BOLA TERISINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI.

SHIKASTLANISH   SEMIOTIKASI

Bola terisi tuzilishi va funksional jihatdan katta odamlar terisidan ko’p jixatlari bilan farq qiladi. Teri homila ichi davrining 5-xaftasidan rivojlanadi va bola yoshining indikatori bo’lib hisoblanadi. Oyog kaftidagi teri egatlari 32-34 haftada paydo bo’ladi va yuqorikaftda ko’ndalang rivojlanadi. Xomiladorlikning 37-haftasida egatlar oyog kaftining 2/3 qismini egallaydi. 40-haftada egatlar butun tovon boylab tarqaladi. Bolalar terisi katta odamlar singari epidermis va derma qavatlaridan iborat. Epidermis juda nozik, yupqa, 2-3 qavat dag’al xujayradan iborat. Epidermis doimiy ko’chib turuvchi epiteliy qavatdan va faol osuvchi asosiy qavatdan iborat. Derma, xususiy teri qavatibo’lib, so’rg’ichsimon va retikulyar qavatdan iborat. Bunda biriktiruvchi to’qima asosi va mushak qavati sust rivojlangan. Epidermis va derma orasida joylashgan va kattalarda ular o’rtasida o’zaro bog’liqlikni ta’minlovchi bazal membrana, bolalardasiyrak bo’lib, o’zida biriktiruvchi va elastik to’qima saqlamaydi. Shuning uchun yangi tug’ilgan chaqaloqlarda epidermis dermadan osonlikcha ko’chadi. Chaqaloqlar terisining o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu ko’p miqdordagi kapillyalardan iborat qon tomirlar hisoblanadi, u teriga dastlab yorqin, song och-pushti rang beradi. Yogbezlari homila ichi davrida o’z funksiyasini boshlaydi va hayotining birinchi yilida teri yuzasiga ko’p miqdorda yog’ ajratadi. Tuhilgandan so’ng bola tanasi tvorogsimon qoplam bilan qoplanadi. Teri bezlari rivojlangan bo´ladi, lekin soqlom bolalarda ter ajralishi 3-4 oyligidan boshlanadi, bu termoregulyasiya markazining yetilmaganligi bilan bog’liq. Bola hayotining birinchi 2 oyligida ko’p ter ajralishining kuchayishi organizm ichki muhiti buzilishining muhim belgisi hisoblanadi. homiladorlik davrining 20-haftasidan boshlab teri mayin tukchalar bilan qoplanadi. Ular butun tanani o’rab olishadi. Homiladorlikning 33-haftasiga kelib, bu tukchalar asta-sekin yuzdan, keyin tana va oyog qo’llardan keta boshlaydi. 40-haftasiga kelib faqat kuraklarida qoladi. Tuqilishi bilan butunlay yogolib ketadi. Ko’krak  sorg’ichlari va oreolalar 34-haftasiga kelib teridan kotarilib chiqadi. 36-xaftasiga kelib bez to’qimalari tugunchasi 1-2 mmga, 4-xaftasiga kelib esa 7-10 mmgacha yetadi. Bez to’qima bola hayotining 3-haftasiga kelib bemalol palpatsiya qilinadi. Chaqaloqlar boshidagi sochlarning o’zagi bolmaydi va bir yoshga kelib ular o’zgaradi. Bola hayo’tining birinchi yilida shox qavat va terining asosi -biriktiruvchi to’qima rivojlanadi. Kapillyarlar ko’p vaqtgacha kengayganligicha qoladi va teriga nozik pushti rang berib turadi. Boshqa bolalik davrlarini oladigan bolsak, jinsiy yetilish davrida og’ilbolalarning yuzida, qo’ltiq osti, qovuq usti sohalarida tukchalar rivojlanadi, terining ta’sirlanishi ortadi. Teri bezlari faoliyati kuchayadi va keyinchalik ularning yallig’lanishi va yiringlash holatlari kuzatiladi. Teri osti klechatkasi homila ichi rivojlanishining 5-oyidan boshlab shakllanadi, lekin 8-9 oylarda maksimal rivojlanadi. Erta yoshdagi bolalarda tana masssasining 12%ini, kattalarda 8%ini tashkil etadi. Ko’krak yoshidagi bolalarda yog’ kislotalarining tarkibi ko’krak suti tarkibiga yaqin bo´ladi. U qattiq palmitin va stearin kislota va kam miqdorda olein kislotani saqlaydi. Bu esa ona sutidagi yoglarni bevosita o’zlashtirish imkonini beradi. Bola hayotining birinchi yilida mahalliy qattiqlashish xamda teri va teri osti yog’qavati shishiga moyillik bo´ladi. Bolada to’qimalarning zichligi ancha yuqori bo´ladi. Bolalarda oziga xoslik bolib, yog’ to’qimasining ko’krak qafasida, ko’ks oralig’ida, yirik tomirlar atrofida va ichki organlarda joylashganligi hisoblanadi. U chaqaloqlarda issiqlik ishlab chiqarishning yuqori darajasini ta’minlaydi.O’sishda teri osti yog’ qavatining yo’g’olishi o’ziga xos tartibda kechadi: oldin qorin va ko’krakda, keyin tana oxirlarida va yuzda.

​Teri funksiyalari turlicha bo’lib, lekin ulardan asosiysi dag’al mexanik, kimyoviy ta’sirlardan himoyadir. Bola hayotining 1-yilida bu funksiya juda yupqa bolgan epidermis va boy qon bilan ta’minlash hisobiga yetarli bo’lmaydi.

​Boshqa funksiyalar yetarlicha yaxshi namoyon bo’ladi:

1.​Nafas olishda ishtirok etish

2.​Ayirish

3.​Vitamin D hosil qilish

4.​Sezish

5.​Haroratni sezish

6.​Yuzaki og’riqni sezish 

Bolalarda terini o’ziga xos fiziologik xususiyatlari yangi tug’ilgan chaqaloqlar va  yoshidagi bolalar terisining o’ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi:

1. Chaqaloqlarning fiziologik giperemiyasi yokieritemasi.

2. Fiziologik qipiqlanish – muguzlangan xujayralarning ko’chishi.

3. Mayda sariq rangdagi tugunchalar (milia) – bular chaqaloqlarning yuz terisida uchraydi.

4. Chaqaloqlarda teri infitsirlanganda pufakcha yuzaga kelishi mumkin. Bu epidermis bilan dermani yetarli bo’lmagan bog’liqligidan yuzaga keladi.

5. Chaqaloqlar va ko’krak yoshidagi bolalarda yozning issiq oylarida isib ketganida ko’plab polimorf xarakterdagi, to’q pushti rangli, kattaligi tonog’ich boshi kattaligidagi element bilan qoplanadi.

6. Gigienaga rioya hilmaslik natijasida bo’yin, chov sohasi, quloq orqasida bicqilish yuzaga keladi.

Termoregulyasion va ayirish funksiyasi rivojlanishi, asab markazlari rivojlanishi bilan birga boradi. Kattalarda  nafas funksiyasi juda bilinmaydi, o’pkaga nisbatan teri 100 marta kam nurlanadi. Ko’krak yoshidagi bolalarda terining nafas olish funksiyasi kattalarga qaraganda, katta axamiyatga ega, shox qavati yupqaligi va uning qon bilan ta’minlanishi yuqoriligi hisobiga. Ultrafialet nurlanish ta’sirida teri 

pigmenti vit D3 hosil bo’lishida faol qatnashadi. Sezish harorat, yuzaki og´riq sezgisi, eksteroreseptorlar keng maydonini ta’minlaydi. Terining haddan tashqari 

qo’zgalishi bolani bezovtalanishiga sabab bo´ladi, uyqubuzilishi, asab-trofik funksiyasi buzilishi va distrofiya rivojlanishiga olib keladi.

Teri va teri osti yog qavatining shikastlanish semiotikasi

Bola terisining palpasiyasi yuzaki bolishi kerak, bolaga ozor bermaslik uchun asosan yallig’lanish infiltratlari o’rnida uni extiyotkorlik bilan o’tkazish lozim. Shifokorning qo’li toza, issiq va quruq bo’lishi kerak. Palpatsiya vaqtida bolaning mimikasini kuzatib turish, tekshirish vaqtida uning diqqatini gap bilan chalg’itish zarur.

​Terining elastikligi va qalinligini aniqlash uchun, terini ko’rsatgich va bosh barmoqlar bilan uncha katta bo’lmagan burmalar xolatida ushlanadi (teri osti yog’qatlamisiz), keyin barmoqlarni qo’yib yuboriladi. Agar teri burmalari barmoqlarni olgandan so’ng darrov tarqalsa teri elastikligi normal hisoblanadi. Agar teri burmalarining tarqalishi sekin asta yuz bersa, teri elastikligi pasaygan hisoblanadi. qaerda teri osti yog’qavati kam bo’lsa, o’sha yerda terini ushlash lozim: qo’lning ustki yuzasi; ko’krak qafasining oldingi yuzasi, qovurg’alar ustida, tirsakning egilgan joyida.

​Teri osti yog’ qavatini baholash uchun chuqurpalpasiya talab etiladi (terini tekshirishga qaraganda): o’ng qo’l bosh va ko’rsatgich barmoqlari bilan teri va teri osti yog’ qavati ushlab olinadi.

​Teri osti yog’ qavatining qalinligiga qarab, normal, ko’p va yog’ to’planishi yetarli emas deb aytiladi. Teri osti yog’ qavatining tekis yo’ki notekis tarqalganligiga e’tibor beriladi. Teri osti yog’ qavati qalinligini quyidagi ketma-ketlikda aniqlanadi:

➢ avval qorinda – kindik tengligida va undan tashqarida

➢ to’sh suyagida – o’ng qirrasida

➢ orqada – kurak ostida

➢ oyog- qo’llarida – son va yelka ichki orqa yuzasida.

 

Teri osti yog’ qavati ob’ektiv ravishda qalinligi kaliper yo’rdamida triseps, biseps, kurak osti, teri burmalari qalinligi yig’indisi hisobga olingan holda aniqlanadi.

Yumshoq to’qimalar turgori o’ng qo’l bosh va ko’rsatgich barmoqlari bilan son va yelka ichki yuzasidagi teri va hamma yumshoq to’qimalarni bosib ko’rish

orqali aniqlanadi. Bunda qarshilik yo’ki taranglik seziladi va u toqimalar turgori deb ataladi. Sog’lom bolalarda to’qimalar turgori qoniqarli bo´ladi. Agar kichik yoshdagi bolalarda to’qima turgori pasaygan bo’lsa, bosilganda lanj va kuchsizlik aniqlanadi.

​Terida organizmda kechadigan ko’pgina patologik jarayonlar aks etadi. Ko’p kasalliklarda teri xarakterli tusga ega bo´ladi: gemolitik anemiyalarda sariq; gipo va aplastik anemiyalarda mumsimon; septik endokarditda sutli kofe rangida; yiringli – septik  kasalliklarda va toksikozlarda yer rangi yoki kulrang; xlorozda ko’kimtir. Patologik giperemiya – bezgak, eritrositoz bilan kechadigan kasalliklarda vujudga keladi.Teri va sklera, til pastki yuzasi va yumshoqtanglay sariqligi virusli gepatitda yuzaga keladi. Terining sianozi, kokimtir rangda bo’lishi- qonda oksigemoglobin miqdori 9%dan kamaysa paydo bo´ladi. Total sianoz – tananing hamma yuzasini egallaydi, regional – og’iz oldida (og’iz atrofi, og’iz – burun atrofi uchburchagi), tananing distal qismi sianozi (burun uchi, quloq yumshoq joyi, lab, til uchi, oyog – qo’l kaft va barmoqlar) – akrosianoz deb ataladi. Bolalarda ba’zan terining kumush  rangi uchraydi, bu surunkali buyrak usti bezi yetishmovchiligida  kuzatiladi. Ko’rik vaqtida teri qoplamlarida venoz to’r rivojlanishiga e’tibor berish kerak. Bu venoz to’r “meduza boshi” korinishida bo’lib,  darvoza venasi tizimi dimlanishida paydo bo´ladi. Ba’zida teri tomirlari tomirlar yulduzchasini hosil qiladi. Tomir yulduzchalari jigar surunkali kasalliklarida  “jigar kafti”, “tovoni” bilan birgalikda uchraydi. Terining morfologik elementlari terida kechadigan patologik jarayonning tashqi korinishi hisoblanadi.

Dog’ – chegaralangan sohalarda terining rangi o’zgarishi bo’lib, teridan chiqib turadi, zichligi bo’yicha sog’lom teri sohasidan farq qilmaydi. Oq – pushti yokiqizil rangdagi dog’cha nuqtadan,  5 mmgacha o’lchamda bo´ladi va rozeola deyiladi. 1-2 mm o’lchamdagi ko’pgina rozeolalar mayda nuqtali toshma hosil qiladi. 5 mm dan 10 mmgacha dog’lar  mayda doqli toshma,  10 dan 20 mmgacha o’lchamdagi esa yirik dog’li toshma, terining giperemiyalangan katta qismlari eritema deyiladi. 

Yallig’lanishsiz dog’larga, qon talashlar natijasida hosil bo’lgan doglar kiradi: petexiya – nuqtali qontalashlar, purpura – 5mm va undan  katta olchamli ko’pgina gemorragiyalar. Bu guruhga yana tomirlarni noto’g’ri rivojlanishi natijasida hosil bo’lgan teleangiektaziya, tug’ma tomirli dog’lar kiradi, shuningdek giperpigmentlangan (jigar dog’lari), nevuslar va depigmentasiyalidoqlar, terida melanin toplanishining buzilishi tufayli paydo bo’lgan – vitiligo kiradi.

Yallig’lanishsiz dog’lar  terini bosganda yogolmaydi, yalli?lanishli esa aksincha bosganda yo’qoladi.

Papula – chegaralangan, teri satxidan biroz ko’tarilib turuvchi yassi yoki gumbazsimon yuzali hosila. Katta o’lchamli papula pilak deb nomlanadi.

Bo’rtiq – chegaralangan, zich, bo’shliqsiz element. Teri sathidan ko’tarilib turuvchi va diametri 5-10 mmgacha boruvchi, ozidan keyin chandiq va yara qoldiradi.

Tugun – zich, teri sathidan kotarilib turuvchi yokiuning qalin qismida joylashuvchi hosila, o’lchami 10 mm va undan yuqori bo’lishi mumkin. Yirik ko’k qizil, paypaslanganda og’riqli tugunlar – tugunli eritema deb nomlanadi. Yallig’lanishsiz tugunlar terini hosilasida uchraydi.

Qavariq – o’tkir yallig’lanishli element, terini so’rg’ichli qavatini chegaralangan shishi hisobiga yuzaga keladi. Teri sathidan ko’tarilib turadi, dumaloq shaklga ega. O’lchami 20 mm va undan yuqori, tez yo’qoladii, o’zidan keyin iz qoldirmaydi.

Pufakcha – yuzaki, teri sathidan bir oz ko’tarilib turadi. Boshlig’i seroz yo’ki qonli suyuqlik  bilan to’lib turadi. O’lchami 1-5 mm. Evolyusiyada qurishi mumkin. Bunda tiniq yo’ki xira postloq hosil qiladi.  Ochilganda namlanuvchi chegaralangan eroziya hosil bo´ladi. Pufakchada leykositlar to’planganda u  yiringli pustulaga aylanadi.

Pufak – pufakchaga o’xshash element, lekin o’lchami jixatdan katta (3-15 mm). Seroz, qonli, yiringli suyuqlik bilan to’lgan. Kochib po’stloq hosil qilishi mumkin. O’zidan keyin turg’unsiz pigmentasiya qoldiradi.qipiq – epidermisni muguz plastinkalarining yig’ilishi natijasida yuzaga keladi, 1-5 mm, mayda bo’lishi mumkin.

Qatqaloq – pufakdagi ekssudatning qurishi natijasida yuzaga keladi. Qatqaloq seroz, yiringli, qonli bo’lishi mumkin. Bolalar yonog’idagi ekssudativ kataral diatezdagi qatqaloq “sutli qotir” deb ataladi.

Yara – terining chuqur defekti, ba’zida ostidagi a’zolargacha yetib boradi. Birlamchi elementlargacha parchalanishi natijasida, limfa va qon aylanishi buzilishi, jaroqat  va trofik buzilishlarda yuzaga keladi.

Chandiq – zich biriktiruvchi to’qima, terini chuqurdefektini  toldiradi. Yangi chandiqlar qizil rangli bo´ladi. Vaqt o’tishi bilan rangi oqaradi.Teri osti yog’qavati o’zgarishini palpasiya bilan aniqlash kerak. Agar teri osti yog’ katlami qattiq bolsa, bu sklerema deyiladi. Teri osti yog’ qavati qattiqligi bilan shish birga kuzatilsa, skleredema deyiladi. Shishlar yuzda, qovoqda, oyog’-qo’llarda bo’lishi mumkin, umumiy shish bo’lsa anasarka deyiladi. Shish teriga bosilganda aniqlanadi, chuqurcha hosil bo´ladi, asta-sekin yo’qoladii.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *