DOZALAR VA OʻLCHOV BIRLIKLARI (farmakologiya)

Doza – bu dori moddalarining organizmga bir marotaba kiritiladigan, ma‘lum farmakologik
ta‘sirni yuzaga keltiruvchi miqdoridir.
Dozaning quyidagi turlari mavjud:
 Bir martalik doza (Dosis pro dosi)
 Sutkalik doza (Dosis pro die)
 Kurslik doza (Dosis pro curso)
Ushbu dozalarning har biri oʻrtacha terapevtik, yuqori terapevtik va minimal (boʻsagʻa)
dozalariga boʻlinadi.
Shuningdek:
 Oʻlim rivojlantiruvchi doza (Dosis letalis)
10
Manbaa: @pharma_baza
 Zaharli yoki toksik doza (Dosis toxica)
 Maksimal yoki yuqori doza (Dosis maxima – Md)
 Terapevtik yoki oʻrtacha doza (Dosis terapevtica – td)
 Minimal, yoki boʻsagʻa dozasi (Dosis minima – md)
Terapevtik doza – bu balogʻat yoshiga (24 yosh) yetgan, vazni 70 kg boʻlgan shaxsga bir
marta qabul qilish uchun beriladigan dori miqdori boʻlib, u maksimal dozani 2 yoki 3 ga
boʻlish orqali topiladi:
td = Md / 2 yoki 3
Bolalar uchun terapevtik dozani hisoblash:
1). Kattalar uchun terapevtik dozadan bolaning yoshini inobatga olib hisoblanadi:
td bola = td katta x Y bola yoshi / 24
2). Kattalar uchun terapevtik dozadan bolaning vaznini inobatga olib hisoblanadi:
td bola = td katta x V bola vazni / 70
Keksa yoshdagi bemorlarga kattalarga berladigan dori miqdorining 3/4 yoki 1/2 qismi
beriladi.
Izoh: mazkur formulalarda td – terapevtik doza, Md – maksimal doza, Ybola yoshi – bolaning
yoshi, 24 – kattalar bilan bolalar orasidagi chegaraviy yosh, Vbola – bolaning vazni, 70 –
kattalarning oʻrtacha vazni.
Retsepturada ogʻirlik oʻlchov birligi sifatida 1 gramm qabul qilingan, ya‘ni 1 sm3
distillangan suvning 4°C haroratdagi oʻgʻirligi.
Dori moddalarini dozalashda bir grammdan kichik miqdorlardan foydalanishga toʻgʻri
keladi. Retseptda gramm va uning ulushlari quyidagicha yoziladi:
Ogʻirlik ulushlari Retseptda dozaninng
ifodalanishi
Ogʻirlik oʻlchovi
birliklari Qisqartmasi
1 1,0 1 gramm 1 g
1 / 10 0,1 1 desigramm 1 dg
1 / 100 0,01 1 santigramm 1 sg
1 / 1000 0,001 1 milligramm 1 mg
1 / 10 000 0,0001 1 desimilligramm 1 dmg
1 / 100 000 0,00001 1 santimilligramm 1 smg
1 / 1000 000 0,000001 1 mikrogramm yoki
gamma 1 mkg
Agar dori moddasi tomchilarda berilsa, tomchilar soni Rim raqamida koʻrsatiladi. M-n: gtts
V (besh tomchi). Agar dori vositasi tarkibiga dozasi ta‘sir birligida (TB) ifodalangan dori
moddalari kirsa retseptda ogʻirlik miqdorlari oʻrniga dorining ta‘sir birligidagi miqdori
koʻrsatiladi. M-n: 250 000 TB.
11
Manbaa: @pharma_baza
Hajm oʻlchovi birligi sifatida 1 litr qabul qilingan. Bu 1000 kub santimetr kimyoviy toza
suvning odatdagi atmosfera bosimida (760 mm simob ustuni) va 4°C haroratdagi eng yuqori
miqdori.
RETSEPT VA UNING TUZILISHI
Retsept – bu shifokorning farmasevtga ma‘lum shakl, doza, va miqdorda dori tayyorlash
to`
gʻrisidagi yozma murojaati boʻlib, bunda bemor ushbu doridan qanday foydalanish
kerakligi haqida ma‘lumot ham beriladi.
Retsept blankasi ikki qismdan iborat boʻlib, maxsus, oʻlchami 105 mm x 148 mm boʻlgan
(yirtma koreshogi oʻlchami esa 70mm x 148 mm) blankada siyoh yoki sharikli ruchkalarda
aniq va ravshan qilib yozilishi kerak. Chunki u tibbiy yuridik hujjatdir. Imtiyozga ega
boʻlgan bemorlar uchun retsept yozilganda retsept blankasiga bu haqda tegishli muhr
(―bepul‖, ―imtiyozli‖) bosiladi va albatta shifokorning imzosi, muassasa rahbari imzosi va
yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
Narkotik moddalar va kuchli ta‘sir etuvchi dori vositalari maxsus hisobda turadigan, tartib
raqamiga ega boʻlgan (pushti rangli) blankalarda yoziladi. Bunday blankalar bosh
shifokorda, seyfda saqlanadi.
Agar bemorga dorini tez tayyorlab berish kerak boʻlsa shifokor retsept blankasining yuqori
qismiga koʻrinib turadigan joyiga Cito – tez, yoki Statim – darhol degan soʻzni yozib beradi
va bunday retseptga dorixonada navbatsiz xizmat koʻrsatiladi.
Retseptda 2 ta yoki bir necha modda bir xil miqdorda yoziladigan boʻlsa, doza oʻsha
preparatlar oxirgisining qarshisiga qoʻyiladi, undan oldin ana yoki qisqacha āā soʻzini yozib
qoʻyiladi, bu bir xil miqdorda degan ma‘noni bildiradi.
Agar bemorga beriladigan dorini takrorlash zarurati tugʻilsa, shifokor buni retseptning
koʻrinib turadigan joyiga yozib qoʻyishi lozim. Masalan, Repetatur takrorlansin, Bis
repetatur ikki marta takrorlansin.
Bitta retsept blankasida 2 ta retsept yozilgan taqdirda ular bir-biridan # belgisi bilan
ajratiladi.
Retseptda lotincha soʻz va ifodalarning qisqartirilgan shakli qoʻllanilishi mumkin. Soʻz
undosh harfda qisqartiriladi, agar juft undosh boʻlsa – ikkinchi harfda qisqaradi.
Ogʻirlik
ulushlari
Retseptda
dozaninng
ifodalanishi
Ogʻirlik oʻlchovi
birliklari Qisqartmasi
1000 1000 ml 1 litr 1 l
1000 / 10 100 ml 1 desilitr 1 dl
1000 / 100 10 ml 1 santilitr 1 sl
1000/1000 1 ml 1 millilitr 1 ml

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *