3-mavzu. O‘zbek xalqining etnik shakllanishi

Etnogenez va uni o‘rganish masalalari
Hozirgi kunga kelib, Respublikamizda milliy-ma’naviy qadriyatlami tiklash va rivojlantirish, milliy mafkura g’oyalarini fuqorolarimiz ongiga yanada chuqurroq singdirish va yanada teran anglatish kuchayib, 0‘zbekiston xalqlarining o‘z o‘tmish va kelib chiqishiga qiziqishi ortib bormoqda. Xususan, o‘zbek xalqining etnik tarixi, uning xalq sifatida shakillanishi masalalari dolzarb ekanligi yurtboshimiz l.A.Karimovning ‘Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q“ asarida (1998) har tomonlama asoslab berildi. Bu yo‘nalishda tarixchilarimiz oldiga yechimi hayotiy zarur boMgan vazifalar qo‘yildi. Jumladan, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Movaraunnahr sarhadlariga uzoq tariximiz davomida ne-ne bosqinchilar kirib kelmagan, ko‘p yillar. balki, asriar davomida yutrimizda ne-ne o‘zga sulolalar hukmronlik qiimagan deysiz… Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mug‘ulistondan Chingizxon keldi, rus istilochilari keldi. Lekin xalq qoldiku?…, ana shunday har tomonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q boMib ketishi kerak bo’lgan sharoitda baribir, qator yo‘qotish!ar bilan bo‘Isa ham, millatimiz o‘zligini saqlab qololdimi, yo yo‘qmi? Olimlarimiz ana shu savolga javob bersinlar”.
Etnogenez yoki birorta xaiqning kelib chiqish tarixi masalalari tarix fanining yutuqlari bilan chambarchas bogMiqligi ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan e ’tirof etilgani maMum. Ammo, tarix fanining boshqa yo’nalishlariga (arxeologiya, etnografiya, antropoliya va bosh.) nisbatan 0‘zbek xalqi etnogenezi hamon jiddiy tadqiqotlar talab etadi. Etnogenez va etnik tarix masalalari tarixiga nazar tashlaydigan boMsak, bu
1Ushbu mavzunt tayyorlashda KSH.Shoniyozovning yangi chop etilgan ma’hjmotlaridan foydalamlrii
www.ziyouz.com kutubxonasi
37

yo’nalishdagi ayrim kuzatishlami yunon, xitoy, rim, arab, croniy va turkiy tillarda yozilgan qadimgi hamda o‘rta asr mualliflari va sayyohlari asarlarida uchralish mumkin. Ular o‘z asarlarida xalqlarning tashqi qiyofasidagi umumiylik, ba’zi urf-odatlaming yaqinligi va tillarning o‘xshashligini ta’kidlaganlar. Ammo ular bu jarayonlaming as! sabablarini ochib bera olmaganlar. X1X-XX asr boshlarida olib borilgan tadqiqotlar nisbatan samaraii bo‘lishiga qaramay, bu tadqiqotlar harr. xalqlarning etnik kelib chiqishi, madaniyati va tillaridagi o’xshashlik sabablari va mohiyatini to‘la ochib bera olmadi.
So’nggi 20-25 yil ichida Respublikamiz hududlarida olib borilgan arxeologik, antropologik va etnografik tadqiqotlar natijaiarini umumlasbtirgan antropolog olim T.Q. Xo’jayov har bir xalqning etnogenezini o’rganishda quyidagi tamoyillarga asosiy e’tibor berishni taklif etadi:
1) biror xalqning kelib chiqishi tarixi ko‘p qirralik jarayon bo’lib, u o’z ichiga shu xalqning madaniyati va ijtimoiy tuzilmasi, uning biologik tfiirtittg jamiyatda tatgaR o’mini tushunish, tili vu o’zligini
tanishni qamrab oladi;
2) etnogenez masalasiga bir tomonlama qarab, uni soddalashtirish
bilan chegaralanib qolmasdan, shu xalqning kelib chiqish tarixida ma’lum ahamiyat kasb etgan barcha tarkibiy qismlar ham e’tiborga olinishi shart;
3) etnogenez murakkab va uzoq davom etgan jarayon. Binobarin, bu jarayonni bosqichma-bosqich tiklash maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, A.A. Asqarov o’zbek xalqi etnogeneziga bag’ishlangan so’nggi yillardagi (2002-y.) ishlaridan birida har bir xalq etnogenezi va etnik tarixini o’rganishda quyidagi nazariy va ilmiy metodologik tamoyillarga amai qilish talab etilishini ta’kidlaydi:
birinchidan, etnogenez va etnik tarixni o’rganishda tadqiqotchi birinchi navbatda o’rgananyotgan xalq etnogenezisi qachondan boshlanganligini aniqlab olmog’i kerak. Chunki etnos faqat kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo’ladi. Etnogenezning boshlang’ich nuqtasi esa etnosning qadim zamonlarda yashagan «ajdodlariga» borib taqaladi. Bu jarayon mil.avv. II ming yillik oxirlarida yuz berdi.
Ikkinchidan, etnos bu biologik hosila emas, balki ijtimoiy hodisadir. U kishilik taraqqiyoti ma’lum bir bosqichining hosilasidir. Etnos o’zining shakllanish jarayonida bir xil sabablarga ko’ra uning tarkibiga yangidan-yangi etnik qatlamlar qo’shilib boradi. Yer yuzining barcha xalqtari kelib chiqishi
38
www.ziyouz.com kutubxonasi

jihatidan ko’p etnik qatlamlidir. Darhaqiqat, o’zbek xalqi etnogenezining ilk bosqichlaridan, to xalq sifatida sbakllanib bo’lguniga qadar uning asosiy tarkibini tashkil etgan mahalliy (avtoxton) so’g’du-xorazmiy va qadimgi turkiyzabon qatlamlardan tashqari o’ziga turli davrda har xil miqdorda mahalliy va tevarak atroflardan kelib qo’shilgan etnik guruhlarni singdiribyubordi.

  • Uchinchidan, har bir xaiqning etnik tarixini o‘rganish, etnik birlikning shakllanish jarayonini ilk bosqichidan boshlashni taqozo etadi. Chunki etnik birlikning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va uning ctnosga aylanishi juda qadim-qadimgi zamonlardan boshlanib hozirgi kungacha davom etayotgan butun bir tarixiy jarayondir.
  • To’rtinchidan, har bir xaiqning etnik tarixi bilan shug‘ullanganda nafaqat etnik birlikning boshlang’ich jarayonini, balki uning keyingi davrlarini, unga xos muhim etnik belgi va alomatlami aniqlab, o‘rganib borish talab etiladi.
  • Beshinchidan, etnogenetik jarayonni o‘rganishda masaJaga har tomonlama yondoshish, ya’ni etnogenezga aloqador fan yutuqlaridan foydalanish muammo yeehimiga obyektiv ilmiylik bag‘ishlaydi. Etnogenez muammolarini hal etishda foydalanilayotgan birlamchi manbalaming nisbati va xususiyatini bilish muhimdir. Bu manbalar antropologiya, arxeologiya, etnografiya, yozma yodgorliklar, tilshunosliL epigrafika va boshqalardir.
    Yuqoridagi tamoyillarga to‘la rioya qilingan holdagina, ayrim xalq etnogeneziga oid muammolarni ilmiy nuqtai nazardan mukammal va har tomonlama ocbib berish imkoniyati paydo bo’ladi. Ammo 0 ‘rta Osiyoda, xususan 0‘zbekiston hududlarida qadimgi davrlardan sodir bo’lib kelayotgan etnik jarayonlami har tomonlama yoritishdan avval ayrim fanlar sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlarni oxiriga yetkazish bilan undan boshqa soha mutaxassislari ham foydalanishi mumkin bo’lgan darajasiga chiqarish maqsadga muvofiqdir. So’nggi yillardagi arxeologik izlanishlar qadimgi aholining moddiy va ma’naviy madaniyati, uning turmush tarn, uy-ro‘zg‘or ashyolari, an’anaviy xo’jaligi va boshqalar haqida muhim maMumotlar olish imkonini berdi. Bu jarayon esa yangi antropologik ma’lumotlar to’plash va ularni tahlil etishga asos bo’ldi.
    Etnogenez jarayoni turli xalqlarning ajdodlari tarixidan boshlanadi. 0 ‘zbek xalqi ajdodlarining tarixi juda katta tarixiy davmi o‘z ichiga oladi.
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    39 Uzoq tarixiy taraqqiyot yoMida ajdodlarimiz murakkab etnogenez jarayonlarini boshdan kcchirganlar. Bu jarayonlar antropologik qiyofalar, qabilalar, xalqlar va elatlarning aralashib ketishi, madaniy an’analaming
    qo‘shilib yangi asosda rivojlanishi bilan uzviy bogMiq boMgan.
    Tarixiy adabiyotlardan bizga ma’lumki, fanning ko‘pgina tarmoqlariga, jumladan, xalqlar haqidagi fanga bundan 2-2,5 ming yil ilgari qadimgi Yunonistonda asos solingan. Shuning uchun ham zamonaviy fanda yunon tilidan olingan so‘zlar ko‘p uchraydi. Bunday so‘zlami xalqlar haqidagi fanlarda ham uchratish mumkin. Qadimgi yunonlarda “xalq“ tushunchasini ifodalovchi bir necha so‘zlar boMgan. Shulardan biri “demos” boMib, bu so‘z orqali aholining asosiy qismi tushunilgan (mas. “demokratiya”-”xalq hokimiyat!” “demografiya”- ’’xalqlami ta’riflash” va boshq.). Shunday so‘zlardan yana biri “etnos” boMib, aynan tarjimasi “xalq“ demakdir. Etnografik tadqiqotlar
    natijalariga ko‘ra, har qanday etnos o‘z. shakllanishining dastlabki pallasida bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan o‘zaro bogMiq odamlar
    jamoasidan iborat boMadi.
    Ayrim etnoslarni bir-biridan farqlovchi muhim belgilaridan biri bu
    madaniy xususiyatlardir. Bu xususiyatlami har bir xalq o‘z tarixiy- madaniy rivojlanish jarayonida o‘zlashtiradi va avloddan avlodga qoldiradi. Fanda bu jarayon “etnik an’analar” deyiladi. Bunday an’analar har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy geografik shart-sharoitlari bilan bogMiq boMgan u yoki bu tarixiy davrlarda shakllanadi. Etnosni qisqacha qilib, uyushgan til-madaniy jamoasi deyish mumkin. Ilmiy adabiyotlarda “etnik jamoa” degan so‘z ham ko‘p ishlatiladi. Faqatgina alohida xalqlami emas, balki ularning kelib chiqishida qarindoshchiligi boMgan guruhlami ham etnikjamoa deb atash mumkin.
    Tadqiqotchilarning fikricha, qarindosh-urug’chilik etnik jamoalari asta-sekinlik bilan urug‘ jamoalariga aylanib boradi. Urug‘-birga yashab, hamkorlikda mehnat qilgan qarindoshlar uyushmasi boMib, ma’lum xalqlarning etnik shakllanishidagi dastlabki bosqichlardan biri sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
    OMkamiz hududlaridagi qadimgi mahalliy aholi va o‘zbek xalqining shakllanish bosqichlari
    0 ‘rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy hayotida turkiy etnik guruhlar juda katta ahamiyatga ega boMganligi va bu qatlamning ildizlari juda qadimiy ekanligi arxeologik ma’lumotlar asosida isbotlanmoqda.
    40
    www.ziyouz.com kutubxonasi Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, bronza davriga kelib 0 ‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo‘y!i, yuzi tor irqning vakillari tarqaigan. Shimoliy dasht va cho‘l hududlarida esa janub aholisidan farq qiluvchi boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho‘ziq boMmagan qabilalar yashaganlar. Fanda janubiy qiyofaii odaxnlar O’rta Yer dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Old Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg‘oniston, O’rta Osiyo, Hindiston kabi katta geografik hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofaii odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog’iston, 0 ‘rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida Ural, Volga bo‘yi yerlarigacha
    tarqaigan.
    A. Sagdullayevning tadqiqotlariga ko‘ra, bronza davriga kelib, 0 ‘rta
    Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi odamlar vakillarining qo‘shilish jarayoni boshlanadi hamda aynan mana shu davrda, oMkamizda yashab o‘tgan bronza davri qabilalari, 0‘rta Osiyoning qadimgi xalqlariga asos solganlar. Bu davr oMkamiz hududlarida murakkab etnik-madaniy jarayonlar bo‘lib o‘tgani bilan izohlanadi. Xususan, janubiy hududlardagi hosildor vohalar o‘troq dehqonchilik aholisi tomonidan o’zlashtirila boshlagan bo’lsa, shimoliy viloyatlarda ko‘chmanchi chorvador qabilalar tarqala boshlaydi. Ko’chmanchi chorvadorlar va o‘troq aholining uzviy munosabatlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-etnik jarayonlar avj oladi.
    Mil. aw. II ming yillikning o‘rtalaridan boshlab 0‘rta Osiyo hududlariga shimoli-sharqdan chorvachilik bilan shug’ullanuvchi yangi etnik guruhlar kirib kela boshlaydi. Mahalliy madaniyatdan farqlanuvchi bu guruhlar madaniyati tadqiqotchilar tomonidan ‘Tozabog’yob madaniyati” nomi bilan fanga kiritilgan.
    Tozabog’yob ko‘rinishidagi yodgorliklar keyinchalik Zarafshon daryosinng quyi havzasi hududlaridan topib o’rganildi. Xuddi shunga o‘xshash etnoslaming izlari Toshkent vohasidan, Farg’ona vodiysidan va shimoliy Baqtriyaning tog‘li va tog‘oldi hududlaridan topib o‘rganilgan. Juda katta hududlardan, xususan, QozogM’ston cho’Ilari, Oltoy, Janubiy Sibir, Uraloldi hududlaridan tekshirilgan o‘ziga xos madaniyat “Andronov madaniyati” nomi bilan fanga kiritilgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, bu madaniyat sohiblari bronza davridayoq turkiy tilda so’zlashganlar.
    0 ‘zbekiston 0 ‘rta Osiyoning qadimdan o’troq dehqonchilik madaniyati o‘choqlari tarkib topgan hududda .joylashganligi boy axxeologik va me’morchilik madaniyatlari bilan izohlanadi. Farg‘ona vodiysining Selung‘ur g‘oridan topilgan qadimgi tosh davriga oid
    41
    www.ziyouz.com kutubxonasi topilmalar va Teshiktoshdan topilgan o‘rta paleoiit davriga oid odamzod qoldiqlari, bizning yurtimiz Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda insoniyat paydo bo‘lgan hududlar tarkibiga kirganligini hozirgi kunda uzil-kesil isbotlaydi. Shuningdek, mezolit davriga oid Machay g‘oridan topilgan yodgorliklar, neolit davriga oid ovchilik va baliqchilik madaniyatini o‘zida ask ettiruvchi Kaltaminor, janubdagi ilk dehqonchilik madaniyatiga oid boMgan Joytun, Hisor tog’ madaniyati, bronza davriga oid boMgan xilma-xil-Zamonbobo, Sopolli, Jarqo’ton, Sarazm, Suvyorgan, Chust madaniyatlari oMkamizda qadimgi ajdodlarimiz xo‘jaligining jadallik bilan rivojlanganligmi isbotlaydi.
    OMkamizdagi qadimgi aholi tosh va bronza davrida qanday nom bilan atalganliklari bizga noma’lum. 0‘rta Osiyo aholisi haqidagi ma’lumotlar dastlabki marta Sharq va yunon-rim manbalarida tiiga olinadi. Yunon tarixchilari ma’lumotlariga qaraganda, Yevrosiyoning katta hududlarida vashovchi qabilalar umumiy “skiflar” nomi bilan ataiadi. Gerodot, “bu xalq qadimivlikda misrliklardan qolishmaydi”, deb yuqori baho bergan edi. Pliniy esa, O’rta Osiyo hududlarida 20 ga yaqin qabilalar borligi xususida eslatib o‘tadi.Yozma manbalarda skiflaming ikkita yirik qabilasi: saklar va massagetlar xususida ko‘proq eslatiladi. Ahmoniylar mixxat yozuvlarida saklar uchta qismga (xaumavarka, tigraxauda, tiay-tara-darayya) bo’lib ko’rsatiladi. Massagetlar xususida ham turli fikrlar mavjud boMib, ular mahalliy chorvador-harbiy qabilalar boMganligi ta’kidlanadi. Ammo, yozma manbalar bu xalqlar va qabilalaming qaysi irqqa mansubligi haqida ma’lumot bennaydi.
    Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan 0‘rta Osiyo, jumladan, 0 ‘zbekiston qadimgi davrlardagi mongoloid irqi shakllangan hududga kiradi, degan ilmiy yondashuv noto‘g‘ri va asossiz ekanligi so!nggi yillardagi antropologik ma’lumotlar natijasida aniqlandi. T. Xo‘jayovning fikricha, o’zbek xalqining kelib chiqish taixini o‘rganishni qancha erta davrlardan boshlasak, uning tarkibida hozirgi kunlargacha saqlanib kelinayotgan irqiy va etnik unsurlaming mahalliy xalq tarkibiga kirgan davri va uning nisbiy miqdori to‘g‘risida shunchalik keng fikr yurita olamiz.
    O ’zbek xalqiga xos 0 ‘rta Osiyo ikki daryo oraiigM Irqining shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irq bundan 6-8 ming yil ilgari, ikkinchi bir guruh tadqiqotchilar bundan 3 ming yil ilgari shakllangan desa, uchunchi guruh olimlari esa, XVI asrda shakllandi, deb hisoblar edilar. Keyingi yillardagi boy arxeologik topilmalar natijasida tadqiqotchilar
    42
    www.ziyouz.com kutubxonasi 0 ‘rta Osiyo ikkidaiyo orallg^ irqinmg shakllanishi bundan 2200-2300 yil ilgari boshlanganligini asosJab berdilar.
    Ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda o‘zbek xalqining shakllanishida sakkizta muhim davr sanab o‘tiladi. Bular qatorida Ahmoniylar, Makedomyalik Iskandar, Arab xaiifaligi, Mo‘g‘ullar istilosi tilga olinadi. Haqiqatan, bu zabt etishlar 0 ‘rta Osiyo, jumladan, 0 ‘zbekiston xalqlari madaniyatiga, tiliga, turmush tarziga albatta o‘z ta’sirini o’tkazgan. Ammo bu yurishlarnmg mahalliy xalqlarni irqiy va etnik tarixiga bo‘lgan ta’slri kam ekanligini ta’kidlash joiz. Antropologik nuqtai nazardan ular mahalliy xalq “qonini” yoki genetikasini tubdan o’zgartira olmadilar. Ular son jihatdan ko’pchilikni tashkil etgan mahalliy aholi tarkibiga singib loetganlar. Bu o’rinda mahalliy (substrat) va kelgindi (superstrat) aholi orasidagi o’zaro raunosabadaming fanda ma’lum holatlarini eslatib o’tish
    joiz. Ya’ni, ko‘p sonli mahalliy aholi tarkibiga kelgindi guruhlarnirig singib ketishi; kelgindi gurablaming mahalliy aholidan ustun bo‘Iishi; kelgindi aholi teng sonli bo’lishi va nihoyat, mahalliy va kelgindi xalqlar aralashuvi natijasida ikkalasiga ham o‘xshash yangi xalq, guruh, elat paydo boTishini kuzatish mumkin. T. Xo‘jayovning maxsus antropologik tadqiqothriga qarag&nda, harcha tarixiy davrlarda mahalliy xalq kelgindi ahoSdan hamisha ustun boMgan.
    Пк temir davridan boshlab (mil. avv. IX-VII asriar), oMkamizning qadimgi ddhqonchilik vohalarida yashovchi o‘troq aholi o‘zlari yashab tiogan tradud nomlari bilan atala boshlaganlar. Bular So‘g‘diyonadagi- so^diylar, qadimgi Xotaandagi-xorazmiylar, qadimgi Baqtriyadagi- Hint f riar, y f a y Chori»fee>-chochliklar, Farg‘onadagi-parkanaliklardir. Ba tarhriy Domlanung Jjrhnlarini ilk yozma manbalarda, xususan, zantfshbylik dinmmg nuqaddas kitobi “Avesto”da, Ahamoniylar mixxadarida, yunort-rim ЯшаШАап asarlarida uchratish mumkin.
    Anttopategik izJaiMdar natijalariga tayanib, o‘zbek xalqining kelib dnqishi tarixida m uhanjteniyat kasb etgan uch tarixiy davrga alohida to‘xtalib o*tish zarar. Blnnehidan, mil. avv. III-1I asrlarda 0 ‘rta Osiyo dasht mintaqalarida bazigi o‘zbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllana boshlagan. Bn esa fanda yaqingacha keng tarqaigan fikrlar, ya’m o’zbeklarga xos O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i irqi avvalo, Volga daiyosi bo^ylarida va Uialda sarmat qabilalari tarkibida shakllanib tanjakfi, degan hamda h i k q Baykal ko’li atrofida va Mo’g’uliston
    dio‘1taridashaldlanih,1«S5er holdamahalliyahioliga o‘z irqini tarqatdi, deganflxtadan vazkedusfam taqozo etadi.
    43
    www.ziyouz.com kutubxonasi So’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida o‘zbeklarga xos antropologik qiyofa, dastavval, Sirdaryoning o‘rta liavzasi tumanlarida, ya’ni Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, qisman Xorazm va Janubiy Qozog‘istonning Chimkent viloyatlaiida, Yettisuv mintaqasida mil. avv. 1 ming yillik oxirida shakllana boshlaganligi aniqlandi.
    Mil. avv. Ili-II asrlarda bu aholi bir necha yo‘nalishda 0 ‘rta Osiyoning markaziy va janubiy viloyatiariga kirib borgan. Ushbu antropologik tadqiqotlar natijalari yozma manbalarda ma’lum boigan xalqlarning janubga yurishi va Yunon-Baqtriya davlatining istilo etilishi hamda Buyuk Kushon saltanatining barpo bo’lish davriga mos keladi. Antropologiya bu yurish haqida quyidagi maTumotlami beradi. Ko‘chmanchi vayarim ko‘chmanchi cho‘l aholisi Sirdaryo quyi oqimidan Markaziy Qizilqum orqali (Uchquduq, Tomdi, Yuzquduq, Ko’kpatosh). Samarqand atroflariga (Kattaqo‘rg‘on, Orlat), so’ngra Qashqadaryoning Qarshi shahri atroflari (Yerqo‘rg‘on) orqali Surxondaryo viloyatidagi (Qo‘hna Termiz, Dalvarzin, Shohtepa, Ayrtom) qadimgi shahar va qishloqlarga kirib joylashganlar. Keyinchalik ular janubiy Tojikistonga o‘tib ketganlar. Ularning ikkinchi guruhi qadimiy Buxoro vohasi orqali Turkmanistonning janubiy viloyatiariga, bir qismi esa hozirgi Shimoliy
    Afg‘onistonning Shibirg‘on shahri atroflarigacha yetib borgan (Tillatepa). Natijada o‘zbeklar va tekisliklarda yashovchi tojiklarga xos pomir- larg‘ona antropologik unsur 0 ‘rta Osiyoda keng tarqalgan.
    O’zbek xalqi shakllanishidagi ikkinchi muhim davr – bu 1Х-ХИ asrlar hisoblanadi. Bu davrda 0 ‘rta Osiyoda, jumladan, 0 ‘zbekistonda hozirgi o‘zbeklarga xos qiyofa, mahalliy aholining asosiy qismini tashkil etadi. Antropolog T. Xo‘jayov tadqiqotlariga qaraganda, IX asrga kelib aholining antropologik qiyofasida keskin o‘zgarishlar yuz berganligi kuzatiladi. Bu o’zgarishlarni arxeologik tadqiqotlar natijalari ham tasdiqlaydi. Jumladan, marhumlami astodonlarda ko’mish marosimlari, aholi orasida keng tarqalgan bosh shaklini sun’iy o‘zgartirish odatlari yo‘qoladi. Antropologik tadqiqotlar natijalardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak o‘zbeklaming elat sifatida shakllanish davri 1X-X asrlarga oid deyishga jiddiy asoslar bor.
    Fanda mo‘g‘ul istilosi 0 ‘rta Osiyo aholisini keskin mo‘g‘ullashtirib, o’zgartirib yubordi, degan fikr keng tarqalgan. Lekin, tadqiqotehilarimiz bu masalaga ham oydinlik kiritdilar. Mo‘g‘ul istilosi 0‘zbekiston aholisining tashqi qiyofasiga sezilarli izlarni qoldirmaganligini ta’kidlab o‘tish joizdir. Sababi, Chingizxon XIII asr boshida tashkil etgan yirik mo‘g‘ul davlatida mug‘ullar soni taxminan 0,7 million kishidan iborat
    44
    www.ziyouz.com kutubxonasi boMgan. Agar har 6 kishidan bittasi askarlikka olingan bo’lsa, unda uning qo‘shinlari soni 100-110 ming kishidan iborat bo’lgan. Lekin, o‘sha davrda mug‘ullar qo‘shinlarining ko‘p qismini yo’qotganlar. Ular O’rta Osiyoga bostirib kelganida qo’shinlarning ko’pchiligi turkiy xalqlardan tashkil topganligi ma’lum. Bu davrda Muhammad Xorazmshoh davlatida 20 million aholi yashagan. Mo’g’ul qo’shinlari ko’p sonli mahalliy aholi tarkibiga o’z asoratini o’tkaza olmagan. Shuning uchun ham mahalliy- aholida mo’g’ul irqi alomatlari deyarli namoyon bo’Imaganligini ko’rish mumkin.
    O’zbek xalqining shakllanishida uchinchi muhim davr XV asr oxiri va XV! asr hisoblanadi. Bu davrda Dashti Qipchoq o’zbeklari O’rta Osiyoga kirib keladi va ular mahalliy aholigao’z nomini beradi.
    Shunday qilib, o’zbek xalqini etnik shakllanishi uzoq davom etgan murakkab jarayondir. O’zbek xalqining asosini hozirgi O’zbekiston hududida bir necha ming yillar davomida yashab kelgan mahalliy so’g’diylar, baxtarlar, xorazmiylar, saklar, massagetlar, qang’lilar va dovonliklar tashkil qilgan. Turli davrlarda turli maqsadlarda kirib kelgan qabilalar, elatlar va xalqlar davr o’tishi bilan mahalliy aholiga o’z ta’sirini qisman o’tkazgan. Bu o’rinda shuni alohida qayd etish lozimki, o’zbek xalqi shakllanish jarayonining barcha bosqichlarida mahalliy aholi tashqaridan kelgan aholiga nisbatan doimo ustun]ik qilgan. Kelgindi aholi mahalliy aholiga o’z tilini berganligini ham inkor etib bo’lmaydi. Lekin antropologik nuqtai nazardan mahalliy aholining etnik qiyofasini va tashqi ko’rinishini tubdan o’zgartira olmadi. Misol uchun, keyingi ikki ming yil davomida O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda mahalliy aholining tili uch marta o’zgardi-sharqiy eron tillari o’miga g’arbiy eron tillari (fors tili) va milodning boshlaridan turkiy tillar keng tarqala boshladi. Ammo mahalliy xalqning “qoni”, ya’ni genetikasi aytarli o’zgarmadi va qadimiy xalqlarimizga xos antropologik xususiyatlar shu kunlarga qadar saqlanib kelmoqda, O’zbek xalqining kelib chiqish asosini qadimgi davrlardan boshlab o’lkamiz hududlarida yashab kelgan mahalliy xalqlar tashkil
    etgan. Ikki yarim ming yil davomida mahalliy aholiga kelib qo’shiigan turkiy tilli elat va xalqlar o’zbek xalqi shakllanishida asosiy tarkibiy qism sifatida qatnashgan.
    O ‘rta asrlardagi etnik-madaniy jarayonlar. “O’zbek” atamasi
    O’rta Osiyo xalqlarining etnik shakllanishida bu hududga ko’chib kelgan turli elat va qabilalar ham ma’lum nia’noda ishtirok etganlar.
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    45 Yuyechjilar, xioniylar, kidariylar, eflaliylar shular jumlasidandir. O rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi Sirdaryoning o‘rta havzasida aniq antropologik tip boMib shakllangan davrda bu hududlarda ’’Qovunchi madaniyati” shakllanadi. So‘nggi arxeologik tadqiqotlar natijaiariga ko‘ra milodiy il-III asrlardan boshlab Farg‘ona vodiysi, Samarqand hududlari, IV-V asrda esa Buxoro vohasi, Qashqadaryo va Surxon vohalarida Qovunchi madaniyatining ta’siri scziladi.
    IV asrning oxirlaridan boshlab, 0 ‘rta Osiyoda yirik turkiy etnoslar xioniylar va eftaliylaming o‘troqlashuv jarayonlari kuchayadi. V-VI asrlarga kelib, eftaliylar va xioniylarning asosiy qismi lurg’un hayotga o’tadilar. Bu qabilalar o’troq hayot kechirib an’anaviy chorvachilik bilan bir vaqtda dehqonchilik bilan shug’ullanganliklari haqida yozma va arxeologik manbalar ma’lumotlar beradi.
    VI asrning o‘rtalaridan boshlab O’rta Osiyoda eflaliylar va Turkiy xoqonlik o’rtasida kurash boshlanadi. Tarixiy manbalardan bizga ma’lumki, VI asrning o‘rtalarida Oltoyda, Janubiy Sibir, Yettisuv, Sharqiy Turkistondagi bir necha qabilalar birlashuvi natijasida yirik Turkiy xoqonlik tashkil topadi. Qisqa vaqt ichida xoqonlik kuchayib, O’rta Osiyoning katta qismini bosib oladi. Turkiy xoqonlik davrida (VI-Vlll asrlar) Toshkent vohasi, Zarafshon, Qashqardaryo vohalari, Surxondaryc va Farg’ona vodiylari Xorazm hududlariga turkiyzabon guruhlarning kirib kelishi yanada kuchaydi va ulaming ko’pchiligi bu hududlarda turg‘unlashib qoldi.
    VIII asr boshlarida arabiar Movarounnahr va Xorazm hududlariga bostirib kirgan vaqtlarda bu hududlarda o’troq va yarim o’troq turkiyzabon aholi, so’g’diylar, toxarlar, chochliklar va Xorazmning tub yerli aholisi bosqinchilarga qarshi tinimsiz kurash olib borgan boMishlariga qaramay siyosiy parokandalik tufayli ular zulmi ostiga tushib qoladilar.
    Ma’lumki, VIII asrning 2-yarmidan turkiy qarluq qabilalari kuchaya boshlaydilar. IX asming o’rtalariga kelib Yettisuv, Chimkent viloyati, Toshkent vohasi, Farg’onaning shimoliy qismlarini o’z ichiga olgan Qarluq davlati tashkil topadi. Ko’pchilik tadqiqotchilaming e’tirof etilishlaricha, o’zbek elatining shakllanishida Qarluq davlatining ahamiyati katta bo’ladi. X asr o’rtalaridan boshlab bu davlat tarixiy manbalarda Qoraxoniylar davlati nomi bilan tilga olinadi.
    Yozma manbalaming ma’lumot berishicha (“Hudud al-olam”), IX- X asrlar qarluqlar egallab turgan hududlarda 20 dan oshiq shahar, ko’plab qishloqlar bo’lgan. Qarluqlar ko’p sonli, nufuzli “xalq“ bo’lib, bir qismi
    46
    www.ziyouz.com kutubxonasi chorvachilik bilan shug’ullangan. Qarluqlar yashagan hududiarda yirik etnoslar-chig‘illar, yag‘molaiy xalachlar ham yashagan bo‘tib, tadqiqotchilarning fikricha, ular bir-biriga qon-qarindosh bo‘lib turkiy tilda so’zlashganlar.
    XI asrning birinchi o‘n yiiligidayoq Janubiy hududlammg to Bak viioyatigacha boMgan yerlari dastlab qoraxoniy turkiylar, so‘ng esa g‘aznaviylar qoMiga o’tdi. Buning natijasida navbatdagi katta turkiy qatiam So‘g‘diyona, Xorazm va Toxariston yerlariga kirib boradi. Qoraxoniylar davrida Movaraunnahming barcha hududlarida turfcty qatlamlar mavjud edi.
    Qoraxoniylar davlatida qarluq-chigMl turkiy til lahjasi keng tarqaldi. Keyinchalik shu til asosida adabiy turkiy til yuzaga kelib, uai Mahmud Qoshg’ariy “eng ochiq va ravon til” deb atagan. Turkiy tilda IX-XH asdtar mobaynida bir qator asarlar yozilgan boMib, Ahmad Yugnakiyning (775- 869) “Hibatul haqoyiq“ (Haqiqatlar tuhfasi) dostoni, YusufXos Xcjibning (XI asr), “Qutadg‘u bilik” (Saodatga yo‘llovchi bilim) asari, Ahmed Yassaviyning (1041-1167) “Hikmatlar”i hamda “0 ‘g’uzaoma”, “Alpomish”, “Go‘rug‘li” kabi dostonlar shular jumlasidandir.
    Movarounnahr va Xurosonning forsiy-dariy tilda so‘zlashuvchi aholisi X asrdan boshlab ofzini “tozik” ya’ni “tojik” deb yurila boshlaydilar. Somoniylar va Qoraxoniylar (IX asr o‘rtataridan-1213 yilgacha)dan keyin hukumronlik qilgan keyingi sulolalar, G’aznaviylar (997-1187), Saljuqiylar (1040-1147), Xorazmshoh-anushtegemylar (ИЮ7- 123l)ning barchasi turkiy qavmga tegishli bo’lib, o’z vaqtida nafaqffi 0 ‘rta Osiyo, balki 0 ‘rta Sharqda ham hukmronlik mavqeyiga ega boMganlar. Mug‘ullar istilosi garchi aholi boshiga nihoyatda og‘ir kuifatlar va yo‘qotishlar olib kelgan boMsada, tadqiqotchilar fikricha,
    zbek xalqi etnogenezi va irqiga deyarli ta’siri bo’lmadi.
    aOlzbek” etnonomining kelib chiqishi haqida qisqacha fikr vuritadigan boMsak, bu etnonimning kelib chiqishini ayrim gurah tadqiqotchilar Oltin 0 ‘rda xoni 0 ‘zbekxonning (1312-1341) nomi bilaa bog‘laydilar. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa bu fikmi inkor etadilar va i;o‘zbek” nomi O’zbekxongachaOq 0 ‘rda mintaqasida, uning G‘arb»y Sibir va QozogMston qismida yashagan turkiy qabilalariga mansub (mob nomi qabilalar nomidan olingan boMishi mumkin), degan fikmi ilgari
    suradilar. Ayrim tadqiqotchilar esa “o’zbek” atamasini “o’zi bek”, “erkin”, “mustaqil” so‘zidan kelib chiqib XII-XTV asrlarda. xalqimizga nisbatan ishlatila boshlagan deb hisoblaydilar.
    47
    www.ziyouz.com kutubxonasi 0 ‘zbek etnonimi kelib chiqishi davriga qarab o ‘zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq xalqlarini aniq bir vaqtda paydo boMgan deb aytib boMmaydi. Bu xalqlar ming yillar davomida hozirgi yashayotgan mintaqalarida yashaganlar. Lekin u paytda hali hozirgi nomi bilan ataigan emas va bu nomlari bilan aytilmagan. Ular umumiy nom bilan “turkij” deb yoki boMmasa, o‘z qabilalari nomlari bilan atalganlar.
    Tarixning qadimgi davrlarida aholi ko‘p hollarda o‘zlari yashagan joy nomi bilan ataigan bo’lib, o!rta asrlarga kelib bu nomlar o‘zgaradi. Xususan, Dashti Qipchoq hududlarida yashagan turkiy ahoi. Movarounnahr yerlariga kelib, bu yerda yashayotgan o’troq aholi biian uyg‘unlashib ketgan va aholini nomi “o‘zbek” deb ataigan. 0 ‘rta asriar
    tarixiy adabiyotlarida ham bu nom “o’zbek” “o‘zbeklar” sifatida tiiga olinadi. Ammo shu narsa aniqki, Dashti Qipchoq hududlaridan kelgan turkiy qabilalar mahalliy aholi etnogeneziga, urf-odat va an’analariga sezilarli darajada ta’sir etmadilar. Aksincha, ular orasiga singib ketib yuqori darajadagi madaniyat ta’sirida boMdilar.
    Tadqiqotchi A.Ibrohimovning yozishicha, o‘zbek xalqi asosan ikki etnik qatlamdan tashkil topgan. Birinchi qatlam Turon-Turkiston hududlarida shakllangan. Ikkinchi qatlam esa Volga (Itil) daryo bo’ylaridan tortib, to Xorazmning shimoli, Sirdaiyoning o‘rta va quyi oqimlarigacha boMgan hududlarda shakllangan. Bu makon o‘tmishda turli nomlar, chunonchi Dashti Qipchoq, Oltin 0 ‘rda, o‘zbek viloyati, o’zbek mamlakat), o’zbek ulusi deb ataigan. Xalqimizning bu qatlamini shartli ravishda shimoliy qatlam deb atash mumkin.
    Xulosa qilib aytadigan boMsak, o’zbek xalqining asosini hozirgi O’zbekiston hududlarida bir necha ming yillar davomida yashab kelgan mahalliy saklar, massagetlar, so‘g‘diylar, baxtarlar, xorazmiyiar, qang’lilar, dovonliklar, chochliklar tashkil etgan. Kelgindi aholi mahalliy aholiga qisman ta’sir etsada, uning genetikasini tubdan o’zgartira olmagan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *