aksariyati jadidlardan iborat bu tashkilot a’zolari Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. 1917-yil iyun oyida Munavvar Qori boshchiligidagi “Sho’roi Islomiya” tashkiiotidan “Sho‘rOi Ulamo” ajralib chiqdi. Sherali Lapin uning Toshkent shu’basiga asos soldi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Qo’qon shahrida ham “Sho‘roi Ulamo” jamiyati tuzildi.
Lekin ikki jamiyat o‘rtasida g’oyaviy kelishmovchiliklar mavjud bo’lib, ular bir-biri bilan kelisha olmasdilar. Chunki “Sho’roi Ulamo” jamiyati o’z dasturida islom dinining an’anaviy asoslari bo*yicha ish ko‘rishini ma’lum qilsa-da, aslida Lapin boshchiligidagi Toshkent ulamochilari avval rus monarxiyasi, so‘ngra bolshevizm g’oyalari bilan o’z xarakatlarini muvofiqlashtirishga behuda urindilar. “Sho’roi Ulamo” jamiyati o‘z maqsadlari targ’iboti uchun “A1 – Izoh” jumalini chiqara boshladi (muharriri-Abdumalik hoji Nabiyev). Har ikki jamiyat o’rtasida g’oyaviy kurash, xususan, matbuot sahifalarida avj olib ketdi.
1917-yil 10-sentabrda Toshkentda Butuntuikiston musulmonlarining II qurultoyi ochildi. “Sho’roi Islomiya” tashabbusi bilan diaqirilgan ushbu qurultoy hokimiyatni ishchi, soldat va dexqon deputatlari Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Ushbu qurultoyda qabul qilingan rezolyutsiyalardia milliy demokratiya o’zi tutadigan yo’lning muhim asoslarini birinchi marta qat’iy qilib aytdi: hukumat demokratik siyosat yurgizadigan bo’lsa, ana shundagina musulmonlar bu hukumatda
304
www.ziyouz.com kutubxonasi

ishtirok etadilar. Ikkinchi qurultoyda faqat Milliy Markaz-Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi mintaqadagi tub yerli aholi manfaatlarini himoya qilishi mumkin degan Пкг qat’iy qilib qo‘yildi.
1917-yil 20-sentabrda Toshkentda bo’lib o‘tgan Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining qurultoyi “ulamochilar” bilan “sho‘roi islomchilar” o‘rtasidagi uzoq va qizg’in baxslarga qaramay, nihoyat, kelishish va miirosa yo‘lini topdi. Qurultoyda “Sho’roi Islomiya”, “Sho‘roi Ulamo”, ‘Turon” va boshqa siyosiy tashkilotlami birlashtirish yo‘li bilan butun Turkiston mintaqasi uchun umumiy bo’lgan “Ittifoqi muslimin” degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi.
Qurultoy ishidagi asosiy masala Turkiston oikasining boMajak siyosiy tuzumini belgilash edi. 0 ‘sha paytda Toshkentda nashr qilingan “Ulug‘ Turkiston” gazetasida yozilishicha, “Qurultoy Mulla Muhammadxo‘ja eshon va Mulla Siddiqxo‘ja eshonlaming boshqaruv shakli haqida”gi nutqlarini tinglab, duoyu ijobat ila Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi. Qurultoy muxtoriyatga ‘Turkiston Federativ Respublikasi” degan nomni qo’yib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo‘lg‘usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me’yorlarini belgilab berdi.
Shu tarzda Turkistonda muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin jamiyatning keng qatlamlari vakillari, ilg‘or ziyolilar bu iiarakatda faol qalnashib, uning poydevorini yaratishga zamin hozirladilar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *