ICHISH UCHUN TOMCHILAB BERILADIGAN ERITMALAR

Kuchli va zaharli ta‘sir qiluvchi dorivor moddalar ichish uchun tomchilarda taqsimlanadigan
eritmalar shaklida beriladi. Farmakopeyalarda 1 ml suvli eritma 20 tomchi, 1 ml yogʻli yoki
spirtli eritma esa 50 tomchi boʻlish mumkinligi belgilab qoʻyilgan.
Bir marta ichiladigan tomchilar soni tarkibida dorining 1 martalik terapevtik dozasi boʻlishi
kerak. Enteral yoʻl bilan qoʻllash uchun (ya‘ni ichish uchun) dorilarning 1 ta terapevtik
dozasi oʻrta hisobda 5 – 15 tomchida eritiladi va 20 marta qabul qilishga yozib beriladi. Ular
kengaytirilgan, qisqartirilgan ―ex‖ va qisqartirilgan foiz shaklida yoziladi.
Misol. td = 0,0005 boʻlgan Atropin sulfat eritmasini 10 tomchidan ichishga buyurilsin.
Hisob: td x 20 marta = 0,0005 x 20 marta = 0,01
10 tomchi x 20 marta = 200 tomchi = 10 ml, chunki 20 tomchi = 1 ml,
200 tomchi = 10 ml
Retsept yozishning kengaytirilgan shakli:
Rp.: Atropini sulfatis 0,01
Aquae destillatae 10ml
M.f. solutio
D.S. 10 tomchidan ichilsin.
Qisqartirilgan shakl:
Rp.: Solutionis Atropini sulfatis 0,01 – 10 ml
D.S. 10 tomchidan ichilsin.
Qisqartirilgan % shakli:
Hisob: 0,01 – 10 ml x= 0,01 x 100 / 10 = 0,1%
X – 100 ml
Rp.: Solutionis Atropini sulfatis 0,1% – 10 ml
D.S. 10 tomchidan ichilsin.
Ofisinal eritmalarni yozib berishda ularning konsentrasiyasi koʻrsatilmay faqat nomi va
miqdori koʻrsatiladi.
Misol. md = 5 tomchi boʻlgan nitrogliserinning spirtli eritmasi yozib berilsin.
Rp.: Solutionis Nitroglycerini spirituosae 2 ml
D.S. 2 tomchidan 1 chaqmoq qandga tomizilib, til ostiga qoʻyilsin.
Misol. Kordiamin eritmasi 10 ml yozib berilsin.10 tomchidan ichish uchun buyurilsin.
Rp.: Cordiamini 10 ml
D.S. 10 tomchidan ichishga buyurilsin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *