ILMIY TIBBIYOTNING SHAKLLANISHI

Inson faoliyatining bir sohasi sifatida kelib chiqqan tibbiyot kasbi doimo rivojlanib, takomillashib bordi. U yangi tashxis va davolash usullari bilan boyidi. Buni kishilar hayotining o’zi taqozo qilgan edi. Tabiblar ham, bemorlar ham tibbiyotning rivojlanishidan manfaatdor edilar. Bemorlar yaxshiroq davolovchi tabibga murojaat qilishga intilardilar. Tabiblar o’zlariga ko’proq bemornijalb qilish uehun ularga to’g’ri tashxis qo’yish va muvafTaqiyatli davolashga harakat qilardilar. Shu maqsadda tashxis qo’yish va davolashning yangi usullarini ishlab chiqardilar. Har xil dorilarni sinab ko’rardilar, davolash usullarini takomillashtirardilar. Bu bilan ular tibbiyotni doim boyitib borardilar. Shunday qilib, dastlab empirik amaliy muolaja sifatida paydo bo’lgan tibbiyot rivojlanib, takomillashib ilmiy tibbiyotga aylandi. Ammo bu jarayon tez va osongina amalga oshmadi. Amaliy tibbiyotning tajribasi umumlashtirilib, fikrdan o’tkazilib, ilmiy tibbiyotga aylangunga qadar ko’p asrlar o’tdi.
Ilmiy tibbiyotning shakllanish jarayoni quyidagicha amalga oshgan: bemorlarni davolashda ishlatiladigan dori-darmonlarning soni asta-sekin ko’paya borgan. Bu jarayon insonlar o’troq yashash tarziga o’fib, turli o’simliklarni sun’iy ravishda o’stirishni o’rganib olganlaridan soOng ancha tezlashdi. Buning natijasida tibbiyotda ishlatiladigan juda ko’p dorivor moddalar topildi. Ularning xususiyatlari va qanday kasallikda ishlatilishini esda saqlab qolish qiyinlashdi. Har bir dorining xusu~iyati v& ta’sirini
20

biror yo’l bilan belgilab qo’yish zaruriyati tug’uldi. Shu vaqtda yozuv kashf etildi. Tabiblar darhol undan foydalanib, har xil dorilarning xususiyatlari va qanday kasallikda ishlatilishlarini yozib qo’ya boshladilar. Shunday qilib, birinchi tibbiy yozuvlar paydo bo’ldi. Bu yozuvlar dastlab retseptlardan iborat edi. Unda dorining nomi, xususiyati, qanday kasallikda ishlatilishini ko’rsatilardi.
Tibbiyotning fan sifatida shakllanishida yozuvning kashf etilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Aynan yozuv tufayli tibbiyot empirik amaliyotdan fanga aylandi. Tabiblar dorilarning xususiyatlarini retseptda ko’rsatish bilan cheklanib qolmay, har xil kasalliklar va ularning belgilarini yozib bora boshladilar. Shunday qilib birinchi tibbiy adabiyot paydo bo’ldi.
Diqqat-e’tiborli tabiblar faqat bemorlarni davolash bilan cheklanib qolmay, tashrix (odam anatomiyasi) bilan ham qiziqqanlar. Odam organizmida sodir bo’ladigan normal (fiziologik) va kasallik holatlardagi o’zgarishlarni ko’zdan kechirganlar. Bundan tashqari har xil dorilarning organizmga ko’rsatadigan ta’sirini ham o’rganganlar. Bu kuzatishlarda aniqlangan ma’lumotlar yozib borilgan. SoOng ular umumlashtirilib, odam organizmining tuzilishi, undagi fiziologik va patologik o’zgarishlar bayon etilgan kitoblar yozilgan.
Tashxis sohasida turli xiI tekshirish va bemolarni ko’zdan kechirish usullari ishlab chiqilgan. Eng asosiy diagnostik usul bemor tomirini tekshirish hisoblangan. Tomir urishiga qarab, ko’p kasalliklar aniqlangan. Bundan tashqari bemorning siydigi va boshqa chiqindilarini tekshirish usuli ham ishlab chiqilgan. Davolash masalasida rutubatlar nazariyasiga asoslanganlar, ya’ni muvozanat holatidan chiqqan suyuqliqqa ta’sir qilish usulini qo’llaganlar. Masalan, kasallik qonning miqdoriy va sifatjihatidan o’zgarishi natijasida kelib chiqqan, deb faraz qilinsa qon olish usulini qo’llaganlar. Agar safro ko’payib ketganligi yoki uning sifati o’zgarganligi sababli kasallik kelib chiqqan, deb faraz qilinsa safroni haydovchi dorilar beriigan. Shu maqsadda bemorga ich suruvchi va qayt qildiruvchi dorilar ham ichirganlar. Shu yo’l bilan muvozanatdan chiqqan suyuqIiklarni o’z holiga keltirishga harakat qilganlar. Muvozanat tiklanganidan keyin kasallik alomatlarini yo’qotuvchi choralarni ko’rganlar. Masalan, bemorda harorat ko’tarilgan bo’lsa uni tushiruvchi, biror joyida og’riq paydo bo’lsa og’riqni qoldiruvchi dorilar berganlar. Umuman davolash simptomatik xarakterga ega bo’lgan.
Faqat jarrohiy kasalliklarda davolash kasallikning sababi va uning oqibatini yo’qotishga qaratilgan edi. Shunday qilib, tibbiyot fan sifatida ‘shakllandi. Lekin, bu yerda shuni ko’rsatib o’tish kerakki u vaqtda ilmiy
fikrlash eksperimental tekshirishlar va ko’zdan kechirishlarga asoslanmay, ‘ko’proq mavhum falsafiy fikr yuritishga asoslanardi. Shuning uchun qadimgi zamon ilmiy tibbiyoti katta yutuqlarga erishish bilan birga jiddiy
kamchiliklardan ham xoli ’emasdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *