DIAGNOSTlKA VA DAVOLASH SOHASIDAGI KASHFIYOTLAR

XIX-XX asrlarda diagnostika sohasida flZikaviy, kimyoviy va biologik vositalardan keng foydalana boshlandi. Bular yordamida auskultatsiya, perkussiya, elektrokardiografiya, rentgenoskopiya, miICroskopiya va fiziologik hamda bioximik tekshirish usullari amalga oshirildi.
Auskultatsiya. Bu usulni fransuz olimi Rene Laennek (1781-1826) ishlab chiqdi. Umuman bu usuldan qadimgi mashhur hakimlar
164

(Gippokrat, Ibn Sino vah.k.) ham foydalangan edilar.Gippokrat o’z kitobida bu usul haqidaanchabatafsil ma’lumot bergan edLLaennekGippokratning bu usul haqidagi yozganlarini o’qib, amalda uni tekshirib ko’rdi va bu usul yurak va o’pka kasalliklarini aniqlashdajuda qulayekanligini ko’rdi.
Qadimgi hakimlar yurak va o’pka kasalliklarini auskultatsiya usuli bilan aniqlashda o’z quloqlarini shu a’zolar joylashganjoyga to’g’ridan-to’g’ri qo’yib eshitar edilar. Laennek ham dastlab shunday qilgan edi. Lekin bir sabab bilan duradgorga stetaskop yasatib shu orqali eshita boshladi. I Bu usul to’g’ridan-to’g’ri quloq qo!yib eshitishga nisbatan afzal bo’lib chiqdi. Chunki, to’g’ridan-to’g’ri quloq qo’yib eshitishda tana bilan vrach qulog’ining bir-biriga ishqalanishi natijasida paydo bo’ladigan qo’shimcha tovushlar bunda bo’lmas ekan.
Laennek auskultatsiya usuli haqidagi o’z tajribalarini umumlashtirib, 1819-yilda maxsus asar yozib unda bu usulning metodikasini va uning ijobiy tomonlarini ko’rsatib berdi. Auskultatsiya usuli tufayli ko’krak
qafasidagi organlaming ko’pgina kasalliklarini aniq belgilash imkoniyati paydo bo’ldi.
Perkussiya. Bu usulni venalik mashhur olim Leopold Auenbrugger (1722-1809) ishlab chiqdi. Bu usuldan ham o’z vaqtida Gippokrat bilan Ibn Sino foydalangan edilar. Auenbrugger bu usulni takomillashtirdi. U 1761-yilda maxsus kitob yozib, unda perkussiyani qanday amalga oshirish, undan qanday foydalanish kerakligini ko’rsatib berdi. Ammo, dastlab bu usul uncha keng tarqalmadi. Chunki, uni har bir tabib ham qila olmas edi. Bu usul ma’lum tajriba talab etardi. Shuning uchun Auenbruggerdan keyin bu usul bir qancha vaqt foydalanilmay qoldi. Hatto bu usulga qarshi chiquvchilar ham bor edi. Ammo, keyinroq perkussiya usuli foydali ekanligi isbot etildi.
Fransuz olimi Jan Nikol Korvizar (1755-1821) Auenbruggerning perkussiya usuli haqidagi asari bilan tanishib, 20 yil davomida bu usulni tekshirdi va takomillashtirdi. 1808-yilda Auenbruggeming asarini fransuz tiliga tarjima qilib chop ettirdi. 1818-yilda bu haqda o’zi asar yozib, unda perkussiya usulini foydali ekanligini isbotlab berdi. Shundan keyin perkussiya usuli keng tarqala boshladi. Bu usul asosan ko’krak qafasidagi organlarni (o’pka, yurak) tekshirishda ishlatiladigan bo’ldi.
Elektrokardiografiya (yurak harakati vaqtida unda paydo bo’ladigan elektrik jarayonlami yozib olish usuli). Bu usul gollandiyalik oHm
I Ish bunday bo’lgan ekan: bir katta lavozimdagi kishining xotinining yuragi kasal ekan. Laennek xotiningizning yuragi qanday kasallikka duchor ekanligini aniqlash uchun men qulog’imni qo’yib yurakp.ing ishini tekshirishim kerak, debdi. U kishi xotinining ko’kragiga begona kishi qulog’ini (demak boshini) qo’yishini istamabdi. Shunda Laennek stetaskop yasatib, bemoming yuragini shu asbob orqali eshitibdi. Shunday qilib stetaskop
‘kashf etilibdi. Boshqa bemorlami ham shu bilan eshita boshlabdilar.
165

Eyntxoven (1860-1927) tomonidan ishlab chiqilgan. Bu usul yordamida yurakning turli fiziologik va patologik holatlari aniqlanadi. Yurak kasalliklarini aniqlashda bu usul juda qulaydir. Eyntxoven o’z kashfiyoti bilan klinik diagnostika usuliga muhim hissa qo’shdi.
Rentgenoskopiya. Bu usulga Vilgelm Konrad Rentgen ismli fizik olim asos solgan. U 1895-yilda tasodifan ko’zga ko’rinmas nurni kashf etdi. Bu nur Rentgen nuri, deb ataldi. Nur tekshirib ko’rilganida u tananing yumshoq qismlaridan o’tib keta olishligi, qattiq qismlarda, masalan, suyakda esa ushlanib qolishligi ma’lum bo’ldi.
Bu nur turli a’zolarda turli darajada ushlanib qolar ekan. Shunga asosan a’zolarni rentgen nurlari yordamida tekshirish usuli ishlab chiqildi. Ayniqsa yurak va o’pkaning holatini tekshirishda bu usuljuda qulay keldi. Keyinchalik boshqa a’zolar (me’da-ichaklar, buyrak va h.k.) ham rentgenologik usulda tekshirila boshladi. Rentgenoskopiya (a’zolarni rentgen nurlari yordamida ko’zdan kechirish)dan so’ng, rentgenografiya (ichki a’zolarni rentgen nurlari bilan suratga olish) usuliga o’tildi. Hozir amaliy tibbiyotda bu usullar juda keng qo’llanadi.
XX asrga kelib, amaliy va nazariy tibbiyotning hamrna sohalari juda tez rivojlana boshladilar. Klinik tibbiyot, xususan, jarrohiya sohasida asrlar davomida yechilmay kelgan muammolar hal etildi. Masalan, operatsiyani og’riqsizlantirish, operatsiya qilingan joyni yiringlashdan saqlash, bemorning tomiriga qon quyish va h.k.
Og’riqsizlantirish usuli qadim zamonlarda ham qo’llanilgan edi. Ammo, og’riqsizlantiruvchi vositalar yetarli va ta’sirchan bo’lmaganligi sababli, bu usul keng tarqalmay qoldi. Xususan, hidlatuvchi va tomirga quyiluvchi og’riqsizlantiruvchi kimyoviy modda yo’qligi bu usulni rivojlantirishga imkon bermagan edi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida kimyo fanining taraqqiyoti tufayli bu masala hal qilindi. 1846- yilda amerikalik tish tabibi efir bilan og’riqsizlantirib, bemorning og’riq tishini sug’urib oldi. 1847-yilda esa bu usulni jarroh Jo’n Vorren katta jarrohiyada qo’lladi. V efir bilan og’riqsizlantirib, bemorning me’dasini operatsiya qildi. Shundan so’ng, og’riqsizlantirish usuli amaliy tibbiyotda keng tarqala boshladi.
Yiringlashga qarshi chora (asepti~~ va antiseptika). Biz yuqorida XV asrda Samarqandda yashagan Tojiddin liakim ismlijarrohning operatsiya qilingan joyning yiringlashiga qarshi chora-usullar qo’llagani haqida yozgan edik. Lekiri, bu usul amaliy tubbiyotda keng qo’llanmay qolib ketgan edi. XIX asrda bu usulni Inglizjarrohi 10zefLister (1827-1912) qaytadan tiklab, yanada rivojlantirdi.
166

Qon quyish usuli. Bemor yoki jarohatlangan kishi yo’qotgan qonni tiklash muammosi ham ko’p vaqtlardan beri hal bo’lmay kelardi. Bunga ikki sabab bor edi. Birinchisi qon quyish texnikasining ishlab chiqilmaganligi. Ikkinchisi esa har bir kishining qoni o’ziga hos xususiyatga ega ekanligi edi. Shuning uchun qon quyish texnikasi ishlab chiqilgandan keyin ham qon quyish usuli rivojlanmay qolaverdi. Chunki, ko’pincha qon yo’qotgan kishi bilan qon beruvchi kishining qonining biologik xususiyati bir-biriga to’g’ri kelmay tomiriga qon quyilgan kishi halok bo’lardi. Bu masala ham XX asr boshida hal qilindi. 190 l-yilda avstriyalik olim Karl Landshteyner (1868-1943) odam qonini biologik xususiyati jihatidan 3 gruppaga bo’ldi. 1907-yilda esa Po’lsha olimi Van Yanskiy (1873-1921) qon 4 gruppaga bo’linishini aniqladi. Bemor qonining gruppasiga mos gruppa qon quyilsa organizm uni reaksiyasiz qabul qilishi ma’lum bo’ldi. Shundan keyin qon quyish usuli keng qo’llanila boshladi.
Shunday qilib, ko’p asrlar jarrohlarning “qo’lini bog’lab kelgan” muammolar hal qilindi.
XIX-XX asrlarda, tibbiyot sohasida yana bir muhim yangilik kelib chiqdi. Bu jamoat (sotsiyal) tibbiyotning shakllanishi edi. XIX asrning boshida Angliyada bir guruh hakimlar (Jon Saymon, Grinxav, Buykenen, Smit, Xanter va b.) alohida guruh kishilarda uchraydigan kasalliklarni tekshirib, bu kasalliklarning kelib chiqishi mehnat va yashash sharoiti bilan bog’liq ekanligini aniqladilar. Bu hakimlar jamoat hakimlari, (sotsial gigiyenistlar) degan nom oldilar. Jamoat hakimlari o’z tekshirishlari natijasida ko’p narsani aniqladilar. Xususan, yomon yashash va ish sharoiti, antisanitariya, ichkilikbozlik va boshqa zararli odatlar turli kasalliklarga sabab bo’lishini ochib berdilar. Bu bilan ular
jamoat tibbiyoti (sotsial gigiyena)ga asos soldilar. Shu hakimlarning xulosasiga asosan Angliya hukumati 1848-yilda maxsus qaror (“Ko’k kitob”) qabul qildi. Bu qarorda, korxonalar sanitariya qoidalariga rioya qilishlari kerakligi ko’rsatilgan edi.
Germaniyada bu ishni Alfred Grotyan, Grinxav, Fisher, Uinslov, Popper kabi hakimlar olib bordilar. Ammo, bu hakimlar ko’proq laboratoriya tekshirish ishlari bilan cheklanardilar. Faqat Alfred Grotyan masalaga sotsiologiya jihatidan yondashardi, xolos. U sotsial gigiyenani alohida fan darajasiga ko’tardi va 1920-yilda tibbiyot institutida sotsial gigiyena kafedrasini tashkil etdi. Shunday qilib, XX asrning boshiga kelib,
tibbiyot sohasida yangi fan – sotsial gigiyena fani shakllandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *