Efferent nerv sistemasiga ta’sir etuvchi moddalar

Efferent (markazdan qochuvchi) innervatsiyaga kiradi:
1)Harakatlantiruvchi (somatik) nerv tolalari (skelet mushaklarini innervatsiya qiladi)
2)Vegetativ nervlar (ichki organlarni, bezlarni, qon tomirlarni innervatsiya qiladi).
Harakatlantiruvchi nerv tolalari bosh va orqa miyada joylashgan motoneyronlarning
aksonlari hisoblanadi. Motoneronlarning qoʻzgʻalishi harakatlantiruvchi nerv tolalari orqali
skelet mushaklariga oʻtkaziladi va ularni qisqartiradi. Vegetativ nerv sistemasida simpatik va
parasimpatik innervatsiya farqlanadi. Ichki organlar va bezlar simpatik va parasimpatik nerv
tolalari orqali innervatsiya qilinadi. Koʻpgina qon tomirlari faqat simpatik innervatsiya oladi.
Simpatik nerv tolalari orqa miyaning koʻkrak va bel qismlaridagi kulrang modda yon
shoxlaridan boshlanadi. Bu tolalar orqa miyani tark etib simpatik gangliylarda tugaydi
(simpatik ganglionlar innervatsiya qiladigan organlardan tashqarisida joylashgan).
Gangliylarda bu nerv tolalarining oxirgi uchlari (ular preganglionar nerv tolalari deb
nomlanadi) ganglion nerv hujayralari (postganglionar nerv hujayralari) bilan bogʻlanib
ganglionergik neyronlardan tashqariga chiqib innervatsiyalanadigan organ va toʻqimalarda
tugaydi va neyroeffektor sinapslar hosil qiladi.
84
Manbaa: @pharma_baza
Parasimpatik nerv tolalari bosh miyaning stvol qismidan (III, VII, IX, va X kranial nerv
yadrolaridan) va orqa miyaning sakral qismlaridan boshlanadi.Bu tolalar (preganglionar
nerv tolalari) innervatsiyalanadigan organda joylashgan parasimpatik gangliylarda tugaydi.
Parasimpatik gangliylarda preganglionar tolalar oxirlari ganglionar nerv hujayralari bilan
bogʻlanib ganglionar sinapslarni hosil qiladi.Ganglionar hujayralar aksonlari (postganglionar
parasimpatik tola) innervatsiyalanadigan organ hujayralarida tugab, neyro-effektor
sinapslarni hosil qiladi.
Simpatik innervatsiya qoʻzgʻalishi natijasida yuzaga keladigan asosiy effektlar:
1.Koʻz qorachigʻining kengayishi (kamalak parda radial muskullarida joylashgan 1 (Gq)
retseptorlar hisobiga shu muskul qisqarishi sabab.)
2.Yurak faoliyati kuchayishi:(Yurakda joylashgan 1(Gs) retseptorlar hisobiga)
a)Yurak qisqarishini kuchayishi
b)Yurak qisqarishlar sonining ortishi
c)Atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlikning yengillashishi

  1. Qon tomirlarning torayishi (arterial va venoz). (qon tomirlarda joylashgan 1 (Gq) va 2 (Gi)
    retseptorlar hisobiga)
    4.Arterial va venoz qon bosimining oshishi (yurak qisqarishlarining osishi va qon
    tomirlarning torayishi).
    Parasimpatik innervatsiya qoʻzgʻalishi natijasida yuzaga keladigan asosiy effektlar:
    1.Koʻz qorachigʻining torayishi (kamalak parda aylana muskullarida joylashgan M3(Gq)
    retseptorlar hisobiga shu muskul qisqarishi).
    2.Akkomodatsiya spazmi (siliar yoki kipriksimon muskullar qisqarishi, M3(Gq) hisobiga).
    3.Yurak qisqarishlarining kamayishi ( M2(Gi/o) hisobiga).
    4.Atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlikning qiyinlashuvi ( M2(Gi/o) hisobiga).
    5.Ichki organlardagi silliq mushaklar tonusining oshishi –– bronxlar, oshqozon-ichak tizimi
    va siydik pufagida (sfinkterlardan tashqari). ( M1(Gq) va M3(Gq) hisobiga).
    6.Bronxial va hazm bezlari sekretsiyasi oshishi (soʻlak bezlari, oshqozon-ichak tizimi
    bezlari) ( M1(Gq) va M3(Gq) hisobiga).
    Efferent innervatsiyaning umumiy sxemasi 9- rasmda koʻrsatilgan .
    Farmakologik moddalar efferent innervatsiyaga ta‘siri sinapslarda sodir boʻladi
    (ganglionergik sinaps, neyro-effektor sinaps, nerv-muskul sinapsi). Koʻpgina efferent
    innervatsiya sinapslarida qoʻzgʻalishlar asetilxolin yordamida oʻtkaziladi. Bunday sinapslar
    xolinergik sinapslar deb nomlanadi. Asetilxolin qoʻzgʻalishni postganglionar parasimpatik
    tola va organlardagi effektor hujayralar oʻrtasida hosil boʻlgan sinapslarda qoʻzgʻalishni
    oʻtkazadi. Simpatik gangliyalarda qoʻzgʻalishni asetilxolin ta‘sirida oʻtkaziladi. Simpatik
    gangliy neyronlari buyrak usti bezining miya qismidagi xromaffin hujayralari bilan
    bogʻlangan. Bu hujayralar ham xolinergik innervatsiya oladi, lekin simpatik gangliy
    neyronlaridan farq qilib, aksonlaridan asosan adrenalin (A – hujayralar) va kam miqdorda
    85
    Manbaa: @pharma_baza
    noradrenalin (N – hujayralar) ajraladi. Asetilxolin qoʻzgʻalishni nerv-muskul sinapslari
    boʻylab oʻtkazadi (harakatlantiruvchi nerv tolalari va skelet mushak tolalari oʻrtasida).
    Asetilxolin ajraladigan nerv tolalari xolinergik tola deb nomlanadi. Postganglionar nerv
    tolalari oxiri va effektor a‘zo hujayralaridan hosil boʻlgan sinapslarda noradrenalin mediator
    sifatida ta‘sir qiladi. Bunday sinapslar adrenergik deb nomlanadi (mediator Noradrenalin
    hisoblanadi). Noradrenalin ajraladigan nerv tolalari ham adrenergik deb nomlanadi. Ter
    bezlarining katta qismi atipik simpatik innervatsiya oladi: postganglionar simpatik tola
    noradrenalin ajratmaydi, lekin atsetilxolin ajratadi (simpatik xolinergik innervatsiya).
    9-Rasm. Efferent innervatsiya
    АЦХ – asetilxolin ; Aдр – adrenalin; НА – noradrenalin;

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *