BEMORLARNI KLINIK TEKShIRISh

Erta tashhis qo’yish usullariga anamnez yig’ish, bemorni umumiy ko’rish, palpasiya, perkussiya, auskultasiya kiradi.

Bemorni ko’rish tashhis qo’yishning muhim bosqichi. U ikki qismdan iborat: umumiy va maxsus ko’rik. Umumiy ko’rik bemorning shikoyatlariga bog’liq bo’lmagan holda, hamma holatlarda o’tkaziladi. Maxsus ko’rik mutaxassis (LOR, okulist, ginekolog) tomonidan maxsus asboblar yo’rdamida o’tkaziladi.

Bemorni umumiy ko’rigi issiq, yaxshi jihozlangan, izolyasiya qilingan xonada o’tkaziladi. Bemor ko’rigi maxsus reja asosida o’tkaziladi.  Avval bemorning umumiy holati baholanadi, tanasining xolati, umumiy ko’rinishi, qaddi – qomati, terisining rangi, yuz ko’rinishi, tana vazni, bo’yi, yurishi. Keyin boshi, yuzi, bo’yni, ko’krak qafasi; oyo’q-qo’llari, tashqi jinsiy a’zolari; teri osti yo’q qatlami; suyak – mushaklari tizimi, limfa tugunlari sohasi  ko’riladi.

Kichik yoshdagi bolalarda tomog’i ham ko’riladi. Yaxshi, diqqat bilan o’tkazilgan bemor ko’rigi tashhis qo’yishda va taxminiy kasallik haqida o’ylashga asos bo´ladi. Palpasiya (lotincha palpatio – silash) – bemorni manual tekshirishga asoslangan klinik tekshirish usuli.  

Paypaslash bilan turli organlarning joylashgan o’rni (ularni normal lokalizasiyasi yoki joyidan siljigani), konsistensiyasi va organ-to’qimaning elastikligi, organlar harakati, xarakteri, lokal harorat, og’riqli joylar, jarohat o’rni,  tana bo’shliqlaridapatologik o’smalar bor-yo’qligi va boshqalar.Paypaslash yuzaki va chuqur bo´ladi. Chuqur paypaslash yuzakidan keyin bajariladi. Tizimli tekshirishda teri qoplami, mushak va suyaklar, ko’krak qafasi, qorin bo’shlig’i, limfa tugunlari to’plami ketma-ketlikda olib boriladi. Ichki organlarni yaxshilab tekshirish uchun paypaslashni maxsus turi o’tkaziladi: buyrakni bimanual paypaslash, kichik chanoqorganlarini transrektal paypaslash, bachadonni qin orqali paypaslash va boshqalar.

 

Paypaslashning umumiy qoidalari

1.Palpasiya o’tkaziladigan joy issiq bo’lishi kerak

2.Tananing paypaslanadigan joyi aniq bo’lishi kerak

3.Bemorning holati tekshirish maqsadiga bog’liq

4.Shifokor holati qulay bo’lishi kerak, zo’riqish va charchash chaqirmasligi kerak, erkin harakat ta’minlanishi lozim.

5.Shifokor bemordan o’ngda joylashadi, yuzini unga haratadi.

6.Shifokorning qo’llari issiq, tirnoqlari kalta olingan bo’lishi kerak.

7.Paypaslash harakati yengil va yumshoq, har xil bosimlar asta-sekin bo’lishi kerak.

8.Paypaslashni sog’lom tomondan boshlash kerak, keyin og’riyotgan joy paypaslanadi.

9. Taqqoslovchi palpasiya: har doim sog’ va kasal tomon taqqoslanadi.

 

Perkussiya (lotincha percussion – tukullatish) -tananing turli qismlarini tukullatish  orqali bemorni klinik tekshirish usuli, tukullatganda olingan tovushni talqin qilishga asoslangan. Bu usul to’qimalar dag’alligini (past ovoz), yashirin bo’shliqlar borligi va havo to’planganligi (jarangdor ovoz), elastikligini (baraban ovoz) aniqlashga yo’rdam beradi. Tananing har xil qismini tukullatganda organ-toqimalarning to’lqinlanishi kuzatiladi. Bu to’lqinlanishni shifokor qulog’i orqali aniqlaydi. Ovozning balandligi tukullatilgan soha qattiqligiga proporsional: o’pkani perkussiya hilganda (to’qimaning past zichligi) past ovoz vujudga keladi, yurakni tukullatganda (qattiqdag’al to’qima) yuqori ovoz eshitiladi.

Perkutor ovozning balandligi tukullatish kuchiga proporsional, davomiyligi qisqa bo’lsa, perkussiya qilinayotgan organ qattiqroq eshitiladi. Yuqori zichlikka ega bo’lgan zonalarni perkussiya qilinganda past perkutor ovoz hosil bo´ladi: mushaklar, suyaklar, bo’shliqlarga suyuqlik to’planganda. Katta bo’shliqlarni perkussiyasi uchun nog’ora tovushi xos: oshqozon bo’shlig’i; plevra bo’shlig’i pnevmotoraksida (plevra bo’shlig’iga havo to’planishi). Bolalarda kattalarga nisbatan tinch perkussiya usuli qo’llaniladi.

Auskultatsiya (lotincha auscultare – eshitish) -eshitish va ovozlarni talqin etuvchi klinik tashhisot usuli. Auskultatsiya to’g’ri va bilvosita turlarga ajratiladi. Agar shifokor qulog’ini bemor tanasiga to’g’ridan-to’g’ri qo’ysa – to’g’ri, stetosko’p yo’rdamida bo’lsa – bilvosita deyiladi.

Normada ichki organlar faoliyati xarakterli ovozlar bilan kechadi. Ichki organlarni u yoki bu patologik jarayonga uchrashida, ularni funksiyasini ko’rsatuvchi ovozlar o’zgaradi. Bu ovozlarni bilish va talqin qilishperkussiya usullarini yaratadi. Misol, o’pka va bronxlarning har -xil zararlanishida xirillashlar, yurak qopqoqlari zararlanganda shovqinlar xarakterini bilgan holda taxminiy tashhis qo’yish mumkin.

Bemorga tashhis qo’yishda klinik tekshirish usullari asosiy hisoblanadi. Bemorga klinik tashhisot texnikasini bilish, olingan ma’lumotlarni to’g’ri talqin qilish, shifokorni to’g’ri yo’naltirishga, diagnozni to’g’ri qo’yishga undaydi. 

Yuqorida ko’rsatilgan tekshirish usullari, qachonki qo’shimcha tekshirish usullari (laborator va instrumental usullari)qulay bo’lmaganda,  umumiy qulaylikka ega va hech qanday maxsus instrumentlarni talab qilmaydi, har -xil vaziyatlarda ularni to’g’ri baxolaydi.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *