DORIVOR YIGʻMALAR (Species)

Dorivor yigʻmalar bosh kelishik koʻplik sonda – Species,
qaratqich kelishik koʻplik sonda – Specierum.
Dorivor yigʻmalar maydalangan yoki butun oʻsimlik ashyolarining aralashmasi boʻlib, ba‘zi
hollarda ularga tuzlar, efir va boshqa moddalar qoʻshiladi.
Ular damlama va qaynatmalar shaklida ichish uchun, vanna, chayqash, yuvish uchun va
sirtga ishlatiladi. Dorivor yigʻmalar oddiy va murakkab va/yoki qismlarga boʻlingan va
boʻlinmagan boʻladi. Ichish uchun tavsiya etiladigan murakkab dorivor yigʻmalar choy deb
nomlanadi. Dorivor yigʻmalar dorixonalardan umumiy miqdorda, ya‘ni 50 g, 100 g, 150 g,
200 g dan chiqariladi. Tarkibi va qabul qilish usuli koʻrsatilgan holda qogʻoz qutichalar va
xaltachalarda chiqariladi. Tarkibida zaharli va kuchli ta‘sir koʻrsatadigan moddalar boʻlgan
oʻsimliklardan iborat yigʻmalar qismlarga boʻlingan dorivor yigʻmalar koʻrinishida
chiqariladi.
Misol. 10 qismga boʻlingan dorivor yigʻmaga Retsept yozib berilsin, qaysiki tarkibida 2 g
Adonis oʻti va 1,5 g Valeriana ildizi boʻlsin. Dorivor yigʻmaning 1 ta dozasini 1 stakan
suvda qaynatib 30 daq. damlab qoʻyilgach, suzib 1 osh qoshiqda kuniga 3 mahal ichish
buyurilsin.
28
Manbaa: @pharma_baza
Rp.: Herbae Adonidis vernalis 2,0
Radicis Valerianae 1,5
M.f. species
D.t.d.N. 10
S. Dorivor yigʻmaning 1 ta dozasi 1 stakan issiq (qaynoq) suvda qaynatib, 30 daq.
damlab qoʻyilgach suzib, 1 osh qoshiqdan ichilsin.
Ofisinal dorivor yigʻmalar yozishga misol. 50 g astmaga qarshi dorivor yigʻmaga retsept
yozib berilsin.
Rp.: Species anti astmatici 50,0
D.S. Kuniga 2 marta 1-2 choy qoshiqdan kuydirib, tutuni hidlansin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *