Fe’lning shaxsi ma’lum va shaxsi noma’lum shakllari (Finite and non-finite forms of the verb)

Fe’lning shaxsi ma’lum ( Finite Forms), shaxsi noma’lum (Non- Finite forms or Verbals) shakllari bor.

  1. Fe’lning shaxsi ma’lum shakllari shaxs, son, mayl, zamon, nisbatni ifodalaydi. Ular gapda doimo yakka o‘zi kesim bo‘lib keladi:
    3

She lives in London.
He is working in the library.
They were invited to the concert. My sister was here in the morning.
U Londonda yashaydi.
U kutubxonada ishlayapti .
Ular konsertga taklif qilinishdi. Mening opam ertalab shu yerda edi.
Buyruq maylidagi fe’llar ham fe’lning shaxsi ma’lum shakliga kiradi, chunki u gapda tushirib qoldirilayotgan ega you ning kesimidir:
Close the window, please.

  1. Fe’lning shaxsi noma’lum shakliga — infinitiv (the Infinitive) hara- kat nomi, gerund (the Gerund) va sifatdosh (the Participle) kiradi. Ularda shaxs, son va mayl yo‘q va ular gapda mustaqil ravishda kesim bo‘lib kela olmaydi:
    I have come here to speak to you
    (infinitiv gapda maqsad holi).
    We discussed different methods
    of teaching foreign languages
    (gerund aniqlovchi).
    The book lying on the table belongs
    to Mr. A. (aniqlovchi).
    Fe’lning asosiy shakllari
    Ingliz tilida fe’lning uchta asosiy shakli bor: infinitiv (the Infinitive), oddiy o‘tgan zamondagi shakli (Simple Past) va o‘tgan zamon sifatdoshi shakli (Past Participle). Ular barcha zamon shakllarini yasashda ishla- tiladi.
    To‘g‘ri va noto‘g‘ri fe’llar
  2. Fe’llar oddiy o‘tgan zamon (Simple Past) va o‘tgan zamon sifat- dosh (Past Participle) shakllarining yasalishiga qarab to‘g‘ri va noto‘g‘ri fe’llarga bo‘linadi.
  3. To‘g‘ri fe’llarning Simple Past va Past Participle shakllari fe’l o‘za- giga -ed qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.
    Infinitive
    to open
    to work to expect
    Simple Past
    opened
    worked expected
    Past Participle
    opened
    worked expected
  4. Simple Past va Past Participle shakllari -ed qo‘shimchasini qo‘shmasdan, turli yo‘llar bilan yasaladigan fe’llar noto‘g‘ri fe’llar deyiladi. Noto‘g‘ri
    4
    Men bu yerga siz bilan gaplash- gani keldim.
    Biz xorijiy tillarni o‘qitishning tur- li uslublarini muhokama qildik.
    Stol ustida yotgan kitob Mr. A.ga qarashli.

fe’llarning o‘tgan zamon va o‘tgan zamon sifatdoshi shakllarini biz darsliklardagi maxsus jadvallardan yoki lug‘atdan o‘rganamiz.
Jadvaldagi fe’lning ikkinchi shakli Simple Past shakli, uchinchi shakli esa Past Participle shaklidir.
Lug‘atlarda esa noto‘g‘ri fe’llarning Simple Past va Past Participle shakllari fe’lning asosiy shakli va o‘qilishidan keyin kichik qavs ( ) ichida berilgan bo‘ladi. Kichik qavs ichidagi birinchi shakl fe’lning Simple Past shakli, ikkinchi shakl esa fe’lning Past Participle shaklidir. Agar kichik qavs ichida faqat bitta shakl berilgan bo‘lsa, shu bitta shakl ham Simple Past uchun, ham Past Participle uchun ishlatiladi:
go [gou] 1. v (went; gone) 1) bormoq send [send] 1. v (sent) 1) jo‘natmoq.
FE’L TURLARI

  1. Ma’nosiga va gapdagi vazifasiga ko‘ra fe’llar quyidagi turlarga bo‘linadi: asosiy fe’llar, yordamchi fe’llar, bog‘lovchi fe’llar va modal fe’llar.
  2. Asosiy fe’llar (Notional Verbs) mustaqil ma’noga ega bo‘lib, gapda yakka o‘zi sodda kesim bo‘lib keladi:
    He speaks French. U fransuzcha gapiradi.
    They returned yesterday. Ular kecha qaytib kelishdi.
  3. Yordamchi fe’llar (Auxilliary Verbs) mustaqil ma’noga ega bo‘l- masdan, fe’lning murakkab shakllarini yasashda yordam beradi. Ular- ga quyidagi fe’llar kiradi: to be, to have, to do, shall (should), will (would):
    She is working in the garden.
    I have read the book.
    I do not know it.
    He will speak to his friend.
  4. Bog‘lovchi fe’llar (Link Verbs) ot-kesim yasashda bog‘lovchi bo‘lib keladi. Eng ko‘p ishlatiladigan bog‘lovchi fe’l to be fe’lidir:
    He is an engineer. U — muhandis.
    The box was heavy. Quti og‘ir edi.
  5. Modal fe’llar (Modal Verbs) fe’lning asosiy shakli (infinitive) bi- lan birga keladi va asosiy fe’l ifodalagan ish-harakatning sodir bo‘lish im- koniyatini, ehtimolligini, zaruratini, xohishni bildiradi. Ularga can, may, must, ought to, need kiradi. Modal fe’llar fe’lning asosiy shakli bilan gap- da qo‘shma fe’l-kesim bo‘lib keladi:
    5
    U bog‘da ishlayapti.
    Men kitobni o‘qib chiqdim. Men buni bilmayman.
    U do‘sti bilan gaplashadi.

He can read German. I must do it at once.
You may come soon. You ought to help him. You needn’t go there.
U nemischa o‘qiy oladi.
Men buni zudlik bilan qilishim kerak.
Siz tezda kelishingiz mumkin.
Siz unga yordam berishingiz kerak. Siz u yerga bormasangiz ham bo‘- ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *