HARAKAT POTENSIALI

HARAKAT POTENSIALI
Nerv, muskul va ba‘zi hujayralar kuchli ta‘sirlanish natijasida qo‘zg‘aladi, ularda
harakat potensiali vujudga keladi. Harakat potensiali membrananing juda qisqa vaqt
davom etuvchi aks qutblanishidan iborat. Tola yoki hujayra membranasi qo‘zg‘algan
qismining ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan musbat zaryadga ega boladi. Tabiiy sharoitda harakat potensiali membrananing ma‘lum bir nuqtasida vujudga kelib, shu yerdan tarqala boshlaydi. U juda tez ko‘tariluvchi va pastga sekinroq tushuvchi toiqin shakliga ega (3-rasm). Egri chiziqning ko‘tariluvchi qismi membrana potensialining manfiylikdan musbat holatga o‘tishini ko‘rsatadi. 19 Tinchlikda –70 mV bolgan nerv tolasining membrana potensiali 0,2-0,5 ms davomida
+110 mV ko‘tariladi. Bu harakat potensialining depolyarizatsiya bosqichi. Odatda
depolyarizatsiya membrananing manfiy zaryadi yo‘qolishi bilan cheklanmaydi.
Membrana potensiali elektroneytral chiziqdan o‘tib, musbatlashadi. Egri chiziqning bu
qismini overshut yoki nishondan o‘tib ketish dayiladi. Depolyarizatsiya cho‘qqisiga
yetganda, membrananing musbat zaryadi 30-40 mV ni tashkil qiladi, umuman uning
depolyarizatsiyalanish miqdori 100-110 mV ga teng. Bundan keyin repolyarizatsiya
bosqichi boshlanadi, membrananing potensiali asli holiga keladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *