ARAB XALIFALIGI MAMLAKATLARIDAGI TIBBIYOT

VII asrning boshlarida tarqoq arab qabilalari birlashtirilib, markazlashgan arab daviati barpo etildi. U arab xalifaligi, deb nom oidi. Arablar islom dini bayrog’i ostida urush qilib, boshqa ko’p mamlakatlami bosib oidilar. Sharqda Hindiston va Xitoygacha, G’arbda Ispaniya va Portugaliyagacha bo’igan yerlami zabt etdilar. Ular o’ziari bosib oigan mamlakatlardagi fan, madaniyat va texnika yangiliklarini o’ziariniki qiIib oldilar, yerli olim va fozillami ko’pincha qirib tashladilar. Tibbiyot sohasidagi yutuqlami ham o’ziashtirdilar.
Zabt etilgan mamlakatlarda arab dini (islom), YOZllvi va tili joriy qilindi. Davlat ishlari ham, fan, adabiyot ham arab tiIida olib boriladigan bo’ldi. Ilmiy kitoblar, hatto badiiy adabiyot ham arab tHida yozilardi. Shunday qilib, “arab madaniyati”, “arab tibbiyoti”, degan tushuncha yuzaga keldi. Aslida esa bu madaniyat va ilm-fan boshqa xaIqIar tomonidan yaratilgan edi. Tibbiyotda ham shunday bo’idi. Boshqa mamiakatlaming olimlari o’z asarlarini majburan arab tilida yozganiari uchun ular arab olimlari, deb atalardilar. Ammo, arablaming o’ziaridan ham olimlar yetishib chiqqan edi. Shular qatorida taniqli hakimlar ham bo’igan.
Arablarning tibbiyoti avvaIo, ularning diniy muqaddas kitoblari “Qur’on” va “Hadis” da o’z ifodasini topgan. Bu kitoblarda tibbiyot, salomatlik va kasallikdan xoli bo’lish masalalariga oid ko’p hikmatli so’zIar, maslahatlar va tavsiyalar mavjud. Ayniqsa, “Hadis”da bunday nasihat va tavsiyalar ko’p. Salomatlikni saqlash va kasallikiarning oidini olishda birinchi o’ringa poklik qo’yiJgan. Bu yerda ikki xil poklik, jismoniy ozodalik va ruhiy benuqsonlik ko’zda tutiladi. “Qur’on”da bunday deyiIgan: “o’zlarini doimo pok va ozoda tutib yuruvchi bandalami xudo o’ziga do’st tutadi”. “Hadis”da aytilganki, pokizalik kishining zehn-idrokini oshiradi, tabiatini ravshan qiladi, chiroyiga chiroy qo’shadi, uni har xii
56
,rkasalliklardan saqlaydi. Pokizalik salomatlik uchun eng zarur va muhim omildir. "Hadis"da bunday tavsiya berilgan: butun tanani ozoda saqlash, kam deganda haftada bir marta hammomga tushish, qo·ltiq osti, chov va boshqa tuklijoylami qirib turish, oyoq-qo'l tirnoqlarini o'stirib yubormay olib turish, har kuni bir marta tishni tozalash, og'iz va burunni toza suv bilan chayish, ovqatdan oldin va keyin, hojatxonaga kirib chiqqandan so'ng albatta qo'lni yuvish zarur.

Hadisda o’g’il bolalami xatna qilish salomatlikni saqlash choralaridan biridir, deyilgan. Demak, xatna odamlar o’ylaganidek diniy udum bo’lmay, salomatlik tadbiri hisoblangan.
Kasalliklarni davolashda har xil dori-darmonlardan foydalanish kerakligi ham ko’rsatilgan. “Hadis”da yozilishicha qarilikdan tashqari har qanday dardga qarshi dori-darmon topiladi. Unda yana bunday deyilgan: o’limdan tashqari har qanday kasallik ham, agar unga muvofiq dori ishlatilsa tuzaladi. Bemorlarni faqat yaxshi bilim va tajribaga ega bo’lgan tabib davolashi kerakligi ta’kidlangan. Bemorlar o’zini tabib, deb e’lon qilgan har bir kishiga ishonaverishlari kerak emas, deb tayinlangan. Bunday tasodifiy kishilar odamlar sog’lig’iga ko’p zarar keltirishlari mumkinligi ogohlantirilgan.
“Hadis”da yuqumli kasalliklarning oldini olish choralariga alohida ahamiyat berilgan. Bu haqda “Hadis”da “Agar biror joyda vabo paydo bo’lgan bo’lsa, bemor yotgan uyga kirmangiz” deb tayinlangan.
“Qur’on” kayfberuvchi ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishni taqiqlaydi. U axloqiy buzuqlik va shahvoniy ishlarga berilishni ham qoralaydi.
Ayollar va bolalaming, ayniqsa homilador ayolning sog’lig’ini saqlashga albhida ahamiyat berilgan. Homilador ayollar, yosh bolalar va yangi tuqqan ayollarga nisbatan maxsus rejim tavsiya etilgan. Ular musulmon dinida zarur qoidalardan biri hisoblangan ro’za tutishdan ozod qilingan.
“Qur’on” va “Hadis”da bayon etilgan qonun-qoidalarni sinchiklab tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, ularda keltirilgan tavsiya va o’gitlarning ko’pi xalq tajribasidan olingan.
Shunday qilib, “Qur’on” va “Hadis” ham sog’liqni saqlash masalalarida ijobiy rol o’ynagan. Ularda keltirilgan tavsiya va nasihatlar zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”dagi tavsiya va nasihatlarga o’xshaydi.
“Hadis”da ko’proq Muhammad payg’ambarning tibbiyot va sog’liqni saqlash sohasidagi o’gitlari keltirilgan. Ulardan tashqari xalq tajribasi ham to’plangan. Muhaddislar (“Hadis” to’plovchilar) shularning
hammasini yig’ib “Tibbi Nabiy” (“Payg’ambar tabobatin alohida kitob qilib chiqarganlar.
57
)
nomi bilan

“Qur’on” va “Hadis” qadimgi Arabiston tibbiyoti haqida ma’lum darajada tushuncha bersa ham, ular arablar tibbiyotini yetarlicha ifodalay olmaydi. Qadimgi arablarda tajribaga asoslangan amaliy tibbiyot ham mavjud edi. Bu tibbiyot ayniqsa VIII-X asrlarda yuqori darajada rivoj topdi. Shaharlarda kasalxonalar, shifoxonalar, dorixonalar barpo etildi. Tibbiy maktablar ochildi, yirik mutaxassis hakimlar yetishib chiqdi. Tibbiyot ilmi rivojlandi. Arabistonda tibbiyot ilmining rivojlanishida qadimgi ‘Yunon, Rim va boshqa rivoj topgan mamlakatlar olimlarining asarlari muhim rol o’ynadi. O’sha vaqtda ularning asarlari arab tiliga taIjima qilingan edi. Xususan o’shadavrdaGippokrat, Galen, Oribaziy, Korneliy, Sels asarlari arab tiliga taIjima qilingan edi. Buning natijasida arablar qadimgi Yunon, Rim olimlarining asarlari bilan tanishdilar. Arablarning o’zlaridan ilam, yirik hakimlar yetishib chiqqanlar. Shunday mashhur hakimlardan biri Ali ibn Abbos Zahraviydir. Bu olim chuqur bilim va katta tajribaga ega bo’lgan. Bizga bu olimning “Shohona kitob” (“Kitob al-Malik”) nomli asari ma’lum. Abbos Zahraviy o’z kitobida amaliy tibbiyotga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha bemorlarni kasalxonaga yotqizib davolash yaxshiroqdir. Uning yozishicha bu yerda bemorlarni sinchiklab tekshirish, uning holini ko’zdan kechirib borish va muolaja usullarini oson amalga
oshirish mumkin.
Yana bir ko’zga ko’ringan arab hakimi jarroh Abul Qosim ibn
Muhammad edi. U jarrohiy operatsiyalarnijuda muvaffaqiyatli bajargan. Xususan, u bemor qovug’idan toshni chiqarib olish, churra (grija)ni operatsiya qilish, jarohatlar va chiqqan-singanlarni davolash, ko’z kataraktasini operatsiya usuli bilan davolashda juda mohir bo’lgan.
Bizga Ishoq ibn Sulaymon ismli yana bir arab hakimi ma’lum. Bu olim ichki kasalliklarni yaxshi davolagan, parhez taomlar, ulardan toydalanish usullarini yaxshi ishlab chiqqan. OHm parhez masalasiga katta ahamiyat bergan. U bunday deb yozgan: “Agar sen bemorni dori va parhez bilan davolash mumkinligini bilsang parhezni tanla”. Arab tibbiyotida dorishunoslik yaxshi ishlab chiqilgan. Arab halifaligi shaharlarida tabiblarning retsepti bilan dori tayyorlab beradigan do’konlar (dorixonalar) bo’lgan.
Arabistonda yuqumli kasalliklarga qarshi choralar ham yaxshi ishlab chiqilgan edi. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan kishilarni sog’lardan alohida joylarga joylashtirganlar. Ularning idish-tovoqlarini ham ajratib qo’yganlar.
Arab tibbiyotida anatomiya va fiziologiya sohalari yaxshi rivojlanmadi. Chunki ularning muqaddas kitobida odamjasadini yorish va anatomik- fiziologik tekshirishlar o’tkazish mumkin emas edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *