I BOB. Umumiy Farmakologiya B. FARMAKODINAMIKA

Farmakodinamika-dori moddalarining turlari farmakologik effekti, ta‘sir mexanizmi,
mahalliy ta‘sirini oʻrganadi.
Dori moddalarining farmakologik effektlari – muayyan dorining organlar va tizimlar
faoliyatida oʻzgarish chaqirishi (masalan, yurak qisqarishini kuchayishi, arterial bosimning
pasayishi, aqliy faoliyatning kuchayishi, qoʻrquv va xavotirning yoʻqolishi va b.). Odatda har
bir modda oʻziga xarakterli boʻlgan bir qator farmakologik effekt chaqiradi. Har bir holatda
ham dori vositalarining faqatgina ma‘lum bir asosiy effektidan foydalaniladi. Qolgan
(foydalanilmaydigan, kutilmagan) farmakologik effektlar nojoʻya effektlar deb nomlanadi.
Dori moddalarining ta’sir mexanizmi – moddalarning farmakologik effekt keltirib chiqarish
xususiyati. Ta‘sir mexanizmining asosiy turlariga kiradi: 1) spetsefik retseptorlarga,
2) fermentlarga, 3) ion kanallarga, 4) transport tizimga, 5)genlarga ta‘sirlar.
Koʻpchilik dori modddalari spetsefik retseptorlarga ta‘sir koʻrsatadi. Bu retseptorlar asosan
funksional aktiv boʻlgan oqsil molekulalaridan tashkil topgan; dorilarning ushbu retseptorlar
bilan oʻzaro ta‘siri natijasida bioximik reaksiyalar boshlanadi bu esa oʻz navbatida
farmakologik effektni keltirib chiqaradi. Hujayra membranasi bilan boʻglangan (membrana
retseptorlari) va hujayra ichi retseptorlari kabi spetsefik retseptorlar farqlanadi.
Retseptor turlari: 1) ion kanallar bilan boʻgʻlangan, 2) fermentlar bilan bogʻlangan, 3) G-
oqsillar bilan oʻzaro ta‘sirlashuvchi, 4)hujayra ichi(intracellular ) , 5)Extracellular nishon,
6) Adgeziyalovchi kabilarga boʻlinadi.
Ion kanallari bilan bogʻlangan retseptorlarga: asosan N-xolinoretseptor, GAMKA –
retseptorlari kiradi. N-xolinoretseptorlarning (nikotin sezuvchi xolinoretseptor) stimullanishi
natijasida u bilan bogʻlangan Na+ kanalari ochiladi. Na ionlarining hujayra ichiga kirishi
hujayra membranasi depolyarizatsiyasiga va qoʻzgʻaluvchanlik effektiga sabab boʻladi.
GAMKA- retseptorlari bevosita xlor kanallari bilan bogʻlangan. GAMKA- retseptorlarning
stimullanishi Cl- kanalining ochilishiga bu esa oʻz navbatida Cl- ionlarining hujayra ichiga
kirishiga, hujayra membranasini giperpolyarizatsiyaga va tormozlanish effektiga olib keladi.
Fermentlar bilan bogʻlangan retseptorlarga asosan insulin retseptorlari, tirozinkinaza bilan
bogʻlangan retseptorlar kiradi.
G – oqsil bilan oʻzaro ta’sirlashuvchi retseptorlar – M-xolinoretseptor ( muskarin sezuvchi
xolinoretseptor), adrenoretseptorlar, dofamin , opioid retseptorlari va boshqalar kiradi.
G-oqsillar ya‘ni GTF – bogʻlovchi oqsil hujayra membranasida joylashadi va α-β-γ-
subbirlikdan tashkil topadi. Dori moddalari retseptorlar bilan ta‘sirlashganda G-oqsilning α-
subbirligi GTF bilan birikadi fermentga yoki ion kanallarga ta‘sir koʻrsatadi. Bitta retseptor
bir nechta G-oqsillar bilan oʻzaro ta‘sirlashadi, G-oqsilning har bir α-subbirlik kompleksi esa
GTF bilan bir nechta ferment molekulalari yoki ion kanallariga ta‘sir koʻrsatadi. Shunday
qilib amplifayer (kuchaytirgich) mexanizmi amalga oshiriladi: bitta retseptorni faollanishi
69
Manbaa: @pharma_baza
natijasida koʻpchilik ferment molekulalarining yoki koʻpchilik ion kanallarining faolligi
oʻzgaradi. Birinchi marta yurakning β1- adrenoretseptorlari bilan bogʻlangan G-oqsil kashf
qilingan. Yurak simpatik innervatsiyasini faollashishi natijasida β1-adrenoretseptorlar
qoʻzgʻaladi. G- oqsili yordamida adenilatsiklaza faollashadi; ATF dan sAMF hosil boʻladi,
keyin, sAMF ga bogʻliq boʻlgan proteinkinaza (P.K.A) faollashadi buni natijasida
fosforillanish sodir boʻladi va Ca+2 kanallari ochiladi. Sinoatrial tugun hujayralari ichiga Ca+2
ionlarini kirishini koʻpayishi potensial harakatning 4-fazasini kuchaytiradi, yurak qisqarishi
tezlashadi. Ishchi miokard tolalariga Ca+2 kanallarining ochilishi sitoplazmada Ca+2 ionlari
konsentratsiyasini koʻpayishiga olib keladi (Ca+2 ioning kirishi, sarkoplazmatik retikulumdan
Ca+2 chiqishiga sabab boʻladi). Ca+2 ionlari troponin C bilan birikadi (troponining tarkibiy
qismi – tropomiozin); shunday qilib troponin-tropomiozinning aktin va miozinga
tormozlanish ta‘siri pasayadi – yurak qisqarishi kuchayadi. Yurak parasimpatik
innervatsiyasini (adashgan nerv) faollashishi M2-xolinoretseptorni qoʻzgʻalishiga olib keladi,
G – oqsili yordamida adenilatsiklaza tormozlanadi, yurak qisqarishi kamayadi, sustlashadi
(asosan boʻlmachalar qisqarishi sustlashadi, chunki qorinchalarda parasimpatik
innervatsiyalanish nisbatan kam). Shunday qilib G – oqsil adenilasiklazaga ham
stimullovchi, ham tormozlovchi ta‘sir koʻrsatadi. Stimullovchi G-oqsil – GS-oqsil,
tormozlovchi –Gi- oqsil (inhibit) koʻrinishida belgilanadi. M1-xolinoretseptor, M3-
xolinoretseptor, α1-adrenoretseptor qoʻzgʻalishi natijasida Gq oqsili yordamida Fosfolipaza C
aktivlashadi, buning ta‘sirida fosfatidilinositol-4,5-difosfatdan (PIP2), inositol-1,4,5- trifosfat
(IP3) va diatsilgliserol (DAG) hosil boʻladi. Inositol-1,4,5-trifosfat Ca+2 ionlarining
sarkoplazmatik retikulumdan chiqishini oshiradi sitoplazmada (sarkoplaza) Ca+2
miqdorining oshishi muskulni qisqarishiga olib keladi (!!!fiziologiya kursini eslang) .
Hujayra ichi retseptorlariga kortikosteroidlar va jinsiy gormonlar kiradi. Glyukokortikoidlar
asosan hujayra sitoplazmasida joylashadi. Glyukokortikoid bilan sitoplazmatik
retseptorlarning birikishidan Glyukortikoid-retseptor kompleks hosil boʻladi va yadroga
kirib, turli xil genlar ekspressiyasiga (ekspressiya-genning irsiy axborotidan funksional
mahsulot – RNK yoki oqsil hosil boʻlishi) olib keladi.
Moddalarning retseptorlar bilan bogʻlanish qobiliyati (moddalarning retseptorlarga
bogʻlanish tendensiyasi) ‖Affinitet” atamasi bilan belgilanadi. Har xil moddalar affinitetligi
ma‘lum bir hil retseptorlarga nisbatan har xil boʻlishi mumkin. Affinitetni xarakterlash uchun
pKd indikatoridan foydalaniladi – dissotsilanish konstantasining manfiy logarifmi, ya‘ni
50% retseptor saqlagan moddaning konsentratsiyasi .
Moddaning retseptor bilan oʻzaro ta‘sirlashishi natijasida uning kuchayishi yuzaga
chiqadi va u yoki bu samarani chaqiradi, bu samara esa ichki faollik deyiladi.
Affinitet va ichki faollik oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro bogʻliqlik yoʻq: modda barcha
retseptorlarni egallashi mumkin va kuchsiz ta‘sirga olib kelishi mumkin , va aksincha,
modda retseptorlarning 1 foizini egallab ushbu tizim uchun maksimal ta‘sir olib kelishi
mumkin.
70
Manbaa: @pharma_baza
3-rasm: Yurakni simpatik innervatsiya ta‘sirida qisqarishining ortishi. Simpatik nerv tolasi oxiridan
ajraladigan Noradrenalin 1 retseptorlarni faollaydi, bu retseptorlar Gs proteinli retseptorlarga birikkan holda
ishaydi va Adenilatsiklazani faollaydi. !!! АР-adrenoretseptor, АЦ-Adenilatsiklaza, ПК-Proteinkinaza,
СА-Sinoatrial tugan, ТТМ-Troponin-tropomiozin oqsili.
Rasm 4. Simpatik va parasimpatik innervatsiyani stimullanishi natijasida yurak qisqarishi chastotasi va
kuchini oʻzgarishi mexanizmi.
Agonistlar – affinitetlik va ichki faollikka ega moddalardir. Toʻliq agonistlar – affinitetlik va
maksimal ichki faollikka ega. Qisman agonistlar – affinitetlikni , maksimal ichki faollikga
nisbatan kamroq namoyon qiladi. Antagonistlar affinitetlikga ega, ichki faollikga esa ega
emas va toʻliq yoki qisman agonistlarning ta‘siriga xalaqit beradi. Agar antagonist ta‘siri
Parasimpatik innervatsiya
Simpatik innervatsiya
Yurak
Yurak qisqarishlarining
sekinlashishi va
kuchsizlanishi
Yurak qisqarishlarining
tezlashishi va
kuchayishi
Simpatik innervatsiya
Yurak qisqarishlarining
tezlashishi va
kuchayishi
71
Manbaa: @pharma_baza
agonist dozasini koʻpaytirish orqali yoʻq qilinsa, bunday antagonizm raqobatlashgan deb
nomlanadi.
Rasm5. Fosfolipaza C ning sitoplazmadagi Ca² miqdoriga ta‘siri
Rasm 6. Simpatik innervatsiyani stimullash natijasida arterial qon tomirlari silliq mushaklarining qisqarish
mexanizmi: ФЛС – Fosfolipaza С; ФИФ2 – Fosfatidilinositol -4,5-difosfat; ИФ3 – Inositol-1,4,5-trifosfat;
СР – Sarkoplazmik retikulum; КЛЦМ- Miozin yorugʻ(yengil) zanjiri kinazasi.
Qisman agonistlar toʻliq agonistlarning antagonistlari boʻlishi mumkin. Toʻliq agonist
boʻlmasa , qisman agonist retseptorlarni stimullaydi va kuchsiz ta‘sir koʻrsatadi. Toʻliq
agonist bilan oʻzaro aloqada boʻlganda , qisman agonist retseptorlarni egallaydi va toʻliq
agonist ta‘siriga xalaqit beradi. Masalan , oksprenolol adrenergik retseptorlarning qisman
Simpatik innervatsiya
ta’sirida qisqaish.
Areterial qon tomirlarning
silliq muskuli
72
Manbaa: @pharma_baza
agonisti, yurakka simpatik innervatsiya ta‘sir qilmasa, yengil taxikardiya keltirib chiqaradi.
Ammo simpatik innervatsiya tonusi oshishi bilan , oksprenolol haqiqiy -adrenergik
blokator vazifasini bajaradi va bradikardiya keltirib chiqaradi. Bu noradrenalin mediator
ta‘sirini yoʻq qiladigan qisman agonist oksprenololning yurakning 1(Gs) adrenergik
retseptorlariga nisbatan toʻliq agonistligi bilan bogʻliqdir.
Rasm:Retseptorlarning tushuvchi regulyatsiyasi va desensitizatsiya
Antagonist-agonistlar – bir xil subtipdagi retseptorlarga turlicha ta‘sir qiladigan
moddalardir: ular ba‘zi subtipdagi retseptorlarni stimullaydi, boshqalarini esa bloklaydi.
Masalan, narkotik analgetik nalbufin opioid retseptorlari subtiplariga turlicha ta‘sir qiladi.
Kappa-retseptorlarini nalbufin stimullaydi (va shuning uchun ogʻriq sezgirligini pasaytiradi)
va boshqa myu – retseptorlarni bloklaydi (va shuning uchun dori moddalarga urganib
qolishlik jihatidan kamroq xavfli).
Moddalarning fermentlarga ta‘siri misolida asetilxolinesterazani (atsetilxolinni
parchalaydigan ferment) bloklaydigan antixolinesteraza vositalarining ta‘siri boʻlishi
mumkin va shu bilan birga atsetilxolin ta‘sirini kuchaytiradi va uzaytiradi. Hujayralar
membranasidagi ion kanallarini stimullaydigan yoki bloklaydigan ma‘lum dorivor moddalar
mavjud , ya‘ni Na+ , K+, Ca+2(natriy, kaliy, kaltsiy) ionlarini tanlab oʻtkazuvchi kanallar.
Masalan, natriy kanallarini bloklaydigan mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi va ba‘zi antiaritmik
moddalar (prokain, xinidin). Tibbiy amaliyotda kalsiy kanallari blokatorlari va kaliy
kannallari aktivlovchilari qoʻllaniladi.
Moddalarning transport tizimiga ta‘siriga norepinefrin va serotoninning presinaptik
membrana orqali qaytar transportini bloklovchi trisiklik antidepressantlar ta‘sirini misol
qilish mumkin. Boshqa ta‘sir mexanizmlari ham boʻlishi mumkin. Masalan, diuretik
73
Manbaa: @pharma_baza
mannitol buyrak kanalchalarida osmotik bosimning oshirishi hisobiga siydik miqdorini
koʻpaytiradi.
Turli xil dorivor moddalarning ta‘sir qilish mexanizmlari har xil darajada oʻrganilgan. Ularni
oʻrganish jarayonida ta‘sir mexanizmlarini tushunish nafaqat murakkablashishi, balki
sezilarli darajada oʻzgarishi ham mumkin
“Ta’sir lokalizatsiyasi (nishoni)” tushunchasi ma‘lum bir dori moddalarining ta‘sir qilish
nishonini (joylarini) anglatadi. Masalan, yurak glikozidlari birinchi navbatda yurakka ta‘sir
qiladi.
“Ta’sir turlari” tushunchasiga mahalliy1
va umumiy (rezorbtiv)2ta‘sir, reflektor3 ta‘sir,
asosiy4 va nojoʻya
5 ta‘sirlar, toʻgʻridan-toʻgʻri6
, bilvosita7
, zaharli8 , kanserogen9
,mutagen10, teratogen11, fetotoksik12 , embriotoksik13 , tanlab14
, spetsifik15 , ta’sir
mexanizmi16 , qaytar17 va qaytmas18 hamda idiosinkraziya19 ta‘sirlar kiradi va bularning har
biri amaliy ahamiyatga ega!. Mahalliy ta‘sirga misol sifatida mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi
vositalarining ta‘sirini koʻrsatish mumkin. Koʻpgina dorilar odatda moddaning qonga
soʻrilishi (rezorbsiyasi) va uning organizmda tarqalishi keyin rivojlanadigan umumiy
(rezorbtiv) ta‘sirga ega. Mahalliy va rezorbtiv ta‘sir bilan ham moddalar turli sezgi
retseptorlarni qoʻzgʻatishi mumkin va reflektor reaksiyalariga sabab boʻlishi mumkin.
Dorivor moddaning asosiy ta‘siri bu – uning har bir ma‘lum sharoitda qoʻllaniladigan ta‘siri
hisoblanadi. Boshqa barcha ta‘sirlar esa nojoʻya ta‘sir yuzaga kelishi hisoblanadi. Dori
moddalar ma‘lum organlarga bevosita ta‘sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, dori
moddalarning ta‘siri bilvosita boʻlishi mumkin. Masalan, yurak glikozidlari yurakka bevosita
ta‘sir koʻrsatadi, ammo yurak ishini yaxshilash orqali bu moddalar boshqa organlarning qon
bilan taminlanishini va funksiyalarini (bilvosita ta’sir) oshiradi. Bundan tashqari qolgan
ta‘sirlar haqida ham avval bayon etib oʻtilgan yoki keyinroq yana toʻxtalib ketilgan.
B.Farmakodinamika va farmakokinetikaga ta’sir etuvchi omillari:
1.Moddalarning xususiyatlari(kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy xususiyatlari, dozalari)
Moddalarning farmakodinamika va farmakokinetikasi avvalo ularning kimyoviy tuzilishiga
bogʻliq. Oʻxshash kimyoviy strukturali moddalar (masalan benzodiazepin, ksantinlar)
oʻxshash kimyoviy ta‘sirga ega. Moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari (lipofillik,
qutblilik, ionlanishi) shubhasiz muhim ahamiyatga ega. Har bir dori vositasining ta‘siri uning
dozasi yoki konsentratsiyasiga bogʻliq. Umuman olganda moddaning dozasi oshirilsa,
ta‘siri tezlashadi. Arifmetik shkala boʻyicha doza va uning effekti oʻrtasidagi bogʻliqlik
giperbolik koʻrinishda. Logarifmik shkala boʻyicha hisoblansa ular oʻrtasidagi bogʻliqlik
S-simon shaklda boʻladi (7-rasm).
Ikki moddaning bir xil kattalikdagi ta‘sirni yuzaga keltiradigan dozalarini hisoblashda
ularning faolliklari taqqoslanadi. Odatda 50% ta‘sirga erishiladigan dozalar taqqoslanadi:
ED50 (ED50; effective dose). Agar ED50 A modda ED50 B moddadan 2 marta kam boʻlsa, A
74
Manbaa: @pharma_baza
modda 2 marta faolligini bildiradi. Bundan tashqari dori moddalarning ―effektivlik‖
tuchunchasi farqlanadi, bu maksimal ta‘sir kattaligi bilan taqqoslanadi. (8-rasm).
Agar A moddaning maksimal ta‘siri B moddaning maksimal ta‘siridan 2 marta katta boʻlsa,
A modda B moddadan 2 marta effektliligini bildiradi.
7-rasm.Har xil qiymatlarda effektning dozaga bogʻliqligi
A-doza arifmetik shkala boʻyicha (giperbolik bogʻliqlik)
B-doza logarifmik shkala boʻyicha (S-simon bogʻliqlik)
Moddalarning minimal ta‘sir qiluvchi, oʻrta va yuqori terapevtik dozalari
farqlanadi.Terapevtik dozaning minimal miqdordan yuqori miqdorigacha boʻlgan diapazoni
―terapevtik ta’sir kengligi‖ (terapevtik kenglik) deyiladi. Moddalarning yuqori dozalari
toksik ta‘sirni chaqiradi, bunday dozalar toksik dozalar deb nomlanadi.
2.Organizm xususiyatlari (jins,yosh, genetik oʻziga xoslik, funksional holati, patologik
holati)
Moddalarning farmakodinamika va farmakokinetikasi odamning jinsiga, yoshiga, tana
vazniga, individual sezgirligiga, funksional va patologik holatiga bogʻliq.Erkaklar ayollarga
nisbatan koʻpgina dori moddalar ta‘siriga chidamliroq, chunki erkaklik jinsiy gormonlari
jigardagi mikrosomal fermentlar sintezini stimullaydi.
Bolalarga kattalarga nisbatan dori moddalar kamroq dozlarda tayinlanadi. Birinchidan, bu
bolalarning tana vazni kattalarga nisbatan kam boʻladi. Ikkinchidan bolalar kattalarga
nisbatan koʻpgina moddalarga (masalan morfin, atropinga) koʻproq sezgirdirlar.
Organizmning yoshga oid sezgirligi turli dorilarga nisbatan har xil. Shuning uchun kattalar
uchun hisoblangan dorivor modda miqdorini bolalarga tavsiya qilib boʻlmaydi.
75
Manbaa: @pharma_baza
8-rasm. Effektning dozaga bogʻliqligi
*A modda Б moddaga (taqqoslash ED50) nisbatan faol; A va Б moddaning effektivlgi bir xil;
*B modda Б moddaga nisbatan kamroq faol va kam effektli
*Г modda A moddaga antagonist
Har bir preparat bolalarga ma‘lum yoshga nisbatan tavsiya etilgan dozalarda beriladi. Keksa
odamlarda (60 yoshdan kattalar) jigar mikrosomal fermentlarining aktivligi pasayadi,
moddalarning buyrak orqali chiqarilishi sekinlashadi. Shuning uchun keksa yoshli odamlarga
MNSni susaytiruvchi ( uyqu chaqiruvchi, neyroleptiklar, morfin guruhi preparatlari va
boshq. ), yurak glikozidlari, diuretiklar oʻrta yoshli odamlarga tavsiya qilinadigan dozaning
½ qismi tavsiya qilinadi. Boshqa zaharli va kuchli ta‘sir qiluvchi moddalar oʻrta yoshli
insonlar dozasining 2/3 qismigacha kamaytiriladi. Katta yoshli odamlarga antibiotklar,
sulfanilamidlar, vitamin preparatlari yoshga bogʻliq boʻlmagan dozalarda tavsiya qilinadi.
Moddalarning farmakodinamika va farmakokinetikasi ma‘lum darajada tana vazniga bogʻliq.
Umuman olganda, tana vazni qancha katta boʻlsa, moddaning dozasi ham shuncha katta
boʻladi. Ayrim hollarda aniq dozirovkalash uchun kasalning 1 kg tana vazniga toʻgri
keladigan modda dozalari hisoblanadi.
Dori moddalarga individual sezgirlik har xil boʻlishi mumkin. Masalan miorelaksant
suksametoniy (ditilin) qon plazmasi tarkibidagi xolinesteraza ta‘sirida tez parchalangani
uchun 3-5 minut ta‘sir qiladi. Bir qancha kasallarda (qon plazmasida xolinesteraza
yetishmovchiligi natijasida.) suksametoniy 3-5 soat ta‘sir qilishi mumkin. Bir qator
bemorlarda bezgakka qarshi preparat primaxin glukoza-6-fosfat degidrogenaza
yetishmovchiligi natijasida eritrositlar parchalanishi (gemoliz ) chaqirishi mumkin. Bunday
noodatiy reaksiyalar fermentlar yoki ularning genetik kamchiligi (fermentopatiya) tufayli
yuzaga keladi va ―idiosinkraziya19‖ termini bilan belgilanadi. Dori moddalarning ta‘siri
organizm sistemalarining funksional holatiga bogʻliq. Qoida tariqasida, stimullovchi tipdagi
Farmakologik
effekt (%)
Dozalar (mg/kg)
76
Manbaa: @pharma_baza
moddalar oʻziga mos keladigan funksiyalar susayishiga, susaytiruvchi moddalar oʻziga mos
keluvchi faollanish reaksiyalariga kuchli ta‘sir koʻrsatadi.
Dori moddalarning ta‘siri patologik holatni oʻzgartirishi mumkin. Masalan, mahalliy
anestetiklar yalligʻlanish oʻchogʻiga susaytiruchi ta‘sir koʻrsatadi. Bir qancha dorivor
moddalar faqat patologik holatga ta‘sir qiladi. Misol uchun, asetilsalitsillat kislotasi (aspirin)
faqat tana haroratini pasaytiradi; yurak glikozidlari asosan yurak yetishmovchiligida yurak
ishini stimullaydi.
3.Dorilarni buyurish tartiblari
(Buyurish vaqti, takroriy qoʻllanishi, birgalikda qoʻllanilishi)
Bir qator dorivor moddalar ta‘siri sutkalik ritmga bogʻliq boʻlishi mumkin, bu gormonlar,
fermentlar yoki boshqa endogen moddalar ishlab chiqarishdagi siklik oʻzgarishlar bilan
bogʻliq. Koʻp moddalarni ta‘siri sirkad ritmga boʻgʻliqligi aniqlangan (biologik
jarayonlarning sirkad oʻzgarishlari 20-28 soat orasida boʻlishi nazarda tutilgan). Shunga
koʻra , glyukokortikoidlar eng faol vaqti – ertalab soat 8.00 da, narkotik analgetiklarniki –
soat 16.00 da boʻlishi ham oʻrganilgan.
Takroriy qoʻllaganda dori moddasini ta‘siri susayishi mumkin, shu sababli oldingidek
samaraga erishish uchun dozani koʻpaytirish kerak boʻladi. Ushbu holat ―oʻrganib qolish”
(tolerantlik – absolyut va nisbiy boʻlishi mumkin) deyiladi. Bunda moddaning terapevtik
hamda, toksik ta‘siri ham kamayadi(toksik ta’sirga nisbatan barqarorlikni ifodalashda
“tolerantlik” terminidan foydalaniladi).
Agar modda tanadan asta-sekinlik bilan ajralib chiqsa, takroriy yuborilganda moddani
organizmda toʻplanishi natijasida (moddiy kumulyatsiya) ta‘sir kuchayishi mumkin.
Noodatiy yoqimli hissiyotlarni keltirib chiqaradigan ba‘zi bir moddalarni (morfin, kokain va
boshqalarni) qayta yuborish, moyil boʻlgan odamlarda moddani takroriy dozalarini olish
istagini kuchaytiradi. Bu esa qaramlikni (qaramlik- qaramlik ruhiy va jismoniy boʻishi
mumkin.!!! tolerantlik va qaramlik boshqa-boshqa tushunchalar) vujudga keltiradi, agarda
moddani yuborilishi cheklansa ogʻriqli hislarni yuzaga keltiradi va bu ―abstinensiya‖ (yoki

синром оТдача” “синдром оТмены”) termini bilan ifodalaniladi. Morfinga nisbatan
qaramlikda (morfinizm) abstinensiya mushaklarning qattiq ogʻrigʻi, markaziy asab tizimi,
yurak-qon tomir tizimi, ovqat hazm qilish organlari va boshqalar faoliyatining buzilishi bilan
namoyon boʻladi. Bunday qaramlik “jismoniy qaramlik” deb nomlanadi. Bundan tashqari
ruhiy qaramlik ham mavjud boʻlib, unda abstinensiya hodisasi yaqqol yuzaga chiqmagan va
subyektiv hususiyatga ega boʻladi (Hindiston kandiriga boʻlgan qaramlik).
Ikki yoki undan ortiq dori moddalarni birgalikda qoʻllash bilan ularning ta‘siri kuchayishi
yoki susayishi mumkin. Moddalarni birgalikda qoʻllanishi samarasining oshishi “sinergizm”
atamasi bilan belgilanadi.Ikki moddadan biri boshqa maqsadda qoʻllansayu ikkinchini ta‘sir
kuchini oshirsa bu sensitizatsiyalangan(1+0=1,5)ta‘sir hisoblanadi. M: glukokortikoidlarni
adrenomimetiklar bilan qoʻllash, bronxlardagi adrenoretseptorlarning qoʻllanayotgan
doriga nisbatan sezgirligini oshirib beradi, bundan esa amaliyotda foydalanamiz (Nafas
sistemasiga kelganda batafsil yoritiladi) . Ikkita teng faol moddalar ta‘sirining qoʻshilishi
77
Manbaa: @pharma_baza
additiv ta’sir(1+1=1,75) deb ataladi.Ikki faol dorini birgalikda qoʻllangandagi samara yakka
qoʻllagandagi samaraga teng boʻlsa buni summar sinergizm (1+1=2) deb ataymiz.
Agar bir modda boshqa moddaning ta‘sirini sezilarli darajada kuchaytirsa, bu potensirlangan
ta’sir (1+1=2<…) deb ataladi. [Ikki yoki undan ortiq moddani birgalikda qoʻllash kombinatsiyasi
deyarli maximal ta‘sir yuzaga keltirsa buni augmentatsiya (1+1+…=3/4/5/<…) deb ataymiz, lekin asosan
yuqorida koʻrilgan 4 ta‘sirni keltirib oʻtilgan,bu qoshimcha sifatida.]. Birgalikda ishlatilganda
moddalar ta‘sirining zaiflashuvi “antagonizm” deb ataladi.
D.Nojoʻya va toksik ta’sir.
Terapevtik dozalarda deyarli barcha dorilar, kerakli va foydali ta‘sir bilan bir vaqtda,
keraksiz va ba‘zida xavfli ta‘sirga ham ega. Terapevtik dozalarda ishlatilganda dori
moddalarning keraksiz ta‘siri nojoʻya ta’sir deb ataladi. Nojoʻya ta‘sir allergik boʻlmagan
va allergik ajratiladi.
Allergik boʻlmagan nojoʻya ta’sirlar har bir dori moddaga xos boʻlib, dozani koʻpayishi
bilan ortadi va maxsus antagonistlar tomonidan yoʻq qilinadi.
Allergik ta’sir barcha dorilar uchun oʻxshash, dozaga koʻp bogʻliq emas (ular past dozalarda
ham paydo boʻlishi mumkin), antiallergik dorilar tomonidan zaiflashadi. Kechishiga koʻra
allergik reaksiyalar yengil ( qichima, ), oʻrta ogʻir ( Kvinke shishish), ogʻirga (anafilaktik
shok) boʻlinadi.
Nojoʻya ta‘sirlarning muhim turlaridan biri – homilador ayollarga dori-darmonlarni
buyurishda embrion yoki homila rivojlanishining buzilishidir. Homiladorlikning dastlabki 12
xaftaligida buyurilgan ba‘zi dorilar embrionning rivojlanishida buzilishlarni keltirib
chiqarishi mumkin, keyinchalik ular tugʻma nuqsonlar shaklida namoyon boʻladi -bu
teratogen ta’sir deyiladi. Embrionda nuqsonlar shakllanishiga olib kelmaydigon nojoʻya
ta‘sir embriotoksik ta’sir deb ataladi. Homiladorlikni soʻngi davrlarida buyurilganda yuzaga
keladigon salbiy ta‘sirlar – fetotoksik ta’sir hisoblanadi. Terapevtik dozadan yuqori boʻlgan
dozalarda (toksik dozada), dori moddalarning zararli ta‘siri toksik ta’sir sifatida belgilanadi.
Bular buyraklar, jigar, qon tizimi, markaziy asab tizimi, ovqat hazm qilish va boshqalar
funksiyalarini jiddiy ravishda buzishi mumkin. Bundan tashqari shu oʻrinda dorilarning ta‘sir
turlaridan juda ham ahamiyatli boʻlgan 3tasini aytib oʻtamiz : 1) spetsifik ta‘sir – bu dorining
organizmdagi ayan qaysi retseptorlarga ta‘sir etishi (bu bizga juda k’plab ma’lumtlarni
beradi). M: salbutamol 2 adrenomimetik hisoblanib, orgnizmdagi aynan shu retseptorlarga
ta‘sir qiladi. Mana shu spetsifik ta‘sir bilan birga dorini 2) Tanlab ta‘siri- bu organizmdagi
aynan qaysi oran yoki sohaga ta‘sir etishini bildiradi. Misol uchun biror A dori bizda
2adrenoretseptorga ta‘sir qiladi , lekin aynan qayerdagi ? Bronx muskullarigami yoku uning
sekret ajratuvchi bezlarigami?, bachadon silliq mushaklarigami? Aynan shu haqida ma‘lumot
beradi bu ta‘sir (!!!spetsifik ta’sirdan farqlab oling, ikkovi bir narsa emas). Eng muhim
bilishimiz kerak boʻlganlaridan biri: 3)Ta‘sir mexanizmi – bunda dori samara keltirib
chiqarishi(agonist) yoki samarani yuzaga kelishiga toʻsqinlik qilishi mumkin (antagonist) va
ma‘lum bir spetsifik retseptorga agonist boshqasiga antoganist boʻlishi mumkin bunga
78
Manbaa: @pharma_baza
sinergoantoganist yoki agonistatn antoganist deymiz; Shu 3 ta‘sirni ham bilib olishimiz
kerak(tanlab , spetsifik , ta’sir mexanizmi .)!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *