2-mavzu. O‘zbekiston insoniyat taraqqiyotining qadimgi o‘choqlaridan biri

Insoniyatning dastlabki ajdodlari. Paleoiit davri
Insoniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi bir necha asrlar davomida tadqiqotchilar tomonidan o’rganilib turli nazariyalar yuzaga kelgan. Chunki “antropogenez” eng qadimgi davr tarixini o‘rganishdagi muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli mamlakatlarda turli davrlarda yashagan mutafakkirlar insoniyatning paydo boMishi haqida ilmiy ta’rifga yaqin fikrlarni bayon etganlar. Xitoy, yunon faylasuflari mil. avv. VJ-V asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy hodisa deb ta’riflashga uringanlar. Ko‘pchilik tadqiqotchilar insonni mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi darajasiga yetib kelgan, degan fikrni ilgari surishlariga qaramay odarnni xudo yaratganligi, yoki boshqa koinotdan kelib yerga tarqalganligi haqidagi nazariyalar ham bor.
Ingliz olimlari ota-bola Likilar o‘tgan asrning 50-60-yillarida Sharqiy Afrikada (Olduvoy darasida) qazishma ishlari olib borib oddiy tosh qurollar va qazilma odam qoldiqlarini topib, ular bundan 3-3,5mln. yil ilgari mavjud boMgan degan g’oyani ilgari surdilar. Bu turdagi odamlar fanda “Zinjantrop” (“Ishbilarmon odamlar” yoki “Gomohabilis”) va “Avstralopitek” (“Janub maymuni”) deb nom olgan.
Zinjantroplardan keyingi davrda yashagan qazilma odamlar qoldiqlari Indoneziyadagi Yava orolidan XIX asrning oxirlarida topilgan boMib, fanda ularni “Pitekantrop” (“Maymun- odam”) deb atash rasm boMgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln.-700-600 ming yil ilgari (E.Dyubua) yashaganlari aniqlangan. Shuningdek, 1927 yilda Xitoy hududlaridan topilgan (D.Blek) qadimgi odam qoldiqlari (“Sinantrop” – “Xitoy odami”) bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga oidligi
www.ziyouz.com kutubxonasi
18

aniqlangan. Undan tashqari eng qadimgi qazilma odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidan ham topilgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda zinjantrop, pitekantrop, sinatroplar eng qadimgi odamlar shakllanib rivojlanishining turli tarixiy bosqichlaridir. Bu turdagi qadimgi odamlar gavdaiarini tik tutib yurganlar va toshdan turli mehnat qurollarini yasab, ulardan- foydalana bilganlar. Qurol yasay bilishi, o’simlik ildizlari va meValarni iste’mol qilishda shu qurollardan foydalanishi, shuningdek, ayrim hayvonlarni ovlasbi qadimgi odamlami hayvonot olamidan ajratib turgan.
Bu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, “Arxantrop”lar (qadimgi odamlar) eng qadimgi odamlardan farqlanib, ular zamonamizdan 100-50 ming yil keyin yashaganlar. Qadimgi odamlammg qazilma qoldiqlari dastavval Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilganligi sababli fanda ularni “Neandertal odami” deb nomtash qabul qilingan.
Eng qadimgi odamlar o’zlarining; rivojlanishbosqichlarida mehnat qurollarining turlarini ko’paytirib va sifalini yaxshilab borganiar. Natijada ularning turmush tarzida, jismoniy ko’rinishida o’zgarishlar bo’lib borgan. Shuningdek, miya hajmi ham o’zgarib borgan. O’rta tosh asridagi turJi sabablarga ko’ra, birinchi navbatda tinimsiz mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofali odamlarga aylana bordilar. Ular jismoniy va aqliy
jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayon? nihoyasiga yetdi. Odamning paydo bo’lishi yerdagi eng buyuk hodisalardan bin bo’lib, u dastlab toshdan oddiy to’qmoq yasagan bo’lsa, uzluksiz mehnat, tinimsiz intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi.
Antropogenez jarayonida mehnatnlng o’zgartiruvchanlik mohiyatini arxeologiyaga oid turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Turli davrlarga oid moddiy madaniyatning almashishi hamda yangi asoslarda rivojlanishi moddiy manbalaming tashqi ko’rinishidan ham aniqlanadi. Ko’p ming yillar davomida rivojlangan tarixiy jarayontar – odam va
jamiyat taraqqiyotida asosiy, bosh mezon mehnat ekanligidan dalolat beradi.
Hozirgi davrda olimlarning katta guruhi odamzotning dastlabki vatahi Afrika degan fikmi ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Yeytopa deydilar. Boshqa bir guruh olimlar esa odam dastavval Osiyoning janubida paydo bo’lgan degan g’oyani ilgari suradilar.
19
www.ziyouz.com kutubxonasi

Yaqin yillarga qadar 0 ‘zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan 100 ming yiilar ilgari o‘ziashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko’pchilik tadqiqotchilar O’rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan Yevropa paleoliti bilan bog‘Iab kelar edilar. Ammo so’nggi yillarda O’zbekiston arxeologlari tomonidan olib borilgan ko’pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.
O’tgan asrning 80-yiIlarida arxeolog OMslomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg’ona vodiysidagi Selung’ur (So‘x tumani) g’oridan paleolit davri makonini ochishga muvaffaq bo’ldiiar. So’nggi tadqiqotlar natijalariga qaraganda Selungur ilk paleolit davriga oid bo’lib, o‘n uchta madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko’plab ibtidoiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollar ko‘p hollarda Olduvoy qurollariga o’xshab kctadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Selungur topilmalarining yoshi 1 mln. yildan ziyodroqdir. Selungur topilmalari orasidan eng ahamiyatlisi qadimgi odam jag’ suyaklari, tishlari va yelka suyaklaridir. Fanda “Farg’ona odami”-”Fergantrop” deb nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga O’rta Osiyo, xususan O’zbekistonning insoniyat paydo bo’lib rivojlangan o’choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi.
Undan tashqari Ko’lbuloq makonidan (Shimoli-sharqiy O’zbekiston, Toshkent vil.) ham ko’p qatlamii yodgorlik ochilgan bo’lib, uning eng pastki qatlamlari ilk paleolit davriga oiddir. Shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit qatlamlari ochilgan hamda bu yerdan lOOdan ziyod chopper, nukleus, qirg’ ich va tarashlag’ ich tosh qurollar topilgan.
Tadqiqotchilar Tyanshan etaklaridagi Onarcha (Qirg’iziston) makonidan hamda Pomir etaklaridagi Qoratov (Janubiy Tojikiston) makonlaridan ham ilk paleolit davri qatlamlarini aniqlab bu qatlamlardan
juda ko’plab tosh qurollar topganlar.
Ilk paleolit (Ashel madaniyati) davri eng qadimgi odamlaming
makonlaridagi topilmalarida sodda va qo’pol tosh qurollar ko’pchilikni tashkil etadi. Bu davr kishilarining qurollari o’zining soddaligi, qo’polligi, turlarining kamligi jihatdan keyingi davrlardan keskin farqlanadi. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar. Ular asosan tennachilik va ovchilik bilan tirikchilik o’tkazganlar hamda tabiat oldida juda ojiz boMib, unda mavjud bo’lgan tayyor mahsulotlami o’zlashtirib yashaganlar. Ular na diniy tushunchani, na hunarmandchilikni va tia chorvachilikni bilganlar.
20
www.ziyouz.com kutubxonasi

0 ‘rta paIeolit (Mustye madaniyati) – qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Bu davrga oid dastlabki yodgorlik Teshiktosh (Surxondaiyo) g‘or makoni 1938-yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan edi. Keyinchalik O’rta Osiyo hududlarida tadqiqotchilar tomonidan o‘rta paleolit davriga oid ko‘plab makonlar aniqlandi va ularda tadqiqot ishlari olib borildi. Omonqo‘ton (Taxtaqoracha dovoni, Samarqand), Qo‘tirbuloq va Zirabuloq (Zarafshon vodiysi), Qorabura (Vaxsh vohasi), Jarqo‘rg’on (Shimoliy Tojikiston), Obirahmat (Toshkent viloyati), KoMbuloqning yuqori qatlamlari (Toshkent viloyati), Qizilnur (Qizilqum), Tossor (Qirg‘iziston). Og‘zikichik (Tojikiston), Xo’jakent (Toshkent viloyati), Qopchig‘ay (QirgMziston) kabi ko’plab makonlar o’rta paleolit davriga oid bo’lib, ularning jami 300 ga yaqinlashib qoladi. Tadqiqotchilaming fikrlariga qaraganda, 0 ‘rta Osiyo hududlarida o’rta paleolit nisbiy tarzda mil. avv.
100-40 ming yilliklami o‘z ichiga oladi.
Surxon vohasidagi (Boysuntog’) Teshiktosh g‘or-makoni
topilmalari nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. 0 ‘rta paleolit davriga mansub bu g‘or-makon shimoli sharqqa qaragan boMib, kengligi 20 m, balandligi 9 m, chuqurligi 21 m. Tadqiqotlar natijasida g‘or-makondan beshta madaniy qatlam aniqlanib, bu qatlamlardan 3000 ga yaqin tosh quroliar topilgan. Undan tashqari turli hayvonlar: qoplon, yovvoyi ot, eshak, quyon va turli qushlaming suyak qoldiqlari aniqlangan. Tosh quroliar orasida qirg‘ich-tarashlag‘ichlar alohida o‘rin egallab, ularning ba’zilari kesgich qurol vazifasida ishlatilgan boMishi ham mumkin.
Eng muhimi shundaki, Teshiktosh g‘or-makonining yuqori qatlamlaridan 9 yashar boianing skelet suyaklari topilgan. Tadqiqotchilaming fikrlariga qaraganda, bu bola neandertal tipidagi qadimgi odam vakilidir. Bu bola dafn etilganda ibtidoiy dafn marosimlariga amal qilinib, jasad atrofiga tog‘ echkisi shoxlari qadab qo‘yilgan. Shuningdek, g‘or-makondan gulxan izlari va kul qoldiqlari topilib, gulxan o’rni va atroflaridan tog’ echkisi suyak qoldiqlari aniqlangan Teshiktosh odami 0‘rta Osiyodagi neandertal qiyofadagi qadimgi odamlarning yagona vakili boMib, bu hududlardan hozirgacha boshqa topilmagan.
Toshkent viloyatidagi Obirahmat makoni Tyanshan-Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori oqimidan topilgan. G‘or-makon yoysimon shaklda boMib, janubga qaragan, sahni keng, quruq va yorug’. G‘orda 10 mctr qalinlikdagi 21ta madaniy qatlam aniqlangan boMib,
www.ziyouz.com ku
tu
2
bxonasi
1

ushbu qatlamlar qadimgi odamlar bu yerda uzoq vaqt yashaganlaridan dalolat beradi. Madaniy qatlamlardan ohak toshli chaqmoq toshdan yasalgan xilma-xil mehnat qurollari, jumladan, nukleuslar, parrakchalar, o‘tkir uchli sixchalar, qirg‘ichlar va kurakchalar, uchrindidan tayyorlangan kesgichlar topilgan boMib, ulaming umumiy soni 30 mingdan oshadi. Shuningdek, Obirahmatdan hayvon suyaklaridan yasalgan bigizlar hamda bug’u, tog’ echkisi. to’ng’iz, jayron, arxar va boshqa hayvonlaming suyaklari, gulxan, kul, ko‘mir va boshqa narsalar qoldiqlari ham topilgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Obirahmatda qadimgi odamlar miloddan 120-40 ming yil iigari yashab terib-termachilik va yowoyi hayvonlami ovlab tirikchilik qilganlar.
Topilmalari bilan mashhur boMgan Qo‘tirbuloq makoni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on hududlaridan topilgan. Tadqiqotlar natijasida makondan 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Qatlamlaming qalinligi har xil boMib, ulardagi topilmalar ham bir xilda tarqalmagan. Bu qatlamlarda o’tkir uchli poykonlar, qirgMchlar, teshgichlar, ikki tomoniga ishlov berilgan bargsimon qurollar va boshqa turli-tuman tosh qurollar topilgan. Shuningdek, ko’plab yowoyi hayvonlar – fil, bug‘u, yowoyi ot, quyon kabilarning suyaklari aniqlangan. QoMirbuloqda yashagan qadimgi odamlar mevalar va o’simlik ildizlari hamda yowoyi hayvonlami ovlab turmush tarzi yuritganlar.
0 ‘rta paleolit davriga kelib qadimgi odamlar O’rta Osiyoning keng hududlariga tarqala boshlaydilar. Bu davrda, ayniqsa uning so‘nggi bosqichida qadimgi odamlaming turmush tarzida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo’ladi. Qurollaming turlari ko’payadi.. Ayniqsa, ovchilik bilan bogMiq boMgan nayzasimon o‘tkir paykonlar, turli pichoqlar, qirgMchlar, kesgichlar shular jumlasidandir. Bu davming ijtimoiy hayotdagi eng muhim xususiyali shundaki, bu davrda ibtidoiy to’dadan urug’chilik jamoasiga o’tila boshlandi. Hozirgi zamon odamlariga o‘xshash odamlar (kromanyon) paydo boMishi uchun zamin hozirlandi.
Bu shart-sharoitlaming negizida mehnat qilish bilan bevosita bogMiq mehnat qurollarining takomillashuvi va shu asosda o‘sha davr kishilarining xo‘jalik hayotidagi dastlabki olg’a siljishlar yotadi. Demak, bu davr – ishiab chiqarish bilan bogMiq boMgan qurollar takomillashayotgan, nutq madaniyati o‘sib borib, fikrlash nisbatan ancha oshgan, olov sunMy tarzda yaratila boshlangan, ovchilik ancha rivojlanib, keng hududlarga tarqaigan davr edi.
22
www.ziyouz.com kutubxonasi

O’rta paleoiit davri O’rta Osiyo hududlarida tabiiy iqlirn o’ziga xos bo‘lib, yozda ob-hava iliq va quruq, qishda esa sovuq va namgarchilik bo’lgan. Bu davrning o’rtalari va oxirlariga kelib shimoldan ulkan muzlikning siljib kelishi natijasida iqlirn tamoman o’zgaradi. Natijada qadimgi odamlar turmush larzida katta o’zgarishlar bo‘lib o’tdi. Sovuq iqlim tufayli odamlar ko’proq g’orlarga joylasha boshlaydilar. Janubdagi kichik tuyoqli issiqsevar hayvonlar qirilib ketib shimol bug‘ulari, mamontlar, ulkan ayiqlar paydo bo‘ladi. Ulkan hayvonlaming paydo boMishi esa o‘z navbatida jamoa bo’lib ovchilik qilishning paydo bo’lishigaolibkeldi. ,
Undan tashqari sovuq iqlim tufayli o’rta paleoiit davri odamlari olovni kashf etdilar hamda sun’iy olov chiqarish va uni saqlashni o’zlashtirdilar. G‘or va ungurlarni o’zlashtirish, o‘choq yasab uning atrofida to‘planish va nihoyat jamoa bo’lib ov qilish uslublarining paydo bo’lishi mintaqamizdagi qadimgi odamlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
So’nggi paleoiit uzoq davom etgan qadimgi tosh asrining oxirgi bosqichi bo’lib, nisbiy tarzda mil. avv. 40-12 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Bu davr yodgorliklari mustye madaniyati yodgorliklari madaniyatiga nisbatan kainroq o‘rganilgan. Hozirgi kunga qadar 0 ‘rta Osiyoda bu davrga oid 30 dan ziyod makonlar ochiigan. Samarqand (shaharning o‘zida), Xo‘jag‘or (Farg’ona vodiysi), Shug‘nov (Pomir etaklari), Ko’lbuloq (Toshkent viloyati), Qorakamar (Tojikiston), Achisay (Qozog’iston) yodgorliklari shular jumlasidandir.
Toshkent viloyatida (Ohangaron) joylashgan Ko‘lbuloq makonining eng tepadagi uchta qatlami so’nggi paleoiit davriga oiddir. Bu qatlamiardan nisbatan takomillashgan tosh qurollar hamda ko’plab hayvon suyaklari topilgan. Shuningdek, so’nggi yillarda Toshkentning g‘arbidagi Bo’zsuv I makoni ham so’nggi paleoiit davriga oid ekanligi aniqlangan.
Samarqand shahrida 1939-yiIda ochiigan yodgorlik mintaqadagi so’nggi paleoiit davriga oid dastlabki makon hisoblanadi. Samarqand makoni ko’p qatlamli bo’lib bu qatlamiardan ko’p sonli (7,5 ming) xilma- xil topilmalar topilgan. Ular orasida qirg’ichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, ushatgichlar, boltalar kabilar bor. Shuningdek, madaniy qatlamiardan gulxan qoldig’i, ko’mir parchalari va gulxan atrofidan hayvonlar hamda o’simliklar qoldiqlari aniqlangan. Bu topilmalar bu yerda yashagan kishilaming ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganliklaridan dalolat beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
23

Umuman olganda, ko’pchilik tadqiqotchilar 0 ‘rta Osiyo so‘nggi paleolit davrini asosan uchta – Samarqand, Xo‘jag‘or va KoMbuloq madaniyatlariga фашШаг. Bu daviga oid madaniyatiardan faqat Samafqand shahridan so‘nggi paleolit davri odamining qoldiqlari, ya’ni, yelka suyak qismlari, pastki jag‘ va tishlar topilgan boMib, tadqiqotchilar bu suyaklarni 25-30 yoshJi kroroanyon qiyofali ayolga tegishli boMgan deb Hisoblaydilar.
So’nggi paleolit davriga kcHb odamlarning hayoti va turmush tarzida ham turli o‘zgarishlar bo’lib o’tadi. Xususan, odamlar g‘orlardan chiqib yengil turar joylar, chayla va yarim yertoMalarda yashay boshjadilar. Ular endi faqat tog‘li hududlarda yashab qolmay vohalar bo‘ylab tarqalib, teldsliklarda, daryo va ko’Dar bo’ylarida joylashadilar hamda qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’linadilar. Natijada jamiyatda juft Qilalar paydo bo’ladi hamda ular ayrim urugMarni birlashtirib urug* jn M M n i tashkil etadilar.
Urug’chilik (matriarxat) qadimgi jamiyat tarixining alohida bosqichini tashkil etib> bu jarayon ijtimoiy hayotdagi qator o’2garishiarning paydo boMishiga 2amm yaratdi. Lekin dastlabki unigfchilik tuzumi nisbatan rivojlanishnmg yuqori bosqichiga ko’tarilgan bo’lkhiga qaramay. bu davr odamlari ovchflik, termachilik va baliqchilik bite) kunkechiraredilar.
Paleolit davriga xulosa yasab, shuni aytish mumkinki, bu davrda «daaaing paydo bo’Bshi jarayaal (mtropogeaez) asosan tugadi. Qadimgi odamlar xo’jaHi yuritishning eng oddiy yoMlaridan (terib- tmnachlab) murakkabroq to’rimshlariga (ovdulik, baliqchi1ik)ga o’tdilar. Olov kashf etildi. bisoniyat teda dawidan m g’chilik tuzumiga o ‘tdl Wfcnat qurollari iriaMhSMrib, ularning turiari ko’paydi va sifrti yaxshifamib bordi. Bu davrda qadtmgi odamlar oiasida dasthMd diniy qarasfebr paydo bo’ldi. Teshiktoshdamurdanimaxsus qabrqazib komH3«hi, uning yoniga tog1echkismmg shtndari v a » * quroliar <jo‘yilishirnaflaqotasodifiybol m * edi. Bu janyon paleolit davri neandertal odamlari garchi sodda
b o M s d d a , k o ‘ m i s h a a r o &i ml a r i g a T i c y a q f l g p n H d a r i d a n d a l o l a t b e r a d i
Tosh asrinmg keyingi rivqjtariA davri ianda manlK (eSta task) ami deb qabul qilingan. 0*na Osiyoda mezzritt davri nisbiy tarzda mi). aw.13-7 mingyiffiklardebqabolqflrogm. Mcrofibodamlanm^yeryuzi
34
www.ziyouz.com kutubxonasi

bo’ylab keng tarqalish davri bo’lib, ular shimol tomonga ham, Pomir kabi baland tog‘li hududlarga ham tarqala boshlaydilar. Kaspiy bo‘ylaridan Tyanshan -Pomirgacha, Markaziy Qozog’istondan Kopettog’ etaklarigacha boigan hududlardan mezolit davri yodgorliklarining namunalari topib o’rganilgan. Machay (Surxondaryo), Obishir (Farg’ona vodiysi), Markaziy Farg‘ona, Bo’zsuv, Qo’shilish (Toshkent), Aydabol, Jayronquduq (Ustyurt), Oshxona, Chilchorchashma (Tojikiston). Darayi sho‘r(Vaxsh vohasi) kabilar shular juinlasidandir.
Mezolit davriga kelib yer yuzidagi ulkan muzlikning yana shimolga tomon siljishi natijasida iqlim barqarorlashib hozirgi davrdagiga ancha o’xshab qolgan edi. Buning natijasida 0 ‘rta Osiyo hayvonot olami va o’simliklar dunyosida ancha o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Paleolit davrining yirik hayvonlari yoqola borib ular o‘rniga kichik tuyoqli, tcz yuguiuvchan hayvonlar – jayron, sayg‘oq, bug‘ular, tog1 echkisi, arslon, yo‘lbars, qoplon, quyon kabilar ko‘paya boradi. Shuningdek. janubga xos issiqsevar yovvoyi boshoqli o’simlik va daraxtlar ham tobora ko‘payib bordi. Tabiat va iqlimdagi bu o’zgarishlar mezolit davri kishilarining hayotida ham o’zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Bu davrga kelib kishilar nisbatan nozikroq quroliar tayyorlashni o’zlashtira boshladilar. Xususan, janubiy o’lkalarda, shuningdek, 0 ‘rta Osiyoda turli geometrik shakldagi mayda qurolchalar-mikrolitlar paydo bo’lib, ular uchun suyak va yog‘och dastachalardan qadama sifatida foydalanilgan. Undan tashqari, bu davrda insoniyat o‘z tarixidagi dastlabki murakkab moslama – o‘q-yoyni kashf etdi. Natijada chopqir, kichik tuyoqli hayvonlar va parrandalami ov qilish imkoniyati paydo boMdi.
Bu davrning eng katta yutuqlaridan yana biri yovvoyi hayvonlar -it, qo‘y, echki kabilaming qo‘lga o‘rgatila boshlanib, xonakilashtiriiishidir. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda, mezolit davriga kelib Old, Yaqin va 0 ‘rta Osiyoning ba’zi joylarida termachilikdan yovvoyi o‘simliklami xonakilashtirishga hamda ovchilikdan chorvachilikka o‘tish boshlanadi. Bu jarayon ilg‘or, unumdor ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi va tabiiy-geografik iqlim bilan bevosita bog’liq edi.
Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi Machay (Boysun) g’or makonidir. Daryo sathidan 70 metrcha. balandIikda joylashgan bu makon ko’p qatlamli boMib, ushbu qatlamlardan ko’plab suyak va asosan tosh quroliar topilgan. Suyak quroliar bigiz, igna, so‘zan kabilardan iborat bo’lsa, tosh quroliar –
25
www.ziyouz.com kutubxonasi

pichoqlar, arrasimon quroliar, kesgichlar, usblatgich toshlar, nayza va o’q uchlari kabilardir. Bu qurollarning o‘ziga xos belgilari mavjud boMsa ham Janubiy Qozog*iston va Yaqin Sharqdagi mezolit yodgorliklaridan topilgan tosh qurollarga o’xshab ketadi.
Machay makoni topilmalarining eng ahamiyatli tomoni shundaki, bu yerdan antropoiogik topilmalar – odam bosh suyaklari, tishi, jag‘i va boshqa a’zolari qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu topilmalami o’rganish tadqiqotchilarga 0 ‘rta Osiyoning jamibi mezolit davri kishilarining yevropoid irqiga mansub ekanligini aniqlash imkonini berdi.
Odam suyaklaridan tashqari Machayning madaniy qatiamlaridan bo‘ri, Julki, bars, mo’ynali suvsar, quyon, jayia, olmaxon kabi hayvonlarning ham suyak qoldiqlari topilgan. Tadqiqotchilaming fikricha, bu yerda 20 turdan ziyod hayvon suyaklari mavjud bo‘lib, ularning aksariyati mayda, sindirilgan va olovda kuydirilgan. Demak, machaylik mezolit davri odamlari olovdan keng foydalanganlar hamda hayvon va parranda go‘shtlarini olovda pishirib yeganlar.
Farg’ona vodiysidan mezolit davriga oid Obishir g‘or-makonidan tosh quroliar, bigizlar, qirgMchlar, pichoq qadamalari topilgan. Shuningdek, topilmalar orasida yovvoyi hayvonlarning maydalangan va sindirilgan suyaklari, baliq tutishda ishlatiladigan qadoq toshlar ham bor. Topilgan ashyolarga asoslanib, obishirliklar baliqchilik, ovchilik va termachilik bilan shug’ullangan deyishimiz mumkin.
Keyingi 30-35 yil ichida Markaziy Farg‘ona hududlaridan Sho‘rko‘1, AchchiqkoM, Yangiqadam, Bekobod, Zambar, Toypoqko‘1kabi 80ga yaqin mezolit davri yodgorliklari aniqiandi. Ulaming ko’pchiligi koM yoqalaridan topilgan bo’lib aftidan bu joylar mezolit davri kishilarining yashashlari uchun ko’pgina qulayliklarga ega boMgan. Bu yerlardan topilgan ko‘pgina qurol va tosh buyumlar o’zining nisbatan nozikligi, ixchamligi bilan paleolit davri qurollaridan ajralib turadi. Markaziy Farg’ona tog’lari orasida yashagan mezolit davri qabilalarining turmusb tarzi yovvoyi hayvonlami ovlash va termachilik bilan bog’liq bo’lib, Markaziy Farg’onadagi mezolit davri qabilalari xo’jalik hayotida ovchilik, termachilik hamda baliqchilik qulay tabiiy-geografik sharoiti mazkur hududlarda qadimgi odamlaming keng tarqalib yashashlari uchun keng imkoniyat yaratgan.
O’rta Osiyo tarixida neolit davrining (yangi tosh asri) yuqori chegarasi mil.aw.Vl-quyi chegarasi IV-II1 ming yilliklar bilan belgilanadi. Bu davr O’rta Osiyoda uchta: Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlarining rivojlanishi bilan izohlanadi. Neolit davri qabilalari
26
www.ziyouz.com kutubxonasi

aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, k.o‘1bo’ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik, ayni vaqtda qisman hunarmandchilik biian shug’ullanganlar. Neolit davri turli sharoitlarda yashagan odamlarning mehnat qurollari mezolit davridagiga nisbatan takomillasha borgan.
Joytun madaniyati Janubiy Turkmanistonda, Ashgabat shahridan 25 km shimoldagi Joytun manzilgohidan topilgan bo’lib, bu madaniyat qoldiqlari nafaqat Turkmaniston, balki butun O’rta Osiyoda masbhurdir. Joytun qishlog’i bir necha uylardan tashkil topgan bo‘lib, uylarning maydoni 12-14 kv.m dan iborat. Uy dcvorlari somon aralashtirilgan paxsadan qurilgan. Uylar to’g’ri to’rtburchak bo‘lib, bir xonalik va har bir xonada alohida o‘choq izlari topilgan. Uylar yonida esa omborxona, saroy va xo’jalik o’raiari ham bor. Tadqiqotchilar fikrlariga qaraganda Joytunda 30 ga yaqin uy bo’lib unda 130-150 kishi yashagan. 5-6 kishilik oila yashagan uylarda ona urug’i hukmron bo’lgan.
Uylardan ayollaming loy va toshdan yasalgan haykalchalari, shuningdek, har xil taqinchoq va bezaklar topilgan. Joytun xarobalaridan bug’doy, arpa izlari, yorma tosh, tosh boltalar, parrakchalar, qurol sifatida ishlatiladigan 0‘tkir uchli toshlar, teshgich parchalar, qirg’ichlar, kamon o‘qlarining uchlari-poykonlar topilgan.
Joytun makonidan qo’lda ishlangan sopol idishlar namunalari ham topilgan bo‘lib, ular O’rta Osiyodagi dastlabki sopol namunalaridir. Joytun qishlog’i aholisi mil. avv. Vl-V ming yilliklarda yashab asosan dehqonchilik, chorvachilik, qisman esa ovchilik biian shug’ullanganlar. Joytunda O’rta Osiyodagi dastlabki dehqonchilik madaniyati rivojlanadi va bu makon hozircha mintaqadagi dastlabki dehqonchilik qishlog’i hisoblanadi. Joytunlar sun’iy ariq va kanallar qazib sug‘orma dchqonchilikka asos solganlar. Umuman olganda Kopctdog1 bilan Qoraqum oralig’idagi hududlardan ko’plab neolit davri makonlari ochiigan. Bu makonlardagi xo’jalik ishlab chiqarishi va madaniyati bir- biriga juda o‘xshashligi sababli ularni fanda Joytun madaniyati (dastlabki topilgan joy nomi bilan) deb atash qabul qilingan.
Kaltaminor madaniyatiga oid makonlar dastlab Amudaryo etaklari va Xorazm hududidan topilgan bo’lib bular orasida Xorazmdagi Jonbosqal’a makoni diqqatga sazovordir. Bu yemi qazish paytida chayla va yarim yerto’la shaklidagi makon ochiigan. Bu.makon yog’och ustun, sinchlar bilan ko’tarilgan. Ustiga ko’ndalang yog’ochlar tashlanib, usti qamish bilan berkitilgan. Chayla o’rtasidan katta markaziy o’choq
27
www.ziyouz.com kutubxonasi

qoldig’i, atrofida mayda o‘choq qoldiqlari aniqlangan. Makondan nayza poykonlar, kamon o‘qlarining uchlari va boshqa tosh quroliar topilgan. Shuningdek, madaniy qatlamlardan baliq, yovvoyi cho‘chqa, qirg‘ovul suyaklari va jiyda danaklari ham topilgan. Topilmalar orasida sopol idish namunalari ham boMib, tadqiqotchilaming fikrlartga qaraganda ular mil. avv. V-IV ming yilliklarga oiddir.
Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklar Zarafshon etaklaridagi Darvozaqir makonidan ham topib o‘rganilgan. Bu yerdan topilgan sopol idish namunalari Jonbosqal’a sopollariga juda o‘xshashdir. Quyi Zarafshon va Qashqadaryo etaklaridagi Darvozaqir, Katta va Kichik Tuzkon, Qorong‘isho‘r, Poykent makonlaridan topilgan tosh quroliar va sopol buyumlar hamda boshqa ashyolarni o’rganish, tahlil etish, Yaqin Sharq, Qozog’iston, Ural va boshqa joylardan topilgan neolit davri ashyolari bilan qiyoslash natijasida tadqiqotchilar yuqorida cslatilgan makonlar Kaltaminor madaniyatiga mansub boMib mil. avv. fV-IH ming yilliklarga oid degan xulosaga keldilar. Bu makonlarda yashagan neolit davri odamlari termachilik, jayron, yovvoyi cho‘chqa, bug‘u va boshqa hayvonlar hamda baliq ovlab kun kechirishgan.
So’nggi yillarda 0 ‘rta Osiyoning sharqiy hududlaridan, Hisor-Pomir togMaridan ko‘plab neolit davri yodgorliklari ochildi va o’rganildi. Bu o’ziga xos madaniyat fanda Hisor madaniyati degan nom oldi. Asosan tog’oldi va togMiklarga xos bo‘lgan Hisor madaniyatiga mansub yodgorliklar 200 dan ziyod bo’lib Tutqovul, Soysayyod, Quyi Bulyon, Darayi Sho‘r, Gaziyontepa kabilar shular jumlasidandir. Hisor madaniyatiga mansub yodgorliklar asosan mil. avv. V-I1I ming yilliklarga oiddir.
Hisor madaniyati sohiblari sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, qisman termachilik bilan shug‘ullanganlar. Hisor makonlaridan topilgan turli-tuman topilmalar ushbu jarayonlardan dalolat beradi.
Demak, 0 ‘rta Osiyoning barcha hududlaridan-shimoldagi Ustyurtdan, Markaziy va Janubiy Qozig’istondan, Qizilqum va Qoraqumdan, Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Toshkent vohasi va F«rg‘ona wodiysidan ko’plab neolit davri makonlari ochilgan. Xususan, ■eoiit davri Markaziy wadaniyati fanda 0 ‘rta Osiyoda to‘rtii$fci neolit davri madaniyati debkiritilgan.
Dsttu makenboda oiib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni &co&davrigaketih, mezotitning so’nggi bosqichlarida kashf di%anIQskbohafafшй*fceagtanqriadi Parrakchalar, nayza va kamon
28
www.ziyouz.com kutubxonasi

оЧ|Iarming uchlari, pichoqlar, tesligiclilar, pannalar, qirg‘ichlar, vorma toshlar, o‘roq va boshqa qurollar takomillashadi. Eng qadimgi davrning dastlabki davrida qo’lga kiritiigan barcha yutuqlar bu davrga kelib yakunlanadi. Neolit davri odamlari o’zlarining tinimsiz mehnati, kuzatuvcharilik qobiliyati, ibtidoiy bilimlarini safarbar qilib. xo‘jalikning ilg’or, unumdor shaklini – dchqonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Geografik muhit va shart-sharoitning turli tumanligi bu davr qabilalarida mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turar-joylar va xo’jaliklaming turlicha bo’lishiga olib keldi. Xususan, 0 ‘rta Osiyoning janubidagi neolit davri-qabilalari xo‘jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan boIsa, shimoldagi qabilalar esa tabiiy sharoitning noqulayligi tufayli uzoq vaqt rivojlanishdan orqada qolgan.
Neolit davrida qadimgi ajdodlarimiz loydan idishJar yasab ularni olovda pishirish yo‘li bilan kulolchilikka asos soldilar. Shuningdek, ip yigirish asosida to‘qimachilikni kashf etdilar. Odamlar yog‘och va qamishdan qayiq yasab (qayiqsozlik) suvda suzishni ham o‘zlashtirdi)ar. Xullas, neolit davri yutuqlarga boy bo’lib, o’zidan ilgarigi davrlarga nisbatan yuksak rivojlanish davri boidi.
Tadqiqotlar natijalariga qaraganda tosh va bronza davrlari o’rtasida mis-tosh (eneolit) davri bo’lganligi aniqlangan. Bu davr metall qurollarning barchasi bronzadan qilinmay, sof misdan yasalganligi ma’lum. 0 ‘rta Osiyoda eneolit davri nisbiy tarzda mil. avv. IV ming yillikning oxiri-IIl ming yillikning boshlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda mis o’zining kimyoviy xossalari (tez eruvchanlik, egihivchanlik) tufayli xo’jalik hayotda ustunlik qila olmadi. Ishlab chiqarishda avvalgidek tosh qurollar asosiy o‘rinda bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham bu davr mis-tosh asri deb yuritiladi.
Mezolit oxirida va neolit davrida terib-termachlab, ovqat topishdan yovvoyi o’simliklarni ekish va o‘tkazish yo‘li bilan madaniylashtirish orqali vujudga kelgan dehqonchilik eneolit zamonida yuqori xo’jalik turiga aylanib bordi. Dehqonchilik bilan uy chorvachiligi ortiqcba mahsulot yetishtirishga va mol ayirboshlashni tartibga solishga asos bo’lgan. O’rta Osiyo hududlarida quyidagi yangi tarixiy-madaniy jarayonlar eneolit davri bilan bog’liqdir:
1.Xo’jalikning boshqa hamma turlariga qaraganda haydama dehqonchilikning ustunlik qilishi;

  1. Toshdan ishlangan qurollar ko’p bo’lgan holda mis qurollarning paydo bo’lishi;
    29
    www.ziyouz.com kutubxonasi
  2. Katta-katta jamoalaming paxsadan va xom g‘ishtdan tikJangan katta- katta uylari;
  3. Kulolchilikda muhim texnika yutug‘i – xumdonlaming ishlatilishi;
    5.0 ‘troqchilik xo’jaligining rivojlanishi, jamoa birlashmalarining uylari
    va qurilishida xom g’ishtning paydo bo’lishi;
    6.Turli hayvonlarning loydan yasalgan va ona urug’i tuzumiga
    (matriarxatga) xos haykalchalari;
    7.Rangdor sopol buyumlar, ya’ni turli tasvirlar ishlangan sopol
    buyumlaming mayjudligi.
    Eneolit davrida 0 ‘rta Osiyo aholisining madaniyati bir bosqich
    yuqoriga ko’tariladi. Lekin bu hududlardagi qabilalarning madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bir xil darajada emas edi.
    Qadimgi qabilalar mis-tosh davriga o’tgach, madaniy, xo’jalik va ishiab chiqarish taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Yangi xo’jalik turlari – dehqonchilik va chorvachilik avvalgidek, Turkmanistonning
    janubi-g‘arbidagi qulay geografik sharoitda rivojlanadi. Bu paytda quyi Zarafshon va Amudaryo havzalarida yashovchi qabilalar hali madaniy o’simliklar o‘stirishga o’tmagan edilar. 0 ‘rta Osiyoning sharqiy qismidagi tog*Ii hududlar aholisi xo’jaligida esa ovchilik ustun edi. Demak, ilk va rivojlangan mis-tosh davrida 0 ‘rta Osiyo qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta farqlar va notekisliklar saqlanib qoladi.
    Dasht va tog‘ hududlaridan topilgan xilma-xil moddiy manbalami o’rganish natijalari (sopol idishlar, tosh qurollar, hayvonlar va qushlar suyaklari) qabilalarning iqtisodiy hayotida qo’shimcha xo’jaliklar – ovchilik va baliqchilik asosiy manba boMganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga dasht odamlari tarixida chorvachilikning ilk bosqichi boshlanadi deyish mumkin. Lekin neolit davri an’pnalari o’z ahamiyatini yo‘qotmagan. Aholining asosiy qismi daryolarning irmoqlari sohilida va ko’llar atrofida yashagan. Tabiiy boyiiklar eneolit davri odamlari uchun hayot manbai hisoblangan.
    Eneolit davriga oid muhim yodgorliklar Janubiy Turkmanistondagi Anov va Nomozgohtepa hududlarida aniqiangan. Bu yerdagi uy-joylar xom g‘ishtdan qurilgan. Moddiy topilmalar orasida mis qurollar tosh qurollarga nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Shuningdek, bu makonlardan topilgan guldor sopol buyumlar kulolchilikning ham ancha rivojlanganligidan dalolat beradi. Sirti qora bo’yoqda geometrik chiziqlar va hayvon yoki qush rasmlari bilan bezatilgan bu topilmalar mil.aw. IV mii% yillikka oiddir.
    30
    www.ziyouz.com kutubxonasi O’zbekiston hududlarida eneolit davri yodgorliklari hozircha yaxshi o’rganilmagan. Mil. avv. IV-III ming yillik boshlarida Amudaryo va Zarafshon quyi oqimlarida Kaltaminor madaniyati tosh qurollari, sopol idishlari va uy-joylari keng tarqalgan. 0 ‘rta Osiyoning shimoli-sharq dashtlarida va Orol dengizi sohillarida ovchilik, baliqchilik va ilk chorvachilik xo‘jaliklari rivojlanadi. Buxoro vohasidagi Lavlakon, Beshbuloq makonlari va Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari eneolit davriga oiddir. Bu yodgorliklardan so‘nggi Kaltaminor topilmalariga o‘xshash sopol idishlar bo’laklari va chaqmoqtosh bilan birga misdan yasalgan ignalar va munchoqlar topilgan.
    Yuqori Zarafshonning Panjikent shahridan 15 km g‘arbda joylashgan Sarazm qishlog’i xarobasi eneolit davri dehqonchilik qabilalarining 0 ‘rta Osiyoni shimoli-sharqiga yoyilganidan dalolat berib, qadimgi dehqonchilik aholisining dehqonchilik chegaralarini ham
    ko’rsatadi.
    Umumiy maydoni 90 gektar boMgan Sarazm qishlog‘i xarobalari
    IOta tepalikda joylashib, 4ta davrga boMinadi. Ular topilmalarga qarab bir- biridan farq qiladi. Dastlabki ikki davr eneolit, keyingi ikki davr esa bronza davriga oiddir. Sarazmdan uy-joy va ro‘zg‘or-xo‘jalik inshootlari qoldiqlari ochib o’rganilgan. Bu yerlardan sopol idishlar, metalldan va toshdan ishlangan qurollar, (jumladan, tosh ketmonlar) zeb-ziynat buyumlari ko‘plab topilgan.
    Sarazm moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston, Janubiy Afg’oniston, Eron, Hindiston madaniyatlariga mansub buyumlar ham bor. Ular eneolit davri qabilalari o’rtasidagi keng madaniy va iqtisodiy aloqalardan dalolat beradi.
    Ibtidoiy tasviriy san’at. Bronza davri yutuqlari Yozuv haqida yangi ma’lumotlar
    Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g‘orlaming devorlariga turli tasvirlar tushirish so‘nggi paleoiit davriga oiddir (lspaniyadagi Altamir g‘ori). 0 ‘rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo boMadi. Neolit davriga kelib, bu san’at yangi asosda rivojlanish bosqichiga o’tadi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa, Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning namunalari topilgan.. 0 ‘tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari orasida muhim ahamiyatga ega boMgain va 0 ‘rta Osiyoning togMik tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    31 xildir. Bir xfflari bo*yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa-urib-o’yib ishqalash, chtztsh usuK bilan khlangan rasmlar (petrogiiflar) keng tarqalgan.
    VHaBnizdagi qojtfosh asm laming tag nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsny, Ko’ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo’lib, ular yuzdan ziyoddir. Mazkur joylardagi qoyatoshlarda 0‘zbckistoiming qadimgi va hozirgi haywooot olami vakillarining rasralarini kuzatish mumkin. Ular boqalar, shcriar va yo’lbarslar, qoplon, tuflriva bo‘rilar, bug‘u va jayronlar kabilardir. Rasmlar otasida o’q-yoy, qopqon kabi narsalar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Mavjud qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatdan xiima-xildir. Unda odamlar, ov,yirtqich hayvonlarto‘qnashuvlari manzaralari tasvirlangan.
    Respublikamizdagi eng qadimgi rasmlar Z araataoyda bo’lib (SunondatyoX bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni, miLaw. VII1-IV ming yiffikfanga oiddir. Qoyatosh tasmlari orqali 0‘sha davr odamlarining ov.
    t va jangmor quiollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avtodlarimizning gfoynVty qarashlari va diniy e’tiqodlarini o^iganishda muhim ahamiyatga cgadir. Undan tashqari, qayatoth aamtfaai mirmwa va maigarahrinmg boyligi bilan ajralib turadi иалйаНосвдtanqaladi. Uddn anatlar кЫапнЬ vdobi vilwi xil bo’lib,
    Mfiflnplr yadgMWdteang Kr turi imoblaaadi. Ulaming mazmon va
    m nm nsi Tna’nosidaa b&b
    k i s h i l a r i n i n g * D 4j a l i k h a y o t i
    o f r g a t i s f a v a x o n a l d l a s h t i r i s h ,
    tna’lum tacawurlarga щga to’fidmniz mumkin. Ayni paytda qoyatosh
    tasmbri«fttiganos«fatam riheNo,ular«cqalihieifatidoiyvaqadimgi odamlammg san’ati, csfcuik iae’dodi o‘sha davr auqtti nazaridan ynqori darajadabo’lg^igmi bilibolishimizmumkin. Ko’pcfciftk tadqiqotchilar fikriga q m p jK tk , brmuKung vrtani KidnkOsiye va Mcsapolamiya ho1gpn. Qadimgi Mhr, Mesapotontya, KichikOnyo vaCronningjanubi»g‘art>idamilaw, IB-fl mmgyiltikning boshlaridarivqjfanganjmaiytflseng mrnaqtopadLO’rtaOsiyodahrena
    l|^gfmiL aw. П1mmgyillifcdan1mmgyflHhatigboahiarigachabo’lgan davffla o‘z ichiga oladi. Tadqiqolchilanring fifafcaiga qaraganda bronza a n udhta katta xnmologik davrga: 3k, roojlppn va so‘nggi bronza ‘ davrlagga be’linadL O’rta Qtiyoniqg shimalqr ш ahanpy hududlarida m a v j u d b o ‘J g a n b n a z a d a v r i y a d g p r i i k f c r i m a d a n i y a t i j a n u b f y
    hndndlanfagi uftraqmadanfeafldan гдиНЬйвай. 32
    duqih, ibtidoiy yoki h a q i d a , h a y v o n l a r n i o v c h a r v a d u l i k a i fMQfdo
    qadimgi davr q i l i s h , q o ‘ l g a b o ‘ l i s h i h a q i d a
    www.ziyouz.com kutubxonasi O’zbekiston hududida bronza davrida asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalarning moddiy-madaniy yodgorliklari Xorazmda 50 dan ziyod ochilgan bo’lib, Tozabog‘yoh madaniyati nomi bilan mashhurdir. Bu madaniyatga mansub sopol buyumlar Qozog‘iston va Sibir hududlaridan topilgan sopol buyumlarga ancha o‘xshab ketsada, o’ziga xos xususiyatlari bilan Sharqiy Yevropa chorvadorlari yaratgan bronza davri Yog‘ochband madaniyatidan, Qozog’iston va Sibirdagi Andronovo madaniyatidan ham farq qiladi. Bunga asosiy sabab, tozabog‘yobliklar orasida dehqonchilik keng tarqalgan.
    Tozabog‘yob madaniyatiga oid makonlarning ayrimlaridan qadimiy mozorlar (Ko’kcha), ko‘pchiligidan esa yarim yertoMa shaklidagi uy-joy qoldiqlari ochilgan. Ulardan zeb-ziynatlar, hayVon suyaklari, sopol idishlar, toshdan va bronzadan ishlangan qurollar topilgan. Tozabog‘yob sopol idishlari asosan qo’lda ishlangan. Xorazmdagi so’nggi bronza davriga oid yodgorliklar Amirobod madaniyati nomi bilan mashhur bo‘lib, mil. avv. 1X-VIII asrlarga oiddir. Bu madaniyat sohiblari Tozabog’yob madaniyati xususiyatlarini saqlab, yarim yerto‘la turar-joy, sug’orish inshootlari izlari va qo’lda yasalgan sopol idishlar bilan i/ohlanadi.
    Quyi Zaiafshonntng bronza davri yodgorliklari Zamonbobo madaniyati nomi bilan ataladi. Bu davrga mansub yodgorliklar orasida Zamonbobo ko‘li yoqasidan topilgan qadimgi qabriston ayniqsa, diqqatga sazovordir. Qabrlar yakka va jufl qabrlar bo‘lib, dafii etish jarayonida ko’mish marosimlariga amal qilingan. Qazishmalar jarayonida erkaklar qabrlaridan o’q-yoy poykonlari, pichoqlar, pichoqsimon tosh qurollar va turli shakldagi sopol idishlar, ayollar qabrlaridan sopol idishlar, bronza ko‘zgu, upadon, surmadon kabi pardoz buyumlari va yarim qimmatbaho toshlardan turli shaklda ishlangan munchoq va marjonlar topilgan.
    Zamonboboliklar chaylasimon kulbalarda istiqomat qilib, dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Topilgan ko’plab mehnat qurollari, boshoqli o’simliklar qoldiqlari va hayvonlar suyaklari shundan dalolat beradi. Shuningdek, zamonboboliklar jamoasida hunarmandchilikning turli tarmoqlari, xususan, kulolchilik, bronzani eritib undan har xil ashyolar yasash, ayniqsa toshni ishlash texnikasi ancha iivojlangan.
    Zamonbobo madaniyati janubdagi o’troq dehqonchilik jamoalari ta’sirida shakllangan. Bu maidaniyat xonaki chorvachilik va motiga (ketmoncha) dehqonchiligi bilan kun kechirgan Buxoroning tub aholisiga
    www.ziyouz.com kutubxonasi mansubdir. Bronza davrida Buxoro vohasining daryo adoqlarida endigina dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ilk qishloqlar paydo bo’lib, ular yarim yerto’la va shox-shabba yengii chaylalardan iborat turar joylardan tashkil topgan. Bularda uy hunarmandchiligining misgariik, toshtaroshlik, to’qimachilik kabi turlari mavjud boMsada, ammo hali ular kasb-hunarning rivoj topgan darajasiga yetib bormagan edi.
    O’zbekistonning janubidagi bronza davri yodgorliklari qadimgi sug’orish hududlari – Ulonbuloqsoy, Sherobod, Bandixon va Mirshodida topib tckshirilgan. Ular Sopolli madaniyati nomi bilan mashhurdir.
    Sopollitepa markazidan to’rtburchakli istehkom, istehkom ichida turar-joylar va xo’jalik xonalari, hunarmandchilik ustaxonalari uchta madaniy qatlamdan iborat ekanligi aniqlangan. Sopollida quriiish, hunarmandchilik va iqtisodiy munosabatlar ancha rivoj topgan. O’choqlai turar joy xonalari ichidagi devor ichiga o’matilgan. Asosiy quriiish ashyosi paxsa va xom g’ishtdir.
    Sopol litepadagi turar-joylar tagidan bronza davri qabristoni ochiigan. Ko’pchilik qabrlar yakka qabrlar bo’lib, jamoa qabrlari ham uchraydi. Ayollar qabrlarida asosan sopol va bezaklar topilgan bo’lsa, erkaklar qabrlaridan asosan sopol, mehnat va jangovar qurollar topilgan. Sopol topilmalar deyarli naqshlanmagan bo‘lib, kulolchilik charxida tayyorlangan.
    Mil. aw. II ming yillikning boshi va o’rtalariga oid Sopollitepa aholisining xo’jaligi dehqonchilik va uy chorvachiligiga asoslangan. Shuningdek, daryo toshlaridan va qumtoshdan ishlangan yorg’uchoqlar va hovonchalar ham ko’plab uchraydi. Bu topilmalaming barchasi Sopollitepada dehqonchilik ancha riyojlanganidan dalolat beradi. Tadqiqotchilaming fikricha, Sopollitepa hozircha 0 ‘zbekistondagi dastlabki eng qadimgi dehqonchilik qishlog’idir.
    Amudaryoning o’ng qirg’og’ida shakllangan Sopollitepa – bronza davridagi daryodan kechuv yo’lini himoya qiiuvchi mustahkam oldingi istehkom (forpost) sifatida paydo bo’lgan. Keyinchalik o’troq dehqonchilik jamoalari shimoliy chegaralarining kengayishi munosabati bilan Sopollitepa o’zining ilgarigi ahamiyatini yo’qota boshlaydi va bo’shab qoladi. Asosiy maricaz vazifasi esa tog‘ darasidan chiquvchi yo’l ustidagi mustahkam qal’a sifatida paydo bo’lgan Jarqo*tonga o’tadi.
    Mil.avv. II ming yillikning o’rtalariga kelib Jarqo’ton o’sha hududlardagi dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi qabilalari uyushmalarinii^ mustahkam istehkomiga aylanadi. Aynan mana shu
    34
    www.ziyouz.com kutubxonasi istehkom orqali Hisortog* oldi vohalari va janubiy Tojikistonning g’arbiy liududlariga shimoldagi aholining ko’chishlari bo’lib o‘tadi. Bu hududlardan topilgan yodgorliklar topografiyasi va ularni davlatlashtirish ushbu jarayon izchillik bilan boMib o’tganligini ko‘rsatadi. Bu jarayonning rivojlanishi mil.avv. U ming yillikning ikkinchi yarmi Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi o’troq dehqonchilik turmush tarzi kcchiruvchi aholi manzilgohlarida aholi sonining o’sishi va ishiab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti uchun ham keng imkoniyatlar yaratdi.
    O’zbekiston hududida chorvador qabilalarga mansub bronza davri qabristoni Samarqand yaqinidagi Mo’minobod qishlogMdan topilgan.
    Quyi Qashqadaryodagi Gujayli qabristonidan chorvachilik va dehqonchilik qabilalariga tegishli bo’lgan ashyolar, Farg’ona vodiysi Yangiariq hududidan dehqonchilik buyumlari va dehqonchilik bilan bogMiq qoyatosh suratlar, Chustdan hunarmandchilik va dehqonchilikka oid buyumlar ko’plab topilgan.
    Bu davrda hunarmandchilik sohasida ham katta yutuqlar qo’lga kiritiladi. Xususan, kulolchilik charxida tayyorlangan sopol idishlar keng tarqaladi. Bunday idishlar qo’lda ishlangan sopollardan ancha farq qilib, asosan dehqonchilik madaniyati uchun xosdir. Kulolchilik charxining hunarmandchilikka keng kirib kelishi, sopolchilik ishiab chiqarishi yangi texnikasining yaratilishiga sabab bo’lib, keyinchalik ixtisoslashgan hunarmandchilikka o’tishning asosiy omillaridan biri bo’lib xizmat qildi.
    Mil. avv. И ming yillikka kelib O’zbekistonning dasht hududlariga chorvador qabilalar kelib o’masha boshlaydilar. Ulaming makonlaridan topilgan moddiy manbalar Janubiy Qozog’istonning cho’llaridagi Andronov madaniyatiga o’xshab ketadi. Dasht qabilalari tarqalganligidan ayniqsa, sopol idishlar. metall buyumlar va chorvador qabilalarga mansub qadimgi qabrlar tuzilishi dalolat beradi. Bu o’rinda tadqiqotchilar bronza davridayoq O’rta Osiyo hududlarida maMum darajada etnik madaniy jarayonlar bo’lib o’tgan degan fikmi ilgari suradilar.
    Bronza davrining xo’jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri qadimgi dehqonchilikning keng yoyilishi va mil. avv. И ming yillikda chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. Metall qurollar qadimgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirgani tufayli O’rta Osiyo dasht va tog’ oldi hududlarida yashagan aholi boshqa aholidan (dehqonlardan) ajralib chiqadi va asosan chorvachilik bilan mashg’ul bo ladi. Bu tarixiy jarayon – kishilik jamiyati taraqqiyotidagi dastlabki yirik mehnat taqsimoti edi.
    35
    www.ziyouz.com kutubxonasi Bu davr maozilgohlarini o’rganib, bu davrda ikki xil madaniyat hukm surgan deyish mumkin. Birinchisi – qadimgi qabilalar dehqonchilik uchun qulay yerlarga joylashib yuksak dehqonchilik madaniyatini yaratgan bo‘lsalar, ikkinchisi – xuddi birinchi madaniyat sohiblari darajasida ishlab chiqaruvchi kuchlarga ega bo’lgan hplda dasht va tog’ oidi yaylovlarda chorvachilik madaniyatini yaratganlar.
    Bronza davri O’rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o’zgarishlar sodir bo’lib o’tdi. Urug’chilik tuzumi bu davrda ham davom etdi; Ammo, bu davrda ona urug’ining mavqei yo‘qolib bordi. Metall eritish va xo‘jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqei birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lib bordi. Natijada jamiyat taraqqiyotida, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va hunarmandchilikning rivojlanishida erkaklar yetakchilik qiladilar. Xotinlar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik qilishdan mahrum boMadilar. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qo’liga o‘tadi va ona urug‘i tuzumi o‘mini ota urug’i (patriarxat) tuzumi egallaydi.
    0 ‘rta Osiyo hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar mil.avv. V-iV asrlarda paydo boMgan deb kelinar edi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar boshqacharoq xulosalar bermoqda. Xususan, 2000 yilda Janubiy Turkmanistondagi Gonurtepa qo‘hna shahrida ochiigan qabrlaming biridan mil.aw. Ill ming yillikka oid o‘yma sopol muhr topildi. Unda mixxat yozuvlar bor edi. Janubiy Turkmaniston qadimiyatining bilimdoni V. Sarianidi va amerikalik mutaxassis T. Sharlachlaming fikricha, bu xildagi muhrlar faqat podsho atrofidagi, podsho saroyiga yaqin shaxslarga tegishli boiishi mumkin. Mesopotamiyadagi Sargon muhrlarini (mil.avv. 2250-2200 yy.) eslatuvchi Gonurtepa muhri mahalliy xom ashyodan tayyorlangan bo’lib, undagi mixxat yozuvlar «Lukaks xo’jalik va qullar hukmdori», deb o’qildi. Ushbu yozuv bu yerdagi bronza davridayoq yaldca hukmdor boshqaruvi va Mesopotamiya bilan o’zaro aloqalardan dalolat beradi.
    Shuningdek, so’nggi arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, 0 ‘zbekistonning janubidan ham piktografik belgi-yozuvlar topilgan. Tadqiqotchi Sh. Shaydullayevning fikricha, Jarqo’ton yodgorligidan sopollarga bitilgan 47 ta belgidan iborat yozuvning topilishi ajdodlarimizning bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o’z fikrini turli bclgilarda ifodalaganini ko’rsatadi. Shuningdek, Sheroboddagi G’oz qishlog’i yonidagi ilk temir asriga oid yodgorlikdan tosh o‘g‘ir (keli) topilgan bo’lib, uning sirtida umumiy soni 14 ta bo’lgan piktorafik belgi-
    36
    www.ziyouz.com kutubxonasi vozuv mavjud. Sh. Shaydullayev bu bclgini Misr iyeroglifikasi bilan solishtirib ulardan biri «haqiqat», yana biri esa dunyoning aylanishi, ya’ni, «charxpalak» deb o’qilishi mumkinligini taxmin qiladi. Xuilas, bronza davri va uning oxirlariga kelib oMkamiz hududlarida yozuv paydo bo’lganligi ilmiy asoslanmoqda hamda keyingi tadqiqotlar bu masalaga yanada oydinlik kiritishi shubhasizdir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *