3 boʻlim. Xolinergik sinapsga ta’sir qiluvch moddalar.

Xolinergik sinapslarda qoʻzgʻalishlar atsetilxolin yordamida amalga oshiriladi Atsetilxolin
atsetilkoenzim A va xolindan, xolinergik nerv uchlari sitoplazmasida sintezlanadi; faol
transport orqali u pufakchalarga kiradi va pufakchalarga toʻplanadi. Nerv impulslari
kelganda nerv uchlari membranasi depolyarizatsiya boʻlib, potensialga bogʻliq kalsiy
kanallari ochilib, Ca2+ ionlari nerv uchlari sitoplazmasiga kiradi va vezikula membranasi
oqsillarini presinaptik membrana oqsillari bilan oʻzaro ta‘sirini taminlaydi. Natijada,
vezikulalar presinaptik membranaga terilib, sinaps boʻshligʻiga ochiladi va atsetilxolinni
chiqariladi.
Markaziy nerv sistemasi
Parasimpatik innervatsiya Simpatik innervatsiya Harakat innervatsiyasi
86
Manbaa: @pharma_baza
10-rasm. Xolinergik sinaps. XAT – Xolinatsetiltransferaza; АцКоа – Atsetilkoenzim A;
АцХ – Аtsetilxolin; АХЭ – Аtsetilxolinesteraza;
Аtsetilxolin postsinaptik membrana retseptorlarini (xolinergik retseptorlari) qoʻzgʻatadi va
atsetilxolinesteraza fermenti yordamida xolin va sirka kislotasiga parchalaydi. Xolinning
katta qismi (tahminan 50 foizi) presinaptik membrana orqali qayta ushlab olinadi va
yangidan atsetilxolin sintezlanishi uchun sitoplazmaga transportirovka qilinadi.
Xolinergik neyron boʻylab impuls oʻtishini turli bosqichlarida ta‘sir qiluvchi moddalar
ma‘lum. Vesamikol atsetilxolinning pufakchalarga kirishini bloklaydi. Mg2+ ionlari va
aminoglikozidlar Ca2+ ning potensialga bogʻliq kalsiy kanallari orqali nerv oxirlariga qayta
kirishiga toʻsqinlik qiladi (aminoglikozidlar nerv-mushaklarning oʻtkazishni buzishi
mumkin). Botulinum toksini sinaptobrevini (presinaptik membrana oqsillari bilan oʻzaro
ta’sir qiluvchi pufak membranasi oqsili) proteoliz (fermentativ parchalanish) qiladi va
pufakchalarning presinaptik membranaga terilishini oldini oladi. Shunday qilib, xolinergik
neyronlardan atsetilxolinning chiqishi kamayadi. Botulizmda nerv-mushak oʻtkazuvchanligi
buziladi; ogʻir holatlarda nafas muskullari falajlanishi mumkin. 4-aminopiridin presinaptik
membrananing K+ kanallarini bloklaydi. Bu membranani depolarizatsiyasiyalanishiga va
atsetilxolinni chiqarishga yordam beradi. 4-aminopiridin nerv-mushaklarning oʻtkazuvchan-
ligini osonlashtiradi. Antixolinesteraza moddalari atsetilxolinesterazni ingibirlaydi va shu
87
Manbaa: @pharma_baza
bilan atsetilxolin parchalanishini oldini oladi; xolinergik oʻtkazuvchanlik faollashadi.
Xolinergik retseptorlarni faollashtiruvchi moddalar xolinomimetiklar deyiladi (yunoncha
“mimesis” – “taqlid”; bu moddalar oʻz ta’sirida asetilxolinga “taqlid qiladi”). Xolinergik
retseptorlarni bloklovchi moddalarga xolinoblokatorlar deyiladi. Gemixoliniy atsetilxolinni
nerv uchlariga qayta yutulishiga toʻsqinlik qiladi.
Xolinergik sinapsni faollashtiruvchi moddalar.
Amaliy tibbiyotda xolinergik sinapsni faollashtiruvchi moddalardan – xolinomimetiklar,
hamda antixolinesterazalar (asetilxolinesterazani bloklovchi) qoʻllaniladi.
3.1 Xolinomimetiklar
Turli xil sinapslarning xolinergik retseptorlari farmakologik moddalarga turlicha sezgirlikni
namoyon qiladi. Parasimpatik nerv tolalari uchlaridagi organlar va toʻqimalar hujayralarining
xolinergik retseptorlari muskarinning qoʻzgʻatuvchi ta‘siriga nisbatan sezgirlikni namoyon
qiladi. Ushbu xolinergik retseptorlar M-xolinergik retseptorlari (muskaringa sezgir
retseptorlar) deb nomlanadi. Efferent innervatsiyaning qolgan xolinergik retseptorlari
nikotinning (Nikotin:tamaki alkaloidi) qoʻzgʻatuvchi ta‘siriga juda sezgir, shuning uchun
ular N-xolinergik retseptorlari deyiladi (nikotinga sezgir xolinergik retseptorlari). N-
xolinergik retseptorlarning 2 turi mavjud:
■ Nn-xolinergik retseptorlari
■ Nm-xolinergik retseptorlari (11-rasm).
Nn-xolinergik retseptorlariga ganglionar N-xolinergik retseptorlari (simpatik va parasimpa-
tik ganglionar neyronlarining N-xolinergik retseptorlari), shuningdek adrenalin va
noradrenalin ajratadigan buyrak usti bezining xromaffin hujayralarining N-xolinergik
retseptorlari kiradi. Shu retseptorlar sinkarotid zonada ham uchraydi; ular qoʻzgʻalganida
uzunchoq miyadagi nafas va vazomator markazlari reflektor ravishda qoʻzgʻaladi.
Nm- xolinergik retseptorlariga skelet mushaklarining N-xolinoretseptorlari kiradi.
MNS da esa M – va N – xolinergik retseptorlari uchraydi. Xolinergik retseptorlar M – va N –
xolinoretseptorlarga boʻlinishiga muvofiq xolinomimetikalar: M-xolinomimetiklar, N-
xolinomimetiklar va M -, N – xolinomimetiklarga (ikkala M – va N-xolinergik retseptorlarini
qoʻzgʻatadi) boʻlinadi.
3.1.1 M-xolinomimetiklar
M-xolinoretseptorlarning M1-, M2-, M3-,M4-,M5-turlari bor.M(1-3-5) (Gq); M(2-4) (Gi)
mexanizm
M1-xolinoretseptorlar MNSda va me‘daning enteroxromaffin hujayralarida,
M2- yurakda, presinaptik autoretseptor;(Gi va Go)
M3-xolinoretseptorlar ichki a‘zolarni silliq mushaklarda, ekzokrin bezlarda koʻzning aylana
va siliar mushagida, bronxda; va ineervatsiyalanmagan qon tomir endoteliysida joylashgan.
M4-Alveola devorida , MNS da
M5- MNS da , Qonning mononuklear hujayralarida
Istisno: Bizda qon tomirlardagi M3 retseptorlar sogʻlom qon tomirda (endoteliy zararlanma-
ganda) qon tomir kengayishiga sababchi boʻladi, bu toʻgri holat va toʻgʻri mexanizm asosida
kechadi, ya‘ni M3 (Gq) ishlovchi retseptor, jarayon soʻngida hosil boʻlgan
88
Manbaa: @pharma_baza
[Ca2++Kalmodulin] kompleksi , muskul qisqarishini ta‘minlovchi sistemani emas, uni
boʻshashtiruvchi sistemani aktivlaydi (eNOS ni).
M1 M2 M3
MNS +
Kardiomiotsitlar +
Qon tomir
endoteliysi * +
GIT, bronxlar silliq
mushaklari +
Soʻlak, bronxial, ter
bezlarida +
Medaning
enteroxromaffin
hujayralarida
+

  • Qon tomirlari endoteliyasining M3-xolinergik retseptorlari aktivlanganda, qon tomirlarni kengaytiradigan
    NO-boʻshashtiruvchi faktor ajraladi.
    M1- va M3-xolinoretseptorlari qoʻzgʻalganda G-oqsillari orqali fosfolipaza C faollashadi;
    sarkoplazmatik (endoplazmatik) retikulumdan Ca2+ ning chiqishiga yordam beradigan
    inozitol-1,4,5-trifosfat (IP3) hosil boʻladi. Hujayra ichidagi Ca2+ darajasi koʻtarilib,
    qoʻzgʻatuvchi ta‘sirlar rivojlanadi. Yurakdagi M2 – xolinoretseptorlari qoʻzgʻalganda G-
    oqsil-lari orqali adenilatsiklaza ingibirlanadi, sAMF miqdori kamayadi, natijad proteinkinaza
    faolligi va hujayra ichidagi Ca2+ miqdori kamayadi. Bundan tashqari, M2-XR qoʻzgʻalganda
    G-oqsillari orqali K-kanallari faollashadi, hujayra membranasining giperpolarizatsiyasi
    boʻladi. Bularning barchasi tormozlovchi ta‘sirni rivojlanishiga olib keladi.
    Postganglionik parasimpatik tolalarning uchlarida (presinaptik membranada) M2-xolinergik
    retseptorlari mavjud; ular qoʻzgʻalganda atsetilxolinning ajralishi kamayadi (giperpolarizat-
    siyasi hisobiga).
    Muskarin M-xolinergik retseptorlarining barcha turlarini faollashtiradi. Muskarin
    gematoensefalik baryerdan oʻtmaydi va shuning uchun markaziy asab tizimiga sezilarli ta‘sir
    koʻrsatmaydi.
    Muskarin oshqozonning enteroxromaffin hujayralarining M1-xolinergik retseptorlarini
    qoʻzgʻatish orqali, parietal hujayralar tomonidan xlorid kislota sekretsiyasini faollashtirib
    gistaminning ajralishini kuchaytiradi. M2-xolinergik retseptorlari qoʻzgʻatishi bilan,
    muskarin yurakning qisqarishini sekinlashtiradi (bradikardiya keltirib chiqaradi) va
    atrioventrikulyar oʻtkazishni sekinlanishiga olib keladi.
    Muskarin M3- xolinergik retseptorlarini qoʻzgʻatish orqali:
    qorachiqni toraytiradi – mioz (koʻzning rangli pardasini aylana mushaklarini qisqartiradi);
    akkomodatsiya spazmini keltirib chiqaradi (kipriksimon mushakni qisqarishi sin boylamini
    boʻshashishiga olib keladi; gavhar boʻrtadi, koʻz koʻrishning yaqin nuqtasiga toʻgʻrilanadi );
    ichki organlarni silliq mushaklarini tonusini oshiradi (bronxlar, GIT va siydik pufagi),
    sfinktorlar istisno; bronxial, ovqat hazm qilish va ter bezlari sekretsiyasini oshiradi;
    89
    Manbaa: @pharma_baza
    qon tomirlarining tonusini pasaytiradi (aksariyat tomirlar parasimpatik innervatsiyani
    olmaydi, lekin tarkibida innervatsiya olmagan M3 xolinergik retseptorlari mavjud; M3
    xolinergik retseptorlarini qoʻzgʻalishi qon tomir endoteliysida NO ning ajralishiga olib
    keladi, bu tomir silliq mushaklarini boʻshashtiradi).
    Tibbiyot amaliyotida muskarin ishlatilmaydi. Muskarinning farmakologik muxamor bilan
    zaharlanganda namoyon boʻladi; Koʻz qorachigʻining torayishi, kuchli soʻlak ajralishi va
    terlash, boʻgʻilish hissi (bronxial bezlar sekretsiyasining kuchayishi va bronxlar tonusining
    oshishi), bradikardiya, qon bosimining pasayishi, qorin ogʻrigʻi, qusish, diareya kuzatiladi.
    M-xolinomimetik xususiyatlarga ega boʻlgan boshqa muxamor alkaloidlarini ta‘siri
    natijasida MNS qoʻzgʻalib: xavotir, alahsirash, gallutsinatsiya va tutqanoq kabilar kuzatilishi
    mumkin.
    Muxamor bilan zaxarlanganda oshqozonni yuviladi va kuchsiz tuzli eritma yuboriladi
    (NaCl). Muskarin ta‘sirini ingibirlash uchun M- xolinoblokatorlardan atropin qoʻllaniladi.
    Agar markaziy asab tizimining qoʻzgʻalishi alomatlari ustun boʻlsa, atropin ishlatilmaydi.
    Markaziy asab tizimining qoʻzgʻalishini kamaytirish uchun benzodiazepin preparatlari
    (diazepam va boshqalar) ishlatiladi.
    M-xolinomimetikalardan pilokarpin, aseklidin va betanekol amaliy tibbiyotda qoʻllaniladi.
    Pilokarpin – Janubiy Amerikada oʻsadigan oʻsimlikning alkaloidi. Preparat asosan koʻz
    kasalliklari amaliyotda mahalliy ta‘sir qiluvchi sifatida qoʻllaniladi. Pilokarpin qorachiqni
    toraytiradi va akkomodatsiya spazmini keltirib chiqaradi.
    Qorachiqning torayishi(mioz) rangli pardani aylanma mushaklarini qisqarishi hisobiga
    amalga oshadi (parasimpatik tolalar bilan innervatsiyalangan).
    Pilokarpin gavharning egriligining oshiradi. Buning sababi shundaki, sin boylamiga birikib
    turgan kipriksimon mushak qisqaradi va gavhar choʻziladi. Kipriksimon mushak qisqarishi
    hisobiga sin boylami boʻshashadi va gavhar boʻrtadi. Gavharning egriligini oshishi tufayli
    uning sinish qobiliyati oshadi, koʻz yaqin koʻrish nuqtasiga oʻrnatiladi (odam yaqin
    narsalarni yaxshi koʻradi va uzoqdagini – yaxshi koʻrmaydi). Ushbu holat akkomodatsiya
    spazmi deb ataladi. Bunday holda, makropsiya paydo boʻladi (kattalashtirilgan hajmdagi
    narsalarni koʻrish).
    Oftalmologiyada, glaukomani davolashda koʻz tomchilari, koʻz moylari, koʻz plyonkalari
    koʻrinishidagi pilokarpindan foydalaniladi. Bu kasallik koʻz ichi bosimining koʻtarilishi
    bilan namoyon boʻladi va koʻrish qobiliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.
    Yopiq burchakli glaukomada pilokarpin koʻz qorachigʻini toraytirib, koʻz ichi suyuqligining
    koʻzning oldi kamerasining burchagiga sin boylami joylashgan qismiga (rangli parda va
    shox parda oʻrtasida) kirishini yaxshilab ichki bosimni tushuradi (12-rasm). Sin boylami
    trabekulalari orasidagi kriptlar orqali (Fontanov boʻshliqlari) koʻz ichi suyuqligining
    chiqishi kuzatiladi, soʻngra skleraning venoz sinusiga, yani Shlemm kanaliga kiradi; ishki
    bosim pasayadi. Pilokarpin keltirib chiqargan mioz 4-8 soat davomida saqlanib turadi.
    Pilokarpin koʻz tomchilari shaklida kuniga 1-3 marta ishlatiladi.
    Ochiq burchakli glaukomada kipriksimon mushaklari qisqarishi hisobiga taranglik
    trabekulalarga oʻtib koʻz ichi suyuqligining chiqib ketishi yaxshilanadi; shu bilan birga
    trabekulyar tarmoq choʻzilib, Fontanov boʻshliqlari kattalashadi va koʻz ichi suyuqligining
    chiqishi yaxshilanadi.
    Ba‘zan pilokarpin kichik dozalarda (5-10 mg), bosh yoki boʻyin oʻsmalari nurli terapiyasi
    bilan davolash natijasida kelib chiqgan xerostomiyada (quruq ogʻiz), soʻlak bezlari
    sekretsiyasini yahshilash uchun ogʻiz orqali yuboriladi.
    90
    Manbaa: @pharma_baza
    Atseklidin sintetik birikma boʻlib, pilokarpindan zaharliligi kam hisoblanadi. Atseklidin
    operatsiyadan keyingi ichak yoki siydik pufagi atoniyasida teri ostiga joʻnatish uchun
    buyuriladi.
    Betanexol sintetik M-xolinomimetik boʻlib, operatsiyadan keyingi ichak yoki siydik pufagi
    atoniyasida ishlatiladi.
    3.1.2. N-xolinomimetiklar.
    N-xolinomimetiklar – bu N-xolinoretseptorlarni qoʻzgʻatadigan moddalar (nikotinga sezgir
    retseptorlar).
    N-xolinergik retseptorlari hujayra membranasining Na+ kanallari bilan bevosita bogʻliqdir.
    N-xolinergik retseptorlari qoʻzgʻalishi natijasida Na+ kanallari ochiladi, Na+ kiritilishi
    hujayra membranasining depolarizatsiyasiga va qoʻzgʻatuvchi ta‘sirga olib keladi.
    Nn-xoloretseptorlar simpatik va parasimpatik ganglionlar neyronlarida, buyrak usti be‘zining
    мa‘gʻiz qavatining xromaffin hujayralarida, sinus caroticus da uchraydi. Bundan tashqari, Nn
    xolinergik retseptorlari markaziy asab tizimida, xususan orqa miyaning motoneyronlariga
    manfiy ta‘sir koʻrsatadigan Ren-shou hujayralarida uchraydi.
    Nm-xolinoretseptorlari nerv-mushak sinapslarida joylashgan; stimullaganda skelet
    mushaklari qisqaradi.
    Nikotin-tamaki barglaridan olingan alkaloiddir.
    Havoda jigar rangga aylanadigan rangsiz suyuqlik. U ogʻiz shilliq qavatida, nafas olish
    yoʻllari va teri orqali yaxshi soʻriladi. GEB dan osonlikcha oʻta oladi. Nikotinning koʻp
    qismi (80-90%) jigarda metabolzmga uchraydi. Nikotin va uning metabolitlari asosan
    buyraklar orqali chiqariladi. Yarim elliminatsiya vaqti (t1/2) 1-1,5 soatni tashkil qiladi.
    Nikotin sut bezlari orqali ajralib chiqadi.
    Nikotin asosan Nn-xolinergik retseptorlarini va ozroq darajada Nm xolinergik retseptorlarini
    stimullaydi. Postsinaptik membranada N-xolinoretseptorlari boʻlgan sinapslarga nikotin
    ta‘sirida, dozasi oshishi bilan 3 fazaga ajratiladi: 1) qoʻzgʻalish, 2) depolarizatsiya bloki
    (postsinaptik membrananing doimiy depolarizatsiya), 3) depolarizatsiyasiz blok (N-
    xolinergik retseptorlarning desensitizatsiyasi bilan bogʻliq). Chekish paytida nikotin
    ta‘sirining 1-bosqichi namoyon boʻladi.
    91
    Manbaa: @pharma_baza
    Nikotin simpatik va parasimpatik tugunlar, buyrak usti xromaffin hujayralari va sinus
    caroticus neyronlarini stimullaydi.
    Nikotin bir vaqtning oʻzida ganglionlar darajasida simpatik va parasimpatik innervatsiyani
    stimullash sababli, nikotinning ba‘zi ta‘sirlari oʻzgaruvchan. Shunday qilib, odatda nikotin
    mioz, taxikardiya keltirib chiqaradi, ammo buning teskari ta‘siri ham boʻlishi mumkin
    (midriasis, bradikardiya). Nikotin odatda oshqozon-ichak harakatini, soʻlak va bronxial
    bezlar sekretsiyani stimullaydi.
    Nikotinning doimiy ta‘siri uning vazokonstriktor ta‘siridir (koʻpgina tomirlarga faqat
    simpatik innervatsiya tasir qiladi). Nikotin qon tomirlarini toraytiradi, chunki:
  • simpatik ganglionlarni stimullaydi,
  • buyrak usti bezlarining xromaffin hujayralaridan adrenalin va norepinefrinning ajralishini
    kuchaytiradi,
  • sinus caroticusning N-xolinergik retseptorlarini stimullaydi (vazomotor markaz reflektor
    ravishda faollashadi). Vazokonstriksiya tufayli nikotin qon bosimini oshiradi. Nikotinning
    markaziy asab tizimiga ta‘siri ostida nafaqat qoʻzgʻatuvchi, balki manfiy(tormozlovchi) ta‘sir
    ham qayd etiladi.
    Xususan, Renshou hujayralarining Nn xolinoretseptorlarini stimullash orqali nikotin orqa
    miyaning monosinaptik reflekslarini pasaytirishi (masalan, tizza refleksini) mumkin.
    Markaziy asab tizimining sinapslaridagi N-xolinergik retseptorlar ham postsinaptik, ham
    presinaptik membranalarda joylashadi. Presinaptik N-xolinergik retseptorlari ta‘sirida nikotin
    MNS mediatorlari – dofamin, norepinefrin, atsetilxolin, serotonin, beta-endorfin, shuningdek,
    ba‘zi gormonlar (AKTG, antidiuretik gormon) ning ajralishini stimullaydi.
    Chekuvchilarda nikotin kayfiyatning koʻtarilishini, tinchlanish yoki faollashishni yoqimli
    hissini paydo qiladi (oliy nerv faoliyat turiga qarab). Oʻquv qobiliyatini, diqqatni jamlashni,
    hushyorlikni oshiradi, Stress reaktsiyalarini, depressiyani kamaytiradi. Ishtaha va tana
    vaznini pasaytiradi.
    Nikotin tufayli paydo boʻlgan eyforiya dofaminning koʻpayishi, antidepressant ta‘siri va
    ishtahani pasayishi – serotonin va norepinefrinning chiqishi bilan bogʻliq.
    Chekish. Sigaret tarkibida 6-11 mg nikotin mavjud (odam uchun nikotinning oʻldiradigan
    dozasi taxminan 60 mg). Sigaretni chekish paytida 1-3 mg nikotin chekuvchi organizmiga
    kiradi. Nikotinning toksik ta‘siri uni tezda eliminatsiya qilish bilan boshqariladi. Bundan
    tashqari, tolerantlik (oʻrganib qolish) nikotinga tez rivojlanadi.
    Tamaki tutuni tarkibida mavjud va kuydiruvchi xususiyat beruvchi , kanserogen
    xususiyatlarga ega boʻlgan boshqa moddalar (500 ga yaqin) chekishda yanada katta zarar
    keltiradi. Chekuvchilarning aksariyati nafas olish tizimining yalligʻlanish kasalliklari
    (laringit, traxeit, bronxit) bilan ogʻriydilar. Oʻpka saratoni chekuvchilarda ancha keng
    tarqalgan. Chekish aterosklerozning rivojlanishiga sabab boʻladi (nikotin qon plazmasidagi
    LDL=ZPL-zichligi past lipoprotein darajasini oshiradi va HDL=ZYL-zichligi yuqori
    lipoprotein darajasini pasaytiradi), tromboz, osteoporoz (ayniqsa 40 yoshdan oshgan
    ayollarda) paydo boʻladi.
    Homiladorlik paytida chekish homila vaznining pasayishiga, bolalarda tugʻruqdan keyingi
    oʻlimning koʻpayishiga va jismoniy va aqliy rivojlanishdagi bolalarning orqada qolishiga
    olib keladi.
    Ruhiy qaramlik nikotinga qadar rivojlanadi; chekishni tashlashda chekuvchilar ogʻriqli
    hislarni boshdan kechirishadi: kayfiyat yomonlashadi, asabiylashish, xavotir, taranglik,
    92
    Manbaa: @pharma_baza
    tajovuzkorlik, kontsentratsiyaning pasayishi, kognitiv qobiliyatlarning pasayishi, depressiya,
    ishtaha va tana vaznining oshishi. Ushbu alomatlarning aksariyati chekishni tashlashdan 24-
    48 soat oʻtgach aniqlanadi. Keyin ular taxminan 2 hafta ichida kamayadi.
    Koʻplab chekuvchilar chekishning zarari borligini tushunib, baribir bu yomon odatdan
    qutulolmaydilar.
    Chekishni tashlashda noqulaylikni kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
    □ nikotinli saqich (2 yoki 4 mg),
    □ nikotinli transdermal terapevtik tizim – nikotinni oz miqdorda 24 soat davomida teng
    ravishda chiqarib yuboradigan maxsus plastir (sogʻlom teriga yopishtiriladi).
    Ushbu nikotin preparatlari Altsgeymer kasalligi, Parkinson kasalligi, yarali kolit, Tourette
    sindromi va boshqa ba‘zi patologik holatlar uchun dori sifatida ishlatiladi.
    Oʻtkir nikotin bilan zaharlanish koʻngil aynishi, qusish, diareya, qorin ogʻrigʻi, bosh
    ogʻrigʻi, bosh aylanishi, terlash, koʻrish va eshitish qobiliyatining buzilishi, dezorientatsiya
    kabi belgilar bilan namoyon boʻladi. Ogʻir holatlarda koma rivojlanadi, nafas olish buziladi
    va qon bosimi pasayadi. Terapevtik chora sifatida me’da yuvish amalga oshiriladi,
    faollashgan koʻmir buyuriladi va qon tomirlari kollapsiga va nafas olish buzilishlariga qarshi
    choralar koʻriladi.
    Sitizin (termopsis alkaloidi) va lobelin (lobelin alkaloidi) tuzilishi va ta‘siri jihatidan
    nikotinga oʻxshash, ammo unchalik faol emas va zaharli.
    Chekishni toʻxtatish uchun ―Tabex‖( tarkibida sitizin) va ―Lobesil‖ (tarkibida lobelin)
    tabletkalaridan ishlatiladi.
    Sititon (0,15% sitizin eritmasi) va lobelin eritmasi ba‘zida vena ichiga reflekor nafas
    stimulyatorlari sifatida yuboriladi. Yana subaxolin ham mavjud, lobelin a sititondan farqli
    ravishda uzunchoq miyada ―trigger zona‖dagi qusish markaziga ta‘sir qilmaydi.
    3.1.3. M.N-xolinomimetiklar
    M, N-xolinomimetiklarga, avvalambor mediator – atsetilxolinni kiritishimiz mumkin- u
    orqali qozgalishlar barcha xolinergik sinapslarda o`tkaziladi. Asetilхolin preparati ishlab
    chiqariladi. Klinikada qisqa muddatli ta‘sir etishi sababli preparat kamdan-kam qoʻllaniladi
    (bir necha daqiqa; plazmadagi xolinesteraza va asetilxolinesteraza ta’sirida preparat tezda
    inaktivlanadi). Shu bilan birga, atsetilxolin eksperimental tajriba uchun eng sevimli dori
    hisoblanadi; ta‘sirning qisqa davomiyligi preparatni oʻrganish davomida qayta-qayta
    kiritilishiga imkon beradi.
    Asetilхolin bir vaqtning oʻzida M- va N-xolinergik retseptorlarini qoʻzgʻatadi.
    Asetilхolinning M-xolinergik retseptorlariga ta‘siri kuchliroq(N-navbat, ya‘ni keying
    navbatda ta‘sir qiladi, avval M ga ta‘sir qiladi – deb eslab qolishimgiz ham mumkin).
    Shuning uchun odatda atsetilxolinning ―muskarinsimon‖ ta‘siri paydo boʻladi. Asetilхolin
    yurak-qon tomir tizimiga yaqqol ta‘sir qiladi:
    ☼ Yurak qisqarishini kamaytiradi (salbiy xronotrop ta’sir);
    ☼ Вoʻlmachalar va qisman qorinchalarning qisqarishini susaytiradi (manfiy inotrop ta’sir);
    ☼ Atrioventrikulyar tugunda impulslarni oʻtkazishni qiyinlashtiradi (manfiy dromotrop
    ta’sir);
    ☼ qon tomirlarini kengaytiradi(periferik qarshilik kamayadi).
    Koʻpgina qon tomirlar parasimpatik innervatsiya olmaydi, ammo endoteliy va silliq
    mushaklarda innervatsiya qilinmagan M3 xolinergik retseptorlarini oʻz ichiga oladi.
    93
    Manbaa: @pharma_baza
    Endoteliyning M3 хolinoretseptorlari asetilхolin tomonidan qoʻzgʻalganda endoteliya
    hujayralaridan kengaytiradigan endothelial boʻshashtiruvchi omil – NO ni chiqaradi
    (endoteliy olib tashlanganda atsetilxolin tomirlarni toraytiradi – silliq mushaklarning M3-
    xolinergik retseptorlarini stimullaydi). Bundan tashqari, atsetilxolin simpatik
    innervatsiyaning vazokonstriktor ta‘sirini pasaytiradi (simpatik adrenergic tolalar uchida
    M2-xolinergik geteroretseptorlarini stimullaydi va shu bilan noradrenalinning ajralishini
    kamaytiradi).
    Bradikardiya va arteriolalar kengayishi bilan bogʻliq holda, tajribada atsetilxolin, tomir
    ichiga yuborilganda qon bosimini sezilarli darajada pasaytiradi. Ammo agar M-xolinergik
    retseptorlarini atropin bilan ingibirlanganda, atsetilxolinning katta dozalari qon bosimining
    pasayishiga emas, balki qon bosimining koʻtarilishiga olib keladi(13-rasm). M-xolinergik
    retseptorlari blokadasi fonida asetillxolinning ―nikotinsimon‖ ta‘siri: simpatik tugunlar va
    buyrak usti xromaffin hujayralarini stimullanishi ( qon tomirlarini toraytiradigan adrenalin
    va norepinefrinning chiqarilishi) yuzaga keladi. Asetilхolin bronxlar tonusini oshiradi, ichak
    harakatini kuchaytiradi, bronxial, ovqat hazm qilish va ter bezlari sekretsiyasini oshiradi.
    Atsetilxolin tarkibidagi ba‘zi bir oʻzgaritirishlar bilan karbaxolin sintez qilingan, u
    atsetilxolinesteraza bilan yoʻq qilinmaydi va uzoqroq ta‘sir qiladi. Karbaxolin eritmalari
    ba‘zida glaukomada koʻz tomchilari sifatida ishlatiladi.
    13-Rasm – Xolinergik moddalarning qon bosimiga ta‘siri.
    3.2. Antixolinesteraz moddalar
    Antixolinesteraz moddalar xolinesterazlarni ingibirlash xususiyatiga egaligi uchun shunday
    nomlangan. Antixolinesteraz moddalar atsetilxolinestrazni (xolinergik sinapsdagi
    atsetilxolinni gidroliz qiladigan fermentni), butilinxolinesterazni (qon plazmasi
    xolinesreazasini; psevdoxolinesterazani) ingibirlaydi. Atsetilxolinestraz moddalar xolinergik
    sinapsdagi atsetilxolinni ingibirlab, atsetilxolinni gidroliziga toʻsqinlik qiladi va bu oʻz
    navbatida atsetilxolinning ta‘sirini sezilarli darajada oshiradi va uzaytiradi. Atsetilxolinestraz
    moddalar bevosita xolinoretseptorlarga kam ta‘sir qiladi yoki ta‘siri sezilarli boʻlmaydi.
    Shunday qilib, atsetilxolinestraz moddalarning organizmga kirilishidan hosil boʻladigan
    effektlar endogen atsetilxolinni ta‘siri bilan amalga oshadi. Bu holatda quyidagilar
    belgilanadi: koʻz qorachigʻining qisqarishi, bradikardiya, akkomodatsiya spazmi, ichki
    organlar sulluq muskuli tonusining ortishi, (bronxlar, siydik qopi, oshqozon-ichak yoʻli),
    bronxial, ovqat hazm qilish, ter bezlari sekretsiyasini kuchayishi. Nerv- muskul sinapslariga
    atsetilxolinestraz moddalarning ta‘siri yaqqol namoyon boʻladi shuning uchun skelet
    94
    Manbaa: @pharma_baza
    muskullar tonusi ortadi. Gematoensefalik barierdan oson oʻtuvchi antixolinestraz moddalar
    MNS ga qoʻzgʻatuvchi ta‘sir koʻrsatadi.
    Qaytar va qaytmas ta‘sirga ega antixolinestraz moddalar farqlanadi.
    Qaytar ta‘sirli antixolinestraz moddalarga kiradi: fizostigmin, neostigmin, piridostigmin,
    endrofoniy, galatamin, rivastigmin, donepezil. Yuqoridagi moddallar ( edrofoniydan
    tashqari) atsetilxolinestrazning anion va estraz markazlari bilan qayta bogʻlanadi va ferment
    aktivligini bir necha soatlar atrofida ingibirlaydi. Edrofoniy fermentning faqat anion markazi
    bilan bogʻlanadi va 10 min atrofida ta‘sir koʻrsatadi.
    Tibbiyot praktikasida atsetilxolinestraz moddalardan Gʻarbiy Afrikada oʻsadigan Kalabar
    loviyasi alkaloidi-Fizostigmin ishlatilingan. Fizostigmin eritmasi glaukomada qorachiqni
    qisqartiruvchi va koʻz ichi suyuqligi oqimini yaxshilovchi sifatida ishlatiladi.
    Neostigmin (prozerin)- sintetik antixolinesteraz preparat, toʻrlamchi ammoniyli birikma.
    Neostigminning ta‘siri boshqa antixolinesteraz moddalar kabi atsetilxolinestrazni ingibirlashi
    bilan bogʻliq shu bilan birga endogen atsetilxolinni ta‘sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
    Atsetilxolinning organizmga kiritilishi parasimpatik innervatsiyani qoʻzqatuvchi effektni
    yuzaga keltiradi. Bundan tashqari nerv- muskul oʻtkazuvchanligini osonlashtiradi.
    Preparatni parenteral (teri ostiga, venaga) va ichkariga tavsiya etiladi. Neostigmin – qutbli
    birikma oshqozon – ichak yoʻllarida qiyin soʻriladi. Shuning uchun neostigminni ichkariga
    qabul qilish dozasi parenteralga nisbatan yuqori (ichkariga 0,015gr, parenteral 0,0005gr).
    Neostigminning ta‘sir davomiyligi 4 soat atrofida.
    Neostigminning farmakologik effekti
    1) qorachiqlar qisqarishi (mioz)-koʻz gavhari aylana muskullarini qisqarishi ;
    2) akkomodatsiya spazmi – xrustalik qavariq boʻladi,kipriksimon (siliar)muskullarning
    qisqarishidan sinnova bogʻlami (kipriksimon bogʻlam ) boʻshashadi; koʻz yaqin koʻruv
    nuqtasiga ;
    3) bradikardiya adashgan nervning sinoatrial tugunga tormozlik ta‘sirining kuchayishi
    natijasida ;
    4) atrioventrikulyar oʻtkazuvchlikni qiyinlashishi adashgan nervning atrioventrikulyar
    tugunga tormozlik ta‘sirining kuchayishi natijasida sodir boʻladi;
    5) ichki organlar silliq muskulining tonusini oshishi (bronxlar, oshqozon-ichak yoʻllari,
    siydik qopi, bachadon)
    6) ekzokrin bezlari sekretsiyasini oshishi (soʻlak, bronxial bezlar, oshqozon, ichak bezlari, ter
    bezlari)
    7) nerv-muskul oʻtkazuvchanligini osonlashishi – skelet muskullari qisqarishini kuchayishi.
    Neostigmin qoʻllash uchun koʻrsatmalar
    Miasteniya – autoimmun kasallik, skelet muskullarining NM-xolinoretseptorlariga
    autoantitana hosil boʻladi, NM-xolinoretseptorlar miqdori kamayadi va nerv-muskul
    oʻtkazuvchanlik buzuladi, autoimmun bolgani uchun organizmda autoantigenga nisbatan
    autoantitelalar hosil boʻladi va mana shu antitela (immunoglobulinlar) NM xolinoretseptor-
    larga birikadi, chunki mana shu retseptorlar Ig uchun nishon boʻlib qoladi, shu sababli Ax
    ta‘sir etishi kerak boʻlgan retseptorlar soni ham kamayadi. Bu skelet mushaklarini zaifligiga
    olib keladi;
    Kasallik skelet muskullarining zaiflanishi bilan namoyon boʻladi. Birinchi navbatda
    ekstraokulyar muskullar, yuz, hiqildoq, halqum muskullari, tonusi pasayadi. Ptoz (qovoq
    tushishi), diplopiya, chaynashning buzilishi, hamda disfagiya, dizartriyalar rivojlanadi. Ogʻir
    95
    Manbaa: @pharma_baza
    holatlarda qoʻl oyoq va boʻyin muskullarining qisqarishi susayadi; miastenik krizisda nafas
    muskullarining zaiflashishidan nafas buzulishi mumkin.
    Neostigmin miasteniyada simptomatik ta‘sir koʻrsatadi, nerv-muskul oʻtkazuvchanligini
    qayta tiklaydi. Preparatni ichish tavsiya etiladi, miastenik krizis holatida teri ostiga yoki
    mushak orasiga yuboriladi. Neostigminning muskarinsimon effektini yoʻq qilish uchun M-
    xolinoblokator atropin yuboriladi. Neostigmin va atropin birgalikda yuborish tavsiya
    etilmaydi, chunki atropin bradikardiya chiqarishi mumkin.
  1. Kuraresimon moddalar antogonisti sifatida antidepolyarizatsiyalovchi konkurent ta‘sir
  2. Operatsiyadan keyingi ichaklar va siydik pufagi atoniyasi
  3. Glaukoma kam hollarda ishlatiladi.
    Neostigmin nojoʻya ta‘sirlari: akkomodatsiya spazmi, mioz, soʻlak va bronxial bezlar
    sekretsiyasini kuchayishi, bronxospazm, koʻngil aynishi, qayt qilish, diareya, qorinning
    spastik ogʻriqlari, arterial gipotenziya, allergik reaksiyalar. Ortiqcha dozadagi neostigmin
    miastenik krizis (nerv-muskul oʻtkazuvchanligi buzilshi, muskul zaifligi) simptomiga
    oʻxshash xolinergik krizisni rivojlantiradi.
    Piridostigmin (mestinon) neostigmin ta‘siriga oʻxshaydi. Miasteniyada qoʻllaniladi. Ta‘siri
    uzoq davom etadi 6 soat, muskarinsimon effekti kam namoyon boʻladi.
    Edrofoniy (tenzilon) vena ichiga yuborilganda 30-60 sek soʻng ta‘sir qiladi. Ta‘sir
    davomiyligi 10 min. Edrofoniy miasteniyani diagnoz qilishda hamda miastenik va xolinergik
    krizis differensirovkasida (xolinergik krizis antixolinesteraz moddalar dozasi koʻyishi bilan
    bogʻliq, miastenik krizisdagi kabi muskullar zaiflashishi namoyon boʻladi). Miastenik
    krizisda edrofoniy terapevtik effekt yuzaga keltiradi, xolinergik krizisda nerv-muskul
    oʻtkazuvchanligi yomonlashadi, lekin edrofoniy effekti tez oʻtib ketadi.
    MNS buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan muskul paralichlarida masalan paralichdan keyin
    poliomiyelitda galantamin (invalin) qoʻllaniladi gematoensefalik barierdan yaxshi oʻtadi.
    Bundan tashqari galantamin ichak va siydik pufagi atoniyasida, miasteniyada
    antidepolyaziratsiyalovchi konkurent ta‘sirli kuraresimon moddalar antogonisti sifatida
    ishlatiladi.
    Antixolinesteraz moddalardan birinchi boʻlib galantamin Alstgeymer kasalligida ishlatila
    boshlangan. Bu kasallikda rivostigmin (ekselon) ham ishlatiladi.
    Lekin hozirgi vaqtda Alstgeymer kasalligida effektli preparat donepezil MNS da
    atsetilxolinestraz tanlab ingibirlaydi periferik atsetilxolinestrazga kam ta‘sir qiladi.
    Antixolinesteraz moddalarni qoʻllashga qarshi koʻrsatmalarga quyidagilar kiradi epilepsiya,
    Parkinson kasaligi, bronxial astma, stenokardiya, yurak oʻtkazuvchanligi buzilishlarida
    qaytmas ta‘sirli antixolinesteraz moddalarga fosforli organik birikmalar (FOB) kiradi.
    Yuqorida koʻrsatilgan antixolinesteraz moddalardan farqli FOB uzoq vaqt davomida
    atsetilxolinestrazni ingibirlaydi, buni natijasida ferment ―qarishi‖ sodir boʻladi va
    inaktivatsiya qaytmas boʻladi.
    FOB yuqori toksikligi bilan ajralib turadi. Bu moddalarning ba‘zilari insektidsit sifatida
    ishlatiladi. Insektidsit sifatida karbofos, tiofos va b.q. ishlatiladi. Xoʻjalikda bu
    moddalarning keng qoʻllanilshi zaharlanishga sababchi boʻladi (zaharlanish hattoki teriga
    tushganda ham sodir boʻladi chunki ular teri yuzasi orqali yaxshi soʻriladi).
    FOB moddalardan zaharlanishda mioz, terlash, soʻlak oqishi, nafas yetishmovchiligi
    (bronxospazm, bronxial bezlar sekretsiyasini oshishi), bradikardiya keyin taxikardiya,
    arterial bosimni tushishi keyin koʻtarilishi, psixomotor qoʻzgʻalish, qusish, qorinda spastik
    ogʻriq kabi simptomlar namoyon boʻladi. Oʻta ogʻir holatlarda muskullar spazmi va sudorgi;
    96
    Manbaa: @pharma_baza
    qoʻzgʻalish tormozlanish bilan almashadi, arterial bosim pasayadi, komatoz holat rivojlanadi,
    oʻlim nafas markazining paralich boʻlishi natijasida boshlanadi.
    Bu simptomlarning koʻpchiligi parasimpatik innervatsiyani qoʻzgʻalishi bilan bogʻliq.
    Shuning uchun fosforli organic birikmalar bilan zaharlanganda, parasimpatik innervatsiyani
    bloklovchi moddalar tavsiya etiladi.Odatda M-xolinoblokatorlardan atropin vena ichiga
    koʻproq dozada yuboriladi (2-4ml 0.1% eritma) agar kerak boʻlsa qayta yuboriladi. Bundan
    tashqari xolinesteraz reaktivatori buyuriladi, qoʻlanilgan 1 soat oʻtib ingibirlangan
    atsetilxolinesteraz aktivligini qayta tiklaydi. Bunday preparatlarga trimedoksim (dipirok-
    sim) va izonitrozin kiradi. Qaytar ta‘sirli atsetilxolinesteraz moddalar (fizostigmin,
    neostigmin) bilan zaharlanganda bu moddalar effektsiz.
    Arterial bosim oshganda (simpatik innervatsiya aktivlashishi va FOBning markaziy ta‘siri
    bilan bogʻliq boʻlishi mumkin) gipotenziv moddalar qoʻllaniladi. Qoʻshimcha chora-
    tadbirlardan kislorod yoki kerak boʻlsa sun‘iy nafas beriladi. Fosfor organik birikmalar
    teriga tushganda quruq tampon bilan artish kerak, keyin 5-6% natriy gidrokarbonat eritmasi
    va issiq suv sovun bilan yuviladi.
    Xolinergik sinapslarni bloklovchi moddalar
    3.3. Asetilxolin ajralishini kamaytiruvchi vositalar
    Botulin toksini sinaptobrevin (presinaptik membrana oqsillari bilan oʻzaro ta‘sir qiluvchi
    vezikula oqsili) ning proteolizini keltirib chiqaradi va shuning uchun asetilxolinning
    vezikulyar ekzositoziga xalaqit beradi.
    Botulin toksinining dorivor moddasi – botoks blefarospazmda va spastik tortishishlarda
    qoʻllanildi. Spazm holatidagi mushaklarga kiritilgandan keyin ularning uzoq muddatli
    boʻshashishi yuzaga keladi.
    Preparat kosmetik maqsadlarda ham ishlatiladi. Yuz muskullariga kiritilganda ularning
    boʻshashishi va ajinlar tekislanishi yuzaga keladi.
    3.4. M – xolinoblokatorlar
    M-xolinoblokatorlar M-xolinoretseptorlarga nisbatan antagonist hisoblanadilar va
    agonistlar ta‘sini cheklaydilar. Bu holatda M-xolinoblokatorlar agonistlar effektini yoʻq
    qiladilar. Ularning ta‘siri M-xolinoretseptorlarni stimullovchi moddalar ta‘sini kamaytirish
    orqali namoyon boʻladi. M-xolinoblokatorlar butun organizmda parasimpatik postganglionar
    tolalardan asetilxolin ajralishini kamaytiradilar. Boshqa soʻz bilan aytganda, parasimpatik
    innervatsiyani bloklaydilar. M-xolinoblokatorlarning farmakologik effekti parasimpatik
    innervatsiya ta‘siriga qarama-qarshi.
    M- xolinoblokatorlar:
    1) Koʻz qorachigʻini kengaytiradi(midriaz) bunga sabab koʻzning aylana muskullarini
    innervatsiya qiluvchi M3 (Gq) xolinoretseptorlar bloklanishi;
    2) Akkomodatsiya paralichini chaqiradi(sikloplegiya) bunga sabab siliar muskullarni
    innervatsiya qiluvchu M3 (Gq) xolinoretseptorlar bloklanishi;
    3) Yurak qisqarishini tezlashtiradi(taxikardiya) bunga sabab n.vagus innervatsiya qiluvchi
    SA tugundagi M2 (Gi va Go) xolinoretseptorlarining bloklanishi;
    97
    Manbaa: @pharma_baza
    4) Atrioventikulayar oʻtkazuvchanlikni yaxshilaydi bunga sabab AV tugundagi M2 (Gi va
    Go) xolinoretseptorlarining bloklanishi;
    5) Bronxlar, oshqozon-ichak, siydik pufagi silliq mushaklari tonusini pasaytiradi bunga
    sabab M3 (Gq) xolinoretseptorlar bloklanishi;
    6) Soʻlak, bronxial, hazm, ter bezlari sekretsiyasini kamaytiradi bunga sabab M3 (Gq)
    xolinoretseptorlar bloklanishi;
    M-xolinoblokatorlarga atropin, skopolamin, platifillin, ipratropiy, tropikamid, piren-
    zepin, trigeksifenidil kiradi.
    Eng mashhur dori atropin hisoblanadi, shuning uchun bu guruh dorilariga atropin guruhi
    yoki atropinsimon moddalar deyiladi.
    Atropin alkaloidini belladonna, mingdevona, bangidevona oʻsimliklari tarkibida uchraydi.
    Atropinni enteral yoki parenteral kiritilganda ta‘sir davomiyligi 6 soat.
    Atropinning farmakologik effekti
    Koʻz qorachigʻini kengaytirishi
    Atropin kamalak parda aylana muskullariga (M3-xolinoretseptorlarni bloklaydi) parasimpatik
    innervatsiyaning stimullovchi ta‘sirini kamaytiradi – kamalak parda aylana muskullari
    boʻshashadi, kamalak parda radial muskullari qisqarishi natijasida qorachiq kengayadi.
    Atropinning qorachiqni kengaytirishi bilan birga koʻz ichki bosimini oshiradi, bu esa oʻz
    navbatida glaukomaga qarshi koʻrsatma hisoblanadi.
    Akkomodatsiya falaji (sikloplegaliya): Atropin siliar (kipriksimon) muskullarga (M3-
    xolinoretseptorlarni bloklaydi) parasimpatik innervatsiyaning stimullovchi ta‘sirini
    kamaytiradi, siliar muskullar boʻshashadi; sin bogʻlami choʻziladi, gavhar har tomonga
    yassilashdi, nur sindirish kuchi kamayadi, koʻzlar uzoqdagi buyumlarni koʻrishga
    moslashadi (yaqindagi buyumlar xira koʻrinadi), mikropsiya (buyumlarni kichik holatda
    koʻrish) xarakterli.
    Yurak qisqarishlarini tezlashtiradi (taxikardiya): Atropin parasimpatik innervatsiyaning
    (vagusning) sinoatrial tugunga (M2-xolinoretseptorlarni bloklaydi) tormozlovchi ta‘sirni
    kamaytiradi; sinoatrial tugun avtomatizmi koʻtariladi – yurak qisqarishlari tezlashadi.
    Atropin vagus markazini qoʻzgʻatishi natijasida taxikardiyadan oldin bradikardiya boʻlishi
    mumkin.
    Atropin parasimpatik innervatsiyaning (vagusning) atrioventrikulyar tugunga (M2-xolino-
    retseptorlarni bloklaydi) tormozlovchi ta‘sirni kamaytiradi; atrioventrikulyar tugun oʻtkazuv-
    chanligini yengillashtiradi.
    Bronxlar, oshqozon-ochak, siydik pufagi silliq mushaklari tonusini pasaytiradi:
    Atropin parasimpatik innervatsiyaning bronxlar, oshqozon, ichak, siydik pufagi silliq
    mushaklarga (M3-xolinoretseptorlarni bloklaydi) tormozlovchi ta‘sirni kamaytiradi-
    koʻrsatilgan organlar silliq mushaklari boʻshashishi yuzaga keladi.
    Bronxial va hazm bezlari sekretsiyasi pasayishi:
    Atropin parasimpatik innervatsiyaning (vagusning) bezlarga (M3-xolinoretseptorlarni
    bloklaydi) tormozlovchi ta‘sirni kamaytiradi – bronxial bezlar, soʻlak bezlari, oshqozon
    bezlari, oshqozoan bezlari sekretsiyasini pasaytiradi.
    98
    Manbaa: @pharma_baza
    Ter bezlari sekretsiyasi pasayishi:
    Atropin atipik simpatik innevatsiya (xolinergik) ning ter bezlariga stimullovchi ta‘sirini
    bloklaydi – terlash kamayadi.
    Bundan tashqari atropin qon tomir endoteliysidagi M3-xolinoretseptorlarni bloklaydi.
    Shunday qilib qon tomirlarning katta qismi xolinergik innervatsiya olmaydi , atropin
    ta‘sirida M3- xolinoretseptorlar bloklanib tomirlar tonusi oʻzgarmaydi. Shu bilan birga M3-
    xolinoretseptorlarni qoʻzgʻatib tomir kengaytiruvchi moddalar ta‘sirini bloklaydilar. (14-
    rasm)
    14-rasm. qon tomirlar tonusiga ta‘siri
    Atropin qoʻllanlishi
    ■Oftalmologiya
    Atropin irit va iridosiklitda qoʻllanadi, qorachiq kengayganda kamalak parda va gavhar
    kapsulasi oʻrtasida yalligʻlanish kamayishi mumkin.
    Atropin yordamida koʻz tubini tekshirish mumkin (qorachiq kengayishi hisobiga) va
    koʻzning refraksiyasini (akkomodatsiya falajida haqiqiy nur sindirish hususiyatini)
    aniqlanadi. Atropinning koʻzga ta‘sir etish davomiyligi 7 sutka, shuning uchun qisqa
    muddatli M-xolinoblokatolardan foydalanish kerak, misol uchun tropikamid (4 soat ta‘sir
    qiladi).
    ■Kardiologiya
    Atropin bradiaritmiyalada va atrio-ventrikulyar blokadalarda qoʻllaniladi.
    ■Pulmonologiyada
    Bronxial astmada qoʻllaniladi.
    ■Gastraenterologiya
    Atropin oshqozon va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligida, shuningdek, giperatsid
    gastritda; atropinni xlorid kislota sekretsiysini kamaytirish va oshqozon va oʻn ikki barmoq
    ichak spazmlarini bartaraf etishda qoʻllaniladi.
    Atropin
    Atropin parietal hujayralardagi M3 xolinoretseptorlarni bloklashi hisobiga vodorod xlorid
    kislota sekretsiyasini kamaytiradi;
    Enteroxromaffin hujayralardagi M1 xolinoretseptorlarni bloklashi hisobiga gistamin
    ajralishini kamaytiradi
    Gastrin ajratadigan G-hujayralarning M3 xolinoretseptorlarini (enteroxromaffin hujayralarni
    stimullovchi gastrin sekretsiyasini kamaytiradi)
    99
    Manbaa: @pharma_baza
    Somatostatin ishlab chiqaruvchi oshqozon D – hujayralarining M2 xolinoretseptorlarini (M2
    xolinoretseptorlar bloklanishida somatostatin ajralishi tezlashadi; somatostatin
    enteroxromaffin hujayralar aktivligini pasaytiradi) bloklaydi, M2 (Gi) ekanini esga olib
    olamiz.
    Atropin ichak kolikalarida samarali (ichak spazm kasalliklarida) , jigar va ichak kolikalarida
    effekti kamroq;
    ■Anesteziologiya:
    Atropin jarrohlik operatsiyalarda premedikatsiya sifatida refleksli bradikardiya oldini
    olishda, shuningdek, soʻlak va broxial bezlar sekretsiyasini kamaytirishda qoʻllaniladi
    Atropinning nojoʻya ta‘sirlari: ogʻiz qurishi, fotofobiya (yorugʻlikdan qoʻrqish), yaqindan
    koʻrishning buzilishi, taxikardiya, ich qotishi, siydik chiqarish qiyinlashuvi. Bularning har
    biriga nima sabab ekanini eslab oling.
    Atropindan zaharlaish belgilari: psixologik qoʻzgʻaluvchanlik, qorachiq kengayishi,
    yaqindan koʻrishning buzilishi, ovozning boʻgʻiqlashuvi, taxikardiya.
    Terining quruqligi va qizarishi (asosan bolalarda issiqlik oʻtkazuvchanlik buzilishi natijasida
    harirat koʻtarilishi), siydik ajratishning buzilishi (siydik pufagi kateterizatsiya qilinadi).
    Zaharlanishning ogʻir holatlarida harakat va psixik qoʻzgʻaluvchanlik aralash holda
    rivojlanishi mumkin. Kasallar orientatsiyani yoʻqotadilar, eshtish va koʻrish bilan bogʻliq
    gallyutsinatsiyalar, hayajonlanish kuzatiladi. Juda ogʻir holatlarda tutqanoq paydo boʻlishi
    va koma bilan almashishi mumkin. Oʻlim nafas markazining falaji tufayli yuzaga kelishi
    mumkin.
    Atropin M-xolinoretseptorlarga nisbatan yuqori affinitetga ega. Shuning uchun atropin bilan
    zaharlanganda M-xolinometiklar ta‘siri kam boʻladi. Fizostigmin eritmasini mushak orasiga
    kiritish birmuncha effekt berishi mumkin. Qolgan davo choralari simptomatik boʻladi.
    Atropin ichga qabul qilinganda zond orqali faol koʻmirli eritma, kaliy permanganatning
    0,05%li eritmasi, tanin bilan yuvish kerak.
    Qoʻzgʻaluvchanlikni kamaytirish uchun diazepam vena ichiga kiritiladi. Ogʻir hollarda
    sun‘iy nafas olish apparatlariga ulanadi. Qondan zaharlarni tozalash uchun gemasorbsiya va
    majburiy diurez qoʻllaniladi.
    Atropin saqlovchi dori vositalaridan ayrim hollarda belladonna preparatlari – damlamasi va
    ekstraktlari qoʻllaniladi. Bu preparatlar oshqozon-ichak tizimi spazmi, oʻt yoʻllari spazmi
    (xolisistit va oʻt-tosh kasalligi) bilan bogʻliq hollarda tavsiya qilinadi. Belladonna ekstrakti
    rektal shamchalar koʻrinishida ham qoʻllaniladi.
    Skopolamin – alkaloid, atropin saqlovchi oʻsimliklarda, skopoli tarkibida koʻproq uchraydi.
    Kimyoviy tuzilishi va farmakologiyasi atropinga yaqin. Atropindan farq qilib terapevtik
    dozalarda markaziy nerv sistemasiga susaytiruvchi ta‘sir qilib, sedativ effektni keltirib
    chiqaradi. Amaliyotda skopolaminning vestibulyar apparatga tinchlantiruvchi ta‘siridan
    foydalaniladi.
    Skopolamin vestibulyar apparat buzilishlarida (bosh aylanishlarida, muvozanat va harakat
    buzilishida), harakat buzilishi bilan bogʻliq kasalliklar profilaktikasida (dengiz va havo
    kasalliklarida). Skopolamin “Aeron” tabletkasi tarkibiga kiradi, dengizga chiqishdan va
    samolyotda uchishdan oldin qabul qilinadi. Bu tabletkalarini ta‘sir qilish vaqti 6 soat. Uzoq
    davom etadigan safarlarda skopolaminning uzoq vaqt ta‘sir qiluvchi transdermal sistemalari
    qoʻllaniladi – plastirlar, quloq orqasiga yopishtirilganda 72 soatgacha skopolamin ajraladi.
    100
    Manbaa: @pharma_baza
    Skopolamin atropin bilan bir hollarda qoʻllaniladi: narkoz oldi reflektor bradikardiya oldini
    olishda, soʻlak va broxial bezlar sekretsiyasini kamaytirishda, spazmolitik modda sifatida
    qoʻllaniladi.
    Tropikamid – oftalmologiya amaliyotida koʻz tomchilari sifatida, koʻz tubini tekshirish va
    nur sindirish hususiyatini tekshirish uchun ishlatiladi. 20-30minutda midriaz va sikloplegiya
    rivojlanadi. Ta‘sir qilish davomiyligi 2-4 soat. Oftalmologiya amaliyotida 24 soat ta‘sir
    qiluvchi gomatropin va siklopentolat qoʻllaniladi.
    Ipratropiy (atrovent) bronxial astmada aerozol koʻrinishida qoʻllaniadi.
    Platifillin – keng bargli krestovnik (Senecio platyphyllus) oʻsimligi alkaloidi. M-xolinolitik
    ta‘sirdan tashqari, ichki organlar va qon-tomirlar silliq mushaklariga toʻgʻridan-toʻgʻri
    boʻshashtiruvchi ta‘sir koʻrsatadi. Platifillinning ichki organlar silliq mushaklarini
    boʻshashtiruvchi ta‘siri M-xolinobloklovchi va miotrop spazmolitik hususiyatiga bogʻliq.
    Miotrop spazmolitik hususiyati bilan boshqa M-xolinilitik moddalardan farq qilib, qon
    tomirlarni kengaytirib qon bosimini birmuncha tushirishi mumkin.
    Platfillin asosan qorin boʻshligʻi a‘zolari silliq mushaklar spazmida, oshqozon va oʻn ikki
    barmoqli ichak yara kasalliklarida, bronxial astmada qoʻllaniladi.
    Pirenzepin (gastrosepin) – asosan M1-xolinoretseptorlarni bloklaydi. Pirenzepin entero-
    xromaffin hujayralaragi M1-xolinoretseptorlarni bloklab, ulardan gistamin ajralishini
    kamaytiradi. Gistamin kamayishidan parietal hujayralardan ajraladigan vodorod xloridining
    sekretsiyasi pasayadi.
    Pirenzepin oʻrtacha terapevtik dozalarda qorachiq kengayishiga, akkomodatsiyaga, yurak
    qisqarishiga kam ta‘sir qiladi, faqatgina ogʻizda quruqlik keltirib chiqaradi. Oshqozon yara
    kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
    Trigeksifenidil (siklodol) – markaziy nerv sistemasidagi M1-xolinoretseptorlarga susay-
    tiruvchi ta‘sir koʻrsatadi. Parkinsonizm kasalligida qoʻllaniladi.
    Darifenatsin – M3-xolinoretseptorlarni tanlab bloklaydi. Amaliyotda siydik pufagi tonusini
    pasaytirish uchun qoʻllanilishi mumkin.
    Barcha M-xolinoblokatorlarni glaukomada qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud!
    3.5.Ganglioblokatorlar
    Ganglioblokatorlar parasimpatik va simpatik gangliy neyronlarining NN-xolinoretseptor-
    larini, buyrak usti bezi magʻiz moddasining xromofin hujayralarini, karotid koptokchalarini
    bloklaydi. Shunday qilib, ganglioblokatorlar gangliy darajasida parasimpatik va simpatik
    innervatsiyani teng miqdorda bloklaydi. M-xolinomimetiklar, adrenomimetiklar ganglio-
    blokatorlar ta‘siriga oʻxshash oddiy effekt chaqiradi.
    Ganglioblokatorlar noradrenalin va adrenalinni buyrak ustidan ajralishini kamaytiradi,
    karotid koptokchalari NN-xolinoretseptorlari bilan nafas va vazomator markazlarining
    reflektor qoʻzgʻaluvchanligiga toʻsqinlik qiladi. Gematoensefalik barierdan oʻtuvchi
    ganglioblokatorlar (masalan, mekamilamin ) MNS NN-xolinoretseptorlarini bloklaydi.
    Ganglioblokatorlar vegetativ gangliy NN-xolinoretseptorlari antagonisti sifatida ta‘sir
    koʻrsatadi. Ularning harakati parasimpatik va simpatik innervatsiya ta‘sirni bartaraf etishda
    namoyon boʻladi. U yoki bu innervatsiyaning ta‘siri qancha koʻp boʻlsa shunchalik koʻp
    bloklash harakati namoyon boʻladi. Parasimpatik innervatsiya qorachiqlar kattaligiga
    101
    Manbaa: @pharma_baza
    sezilarli ta‘sir koʻrsatadi: qorachiqlar odatda qisqargan boʻladi (rangli parda aylana
    muskullarining qisqarishi). Bunday holda, ganglioblokatorlarning parasimpatik innervatsi-
    yaga bloklovchi ta‘siri yuqori darajada namoyon boʻladi – ganglioblokatorlar qorachiqlar
    kengayishiga olib keladi (midriaz). Kipriksimon muskullar asosan parasimpatik nerv
    innervatsiyalaydi. Ganglioblokatorlar parasimpatik gangliyni bloklab, kipriksimon
    muskullarni boʻshashiga – akkomodatsiya paralichiga olib keladi.
    Yurak qisqarishi chastotasi 70% adashgan nerv (n.vagus) ning tormoz ta‘siri bilan belgilana-
    di. Ganglioblokatorlar vagusning sinoatrial tugunga tormozlovchi ta‘sirini bartaraf qiladi va
    odatda taxikardiyaga olib keladi. Yurak qorinchasi qisqarishining kuchi simpatik
    innervatsiya ta‘siri bilan belgilanadi (qorinchalar parasimpatik nerv bilan kam
    innervatsiyala-nadi). Ganglioblokatorlar simpatik innervatsiyaning stimullovchi ta‘sirini
    yoʻq qiladi. Yurakning qisqarishini susaytiradi. Yurak zarbasi kamayadi. Taxikardiyaga
    boʻlishiga qaramay, yurakning daqiqali ishi biroz kamayadi.
    Atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlikka n.vagus tormozlovchi ta‘sir koʻrsatadi, simpatik
    innervatsiya esa – aktivlovchi. Odatda, bu ta‘sirlar muvozanatlangan. Shuning uchun
    ganglioblokatorlar atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlikka sezilarli ta‘sir koʻrsatmaydi.
    Koʻpchilik qon tomirlari (arteriyalar va venalar) faqat simpatik innervatsiyani oladi.
    Ganglioblokatorlar simpatik innervatsiyani stimulovchi ta‘sirini yoʻq qiladi va arteriya va
    vena tomirlarning kengayishiga olib keladi – arterial va venoz bosim kamayadi. Qon bosimi
    yurak ishi pasayishi tufayli kamayadi. Arterial bosimning pasayishiga gangliblokator NN-
    xolinoretseptor bilan buyrak usti bezi magʻiz moddasinig xromafin hujayralari blokadasi
    yordam beradi va adrenalin va noradrenalin sintezi pasayishi sabab boʻladi.
    Bronx silliq muskullari faqat parasimpatik innervatsiyani oladi bronxokonstriktor ta‘sir
    koʻrsatadi. Shu bilan birga Bronx silliq muskullarida innervatsiyalanmagan β2-adreno-
    retseptorlar mavjud ular adrenalin yordamida qoʻzgʻaladi (Bronx kengaytiruvchi ta’sir
    koʻrsatadi). Odatda, bu ta‘sirlar muvozanatlangan. Shuning uchun ganlioblokatorlar bronxlar
    tonusiga sezilarli ta‘sir koʻrsatmaydi. Oshqozon-ichak yoʻllari va siydik pufagining silliq
    mushaklarining qisqarishi (sfinkterlar bundan mustasno) shuningdek soʻlak, bronxial bezlar,
    oshqozon va ichak bezlari sekretsiyasi parasimpatik innervatsiyani stimullovchi ta‘siri bilan
    belgilanadi. Ganglioblokatorlar oshqozon-ichak yoʻllari peristaltikasini, siydik pufagi
    tonusini, bronxial va ovqat hazm qilish bezlarini sekretsiyasini kamaytiradi.
    Ganglioblokatorlar ter bezlarining sekretsiyasini kamaytiradi (atipik simpatik xolinergik
    innervatsiya bloki). Tibbiy amaliyotda ganglioblokatorlarning asosan gipotenziv ta‘siri
    qoʻllaniladi. Gipertenziv krizisda teri ostiga yoki mushak ichiga geksametoniya
    benzosulfonat (benzogeksoniy) yoki azametoniy (pentamin) yuboriladi. Bu preparatlar
    ta‘siri 2-3 soat davom etadi. Ultra qisqa ta‘sirga ega trimetafan ganglioblokatori (arfonad)
    10-15 daqiqa ta‘sir qiladi. Preparat eritmalari boshqariladigan gipotenziya uchun tomir
    ichiga tomchi orqali yuboriladi (masalan, jarrohlik operatsiyalarida zarur vaqt uchun qon
    bosimining pasayishi, masalan, qon yoʻqotish kamaytirish, miya shishi oldini olish).
    Mekamilamin (mekamin) – qutbsiz birikma (ikkilamchi amin) geksametoniya, azametoniya
    (toʻrtlamchi ammoniy birikmalar) va trimetafan (sulfonik birikma)lardan farqli ravishda
    markaziy asab tizimiga oson kiradi va Markaziy NN-xolinoretseptorlarni bloklaydi. Shuning
    uchun mekamilamin nikotinning eyforiya ta‘sirini kamaytiradi va chekishni tashlashda
    ishlatiladi.
    102
    Manbaa: @pharma_baza
    Ganglioblokatorlarning nojoʻya effektlari: midriaz, akkomodatsiya paralichi, ogʻiz qurishi,
    burun bitishi, ichaklar motorikasi va qovuq tonusi pasayishi, sezilarli ortostatik gipotenziya
    (gorizontal holatdan vertical holatga oʻtganda arterial bosimning birdan pasayishi).
    Ortostatik gipotenziya ehtimoli boʻlgan bemorlarga ganglioblokator kiritilgandan keyin
    kamida 1,5—2 soat yotoqda yotish tavsiya etiladi.
    3.6. Nerv-muskul sinapslarini bloklovchi vositalar
    Nerv-muskul sinapslarini bloklovchi vositalar skelet muskullarini boʻshashiga olib
    keladi.Shuning uchun ularni miorelaksantlar deb nomlanadi. Yanada toʻliqroq – periferik
    ta‘sirli miorelaksant deb nomlanadi, chunki markaziy ta‘sirga ega miorelaksantlar ham
    mavjud (masalan, benzodiazepin).
    Jarrohlik amaliyotda skelet muskullarini boʻshashtirishni talab qiladigan operatsiyalarda
    miorelaksantlar qoʻllaniladi. Avvalari miorelaksant ta‘sirli vositalar ingalyatsion narkozda
    foydalanilgan. Biroq, ingalyatsion narkoz uchun qoʻllaniladigan vositalar birinchi navbatda
    analgeziyaga olib keladi, keyin ongni oʻchiradi va faqat yuqori konsentrasiyalarda skelet
    mushaklari boʻshashtiradi. Hozirgi vaqtda narkozda qoʻllaniladigan vositalarni miorelak-
    santlar bilan birlashtiriladi.
    Birinchi ma‘lum boʻlgan miorelaksantlardan oʻqli zahar kurare. Janubiy Amerikalik hindu-
    lar ov qurollarining uchlariga zaharni surtishgan. Hayvon organizmiga tushgan kurare skelet
    muskullari paralichiga olib kelgan va hayvon haraklanish xususiyatini yoʻqotgan (bunday
    hayvonlarni goʻshti iste‘mol qilshga yaroqli chunki kurare oshqozon-ichak yoʻllarida
    soʻrilmaydi).
    1942yilda kanadalik anesteziolog H.R. Griffith va uning yordamchisi G.E. Johnson jarrohlik
    operatsiyasida tozalangan kurare preparatini skelet mushaklarini boʻshashtirishda qoʻlladilar.
    Keyinchalik, kurare ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan oʻsimliklardan alkaloid
    tubokurarin chiqarildi, u preparat shaklida ishlab chiqarila boshlandi.
    Tubokurarin tomir ichiga yuborilgandan soʻng, skelet mushaklarining boʻshashishi 1-2
    minutdan keyin boshlanadi; mushaklarning toʻliq boʻshashishi 3-5 daqiqada mushaklarining
    boʻshashishi ma‘lum tartibda amalga oshadi: birinchidan, koʻzni harakatga keltiruvchi
    mushaklar, yuz, hiqildoq, halqum, boʻyin, qoʻl barmoqlari mushaklari, keyin oyoq-
    qoʻllarning va tana mushaklari. Oxirgi oʻrinda nafas mushaklari va diafragma boʻshashadi va
    nafas toʻxtashi kuzatiladi (bemor oʻpka sun‘iy ventilyatsiyasiga oʻtkaziladi). Miorelaksik
    ta‘sir jarrohlik amaliyotida dozaga bogliq holatda 40-60 min yetarli darajada davom etadi.
    Mushaklar tonusining qayta tiklanishi teskari tartibda amalga oshadi.
    Minimal mioparalitik dozadan apnoetik dozagacha boʻlgan diapazon mioparalitik ta’sir
    kengligi deyiladi. Tubokurarinda mioparalitik ta‘sir kengligi yuqori emas, shuning uchun u
    qoʻllanilganda bemor odatda oʻpka sun‘iy ventilyatsiyasiga oʻtkaziladi.
    Tubokurarin skelet mushaklarining NM-xolinoretseptorlarini bloklab, atsetilxolin bilan
    ularning qoʻzgʻaluvchanligiga toʻsqinlik qiladi. Shu sababdan, asetilxolin mushak tolalari
    oxirgi plastinka membranasining depolarizatsiyasiga olib kelmaydi. Shuning uchun
    tubokurarin antidepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlarga kiradi. Biroq, antixolinesteraz
    vositalar yordamida nerv-mushak sinapslarida asetilxolin miqdori oshsa, asetilxolin
    tubokurarinni NM-xolinoretseptorlar bilan boʻlgan birikmadan chiqaradi. Shu bilan birga
    nerv-muskul oʻtkazuvchanligi qayta tiklanadi. Shunday qilib, tubokurarin bilan asetilxolin
    oʻzaro raqobat munosabatlarida boʻladi. Yuqorida aytib oʻtilganidek, tubokurarin va boshqa
    103
    Manbaa: @pharma_baza
    turdagi moddalar antidepolyarizatsiyalovchi raqobat ta’sirli miorelaksantlar deb ataladi.
    Ushbu moddalar, shuningdek, kuraresimon vositalar ham deyiladi.
    Hozirgi vaqtda tubokurarin nojoʻya effektlari tufayli nisbatan kam ishlatiladi. Tubokurarin
    ganglioblokator va gistaminogen ta‘sir koʻrsatadi, shuning uchun u qoʻllanilishi bilan arterial
    bosim pasayadi. Gistaminogen ta‘sir natijasida ba‘zi bemorlarda laringospazm bronxospazm
    yuzaga keladi.
    Antidepolyarizatsiyalovchi raqobat ta‘sirli miorelaksantlar anesteziologiya amaliyotida
    pankuroniy, vekuroniy, pipekuroniy, atrakuriy, mivakuriylardan foydalaniladi.
    Pankuroniy (pavulon) tubokuranindan faolroq, ganglioblokator va gistaminogen
    xususiyatlarga ega emas lekin M2-xolinoretseptorlarni bloklaydi shuning uchun taxikardiya
    chaqiradi.Organizmga kiritilganda miorelaksiya 4-6 min dan keyin rivojlanadi va 60min
    davom etadi.
    Pipekuroniy (arduan) ta‘sir davomiyligi bilan farq qiladi – 2 soat atrofida .
    Vekuroniy (norkuron) Nojoʻya ta‘sirlari nisbatan kam ta‘sir davomiyligi 30-min.
    Mivakuriy 10-20 min ta‘sir koʻrsatadi, qon plazmasi xolinesterzasi bilan gidrolizlanadi
    (butirilxolinesteraza;soxta (yolgʻon) xolinesteraza, psevdoxolinesteraza).
    Atrakuriy 15-30 min ta‘sir koʻrsatadi, chunki noenzimatik gidrolizga (Xoffmann
    eliminatsiyasi) va qisman butirilxolinesteraza ta‘siriga uchraydi. Atrakuriy eliminatsiyasi
    jigar va buyraklar faoliyatiga bogʻliq emas, preparatni jigar buyrak yetishmovchiligi bilan
    ogʻrigan bemorlar qabul qilishlari mumkin. Antidepolyarizatsiyalovchi raqobat ta‘sirli
    miorelaksantlar antogonisti sifatida antixolinesteraz vositalar asosan neostigmin qoʻllaniladi.
    Neostigminning parasimpatik innervatsiyani faollashtiruvchi ta‘sirini bartaraf etish uchun
    atropin neostigmindan 5-10 daqiqa oldin yuboriladi
    (atropin va neostigminni bir vaqtning oʻzida qoʻllash mumkin emas, chunki atropin birinchi
    boʻlib bradikardiyaga olib kelishi mumkin).
    Antidepolyarizatsiyalovchi raqobatsiz miorelaksantga esa prestanol misol boʻladi.
    Antidepolyarizatsiyalovchi raqobat ta‘sirli miorelaksantlardan tashqari depolyarizatsiya-
    lovchi ta’sirli miorelaksantlar ham mavjud, bulardan klinik amaliyotda suksametoniy
    (suksinilxolin, ditilin, listenon) ishlatiladi.
    Kimyoviy tuzilishiga koʻra, suksametoniy ikki molekula atsetilxolindan tashkil topgan
    (diatsetilxolin). Shuning uchun skelet mushaklari NM-xolinoretseptorlarida suksametoniy
    atsetilxolin kabi hujayra membranasi depolyarizatsiyasini va mushak tolalarining qisqa
    muddatli qisqarishi – fassikulyatsiyani yuzaga keltiradi. Lekin keyinchalik suksametoniyning
    ta‘siri atsetilxolindan farq qiladi. Asetilxolindan farqli oʻlaroq, sukametoniy asetilxolineste-
    raz tomonidan yoʻq qilinmaydi va shuning uchun hujayra membranasining doimiy
    depolarizatsiyasiga olib keladi. Doimiy depolarizatsiya fonida mediator (asetilxolin)
    potentsialiga ta‘sir olib kelmasligi mumkin. Nerv-mushak sinapslarida qoʻzgʻalishning
    tarqalishi buziladi; fasikulyatsiyadan keyin skelet mushaklari boʻshashishi yuzaga keladi.
    Suksametoniy qon plazmasi xolinesterazasi (butirilxolinesteraza) yordamida tez gidrolizla-
    nadi. Preparat ta‘sir davomiyligi 3-5 min. Genetik jihatdan qon plazmasi xolinesterazasi
    yetishmasa, suksametoniy yanada uzoq muddat ta‘sir koʻrsatadi (2-6 soatgacha).
    Suksametoniy ta‘sirini yangi sitratli (butirilxolinesteraza saqlagan) qon quyish yoʻli orqali
    toʻxtatiladi. Antixolinesteraz vositalar miorelaksantning antidepolyarizatsiyalovchi turiga
    104
    Manbaa: @pharma_baza
    ta‘siridan farqli ravishda suksametoniy ta‘sirini susaytirmaydi aksincha kuchaytiradi va
    uzaytiradi. Bu shu bilan bogʻliqki, antixolinesteraz vositalar 1)qon plazmasi xolinesterazasini
    ingibirlaydi. 2)nerv-muskul sinapslarida atsetilxolinning konsentratsiyasini oshiradi
    (atsetilxolin doimiy depolyarizatsiya holatini saqlab turadi).
    ■Xolinesterazaning 2 turi mavjud: 1-si postsinaptik membranada joylashgan
    atsetilxolinesteraza boʻlib xolinergik mediator Atsetilxolinni parchalaydi. Bu enzim
    retseptorlarning V tipiga kiradi , ya‘ni hujayradan tashqaridagi nishon (extracellular
    target/enzyme) retseptorlari tipiga. 2-si esa qonda uchrovchi butirilxolinesteraza (soxta
    xolinesteraza ham deyiladi) boʻlib oʻz nomi bilan qondagi efir(-ester) bogʻli moddalarni
    parchalaydi.
    Antidepolyarizatsiyalovchi va depolyarizatsiyalovchi miorelaksantlarning solishtirma
    xarakteristikasi 2- jadvalda tubokurarin va suksametoniy misolida keltirilgan.
    2-Jadval. Tubokurarin va Suksametoniyning solishtirma xarakteristikasi.
    Suksametoniyning nojoʻya ta‘sirlari:
  • Jarrohlik operatsiyasidan soʻng muskullar ogʻrishi (preparat ta‘sirining boshida muskul
    fassikulyatsiyasi bilan bogʻliq); rabdomioliz boʻlishi mumkin
  • Giperkaliyemiya ( doimiy depolyarizatsiya natijasida skelet muskullari tolalaridan K+
    ionlarining chiqishi ilan bogʻliq)
  • Bradikardiya (suksametoniy yurakning M2-xolinoretseptorlarini stimullashi mumkin)
  • Taxikardiya va arterial gipertenziya ( simpatik gangliyni stimullashda suksametoniy
    takroran organizmga kiritilganda)
  • Yurak aritmiyasi
  • Koʻz ichki bosimining oshishi ( suksametoniy ekstraokulyar muskullarning tonik
    qisqarishini yuzaga keltiradi; natijada koʻz ichki suyuqligi oqimi qiyinlashadi)
  • Bronxial va soʻlak bezlari sekretsiyasining oshishi (M-xolinomimetik ta‘sir)
  • “Ikki martali blok‖ suksometoniyaning koʻp karrali takroriy (6-8 marta) yuborilishi
    natijasida depolarizatsion blok nerv-mushak uzatishi antidepolyarizatsion bilan
    almashtiriladi; bu suksametoniyaning uzoq muddatli depolarizatsion ta‘siri tufayli NM-
    xolinoretseptorlarning desensitizatsiyasi bilan bogʻliq; bunday holda, antixolinesteraz
    vositalar suksametoniyaning miorelaksant ta‘sirini zaiflashtirishi mumkin;
  • Gistominogen ta’sir va u bilan bogʻlangan yuqori sezuvchanlik (bronxospazm, eshakyemi)
  • Yomon sifatli gipertermiya (koʻpincha galotan, izofluran bilan birgalikda qoʻllanilganda)
    skelet muskullarining tonik qisqarishi va tana haroratining 41-43C gacha tez koʻtarilishi;
    yomon sifatli gipertermiya sarkoplazmatik retikulumdan Ca+ ioni koʻp miqdorda chiqishi
    bilan bogʻliq; buni bartaraf etish uchun vena ichiga dantrolen yuboriladi u Ca+ ionlarini
    sarkoplazmatik retikulumdan chiqishini kamaytiradi.
    Effektlari Tubokurarin Suksametoniy
    Oxirgi plastinka
    membranasiga ta‘siri Stabillovchi Depolyarizatsiyalovchi
    Muskul fassikulyatsiyasi Mavjud emas Ta‘sir boshida kuzatiladi
    Antixolinesteraz vositalar
    bilan oʻzaro ta‘siri Antagonizm Sinergizm
    105
    Manbaa: @pharma_baza
    Periferik ta‘sirli miorelaksantlar skelet muskullari boʻshashini talab etiladigan jarrohlik
    operatsiyalarida qoʻllaniladi. Yurak va oʻpka operatsiyalarida ushbu preparatlarning tabiiyni
    nafas olishni oʻchirish xususiyati qoʻllaniladi (bemor oʻpkaning sun’iy ventilyatsiyasiga
    oʻtkaziladi). Miorelaksantlar ta‘siri ostida, suyak chiqishlarni tuzatish juda oson, suyak
    qismlarini yoriqlar bilan qayta joylashtirish mumkin. Qisqa muddatli miorelaksantlar,
    xususan, suksametoniy, intubatsiyani yengillashtirish uchun ishlatiladi (intubatsion trubkani
    ingalyatsion narkozda kiritish). Miorelaksantlar shuningdek, tetanozni davolashda, strixnin
    bilan zaharlanishida, ya‘ni kuchli tonik sudoroglar va uzoq muddatli mushaklarning
    qisqarishi tufayli nafas buzilishi sodir boʻlgan hollarda ishlatiladi. Miorelaksantlar mushaklar
    boʻshashishiga olib keladi sudorogni bartaraf qiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *