BUXORO DAVLATIDAGI TIBBIYOT

I X – X asrlarda Buxoro davlatida ham ilm-fan va madaniyat tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Buxoro hukmdorlari Xorazm shohlariga taqlid qilib, o’z saroylarida olimlar, faylasuflar, shoirlar va san’at namoyandalariga o’rin berib, ularni qo’llab-quvvatladilar.
O’sha davrda Buxoro davlati Yaqin Sharq miqyosida eng rivojlangan davlatlardan biriga aylangan edi. Bu yerda boshqa fanlar qatorida tibbiyot ilmi ham yuksak darajaga ko’tarilgan edi. Buxoroda ko’p ko’zga ko’ringan hakimlar yashagandilar. Shulardal). eng mashhuri Abu Ali ibn Sinodir.
ABU ALI IBN SINO
Abu Ali ibn Sino (Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn aI-Hasan ibn Ali ibn Sino) 980- (370 hijriy) yilda Buxoro yaqinidagi Afshona nomli qishloqda tavallud topgan. Mashhur tarixchi Abu Bakr Narshahiyning yozishicha Afshona ilgari kattagina shahar bo’lgan. SoOng vaqt o’tishi bilan u o’z mavqeyini yo’qotib, kichikroq qishloqqa aylanib qolgan va Isfana, deb atala boshlagan. Bu qishloq hozir yana Afshona deb atalmoqda.
Ibn Sinoning o’zi tarjimai holida yozishicha, uning otasi Abdulloh ibn Hasan Afshonaga qo’shni bo’lgan Hurmayson (hozir Romiton) qishlog’ida ma’muriy xizmatga boshliq bo’lgan. Ko’pchilik tarixchilar Abdulloh ibn Hasan soliq yig’uvchi edi, deb yozadilar. Demak, u soliq yig’uvchilarning boshlig’i bo’lgan.
Hurmayson Buxoro muzofotidagi yirik qishloqlarning biri bo’lgan. Atrof qishloqlardan yig’ilgan soliqlarni dastlab, shu yerga to’plab, soOng podshoh xazinasiga topshirgan bo’lsall;lr kerak. Soliq yig’uvchilik daromadli ish. Abdulloh bu ishga boshchilik qilgani uchun ancha badavlat kishi bo’lgan. U o’z vazifasiga ko’ra Hurmayson atrofidagi qishloqlarga tez-tez borib turgan. Shulardan birida Afshona qishlog’ida bir husndor qizni ko’rib, uni yoqtirib qolib, uylanadi va uning oilasiga ko’chib kelib, shu oilada yashay boshladi. Bu oilada dastlab Husayn (ibn Sino), soOng Mahmud ismli ikki og’il tug’iladi.
Abdulloh ibn Hasan o’z davrining itg’or fikrli ma’rifatparvar kishilaridan bo’lgan. Ilm-fanni qadrlagan, o’zi ham ba’zi fanlarga (falsafa, riyoziyot, ilohiyot) qiziqqan. U o’z bolalarini ham o’qimishli kishilar bo’lib yetishishlari uchun harakat qilgan. Shu maqsadda bo’lsa kerak, katta o’g’li Husayn maktab yoshiga yetganida o’z oilasini ilm o’chog’i
71

Abu Ali ibn Sino (980-1037).
bo’lgan Buxoroga ko’chirib olib kelgan. Buxoroda Abdulloh Husaynni dastlab, odatdagidek, shahardagi yaxshiroq hisob- langan musulmoncha diniy maktablardan biriga o’qishga bergan. Bu yerda Husayn arab alifbosidan savod chiqarganidan so’ng u Qur’on va adab ilmini o’rganishga kirishgan.
“Qur’on ilmi”ga uni yodlab olish, qiroat bilan o’qish, uning suralari va oyatlarini izohlab berish kiradi. “Adab ilmi”(Adabiyot)ga arab tili qoidalari, she’r san’atini egallash, xususan ma’oniy, bayon va qofiyani to’gri ishlatish kiradi. Odatda talabalar bu bilimlarni egallash ‘uchun yillab, hatto o’n yillab vaqtlarini sarf qiladilar. Ibn Sino “Qur’on” va adab ilmlarinijuda oz muddatda o’zlashtirib
olgan. Buning natijasida u yosh bo’lishiga qaramay, hadis va tafsirda boshqalardan ancha o’tkirlik qilgan. U badiiy adabiyotga ham qiziqqan, she’rlar yoza boshlagan. O’sha vaqt tarixchilarining yozishlaricha, Husayn o’qigan kitoblarini shu qadar tez va mukammal o’zlashtirib olar ekanki, buni ko’rgan kishilar hayratga tushgan ekanlar.
O’g’lining bunchalik iste’dodi va ilrnga bo’lgan kuchli intilishini ko’rgan Abdulloh uning bilimini yanada oshirish maqsadida Buxorodagi taniqli ilm sohiblarini yollab, ularda Husaynni o’qitadi. Dastlab uni Mahmud massoh’ ismli hind hisobi (riyoziyot) va handasa bo’yicha mutaxassisda o’qitadi. So’ng Husayn Ismoil Zohid ismli qonunshunosdan fiqh (qonunshunoslik) ilmini o’rganadi. Shundan keyin u o’sha zamonda ma’lum bo’lgan boshqa fanlarga ham qiziqa boshlaydi. Ko’p o’qish va o’qiganlarini chuqur mulohaza qilish natijasida Husaynda yosh bo’lishiga qaramay, har xil fanlar va dunyoviy masalalar haqida mustaqil fikrlar paydo bo’la boshlaydi.
O’sha vaqtda Buxoroga Abu Abdulloh .an-Notiliy ismli bir faylasuf olim kelib qoladi. Husaynning otasi o’glim bu olimdan falsafa ilmini o’rgansin, deb an-1′:iotiliyni o’z uyiga joylashtiradi. Hil§.?J’!J. bu_pli!Tldan (alsafa, mantiQ va tIandasa jlrnlaridan dars ola hoshlaydi. Ammo, ko’p o’tmay an-Notiliy bu fanlarda unchalik kuchIi emasligi ma’lum bo’lib qoladi. Bu haqda ibn Sinoning o’zi taIjimai holida bunday, deb yozgan; “U (Notiliy) menga qaysi i1miy masala haqida gapirmasin, men bu masalani undan ko’ra yaxshiroq tasavvur qilardim”. An-Notiliy ko’p o’tmay Xorazmga ketib qolgan. Shundan so’ng ibn Sino fanlarni mustaqil
1 Massoh – yer o’Jchovchi kishi – tanobchi. 72

‘.
o’rganishga kirishadi. Xususan, u falsafa, mantiq, fiqhga oid kitoblarni mutolaa qiladi. Tabiatga oid kitoblarni ham o’qib chiqadi. Shunday qilib ibn Sino ancha yosh chog’idayoq o’sha zamonda ma’ium bo’igan bilimlarning ko’pini puxta o’zlashtirib olgan edi. U hatto katta olimlar qatorida ilmiy munozaralarda ham qatnasha boshlaydi. Shunday suhbat va munozaralarda Ibn Sino o’zining chuqur ilmiy mulohazalari va mantiqiy fikrlarining zo’rligijihatidan ko’pgina katta olimlardan ustunlik qiladi. Bu Ibn Sinoning faqatgina zo’r iste’dodi natijasi bo’lmay, shu bilan birga uning tinimsiz mehnati mahsuli ham edi. Haqiqatan, Ibn Sino bilim olishdajuda tirishqoq va sabot-matonatli bo’igan. Bu haqda uning o’zi shunday, deb yozgan: “Keyjn men yana bit yarjrn yil.llm va mutolaaga berildim. Mantiq va falsafaning hamma sohalarini qaytadan puxtalab o’qib chiqdim. O’sha kezlarda biror kecha ham to’yib uxlamasdim. Kunduzlari ham i1mdan boshqa narsa bilan shug’ullanmasdim. Kechalari oldimga shamchiroq qo’yib olib faqat o’qish va yozish bilan band bo’lardim. Ana shunday zayilda hamma ma’ium i1mlarni mustaqiI egallab oldim”. Bli yerda Ibn Sino ilm o’rganishda o’zining qanchalik tirishqoq va sabot- matonatli ekanligini ko’rsativchi quyidagi misolni keltiradi: Ibn Sino barcha tabiiy fanlarni o’zlashtirib olganidan so’ng, ilohiyotni o’rganishga kirishgan va Ar~elning “¥.Q..P~~’!t-!~.~!~::.y’~’ni tabiatdan keyingi fan (“Metafizika”) kitobini o’qiy boshlagan. Ammo, uning mazmuniga tushunolmay, qayt~-qayta o’qiyvergan. U hatto bu kitobni tamoman yodlab olgan. Shunda ham Ibn Sino uchun bu kitobning mazmuni qorong’i bo’lib qolavergan. Faqat shundagina Ibn Sino “bu kitob tushunib bo’lmaydigan kitob ekan”, deb undan umidini uzgan. Ammo, bir tasodifiy hodisa tufayli Ibn Sino bu kitobning mazmunini tushunib olgan. Bu voqea shunday bo’lgan ekan: o’sha vaqtda Buxoro bozorida maxsus kitobfurushlar va muqovachilar rastasi bo’igan ekan. Ibn Sino u yerga tez-tez borib, yangi kitoblar xarid qilib turarkan. Bu kitob rastasi faqatgina kitob sotiladiganjoy bo’lmay, bu yerda ko’pincha olimlar, faylasuflar va shoirlar yig’ilishib, har xii kitoblar va ularning mazmuni haqida suhbatiar, munozaralar va bahslar o’tkazib turisharkan. Ibn Sino ham ko’pincha bu yig’inlarda qatnashib turarkan. Bir gal Ibn Sino shu kitob rastasiga borganida bir kitobfurush chiroyli qilib muqovalangan bir kitobni unga ko’rsatib, – “buni sotib 01, juda yaxshi kitob”, deb maqtaydi. U Abu Nasr Forobiyning “Mo ba’da at-tabia”ga yozgan sharhi ekan. Ibn Sino bu kitob, ya’ni “Mo ba’da at-tabia” tushunib bo’imaydigan asar, deb sotib olishdan bosh tortadi. Ammo, kitobfurush – “bu kitobning egasi pulga muhtoj, uni juda arzonga beraman, 01”, deb Ibn Sinoni ko’ndiradi, ibn Sino kitobni sotib oladi va uyga kelib, uni o’qib chiqib, “Mo ba’da at-tabia”ning mazmunini tushunib oladi. Ibn Sino bu voqeani shogirdi Abu Ubayd Juzjoniyga aytib berib, uni quyidagi so’zlar bilan
73
It

tugatgan ekan: “BlJ..ll<ttlLmen o’zimda yo’q xursand bo’lib ketdim va tangri taologa shukur aylab, o’sha kunning ertasigayoq kambag’allarga ancha sadaqa ulashdim”.
Bu vogea uch muhim jihatdan guvohlik beradi. Blrinchidan, Ibn Sinoning bilim yo’lida zo’r sabot-matonatliligiga. Ikkinchidan, bozorida “Metafizika”ning sharhidek nodir kitobni bemalol sotib olish mumkin bo’lgan Buxoroning yuksak madaniyati. Uchinchidan, o’sha vaqtda yurtimizda Aristoteldek buyuk faylasufning asarlga-Shiuh yozish qo’lidan keladigan chuqur biIimli olimning mavjud bo’lishidir.
Abu Ali ibn Sino tib ilmi bilan ancha erta shug’ullana boshlagan. Uning o’zi bu haqda bunday, deb yozgan: “Keyin men tib ilmi bilan shug’ullangim kelib qoldi va bu bilimga oid kitoblarni o’qishga kirishdim. T1b o’zi qiyin fanlardan emas. Shu sababli qisqa vaqt ichida bu bilimda katta natijalarga erishdim. Endi hatto bilimdon tabiblar ham huzurimga kelib, mendan tib ilmidan dars oladigan bo’ldilar. Bemorlarni ham ko’rib turardim. Orttirgan tajribalarim tufayli men uchun davolash eshiklari shunday keng ochildiki, buni ta’riflab berish qiyin. Bu vaqtda men o’n olti yoshda edim I ” . O’sha zamon tibbiyot tarixchilarining guvohlik
berishlaricha, Ibn Sino tib ilmini haqiqatan tez va oson o’zlashtirib olgan va bemorlarni muvaffaqiyatli davolab, Buxoro aholisi o’rtasida ko’p hurmatga sazovor bo’lgan. Shahardagi nufuzli kishilar ham betob bo’lib qolganlarida Ibn Sinoda davolana boshlaganlar. Buning natijasida Ibn Sinoning obro’si yana oshib ketgan. Nihoyat, bu “yosh mo’jizakor tabib” haqidagi xabar podshoh saroyiga ham borib yetibdi. Bir kun esa Ibn Sinoni shohning o’zini davolashga chorlaydilar. Ibn Sino o’zining chuqur bilimi va o’tkir mulohazalari bilan shohning kasaliga tashxis qo’yish va uni davolashda saroy tabiblariga yordam beradi va bu bilan shohning hurmatiga sazovor bo’ladi, hamda saroyga yaqin kishilar qatoriga kiradi. Bu haqda olimning o’zi bunday deb yozgan: “Buxoroning podshohi Nuh..ihn Mansur e41.i!!ifu..9Q..!!,sJumday bir kasallikga mubtalo bo’lib qolibdiki, tabjblar unjI\i kasalligj haqida..hir fiktga kela almabdilar. O’qishga qattiq kirishganim tufayli nomim ular o’rtasida mashhur bo’lib qolgan ekan. Podshoh huzurida mening haqimda gapirishib, undan meni chaqirishni so’rashibdi. Podshoh bunga rozi bo’libdi. Men borib tabiblar bilan birgalikda shohni davolashda ishtirok etdim va shu orqali unga tanildim” 2.
Buxorodagi shoh saroyida nodir kitoblarga boy katta kutubxona bo’lgan. Bu Ibn Sinoga ma’lum edi. Ammo, bu kutubxonadan faqat saroy amaldorlari va shohga yaqin kishilargina foydalana olardilar. Ibn Sino
I Abu Ali Ibn Sino, TaJ:jimai holi. Toshkent “Fan”, 1980. II-b.
2 O’sha joyda.
‘ .
74
J

saroyga yaqin kishilar qatoriga kirganidan so’ng uning uchun ham bu kutubxonadan foydalanish imkoniyati paydo bo’ladi. U bu yerdagi kitoblarni o’qishni juda istardi. Bir kun qulay fursat topib, shohdan saroy kutubxonasiga kirib, u yerdagi kitoblarni o’qish uchun ruxsat so’raydi. Xususan, Ibn Sino tibga oid kitoblar bilan tanishish zarurligini bildiradi. Shoh Ibn Sinoga kutubxonaga kirish uchun ruxsat beradi. Ibn Sino kutubxonaga kirib, u yerdagi kitoblarning ko’pIigi va xilma-xilligini ko’rib, hayratda qoladi. Bu yerda olimga nomlari ham ma’lum bo’lmagan kitoblar ko’p ekan. Ibn Sino bu kutubxona va undagi kitoblar haqida quyidagicha ma’lumot bergan: “Men kolt!onall!.rdanjborat..k.u1ubxonaga kirdim. Har bir xonada kitob sandiqlari turar, kitoblar esa ustma-ust taxlab qo’yilgan edi. XO.l!alarning birida arab tiliga oid kitoblar, she’rlar, boshqasid~f~ql}gaoid asarlarturafdTIhu hlTtibda har bir xonada fanning ayrim bii-sohasiga oidkitoblar to’plangan edi. U yerda shunday kitoblarni ko’rdimki, ko’pchilik hatto ularning nomini ham eshitmagan bo’lsa kerak. O’zim ham ilgari bularni ko’rmagan edim, keyin ham uchratmadimJ”.
Ibn Sino o’ziga xos tirishqoqIik va qunt bilan kutubxonadagi nodir kitoblarni o’qishga kirishadi. Ammo, u bu yerda tibga oid qanday kitoblarni ko’rgani va o’qigani haqida hech narsa yozmagan. Lekin, bunday kitoblar bo’igan, albatta. Chunki o’sha vaqtlarda yozilgan va arab tiliga tarjima qiliflfJan kitoblarning ichida tibga oid asarlar ko’pchiIikni tashkil etgan.
Ibn Sino kitob o’qishga shu qadar berilib ketadiki, kutubxonadan chiqmay. kecha-kunduz o’sha yerda qolib ketadi. Bundan xabardor bo’lgan kishilarning yozishlaricha, faqat shohning o’zi yoki saroy amaldorlaridan biri kasal bo’lib qoIib, Ibn Sinoni chaqirtirganlaridagina u o’qishdan boshini ko’tararkan. Shunday matonatli mehnat tufayli Ibn Sino qisqa vaqt ichida kutubxonadagi kitoblarningjuda ko’pini o’qib chiqishga ulguradi.’ Buning natijasida Ibn Sinoning bilimi tengi yo’q darajada yuksaladi. Ru vaqtda u endigina 18 ypshga to’lgan edi. Shu yoshda u o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan dunyoviy fanlarning deyarIi hammasini egallab olgan edi.
Ba’zi tarixchilarning yozishlaricha Buxorodagi shoh saroyida “Majlisi ulamo” (“Olimlar majlisi”) bo’igan. Uni “Buxoro akamediyasi” deb ham ataydilar. Bu “Akademiya”da shoh saroyidagi olimlar to’plangan ekanlar. Ibn Sino ham shu majlisda qatnashgan ekan.
997-yilda Nuh ibn Mansur vafot etadi. Vning o’rniga o’tirgan katta o’g’li Abul Xoris Mansur ibn Nuh Soniy Ibn Sinoni saroydagi kattaroq lavozimlardan biriga tayinlaydi. Abul Xoris ibn Nuh Ibn Sino bilan yaqin do’st bo’lgan ekan. Ular ilgari saroy kutubxonasida uchrashib, do’stlashib qolishgan ekan.
I Abu Ali Ibn Sino, TaIjimai holi. Toshkent “Fan”. 1980. ll-b. 75

Saroydagi xizmat Ibn Sinoning ko’p vaqtini olardi. Shuning uchun uning ilmiy-ijodiy ishlari ancha sekinlashib qoladi. Buning ustiga hakimning boshiga boshqa tashvishlar ham tushadi. Ko’p o’tmay Abul Xoris ibn Nuh saroydagi fitna natijasida o’ldiriladi. Uning o’miga o’tirgan ukasi Abul Favaris ibn Nuh Ibn Sinoga nisbatan unchalik iltifot qilmaydi. Shuning uchun Ibn Sino saroy xizmatidan ketadi.
X asr oxirida (999-yil) Yettisuv va Oltoy tomonidan kelgan qoraxoniylar Buxoroni zabt etadilar. Somoniylar davlati tugatilib, qoraxoniylar hokimiyati o’rnatiladi. Qoraxoniylar mamlakatda o’zgacha siyosat, yangicha tartib o’rnatadilar. Bu Ibn Sinoga unchalik yoqmaydi. Ammo, shunday bo’lsa ham u qoraxoniylar saroyida xizmat qilishga majbur bo’ladi. Bu haqda olimning o’zi bunday, deb yozgan: “Otam vafot etib. ahvolimda Q’z~arjsb yuz herdi. Sulton huzur.idagLvazifalardan birini o’z zimmamga oldim. Keyin zarurat yuzasidan Buxomni tark etdim.”
Ma’lumotlarga ko’ra Ib.Q.Sirumipi otasi 1002-~Jda yafot etian. Demak bu voqealar o’sha yillarda sodir bo’lgan. 1004-yilkech kuzida yoki 1005- yil boshida Ibn Sino Buxoroni tark etadi. Ibn Sino buning sababini ochiq aytmay, “zarurat yuzasidan Buxoroni tark etdim” deb qo’ya qolgan. Bu iboralardan Buxoroda Ibn Sino uchun noxush holatlar yuz berganligini payqab olish qiyin emas. Uning Buxorodan yashirincha chiqib ketganligi ham shuni ko’rsatadi. Fikrimizcha qoraxoniylar Ibn Sinoga nisbatan unchalik do’stona munosabatda bo’lmaganlar. Buning natijasida olimning boshiga tashvishli ishlar tushishi mumkin edi. Bunday vaziyatdan qutilish uchun uzohidlar ridosini kiyib olib, Xorazm daviatining ‘po.ytaxti Urganch tomongajo’naydi. Bu vaqtda Xorazmning qadimgi madaniyati tiklanib uning poytaxti Urganch Sharqning yuksak darajada taraqqiy etgan shaharlaridan biriga aylangan edi. O’sha vaqtda hukmronlik qilgan Ma’muniylar mamlakatda ilm-fan va madaniyatni yuksaltirishga katta ahamiyat berardilar. Fan ahllarini qo’llab-quvvatlardilar. Ularga saroydan joy berib, ilmiy-ijodiy ishlari uchun zarur sharoit yaratib berardilar. Bu Ibn Sinoga ma’lum edi. Shuning uchun u Xorazm tomonga yo’l oldi.
Ibn Sino yo’lda ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirib, 1005-yil boshlarida Urganchga yetib bordi. Bu yerda olimni yaxshi kutib oldilar, unga saroydan joy berib, yashashi va ilmiy-ijodiy ishlari uchun zarur sharoit yaratib berdilar. Bu haqda ibn Sinoning o’zi tmjimai holida bunday deb yozgan: “U yerda ilmni sevuvchi~usayaI ail ~aRliy yazjr..edi. U yerning amiri huzuriga kirdim. Amir Ali ibn Ma’f!1..!!!Ledi. Men uchun menga o’xshaganlarga beriladigan yetarli miqdorda oylik tayin qilishdi”2.
Ibn Sino o’z tarjimai holida Xorazmda yashagan yillari haqidajuda oz
I Ba’zi manbalarda bu vazirning ismi Hasan deb yozilgan.
2 Abu Ali Ibn Sino, “TaIjimai holi”, Toshkent. “Fan”, 1980. ·12-13~b.
76

yozgan. Lekin, tarixdan ma’lumki, olimning bu o’lkada yashagan yillari uning hayotida eng samarali yillar bo’lgan. Xorazm shohi Abul Hasan ibn Ma’mun ma’rifatparvar shoh bo’lgan. U ilm ahllarini qadrlagan va ularni doim qo’llab-quvvatlagan. Shuning uchun Ibn Sino bu yerda moddiy va ma’naviy jihatdan muhtojIik sezmay juda yaxshi yashagan.
Ali ibn Ma’mundan keyin shohlik qilgan Abu Abbos Ma’lDlJp.Jl2J:l Ma’mun ham ilm ahllarini qadrlaydigan shohlardan edi. Vrganchdagi ml!§.hh,!!!:…Aki!

yoki Rayga Malika Sayida saroyiga borib, o’sha yerda xizmat qilishni tavsiya etgan va ulaming qo’liga bu shohlar nomiga xat bitib bergan. Xatda Beruniy bu shohlardan Ibn Sino va Masihiyga zarur sharoit yaratib berishni iltimos qilgan ekan. Abu Rayhon Beruniy bir vaqt1ar Jurjonda, Qobus saroyida va Rayda Malika Sayida saroyida xizmat qilib, ularning hurmatiga sazovor bo’lgan ekan. Shuning uchun ularga xat orqali murojaat qilishga jur’at etibdi.
Sulton Mahmud haqiqatanjuda mutassib odam bo’lganligi va dahriylarni yoqtirmasligi to’g’ri. Lekin, ba’zi tarixchilar yozganidek, u har qanday taraqqiyotga qarshi johil odam bo’lgan emas. V mamlakat taraqqiyotida ma’naviyatning tutgan o’mini tushunardi. 11m-fan va madaniyat davlatning shuhratini oshirishini ham bilardi. Shu sab Harini qo’Hab- quvvatlardi. Vlar a turli i ‘ am berardi. Ma’lumot~r8!.ko’ra M~ud va uni~]’li.tv!.yd!.1iP.~qQ.:!L<~§lJ.Q~PJ{Wtris aharlarda masjid-madrasalar, xP!ll!wililar. ~a.!Y.Qnsaroylar, !<..~l!~!~r barpo eti~.l!.:-Masa1an, Mas’ud G’aina shahrida katta shahar kasalxonasi qurdirgan. Vnga ~QJlilib o’sha davrning ko’zga ko’ringan hakimlaridan biri Abu Hamid ~!1~:NaqshiY!1i tayinlagan.
Shoh saroyida ko’prab o’sha zamonning ko’zga ko’ringan oHm va fozillari xizmat qilganlar. Binobarin, Sulton Mahmud Ibn Sinoni o’z saroyiga taklif etganida uni shu yerda xizmat qilishini ko’zda tutgan edi. Lekin, Ibn Sino Masihiy bilan birga G’aznaga emas, Jurjon tomonga yo’l oldilar. Vrganch bilan Jurjon o’rtasida dahshatli Qora qum sahrosi yotardi. Bu sahrodan o’tishda Masihiy yo’l azoblariga chidash berolmay olamdan o’tdi. Ibn Sino ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechrib, hozirgi Turkmaniston hududida bo’lgan Niso shahriga yetib oldi. Bir oz vaqt o’tgach Abiverd shahriga o’tadi. Ammo, bu shaharda ham uzoq turmadi, chunki Sulton Mahmud Ibn Sino uning saroyiga borishdan bosh tortganligi uchun darg’azab bo’lib, ko’p shaharlarga o’z ayg’oqchilarini yuborib, ularga Ibn Sinoni topib, zo’rlik yo’Ii bilan bo’lsa ham G’aznaga olib kelishni topshirgan edi. Shuning uchun Ibn Sino bir shaharda uzoq vaqt qola olmasdi.
Ba’zi tarixchilar Sulton Mahmud o’z saroyida xizmat qiluvchi musavvir Abu Nasr A’roqqa Ibn Sinoning suratini (yoddan) chizdirib, uni ko’paytirib ko’p shaharga yubortirgan va shu suratga qarab, Ibn Sinoni topishni buyurgan edi deb yozadilar. Bu haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Chunki, birinchidan odamning suratini yoddan yasab bo’lmaydi, ikkinchidan musulmon dinida odamning suratini chizish man etilgan.
Ibn Sino o’z tarjimai holida yozishicha, u Abiverddan Tusga, so’ng Shiqqanga, undan Samniqonga, keyin esa Jojurumga o’tib, nihoyat, Jurjonga yetib kelgan. Ammo, qo’lidagi xatni Qobusga topshira olmagan. U Qobusning oldiga kirmoqchi bo’lib tutganida uni taxtdan tushurib,
78qal'aga qamab qo'ygan edilar. Qobus qal'ada vafot etadi. Shuning uchun Ibn Sino bu shahardan ham ketishga majbur bo'ladi. U JUijondan unchalik yiroq bo'lmagan Dehstonga boradi. Bu yerda qattiq isitma kasalligiga (bezgak bo'!sa kerak) uchrab qolib Jurjonga qaytib keladi.

Jurjonda Ibn Sino Abu Ubayd Juzjoniy ismli yosh olim va faylasuf bilan uchrashib, do’stlashib qoladilar. Abu Ubayd Juzjoniy asli Xurosonlik bo’lib, Xirotga yaqinjoydagi Juzjon (ba’zi manbalarda Juzajon) shahrida tavvalud topgan.
Abu Ali ibn Sino bilan Abu Ubayd Juzjoniy Jurjonda uchrashib qolib, do’stlashgan kunlaridan boshlab, umr bo’yi birga bo’lganlar. Juzjoniy Ibn Sinoning to vafotiga qadar uning sodiq shogirdi bo’lib qolgan.
Abu Ubayd Juzjoniyning yozishicha, Jurjonda ilm-fanni qadriaydigan Abu Muhammad ash-Sheroziy ismli badavlat kishi bo’igan. U Ibn Sinoning muxlislaridan biri ekan. Shu kishi Ibn Sinoga bo’igan zo’r hurmatini ifodalab, hovlisiga yaqinjoydan uy sotib olib, unga Ibn Sinoni ko’chirib olib keladi. Ibn Sino bu orttirgan do’stlarining yordamida Jurjonda muhtojlik sezmay yaxshi yashaydi. Abu Muhammad ash-Sheroziy Ibn Sinoga moddiy tomondan ham yordam berib turgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra Ibn Sino Jurjonga kelganida bu shaharda aholi o’rtasida qandaydir kasallik tarqalgan ekan. Ibn Sino zudlik bilan bemorlarni davolashga kirishadi. Ko’p bemorlar undan najot topib, sog’ayib ketadilar. Ibn Sino bu yerda ular ustida kuzatish ishlari ham olib boradi, har xiI dorilarni sinab ko’radi. Bo’igusi kitoblariga ma’iumot to’playdi.
O’sha vaqtda Jurjonda bunday voqea bo’lib o’tgan ekan: Ibn Sinoning Jurjonga kelganligi haqidagi xabar shoh saroyiga borib yetibdi. Shoh Manuchehming bir jiyani qandaydir noma’lum kasallikga mubtalo ekan. Saroydagi tabiblar uning kasalini aniqlay olmabdilar. Manuchehr Ibn Sinoning xabarini eshitib uni saroyga chaqirtiribdi. Ibn Sino bemorni ko’rib, uning a’zolarida biror kasallik alomatini topmabdi. Shunda ibn Sinoda bu yosh yigit sevgi dardiga mubtalo emasmikin, degan fikr paydo bo’libdi va olim o’zining bu fikrini ustalik bilan (bemorning ruhiy- emotsional holatiga ta’sir etib) isbotlabdi. Ibn Sino Manuchehrga bu kasallikning davosi faqat bitta narsa, u ham bo’lsa yigitni o’zi sevgan qiziga uylantirishdir, debdi. Ibn Sinoning aytganini qilibdilar va yigit tez kunda butunlay sog’ayib ketibdLI Ibn Sinoning tabiblik faoliyatida bu kabi hodisalar ko’p bo’lgan!
Ibn Sino Jurjonda to’rt yilcha (1012-1015) yashagan. Bu davr Ibn Sino uchun Xorazmdan keyin ikkinchi osoyishta va tinch hayot yillari
“‘
. ‘ I Bu hodisaning to’liq tafsiloti bizning 1980-yilda chiqargan “Abu Ali ibn Sino – IO’rta osiyolik bllyuk hakim” nomli kitobimizda keltirilgan.
79

bo’lgan. Shu davr ichida olim yigirmadan ortiq katta-kichik asarlar yozgan I va ko’p shogirdlar tayyorlagan. Ibn Sino Jurjonda o’zining mashhur
kitobi “Tib qonunlari”ni ham yoza boshlagan.
Sulton Mahmud Ibn Sinoni ta’qib qilishdan to’xtamaydi. U olimning Jurjondan ekanligini eshitib bu shaharga tahdid qiJadi. Bir vaqt shaharda
“Sulton Mahmud Jurjonga yurish ~;Iarmish”, degan xabar tarqaladi.
Bundan xavf olgan Ibn Sino 1015-yilning oxirlarida Jurjondan chiqib [§I ketadi va Abu Rayhon Beruniyning maslahatini eslab, Rayga tomon yo’l
oladi. Rayda Ibn Sinoni yaxshi kutib oladilar. Malika Sayida Beruniyning ~ xatini o’qib, Ibn Sinoga unda iltimos qilinganidek sharoit yaratib beradi.
Ray malikasi Sayidaning Maj ud-Davla ismli o’g’li bo’lib, u qandaydir
ruhiy kasallikka uchragan ekan. Ibn Sino uni davolab tuzatadi. Bundan
mamnun bo’lgan malika Ibn Sinoga nisbatan yana ham do’stona munosabatda bo’ladi. Ibn Sinoning yashashi va ijodiyoti uchun hamma
qulay sharoitni yaratib beradi. Ammo, Ibn Sino Rayda uzoq muddat
yashay olmaydi. Sulton Mahmud Ibn Sino Rayda ekanligini eshitib, Sayidadan uni G’aznaga jo’natishini talab qiladi, aks holda shaharga
harbiy yurish qilishini bildiradi. Ammo, aql-idrokli malika urushning
oldini olishga muvatfaq bo’ladi. Ma’lumotlarga ko’ra Sayida Mahmudga
quyidagi mazmunda xat yuborgan: “Agar urush natijasida siz meni yengsangiz odamlar Sulton Mahmud bir ojiza ayolni yengdi, deydilar,
xolos. Agar men sizdan g’olib chiqsam, sizdek buyuk podishohga katta
nomus bo’ladi”. Sulton Mahmud malika Sayidaning bu xatini olganidan
so’ng Ray ustiga qo’shin tortishni to’xtatgan ekan. Tarixchilar bu xatning
matnini Ibn Sino yozib bergan, deydilar. To’g’ri bo’isa kerak.
Ammo. baribir Ibn Sino Rayda uzoq yashamadi. U bir yilcha bu
shaharda yashaydi. xolos.
Ibn Sino Sulton Mahmudning qo’li yetmaydigan birorta mamlakatga
borib, o’sha yerda istiqomat qilmoqchi bo’ladi. Bu masalada uning uchun eng qulay joy Hamadon podshohligi edi. Bu mamlakat Sulton Mahmudga tobe bo’imay, o’zi mustaqil siyosat olib borardi. Ibn Sino bir oz vaqt Qazvinda yashab, so’ng 1016-yilda Hamadonga keladi. Bu yerda olim o’zi uchun bir qadar tinchroq yashash sharoitini topgan edi.
Hamadon hukmdori Shams ud-Davla tez-tez xuruj qilib turadigan ichak kasalligiga mubtalo ekan. (Unda surunkali koHt bo’isa kerak.) Shuning uchun u doim tajribali tabib yordamiga muhtoj bo’igan. Shu sababdan u Ibn Sinodek buyuk tabibning o’z shahriga kelganligidan xursand bo’lib, uni juda yaxshi qabul qiladi. Hakim shohni davolay boshlaydi. Shams ud-Davla sog’ayganidan so’ng Ibn Sinodan ko’p minnatdor bo’lib unga qimmatbaho sovg’alar hadya etadi va o’ziga shaxsiy labib qilib tayinlaydi. Shams ud-Davla Ibn Sinoni o’zidan uzoqlashtirmasdi. Olim uning eng yaqin kishilaridan biri bo’lib qolgan edi. Ibn Sinoning
80

huquqshunoslik ilmi va davlat tuzilishi masalalarini yaxshi bilishidan xabardor bo’lib, uni o’ziga vazir qilib ham tayinlaydi. Vazir sifatida davlat ishlarini boshqarish va shohning shaxsiy tabibi vazifasini bajarish Ibn Sinoning ko’p vaqtini olardi. Lekin, olim har bir bo’sh fursatdan foydalanardi. Boshlab qo’ygan kitoblarini davom ettirar, ko’p o’qir va yangi asarlar tasnif etardi.
Ibn Sino Hamadonda 8 yilcha (1016-1024) yashadi. Abu Ubayd Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino bu davr ichida bir necha asar tasnif etgan. Shular ichida “Tib qonunlari”ning birinchi kitobini yozib tugatgan. Bundan tashqari tibga oid “AI adviyat al-qalbiya” (“Yurak dorilari”) nomli kitobni yaratgan.
Hamadonda Ibn Sinoning ko’pgina shogirdlari va muxlislari bo’lgan. Olim kunduzlari davlat ishlari bilan band bo’lganligi uchun, shogirdlari bilan kechalari shug’ullangan. Bu haqda Juzjoniy bunday deb yozgan: “Kechalari Shayxning uyida tolibi olimlar yig’ilar edilar. Men “Ash Shifo”dan o’qirdim. “Mendan boshqalar navbat bilan “Tib qonunlari”ni o’qirdilar. Bulardan bo’shaganimizdan soOng xonanda va sozandalar kelishar, shu bilan o’tirish boshlanib, kosalarga sharob suzilardi. Biz shogirdlar har xii ishlarni bajarardik”.I Demak, Ibn Sino yaxshi ishlashni, yaxshi ishlagandan keyin yaxshi dam olishni yaxshi bilgan. Ammo, olim sharob ichishga berilib ketishga qarshi edi. U ayniqsa, o’z shogirdlaridan sharobdan uzoqroq bo’lishni talab qilgan. Bu haqda shunday rivoyat bor. Bir kecha talabalar to’ydami, yig’indami ortiqcha ichib yuborib, ertasi kun darsga boshlari og’rigan holda kelibdilar. Ular buni yashirishga qanchalik urinmasinlar, Ibn Sino uni sezibdi. Shunda u bugun dars bo’lmasligini aytib, talabalarni qaytarib yuboribdi va ularga debdi: “Sizlar bu kecha ichkilik ichib, bugun bir kuningizni yo’qotdingiz. Fanni egallashga esa bir kun emas, hatto bir daqiqa ham gavhardek qimmatdir. Mast kishidan aql, hayo va sabr ketadi. Modomiki, inson shularni yo’qotar ekan, u odamgarchilikdan chiqadi”.
Ibn Sino o’z shogirdlaridan doim rostgo’y, pok va haqqoniy bo’lishni talab qiIgan. Har xii maishiy hislarga berilmaslik, har bir narsada me’yor bo’lishini uqtirgan. Tabiblik bilimi masalasida so’zlab bu bilimni egallashni istagan kishi kasaUarga nisbatan mehribon va samimiy bo’lishi kerakligini uqtirgan, ochko’z, tama’gir, g’arazgo’y bo’lmaslik kerakligini tushuntirgan.
Ibn Sino vazirlik vazifasiga o’tganidan soOng aholining manfaatlarini ko’zlab ba’zi tadbirlarni amalga oshirgan, obodonchilikga ahamiyat bergan, saroydagi ortiqcha dabdabalar va ayshi-ishratlarini cheklab qo’ygan. Bu saroy amaldorlari va harbiy boshliqlarga yoqmagan. Ular Ibn Sinodan norozi bo’lganlar. Hatto, uni vazirlik lavozimidan bo’shatilishini talab etganlar. Lekin, shoh bunga ko’nmagan.
1 Abu Ali ibn Sino, Tarjimai ho1i, 1980, 18-19-betlar.
6-Tibbiyot tarixi
81

Ibn Sino vazirlik vazifasini yaxshi bajarayotgan bo’lsa ham o’zini siyosatchi arbob emas, balki oHm deb hisoblardi. Shuning uchun o’z faoliyatida ilmiy-ijodiy ishlami birinchi o’ringa qo’yardi. U davlat ishlari orasida, hatto harbiy yurishlar vaqtida ham qulay fursat bo’lib qolsa, kitob o’qish va asar yozish bilan shug’ullangan.
Shams ud-Davlaning harbiy yurishlardan birida kasali avj olib ketib, ahvoli og’irlashib qoladi. Uni tuzatish uchun ibn Sinoning har qancha urinishiga qaramay, u Hamadonga qaytish yo’lida vafot etadi.
Shams ud-Davlaning o’miga taxtga o’tirgan o’g’Ii Sarno ud-Davla ibn Sinoga nisbatan unchalik iltifot qilmaydi. Shuning uchun Ibn Sino vazifasini topshirib, saroydan ketadi. OHmning maqsadi o’z ilmiy-ijodiy ishlarini davom ettirish edi. Ammo, Ibn Sinoning oldida yangi qiyinchilikiar paydo bo’ladi. Saroydagi Ibn Sinodan norozi kishilar va harbiylar yangi shohning olimga nisbatan iltifotsizligidan foydalanib, unga qarshi g’arazli ishlar qila boshlaydilar. Ibn Sino bu hujumlardan qutilish va o’zining hayoti hamda ijodiy ishlari uchun qulay sharoit topish maqsadida bo’lsa kerak, Isfaxon hukmdori A’lo ud- Davlaga xat yozib, unga xizmat qilishga tayyor ekanligini bildiradi. Bu xatdan Sarno ud-Davlaning vaziri Toj ul-Mulk xabardor bo’lib qolib, uni shohga ma’lum qiladi. Sarno ud-DavIa Ibn Sinoni hibsga olish haqida farmon beradi. Ammo, olimning do’stlari uni bir ishonchli kishining uyiga joylashtirib, yashirib qo’yadilar. Ibn Sino bu yerda ham vaqtni bekor o’tkazmay, o’z asarlari ustida ishni davom etdiradi. Bu haqda Abu Ubayd Juzjoniy quyidagilami yozgan: “O’shanda shayx Abu G’olib al-Attor degan kishining uyida yashirinib yotardi. Men u kishidan “Ash-shifo” kitobini tugatib berishni so’radim. Shayx uy egasidan qog’oz va siyoh olib keIishni iltimos qildi. U kishi shayxning so’raganlarini keltirib berdi. Shayx o’z qo’li bilan yigirma qismdan iborat sakkizdan bir taboq qog’ozga asosiy masalalami yozib chiqdi. Bunda u birorta kitobga ham qaramaydi, birorta manbaga ham murojaat qilmadi. Barchasini yoddan yozdi”.
Shayx dasta-dasta qog’ozlami oldiga qo’yib olib, sarlavhalari qo’yilgan har bir mavzuga nazar tashlardi-da yozishga kirishardi. Har kuni 50 varaq yozardi. Bu yerda Juzjoniy Ibn Sinoning har kimda ham bo’laverrnaydigan uchta fazilatini ko’rsatib bergan. Birinchidan, Ibn Sino har qanday mushkul vaziyatda ham tushkunlikga tushmasligi; ikkinchidan, uning zo’r ish qobiliyatiga ega eKanligi; uchinchidan uning o’ziga xos takomillashgan ish uslubi borligi. Bularga.yana IbIl Sinoning o’z asarlarini yoddan yozishligi qo’shilsa, bu olimning haqiqatan buyuk iste’dod egasi ekanligiga guvoh bo’lamiz.
Ibn Sino o’shanda, yashirinib yotgan joyida Q’zining “Kitob ash- . shifo” nomli asarini tugatish arafasida edi. Ammo, uni bu yerdantopib
82

olib, shahar chekkasidagi qal’aga qamab qo’ydilar. Olim bu qal’ada to’rt oycha qamalib yotdi. Bu yerda ham u tushkunlikga tushmay, o’ziga xos, matonat bilan kitob yozishni davom ettirdi. Xususan, Ibn Sino bu qal’ada “Kitob al-hidoiya” (“To’g’ri yo’l kitobi”), “Hayyi ibn Yakzon” (“Uyg’oq o’g’Ii tirik”) va “Kitob al-qulanj” (“Yo’g’on ichak yallig’lanishi”) nomli uchta asar yaratdi. Bularning oldingi ikkitasi falsafaga, keyingisi esa tibga oiddir. Bu voqea 1023-yilda bo’lib o’tgan edi. Demak, “Kitob al-qulanj” 1023-yilda yozilgan.
O’sha vaqtda Isfaxon hukmdori A’lo ud-DavIa Hamadonga yurish qilib, u yerga bostirib keladi. Sarno ud- DavIa bilan Toj ul- Mulk qochib ketadilar. Buning natijasida Ibn Sino hibsdan qutiladi. Abu Ubayd uni kutib olib, bir tanish kishining uyiga joylashtirib qo’yldi. Ammo, Ibn Sinoning Hamadonda qolishi xavfli edi. Sarno ud-Davla bilan Toj ul-Mulk qaytib kelganlaridan so’ng uni yana hibsga olishlari yoki boshqa yo’l bilan undan o’ch olishlari mumkin edi. Shuning uchun Ibn Sino bu shaharga kelgan ukasi Mahmud va shogirdi Juzjoniy bilan Hamadondan yashirincha chiqib ketadilar va Isfaxon tomonga jo’naydilar. Ulami Isfaxon darvozasi yaqinida A’lo ud-Davla yuborgan kishilar kutib oladilar. Bundan ko’rinadiki, A’lo ud-Davla Ibn Sinoga nisbatan hurmatni bajo keltirgan.
Bir oz vaqtdan so’ng Ibn Sinoni saroyga chorlaydilar. Bu yerda uni A’lo ud- DavIa qabul qilib, saroy ahllariga tanishtiradi. A’lo ud- Davlaning saroyida “Majlisi ulamo” (“Olimlar majlisi”) tashkil etilgan bo’lib, unda saroydagi barcha olimlar birlashgan edilar. Ibn Sinoni ham bu anjumanga kiritadilar. Majlis a’zolari har juma kuni kechqurun yig’ilishib, fanning turli sohalari bo’yicha suhbatlar, bahslar va munozaralar o’tkazib turarkanlar.
A’lo ud-Davlaning o’zi ham o’qimishli, bilimdon kishi bo’lgan. Shuning uchun anjumanni ko’pincha uning o’zi olib borgan. Abu Ubayd Juzjoniyning yozishicha “Majlisi ulamo” a’zolarining orasida Ibn Sino o’z bilimining chuqurligi va kengligi jihatidan boshqalardan ajralib turarkan. Shuning uchun A’lo ud-Davla Ibn Sinoga alohida hurmat bilan qararkan.
Isfaxonda Ibn Sino 14 yilcha (1024-1037) yashagan. Bu yerda ham u o’zining ijodiy faoliyatini davom ettirib, turli sohalarga oid ko’pgina asarlar, sharhlar va kitoblarga qo’shimchalar yozgan.
Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra Isfaxonda Ibn Sino rahbarligida bir kasalxona barpo etilgan. Uni “Davolash uyi” deb atagan ekanlar. Kasalxonaga bunday nom berishning o’z tarixi bor ekan. Ibn Sino tomonidan tnzilgan loyihada bu kasalxona “Davolash uyi”, deb atalgan ekan. Loyihani tasdiqlashda A’10 ud-Davla bu so’zni “Bemorlar uyi”, deb o’zgartirib qo’yibdi. Shunda Ibn Sino odob vamuloyimlik bilan A’lo ud-Davlaga kasalxonani ~’Davolash uyi” deb atash maqsadga muvofiq, chunki bunda
-83

bemorlarda kasallikdan qutilish umidi paydo bo’ladi. “Bemorlar uyi” deganda esa, umidsizlik hissi kelib chiqishi mumkin, deb tushuntiribdi va qo’shib qo’yibdi – “Mening ko’p yillik tajribam shuni ko’rsatdiki, xastalikdan qutilish mumkinligi haqida ishonch paydo bo’lishi bemor uchunjuda yaxshi dorilardan biridir”. Shunda A’lo ud-Davla Ibn Sinoga qarab, bir oz o’ylab qolibdi, so’ng “Bemorlar uyi” degan so’zni keskin o’chirib, “Davolash uyi” deb yozib qo’yibdi.
Abu Ubayd Juzjoniy Ibn Sinoning tibbiy asarlari va amaliy tabiblik faoliyati haqida unchalik ko’p ma’lumot bermagan. Faqat olimning tibga oid ba’zi asarlari qachon va qayerda yozilganligi haqida qizqa-qisqa ma’lumot berib o’tgan. Bir joyda Shayx bemorlarni davolash jarayonida ko’p tajriba hosil qildi. Vlarni “Al-qonun” kitobiga kiritmoqchi bo’ldi, lekin ular “Qonun” kitobi yozilishidan oldin turli sabablar bilan yo’qolib ketdilar” deb xabar qilgan, xolos.
Ibn Sinoning amaliy tabiblik faoliyati haqida esa “Olim bir marta o’zini bosh og’rig’i kasalligidan tuzatgan edi va xorazmlik bir ayolni o’pka sili kasalligidan davoladi”, deb yozish bilan cheklangan. Bizning fikrimizcha Ibn Sino ko’proq shohlar va katta amaldorlarni davolash bilan band bo’lgan bo’lsa kerak.
Biz yuqorida Ibn Sinoning tibga oid asosiy asarlarini ko’rsatib o’tdik. Rasmiy ma’lumotlarga binoan Ibn Sino tibga oid 31 asar tasnif etgan. Shulardan eng kattasi va eng muhimi “Tib qonuniari” kitobidir. Ibn Sino ana shu kitobi tufayli jahonga mashhur bo’lib ketgan.
Ibn Sino asarlarining hammasi ham bizgacha yetib kelgan emas. Ularning ko’pi vaqt o’tishi va turli suronli voqealar natijasida yo’q bo’lib ketgan. Masalan, olimning ko’p asari G’azna shahridagi kutubxonada saqlangan ekan. 1150-yilda bu shaharga o’t ketganida shu kitoblar ham yonib ketibdi.
Abu Ubayd Juzjoniyning yozishicha “Tib qonunlari” dastlab 14 jilddan iborat bo’lgan. Keyin u 5 jildga keltirilgan. Hozir bu kitob o’zbek va rus tillarida 6 jildlik qilib chop ettirilgan.
Ibn Sino hayotining so’nggi davri haqida Juzjoniy quyidagi rna’lumotni bergan: “Ustozjismoniy jihatdanjuda baquvvat odam edilar. U kishining tanasi kasalliklarga nisbatan chidamli edi. Ammo, 425-hijriy (1035- milodiy) yilning yozida u kishida qandaydir ichak kasalligi paydo bo’lib, unga har qancha muolaja qilsalar ham tuzalmadi. Aksincha kasallik og’irlashaverdi. Hech qanday dori kor qilmadi. Bunday ahvol bir yildan ortiq davom etdi. Nihoyat, ustozning darmoni butunlay qurib\ ahvoli haddan tashqari og’irlashib qoldi va kasalni tuzatish uchun har qancha urinishlarga qaramay, 427-yil (1037-milodiy)ning 24-iyunida ustoz olamdan o’tdi. Shunday qilib qanchadan-qancha odamlarni o’lim changalidan olib qolgan buyuk hakim o’z dardiga davo topa olrnadi.
84

Tarixchilar Ibn Sino qulanj (kolit) kasalligidan vafot etgan deb yozadilar. Bizning fikrimizcha oHm ichakda paydo bo’lgan saraton (rak) kasalligidan vafot etgan. Fikrimizni shu narsa tasdiqlaydiki, birinchidan Ibn Sinodek buyuk hakim saratondan boshqa hat qanday kasallikni muolaja usuli bilan davolay olardi. Ayniqsa o’zini. Ikkinchidan kasallikga hech qanday dori kor qilmagan. Chunki saratonni dori bilan tuzatib bo’lmaydi. Uni operatsiya qilish kerak. Tabiiyki, Ibn Sino o’zini-o’zi operatsiya qila olmasdi. Ehtimol, Isfaxonda o’sha vaqtda bunday operatsiyani qila oladigan jarroh bo’lmagandir. Uchinchidan rak kasalligi bir-bir yarim yildan oshmaydi. Shu muddat ichida bemor vafot etadi. Ibn Sino ham o’zida kasallik alomatlari paydo bo’lgan kundan boshlab bir yarim yilcha yashagan, xolos. Hastalikning bunday kechishi aynan saraton (rak) kasalligiga xosdir. Shu dalillarga asosan biz Ibn Sino rak kasalligi bilan og’rigan va shu kasallikdan vafot etgan, degan qat’iy fikrdamiz.
Abu Ali ibn Sino qomusiy bilimga ega bo’lgan buyuk hakim edi. Shuning uchun biz bu yerda olimning tibbiy fikrlari va tabiblik faoliyati haqida so’z yuritamiz.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *