Buyuk ipak yo‘li. Madaniy hayot

Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Yaqin va 0 ‘rla Sharqdagi turli o‘lkalar va tarixiy-madaniy viloyatlami bog’lab turuvchi ma’lum rna’nodagi karvon yo’llari tartibi hamda madaniy, siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy aloqalari ildizi neolit davri (mil. avv. V1.-1V ming yilliklar) bilan bog‘Janadi. Chunki aynan mana shu davrda 0 ‘rta Osiyoda ilk dehqonchilik madaniyati paydo bo‘lib yangi yerlar aholi tomonidan jadallik bilan o’zlashtirib boriladi. Bu jarayon bronza davriga kelib yanada kuchayadi.
Bu davrga kelib O’rta Osiyoda ko‘p sonli qabilalar va etnik guruhlar joylashgan bo‘lib, Qoraqum va Qizilqum cho’llarining ichki hududlari hamda Pomir va Oloyning yuqori mintaqalaridan tashqari barcha hududlar o‘zlashtirib boMingan edi. Bu hududlardag’i moddiy madaniyat umumiy holatda ikki guruhga-chorvachilik xo‘jaligi sohiblari boMgan Andronovo tarixiy-madaniy jamoalari (shimoliy mintaqa) va dehqonchilik xo’jhligi yuritgan Namozgoh tarixiy madaniy jamoalariga (janubiy mintaqa)
bo’linadi. Ular va ularga qo‘shni boMgan hududlar o’rtasida turli aloqalar mavjud edi. Ushbu aloqalar chorvador va o‘troq dehqonchilik ahoiisi o’rtasida almashinuv-savdo munosabatlarining jadallashuviga imkoniyat yaratdi. Ma’lum hududlarda tayyorlangan mahsulotlar yoki xom ashyoning boshqa bir hududlardan topilishi shu jarayondan dalolat beradi. Misol uchun, Andronovo madaniyatiga xos idishlar Marg’iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona hududlaridan topilgan bo’lsa, Xorazmda tayyorlangan sopoi va metall buyumlar shimoliy hududlarda ko’plab uchraydi. Zamonbobo va Gujayli yodgorliklaridan Badaxshon lojuvardidan tayyorlangan mahsulotlar topilgan.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, qadimgi savdo-tranzit yo’llari bronza davridayoq paydo bo’ladi. Ko’pchilik tadqiqotlar bu yo’lni “Lojuvard yo’li” deb ataydilar. Bronza davridagi 0 ‘rta Osiyoning savdo yollaridan biri Baqtriya va Marg’iyonani qadimgi Xorazm, So’g’diyona, Markaziy Qozog’iston va Ural bilan bog’langan. Mil. avv. Ill ming yitlikda Mesopotamiyada Badaxshon lojuvardi mashhur bo’lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, bronza davridagi yana bir yo’l Badaxshondan janubi-sharqqa tomon Afg’oniston orqali O’rta Osiyoning qadimgi xalqlarini Mesoootamiyaning shaharlari-Ur, Uruk, Kish, Lagash va boshqalar bilan bog’Jagan. Bronza davrining uchinchi yo’li O’rta Osiyoningjanubidagi Baqtriya va Marg’iyonani Hindistondagi Xarappa va Erondagi Mohinjo Daro madaniyat markazlari bilan
96
www.ziyouz.com kutubxonasi

bogMangan. Mil. avv. II ming yillikka kelib Farg’ona va Choch hududlari ham Qadimgi Sharq bilan aloqalar 0‘matadi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra bu davrda Mesopotamiya shaharlaridan chiqqan savdo yoMlari Eron va Janubiy Turkmaniston orqali Baqtriya va So’g’diyonadan o‘tib Farg‘onaga kelgan. Bu yoMning bir tarmog’i Farg‘onadan g’arbga Qozog‘is(on choMlari orqali Ural va Volga bo’yiga ketgan. Yana bir tarmogM esa Farg’onadan sharqqa Dovon orqali Sinszyan, Shimoliy Xitoyga ketgan.
Bronza davri yoMlarida qatnagan ot, eshak va tuya karvoniari orqali qimmatbaho toshlar, fil suyagi, metall va undan ishlangan buyumlar, taqinchoqlar, ba’zi hotlarda mayda chorva va g’alla tashilgan. Turli hududlardan topilgan arxeologik topilmalar shu jarayonlardan dalolat beradi.
Mil. aw. I ming yillikning birinchi yarmiga kelib, Gretsiya va Misrdan O’rta Osiyo va Hindistonga qadar ulkan hududlarda tashkil topgan Ahmoniylar davlati ko‘pgina davlatlar, xalqlar va eladarning turli tomonlama munosabatiarida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu o’rinda ayniqsa, bu davrda paydo bo’lgan va tarixiy adabiyotlarda “Shoh yo’li” deb ataluvchi yo’lning ahamiyatini ham ta’kidlash joizdir. Bu yo’lning bir tarmog’i mil. avv. VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini hamda O’rta Yer dengizi bo’yidagi Efes, Sardi shaharlarini Eronning markaziaridan bin Suza bilan bog’lagan bo’lsa, yana bir tarmog’i Erondan Baqtriya orqali So’g’diyona, Toshkent vohasi va Qozog’iston bududlaridan o’tib Oltoygacba borgan.
Tadqiqotchilaming fikrlariga qaraganda, mil. avv. Ill asrning oxiri- П asrlarda xalqaro ahamiyatga va aniq yo’nalishga ega bo’lgan savdo- tranzit yo’li shakllana boshlaydi. Bu yo‘l XIX asrning ikkinchi yarmida (1877) nemis olimi Ferdinand Paul Vilgelm Rixtgofen tomonidan dastlabki marta “Ipak yo’li” degan nom oidi va keyinchalik butun dunyo tadqiqotchilari tomonidan “Buyuk ipak yo’li” deb e’tirof etildi.
Buyuk ipak yo’lining qisqacha tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Xan imperiyasining U-di hukmronligi davrida (mil. aw. 140-86 yy.’ mamlakatning g’arbiy hududlariga boMgan qiziqish kuchayadi. XitOyliklai bu hududlarda o’sha davrda ancha xavfli bo’lgan harbiy kuchlar-xunnlai bilan to’qnashadilar. Xunnlarga qarshi kurashda ittifoqchilar topish ve ular bilan harbiy ittifoq tuzish maqsadida imperator U-di mil. aw.. 13? yilda diplomat, sayohatchi va savdogar Chjan Syanni O’rta Osiyogf
jo’natadi. Chjan Syan bir necha yil xunnlar qo’lida asirlikda bo’ladi ve mil.- avv. 128-126 yillarda Farg’ona (Dovon)ga keladi. Dovor
97
www.ziyouz.com kutubxonasi

hukmdoriari bilan harbiy ittifoq tuzishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan Chjan Syan ko‘p qiyinchiliklardan so’ng yurtiga yetib keladi. Chjan Syan missiyasi Xitoy uchun G‘arbiy oMkalarga chiqishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Keyinchalik Xitoy imperatori bilan Dovon hukmdoriari o’rtasida qonli urushlar bo’lib o’tdi. Bu urushlarga asosiy sabab xitoyliklami hayratga solgan Dovon “samoviy otlari’-edi.
Mil. avv. 111-105 yillarda imperator U-di Parfiya (Xitoy manbalarida Ansi deb eslatiladi) podsholariga, Qang’ hukmdorlariga, keyinroq esa Baqtriya yerlariga (Kushonlar) o’z elchilarini jo’natib ular bilan diplomatik-savdo aloqalarini o’rnatadi. Shu tariqa, mil. avv. 1I-I asrlarda Sharq bilan G’arbni bog’lovchi Buyuk ipak yo’liga asos solinadi. 0 ‘z davrida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan bu yo’lning dastlabki tarmog’i Xitoydagi Sian shahridan boshlanib, Sharqiy Turkiston, 0 ‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O’rta Yerdengizigachacho’zilgan.
Xitoyning Anosi shahriga kelib, Ipak yo’li bir necha tarmoql^rga bo’linib ketgan. Xususan bir tarmoq Anosi-Xami-Qoshg’ar orqali Qo’qonga, undan esa Toshkentga o’tgan. Bu yerdan Jizzax va Samarqand orqali Buxoroga kelgan yo‘l Urganch orqali Guryevga, u yerdan Oqsaroy orqali Qora dengiz bo’ylariga chiqqan. Yana bir tarmoq esa Dunxuan orqali Xo’tanga, undan Lohurga o’tib ketgan.
Undan tashqari, Buxoroga kelgan tarmoq ikkiga bo’lingan. Bu tarmoqning janubiy yo’nalishi Buxoro-Qarshi-G’uzor-Kesh-Termiz orqali Nishopurga o’tgan va Hirot orqali Hindistonga o’tib ketgan. Nishopurdagi tarmoqlardan biri Tehron-Qazvin-Hamadon-Bog’dod-Palmira yo’nalishi bo‘ylab O’rta Yer dengizi bo’yidagi Tir shahrigacha cho’zilgan. Umuman olganda Ipak yo‘lining janubiy tarmog’i O’zgan orqali O’shga o’tib, Quva-Marg’ilon-Qo’qon orqali Xo’jand, Samarqand, Buxoroga o’tgan. Shimoliy yo’nalishi esa Xazar xoqonligi va Bulg’or davlati orqali Kiyev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana boshlagan. Ipak yo’lining asosiy karvon yo’llaridan tashqari ichki savdo yo’llari ham mavjud edi
Mil. avv. 1 ming yillikning oxiri-milodiy I ming yillikning boshlariga kelib Tinch okeanidan Atlantika okeaniga qadar cho’zilgan ulkan geografik hudud madaniyati yuksak rivojlangan sivilizatsiyalaming yagona tizimiga birlashadi. Bu hududda joylashgan davlatlar-Xitoydagi Xan saltanati, Kushon podsholigi, Qang’ davlati, Parfiya davlati, Rim saltanatining chegaralari bir-biriga tutash edi. Ushbu zabardast saltanatlai va sivilizatsiyalar markazlari insoniyat tarixidan birinchi bo’lib “Buyuk inalr vn‘li” de.b nnmbnnvr.hi hir vn‘l bilan hnp’landilar. Umumiv uzunliei
www.ziyouz.
c
9
om
kutubxonasi
8

12 ming km boMib, Xitoydan 0‘rta Yer dengizining shimoSy qirg‘oqlariga qadar cho‘zilgan bu yo‘l orqali ko’pgina xalqtar va elattar turli tomonlama munosabatlar o’matdilar. Podsholarning o‘zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg‘alar in’om etishlari an’anstga aylandi. Sharq bilan G‘arb madaniyatining bir-biriga ta’siri kuchayfi. 0 ‘sha davrdagi ko‘plab madaniy o‘xshashlik!ar ham shu tufayli yuzaga keldi.
Agar geografik xaritaga e’tibor beradigan boMsak 0 ‘rta Osiyo®! qadimgi sivilizatsiyalar o‘zaro aloqalar tizimining markazida joylashganligini kuzatishimiz mumkin. Aynan mana shu geograflt joylashuv tufayli 0 ‘rta Osiyoda muhim etnik jarayonlar (hind-evropa, hind-eroniy, turklaming ko’chishi) bo’lib o’tishiga, madaniyatlarniqg o’zaro ta’sir doirasi faollashuviga keng imkoniyatlar yaratildi. Buyuk ipak yo‘li bo’ylab keng miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari bo’lib o’tdi, dipiomatik shartnomalar hamda harbiy ittifoqlar tuzildi. Osiyoning ichkarisiga va Uzoq Sharqqa harfiy yozuv va dunyo dinlarini^g (buddaviylik, xristianlik, zardo‘shtiylik, moniy, islom) yoyilishida 0 ‘rta
Osiyo xalqlari ulkan hissa qo‘shdilar. Buyuk Ipak yo‘li faqat karvon yoii bo‘libgina qolmasdan, Yevrosiyo xalqlari sivilizatsiyasi tarixida o’chmas iz qoldirgan, uning har tomonlama taraqqiy etishida ulkan omii bo‘8b xizmat qilgan jarayondir. 1987-yilda YUNESKO BMTning butunjahon dekadasi doirasida madaniy rivojlanish bo’yicha “Buyuk ipak yoMi-muloqot yo‘li” dasturini qabul qildi. Ushbu dasturda O’rta Osiye sivilizatsiyasi tarixini har tomonlama va chuqur o’rganishga katta e’tiber qaratildi. Undan tashqari, bu dastuming asosiy maqsadi-Sharq va G‘a*i? o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalami yanada chuqurlashtirib mustahkamlash, bu ulkan mintaqalarda yashayotgan ko’p sonli xalqlarning o’zaro munosabatlarini yanada yaxshilashdan iborat edL 2000-yilga qadar mo’ljallangan ushbu dastur asosida ko’pgma ekspeditsiyalar (“Marko Polo izidan”, 1987, Istambul-Pekin; “Dengiz” ekspeditsiyasi, 23.X.90y.-23JI.91; Xivada yakunlangan “Markaziy Osiye respublikalari bo’ylab”, 1991; “Ko’chmanehi madaniyatlar yo’nalisfej bo’ylab ekspeditsiya”, iyun-avgust, 1992; “Yevropa ipak yo’li”, 199$, Istambul-Leon) ko‘plab ilmiy-amaliy xalqaro anjumanlar (Samarqand, 1990; Turku, Finlandiya, 1993; Kipr, 1994; Buxoro,1996; Boku, 1998)
o’tkazildi.
, Buyuk ipak yoMini o‘rganish va qayta tiklashda O’zbekiston
rahbariyati ham alohida e’tibor qaratmoqda. Chunonchi, respublikmne hududlarida uyushtirilg» ekspeditsiyalar natijasida ko’pgina tarixiy-

www.ziyouz.com kutubxonasi

madaniy obidalar o’rgamldi. Qadimgi yo‘llar va yo’nalishlar aniqlandi milliy-ma’naviy boyligimiz hamda an’analarimiz o’rganildi Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro Instituti ochilgar boMib, uning asosiy yo‘nalishiaridan biri Buyuk ipak yo’li va uning bo‘yiarida joylashgan shaharlami o‘rganishdir. 1997-yilning mayids O’zbekiston ham o‘z hissasini qo‘shgan Mashhad-Saraxs, Saraxs- Mashhad temir yo’li ochildi. Bu bilan 0 ‘rta Osiyo mamlakatlari For qo‘Itig‘iga, Yevropa xalqlari esa 0 ‘rta Osiyoga temir yo‘l orqali chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 1998 yil Boku shahridagi Buyuk ipak yoMini quruqlikda Yevropadan Yaponiyagacha qayta tiklash masalalariga bagMshlangan xalqaro anjuman boMib o‘tdi. Yevropa-Kavkaz-Osiуоni bog‘laydigan ushbu transport yo‘li (TRASEKA) qurilishida 0 ‘zbekiston ham ishtirok etmoqda va bu yo‘l butun dunyo iqtisodiyotini yuksaltirishiga xizmat qilishi shubhasizdir. Antik davr 0 ‘rta Osiyo tarixida madaniy hayotning turli tomonlama taraqqiy etganiigi .bilan
izohlanadi. Butun dunyo xalqlari tarixiy-madaniy rivojlanishida boMgani kabi bu davr 0 ‘rta Osiyo jamiyatining ijtimoiy va ma’naviy hayotida diniy mafkura katta ahamiyatga ega boMdi. Bu davrda 0 ‘rta Osiyoning asosiy hududlarida zarduslniylik va buddaviylik dinlari ustunlik qilishiga qaramasdan ular bilan bir qator yunon dinlari, moniylik ham yoyiigan edi. Makedoniyalik Iskandar yurishlari davri va uning vorislari (Salavkiylar. Yunon-Baqtriya) davrida 0 ‘rta Osiyo hududlariga Ellinizm madaniyati kirib keldi. Yunon dinlarining keng yoyilishi Yunon-Baqtriya davriga
to‘g‘ri kelsa, Budda dinining keng yoyilib davlat dini darajasiga ko‘tarilishi Kushonlar davriga to‘g‘ri keladi. Kushon davri oxirlariga kelib ssa Moniy dini yoyiladi. 0 ‘rta Osiyoda mil. avv. II-l asrlarga kelib yunon- makedonlar hukmronligi tugagan boMishiga qaramay ellinizm madaniyati moddiy va badiiy madaniyatda o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. Yellin Kudolari-Gerakl, Gefest, Dionis, Afina kabilarga sig‘inish kuchliligicha qolaveradi. Bu xudolar tasvirlari Kushon podsholari tangalari va laykallarda o‘z aksini topgan. Undan tashqari, yunon alifbosi asosida :ashkil topgan baqtriya yozuvi ham saqlanib qoldi. Kushon davri ellinizm
nadaniyatiga oid topilmalar 0 ‘rta Osiyoning ko‘pgina hududlaridan topib 3‘rganilgan.
0 ‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi va ilk o’rta asrlar davri ma’naviy layotida buddaviylik muhim ahamiyatga ega boMdi. Dunyo xalqlari’ >rasida keng yoyiigan .bu din mil. avv. VI asrda Hindistonda paydo x)‘ladi. Mil. aw . Ill asrga kelib podsho Ashoki davrida buddaviylik k£ng lududlami o‘z ichiga olgan hind podsholigi Mauryaning davlat diniga
100
www.ziyouz.com kutubxonasi

aylanadi. Keyinroq esa Baqtriya, So‘g‘diyona hududlariga yoyiladi. Ayritom, Dalvarzintepa, Qoratepa, Fayoztepa kabi yodgorliklardan topilgan topilmalar buddaviylik dastlab Shimoliy Baqtriya hududlariga yoyilganidan dalolat bersa, Xitoy yozma manbalari 0 ‘rta Osiyoning Parfiya. Baqtriya, S o !g ‘d viloyatlarida ham buddaviylik yoyilganligini tasdiqlaydi. Antik davr oxirlarida keng tarqalgan dinlardan yana biri Moniylik dinidir. Ko’pchi-lik tadqiqotchilarning fikricha, bu dinning asoschisi va payg’ambari boMgan Moniy milodiy 216 yilda Janubiy Bobilda tugMladi. Moniy e’tiqod faoliyatini Ardasher hukmronligi (227- 241 yy.) davrida boshlaydi. Keyinroq esa Shopur I davrida Sosoniylaming markaziy shaharlaridan biri Ktesifon shahrida o’zta’limotini targMb qilish huquqini oladi. Moniylik dini aholining kambag’al va o‘rta tabaqalarini keng jalb etgan “kim boy boMsa, o‘sha qashshoq boMadi, sadaqa so‘raydi va katta g’am-alamni boshidan o’tkazadi” degan ijtimoiy shiomi ilgari
surdi.
Zo!r berib tashviqot qilinishi natijasida Moniylik dini hali Moniy
hayotlik vaqtidayoq nafaqat Eron, balki, Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Rim, Sharqqa va O’rta Osiyo hududlariga yoyildi. Moniyning o‘zi shunday ta’kidlar edi: “Mening dinim har bir davlatga va har qanday tilda tushunarli boMadi va uzoq oMkalarga yoyiladi”.
Moniy taMimoti Erondagi hukmron doiralar va zardo‘shtiylik kohinlar orasida qattiq noroziliklarga sabab boMganligi tufayli podsho Varaxron 1 davrida (273-276 yy.) Moniy zindonband qilib qatl ettiriladi. Uning tarafdorlari quvgMn ostiga olinganidan so’ng, katta qismi O’rta Osiyo hududlariga ko’chib o’tadi. Bu haqda arab tarixchisi An-Nadim maMumotlar beradi. Keyinroq Moniylik ta’limoti O’rta Osiyoga ancha keng yoyiladi. Uning markazlari Marv, Samarqand va Chag’aniyon edi.
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, antik davr o’lkamiz hududlaridan ko’plab ibodatxonalar ochib o’rganilgan. Asosan kushon davriga oid bo lgan bu ibodatxonalar rejaviy tuzilishi jihatdan turlicha bo’lib, ulardagi topilmalar orasida turli kattalikdagi haykallar ko’pchilikni tashkil etadi. Ushbu haykal va haykalchalar turli dinlarning turli-tuman xudolari, ma’budalari va sig’inishlari bilan bog’liqdir. Bu davr O’rta Osiyo xalqlarining madaniy hayotdagi eng katta yutuqlaridan biri mil. aw. Vl-II asrlarda Oromiy yozuvi asosida Xorazm, Parfiya, So‘g‘d keyinroq esa Kushon (Baqtriya) yozuvining ajralib chiqishidir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *