GIPPOKRAT TIBBIYOT TARIXI

Gi ppokrat jah<?n ilrniy tibbiyotiga asos solgan buyuk olirndir. V erarnizdan oldingi 460-yilda qadirngi Yunonistonga qarashli Kos orolida dunyoga keldi. Vning hamrna o’trnish ajdodlari tabib bo’lganlar. Otasi Gerakles ham yaxshi tajribali tabib bo’lgan. Rivoyatga ko’ra Geraklesning o’trnish ajdodi afsonaviy tabib Asklepiyning o’g’li Podoliriyga borib taqaladi. Gippokratning bobosi ham Gippokrat deb atalarkan. Ma’lurnotlargako’ra bu avlodda uchta Gippokrat bo’lgan. Biz so’z yuritayotgan Gi ppokrat shulardan uchinchisidir. Gi ppokrat ona tornonidan ham tabiblar oilasiga rnansub. Onasining avlodlari ham hakirn bo’lganlar. Gippokrat o’z bilirni va tajribasi bilan harnma avlodlaridan o’tib ketdi va juda erta katta shuhrat qozondi.
Gippokrat tabiblik kasbini dastlab otasidan o’rgandi. SoOng kasallami o’zi rnustaqil davolab, katta tajriba orttirdi. 17-18 yoshlaridayoq bilirndon tabib, deb tanilgan edi. Gippokratda tabiblikga onadan tug’rna talant bor edi. Gippokrat o’zi rnustaqil ishlay boshlagandan soOng Afinashahriga ko’chib keldi. O’sha vaqtda Afina fan va rnadaniyat yukc;;ak darajada rivojlangan shahar edi. Shaharda rnashhur olimlar, faylasuflar. shoirlar, drarnaturglar, arxitektorlar va hakirnlar yashardilar. Gippokrat ular bilan yaqin rnuloqotda bo’ldi va bilirn ham tajribasini to’xtovsiz oshirib bordi. O’zidan oldingi yirik hakirnlaming asarlarini qunt bilan o’qib o’rgandi va o’z bilirnini takornillashtirdi. Ko’p rnarnlakatlarga sayohat qildi, u yerdagi tibbiyot bilan tanishdi. Boshqa rnarnlakatlaming mashhur hakirnlari bilan tanishdi, ular bilan yaqin rnuloqotda bo’ldi. Shulaming harnrnasi Gippokratning bilirn va tajriba darajasini yuksaklikga ko’tardi.
Gippokrat o’zining bu sayohatlarida turli jug’rofiy mintaqalarda turlicha odarnlar yashaganligini kuzatdi. Ular o’z tana tuzilishlari, qiyofalari va xarakterlari jihatidan bir-birlaridan farq qilishlarini ko’rdi. Bu turli-turnanlikda rna’lurn qonuniyat mavjudligini sezdi. Bu qonuniyat inson organizrnining konstitutsiyasi, ya’ni uning tabiatida ifodalanishini topdi.
43

Gippokrat (460-377).
Gi ppokrat o’zi kashf etgan qonuniyatga binoan yer yuzidagi odamlarni to’rt xii konstitutsiya (toifa)ga bo’ldi. Bu toifalarning kelib chiqishini dunyoning to’rt mintaqasi (Sharq, G’arb, Shimol, Janub) bilan bog’ladi. Shu mintaqalar odamlarning tabiatini belgilaydi. Gippokratning ta’kidlashicha, mintaqalarning iqlimi va tabiiy sharoiti turlicha bo’lgani uchun shularning har birida yashaydigan xalqlarning tabiatlari ham turlichadir. Masalan, yer yuzining Sharq tomonida yashovchi odamlar tabiatan vazmin, xushmuomala vajismoniy sog’lom kishilardir. Chunki, sharq mintaqasining o’zi muloyim va serquyoshdir. Shu mintaqada yashovchi kishilarning tanasida qon ustun turadi. Shuning
uchun ularni Gippokrat sangviniklar (sangvis – qon so’zidan) deb atadi.
G’arbiy mintaqada yashovchi odamlar ruhan notetikroq, qandaydir kuzni eslatuvchi bo’ladi, chunki G’arb mintaqasida quyosh yerni kamroq yoritadi. Bu esa inson tabiatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. G’arb odamlarini Gippokrat melanxoliklar (melanosa – qora o’t) deb atadi.
Uchincht toifadagi odamlarni Gi ppokrat tlegmatiklar, deb atagan. Bular janub odamlaridir. Flegmatiklar tabiatdan kam harakat, jismoniy zaifroq odamlardir. Ularning tanalarida tlegma (shilliqsimon modda – xiIt) ustun turadi.
To’rtinchi toifagakiruvchi odamlarni Gippokrat xoleriklar deb atagan. Bular shimol odamlaridir. XQleriklar. tabiatan qotma, mustahkam irodali kishilardir. Bularning organizmida safro Uigar o’ti) ustun turadi.
Gippokratning fikrichahar bir toifaga kiruvchi odamlar o’ziga xos kasalliklar bilan og’riydilar. Shuning uchun bemorning qaysi toifaga kirishi aniqlansa, uning kasaliga tashxis qo’yisn oson bo’ladi. Masalan, tlegrnatUiliu:ning miyasida tlegma (nazla) ko’p bo’ladi. U pastga tomon yo’nalib, og’iz-burun shamollashi (tumov)ni, so’ng yana pastroqqa tushib, o’pka va ichaklarda yallig’lanishni keltirib chiqaradi.
Xoleriklar ko’proq o’tkir kasalliklar bilan og’riydiJar. Masalan, o’tkir oshqozon-ichak kasalliklari, ichburug’ va h.k.
Sangviniklar va melanxoliklar haqida Gi ppokrat quyidagicha fikr yuritadi: Sangviniklar umuman kasallikga moyil emaslar, kasal bo’lsalar ham unchalik uzoq cho’zilmay tez tuzalib ketadilar.
Melanxoliklar kasallik masalasida juda noqulay ahvoldalar. Bular ham tlegmatiklar, ham xoleriklarda uchraydigan kasalliklar bilan og’riydilar. Lekin, hozirgi zamon i1miy tibbiyotida Gi ppokratning suyuqliklar haqidagi fikrlari tasdiq etilmadi.
44

Gi ppokratning yozishicha organizm konstitutsiyasi uni u yoki bu kasallikga moyilligini belgilaydi. Kasalliklarning aniq sabablari kishining ichki va tashqi sharoitidadir. Tashqi sabablarga Gippokrat iqlim, ob- havo, suv, tuproqni kiritgan. U hatto mamlakatning siyosiy tizimi va ijtimoiy sharoitini ham kishining sog’lig’iga ta’sir qiluvchi omillar qatoriga kiritgan. Ichki sharoitlarga tanadagi xiltlar va jigar o’tini kiritgan. Bulardan tashqari Gippokrat ichki sharoitlar qatoriga, bemorning yoshi, jinsi, nasH, ko’nikmalari, hayot tarzini ham kiritgan.
Gi ppokratning ta’kidlashicha kasallik kelib chiqishida turmushdagi salbiy hodisalar va ovqat ham katta rol o’ynaydi. Uning bu fikrlari hozir ham o’z qimmatini yo’qotgan emas. Gippokrat kasallikpaydo qiluvchi qandaydir g’ayri tabiiy johil kuchlar bo’lishini qat’iy inkor etgan.
Gippokrat to’g’ri ovqatlanishga kattaahamiyat bergan.Uning fikricha, har qanday ovqat mahsulotida ma’lum darajada o’t moddasi, qon moddasi, flegma moddasi va suv moddasi bo’ladi. Kishi iste’mol qiladigan ovqatda shu moddalar barobar muvozanatda bo’lsa salomatlik saqlanadi, agar muvozanat buzilsa, kasallik kelib chiqadi. Masalan, yeyiladigan ovqat mahsulotida o’t moddasi ortiqcha bo’lsa, U organizmda ustunlik qilib, ka~ikka olib keladi.
IGi ppokrat kasallarni tekshirishda hozir klinikalarda ishlatiladigan ba’zi tashxis usullaridan ham foydalangan. Masalan, a’zoni paypaslab ko’rish (palpatsiya), quloq qo’yib eshitish (auskultatsiya), barmoq bilan tiqillatib ko’rish (perkussiya) va h.k. Bemorning chiqindilarini (siydik, ahlat) tekshirish usulidan ham foydalangan. Siydikni parlatib, undan qolgan cho’kmani ham ko’zdan kechirgan.j
Ko’krak qafasidagi a’zolarni (o’pka, yurak) eshitib ko’rib tashxis qo’ygan. Masalan, o’pka pardalari orasida yig’ilib qolgan suv bor yoki yo’qligini aniqlash uchun qulog’ini bemor ko’kragiga qo’yib turib, uni silkitgan, suv bor bo’lsa u chayqalish ovozini bergan. Shunga qarab hozirgi tilda ekssudativ plevrit deb ataluvchi kasallikni aniqlaga!1l
Qorin bo’shlig’idagi a’zolarni (oshqozon, ichaklar, jigar va h.k.) teri ustidan turib paypaslab tekshirgan. Masalan, ularda shish bor yoki yo’qligini aniqlagan. Shunday qilib Gippokrat tashxis usullarini takomillashtirgan.
Kasallik patogenezi masalasida Gi ppokrat “kraziya” va “diskruziya” tushunchasida bo’lgan.
Gippokratning tibbiyot ilmiga qo’shgan katta xizmatlaridan biri shuki, u tabobat tarixida birinchi bo’lib, kasalxonada yotgan har bir bemorga “kasallik !~.r!~Ct.o’ldirish usulini joriy.qilgi” Shu kasallik tarixiga yozib olingan ma’lumotlarni umumlashtirib, har xii kasalliklarning belgilari, ularning kechishi va oqibati haqida xulosalar chiqarardi va davolash usullarini ishlab chiqdi.
45

Gippokrat juda ham kam uchraydigan o’tkir zehn va kuzatish qobiliyatiga ega bo’lgan. U har bir bemorni ko’zdan kechirib, uning kasali qanchalik og’ir-yengilligi va kasallikning oqibati nima bilan tugashini oldindan bilgan.Gippokrat o’limgamahkum bo’igan bemorning tashqi qiyofasi qanday bo’lishini juda aniq tasvirlab bergan.(Bu tasvir “Gi.ppolqat beti” deb atal.a~U Masalan,-p~ritQ{lit kasalligidan o’layotgan kishining qiyofasini Gi ppokrat bunday tasvirlagan. “Bemorning rangi kulrang tus olgan, ko’zlari ich-ichiga botib ketgan, peshanasini ter bosgan, bemor atrofdagi voqealarga befarq yotadi, ko’zlari shi pga tikilgan”.
Gippokrat tabiblar qanday kishi bo’lishi kerakligi, ular qanday fazilatlarga ega bo’lishlari lozimligi haqida juda muhim fikrlar bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, tabib avvalo o’z kasbini yaxshi egallagan yuksak bilimli mutaxassis bo’lishi kerak. KasaUarga nisbatanjonkuyar, kamtarin kishi bo’lmog’i lozim. U boshqalardan o’zining yuksak madaniyati, odobi va axloqi bilan ajralib turishi zarur. Tabib bir joyda qotib qolmay doim o’z bilimini oshirib, tajribasini takomillashtirib borishi lozim. Tashqi tomondan ozoda, xushko’rinish va nozik tabiatli bo’lmog’i darkor. Shundagina u bemorlar hurmatiga va ishonchiga sazovor bo’ladi. Bu esa tabib uchun juda muhimdir.
Tibbiyotda Gippokrat shug’ullanmagan biror soha bo’lmagan. U tibbiyotning hamma sohalarini o’sha davr fani darajasida mukammal, amaliy jihatdan to’g’ri ifodalab bergan.
Kasalliklarni davolash masalasida Gippokrat qarama-qarshiliklar nazariyasiga asoslangan, ya’ni qarama-qarshilikni qarama-qarshilik bilan davolagan.
Gippokrat har qanday kasallikni davolashda birinchi galda ikki tadbimi amalga oshirgan. Shulardan biri gigiyenik parhez tadbiri, ikkinchisi dori-darmon tadbiri.Bu yerdashuni ko’rsatib o’tish kerakki, Gippokrat tibbiyotning asosiy vazifasi kasallikning oldini olish, deb tushungan. Shuning uchun u gigiyenik parhez tadbirini birinchi o’ringa qo’ygan. Dori-darmonlardan Gippokrat ko’proq ichni (organizmni) bo’shatuvchi dorilardan foydalangan. Masalan, ichni suruvchi; qayt qildiruvchi, siydik haydovchi dorilarni ko’proq ishlatgan. Qon olish va uqalash (massaj) usullaridan ham keng foydalangan.
Gi ppokrat maxsus davolash usullarini ishlab chiqqan. Bu usullar quyidagilardan iborat: 1. Bemorga faqat foyda keltirish, uning tanasiga zarar yetkizmaslik. U tabiblarga qarab “non nacere!” – “zarar keltirma!” deb xitob qilgan. U bunday degan: “Agar qo’lingdan bemorga yordam berish kelmasa, uni o’ziga qo’yib ber. Bilar-bilmas urinib unga zarar keltirma. Kasal kishining organizmi o’zi kasal bilan kurashadi. 2. Qarama- qarshilikni qarama-qarshilik bilan davolash – “contrariya contrariis curantur”. Bu yerda Gippokrat tabiatda doim ikki bir-biriga qarshi
46

t
kuch turadi, degan falsafiy tushunchaga asoslangan. 3. Organizmning o’z tabiiy xususiyatigayordam berish usuli. Gippokrat odam organizmida har qanday kasaUikga qarshilik ko’rsatish xususiyati borligini yaxshi bilgan. Uning ta’kidlashicha tabibning vazifasi organizmning shu qarshilik ko’rsatish xususiyatiga yordam berishdan iborat. 4. Bemorning gavdasini va uning kuchini asrash. Bu yerda Gi ppokrat bemor tanasiga nisbatan juda ehtiyot bo’lishni, unga zarar yetkazmaslikni ko’zda tutgan. Beriladigan dorilar va qilinadigan muolajalar bemorga faqat foyda keltirishi kerak. Uning tanasiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak, chunki ba’zan dori bir tomondan kasallikni tuzatib, ikkinchi tomondan tanaga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Tabib buni unutmasligi kerak. Gippokrat tomonidan ishlab chiqilgan bu usullar hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.
\ Gippokrat juda mohir jarroh ham bo’lgan. U har xii jarohatlar va chiqqan-singanlarni davolashning umumiy usullarini ishlab chiqqan. Chiqqan-singanlarni davolashda ishlatadigan har xil moslamalar va richaglarni kashf etgan. Singan suyakni tortib, o’z joyiga tushiradigan g’altaklar, qiyshiq bo’lib qolgan umurtqa ustunini to’g’rilaydigan taxtakachlarni ham yasagan. Jarohatlangan joyni bog’lashning o’ziga xos usullarini ham ishlab chiqqan. Masalan, bosh jarohatlanganida uni bint bilan maxsus bog’lash usuli. Bu usul “Gippokrat qalpog’i” nomi bilan ma’lum.)
Gippokrat mashhur hakim (tabib) bo’lish bilan birgao’z davrining ulug’ donishmandi va faylasufi ham edi. Demokritning atomistik nazariyasini tibbiyotga olib kirdi. U odam organizmi atomlardan tashkil topgan, degan fikrni olg’a surdi.
Shunday qilib, Gi ppokrat tibbiyotni ham nazariy ham amaliy jihatdan eng yuksak pog’onaga ko’tardi.
Gi ppokrat tibbiyot kasbini egallashni istagan yoshlar haqida fikr yuritib, quyidagilarni aytgan edi. Birinchidan ularda tibbiyot san’atiga nisbatan tug’ma qobiliyat bo’lishi kerak. Ikkinchidan unda juda yosh bolaligidan boshlab shu kasbga intilish bo’lishi zarur. Uchinchidan u tabiblik kasbini sevishi kerak. Nihoyat u o’qishga kirish va uni oxiriga yetkazishi uchun zarur sharoitga ega bo’lishi zarur. Shu talablardan kelib chiqib qadimgi Yunonistonda hakimlar o’z bolalarini juda yoshligidan (10-12 yoshdan) o’zlari bilan olib yurib kasallarga muolaja qilish usullarini o’rgatganlar. Gi ppokratning o’zi ham juda yosh bolaligida otasi va bobosi bilan birga yurib muolaja usullarini o’rganib olgan edi.
Gippokrat hayotda judakamtarin bo’lgan. Kasallardan hech vaqt ko’p pul talab qilmagan. Nochor kambag’allarni bepul davolagan. U o’zi shunday deb yozgan: “Men kishilar kasalligidan o’zim uchun hech qachon foyda chiqarmadim. Bunday yo’l bilan foyda qiluvchi tabiblar o’z bilimlarini qu\larcha sotadilar, o’z erkinliklarini kishanga soladilar”.
47
I

Gippokrat tabobat olamiga buyuk asar yozib qoldirdi. Bu asar “Corpus Gippokraticum” (“Gippokrat to’plami”) deb ataladi.
“Gippokrat to’plami” 72 takatta-kichik kitobcha va maqolalardan iborat. Shulardan 12 tasi Gippokratning o’z qalamiga mansub. Qolganlarini uning shogirdlari yozganlar. Gippokratning o’zi yozgan asarlariga quyidagiIar kiradi: “Hav~:ar, suvlar va manzillar”, “Tibbiy qasam”, “Epidemiyalar”, “Prognostika”, “O’tkir kasalliklarda parhez”, “Chiqqan bo’g’inlarni joyiga solish”. “Chiqqan-singanlar”, “Bosh
jarohatIari”, “Richag” (“Moslama”), “Qonun”, “Aforizmlar” (“Hikmatli so’zlar”), “Qadimgi tibbiyot”. Ba’zi tibbiyot tarixchilari oxirgi ikki kitob Gippokratdan oldin o’tgan boshqa hakim tomonidan yozilgan, degan fikrdalar.
“Gippokrat to’plami” dunyoning ko’p tiIJariga tarjima qilingan. U11 i Samarqand tibbiyot institutining professori I.V.Rudnev qadimgi yunon (ionia) tilidan ruschaga tarjima qilib, uch jildli kitob qilib chiqardi, birinchi jild “Tanlangan asarlar” deb ataladi. Ikkinchi va uchinchi jildlafJ “Asarlar” deb ataladilar.
“Havolar, suvlar va manziIlar”da Gi ppokrat atrof tabiat, undagl omillar va ularning insonlarga ta’siri haqida so’z yuritadi. Gippokrat insonlar yashaydigan tashqi tabiiy sharoitga juda katta ahamiyat bergan. Gippokratning yozishicha insonlarning gavda tuzilishi, ularning xususiyati, konstitutsiyasi (o’ziga xos belgilari), sog’liq va kasallik, hammasi shu tashqi va ichki omillarga bog’Jiq. Tashqi omillarga Gi ppokrat tabiiy sharoit bilan birga mamlakatdagi ijtimoiy tuzum va davlat siyosatini ham kiritgan.Ichki sharoit, deganda Gi ppokrat inson organizmining konstitutsiyasini ko’zda tutgan. Gi ppokrat tomonidan bundan ikki yarim ming yil burun aytilgan bu fikrlar hozirgi i1miy tushunchagi;l tamomila mos keladi.
Kitobning Gi ppokrat qalamiga mansub muhim qismlaridan biri “Tibbiy qasam”dir. Unda Gi ppokrat hakimlar oldiga juda qattiq talablar qo’yadi. “Qasamyod”da bunday deyilgan: “Tabib Apolloll, Asklepiy, Higiyeya va Panakeya hamda barcha xudolar nomi bilall va ularni guvohlikga olib, quyidagilarni haloI bajarishga qasamyod etaman va yozma ravishda va’da beraman”: “Meni tabiblik san’atiga o’rgatgan kimsani o’z ota-onam bilan barobar ko’raman u bilan boyJigimni bo’Jishaman, agar u muhtoj bo’Jib qolsa, yordam beraman, uning avlodini o’z aka·· ukalarimdek ko’raman va bu san’atni o’rganishni istasalar, pul olmay hech qanday shartsiz o’rgataman. O’z o’g’iIlarimni, ustozimning o’g’illarini va talabalarimni qo’llanma, og’zaki dars berish va boshqa usullarda o’qitaman. Men har qanday zarar keItirish va adolatsizlikdan saqlangan holda o’z kuchim va idrokim darajasida bemorning hayot tarzini uning foydasiga yo’naltiraman. Men hech qachon mendan iltimos qilgan
48
)1 \

kimsaga o’ldiradigan dori bermayman va bunday yo’lni ko’rsatmayman, shuningdek, hech qanday ayolga bola tushiruvchi dori bermayman. O’z hayotim va san’atimni pok va nuqsonsiz o’tkazaman. Men qanday uyga kirmayin, u yerga hech qanday g’arazsiz va yomon niyatsiz, faqat bemor manfaatini ko’zlab qadam qo’yaman. Ayniqsa, ayollar va erkaklar, ozod kishilar va qullar o’rtasidagi ishqiy ishlardan uzoq bo’lishga intilaman. Davolash jarayonida yoki usiz kishilarning hayotida oshkor qilinishi mumkin bo’lmagan va sir saqlangan nimaniki ko’rgan yoki eshitgan bo’isam, bu haqda hech kimga hech narsa aytmayman. Menga shu qasamyodni so’zsiz bajaruvchi sifatida hayot va san’atda abadiy baxt va shuhrat ato etsin. Bu qasamyodni buzuvchilar va yolg’on qasamyod beruvchilar uchun buning aksi bo’isin”.
O’rta asrlarda dorilfununlarning tibbiy fakultetlarini bitiruvchilar tantanali ravishda shu qasamyodni berganlar va uni so’zsiz bajarganlar.
“Havolar, suvlar va manzillar” Gi ppokratning tibbiyot nazariyasi haqidagi asosiy asaridir. Bu asarda olim ko’p mamlakatlarga sayohat qilib, u yerlarning tabiati inson organizmiga ta’sir qilishini ko’rib, chiqargan xulosalarni bayon etgan. Gippokrat o’zining ko’zdan kechirganlari va tekshirishlariga asoslanib insonni tashqi sharoit shakllantiradi, degan xulosaga kelgan. Sog’liq ham, kasallik ham shu tabiiy muhitga bog’liq ekanligini aniqlagan. Shu bilan birga Gi ppokrat yana bir muhim masalani – kasallik nasliy bo’lishini aniqladi. U kitobida f1egmatikdan – f1egmatik, holerikdan – holerik tug’iladi deb yozgan.
Gippokrat tabiblar haqida so’zlab, ularning eng yaxshi xislati bemor taqdirini oldindan bilishdir, deb yozgan. Tabib bemorning taqdiri nima bilan tugashiga qarab, o’z muolaja usullarini belgilaydi.
Gi ppokrat salomatlikni saqlash ishini doim birinchi o’ringa qo’ygan va bu ishni amalga oshirish yo’llarini ko’rsatib bergan. Bu masalada Gippokrat jismoniy mashqlarni birinchi o’ringa qo’ygan. Uning ta’kidlashicha jismoniy mashq bilan shug’ullanuvchi kishilar o’rtasida kasallanish juda kam bo’ladi.
Umuman, Gippokratning “Havolar, suvlar va manzillar” nomli kitobini profilaktik tibbiyotdan qo’llanma, deb atash mumkin.
Gippokratning muhim kitoblari qatoriga”Epidemiyalar”, “Chiqqan- singanlar”, “Richaglar” (“Moslamalar”), “Aforizmlar” nomli asarlari ham kiradi.
“Epidemiyalar” nomli kitobda asosan ma’lum tabiiy sharoitda uchraydigan kasalliklar, ularga atrof tabiatning ta’siri, kasallikning kechishi kabi masalalar bayon etilgan. Lekin, yuqumli kasalliklar haqida so’z yuritilmagan. Faqat bir joyda saramas kasalligining epidemiyasini ko’rsatgan, xolos.
4-Tiqbiyot tarixi
49

“Epidemiyalar” kitobining eng katta qiymati shundaki, bu kitobda tibbiyot tarixida birinchi bo’lib, ko’zdan kechirilgan har bir kasalga “kasallik tarixi” to’ldirilgan. Xususan, 42 ta “kasallik tarixi” yozilgan.
“Chiqqan-singanlar” kitobi ham muhim ahamiyatga ega. Uni travmatologiyadan qo’llanma, deb atash mumkin.Gippokrat bu sohani shu qadar mukammal ishlab chiqqanki, uning usullari hozir ham o’z qiymatini yo’qotgan emas. O’sha davrda har xil singan-chiqqanlarni davolash uchun turli moslamalar kashf etildi. Ular yordamida singan oyoq yoki qo’lni tortib, singan suyak bo’laklarini o’zjoyiga tushirganlar. Umurnan, Gi ppokrat jarrohlik va travmatologiya sohasini juda yaxshi ishlab chiqqan.
Gippokratning asarlari orasida”Aforizmlar” o’ziga xos o’rin tutadi. Bu qismda u tibbiyot fani va kasbi bilan bog’liq ko’p hikmatli so’zlar keltirgan. Bir necha misol keltiramiz:

  1. Har qanday kasallikda bemoming ruhi tushmasa va ishtahasi yaxshi saqlansa, u albatta tuzaladi. 2. Keragidan ortiqcha yeb-ichish (badxo’rlik) kasallikka olib keladi. 3.0damning tabiati tibbiy mushohadaning boshlang’ich nuqtasidir. 4. Jismoniy mehnat muskullar uchun oziqdir. 5. Bemomi noto’g’ri davolashdan ko’ra davolamaslik afzaldir va h.k.
    Gippokrat umrining oxirida Larissa shahrida yashab shu shaharda miloddan oldingi 377-yilda, 83 yoshda vafot etdi. Shahar ma’muriyati Gippokratning bu shahar aholisi oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlab, uning boshiga oltindan yasalgan gulchambar qo’ygan edi. Ammo, Gippokratning buyukhakim sufatidagi xizmatlari faqat Larissa shahar aholisi oldidagina emas, balki butun jahon xalqlari oldida bebahodir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *