EKSTRAKT (Extracta)

Ekstrakt bosh kelishik birlik sonda – Extractum,
qaratqich kelishik birlik sonda- Extracti.
Ekstraktlar ofisinal dori shakli boʻlib, oʻsimliklardan spirt, efir yoki suv yordamida
tayyorlangan, konsentrlangan ajratmalardir. Tarkibidagi suyuqlik miqdoriga qarab ular
quyidagilarga boʻlinadilar:

  • suyuq (Extracta fluida),
  • quyuq (Extracta spissa)
  • quruq (Extracta sicca) ekstraktlar.
    Suyuq ekstraktlar rangli suyuqlik boʻlib odatda 1:1 nisbatda tayyorlanadi. Shuning uchun
    ham tindirmalarga nisbatan ta‘sir etuvchi modda konsentrasiyasi ularda yuqori boʻladi.
    Suyuq ekstraktlar ofisinal boʻlib, boʻlinmagan dori shakli hisoblanadi. Ichish uchun
    tomchilarda beriladi. Retsept yozish usuli tindirmalarni yozishda boʻlganidek, Extracti deb
    boshlanadi, soʻngra qaratqich kelishigida oʻsimlikning nomi va albatta ekstraktning turi
    (fluidi), soʻngra esa ekstraktning bemorga berilishi lozim boʻlgan miqdori koʻrsatiladi. Agar
    suyuq ekstrakt boʻlsa, ml larda belgilanadi. Soʻngra signaturada bir gal ichishi lozim boʻlgan
    tomchilar soni koʻrsatiladi. Ikkinchi satr – D.S. va signatura.
    Misol. Itshumrutning 30 ml suyuq ekstraktiga retsept yozib berilsin, 30 tomchidan ichish
    uchun buyurilsin.
    27
    Manbaa: @pharma_baza
    Rp.: Extracti Frangulae fluidi 30 ml
    D.S. 30 tomchidan ichilsin.
    Quyuq ekstraktlar quyushqoq (xamirsimon) massa boʻlib tarkibida namlik 25% dan koʻp
    boʻlmaydi. Kuchli qovushqoqligi tufayli ular hap (pilyulya) tayyorlashda yoki korrigens
    sifatida qoʻllanilishi, tabletka, kapsula yoki shamcha koʻrinishida chiqarilishi mumkin.
    Quruq ekstraktlar retseptda: dori shaklining nomi qaratqich kelishigi birlik sonda bosh
    harflarda (Extracti), ekstraktning turi (spissi) va ogʻirligi (gramm) koʻrsatiladi.
    Rp.: Exrtacti Filicis maris spissi 0,5
    D. t. d. N. 12 in capsulis
    S. 30 daqiqa mobaynida barcha kapsulalar qabul qilinsin.
    Rp.: Suppositorii cum extracto Belladonnae spissi 0,015
    D. t. d. N. 10
    S. Kuniga 1 shamchadan 3 mahal toʻgʻri ichakka qoʻyilsin.
    Quruq ekstraktlar sochma koʻrinishiga ega boʻlib namligi 5% ortiq boʻlmaydi. Ular
    ekstraktlarni eng rasional xili hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda ularning soni koʻpayib
    bormoqda. Quruq ekstraktlarni sochma dori, tabletka, kapsula, hap dori va shamcha
    koʻrinishida ishlab chiqariladi.
    Quruq ekstraktlar retseptda: dori shaklining nomi qaratqich kelishigi birlik sonda bosh
    harflatrda (Extracti), soʻngra ekstraktning turi (sicci) va ogʻirligi (gramm) koʻrsatiladi.
    Rp.: Extracti Adonidis vernalis sicci 0,25
    D. t. d. N. 10
    S. Kuniga 1 sochmadan 3 mahal.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *