Horijiy valyutaga konvertatsiya qilish boʻyicha imtiyozlar 

— Respublika valyuta balansini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekistonda maʼlum vaqt soʻmdagi mablagʻlarni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish boʻyicha cheklovlar mavjud edi. Sarmoyadorning Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan daromadlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta investitsiya qilinishi yoki xorijiy sarmoyador xohishiga qarab boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.

Xorijiy sarmoyadorlarga Oʻzbekiston Respublikasiga pul mablagʻlarini xorijiy valyutada erkin oʻtkazish va undan hech qanday cheklovlarsiz Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash sharti bilan foydalanish kafolatlanadi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan “Xorijiy sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish kafolatlari va chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10 moddasiga izoh berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi:

— Konstituutsiya va qonunlar, shuningdek xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari ustuvorligini tan olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy bahslarining huquq doirasida hal etilishi tarafdori.

Qonunning birinchi boʻlimi 10-moddasida keltirilgan «Agar tomonlar kelishilgan qarorga kela olmasalar, bundan nizo Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qoʻshilgan investitsiyaviy baxslarni xal qilish uchun xalqaro shartnomalar (bitimlar, konventsiyalar) qoydalari va tartiblariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi xojalik sudida yoki xakamlik sudida xal qilinadi» undan foydalanish xalqaro shartnomalar qoida va tartib-taomillariga rioya qilish talab etishini belgilab beruvchi qoida hisoblanadi va oʻz-oʻzidan respublikaning har qanday bahsni maʼlum bir arbitraj organiga oʻtkazilishiga roziligini toʻgʻridan-toʻgʻri ifoda etmaydi.

Odatda, bahs tomonlarining uni bahslarni hal qiluvchi maʼlum bir organga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishga roziligi sarmoya shartnomasiga qoʻshimcha arbitraj eslatma shaklida yoki bahs tomonlari oʻrtasida tuzilgan alohida bitim bilan izohlanishi darkor.

Shu yoʻsinda, Konstitutsiyaviy sud qaroriga xorijiy sarmoyadorlar huquqlari kamsitilishi sifatida qaralmasligi kerak va ushbu masalaga konstruktiv va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari doirasida har bir tomonning huquq va majburiyatlarini hurmat qilgan holda yondashish talab etiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *