ERITMALAR

bosh kelishik birlik sonda – Solutio,
qaratqich kelishik birlik sonda – Solutionis,
qisqartmasi – Sol.
Eritmalar – dozalarga boʻlinmagan suyuq dori shakli boʻlib, ichga yoki sirtga qoʻllash
uchun moʻljallangan qattiq yoki suyuq dori moddasini erituvchida eritish yoʻli bilan hosil
qilinadi. Ular tiniq suyuqlik boʻlib, saqlanganda choʻkma hosil qilmaydilar. Demak, eritma 2
ta tarkibiy qismdan iborat boʻladi: eruvchi va erituvchi.
Eritmalar offisinal va magistral boʻlishi mumkin. In‘eksion qoʻllash uchun ampulalarda
chiqarilgan ertimalar dozalangan dori vositasi hisoblanadi.
Erituvchi sifatida quyidagilarni ishlatish mumkin:
Distillangan suv – Aqua destillata
Etil spirti – Spiritus aethylicus
Gliserin – Glycerinum
Vazelin moyi – Oleum vaselini
Zaytun moyi – Oleum olivarum
Shaftoli moyi – Oleum persicorum
Bodom moyi – Oleum amygdalarum
Kungaboqar moyi – Oleum helianthi
Eritmalar qoʻllanilgan erituvchining turiga koʻra suvli, spirtli va yogʻli eritmalarga
boʻlinadi. Retsept yozilganda erituvcining turi koʻrsatiladi (masalan, Sol. Iodi spirituosae
yoki Sol. Camphorae oleosae).
Agar retseptda erituvchi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda eritma distillangan suvda
tayyorlanadi.
Eritmalar qoʻllanilishiga koʻra quyidagilarga ajratiladi:
a) ichga qoʻllash uchun eritmalar. Bu eritmalar signaturada choy, desert, osh qoshiqlarida,
shuningdek tomchilarda dozalanadi.
b) sirtga qoʻllash uchun eritmalar. Koʻz, quloq, burun tomchilari, yuvish, bosim ostida
yuvish (sprinsevanie), chayish, malham (primochka) uchun buyuriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *