Buxoro amirligi

Mang‘itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimbiy 1747-yilda eroniy qizil boshlarni tor-mor keltirib, Buxoroda hokimiyatni to‘la o’z
251
www.ziyouz.com kutubxonasi

qo’liga olgan edi. U barcha viloyat, shahar va qabitalar boshliqlarini Buxoroga taklif qilib, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan dasturini e’lon qilib, bo‘ysunmaganlarni qatl qilaman deb ogohlantirdi.
Muhammad Rahimbiy Abdulmo‘min (1747-1748), Ubaydulla Sulton (1748-1756) nomlaridan davlatni boshqargan davrida Miyonqal’a, Nurota, Hisor, Qobodiyon, Boysun, Shahrisabz, Urgut viloyatlariga bir necha bor yurish qilib, ulami o’ziga bo’ysundirdi. Bu muvaffaqiyatlar uning rasmiy hokimiyatni ham qoMga olishiga yo‘l ochib berdi. Abulfayzxonning qiziga uylanib, xonlar avlodi bilan qarindosh boMgan Muhammad Rahimbiyga amir unvoni berildi va oq kigizda ko‘tarilib oliy hukmdor deb tan olindi. Uning 1757-1758-yillarda markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun olib borgan urushlari bir qancha vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Xiva xonligiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga muvaffaq boMgan Muhammad Rahimbiyni Qo‘qon, Balx, Toshkent, Marv va Qunduz kabi mustaqil mulklar hukmdorlari Buxoroning qonuniy hukmdori deb o‘z elchilarini jo’natganlar.
1758-yil 24-martda vafot etgan Muhammad Rahimbiy o‘miga mang’it urugMdan boMgan Miyonqal’a hokimi Doniyolbiy (1758-1785) taxtga ko‘tarildi. Doniyolbiy Muhammad Rahimbiyning nabirasi Fozilto‘rani xon taxtiga oMkazib, hokimiyatni o‘z qoMida saqlab qoldi. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun yangi soliqlar tizimini joriy qilib, bir qancha ma’muriy chora tadbirlami amalga oshirgan Doniyolbiy ko‘p vaqtini bebosh amirlarni bo‘ysundirish, isyonlami bostirishga sarf qildi. U 1784 yilda Buxoroda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon sababli hokimiyatni shahar aholisi orasida obroMiroq boMgan o‘gMi Shohmurodga topshirdi.
Amiri Ma’sum (“Begunoh amir”) nomini olgan amir Shohmurod (1785-1800) o‘z hukmronligi yillarida saroyda kamtarona yashab, bir qancha soliqlami kamaytirdi, Buxoro ahliga tarxon yorligMni berib, ba’zi toMovlardan ozod qildi, xalq orasida zolimiigi bilan tanilgan amaidorlami jazoladi. Madrasa taMimini olgan Shohmurod ftqh ilmi haqida “Ayn ul- hikraat” nomli risola yozib, unda ilgari surilgan qoidalami barcha viloyatlarga joriy etdi. U pul islohoti oMkazib tijorat ishlarini tartibga soldi, suv inshootlarini yaxshilash bilan ishiab chiqarishning
rivojlanishiga zamin yaratdi. Bulaming hammasi markaziy hokimiyatning nisbatan kuchayishiga va Shohmurodning umrini oxirigacha davlatni boshqarishiga irnkon berdi.
1800-1826-yillarda Buxoro taxtini boshqargan amir Haydar davrida har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo‘zg‘olonlar boMib turdi. 1800- vilda Oarshi va Kattaao‘re‘ondaci. 1804-vilda Marvdaei. 1821-1825-
www.ziyouz.com kutubxonasi
252

yillarda Miyonqara qo’zg’aioniari amirlik siyosiy hayotidagi muhim voqealar bo’ldi. Ayniqsa, xalq Xiva qo‘shinlarining talonchilik vurishlaridan ko‘p zarar ko’rar edi. 1806-yilda Eltuzarxon boshliq xivaliklaming hujumini qaytarish uchun butun Buxoro ahli safarbar qilindi va Amudaryo bo‘yigacha taqib qilingan xivaliklar daryodan kechib o‘tishda ko‘p kishilaridan va Eltuzarxondan ajralishdi. Bundan keyin ham Xiva xonligi qo’shinlari amirlik hududiga bir necha bor bostirib kirishgan.
Amir Xaydar hukmronligi davridagi katta qo‘zg‘olonlardan biri bu MiyonqaPa qo‘zg‘o!oni edi. 1821 yilda amir amaldorlarining Miyonqal’a ahlidan xiroj yig‘ishdagi talon-tarojga qo‘l urganligi sababli qo’zg’olon boshlangan. Qo‘zg‘olonchiiar Kattaqo‘rg‘on, Chelak, Yangiqo‘rg‘on hududlarini qo‘lga olib amir odamlarmi haydab yuborishgan. 1822-yilda Qo‘qon va Xiva xonlari hujumini qaytarish bilan mashg‘ul bo’lgan amir Haydar qo‘zg‘olonchilarni bostira olmaydi. Xitoy-qipchoqlar boshchilik qilayotgan qo‘zg‘olonchilar amirning inisi ls’hoqbekni o‘zlariga amir qilib Samarqand va Karmanaga yurish qiladilar. 1825 yil bahorigacha qo‘zg‘oIonchilar bilan amir o’rtasidagi kurashlar natijasida qo‘zg‘olonchilarni tamomila yenga olmagan amir yon bosishga, ulaming mulki daxlsizligi to‘g‘risida yorliq berishga va bir qancha amaldorlami
jazolashga majbur boMgan.
1826 yilda amir Haydaming uchinchi o’gMi Nasrullo (1826-1860)
taxtga o’tirdi. U o’z yoMiga to‘siq boMishi mumkin boMgan akalarini shavqatsizlik bilan qatl ettirdi va bir oy mobaynida kuniga 50-100 kishini qatl qilish bilan “Qassob amir” degan nomni oldi. Ayniqsa urushlar paytida bo’ysunmagan shahar va qishloqlar aholisini qattiq qirgMn qildi.
Amir Nasrullo hokimiyatni qoMga olgandan keyin Shahrisabz, Kitob hokimliklari o’zlarini mustaqil deb eMon qilgan edilar. Boshqa bir qancha bekliklar ham amirga rasmangina bo‘ysunishgan. Amir Nasrullo ulami yagona davlatga birlashtirish, markaziy hokimiyatni kuchaytirish yoMida qat’iyat bilan kurash olib bordi. Bunda u o’zining amaldor xizmatkorlar labaqasiga va harbiy qo‘shiniga tayanib ish ko’rdi. 1840 yilda Amir Nasrullo Xo’jand va 0 ‘ratepani Qo’qon xonidan tortib olib Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ bekliklarini ham o‘ziga bo’ysundirdi va 1842 yilda Qo’qon xonligini cgallashga muvaffaq boMdi. U yerda Qo’qon xoni Muhammad Alixonni oila a’zolari bilan va shoira Nodirabegimni ham vahshiylarcha qatl ettirdi.
Bu paytda Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududlariga bostirib kirganligining xabarini eshitgan Amir Nasrullo o‘z qo‘shinlarini Xiva xonligi yerlariga olib kelib, Xazoraspni qamal qildi, ammo magMubiyatga
www.ziyouz.com kutubxonasi
253

ichradi. Shunday ogMr sharoitda ham Amir Nasrullo Buxoro amirugi oloyatlarini birlashtirish uchun kurashni davom ettirdi. Bu kurash 30 yil lavom etdi. Shahrisabz bekligini bo‘ysundirish uchun Amir Nasrullo 32 narta yurish qilib 1856 yildagina o‘z maqsadiga erishdi. Shunday qilib Зихого hududlarini to*la bo’ysundirgan Amir Nasrullo Buxoroning ;o4nggi mustaqil hukmdori boMib qoldi. Undan keyin hukmdorlik qilgan 5ayid Muzaffarxon (1860-1885) davrida Shahrisabz, Kitob beklari yana Buxoroga bo‘ysunishdan bosh tortdiiar. Buxoro Rossiya vassaliga lylangandan keyin (1868) bu shaharlar ham ruslarga bo‘ysundirildi.
MangMtlar sulolasi hukmronligi davrida davlat tizimida anchagina 3‘zgarishlar amalga oshirildi. Amir oliy hukmdor boMib, davlat hayotiga tegishli siyosiy. iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar uning qoMida sdi. Markaziy ijroiy hokimiyat saroy ayonlaridan tashkil topgan boMib, Arkda joylashgan. Davlat boshqaruvida bosh vazir-qushbegi, devonbegi, parvonachi, otaliq, dodhox, xudaychi, mirzaboshi kabi saroy ayonlari va shayxulislom, qozikalon kabi diniy rahbarlaming mavqei katta boMgan. Mahalliy boshqaruv amir tomonidan tayinlangan viloyat beklari va uning qoM ostidagi mirshabboshi, soliq yig’uvchi amaldorlar, qozi, rais, qishloq oqsoqollari qoMida boMgan.
MangMtlar sulolasi davrida amirlik 30 ta beklik va tumanlardan iborat ma’muriy birliklardan tashkil topgan. liar bir beklik hokimi xirojning bir qismini amirga yuborib turgan.
Buxoro amirligidayerga egalik munosabatlari iqtisodiy hayotda katta ahamiyatga ega boMib, yer egaligining davlat, xususiy, vaqf kabi turlari boMgan. Qishloq aholisining katta qismi yersiz dehqonlar boMib, ular ijaraga yer olib ishlaganlar. Shahar aholisining asosini tashkil qilgan hunarmandlar hayoti ham ogMr soiiqlar sababli juda qiyin kechgan.
XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Buxoro aholisining umumiy soni haqida aniq maMumotlar yo’q boMib, taxminan 2 mln. atroflarida boMgan. Ulaming ko‘pchiligini o‘zbeklar, shahar va ba’zi qishloqlarda tojiklar, janubiy-g‘arbiy tumanlarda ko‘chmanchi turkmanlar, kam sonli arab va yahudiylar tashkil etgan.
Buxoro amirligining xalq xo’jaligida dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik. savdo-sotiq sohalari katta ahamiyat kasb etgan. Aholidan xiroj, zakot, boj, toMa, yaksara, nimsara kabi soiiqlar undirib olingan.
XVUI asrning ikkinchi yarmida Rossiya-Buxoro savdo va diplomatik aloqalari ancha rivojlandi. Bunda 1774-1776, 1779-80 yillarda Emazar Maqsudov boshchiligida va 1797-yildagi Polvonquli qo‘rchi
254
www.ziyouz.com kutubxonasi

elchiliklari katta ahamiyat kasb etdi. XIX asr boshlarida Rossiya-Buxoro aloqalari ancha faollashdi. Bu XIX asming 20-yillarida 0 ‘rta Osiyoga siqilib kirishga harakat qilayotgan inglizlar bilan ruslar o’rtasidagi raqobatning keskinlashuviga olib keldi. Amirlik qo‘shni xonliklar Afg’oniston, Hindiston, Eron davlatlari bilan ham savdo aloqalari olib bordi. Yirik savdo-sotiq markazi bo’lgan Buxoroda 1848 yilda 38 ta karvonsaroy, 9 ta tim va ko‘plab bozorlar mavjud bo’lgan.
Buxoro shahri amirlik davrida ham islom dintning markazi hisoblangan. Bu davrda boshlang’ich ta’lim maktabi va oliy ta’lim beruvchi madrasalar faoliyati ham ancha yuksaldi. Bu yerda faqat O’rta Osiyodangina emas, balki Volga bo’ylari, Shimoliy-G’arbiy Hindiston, Afg’oniston va boshqa mamlakatlardan ham bilim olish uchun talabalar kelishar edi. Bu paytda Buxoro amirligining har bitta shaharida madrasalar bo’lib, Buxoro shahrining o’zidagi 103 ta madrasadan 60 tasi asosiy ta’lim maskani sifatida mashhur bo’lgan. Madrasada o’qitish 3 bosqichda amalga oshirilgan bo’lib, uning barcha xarajatlari, mudarrislar va boshqa xizmatchilarning maoshi, talabalar nafaqasi, kutubxona xarajatlari va boshqalar madrasaga biriktirilgan vaqf yerlaridan keladigan daromad hisobiga qoplangan. Madrasada fiqh, shariat asoslari, adabiyot, til, tarix, falakiyot, mantiq, falsafa, matematika fanlari o’qitilgan bo’lsa ham dunyoviy ta’limga nisbatan diniy ahloqiy ta’lim berishga asosiy e’tibor qaratilgan. Bu davr madaniy hayoti haqida adabiyot, tarix, hattotiik, musiqa san’ati yodgorliklari, me’morchilik obidalari muhim ma’lumotlar beradi.
XIX asr adabiy hayotining ko’zga ko’ringan namoyondalari Mirzo Sodiq Munshiy, shoir Hoziq, shoir Mujrim, Muhammad Sharif Shavqiy, Mulla Qurbon Xiromiy, Ahmad Donish (1827-1897), Ochildi Murod, Meri Kattaqo’rg’oniy (1830-1899) va boshqalar o‘z asarlari bilan adabiyot rivojiga katta hissa qo’shganlar. “Mang’it hukmdorlari tarixi” she’riy usulda bitilgan asarlar, “Chor darvesh”, “To’tinoma”, Poraxo’r qozilar”, “Murid ovlovchi” kabi asarlar bu davr adabiyotining ajoyib namunalaridir.
Mang’itlar hukmronligi davrida ham o’rta asr tarixnavisligining yetakchi an’analari saqlanib qolganligini quyidagi asarlarda ko’ramiz: Mullo lbodullo va Muhammad Shariflaming “Tarixi amir Haydar” va “Dastoni amironi mang’it”, Mirolim Buxoriyning “Fathnomayi-sultoniy”, Mirzo Abdulazim Somiyning ‘Tarixi saiotini mang‘itiya”, “Dahmayi shohon” kabi asarlari, Muhammad Sharif ibn Muhammad Naqining “Toju tavorix” asarini, Ahmad Donishning “Mang’itlar xonadoni hukmdorlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
255

arixidan qisqacha risola” asarini va Mirzo Sodiq Munshiyning ‘Tarixi ulsiloti mang’itiya” (“Mang’it hukmdorlari tarixi”) asarlari mang‘it miirlari tarixi haqidagi birlamchi manbalardir.
XVIII asr ikkinchi yarmi-XIX asr birinchi yarmi Buxoro amirligi ne’morchiligi o‘ziga xos uslubda rivojiandi. Bu davrda amirlikning bir ]ancha shaharlarida masjid va madrasalar bunyod etildi. Buxoro shahrida qurilgan Domullo Tursunjon (1796-1797-) madrasasi, Xudoydod ne’moriy majmuasi (1777-1855), Emazar elchi madrasasi (1795), 1807
yilda qurilgan Chorminor majmuasi, Qarshida qurilgan Mir Muhammad nadrasasi kabi me’moriy yodgorliklar o‘zbek xalqining noyob madaniy merosidir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *