MUQADDIMA
Zotining abadiy ekanini bildirgan Alloh taologa hamd bo‘lsin. U O‘zidan boshqa barcha
mavjudotlarning o‘lishlarini istadi. Kofirlarni va gunohkorlarni qabr azobi bilan, albatta,
jazolaydi. Bandalari dunyo va oxirat saodatiga erishishlari uchun ularga payg‘ambarlari
vositasida amrlarini va ta’qiqlarini yetkazdi. Bandalari oxiratda azob yoki mukofot
olishlarini ularning dunyoda qilgan amallariga bog‘liq qildi. Oxirat yo‘liga kirib, roziligiga
qovushishni O‘zi tanlagan va sevgan bandalariga oson qildi.
Alloh taolo suyukli payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga, Ul zotning oila a’zolariga va
sahobalariga salotu salom yuborsinki, ularning ismlarini musulmonlar orasida juda
mo‘’tabar qildi.
Bilingki, hamma narsani tiriltirgan va o‘ldirgan Alloh taolo Oli Imron surasining 185-oyati
Anbiyo surasining 35-oyati va Ankabut curasining 57-oyatining maoli-sharifida:
«Har bir jon o‘lim (achchig‘i)ni totguvchidir», deb marhamat qilgan. Shu tariqa
olamlarning uchta ekanini bildirdi. Dunyo olamiga kelganlar albatta o‘ladi. Malakut va
jabarut olamiga kelganlar ham, albatta, o‘ladi. Bular dunyo olamida yashovchilar,
insonlar bilan birga quruqlikda, suvda va havoda yashaydigan hayvonlardir.
Malakutiy bo‘lgan (ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan) olam, ya’ni bu ikkinchi olam farishtalar
bilan jin toifalari yashaydigan olamdir.
Jabarutiy bo‘lgan uchinchi olam esa farishtalardan tanlanganlarning olamidir. Bu
to‘g‘risida Qur’oni karimda shunday marhamat qilingan:
«Alloh farishtalardan ham, insonlardan ham elchilar tanladi» (Haj surasi, 75-
oyat).
Ana shu uchinchi toifa jabarut olamining ahli Karubiy , Ruhoniylar va Hamalai Arshni
ko‘tarib turuvchi farishtalar Arsh farishtalari va Surodiqoti jalol ahli bo‘lganlardir. Anbiyo
surasining 19-20-oyatlarida bunday deyiladi:
«Uning (Allohning) huzuridagi zotlar (farishtalar) Uning ibodatidan
www.ziyouz.com kutubxonasi 1
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
orlanmaydilar va charchamaydilar ham. Ular tunu kun sustkashlik qilmasdan
(Allohga) tasbeh aytadilar». Alloh taolo ularni mana shu oyati karima bilan madh
etdi. Ular juda sharafli bo‘lib, jannat bog‘chalarida kezurlar. Bular Qur’oni karimda
bildirilgan bo‘lib, sifatlari keltirib o‘tilgan. Ular Haqqa ta’ologa yaqin bo‘lishlari va
makonlari jannat bog‘chalari bo‘lishlariga qaramay baribir o‘ladilar. Ularning Alloh
taologa yaqinliklari o‘lishlariga mone’ bo‘la olmaydilar.
Aziz birodarim! Men senga oldin dunyo o‘limini anglatay. so‘zlarimni tinglash uchun
yaxshilab quloq sol. Agar Alloh taolo va Uning Rasuliga (s.a.v.), Qiyomat va oxirat
kuniga iymoning bo‘lsa, so‘zlarimni anglarsan. Senga insonlarning bir holdan boshqa bir
holga qanday o‘tishlarini naql etib, ularning hollarini, vasflarini aytib berurman. Bu
so‘zlarimga Alloh taolo va Qur’oni karim shohiddir. Qur’oni karim oyatlari bilan sahih
hadislar so‘zimni tasdiqlaydi. Inson o‘lgach, uning dunyo hayoti tugaydi. Oxirat hayoti
boshlanadi. Oxirat hayoti uch qismdir: 1. Qayta tirilgunga qadar bo‘lgan qabr hayoti. 2.
Qiyomat kunidagi hayot. 3. Jannat va jahannam hayoti. Bu uchinchi hayot cheksizdir va
abadiydir).
Yomondir kundan kun holim, bag‘oyat, yo Rasululloh!
Tuzalsin endi af’olim, inoyat, yo Rasululloh!
Ozdirdi bu osiy nafsim, meni shaytonga yor qildi,
Yasholmam buncha isyonda, madad ber, yo Rasululloh!
Ajab, mumkinmi qutilmoq havoyi nafsi shaytondan?
Yetishmasa agar sizdan hidoyat, yo Rasululloh!
Kelsa gar fayzu ehsoning gunohkor kimsaga bir on,
Bo‘lgay ul ikki dunyoda salomat, yo Rasululloh!
Amrlariga bo‘yin egdim, haromni demadim halol,
Har gunohning so‘nggi bo‘ldi nadomat, yo Rasululloh!
Ey, insu jinning Rasuli, insonlarning eng afzali,
Ixlosim haqqi chun qil shafoat, yo Rasulluloh!
BIRINCHI FASL
Alloh taolo Odam (a.s.) yaratib, uning belini qudrati bilan siladi va undan ikki hovuch
oldi. Birini o‘ng tarafidan, ikkinchisini esa chap tarafidan oldi. Har insonning zarrasini bir-
biridan ayirdi. Odam (a.s.) ularga qaradi va ularning zarradek ekanini ko‘rdi. Voqea
surasining 8–9-oyatlarida shunday marhamat qilinadi:
«Bas, (u uch toifadan birinchisi) o‘ng tomon egalaridir. O‘ng tomon egalari
(bo‘lmoq) ne (saodat)dir! (Ikkinchi toifa) shum-chap tomon egalaridir. Shum-
chap tomon egalari (bo‘lmoq) ne (baxtsizlik)dir!»
www.ziyouz.com kutubxonasi 2
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Shunda Odam (a.s.) Alloh taolodan so‘radi: «Ey Rabbim! Jahannam ahlining amali
nima?»
Alloh taolo unga shunday marhamat qildi: «Menga shirk keltirishlik, yuborgan
payg‘ambarlarimga ishonmaslik va Ilohiy kitoblarimdagi amr va qaytariqlarimga amal
qilmasdan, Menga isyon qilishdir».
Shunda Odam (a.s.) Alloh taologa shunday duo qildi: «Ey Rabbim! Bularni o‘zlariga
guvoh qil. Ular jahannam ahlining amalini qilmaydilar, deb umid qilaman». Alloh taolo
ularning nafslarini guvoh qilib:
«Men sizlarning Rabbingiz emasmanmi?!» deb so‘radi. Ular: » Sen Rabbimizsan. Biz
guvohlik beramiz», deyishdi. Ularning bu tasdiqlashlariga Alloh taolo Odam (a.s.) va
farishtalarni ham guvoh qildi. Bu ahdlashuvdan keyin ularni yana oldingi makonlariga
yubordi. Chunki ularning hayotlari faqat ruhoniy hayot bo‘lib, jismoniy hayot emas edi.
Alloh taolo ularni Odam (a.s.)ning beliga joylashtirdi. Barcha Ruhlarni qabz etib,
Arshning xazinalaridan birida saqladi.
Otaning nutfasi onaning qornida qaror topib, bolaning jismoniy surati tugagunigacha
jonsiz bo‘ladi. Malakutiy bir javhar bo‘lgani uchun jasadni o‘ldirish man qilindi. Alloh
taolo ona qornida jonsiz bo‘lgan bu jasadga ruh berishni murod qilganidan, Arshning
xazinalarida ma’lum muddat muhofaza qilgan ruhni jasadga iroda etadi, ya’ni kiritadi.
Shunda bola qimirlay boshlaydi. Ko‘p bolalar ona qornida harakat qiladi. Onasi buni
ba’zan biladi, ba’zan bilmaydi. Alloh taolo ruhlardan: «Men sizning Rabbingiz
emasmanmi?!» deb so‘ragan Miysoq kunidan keyingi o‘lim, ya’ni ruhni Arshning
xazinalariga yuborishi birinchi o‘limdir va ona qornidagi hayot esa ikkinchi hayotdir.
IKKINCHI FASL
Shundan keyin Alloh taolo insonga hayoti davomida rizq-ro‘z beradi. Ma’lum bo‘lgan ajali
kelgunicha, to rizqi tugaguniga qadar unga umr berib, dunyodagi o‘limi yaqinlashganida,
to‘rtta farishta keladi, ulardan biri insonning ruhini o‘ng oyog‘idan, ikkinchisi chap
oyog‘idan, uchinchisi o‘ng qo‘lidan, to‘rtinchisi chap qo‘lidan tortadilar. Inson ko‘pincha
o‘z joni g‘ar-g‘ara holiga kelmasidan oldin «Olami malakut»ni ko‘ra boshlaydi va
farishtalarni, o‘z qilgan amallarining haqiqatini olamlarda ro‘y berayotgan ko‘pgina
hollarni ko‘radi. Agar gapira olsa, ularning mavjudligini gapirib beradi. Ko‘pincha
ko‘rayotgan narsalarini shaytonning ishi deb o‘ylaydi. Tildan qolgunigacha harakat
qilmaydi. Shunda yana farishtalar ruhini barmoq uchlaridan tortadilar. Xuddi
bo‘g‘ilgandek xirillab nafas ola boshlaydi. Fojir Odamning ruhi xuddi insonning ichidan
tikanni tortib olgandek qiynab chiqarib olinadi. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xabar
berganlar. Bu holatda o‘layotgan kishi qornini tikan bilan to‘ladek his qiladi. Ruhini igna
teshigidan o‘tayotgandek, osmon Yerga qulab tushganu, o‘zini uning ostida qolgandek
his qiladi.
Hazrati Ka’b ul Ahbor (r.a.) dan: «O‘lim qanday bo‘ladi?» deb so‘rashdi. U kishi aytdiki:
«Bir kishining ichiga bir tikan shoxini qo‘yib kuchli bir odam tortsa, uning ichini qanday
kesib,tilib chiqsa xuddi shunga o‘xshaydi».
www.ziyouz.com kutubxonasi 3
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlarki: «Albatta, o‘lim azoblaridan bittasining tandagi
shiddati uch yuz marta qilich urgandan ham shiddatlidir».
Ana shu paytda insonning badani terlaydi. Ko‘zlari birdaniga ikki tomonga ketadi.
Burnining ikki tomoni tortilib, ko‘kragi ko‘tariladi. Nafas olishi tezlashadi, yuzi sarg‘ayadi.
Hazrati Oisha (r.a.) onamiz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vafot etayotganlarida yonlarida
ekan, ul zotning holini ko‘rib, ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kildi va quyidagi ma’noda bir
necha bayt o‘qidilar:
«Jonim Sizga fido bo‘lsin yo Rasululloh! Shu paytgacha Sizga qarshi qilingan shuncha
yomon harakatlar Sizni zarrachalik ranjitmadi, xafa qilmadi. Shu paytgacha Sizga hatto
jinlar ham yomonlik qila olmadi. Hech narsadan qo‘rqmadingiz. Endi nima bo‘ldiki, go‘zal
yuzingiz butunlay terga botganini ko‘ryapman. Har bir o‘layotgan kishining rangi so‘lib
borgani holda, Sizning muborak yuzingizning nurlari har tarafni yorityapti».
Ruh qalbga kelganida insonning tili tutiladi. Ruh ko‘ksiga kelganida hech kim gapira
olmaydi. Buning ikki sababi bor. Birinchisi bu ish g‘oyat buyuk bo‘lgani uchun, ko‘ksi
nafas bilan to‘lib siqiladi va torayadi.
Ma’lumki, insonning ko‘ksiga musht tushirilsa, hushidan ketadi. Ancha vaqt o‘tgandan
keyin gapira olishi mumkin. Ko‘pincha gapira olmaydi ham, insonning biron joyiga urilsa
ovoz chiqaradi, ammo ko‘ksiga urilsa, ovozi chiqmay o‘likdek bo‘lib qoladi.
Ikkinchi sababi esa, ovoz o‘pkadan tashqariga chiqadigan havoning harakatidan hosil
bo‘ladi. Bu havo endi yo‘q. Nafas olish to‘xtagandan keyin badanning harorati tushib,
soviy boshlaydi. Bu paytda jon berayotgan kishilarning holatlari turlicha bo‘ladi.
Ba’zilarini farishta zahar bilan, qizdirilgan temir bilan uradi. Shunda tezda ruh tashqariga
chiqadi. Farishta ruhni qo‘lga olganida u titray boshlaydi. Asalaridek kichkina inson
shaklida bo‘ladi, so‘ngra farishta uni zaboniyga (azob farishtasiga) topshiradi.
Ba’zilarning ruhi qiynab tortiladi. Ruh chiqayotganda uning bo‘g‘ziga kelib to‘xtab qoladi.
Ruh bu vaqtda qalbga bog‘lanib qolgan bo‘ladi. Shunda farishta qizdirilgan temir bilan
uradi. Mana shu temir bilan urmaguncha ruh qalbdan ayrilmaydi. Temir bilan urishning
sababi – temir o‘lim dengiziga botirib olingan bo‘ladi. Qalb ustiga qo‘yilganida boshqa
joylarga ham ta’sir qiladigan zahardek bo‘ladi. Zero, hayotning siri faqat qalbidir. Uning
siri faqat dunyo hayotida ta’sir qiladi. Shuning uchun ba’zi kalom olimlari: «Hayot
ruhning boshqasidir», «Hayotning ma’nosi ruhning badan bilan birlashishidir», deganlar.
Ruh chekinib, so‘nggi iplari uziladigan paytda insonga bir necha fitnalar uyushtiriladi. Bu
shunday fitnalardirki, iblis o‘z yordamchilarini xossatan u insonning oldiga yuboradi.
Insonga shaytonlar uning otasi, onasi, akasi, ukasi, opa-singillari va boshqa
sevgankishilaridan vafot etganlarning suratida ko‘rinadilar. Va unga bunday dedilar: «Ey,
falonchi! Sen o‘lyapsan. Biz senga yordam bergani keldik. Sen yahudiy diniga iymon
keltirib vafot et. Chunki bu din Alloh nazdida maqbul bo‘lgan haq dindir». Agar ularning
so‘zlariga aldanmasa, quloq solmasa, ular uning yonidan ketadilar. Boshqalari kelib
deydilarki: «Sen nasroniy (xristian) diniga iymon keltirib o‘l! Zero bu din Masihning, ya’ni
Iso (a.s.)ning dinidirki, Muso (a.s.)ning dinini bekor qildi». Shu tariqa shaytonlar turli
millat dinlarini unga bir-bir taklif qiladilar. Bunday paytda Alloh taolodan panoh
www.ziyouz.com kutubxonasi 4
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
tilamagan kishi yo‘ldan adashadi. Alloh ta’ola Oli Imron surasining 8-oyatida xabar
beradi:
«(Ular ayturlar) Parvardigoro, O‘zing bizni hidoyat qilganingdan keyin – endi
dillarimizni Haq Yo‘ldan og‘dirmagin».
Haq ta’olo bir bandasiga hidoyat va iymonda sobitlik berishni istasa, u kimsaga ilohiy
rahmat beriladi. Ba’zilar bu rahmatdan maqsad Jabroil (a.s.)dir, deganlar.
Ilohiy Rahmati shaytonni uzoqlashtirib, xastaning yuzidan horg‘inlikni ketkizadi. Shunda
inson yengil nafas olib, kuladi. Ko‘p kishilarning jon berishidan oldin kulishlari kuzatiladi.
Bu paytda Jabroil (a.s) Alloh taolo tarafidan rahmat keltirganing xabarini berib:
«Taniyapsanmi, men Jabroilman. Bular esa sening dushmanlaring bo‘lgan shaytonlardir.
Sen islom dini va Muhammad (s.a.v.) shariyatiga sodiq bo‘lgan holingda vafot et», deydi.
Insonga ana shu farishtadan ham suyukli va xursand qiluvchi hech nasra yo‘q. Buni
bizga Oli Imron surasining 8-oyatining davomi xabar beradi:
«… va bizga O‘z huzuringdan rahmat hadya etgin! Albatta, Sengina (barcha
yaxshiliklarni) hadya etguvchisan».
Ba’zi kimsalar turib namoz o‘qiyotganlarida vafot etadilar. Ba’zilar uyqularida, ba’zilar bir
ish bilan mashg‘ul ekanlarida, ba’zilar cholg‘u chalib o‘yin kulgu qilganlarida, yana kimdir
mastligida vafot etadi.
Ba’zi kishilarga ruhi chiqayotganda o‘zidan avval o‘tgan tanishlari ko‘rsatiladi. Shuning
uchun atrofidagi kishilarga qaraydi. Bu holatda u kimsada xirillash bo‘ladiki, insondan
boshqa hamma narsa bu xirillaganini eshitadi. Agar inson bu ovozni to‘liq eshitsa,
albatta, qo‘rquvdan halok bo‘lardi.
Vafot etayotgan kishi eng oxirida yo‘qotadigan tuyg‘u bu eshitish tuyg‘usidir. Zero, ruh
qalbdan ayrilgan paytda atrofdagilarni ko‘rmay qoladi. Ammo eshitish hissi uning ruhiy
qabz etilgunga qadar davom etadi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday
marhamat qilganlar: «Vafot etayotgan odamning oldida shahodat kalimasi «La ilaha
illallohu Muhammadur rasululloh»ni aytib turinglar!» O‘lim to‘shagida yotgan kishining
yonidan ko‘p gapirishdan esa qaytarganlar. Chunki bu paytda inson qattiq siqilish ichida
bo‘ladi.
Agar o‘likning og‘zidan tupigi oqqan, lablari osilib qolgan, yuzi qoraygan, ko‘zi orqaga
tortib ketgan yoki ikki tomonga ketgan bo‘lsa, bilingki, bu odam qattiq gunohkordir.
Oxiratdagi ayanchli ahvolini ko‘rgan bo‘ladi.
Agar o‘likning og‘zi xiyol ochiq, xuddi kulib turgandek, yuzi kulib turgandek, ko‘zlari
joyida bo‘lsa, bilingki ul insonga oxiratda erishadigan surur xabari berilgan bo‘ladi.
Farishtalar bu ruhni jannatdan olingan bir ipak matoga o‘raydilar. Marhumning ruhi
asalari kattaligidagi inson shaklida bo‘ladi. Aqli joyida va olgan ilmlari joyida bo‘ladi.
Dunyoda nima ish qilgan bo‘lsa, hammasini biladi. Farishtalar bu ruh bilan birga samoga
qarab uchadilar. Bu yuksalishni ba’zilar biladi, ba’zilar yo‘q. Shu tariqa oldin o‘tgan
www.ziyouz.com kutubxonasi 5
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) ummatlari va yaqinda vafot etganlarning bir yerda
chigirtkalarga o‘xshab yoyilib turishganini ko‘rib, o‘tadilar va birinchi samo bo‘lgan dunyo
osmoniga yetadilar.
Bu farishtalarning boshida bo‘lgan Jabroil (a.s.) dunyo samosiga chiqadilar va undan:
«Kimsan?» deb so‘rshadi.
«Men Jabroilman. Yonimdagi esa falonchidir», deb u insonning go‘zal va yaxshi sifatlari
bilan tanishtiradi. Shunda dunyo samosining qo‘riqchilari bo‘lgan farishtalar: «Bu yaxshi
kishi edi, e’tiqodi va iymoni go‘zal edi. Hech qanday shubha-gumoni yo‘q edi», deyishadi.
Keyin ikkinchi samoga chiqadilar.
«Kimsan», deb so‘rashadi. Jabroil (a.s.) birinchi osmonda aytganlarini takrorlaydi.
Shunda farishtalar solih ruhga: «Xush kelding. Dunyodaligingda namozlaringni barcha
farzlariga rioya qilib, ado etarding», deyishadi.
So‘ngra uchib, uchinchi samoga chiqadilar.
«Kimsan», deb so‘rashadi. Jabroil (a.s.) oldingidek javob qaytaradi. Shunda farishtalar:
«Molining haqqini muhofaza etib, zakotini, daladan olgan hosilining ushrini buyurilgan
kishilarga o‘zi xohlab bergan, hech qizg‘onmagan bu zot xush kelibdi», deyishadi. U
yerdan ham o‘tadilar.
To‘rtinchi samoga boradilar.
«Kimsan», deb so‘raydilar. Jabroil (a.s.) oldingidek javob qiladi. Farishtalar: «Dunyoda
ramazon ro‘zasini tutib, ro‘zani buzadigan narsalardan, begona ayollar bilan
ko‘rishishdan va harom luqma yeyishdan o‘zini saqlagan kishi xush kelibdi», deyishadi.
So‘ngra u yerdan ham o‘tishadi.
Beshinchi samoga yetadilar.
«Kimsan», deyiladi. Oldingidek javob beriladi. Farishtalar: » O‘ziga farz bo‘lgan, Hajni
riyosiz va xolis Alloh uchun ado etgan kishi xush kelibdi», deyishadi. U yerdan ham
o‘tadilar.
Oltinchi samoga yetadilar.
«Kimsan», deb so‘raladi. Oldingi javob qaytariladi. Shunda farishtalar: «Sahar vaqtlarida
ko‘p istig‘for aytgan, hech kimga bildirmay ko‘p sadaqa bergan va yetimlarga yordam
bergan kishi xush kelibdi», deyishadi.
U yerdan o‘tib: «Surodihoti jalol» degan jalol pardalari bo‘lgan bir maqomga borishadi.
Kimsan deb so‘ralganida oldingidek javob beriladi. Yana: «Xush kelibdi. Ko‘p istig‘for
aytib, (bola-chaqasiga va so‘zi o‘tganlarga) amri ma’rif va nahiy munkar qilgan, islom
dinini Allohning bandalariga o‘rgatgan, miskinlarga (va qiyin ahvolda qolganlarga)
yordam bergan solih bandaga va go‘zal ruhga marhabo», deyiladi. Keyin bir farishtalar
jamoatiga duch keladilar. Ularning hammasi bu bandani jannat bilan tabriklaydilar.
So‘ngra «Sidratul muntoho»ga boradilar. Yana «kimsan», deb so‘ralganida, oldingidek
javob beriladi. «Xush kelibdi. Har yaxshiligini Alloh rizosi uchun qilgan zotga marhabo»,
deyiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 6
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Undan keyin olov tabaqasidan o‘tib, nur, zulmat, suv va qor tabaqalaridan o‘tiladi.
So‘ngra sovuq dengizga yetib keladilar va undan o‘tadilar. Har bir tabaqadan ikkinchi
tabaqagacha bo‘lgan masofa ming yillik yo‘ldir.
So‘ngra Arsh Rahmon ustiga o‘ralgan 80 ming pardalar ochiladi. Har bir pardada 80
ming minora bordir. Har minorada 80 mingta qamar, ya’ni Oy bor. Ular Alloh taologa
tahlil va tasbih aytib turadilar. Ulardan bitta Oy agar dunyoga ko‘rinsa, uning nuri butun
olamni yoqar va insonlar unga ibodat qilib ketishgan bo‘lishar edi. Shu payt parda
orqasidan bir munodiy nido qiladi:
«Siz keltirgan ruh kim?» Jabroil (a.s.): «Falon o‘g‘li falondir», deydi.
Alloh taolo: «Uni yaqinroq keltiring. Sen yaxshi bandamsan», deydi. Alloh taoloning
huzuri ma’naviy ilohiysida turganida uni ba’zi lavmi itob (yomon ayblari) bilan Haq taolo
uyaltiradi. Hatto u banda endi tamom bo‘ldim, deb o‘ylaydi. So‘ngra Haq ta’olo uni afv
etadi.
Qozi Yahyo ibn Aqsan hazratlaridan shunday naql qilinadi.
Ul zotga vafotidan keyin tushda ko‘rilganida: «Haq taolo Sizga qanday muomala qildi?»
deb savol so‘raldi. Yahyo ibn Aqsan shunday dedi: «Alloh taolo meni ma’naviy huzuriga
keltirdi va: «Ey shayxi Su’ (ya’ni, foniy qariya ma’nosida)! Sen falon-falon ishlarni
qilmadingmi?» dedi. Alloh taolo qilgan ishlarimni bilishini anglaganimdan keyin meni
qo‘rquv qopladi va: «Ey, Rabbim! Bunday savol berishingni menga dunyoda
bildirmadilar» dedim. «Senga qanday bildirildi?» deb so‘radi. Men esa: «Menga Muammar
Imom Zuhriydan u esa Urvadan, u esa Oishai siddiqadan (r.a.), u kishi Payg‘ambarimiz
(s.a.v.)dan u zot Jabroil (a.s.)dan, u esa Alloh taolodan xabar berdilar. Rauf va rahiym
bo‘lgan Alloh taolo: «Men a’zimusha’n islomda oqargan soch va soqolga azob berishdan
hayo qilaman» deb marhamat qilgan» dedim.
Shunda Alloh taolo marhamat qildiki: «Sen ham Muammar2, Imom Zuhriy3, Urva4,
Oisha, Muhammad (s.a.v.) va Jabroil (a.s.) ham barchalaringiz sodiq (rostgo‘y) sizlar.
Men seni mag‘firat qildim».
- Qozi Yahyo ibn Aqsan Bog‘dodda qozi bo‘lgan va 242 (mel. 856) yilda Madinai
munavvarada vafot etgan. Shofe’iy mazhabidagi fiqh olimi edi. «Tanbeh» nomli kitobi
mashhurdir. - Muammar ibn Musanna Abu Ubayd Naxviy nomi bilan mashhurdir. Adib edi. 110 yilda
Basrada tug‘ilib, 210 (mel. 825) yilda vafot etgan. - Muhammad ibn MuslimZuhriy tobe’inlardan edi. Kitoblarini devordek tizib, ular orasida
mukka tushib o‘qish bilan vaqt o‘tkazardi. Zavjasi bir kuni: «Bu kitoblar menga uchta
ovsindan ham shiddatlidir», degan edi. 124 (mel. 741) yilda vafot etgan. - Urva Ibn Zubayr Zubayr ibn Avvomning ikkinchi o‘g‘lidir. Asmo binti Abu Bakrning
o‘g‘lidir. Fuqahoi sab’adan biri. Hazrati Oisha (r.a.)dan ko‘p hadis rivoyat qilgan. Hijriy
22 yilda tug‘ilib, 93 yilda Madinada vafot etgan (musannif).
www.ziyouz.com kutubxonasi 7
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Abdulaziz ibn Nubota tushda ko‘rildi. Ul zotdan ham: «Alloh taolo senga qanday
muomala qildi, deb so‘raldi. «Alloh taolo mendan so‘radi:
– Sen Meni fasohatli, go‘zal so‘zlarkan, deb o‘ylashsin degan maqsadda qisqa-qisqa
gapiradigan kishi emasmisan?
Men dedim:
– Ey Rabbim! Buyuk zotingni nuqson, sifatlardan tanzih va taqdis etamanki, men haqir
quling dunyoda Sening zoti rububiyatingni madhu sano etardim.
– Unday bo‘lsa, dunyoda aytganingdek vasf ayla, – dedi Alloh.
– Avval yo‘qdan bor qilgan, keyin yana ularning ruhlarini qabz etib o‘ldirgan Sendirsan.
Ularga nutq (gapirish xislati) berib, yana nutqlarini yo‘q qilgan Sendirsan. Qanday yo‘q
qilgan bo‘lsang, keyin yana yo‘qdan bor qilgan Sendirsan. Inson o‘lgandan keyin
a’zolarini bir-biridan ayirgan va qiyomat kuni ularni jam qilgan Sendirsan, – dedim men.
Shunda gunohlarni afv etuvchi Alloh taolo shunday marhamat qildi:
– To‘g‘ri aytding. Bor Men seni mag‘firat qildim.
Ibn Nubota shoir bo‘lib, devoni bor. 405 (mil. 1014) yilda Bog‘dodda vafot etgan.
Mansur ibn Ammor tushda ko‘rilganida, undan Alloh taolo senga qanday muomala qildi,
deb so‘rashdi. U bunday deb javob berdi:
«Haq ta’olo meni ma’naviy huzurida turdirib, bunday dedi:
– Mening huzurimga nima bilan kelding, ey Mansur?
– O‘ttiz olti Haj bilan keldim, ey Rabbim, – dedim men.
– Ularning hech birini qabul qilmadim. Nima bilan kelding?
– Sening roziliging uchun qilgan uch yuz oltmish xatmi sharif bilan keldim.
– Ulardan hech birini qabul qilmadim, nima bilan kelding ey Mansur?
Shunda men:
– Ey Rabbim, rahmating bilan keldim, dedim.
Shunda Alloh taolo:
– Mening huzurimga umid bilan kelibsan. Borgin, seni mag‘firat qildim, – deya
marhamat qildi».
Bu hikoyalarning ko‘pi o‘limning qo‘rqinchli hollaridan xabar beradi. Men senga,
Allohning madadi bilan, ishonchli voqealarni xabar berdim. Ba’zi insonlar borki, Kursiga
yetishganlarida bir nido eshitadilar va u yerdan uni orqaga qaytaradilar. Ba’zilarni esa
pardalardan orqaga qaytaradilar. Alloh taoloning ma’naviy huzuriga yetishganlar
Orifibilloh bo‘lganlardir, ya’ni avliyoi kiromdirlar. Avliyolikning to‘rtinchi darajasi va
undan yuqori maqomlar bo‘lgan kishilargina Allohning huzuriga yetisha oladilar.
Boshqalar yetisha olmaydilar.
Savol malaklari go‘rga kelurlar,
To‘g‘ri namoz o‘qidingmi degaylar.
Qutuldim deb o‘yladingmi o‘lguncha,
Sening uchun azob hozir, degaylar.
www.ziyouz.com kutubxonasi 8
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
UCHINCHI FASL
Fojir va kofirning ruhi shiddat bilan sug‘urib olinadi. Farishtalar unga xitoban: «Ey habis
(iflos) bo‘lgan ruh! Habis bo‘lgan jasaddan chiq!» deyishadi. Shunda u hayvonga o‘xshab
bo‘kiradi. Azroil (a.s.) ruhni chiqarib olib, uni g‘oyatda xunuk, badbashara, boshdan-
oyoq qora kiyingan va badbo‘y hid taratuvchi zaboniylar (azob farishtalari)ga topshiradi.
Farishtalarning qo‘lida eski gilam parchasiga o‘xshash bo‘z bo‘ladi. Ular ruhni shu bo‘zga
o‘raydilar. Bu paytda ruh chigirtka kattaligidagi inson suratiga kiradi. Buning sababi
kofirning tanasi oxiratda mo‘’minning jismidan katta bo‘ladi.
Hadisi sharifda aytilgandirki: «Jahannamda kofirning bitta qoziq tishi Uhud tog‘idek katta
bo‘ladi». Jabroil (a.s.) bu yomon ruhni ko‘tarib dunyo samosiga olib chiqadi.
Eshik oldidagi farishtalar: «Sen kimsan?» deb so‘rashadi.
«Men Jabroilman». «Yoningdagi kim?» «Falonchi o‘g‘li falonchi», deb uning barcha yomon,
xunuk va dunyoda yoqtirmagan sifatlar bilan zikr qiladi. «U uchun osmon eshiklari
ochilmaydi va tuya ignaning teshigidan o‘tmaguncha, bunday kimsalar jannatga
kiritilmaydi», deyiladi.
Jabroil (a.s.) bu so‘zni eshitib, u ruhni qo‘yib yuboradi. Shamol uni uzoqlarga surib
ketadi. Bu holat Qur’oni Karimda Haj surasining 31-oyatida shunday ta’riflanadi:
«Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go‘yo osmondan qulaganu uni (biron
vahshiy) qush (o‘lja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga
uchirib ketgan (kimsa) kabidir». U ruh yerga tushgach, bir zaboniy uni tutib sijjiynga
olib boradi. Sijjiyn yerning ostida yoki jahannamning tubidagi tosh bo‘lib, kofir va
fosiqlarning ruhlari o‘sha yerga olib boriladi.
Yahudiy va nasroniylarning ruhlari Kursidan qabriga qaytarib yuboriladi. Agar ular
haqiqiy o‘z dinlarida (buzilmagan yahudiylik va nasroniylik) bo‘lsalar, o‘z jasadlarining
yuvilayotganini kuzatib turadilar.
Mushrik, ya’ni e’tiqodsiz kishilar hech narsa ko‘ra olmaydi. Chunki u dunyo osmonidan
haqir qilib qaytarilgan.
Munofiqlarning ruhi xuddi ikkinchi toifa ya’ni, mushriklar kabi Alloh taoloning qahriga
uchragan holda qabriga qaytariladi.
Ibodatda xato (qusur) qilgan mo‘’minlarning holati turlicha bo‘ladi. Ba’zilarni o‘qigan
namozi orqaga qaytaradi. Agar biror kishi namozini xuddi xo‘roz don cho‘qigandek tez-
tez o‘qisa, namozidan o‘g‘irlik qilgan bo‘ladi. Uning namozi bilan yuziga uriladi.
So‘ngra namoz yuqoriga ko‘tarib: «Sen meni zoe etganingdek, Alloh taolo ham seni zoe
qilsin», deydi.
Ba’zilarni zakoti orqaga qaytaradi. Chunki unday kishilar odamlar ko‘rsin deya, falonchi
zakotini beryapti, sadaqa qilyapti, deyishlari uchun zakotini beradi. Va ko‘pincha
www.ziyouz.com kutubxonasi 9
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
ayollarning muhabbatini qozonish uchun zakotlarini ularga berishgan. Biz bundaylarni
ko‘p ko‘rdik. Halol narsalar bilan Alloh taolo barchaga ofiyat bersin.
Ba’zilarni ro‘zasi orqaga qaytaradi. Chunki u kimsalar yeyish-ichishdangina ro‘za tutgan,
ammo bekorchi so‘zlardan, g‘iybat va gunoh qilishdan o‘zini tiymagandir. Bunday ro‘za
fahsh va xusrondir. Banda ana shu tarzda Ramazon oyini o‘tkazadi. U zohiran ro‘za
tutgan, lekin ro‘zasi qabul qilinmaydi.
Ba’zi kishilarni qilgan haji orqaga qaytaradi. Chunki u riyo uchun yoki harom mol bilan
haj qilgandir.
Ba’zilarni ota-onaga oq bo‘lish kabi og‘ir gunohlari orqaga qaytaradi. Bu hollarni asror
olamidan xabari bo‘lganlar va Alloh roziligi uchun ilm o‘rgangan olimlargina biladilar.
Hozirgacha biz anglatgan xususlar to‘g‘risida Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) hadislar vorid
bo‘lgan, sahobalar va tobe’inlardan xabarlar kelgan. Muoz ibn Jabalning (r.a.) rivoyatida
bildirilganidek, amallarning rad qilinishi va boshqa xususlarda juda ko‘p xabarlar kelgan.
Men bu masalani qisqaroq qilishni istadim. Agar qisqartirmaganimda bu kitob katta
bo‘lib ketardi. Ahli sunnat e’tiqodida bo‘lganlar, ya’ni to‘g‘ri e’tiqod va iymonga sohib
bo‘lganlar so‘zlarimizga ishonishadi.
Ruh jasadga qaytarilganida jasadni yuvilayotgan holda topadi va boshi uzra g‘usli
bitguncha qarab turadi. Alloh taolo o‘zi istagan insonlarning ko‘zidan pardani ko‘taradi
va u kimsa o‘likning ruhini dunyodagi inson sifatida ko‘radi.
Bir zot o‘g‘lining jasadini yuvayotganda tepasida o‘g‘lini ko‘rdi. Qo‘rqqanidan teskari
qarab oldi. O‘g‘lini kafanga o‘rab bo‘lguncha shu holatni ko‘rdi. Kafanga o‘ralgach, ruh
jasadga qaytdi. Tobutga qo‘yayotganda ruhni ko‘rganlar ham bo‘lgan. Bir necha solih
kishilardan rivoyat qilinadiki ular tobut yonida ekanlar: «Falonchi ruh qaerda?» degan
ovoz eshitildi. Shunda kafanning ko‘krak tomoni ikki yoki uch marta qimirladi.
Robi’ ibn Haysamdan (r.a.) rivoyat qilinadiki, bir jasad yuvayotgan kishining qo‘lida
qimirladi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) zamonlarida bir o‘lik tobut ichida gapirib, Abu Bakr
(r.a.) va Umar (r.a.)larning fazilatlarini zikr qildi.
Mayyitlarning bu hollarini ko‘rganlar farishtalar olamini sayr etgan valiylardir. Alloh qaysi
kimsaning ko‘zi va qulog‘idan pardani ko‘tarsa, o‘sha kishi bu hollarni ko‘radi va biladi.
O‘lik jasadi kafanlangan paytda ruh tashqaridan ko‘krak tomonga yaqinlashadi. Ana shu
paytda u bunday deb baqiradi: «Meni Rabbimning rahmatiga tezroq olib boringlar. Agar
menga ehson qilingan ne’matlarni bilsaydingiz, meni tezroq olib borardingiz».
Agar yomon odam bo‘lgan bo‘lsa deydiki: «Meni ilohiy azobdan biroz kechiktirib,
sekinroq olib boring. Agar meni nima kutib turganini bilsaydingiz, meni ko‘tarib
bormasdingiz».
Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir janozani ko‘rsalar, darrov o‘rnilaridan turib,
qirq qadamcha birga yurib borardilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi 10
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Sahih hadisda kelgandirki: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlaridan bir janoza o‘tib qoldi.
Hurmat uchun Rasululloh (s.a.v.) oyoqqa turdilar. Sahobalar (r.a.): «Ey Rasululloh! Bu
yahudiy janozasi-ku», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki: «Nafs emasmi?!»
(Ya’ni, inson emasmi.) Rasululloh (s.a.v.) bunday qilishlarining sababi u muborak zotga
malaklar olami bildirilgan, ko‘rsatilgan. Shuning uchun bir janoza ko‘rsalar, hayajonda
bo‘lardilar.
«Halabiy»da deyiladiki, yonidan (oldidan) janoza o‘tayotgan kishi o‘lik uchun oyoqqa
turmasligi lozim. Balki janozani ko‘tarish va orqasidan yurib borish uchun turish kerak.
Rasululloh (s.a.v.) janozani ko‘rganlarida turib va o‘tib ketgandan keyin o‘tirganlar va siz
ham shunday qiling deya buyurganlar. Ammo keyinchalik bu buyruqni bekor qilgan.
«Maroq-ul faloh va «Durrul Muxtor»da ham janozani ko‘rganda hurmat yuzasidangina
o‘rnidan turishlik joiz emasligi yozilgan.
Murda qabrga qo‘yilib, ustiga tuproq tortilayotgan paytda qabr o‘likka bunday deydi:
«Mening ustimda farog‘atda eding, endi ostimda mahzun bo‘lasan. Mening ustimda
taomlar yerding, endi esa mening ostimda seni qurtlar yer». Qabr mayyit ko‘mib
bo‘linguncha, unga shunday achchiq so‘zlar aytadi.
Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) so‘radim:
– Yo Rasululloh! Inson qabrga qo‘yilgandan keyin uni birinchi qarshilaydigan narsa
nima?
– Ey Ibn Mas’ud! Buni sendan boshqa hech kim so‘ramadi. Faqat sen so‘rading. Inson
qabrga qo‘yilgandan keyin, Ro‘mon ismli bir farishta qabrga kirib deydiki: «Ey Abdulloh!
Amallaringni yoz!»
U kimsa deydiki: «Qanday yozaman? Na qog‘ozim bo‘lsa, na qalamim».
Farishta: «bu so‘zing qabul qilinmas. Sening kafaning qog‘ozing, tupuging siyohingdir,
barmoqlaring esa qalamingdir», deydi. Keyin farishta uning kafanidan bir parcha yirtib
beradi. U banda dunyoda yozishni bilmagan bo‘lsa ham, u yerda barcha savob va
gunohini xuddi bir kunda qilgandek bir pasda yozib beradi.
Keyin farishta shu yozilgan kafan parchasini o‘likning bo‘yniga osib qo‘yadi.
Shundan keyin Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Isro surasining 13-oyatini o‘qidilar:
«Biz har bir insonning amalini bo‘yniga ilib qo‘ygandirmiz (ya’ni, uning qilgan
har bir amali ikki dunyoda unga ajralmas hamroh bo‘lur) Va biz Qiyomat kuni
unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir Kitobni (ya’ni, Nomai a’molini)
chiqarib (ko‘rsaturmiz)».
So‘ngra qo‘rqinchli ikkita farishta keladi. Ko‘rinishlari inson suratida bo‘ladi. Yuzlari qop-
qora bo‘lib, tishlari bilan yerni yoradilar. Sochlari yergacha tushib turadi. So‘zlari xuddi
momaqaldiroqdek, ko‘zlari esa chaqmoqdek bo‘ladi. Nafaslari esa xuddi qattiq esayotgan
shamoldek. Har birining temir qamchisi bor. U qamchini barcha insonlaru jinlar bir joyga
to‘plansalar ham ko‘tara olmaydilar. Tog‘lardan ham katta va og‘ir bo‘ladi. Agar odamni
bir marta ursa, xudo ko‘rsatmasin, parcha-parcha qiladi. Ruh ularni ko‘rib, darrov
www.ziyouz.com kutubxonasi 11
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
qochadi. O‘likning burnidan ko‘ksiga kiradi. Ko‘ksidan yuqori qismi tiriladi. O‘ladigan
o‘lim oldi paytidagi holatiga kiradi. Harakat qila olmaydi. Ammo hamma gapni eshitadi
va ko‘radi. Farishtalar uni qattiq savolga tutadilar, ezadilar. Tuproq unga xuddi suvdek
bo‘lib qoladi. Qachonki qimirlasa, joy ochilib bo‘shliq hosil bo‘ladi.
Bu ikki farishta: «Rabbing kim? Dining nima? Payg‘ambaring kim? Qiblang qaer?» degan
savollarni berishadi. Alloh taolo kimni muvaffaq qilsa va kimning qalbiga haq so‘zni
joylagan bo‘lsa, o‘shagina: «Sizlarni vakil qilib menga kim yuborgan bo‘lsa, Rabbim
O‘sha. Mening Rabbim Alloh, payg‘ambarim Hazrati Muhammad (s.a.v.), dinim
Islomdir», deb javob beradi.
Farishtalar deydilarki: «To‘g‘ri javob berdi. Dalilini keltirdi. Bizdan qutuldi». Keyin uni
qabrining tepasini gumbazdek keng qilishadi va pastiga xushbo‘y rayhonlar to‘shashadi.
Uning o‘ng tarafidan ikkita eshik ochib qo‘yadilar. Unga jannat qizlari kelib turadi.
Dunyoda qilgan go‘zal amallari eng yaxshi ko‘rgan do‘sti suratida kelib, ko‘nglini
ko‘taradi va yaxshi xabarlardan so‘zlaydi. Qabr nurga to‘ladi. Qiyomat kelguncha ana
shunday masrur holda bo‘ladi. Qiyomatni juda-juda orziqib kutadi.
Ilmi va amali ozroq bo‘lgan va malakut asroridan xabari bo‘lmagan mo‘minlarning
darajasi bundan past bo‘ladi. Uning yoniga Ro‘mondan keyin g‘oyat chiroyli, xushbo‘y
hidlar taratib, go‘zal kiyingan amali keladi. «Meni taniysanmi?» deb so‘raydi.
U esa: «Sen kimsanki, Alloh taolo seni mening oldimga shu g‘arib holimda yubordi?»
deydi. Shunda amali: «Men sening solih amallaringman. Qo‘rqma, mahzun bo‘lma!
Birozdan keyin Munkar va Nakir farishtalari kelishadi va seni savolga tutadilar. Ulardan
aslo qo‘rqma!» deydi.
Keyin amali unga farishtalarga nima deb javob berish kerakligini o‘rgatadi. Munkar va
Nakir keladi. Uni o‘tirg‘izib savolga tutishadi: «Man Rabbuka – Rabbing kim?» U oldin
aytganimizdek: «Rabbim Alloh, payg‘ambarim Hazrati Muhammad (s.a.v.), imomim
Qur’oni karim, qiblam Ka’bai sharif, bobom Ibrohim (a.s.). Uning millati mening
millatimdir», deb javob beradi. Uning tili hech ham tutilmaydi.
Farishtalar: «Juda to‘g‘ri aytding», deb oldingi farishtalar kabi muomala qilishadi. Ammo
uning chap tomonidan jahannamdan bir eshik ochishadi. Jahannamning ilonu chayonlari,
kishanlari, zahar-zaqqumlari, qaynoq (issiq) suvlari va shunga o‘xshash azoblari unga
ko‘rsatiladi. U bundan qattiq ta’sirlanib, dodu faryod qiladi.
Unga: «Qo‘rqma, bu yerning dahshati senga zarar bermaydi. Bu yer sening do‘zaxdagi
joying edi. Ammo Alloh taolo buning o‘rniga jannatdan senga joy berdi. Orom ol, sen
saidsan (baxtlisan)», deyishadi. Keyin do‘zax eshiklari yopiladi. Shundan keyin u uyquga
ketadi va undan hech narsa so‘ralmaydi.
Ba’zi kishilarni bu holatda tili tutiladi. Agar e’tiqodi buzuq bo‘lsa, (ahli sunnatdan
bo‘lmasa, bid’atchi bo‘lsa), «Rabbim Alloh» deya olmaydi. Boshqa so‘zlarni ayta
boshlaydi. Shunda farishtalar uni bir uradilar, qabri olovga to‘ladi. Keyin olov bir necha
kungacha so‘nib turadi. Keyin yana olov hosil bo‘ladi. Ana shu holat to qiyomatgacha
davom etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 12
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Ba’zi odamlar «Dinim Islomdir» deya olmaydilar. Ular yo shubha uzra vafot etganlar va
vafot etguncha bir fitna qurboni bo‘lishgan. (Bular ahli sunnatdan bo‘lmagan kishilarning
so‘zlariga va kitoblariga aldanganlardir.) Buni ham uradilar, qabri olovga to‘ladi.
Ba’zi kishilar «Imomim Qur’ondir» deya olmaydilar. Chunki ular Qur’on o‘qirdilar, ammo
undan nasihat olmasdilar, uning amrlariga amal qilmasdilar va u qaytargan gunohlardan
tiyilmas edilar. Ular ham yuqoridagilar kabi muomala ko‘radilar.
Ba’zilarning esa, amali qo‘rqinchli shakl oladi Undaylarni sudrab qabrida gunohlariga
yarasha azoblaydilar. Xabarlarda vorid bo‘lganki: «Ba’zi insonlarning amali xunut
shakliga kiradi». Xunut deb cho‘chqa bolasiga aytiladi.
Ba’zilar: «Payg‘ambarim Muhammad (s.a.v.)» deya olmaydilar. Chunki ular dunyoda
sunnati nabaviyani, islomning amrlarini va nahiylarini unutgandilar. Zamonalarining
sharoiti va modasiga ergashgandilar. Bolalariga Qur’onni o‘rgatmagandilar, Allohning
amrlarini va ta’qiqlarini o‘rganmagan va o‘rgatmagandilar.
Ba’zilar: «Qiblam Ka’ba sharifdir» deya olmaydilar. Sababi namoz o‘qish uchun qiblaga oz
yo‘nalganlar yoki tahoratda xato qilganlar yoki namozda boshqa narsalarni o‘ylashgan
yoki ruku’ va sajdada qusur etishgan, ta’dili arkonga rioya qilmaganlar.
Senga Payg‘ambarimizning (s.a.v.) quyidagi hadisi shariflari kifoya qiladi: «Alloh taolo
bo‘ynida namozlaridan qarzi bor kishining va haromdan kiyim kiygan (hamda najas
kiyim kiygan) kishining namozini qabul qilmaydi».
(Bundan anglashiladiki, farz namozning qazosini o‘qimagan kishilarning sunnat va nafl
namozlari qabul bo‘lmaydi.) Ba’zilar: «Ibrohim (a.s.) bobomdir» deya olmaydi. Chunki
dunyoda Ibrohimni (a.s.) yahudiy va nasroniy deb eshitgan va shubhaga tushgandi.
Bunday kishilar ham yuqoridagilarning kuyiga solinadi.
TO‘RTINCHI FASL
Kofirlar Munkar va Nakirning: «Rabbing kim?» degan savoliga: «Men bilmayman», deb
javob beradilar. Shunda farishtalar: «Bilmading va eslolmading» deyishadi.
So‘ngra uni to yerning yettinchi qavatiga kirib ketguncha temir qamchi bilan uradilar.
Keyin yer bir silkinib, uni qabriga chiqarib tashlaydi. Shu tarzda yetti marta uradilar.
Bundan keyingi holatlar turlicha bo‘ladi. Ba’zilarining amali it shakliga kirib, uni to
qiyomatgacha tishlab qiynaydi. Bular Qiyomatning bo‘lishi va Islom bildirgan boshqa
xususlarga ishonmaganlardir. Qabrdagilarni turlicha holatlar kutib turadi. Faqat biz
qisqaroq keltirdik. Bu azobning asli shundayki, bir inson dunyoda eng ko‘p nimadan
qo‘rqqan bo‘lsa, qabrda shu bilan azob beriladi.
Masalan, ba’zi insonlar yirtqich hayvonlardan qo‘rqadi. Bu hayvonlar insonlarning
tabiatiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Alloh taolodan biz mo‘min bandalarini mag‘firat qilishini
va bu holatlardan salomat saqlashini so‘raymiz.
Ko‘p marhumlar tushda ko‘rilib, savollarga javob beradilar. Ulardan birining ahvoli
www.ziyouz.com kutubxonasi 13
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
so‘ralganda: «Bir kun tahoratsiz namoz o‘qigandim, Alloh taolo meni azoblash uchun bir
bo‘rini yubordi. Shuning uchun ahvolim yomon», dedi. (Benamozlarning va namozining
qazosini o‘qimaganlarning hollari nima bo‘lishini shundan anglashimiz lozim.)
Yana bir kishi tushda ko‘rilib, undan so‘ralgan: «Alloh taolo senga qanday muomala
qildi?!» U bunday javob bergan: «Bir kun junublikdan g‘usl qilmagandim. Alloh taolo
olovdan bir kiyim kiydirdi. Shu tariqa to Qiyomatgacha meni sudrab azoblaydilar. (Har
bir musulmon kishi ota-onasiga va bolalariga g‘usl qilishni o‘rgatishi lozim.)
Yana bir kishi tushda ko‘rilib so‘raldi: «Alloh taolo senga qanday muomala qildi?» U
bunday javob berdi: «Meni yuvayotgan kishi meni ag‘darayotganda bir mix badanimni
tirnadi. Undan qattiq zahmat chekdim». Ertalab yuvgan kishidan so‘ralganda: «Men
bilmagan holda shunday bo‘lgandi», dedi.
Yana bir kishi tushda ko‘rilib: «Ahvoling qanday, sen o‘lmaganmiding?!» deb
so‘ralganida: «Ahvolim yaxshi, lekin meni ko‘mishayotganda bir tosh tushib, ikkita
suyagimni sindirdi. Men juda qiynaldim» deb javob berdi Uning qabrini ochib
ko‘rganlarida xuddi shunday bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Bir kishi o‘g‘lining tushiga kirib: «Ey noqobil farzand! Otangning qabrini tuzat! Yomg‘ir
uni vayron qildi» dedi. Uning ham qabrini ochdilar. Sel kelib, qabrni to‘ldirgan ekan.
Bir arab hikoya qiladi: «Vafot etgan o‘g‘limdan Alloh unga qanday muomala qilganini
so‘radim. U bunday javob berdi: «Ahvolim yaxshi. Ammo falonchi fosiqning qabriga
yonma-yon ko‘milganimdan unga berilayotgan azoblardan qalbimga qo‘rquv kiradi».
Shunga o‘xshagan hikoyalardan shu narsa anglashiladiki, qabr ahli qabrlarida azob
chekadilar. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘likning suyaklarini sindirishdan
qaytarganlar va bir kishi qabr ustiga o‘tirganini ko‘rganlarida: «O‘liklarga qabrlarida azob
bermanglar» va: «Tiriklar uylarida alamni va azobni qanday his qilsalar, o‘liklar ham
qabrlarida xuddi shunday alam va azobni his qiladilar», deganlar.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) onalari hazrati Omina qabrini ziyorat qilayotganlarida yig‘ladilar
va hamrohlarini ham yig‘latdilar. Marhamat qildilarki:
«Rabbimdan onam uchun mag‘firat so‘rashga izn so‘radim? Rabbim Menga izn bermadi».
Va:
«Qabrini ziyorat qilish uchun izn so‘radim, izn berdi. Shunday ekan, sizlar ham qabrlarni
ziyorat qiling! Chunki ziyorat sizga o‘limni, oxiratni eslatib turadi».
(Rasululloh (s.a.v.) muborak ota-onasi uchun keyinroq izn berilganligiga doir xabarlar
bor. Chunki mo‘min edilar. Keyin tirilib, bu ummatdan bo‘ldilar.)
Bu hadisi sharif Rasulullohning (s.a.v.) muhtaram ota-onasi mo‘’min bo‘lganliklarining
ko‘rsatadi. Chunki kofirning qabrini ziyorat qilish ma’n etilgan. Ularning qabrlarini ziyorat
qilishi izni berilishi ularning mo‘’min ekanliklarini ko‘rsatadi. Mag‘firat so‘rash uchun izn
berilmaganligining ham sababi bor edi. Haq taolo Habibining hurmati sharafi uchun
muborak ota-onasini buyuk ne’matga qovushni istardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 14
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Vaqti kelganda Alloh taolo ularni tiriltirdi va o‘g‘illari payg‘ambarlarning eng ustuni
ekanini ularga ko‘rsatdi. Ular Payg‘ambarimizga (s.a.v.) iymon keltirdilar, ul zotning
ummati va sahobasi darajasiga erishish sharafiga muyassar bo‘ladilar.
Nishongizoda Muhammad ibn Ahmadning «Mir’atul koinot» kitobining 227-sahifasida
shunday deyiladi:
Rasulullohning (s.a.v.) muborak ota-onalari iymonli bo‘lganmi, yo‘qmi degan mavzuda
olimlarning fikrlari turlicha. 911 (mil. 1505) yilda vafot etgan Abdurahmon ibn Abu Bakr
Suyutiy «Masolikul-Hunafo» asarida va boshqa kitoblarida quyidagi 5 xil fikrni bildirgan: - Ularning ikkisi ham ba’satdan, ya’ni Payg‘ambarimizni (s.a.v.) risolatlaridan oldin,
johiliyat zamonida vafot etishgan. Shofe’iy olimlarining hammasi va xanafiy olimlarining
ko‘pchiligini fikricha biror bir payg‘ambarining da’vatini eshitmagan kishiga iymon
keltirish vojib emas. Chunki payg‘ambarning da’vatini eshitmasdan oldin iymonga aql
bilan erishish mumkin emas. Da’vatni eshitgandan keyin Allohning borligiga o‘ylab turib
iymon keltirish shart bo‘ladi. Johiliyat davrda oldin o‘tgan payg‘ambarlar unutilgan edi.
Chunki asrlar bo‘yi kofirlar, zolimlar boshqaruvni qo‘llariga olib, dinni ta’qiqlaganlar,
dindorlarga zulm va tazyiq o‘tkazganlar. Shuning uchun iymonli kishilar kamaygan,
yashiringan va shu tariqa borib-borib dinni, iymonni biladigan odam qolmagan. Ammo
zolimlarning hech biri iymonni yo‘q qila olmagan, aksincha o‘zlari qahrga uchragan, juda
ayanchli holatda saltanatlaridan ayrilishgan, niyatlariga yeta olmasdan o‘lim changaliga
tushgan, ismlari la’nat bilan tilga olinadi yoki umuman unutilgan. Alloh taolo bir
payg‘ambar yuborib, iymon nuri bilan yer yuzini yangidan yoritgan. - Alloh taolo suyukli Payg‘ambarining (s.a.v.) muborak ota-onasini tiriltirdi. Imom
Suyutiy (r.a.) ularning tiriltirilganini bildiruvchi hadisni yozadi va bunday deydi: «Zaif bir
hadis bo‘lsa ham, ko‘p odam rivoyat qilgani uchun quvvati bo‘lgan. Ko‘pchilik olimlarning
fikricha bu hadis quvvatli hadisdir. - Faxriddin Roziy (606 (mel. 1209) yilda Hirotda vafot etgan) va bir qancha olimlar
deyishadiki, Tavba surasining 28-oyatida bunday marhamat qilgandirki:
«Mushriklar najas-nopokdirlar»
Ya’ni barcha kofirlar nopokdirlar. Holbuki, (s.a.v.): «Men doimo pokiza otalardan pokiza
onalarga o‘tib keldim», deganlar. Boshqa bir hadisi sharifda esa: «Har asrda o‘z
zamonasining eng xayrli insoni bo‘lganlarning avlodiman» deganlar. Kofirni xayrli deyish
esa joiz emas. Shuaro surasidagi 219-oyatda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«… sajda qilguvchilar (namoz o‘quvchilar) orasida (imom bo‘lgan holingizda
namoz ruknlarining biridan ikkinchisiga) ko‘chayotgan (vaqtingizda ham)
ko‘rib turur». Bundan u kishining butun ajdodlari mo‘min ekanliklari anglashiladi.
Ibrohimning (a.s.) otasi Ozarning kofir bo‘lganini Qur’oni Karimda bildirsa ham, Abdulloh
ibn Abbos va Imom Mujohid: «Ozar Ibrohim (a.s.)ning amakisi edi» deyishgan.
Arabistonda amaki ota deyiladi. Hadisi sharifda marhamat qilinadiki: «Jahannamda eng
yengil jazo – Abu Tolibga beriladigan jazodir». Abu Tolibning jazosi eng yengil jazo ekan,
bordi-yu agar Rasulullohning (s.a.v.) muborak ota- onasi jahannamda bo‘lsaydi, eng
www.ziyouz.com kutubxonasi 15
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
yengil jazo ularga berilardi. Bu hadisi sharif ham ularning mo‘min ekanliklariga ishora
qiladi. - Olimlarning ko‘pi bu masalada odob va hurmatni saqlagan holda gapirmaslikni,
haqiqatini Alloh biladi, deb sukut saqlashlikni ma’qul ko‘rganlar. Shayxul-islom alloma
Ahmad ibn Kamol Poshsho «Abavayn» risolasining oxirida yozganki, «O‘liklarni yomonlab,
tiriklarni ranjitmanglar», hadisi sharifiga binoan va Tavba surasining:
«… Allohning Payg‘ambariga ozor beruvchi kimsalar uchun esa alamli azob
bordir», ma’nosidagi 61-oyati karimasiga muvofiq: «Rasulullohning otasi
jahannamdadir» degan kishi mal’undir» («Mir’atul koinot»).
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mo‘minlar qabristoni yoniga kelganlarida: «Bu yerda yotgan
mo‘min-musulmonlarga dunyo va oxirat omonligi bo‘lsin! Ey ahli qabr! Biz inshaalloh
sizlarga yetishamiz. Siz bizdan avval ko‘chdingiz. Biz ham sizning orqangizdan keyinroq
boramiz. Ey Rabbim! Bizni va bularni mag‘firat qil va gunohlarimizni kechir» deb
marhamat qilardilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) muborak zavjalariga ham qabr ziyoratida
shu so‘zlarni aytishni buyurardilar.
BESHINCHI FASL
Qabrda o‘liklar to‘rt holatda bo‘ladi. Ba’zilari tovoni ustida o‘tiradi. Tanasi to tuproqqa
aylangunicha shu holatda bo‘ladi. Keyin uning ruhi boshqa malakut olamini kezib yuradi.
Ba’zilarga Alloh taolo bir uyqu beradi. Birinchi marta Sur chalingunga qadar nima
bo‘lganini bilmaydi. Birinchi Surda uyg‘onadi va yana o‘ladi.
Ba’zilar qabrda ikki oy yoki uch oy yotadi. Keyin ruhi jannat qushiga aylanib jannatga
uchadi. Bu haqdagi hadislar sahihdir. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar:
«Mo‘minning ruhi jannat qushi bilan barobardir. Jannat daraxtlaridan birida osilib turadi».
U zotdan (s.a.v.) shahidlarning ruhlari haqida so‘ralganida shunday deganlar:
«Shahidlarning ruhlari yashil qushlarning jig‘ildonida bo‘lib, jannat daraxtlarida osilib
turardilar».
Ba’zi insonlar, xohlasalar, shu maqomlaridan yuksaladilar. Ba’zilari Sur chalingunga
qadar u yerda turishadi.
To‘rtinchi nav – Anbiyo va Avliyoga maxsusdir. Ularning ba’zilari to Qiyomatgacha uchib
yuradi va ko‘pincha kechasi ko‘rinadi. Abu Bakr Siddiq va Umarul Foruq (r.a.)
shundaylardandir.
Buni ba’zi solihlar ko‘rishgan. Bir kishi bunday hikoya qiladi. «Yo Rasululloh (s.a.v.)! Ota-
onam sizga fido bo‘lsin! Ummatingizning fitnalarini ko‘rmayapsizmi?» dedim. Shunda
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Alloh taolo bu fitnalarini ziyoda qiladi. Hazrati Husaynni ham
shohid qildilar. Mening hurmatimni saqlamadilar», dedilar.
Ulardan ba’zilari (Ibrohim (a.s.) kabi) yettinchi osmondan joy olishgan. Payg‘ambarimiz
www.ziyouz.com kutubxonasi 16
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
(s.a.v.) me’roj kechasi Ibrohim (a.s.)ni ko‘rdilar. Ul zot Buytul ma’murga suyangancha,
musulmonlarning bolalariga o‘tkir nigohlarini tikib turardilar.
Iso (a.s.) esa beshinchi osmondalar. Har bir osmonda rasullar va nabiylar bor, u yerdan
chiqmaydilar va ketmaydilar. Qiyomatgacha o‘sha yerda bo‘ladilar. Bulardan istagan
joylariga keta oladiganlari – Ibrohim (a.s.), Muso (a.s.), Iso (a.s.) va Payg‘ambarimiz
Hazrati Muhammaddirlar (s.a.v.). Bular uch olamdagi xohlagan joylariga bora oladilar.
Avliyoi kiromdan ba’zilari qiyomat kunigacha bir joyda turadilar. Masalan, Boyazid
Bistomiy arshi a’lo ostidagi ilohiy dasturxondan bahramand bo‘lib o‘tirishi rivoyat
qilingan.
Qabrdagilarning ahvoli ana shu to‘rt shaklda bo‘ladi. Ya’ni, azob beriladi, yo rahmat
ostida bo‘ladi, tahqirlanadi yoki ikromda bo‘ladi.
Ko‘pgina avliyolar borki, o‘lim holidagi kishiga diqqat bilan qaraydilar. U kishiga keng
manzillar torayadi, ba’zan esa ochiladi. Avliyolar bu holni ko‘radilar va xabar beradilar.
Men bunaqalarni ko‘p ko‘rdim.
Ba’zi birodarlarimni ko‘rdimki, qalb ko‘zidan parda ko‘tarilib, o‘lgan farzandining uyiga
kirganini ko‘rgan. Bu bir botiniy ikrom bo‘lib, muborak kishilar uchundir.
Qabrdagilarning ba’zilari juma kuni bilan hayit bayrami kunlarini biladilar. Agar
dunyodan bir yaqin kishisi vafot etsa, uning yonida to‘planadilar. Uni taniydilar. Kimdir
ayolini so‘raydi, kimdir otasi haqida so‘raydi. Har biri o‘ziga aloqali narsalarni so‘raydi.
Ba’zilar o‘zi taniydigan, o‘zidan oldin o‘lgan kishilarni ko‘rmaydilar (uchratmaydilar).
Chunki unda dunyoda bo‘lgan narsasi o‘layotganda ketadi.
Shuning uchun ba’zilari yahudiy bo‘lib o‘ladi, ba’zilarini esa nasroniy bo‘lib o‘ladi va
ularning orasiga ketadi. Bir kishi dunyodan ko‘chib, marhumlarning oldiga bordimi,
marhumlar undan dunyodagi qo‘shnilari haqida so‘raydi va falonchi qaerda deydilar. Bu
esa: «O‘lganiga ancha bo‘lgandi», deydi. Marhumlar: «Biz uni ko‘rmadik, balki Hoviya
jahannamiga ketgandir», deyishadi.
Bir kishi tushda ko‘rilib: «Alloh taolo senga qanday muomala qildi?» deb so‘ralganda, u:
«Men va falonchi do‘stlarim juda ko‘p xayr va ne’matlarga noil bo‘ldik», dedi. Holbuki, uni
do‘stlari bilan birga horijiylar, ya’ni yazidiy degan yo‘ldan adashganlar o‘ldirgandi. Undan
qo‘shnisi haqida so‘ralganda: «Biz uni ko‘rmadik», dedi. Uning qo‘shnisi o‘zini dengizga
otib cho‘kib o‘lgan edi. U qasam ichib dediki: «Allohga qasamki, men uni o‘zini
o‘ldirganlar bilan birga deb o‘ylayman».
Rasululloh (s.a.v.) aytganlarki: «Bir kishi o‘zini bir temir parchasi bilan o‘ldirsa, qiyomat
kuni o‘sha temir parchasi bilan o‘zini urgan holda keladi. Jahannamda abadiy qoladi. Va
agar bir kishi o‘zini tog‘dan tashlab o‘ldirsa, o‘zini jahannam oloviga otadi».
Agar biror bir ayol shunday qilsa, uning azobini sur chalingunga qadar tortadi (bu hadis
dunyoda qiyinchilikdan qutilib, rohatga erishish uchun o‘zini o‘ldirganlar haqidadir.
Chunki bunday deb o‘ylash oxirat azobini inkor qilish bo‘lib, kufr hisoblanadi.) Aqlini
www.ziyouz.com kutubxonasi 17
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
yo‘qotib (jinni bo‘lib) o‘zini o‘ldirgan yoki o‘ldirishga harakat qilsa-yu, lekin yaralanib
yotib, o‘limdan oldin tavba qilsa, kofir bo‘lmaydi.) Sahih xabarda kelgandirki:
Odam (a.s.) Muso (a.s.) bilan uchrashibdi. Muso (a.s.) ul zotdan so‘rabdi: «Alloh taolo
seni qudrati bilan yaratdi va senga jon ato qildi. Seni jannatga kiritdi. Nega Unga isyon
qilding?» Odam (a.s.) unga shunday dedi: «Ey Muso! Alloh taolo sen bilan gaplashdi va
senga Tavrotni nozil qildi. «Odam Parvardigoriga yo‘ldan adashib isyon qildi» degan
yozuvni Tavrotda ko‘rmadingmi?» Muso (a.s.): «Ko‘rdim», dedi. Odam (a.s.): «Bu narsa
men isyon qilmasdan necha yil oldin taqdir qilindi?» Muso (a.s.): «Ellik ming yil oldin».
Shunda Odam (a.s.): «Unday bo‘lsa, ey Muso, qilmasimdan ellik ming yil oldin taqdir
qilingan bir gunoh bilan meni ayblayapsanmi?» dedi.
(Shu to‘g‘rida gaplashganlari «Saodati abadiya» nomli asarning ikkinchi qism elliginchi
bobida batafsilroq berilgan. Odam (a.s.) bergan javobning ma’nosi shunday ta’riflangan:
«Bu ishni qilishni iroda va ixtiyor etishimni Alloh taolo azaldan bilganini Tavrotda
o‘qiganing holda va bu ish sababli yuzaga keladigan behisob foydalarni bilganing holda
meni ayblash senga yarashmaydi».)
Sahih bo‘lgan hadisda xabar berilgandi: Rasululloh (s.a.v.) Me’roj kechasi Payg‘ambarlar
(a.s.) bilan ikki rak’at namoz o‘qidilar. Horun (a.s.) bilan salomlashdilar. Horun (a.s.)
Payg‘ambarimizni (s.a.v.) va ummatlarini duo qildi.
Idris (a.s.) bilan ham salomlashdilar. U ham Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va ummatlari
haqqiga duo qildi. Horun (a.s.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) payg‘ambarliklari
bildirilmasidan oldin vafot etgandi. Muborak ruhi ko‘rindi. Ana shu ruhoniy hayotdir.
Bu dunyo hayotidan keyin uchunchi toifa hayot ham bor. Birinchi toifa hayot bu – Alloh
taolo Odamning (a.s.) belidan chiqarib: «Men sizning Rabbingiz emasmanmi?» deganida
insonlar: «Albatta, sen bizning Rabbimizsan, yo Rabbiy» degan paytlaridir. Dunyo
hayotiga e’tibor qilinmaydi, chunki bu hayot insonning ne’matlanishiga vosita bo‘lib,
o‘tkinchi va yo‘q bo‘lguvchi imtihon yeridir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Insonlar uyqudadirlar, o‘lgach uyg‘onadilar», deganlar.
Bu hadisi sharif uchinchi toifa hayotni, ya’ni qabr hayotini bizga bildiradi.
Qabr hayotidagi hollar marhumlarning haqiqatlari, sifatlari zohir bo‘lgan vaqtdagi
hollardir. Marhumlarning ba’zilari qabrida qoladi. Ba’zilari kezib yuradi. Ba’zilari uriladi,
qattiq azob beriladi. Buning dalili G‘ofir surasining 46-oyatidir:
«(U azob bir) olovdirki, ular ertayu kech o‘shanga ko‘ndalang qilinib
(kuydirilurlar). (Qiyomat) soati qoyim bo‘ladigan kunda esa, (do‘zax
farishtalariga): «Fir’avn xonadonini qattiq azobga kiritinglar» (deyilur)».
OLTINCHI FASL
Alloh taolo sur chalinganidan keyin, qiyomat qoyim bo‘lishini iroda qilgach, tog‘lar xuddi
bulutga o‘xshab osmonda uchadi. Ba’zi dengizlar boshqasiga qo‘shilib ketadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 18
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Quyoshning nuri ketib qop-qora bo‘lib qoladi. Tog‘lar changga aylanadi. Odamlar bir-
birlariga aralashib ketadi. Tizilgan durga o‘xshab turgan yulduzlar har yoqqa sochilib
ketadi. Osmon xuddi mumdek eriydi va tegirmon toshidek qattiq aylanadi.
Alloh taolo olamlarning parcha-parcha bo‘lishini amr qiladi. Yetti qavat yerda va yetti
qavat osmonda hech qanday tirik jon qolmaydi. Barcha jonzot o‘ladi. Agar ruhoniy
bo‘lsa, ruhi ketadi. Butun borliq o‘ladi. Olamda hech zot qolmaydi.
Alloh taolo ilohiylik maqomida tajalliy qilib, yetti qavat osmonni o‘ng qudrat qo‘liga va
yetti qavat yerni chap qudrat qo‘liga olib deydiki: «Ey haqir dunyo! Sening ichingda
xudolik da’vosini qilganlar, ahmoqlar, o‘zini xudo deb bilgan ojizlar qaerda? Sening
go‘zalligingga va latofatingga aldangan va oxiratini unutgan kishilar qaerda?» Undan
keyin qahr va yo‘q qiluvchi quvvati va hikmati bilan iftixor etadi. «Mulk kimnikidir?» deb
so‘raydi. Hech kim javob bermaydi. Qahhor bo‘lgan Alloh taoloning o‘zi: «Bugun mulk
vohid va qahhor bo‘lgan Allohnikidir», deb javob beradi.
Shundan keyin Alloh taolo oldingidan ham buyukroq iroda va quvvatini namoyish etadi:
Yetti qavat osmonni bir qudrat barmog‘iga va yetti qavat yerni bir qudrat barmog‘iga
oladi va: «Men azimushsh’an, Maliki dunyoman (Ya’ni qiyomat kunining yagona hokimi
va sohibiman).
Men bergan rizqni yeb, Menga shirk keltirganlar va Mendan boshqaga butlarga ibodat
qilganlar qaerda? Men bergan rizq bilan quvvatlanib, Menga osiy bo‘lganlar, jabbor va
zolimlar qaerda? Kibrlanganlar va maqtanganlar qaerda? Hozir mulk kimniki», deb xitob
qiladi. Bunga javob beradigan hech kim yo‘q. Haq subhonahu va taolo o‘zi o‘zi istagan
muddat kutadi. Bu paytda biron bir jonzot bo‘lmaydi. Hatto jannatdagi huru
g‘ilmonlarning ham ruhi qabz etilgan bo‘ladi.
Shundan keyin Alloh taolo jahannam chuqurlaridan bo‘lgan Saqardan bir eshik ochadi. U
yerdan olov otilib chiqadi. Ana shu olov hamma narsani yoqadi, o‘n to‘rt dengizni quritib,
yer yuzini qop-qora qiladi va osmonlarni sarg‘aytirib, xuddi erigan mis holiga keltiradi.
Keyin olovning shiddati osmonlarga yaqinlashganda, Alloh taolo ma’n etadi va olov
so‘nadi. Olovdan asar ham qolmaydi.
Undan keyin Alloh taolo Arshi a’loning xazinalaridan birini ochadi. Unda hayot dengizi
bor. Bu dengiz Allohning amri bilan yer yuziga qattiq yomg‘ir yog‘diradi. Yomg‘ir shu
darajada yog‘adiki, yer yuzini qirq arshin balandlikda qoplaydi. Undan keyin tuproqqa
aylangan insonlar va hayvonlar o‘tga o‘xshab o‘sib chiqadilar. Bu to‘g‘rida
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: «Inson dumg‘aza suyagidan yaratilgandir.
Keyin yana shundan yaratiladi».
Yana bir hadisda: «Insonning hamma joyi chirib yo‘q bo‘ladi. Ammo dumg‘aza suyagi
chirimaydi. Inson undan yaratilgandi. Yana undan yaratiladi», deyilgan (Bu dumg‘aza
suyagi umurtqa suyagining so‘nggi suyagidir, kattaligi no‘xotdek bo‘lib, ichida iligi yo‘q.
Hamma jonzotlar qabrlarida shu suyakdan xuddi o‘tga o‘xshab o‘sib chiqadilar. Bir
joyning o‘zida juda ko‘plab insonlarning xoki yotgan bo‘lsa ham hech aralashtirilmaydi.
Bu haqda Alloh taolo Qof surasining 4-oyatida shunday marhamat qiladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi 19
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
«Aniqki, Bizga Yer ular (ning jasadlari)ni kamaytirayotgani (ya’ni, jasadlari
chirib tuproqqa aylanib ketayotgani) ma’lum. Va Bizning huzurimizda (barcha
narsani o‘z sahifalarida) saqlaguvchi Kitob (Lavhul Mahfuz) bordir (demak,
ularni qayta tiriltirib hisob-kitob qilish Biz uchun qiyin ish emasdir)».
Bu tirilish jarayonida voyaga yetmasdan o‘lganlar voyaga yetmagan yoshda, qari holda
o‘lganlar qari holda , yigit yoshida o‘lganlar qanaqa yoshda bo‘lsa, shu yoshda
tiriltiriladilar. Alloh taolo arshi a’lo ostida mayin bir shamol esdiradi. Bu shamol yer
yuzini butunlay qoplaydi. Yer yuzi xuddi changga o‘xshagan mayin qum holiga kiradi.
Shundan keyin Alloh taolo Isrofil (a.s.)ni tiriltiradi. Quddusdagi muborak toshdan sur
chalinadi. Sur nurdan yaratilgan bo‘lib, muguzga o‘xshagan bir maxluqdir va o‘n to‘rt
qismdan iborat. Bir qismda quruqlikda yashagan hayvonlar sonicha teshik bor.
Quruqlikda yashagan hayvonlarning ruhlari o‘sha teshiklardan chiqadi. Ari ovoziga
o‘xshagan ovozlar eshitiladi va Yer bilan osmon orasini to‘ldiradi. So‘ngra har bir ruh o‘z
jasadiga kiradi.
Hatto tog‘larda o‘lgan, vahshiy hayvonlar yegan, yirtqich qushlar yegan insonlarning
ruhlari ham o‘z jasadlarini topadi.
Alloh taolo Zumar surasining 68-oyatida shunday marhamat qilgan:
«Sur chalindi-yu, osmonlar va Yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan
zotlargina (tirik qoldilar). So‘ngra u ikkinchi bor chalindi-da, banogoh ular
(ya’ni, barcha xaloyiq qayta tirildi va qabrlaridan) turib, (Allohning amriga)
ko‘z tutarlar».
Insonlar qabrlaridan tanalari chirigan yoki yonib kul bo‘lgan joylaridan turib ko‘radilarki,
tog‘lar titilgan paxtadek, dengiz suvsiz qolgan, yerda na chuqurlik, na balandlik
qolmagan. Yer yuzi xuddi qog‘ozdek tep-tekis bo‘lib qoladi.
Insonlar qabrlarining ustida o‘tirib, yalang‘och holda atrofga hayrat va o‘ychan holda
boqadilar.
Sahih bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: «Insonlar hammasi
kiyimsiz, yalang‘och va sunnat qilinmagan hollarida hashr qilinadilar». Ammo g‘ariblikda
kiyimsiz holda vafot etgan bo‘lsa, ularga jannat kiyimlari keltiriladi va kiydiriladi.
Shahidlarning va sunnatga (ya’ni, islom ahkomlariga) amal qilib yashab vafot etgan
solih kishilarning igna teshigichalik ham joylari ochiq qolmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
yana bir hadislarida aytganlarki: «Ey ummatim va ashobim! Siz o‘liklarning kafaniga
e’tibor beringlar! Chunki mening ummatim kafanlari bilan hashr qilinadilar. Holbuki,
boshqa ummatlar yalang‘ochdirlar». Bu hadisni Abu Sufyon (r.a.) rivoyat qilganlar.
Payg‘ambar (s.a.v.) yana shunday deganlar: «O‘liklar kafanlari bilan hashr qilinadilar».
Bir kasal yotgan kishi o‘limi oldidan: «Menga falon kiyimni kiydiringlar» deganini
eshitdim. So‘raganini kiydirmadilar. Ustidagi kalta bir kuylak bilan vafot etdi. Boshqa
biror bir kafan topilmadi. Bir necha kundan keyin tushda ko‘rildi. Juda xafa holda edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 20
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
«Senga nima bo‘ldi?» deb so‘ralganida: «Men istagan kiyimni kiydirmadinglar. Meni mana
shu kalta ko‘ylak bilan hashr qilinishimga mahkum etdinglar» deb javob qildi.
YETTINCHI FASL
(Bu fasl ikki nafha orasida orasida voqealarni bildiradi)
Birinchi sur chalinganidagi o‘lim ikkinchi o‘limdir. Chunki bu o‘lim botiniy hislarni ham
ketkazadi, yo‘q qiladi. Birinchi o‘lim esa faqatgina (gapirish, eshitish, yeb-ichish kabi)
zohiriy hislarni yo‘q qiladi, xolos. Unda ba’zi jasadla r harakat qiladi.
Ikkinchi o‘limdan keyin esa namoz o‘qiy olmaydilar. Ro‘za tuta olmaydilar. Alloh taolo
qaerga farishta qo‘ysa, albatta u o‘sha yerda turadi. Zero, farishta ham o‘z olamida
bo‘lishni xohlaydi.
Nafs (ya’ni, ruh) agar jasadda bo‘lsa his qilishga va harakatga sabab bo‘ladi. Olimlar bu
ikki nafha orasidagi vaqt to‘g‘risida ixtilof qilganlar. Ko‘p olimlar buni qirq yil deb e’tirof
etishgan.
Ilm va ma’rifatda komil deb bilganim bir zot xabar berib: «Buni Allohdan boshqa hech
kim bilmaydi, bu ilohiy sirlardandir», dedi. So‘ng: «Illa man shaalloh» oyati karimasidagi
istisno xossatan Alloh taolo uchundir, dedi.
Men esa javoban dedimki: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qilgan: «Qiyomat kuni
birinchi bo‘lib mening qabrim ochiladi. Shunda birodarim Muso (a.s.)ni Arshi a’lo
oyog‘iga yopishib turganini ko‘raman. Mendan oldin tiriltiriladimi yoki Alloh taolo istisno
qilgan bandalaridanmi, bilmadim», hadisining ma’nosi nima?»
Bizning anglashimizcha, agar jismisiz bo‘lib, Muso (a.s.)ning ruhi jism bo‘lib ko‘ringan
bo‘lsa, bu hadisi sharifdan xorij bo‘lmas.
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) istisnosidan keyin amri fazoda, ya’ni dahshat va qo‘rquv
zamonida bo‘lsa shundaydir. Zero, har bir jonzot o‘sha paytda qo‘rquv va fazodadir.
Ya’ni, birinchi sur chalinganida inson dahshatga tushadi va shu zahotiyoq o‘ladi. Ana shu
paytda maxluqotdan jasadli, jussali hech kim bo‘lmaydi. Payg‘ambarimizning (s.a.v.)
qabrlari ochiladigan payt o‘sha paytdir.
Ka’bul Axbor (rahimahulloh) Hazrati Umar (r.a.) bir majlisda ana shu qo‘rquv va
shiddatdan xabar berayotib, bunday xabar qiladi: «Ey Xattob o‘g‘li! U paytda yetmish
payg‘ambarning amalini qilgan bo‘lsang ham o‘ylaymanki, sen qutila olmaysan.
Bu mashaqqatlardan faqatgina Alloh mustasno qilgan qishilargina qutuladilar. Ular
to‘rtinchi qavat osmonda bo‘lgan kishilardir». Shubhasiz, Muso (a.s.) ulardandir. Alloh
taoloning mustasno qilishi «Bugun mulk kimnikidir» ilohiy savolidan oldindir. Agar savol
berilganida biron kishi tirik bo‘lganida edi, Allohning «Mulk kimnikidir» savoliga javoban:
«Ey Vohid va Qahhor bo‘lgan Allohim, mulk, albatta, senikidir», degan bo‘lur edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 21
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
SAKKIZINCHI FASL
Hamma qabri ustiga chiqib, ba’zilar yalang‘och, ba’zilar qora, ba’zilar oq kiyimda,
ba’zilar nur taratgan holda o‘tiradilar. Hammalari boshlarini egib, nima qilishlarini
bilmagan holda ming yil turadilar. So‘ngra g‘arbdan bir olov zuhr etadi va uning
dahshatidan xalq mahsharga suriladi. Bu paytda har bir maxluqot dahshatga tushadi.
Xoh inson bo‘lsin, xoh jin bo‘lsin, xoh vahshiy hayvon bo‘lsin,har birini o‘z amali tutib
«Tur, mahsharga bor», deydi.
Amal go‘zal bo‘lgan kishining amali eshak suratiga kirib, ba’zilarniki xachir suratida
sohibini mahsharga olib boradi. Ba’zilari qo‘chqor shaklida ko‘rinadi. Ba’zilarni amallari
ustiga mindirib oladi, ba’zilarni esa tashlab ketadi. Mo‘min kishida bir nur bo‘ladi va u
nur mo‘minning old va o‘ng traafini yoritib yo‘l ko‘rsatadi.
Chap taraflarida nur bo‘lmaydi. Balki qorong‘ulikda hech kim hech narsa ko‘rmaydi. Bu
qorong‘ulikda kofirlar hayratda qoladilar. Iymonlarida shak-shubha bor bo‘lgan kishilar
(va bid’at sohibi bo‘lganlar, mazhabsizlar) qorong‘uda qoqilib qoladilar.
Ahli sunnat olimlarining ko‘rsatmalariga binoan yashagan (sunniy) mo‘minlar, ularning
zulmat va taraddudlariga boqib, Alloh taolo o‘zlariga hidoyat nurini berganiga hamdu
sano aytadilar.
Chunki Haq taolo mo‘minlarga azob ko‘rsatayotgan fosiqlarning hollarini ko‘rsatib
qo‘yadiki, buning ba’zi bir foydalari bor. Shubhasiz, jannat ahli va jahannam ahli nima
amal qilagan bo‘lsalar hammasi ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun Alloh taolo «Do‘stiga
nazar soldi. Uni jahannam olovida ko‘rdi», ma’nosida marhamat qiladi:
«Ko‘zlari do‘zax ahli tarafiga burilib qolsa, aytadilar: «Ey Rabbimiz! Bizni bu zolimlar
qavmi bilan birga qilib qo‘ymagin!»
Chunki to‘rt narsa borki, qadrini, qiymatini faqat shu to‘rt toifa kishilar biladi: Hayotning
qadrini faqat o‘liklar biladi. Ne’matning qadrini azob chekkan kishi biladi. Boylikning
qadrini faqir biladi. (bu yerda to‘rtinchisi yozilmagan. Ammo bundan kelib chiqadiki,
jannat ahlining qadrini jahannam ahli biladi, demakdir).
Ba’zilarning nuri ikki oyog‘i ostida va barmoqlari uchida ko‘rinadi. Ba’zilarning nuri bir
porlab, bir o‘chadi. Ularning nurlari iymonlariga yarasha bo‘ladi. Qabrlaridan
chiqqanlarida harakatlari ham amallariga yarasha bo‘ladi.
Sahih bir hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ey Rasululloh! Biz qanday ahvolda hashr
qilinamiz?» degan savolga javoban bunday deganlar: «Ikki kishi bir tuya ustida, besh
kishi bir tuya ustida va o‘n kishi bir tuya ustida hashr qilinarsiz».
Vallohu a’lam, bu hadisning ma’nosi shunday bo‘lsa kerak: «Bir qavm islomda bir-
birlariga yordam qilsa, dinni, iymonni, halolu haromni bir-biriga o‘rgatsa, ularga
marhamat qilinadi. Alloh taolo ularning amalidan tuya yaratadi va ular tuyaga minadilar.
Ana shunday hashr qilinadilar». Bu esa, amalning sababidandir. Chunki ularning o‘z
amallari bir tuya bo‘lmagani uchun, faqat bir necha kishining amali bir tuya bo‘lyapti va
u tuyaga birgalikda minadilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi 22
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Bular shunday kishilarga o‘xshaydilarki, safarga chiqadilar. Ammo hech kimning bir ulov
sotib olishga puli yetmaganidan ikki-uch kishi pul qo‘shib ulov olishadi va unga
birgalikda minadilar. Bu yo‘lda bu tuyaga ba’zan o‘n kishi minadilar. Bu ojizlik amallari
sabablidir. Shuning uchun Sen shunday amal qilginki, bu amal sababli Alloh taolo senga
bir ulov nasib etsin.
Shuni bilishimiz lozimki, bunday kishilar uxroviy tijoratda katta katta foyda ko‘rganlardir.
Allohdan qo‘rqqanlar, Allohning dinini yoyganlar, albatta, ulovga ega bo‘ladilar. Alloh
taolo Maryam surasining 85-oyatida shunday marhamat qilgan:
«Biz taqvodor zotlarni otliq hollarida Rahmon dargohiga to‘playdigan (kunni
eslang)»
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir kuni sahobalariga shunday dedilar: «Bani Isroilda bir kishi
bor edi. Juda ko‘p yaxshi ishlar qilardi.
U zot sizning ichingizda hashr qilinadi». Shunda sahobalar so‘radilarki: «Yo Rasululloh! U
zot nima yaxshi ish qilardi?»
Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: «Unga otasidan ko‘p mol-dunyo qolgandi. Boylikning
bir qismiga bir bog‘ sotib olib, uni faqirlarga vaqf qildi «Rabbim huzuriga borganimda bu
mening bog‘im bo‘ladi», dedi. Yana bir qancha oltin ayirib, uni faqir va zaif kishilarga
tarqatdi. «Bu bilan Alloh taolodan joriya va qullar sotib olaman», dedi. Yana bir qancha
qullarni ozod qildi. «Bular ham Allohning huzurida mening xizmatchilarim bo‘ladi», dedi.
Bir kuni esa, bir ko‘zi ojiz kishiga duch keldi. Qarasa, qoqilib, yiqilib ketyapti. Unga bir
ulov sotib olib berdi va: «Bu esa Alloh taoloning huzurida mening ulovimdir», dedi».
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu hikoyani aytib bo‘lganlaridan keyin shunday marhamat
qiladilar: «Nafsim qudrat qo‘lida bo‘lgan Alloh taologa qasamki, bu ulov uning uchun
egarlangan va jilovlangan holda hozir turganini ko‘ryapman. Bu zot unga minadi va
mahshargohga shunday holda keladi».
Alloh taolo Mulk surasining 22-oyatida shunday marhamat qilgandirki:
«Axir yuz tuban (ya’ni, oyog‘ining ostidan o‘zga yoqqa qaramasdan) yuradigan
kimsa Haq yo‘lni topuvchiroqmi yoki qaddi rost holida to‘g‘ri yo‘lda yuradigan
kishimi?»
Bu oyatning tafsirida aytiladiki, Alloh taolo bu oyatni qiyomat kunida mo‘minlarning
hashr qilinishi bilan kofirlarning hashr qilinishiga misol qildi.
Maryam sursining 86-oyatida Alloh taolo shunday deydi:
«Va jinoyatchi kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni
(eslang)».
www.ziyouz.com kutubxonasi 23
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Bu oyatdan ma’lum bo‘ladiki, ular ba’zan yuradilar va ba’zan sudraladilar. Chunki Alloh
taolo boshqa bir oyati karimada: «Yuradilar», deydi.
Nur surasining 24-oyatida Alloh taolo shunday deydi:
«U kunda Qiyomatda qilib o‘tgan (bo‘htonlari) sababli ularning tillari ham, qo‘l
va oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur».
Yana bir oyatdagi: «Ko‘r bo‘lgan hollarida» ma’nosi esa, kofirlar mo‘minlarga berilgan
nurdan mahrum bo‘ladilar, deganidir. Bu butunlay ko‘r bo‘ladilar, degani emas. Balki
qorong‘ulik qoplaydi va ko‘ra olmaydi, deganidir. Chunki bilamizki, kofirlar samoga
qaraydilar, ular osmon yorilganini, farishtalarning tushganini, tog‘larning yurishini,
yulduzlarning to‘kilishini ko‘radilar.
Tur surasining 15-oyatida shunday marhamat qilingandir:
«Qani bu (azob) ham sehrmi yoki sizlar (hayoti dunyoda haqni ko‘ra
olmaganlaringiz kabi bu azobni ham) ko‘rmayapsizlarmi?!»
Qiyomatdagi ko‘rlikdan murod – qorong‘ulikda qolishdir. Va Alloh taoloning jamoli
ilohiysini ko‘rishdan man qilinishlikdir. Chunki Alloh taolo nuri bilan mahshargohni
yoritadi. Ana shu paytda kofiru munofiqlarning ko‘zlariga parda qoplanib, ular bu nurni
ko‘rmaydilar.
Alloh taolo ularning quloqlariga ham parda tortadi. Kalomullohni eshitmasliklari uchun.
Chunki farishtalar A’rof sursining 49-oyatini:
«(Axir ularga): Jannatga kiringlar, sizlar uchun hech qanday xavf-xatar yo‘q va
sizlar hech g‘amgin bo‘lmaysizlar» (deyildi-ku)?!» va Zuxruf surasining 70-oyatini:
«Sizlar jufti halollaringiz bilan birga shod-xurram bo‘lgan hollaringizda
jannatga kiringiz!» oyatlarini o‘qib xitob qiladilar. Mo‘minlar buni eshitadilar, ammo
kofirlar eshitmaydilar.
Kofirlar gapirishdan ham ma’n etiladilar. Ular xuddi tilsizdek bo‘lib qoladilar. Bu Alloh
taoloning Mursalot surasining 35-36-oyatlaridan anglashiladi:
«Bu (Kun) ular so‘zlay olmaydigan va ular uchun uzr aytishlariga ham izn
berilmaydigan Kundir!»
Insonlar dunyoda qilgan ishlariga ko‘ra hashr qilinadilar. Ba’zilar cholg‘u chalish bilan
mashg‘ul bo‘ladilar. (Har qanday cholg‘u asbobi nazarda tutilyapti. Ibodatlarni, Qur’on
o‘qishni va zikr qilishni cholg‘u bilan amalga oshirish ham shunga kiradi. Chunki hech bir
cholg‘u asbobida Allohning rizosi yo‘qdir).
Hayotlarida doimo musiqa chalgan va tinglagan kishilar qabrlaridan chiqqanlarida
cholg‘uni o‘ng qo‘llari bilan olib, chetga uloqtiradilar va cholg‘uga deydilarki: «La’nat
bo‘lsin senga! Meni Allohning zikridan mashg‘ul qilding!» Cholg‘u bo‘lsa uning yoniga
qaytib keladi va shunday deydi: «Alloh taolo oramizda hukm chiqarguncha men senga
hamrohman. Ungacha ayrilmayman». Dunyoda mast qiluvchi ichimlik ichganlar sarxush
www.ziyouz.com kutubxonasi 24
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
holda hashr qilinadilar. Boshlari, qo‘llari, oyoqlari ochiq holda ko‘chaga chiqqan ayollar,
qizlar o‘sha joylaridan qon va yiring oqqan holda hashr qilinadilar. Kim qaysi ish bilan
Allohning yo‘lidan ayrilsa, o‘sha holda hashr qilinadi.
Sahih bo‘lgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: «Sharob ichgan kishi
qiyomat kunida bo‘yniga olovdan bo‘lgan sharob idishi osilgan va qo‘lida qadah ushlagan
holda, undan yer yuzidagi eng badbo‘y narsalardan ham badbo‘yroq hid kelgan va yer
yuzidagi hamma narsa unga la’nat aytgan holida hashr qilinadi».
Ma’lum holda o‘lganlar zulm ko‘rgan o‘sha hollarida hashr qilinadilar. Sahih bir hadisda:
«Alloh yo‘lida o‘ldirilib shahid bo‘lganlar qiyomat kunida yaralaridan qon oqib turgan
holda kelurlar. Rangi qondek bo‘lsa ham, hidi mushkdek bo‘ladi. Hashr qilingunlariga
qadar shu holda bo‘ladilar», deyilgan.
Shunda farishtalar ularni firqa-firqa, jamoat-jamoat chaqiradilar. Ularning ichida ularga
zulm qilganlar shu holda hashr qilinadilar. Insonlar, jinlar, shayton, yirtqich hayvonlar va
qushlar bir joyda to‘planadilar. Bu paytda yer oppoq, tep-tekis bo‘lib qolgan bo‘ladi.
Farishtalar yer yuzidagi butun jonzotlarning atrofida bir halqa bo‘lib turadilar. Ularning
soni yer yuzi maxluqlarinikidan o‘n chandon ko‘p bo‘ladi.
Undan keyin Alloh taolo ikkinchi qavat osmondagi farishtalarga buyuradi va ular birinchi
qavat osmon farishtalarining xalqasini xalqa qilib o‘raydilar. Ularning soni bularning
hammasidan yigirma marta ko‘p bo‘ladi.
Keyin uchinchi qavat osmondagi farishtalar tushib ularning atrofini o‘raydilar. Bularning
soni hammasidan o‘ttiz marta ko‘p bo‘ladi.
Keyin to‘rtinchi qavat osmonning farishtalari ularning atrofini o‘raydilar. Ularning soni
oldingilarning hammasidan qirq marta ko‘p bo‘ladi.
Undan keyin beshinchi qavat osmonning farishtalari tushib, ularning atrofini xalqa qilib
o‘raydilar. Ularning soni oldingilarning sonidan oltmish marta ko‘pdir.
Eng oxirida yettinchi qavat osmondagi farishtalar tushib, ularning atrofini xalqa qilib
o‘raydilar. Ularning soni oldingilarning hammasidan yetmish marta ko‘p bo‘ladi.
Bu paytda xalq bir-birlariga aralashib ketgan bo‘ladi. Shunchalik tiqilinch bo‘lganidan
odamlar bir-birlarini bosib olishadi. Har kim gunohiga ko‘ra terga ko‘miladi. Ba’zilar
quloqlarigacha, ba’zilar bo‘ynigacha, ba’zilar ko‘ksigacha, ba’zilar yelkalariga, ba’zilar
tizzalarigacha terga botishadi. Ba’zilar chanqagan odam suv ichganida qancha terlasa,
shunchalik oz terlaydilar.
«Ashobi ray» – minbar sohibi bo‘lgandirlar. «Ashobi rashh» – oz terlaganlardir. «Ashobi
ka’bayn» (ya’ni, tizzalarigacha terga botganlar) suvda cho‘kib vafot etganlardir.
Farishtalar bu uch toifaga: «Siz uchun endi qo‘rquv va huzun yo‘qdir», deb xitob
qiladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi 25
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Ba’zi oriflar menga xabar berdilarki, bular «Avvabun»lardir. Fuzayl ibn Iyoz (187 (mil.
803) yilda Makkada vafot etgan) va boshqa unga o‘xshaganlar shu toifadandirlar.
Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Gunohga tavba qilgan kishi hech gunoh qilmagan kishi
kabidir» deganlar. Bu hadisi sharif mutloqdir. Ya’ni, bir shartga bog‘liq emas. Bu uch
toifa ahli ray, ahli rashk, ahli ka’b.
«(Qiyomat) Kunida (mo‘minlarning) yuzlari oq bo‘lur, (kofirlarning) yuzlari
qora bo‘lur» ma’nosidagi Oli Imron surasining 106-oyatiga ko‘ra yuzlari oq
bo‘ladiganlardir.
Bulardan boshqalarning yuzlari qora bo‘ladi. Qo‘l uzatsa yetadigan darajada quyosh
yaqinlashgani uchun iztirob va terlash kuchli bo‘ladi. Quyoshning issiqligi hozirgidek
bo‘lmaydi. Yetmish marta kuchli bo‘ladi. Salaflardan ba’zilari aytganlarki: «Agar quyosh
hozir xuddi qiyomatdagidek yaqinlashsa, albatta yer yuzini yoqardi, eritardi va
daryolarni quritardi».
Bu paytda maxluqot Arosat maydonda oppoq joyda qattiq iztirob chekib turishadi. Bu
oppoq joyni Alloh taolo Ibrohim surasining 48-oyatida bayon qiladi:
«Albatta Alloh Yer boshqa Yerga, osmonlar (o‘zga osmonlarga) aylanib
qoladigan hamda (barcha odamlar) Yolg‘iz va Qudratli Allohga ro‘baro‘
bo‘ladigan Kunda (Qiyomatda) G‘olib va Intiqom olguvchidir».
Bu paytda yer yuzidagilar turli holatdadirlar. Dunyoda buyuk ko‘ringanlar, buyuklik da’vo
qilganlar mahsharda zarra qadardirlar. Hadisi sharifda kibrlilarning zarra kabi bo‘lishlari
bildirilgan. Ammo ular zarradek kichik emaslar. Balki ular oyoqlar ostida qolib
ezilganlaridan, zalil va haqir bo‘lganlari uchun zarra kabidirlar, deyilgan.
Ularning orasida bir qavm shirin va muzdek toza suv ichadilar. Voyaga yetmasdan,
go‘daklik chog‘ida vafot etgan mo‘min bolalari jannat daryolaridan suv olib kelib, ota-
onalariga beradilar.
Ba’zi salafi solihiynlardan hikoya qilinadiki: bir kishining tushida qiyomat qoyim bo‘libdi.
U chanqagan holatda tik turganmish. Kichkina bolalar suv taratayotganini ko‘ribdi. U
debdiki: «Ey bolalar, menga ham bir qultum suv beringlar». Bolalardan biri so‘rabdi:
«Bizning ichimizda sening bolang bormi?» U yo‘q, deganida, bola: «Unday bo‘lsa, jannat
suvidan senga nasiba yo‘q», dedi.
Bu hikoyada uylanish va farzand ko‘rishning afzalligiga ishora bor.
Ba’zi insonlarning boshlariga bir soya yaqinlashadi va mahsharning haroratidan saqlaydi.
Bu soya dunyoda bergan zakoti va sadaqalaridir.
Ana shu holatda ming yil turadilar. Muddassir surasining 8-oyati bo‘lgan:
«Chunki qachon (Qiyomat qoyim bo‘lgani haqida xabar berib) burg‘u
chalinganida» oyati karimani eshitgunlariga qadar shu holda turadilar. Bu oyat Qur’oni
karimning sirlaridandir.
www.ziyouz.com kutubxonasi 26
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Sur chalinishining dahshatidan badandagi tuklar titraydi, ko‘zlar har tomonga qarab
qoladi. Mo‘minlar va kofirlar mahshargohga chaqiriladi. Sur chalinishi qiyomat kunining
shiddatini ziyodalashtiruvchi bir azobdir.
Bu paytda sakkizta farishta Arshni ko‘tarib kelishadi. U farishtalarning har biri bir qadam
tashlaganda yigirma ming yillik dunyo yo‘lini bosib o‘tadi.
Farishtalar va bulutlar Arsh o‘rnatib bo‘linguncha aql anglay olmaydigan tasbehlar bilan
Allohga tasbeh aytishadi.
Shu tariqa Arshi a’lo Alloh taolo o‘zi uchun yaratgan oppoq yerga o‘rnatiladi. Bu paytda
hech kim va hech narsa toqat qila olmaydigan Allohning azobidan boshlar egiladi. Butun
xalq qattiq g‘am-alam ichida qolib bir shafqat izlaydilar.
Payg‘ambar va olimlarni qo‘rquv bosadi. Avliyo va shahidlar toqat qilib bo‘lmaydigan
Allohning azobidan faryod chekadilar. Ular bu holatda ekanliklarida quyoshning nuridan
bir necha barobar kuchli bo‘lgan nur ularni chulg‘aydi. Zotan quyoshning haroratiga
toqat qila olmagan insonlar bu nurning azobidan qattiq betoqat bo‘ladilar. Bu holat ming
yil davom etadi. Alloh taolo ularga hech narsa demaydi.
Shunda insonlar ilk payg‘ambar bo‘lgan Odam (a.s.)ning oldiga borishadi: «Ey
insonlarning otasi! Holimiz juda yomon!» deyishadi. Kofirlar esa: «Ey Rabbimiz! Bizga
marhamat qil. Bizni bu shiddat va mashaqqatdan qutqar» deb Allohga yolvoradilar.
Insonlar Odam (a.s.)ga deydilarki: «Ey Odam (a.s.)! Sen aziz va sharafli bir
Payg‘ambarsanki, Alloh taolo seni yaratdi. Farishtalarni senga sajda qildirdi. Senga
dargohidan ruh ato qildi. Hisobning boshlanishi uchun bizga shafoat qil, Alloh nima hukm
qilsa, shunga mahkum bo‘laylik va qaerga buyursa, hamma o‘sha yerga ketsin. Hamma
narsaning hokimi va moliki bo‘lgan Alloh taolo maxluqlariga istagan hukmini qilsin».
Shunda Odam (a.s.): «Men Alloh taolo ta’qiqlagan daraxt mevasini yedim. Shuning
uchun Alloh taolodan uyalaman. Sizlar rasullarning birinchisi bo‘lgan Nuhning (a.s.)
oldiga boringlar» dedi. Shunda insonlar o‘zaro mashvarat qiladilar.
So‘ngra Nuh (a.s.)ning oldiga boradilar va: «Sen birinchi Rasulsan. Ahvolimiz juda ham
tang. Bizning muhokamalarimizning tezroq qilinishi uchun shafoat qil! Toki shu mahshar
jazosidan qutulaylik» deb yolvoradilar. Nuh (a.s.) ularga javoban: «Men Allohga duo
qildim va yer yuzidagi barcha insonlar suvga g‘arq bo‘ldilar. Shuning uchun Alloh
taolodan uyalaman, Sizlar Ibrohim (a.s.)ning oldiga boringlar. Chunki u Xalilullohdir.
Alloh taolo Haj surasining so‘nggi oyatida:
«Otalaringiz Ibrohimning dinini (ya’ni, Islomni ushlangiz)! Toki (Qiyomat
Kunida) Payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun, sizlar esa
(barcha dinlardagi) odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz uchun (Allohning) O‘zi
sizlarni ilgari(gi muqaddas Kitoblarda) ham, mana shu (Qur’onda) ham
musulmonlar (ya’ni, O‘zining diniga bo‘yinsunuvchilar) deb atadi», deb
marhamat qilgan. Balki u sizlarni shafoat qilar», dedi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 27
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Yana oldingidek o‘zaro mashvarat qiladilar. Keyin Ibrohim (a.s.)ning yoniga boradilar
va: «Ey musulmonlarning otasi! Sen shunday kishisanki, Alloh taolo seni o‘ziga xalil,
do‘st ayladi. Bizni shafoat qil! Alloh taolo maxluqot orasida hukmini chiqarsin»,
deyishadi. Ibrohim (a.s.) ularga shunday xitob qiladi: «Men dunyoda uch marta kinoya
bilan gapirdim. Ularni Alloh yo‘lida gapirdim. Hozir shuning uchun Alloh taolodan shafoat
uchun izn so‘rashga uyalaman. Sizlar Muso (a.s.)ning oldiga boringlar.
Chunki Alloh taolo u bilan bevosita gaplashdi va o‘ziga ma’naviy yaqin qildi. U sizlarni
shafoat qiladi». Insonlar yana ming yil o‘zaro mashvarat qiladilar. Ammo endi ahvollari
juda ham yomonlashadi. Mahshargoh esa yanada torayadi.
Keyin Muso (a.s.)ning oldiga borib deydilarki: «Ey Imron o‘g‘li! Sen shunday zotsanki,
Alloh taolo sen bilan vositasiz gaplashdi va senga Tavrotni nozil qildi. Hisobning tezroq
boshlanishi uchun bizga shafoat qil! Chunki bu yerda turishimiz uzoqqa cho‘zildi.
Odamlarning tiqilinchligidan bir-birimizni bosib yuribmiz».
Muso (a.s.) ularga shunday dedi: «Men Alloh taolodan Fir’avn oilasining eng qattiq
azoblar bilan azoblanishini duo qilib so‘raganman. Buni keyingi avlodlarga ibrat bo‘lsin
uchun shafoat qilishga uyalaman. Ammo Haq taolo rahmat va mag‘firat sohibidir.
Siz Iso (a.s.)ning oldiga boringlar. Chunki u har jihatdan Rasullarning eng sahihi,
ma’rifat va zuhd jihatdan eng afzali va hikmat jihatidan eng ustunidir. Sizlarni u shafoat
qiladi». Insonlar yana mashvarat qiladilar. Ularning siqintilari esa yana ziyodalashadi.
So‘ngra Iso (a.s.)ning oldiga keladilar va deydilarki: «Sen Allohning dargohidagi ruhi va
kalomisan. Alloh taolo seni Oli Imron surasining 45-oyatida:
«… u dunyo-yu Oxiratda obro‘li va (Allohning) yaqinlaridandir», deb maqtagan.
Bizlar uchun Rabbingdan shafoat tila!»
Ularga Iso (a.s.) shunday deydi: «Qavmim meni va onamni Allohga sherik qilishdi. Ular
menga ham ibodat qilishdi.
Sizlar payg‘ambarlarning eng ustuni va so‘nggisi bo‘lgan Muhammad Mustafo
(s.a.v.)ning oldiga boringlar. Chunki ul zot o‘z shafoatini ummati uchun saqlab qo‘ygan.
Qavmi ul zotga ko‘p aziyat yetkazdi. Muborak peshonasini yordilar, muborak tishni
sindirdilar. Uni jinniga chiqardilar.
Holbuki, u buyuk Payg‘ambar (s.a.v.) ularning ichida nasl-nasabi eng yuksak va sharaf
jihatdan eng ustuni edi. Ularning chidab bo‘lmaydigan jafolariga nisbatan Yusuf (a.s.)
akalariga:
«U dedi: «Bu kun sizlar ayblanmaysiz. Alloh sizlarni mag‘firat qilgay. U Zot
rahm qilguvchilarning Rahmlirog‘idir». Ma’nosidagi Yusuf surasining 92-oyati bilan
javob bergan».
Iso (a.s.) Muhammadning (s.a.v.) fazilatlarini shunday ta’riflaydilarki, hamma insonlar
Rasululloh (s.a.v.)ni tezroq ko‘rishni xohlaydilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi 28
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Darrov Payg‘ambarimizning (s.a.v.) minbari oldiga kelishadi va shunday deyishadi: «Siz
Habibullohsiz! Habib esa vositalarning eng foydalisidir. Bizga Rabbingizdan shafoat
so‘rang!
Chunki birinchi Payg‘ambar Odam (a.s.) oldiga borgandik, Nuhga yubordi. Nuh (a.s.)ga
bordik, Ibrohim (a.s.)ga yubordi. Ibrohim (a.s.) Muso (a.s.)ga yubordi. Muso (a.s.)
Isoga yubordi. Iso (a.s.) esa sizga yubordi. Yo Rasululloh (s.a.v.)! Siz qaytarsangiz
boshqa boradigan kishimiz yo‘q».
Shunda Rasululloh (s.a.v.) deydilarki: «Alloh taolo izn bersa va rozi bo‘lsa, shafoat
qilaman».
«Surodiqoti jalol», ya’ni jalol pardasiga boradilar. Alloh taolodan shafoat uchun izn
so‘raydilar va ul zotga izn beriladi. Pardalar ko‘tariladi. Arshi a’loda sajda qiladilar. Shu
holatda ming yil turadilar.
Alloh taologa shunday hamd aytadilarki, olam yaratilganidan beri hech kim Allohni
bunday madh etmagan bo‘ladi.
Ba’zi oriflar aytishadiki: «Alloh taolo olamlarni yaratganda o‘zini ana shunday madh
etgandi». Arshi a’lo Alloh taologa ta’ziman harakat qiladi. Bu muddat ichida insonlarning
ahvoli yanada yomonlashadi. Zahmat va mashaqqatlari ortadi. Insonlarning bo‘yinlariga
o‘zlari dunyoda ochko‘zlik bilan saqlagan mollari osiladi. Tuyasining zakotini
bermaganlarning bo‘yniga tuya osiladi. Ular yukning og‘irligidan dodlab yuborishadi.
Sigir va quyidan zakot bermaganlar ham shu kuyga tushadilar. Ularning dodlashlari
momaqaldiroqdek atrofni tutadi.
Ekinining zakotini, ya’ni ushrini bermaganlarning bo‘yniga o‘shancha ekin osiladi. U ekin
bug‘doy bo‘lsa bug‘doy, arpa bo‘lsa arpa osiladi. Oltin, kumush (qog‘oz) pul va boshqa
tijorat mollaridan zakot bermaganlarga esa bir katta ilon osiladi. U ilonning boshida 2ta
kokili bo‘ladi. Dumi burniga kirib xalqa hosil qiladi va u odamning bo‘yniga osiladi. U
ilonning og‘irligi xuddi tegirmon toshidek og‘ir bo‘ladi. Odamlar baqiradilar va bu nima
deb so‘raydilar.
Farishtalarga: «Bular dunyoda zakotini bermagan mollaringizdir», deydilar. Bu dahshatli
hol Oli Imron surasining 180-oyatida shunday xabar qilinadi:
«Baxillik qilib bermagan narsalari Qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!»
Yana bir boshqa firqaning avrat joylari g‘oyat katta bo‘lish shishib ketgan va jarohat
joyidan yiring oqib turadi. Ularning badbo‘y hididan atrofidagilar juda rohatsiz bo‘lishadi.
Bular zino qilganlar va boshlari, sochlari, oyoqlari ochiq holda ko‘chaga chiqqan
ayollardur.
Yana bir firqa daraxt shoxlariga osiladilar. Ular dunyoda livota qilganlardir.
Yana bir firqaning tillari og‘zidan chiqib ko‘ksiga osilib turadi. Shunchaplik xunuk holdaki,
odamning ko‘rgisi kelmaydi. Bular yolg‘onchilar va tuhmatchilardir.
www.ziyouz.com kutubxonasi 29
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Yana bir firqaning qorinlari xuddi tog‘dek katta bo‘lib, ular dunyoda zaruratsiz va
muomala qilmasdan foizli mol va pul olib berganlardir. Bu kabi harom mol topganlarning
gunohlari ayanchli holda oshkor qilinadi.
TO‘QQIZINCHI FASL
Alloh taolo shu ma’noda buyuradiki: «Ey Muhammad, boshingni sajdadan ko‘tar! So‘zla,
so‘zlaring inobatga olinadi. Shafoat qil, qabul qilinadi.
Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ey Rabbim! Bandalaring orasidan yaxshilarni va
yomonlarni ayir. Kutishlari uzoq cho‘zilib ketdi. Barchalari gunohlari tufayli arosat
maydoniga razil va rasvo bo‘ldilar», deyiladi.
Bir nido keladi: «To‘g‘ri aytding, ey Muhammad (s.a.v.)» Janobi Haq jannatga buyuradi
va jannat turli ziynatlar bilan ziynatlanadi. Keyin Arosat maydoniga keltiriladi. Shu
darajada xushbo‘y hidi borki, besh yuz yillik masofadan seziladi. Bu holdan qalblar
rohatlanadi. Ruhlar tiriladi. (Lekin kofirlar, murtadlar, musulmonlar bilan jang qilganlar,
Qur’oni karimni haqorat qilganlar, yoshlarni aldab iymondan ayirganlar) amallari yomon
va habis bo‘lganlar jannatning hidini hidlamaydilar.
Jannat Arshi a’loning o‘ng tarafiga qo‘yiladi. Undan keyin Alloh taolo do‘zaxni keltirishni
buyuradi. Jahannamga qo‘rquv kiradi va dod soladi. Unga yuborilgan farishtalarga:
«Alloh taolo menga ozor berish uchun biror bir maxluq yaratdimi?» deb savol beradi?
farishtalar esa: «Alloh taoloning izzati va jaloli va jabaruti haqqi, Rabbing sen orqali
osiylardan, islom dushmanlaridan intiqom olish uchun bizni senga yubordi. Sen ana
shuning uchun yaratilgansan», deyishadi. Jahannamni to‘rt tarafidan ushlab ko‘tarib
keladilar. Yetmish ming ip boylab ko‘taradilar. Har bir ipda yetmish ming halqa bor.
Dunyodagi temirlarning hammasi to‘plansa ham uning bir xalqasicha bo‘lmaydi. Har
xalqada zaboniy deyiluvchi azob farishtalaridan yetmish mingtasi bor. Ularning biriga
dunyodagi tog‘larni surish buyurilganida edi, parcha-parcha qilardi.
Shunda do‘zax o‘zidan dahshatli ovoz chiqaradi, pishqirib olov sochadi va o‘zidan
shiddatli bir tuman chiqaradi. Buning oqibatida osmon qop-qora bo‘ladi. Mahshargohga
ming yillik masofa qolganida farishtalar uni qo‘yib yuborishadi. Gumburlagan ovozi va
issiqligi chidab bo‘lmas darjada bo‘ladi. Mahshargohdagilarning hammasi bundan juda
qo‘rqadilar. «Bu nima?» deb so‘raydilar. «Jahannam zaboniylarning qo‘lidan qutulibdi,
sizga yaqinlashyapti. Bu o‘shaning ovozi» deb xabar beriladi. Buni eshitib hammaning
tizzasida mador qolmaydi va beixtiyor tiz cho‘kadilar. Hatto payg‘ambarlar va rasullar
ham o‘zlarini tuta olmaydilar.
Hazrati Ibrohim (a.s.), Muso (a.s.) va Iso (a.s.) arshi a’lo poyini quchoqlab oladilar.
Ibrohim (a.s.) qurbon qilmoqchi bo‘lgan Ismoil (a.s.)ni ham unutadi. Muso (a.s.) birodari
Horun (a.s.)ni unutadi. Iso (a.s.) volidasi hazrati Maryamni unutadi. Har biri: «Ey
Rabbim! Bugun nafsimdan boshqa narsani istamayman», deydi.
Faqat Payg‘ambarimizgina (s.a.v.): «Ummatimga omonlik va najot ber, ey Rabbim!»
deydilar.
U yerda bunga chiday oladigan hech kim bo‘lmaydi. Alloh taolo Josiya surasining 28-
oyatida shunday marhamat qiladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi 30
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
«(U Kunda) barcha ummatni (dahshat va iztirobla) tiz cho‘kkan holda ko‘rarsiz.
Har bir ummat o‘z nomai a’moliga chaqirilur, (so‘ng ularga deyilur): «Bugun
qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar».
Farishtalarning qo‘lidan qutilib kelayotgan do‘zaxning bo‘kirgan ovozidan insonlar
bo‘g‘ilishi darajasida g‘amga botadilar va yuzlarini berkitib oladilar. Furqon surasining
12-oyatida shunday marhamat qilinadi:
«(Do‘zax) ularni uzoq joydan ko‘rgan vaqtidayoq uning xayqiriq va bo‘kirigini
eshiturlar».
Alloh taolo Mulk surasining 8-oyatida esa shunday marhamat qiladi:
«U g‘azabdan parchalanib ketgudek bo‘lur…».
Shunda, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldinga chiqib, jahannamni to‘xtatadilar va: «Haqir va
zalil bo‘lib orqaga qayt! Toki, sening oldinga ahling guruh-guruh bo‘lib kelsinlar»,
deydilar.
Do‘zax esa: «Ey Muhammad! Menga ruxsat bering, men o‘tib ketay. Chunki siz menga
harom qilingansiz», deydi.
Shunda Arshdan nido keladi: «Ey jahannam, Muhammadga (s.a.v.) quloq sol va unga
itoat qil!» So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) do‘zaxni yetaklab borib, Arshi a’loning chap
tomoniga joylashtiradilar. Mahshardagilar Payg‘ambarimizning (s.a.v.) bu marhamatli
harakatlarini bir-birlariga xabar beradilar. Qo‘rquvlari bir miqdor kamayadi. Anbiyo
surasi 107-oyatning ma’noi sharifi zohir bo‘ladi:
«(Ey Muhammad alayhissalom), darhaqiqat, Biz Sizni barcha olamlarga faqat
rahmat (ya’ni, Allohning rahmati-jannatiga yetaklaguvchi) qilib yubordik».
Shundan keyin qandayligini noma’lum Mezon quriladi. Uning ikki pallasi bo‘lib, birinchi
pallasi nurdan, ikkinchisi esa zulmatdan bo‘ladi.
Zamondan, makondan va jismdan munazzax bo‘lgan Alloh taolo o‘z qudrati
benihoyasining bu zarrasini shu tariqa izhor qilgach, mo‘min insonlar unga ta’ziman
sajdaga ketadilar. Ammo kofirlar va murtadlar sajda qila olmaydilar.
Chunki ularni temir zanjirlar bilan egilmaydigan qalib o‘rab qo‘yilgan bo‘ladi.
Alloh taolo Qalam surasining 42-oyatida marhamat qilgandirki:
«Boldir ochiladigan (ya’ni, og‘ir hisob-kitobga chog‘laniladigan) va ular
(kofirlar) ko‘zlari (quyiga) egilgan, xorlik ularni o‘rab-egallab olgan hollarida
sajda qilishga chorlanishib, (lekin sajdaga) kuchlari yetmay qoladigan Kunni
(eslang!)»
www.ziyouz.com kutubxonasi 31
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Mo‘minlar sajdada ekan, Alloh taolo nido qiladi. Bu chaqiriqni uzoq va yaqindagilarning
hammasi eshitadi. Imom Buxoriy rivoyat qilganidek, Alloh taolo (hadisi qudsiyda): «Men
azimush-sha’n barchaga jazo beradigan Dayyonman. Menga hech bir zolimning zulmi
tajovuz qilmaydi. Agar tajovuz qilsa, men zolim bo‘laman», deydi.
Shundan keyin hayvonot orasida hisob boshlanadi. Shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yning haqi
olib beriladi. Tog‘ hayvonlari bilan qushlar orasida hisob qilinadi. Keyin ularga:
«Tuproqqa aylaninglar» deyiladi. Shunda hayvonlar shu zahoti tuproqqa aylanadi.
Kofirlar bu holni ko‘rib, Naba’ surasining 40-oyatida keltirilganidek:
«Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam (u, muhaqqaq boshimga
tushadigan azobdan qutilsam)», deb qolur», deyishadi.
So‘ngra Alloh taolo «Lavhul Mahfuz qaerda?» deb so‘raydi. Bu ovoz aqlni oladigan holda
eshitiladi. Alloh taolo: «Ey Lahv, Tavrot, Injil, va Qur’oni azimush-sha’ndan senda
yozganlarim qaerda? » deb so‘raydi. Lavhul Mahfuz shunday javob qiladi: «Yo Robbal
olamiyn! Buni Jabroil (a.s.)dan so‘ra!».
Shunda Jabroil (a.s.) titrab-titrab keladi va tiz cho‘kadi. Haq taolo so‘raydi: «Ey Jabroil!
Bu lavh aytadiki, sen mening kalomimni va vahiylarimni bandalarimga yetkazgan
ekansan, shu to‘g‘rimi?»
Jabroil (a.s.): «To‘g‘ri, ey Rabbim», deydi. Alloh taolo: «Uni qanday amalga oshirding?»
deb so‘raydi. Jabroil (a.s.): «Ey Rabbim! Tavrotni Muso (a.s.)ga, Injilni Isoga (a.s.),
Qur’oni Karimni Hazrati Muhammadga (s.a.v.) yetkazdim. Har bir Rasulga risolatini va
har bir suhuf sohibi payg‘ambarga esa sahifalarni olib tushdim», deydi.
«Ey Nuh!» degan nido eshitiladi va Nuh (a.s.) keltiriladi. Ul zot qo‘rquvdan titragan holda
huzuri ilohiyga keltiriladi.
Unga shunday deyiladi: «Ey Nuh! Jabroil (a.s.) aytyaptiki, sen Rasullardan ekansan».
«To‘g‘ri aytyapti, ey Rabbim» deb javob beradi. Nuh (a.s.) Alloh taolo so‘raydi: «Qavming
bilan nima qildinglar?»
Nuh (a.s.) javob beradi: «Ey Rabbim! Men ularni kechayu kunduz iymonga da’vat qildim.
Mening da’vatim ularga hech bir foyda bermadi. Mendan qochdilar». Shunda: «Ey Nuh
qavmi!» degan nido keladilar. Ular bir firqa bo‘lib keladi. Ularga deyiladi: «Ushbu
qavmdoshingiz Nuh (a.s.) mening risolatimni sizga yetkazganini aytyapti». Ular: «Ey
bizning Rabbimiz! Nuh yolg‘on gapiryapti. Bizga hech narsani tablig‘ etgani yo‘q», deb
risolatni inkor qilishadi.
Alloh taolo: «Ey Nuh! Sening guvohning bormi?» deb so‘raydi. Nuh (a.s.) «Ey Rabbim!
Mening guvohlarim Muhammad (s.a.v.) va uning ummatidir», deydi.
Alloh taolo: «Ey Muhammad! Nuh risolatni tablih etganiga seni guvoh qilyapti», deydi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Nuhning (a.s.) risolatini tablig‘ etganiga guvoh bo‘lib, Hud
surasining 25–26-oyatlarini o‘qiydilar:
«Darhaqiqat, Biz Nuhni o‘z qavmiga (payg‘ambar qilib) yubordik. (U dedi):
www.ziyouz.com kutubxonasi 32
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
«Albatta men sizlarga (kelgan) ochiq ogohlantirguvchiman».
«Sizlar Yolg‘iz Allohga ibodat qilinglar. (Agar Yolg‘iz Allohdan o‘zga birovga
sig‘insangizlar), sizlarning ustingizga alamli azob Kuni (tushishi)dan
qo‘rqaman».
Shundan keyin Alloh taolo Nuhning (a.s.) qavmiga hukm chiqaradi: «»Sizlarga azob haq
bo‘ldi. Zero, kofirlar azobga loyiqdirlar».
Shu tariqa ularning barchasi do‘zaxga tashlanadi. Na amallari tortiladi, na hisob qilinadi.
Undan keyin: «Od qavmi qaerda?» deb nido qilinadi. Od qavmiga ham Nuh (a.s.)
qavmiga qilingan muomala qilinadi. Hud (a.s.)ga yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va
ummatlarining xayrlilari guvohlik berishadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Shuaro surasining
123-oyatini o‘qiydilar:
«Od (qabilasi) payg‘ambarlarini yolg‘onchi qildi».
Bu qavm ham do‘zaxga tashlanadi.
Keyin: «Ey Solih yoki Samud», deb nido qilindi. Solih (a.s.) va qavmi keladi. Qavm inkor
qilgach, yana Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Solih (a.s.) uchun guvohlik berishlari so‘raladi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Shuaro surasining 141-oyatini o‘qiydilar:
«Samud (qabilasi) payg‘ambarlarini yolg‘onchi qildi».
Bu qavm ham oldingilar kabi do‘zaxga tashlanadi.
Shu tariqa ummatlar birin-ketin Alloh taoloning huzuriga hisob uchun keladilar. Bular –
Borix, Zuha, Asro, Ashobi ros, ashobi tubbo’ va va Ibrohim (a.s.)ning qavmlari – kofir
qavmlar bo‘lib, ular uchun me’zon ham yo‘q va hisob ham qilinmaydi. Bu qavmlar bo‘lib,
ular uchun me’zon ham yo‘q va hisob ham qilinmaydi. Bu qavmlar u kunda
Parvardigorlari huzurida sharmanda bo‘ladilar. Alloh taolo so‘zlarini ularga bir tarjimon
yetkazib turadi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitmaydilar. Chunki bir kimsa oxiratda Alloh taoloning
kalomini eshitsa yoki ko‘rsa, u kimsa azob ko‘rmaydi.
Shundan keyin Muso (a.s.) chaqiriladi. Qattiq shamolda yaproqlar qanday titrasa, ul zot
ana shunday titrab keladi. Haq taolo unga: «Ey Muso! Jabroil senga risolatingni va
Tavrotni qavmingga tablig‘ etganingga guvohlik beryapti», deydi. Muso (a.s.): «To‘g‘ri,
ey Rabbim», deydi.
Alloh taolo: «Unday bo‘lsa, minbaringga chiq! Senga vahiy qilingan narsani o‘qi!» deb
buyuradi. Muso (a.s.) minbarga chiqib o‘qiydi. Hamma jim turib eshitadilar. Muso (a.s.)
Tavrotni xudi yangi nozil bo‘lganday o‘qiydi. Yahudiy olimlariga bundan oldin Tavrotni
hech ko‘rmagandek, bilmagandek tuyuladi.
Undan keyin Dovud (a.s.) chaqiriladi. Ul zot ham xuddi shamolda titragan yaproqdek
titrab keladi.
Alloh taolo: «Ey Dovud! Jabroil Zaburni ummatingga tablig‘ etganingga guvohlik
www.ziyouz.com kutubxonasi 33
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
beryapti», deydi. Dovud (a.s.): «To‘g‘ri, ey Rabbim», deydi. Alloh taolo: «Minbarga chiq
va senga nozil qilingan narsani tilovat qil!» deb buyuradi. Dovud (a.s.) minbarga chiqadi.
Go‘zal ovoz bilan Zaburni o‘qiy boshlaydi.
Hadisda ma’lum qilinadiki, Dovud (a.s.) jannat ahlining munodiysidir. (Dovud (a.s.)ning
ovozi juda go‘zal va yoqimli edi.) Nido qilganda ovozini tobuti sakiynaning imomi
eshitadi va jamoat ichidan saflarini yorib o‘tib, Dovudning (a.s.) oldiga keladi. Uni
quchoqlab oladi. «Sen Zaburdan ta’lim olmadingmiki, men haqimda yanglish niyat
qilding», deydi. Dovud juda uyaladi, siqiladi. Javob bera olmaydi. Arosat achinarli holga
keladi. Insonlar Dovuddan (a.s.) ko‘rgan hollaridan juda xafa bo‘ladilar. Keyin Dovud
(a.s.)ni quchoqlab, huzuri Mavloga chiqaradi. Ustlariga parda tushadi. Tobutning imomi:
«Ey Rabbim! Dovudning (a.s.) hurmatiga meni mag‘firat qil, u meni jangga yubordi.
Jangda o‘ldirildim. Men uylanmoqchi bo‘lgan ayolga o‘zi uylanmoqchi bo‘ldi. Holbuki, bu
paytda to‘qson to‘qqizta xotini bor edi», deydi. Alloh taolo Dovuddan (a.s.) so‘raydi: «Ey
Dovud, uning so‘zi to‘g‘rimi?» Dovud (a.s.) uyalganidan va Allohning azobidan
qo‘rqqanidan, mag‘firat va’dasidan umid qilib, boshini egib turadi. Chunki inson bir
narsadan qo‘rqsa va uyalsa boshini egadi. Bir narsa umid qilsa yoki iltimos qilsa boshini
yuqori ko‘taradi. Shunda Alloh taolo tobutning imomi bo‘lgan zotga deydiki: «Men buning
o‘rniga saroylar va xizmatkorlar, yana boshqa narsalar beraman. Rozimisan?» U zot:
«Roziman, ey Robbim», deydi. Undan keyin Dovudga (a.s.): «Sen ham ey Dovud! Bor,
seni ham mag‘firat qildim», deydi.
Shundan keyin Dovudga (a.s.): «Minbaringga qayt, Zaburning davomini o‘qi!» deb
buyuriladi. U esa, Alloh taoloning amrini bajo keltiradi. Bu paytda Bani Isroilga ikki
qismga ajrashishlari buyuriladi. Birinchi qismi mo‘minlarga, ikkinchi qismi esa kofirlarga
qo‘shiladi.
Undan keyin shunday xitob qilinadi: «Iso (a.s.) qaerda?» Iso (a.s.) keltiriladi. Alloh taolo
Moida surasining 116-oyatida kelganidek, so‘raydi:
«Ey, Iso binni Maryam, sen odamlarga: «Allohni qo‘yib, meni va onamni xudo
qilib olinglar», deb aytdingmi?»
Iso (a.s.) ko‘p hamdu sanolar aytadi va yuqoridagi oyatning davomida kelganidek javob
beradi:
«Ey, Pok Parvardigor, haqqim bo‘lmagan narsani aytish men uchun durust
emas-ku. Agar aytgan bo‘lganimda Sen albatta bilar eding. Zotan, Sen
dilimdagi bor narsani bilursan. Ammo men Sening huzuringdagi hech narsani
bilmasman. Faqat Sen O‘zing g‘ayb ilmlarining Bilguvchisisan».
Shunda Alloh taolo jamol sifatini ko‘rsatadi va: «Bu kun sodiq (mo‘min)larga
sodiqligi foyda beradigan kundir», bo‘lgan oyati karima bilan marhamat qiladi va:
«Ey Iso! Sen to‘g‘ri aytding. Minbaringga chiq! Senga Jabroil tablig‘ qilgan Injilni tilovat
qil», deb buyuradi. Iso (a.s.) buyruqni bajarib, tilovat qila boshlaydi. Tilovatning
ta’siridan hamma boshini yuqoriga ko‘taradi. Chunki Iso (a.s.) rivoyat qilish jihatidan
insonlarning eng hikmatlisidir. Qiroatda shu qadar tozalik va nazokat ko‘rsatadiki,
xristianlar va rohiblar o‘zlarini xuddi Injildan hech bir oyat bilmaydigandek his qilishadi.
Shundan keyin nasroniylar ham ikkiga bo‘linishadi. Buzilgan xristianlari kofirlarga,
www.ziyouz.com kutubxonasi 34
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
buzilmaganlari mo‘minlarga qo‘shilishadi.
Undan keyin bir nido eshitiladi: «Muhammad (s.a.v.) qaerda?» Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
keladilar. Haq taolo deydiki: «Ey Muhammad! Jabroil senga Qur’oni karimni tablig‘
etganini aytyapti» Ul zot: «To‘g‘ri, ey Rabbim!» Haq taolo: «Ey Muhammad! Minbaringga
chiq va Qur’oni karimni tilovat qil!» deb buyuradi. Pay-g‘ambarimiz (s.a.v.) Qur’oni
karimni g‘oyat go‘zal va totli bir shaklda tilovat qilib, mo‘minlarga mujdalar beradilar.
Ularning yuzlariga tabassum yuguradi va sevinchlari ichiga sig‘maydi. Qur’oni karimga
ishonmaganlarning va bu Kitobni (Alloh saqlasin) oddiy bir cho‘l qonunidir, deganlarning
yuzlari esa g‘oyatda chirkin ko‘rinish oladi.
Shu yergacha bayon qilingan payg‘ambarlarga qilinadigan savol-javobni A’rof surasining
6-oyatida shunday marhamat qilinadi:
«Endi albatta Biz, o‘zlariga Payg‘ambar yuborilgan kishilar bilan ham, (ularga)
yuborilgan payg‘ambarlar bilan ham, savol-javob qilurmiz».
Bu haqda Moida surasining 109-oyatida bildirilgan:
«Alloh payg‘ambarlarini to‘plab: «Sizlarga (ya’ni, qilgan da’vatingizga
ummatlaringiz tomonidan) qanday javob bo‘ladi?» deb so‘raydigan Kun…».
Shunda payg‘ambarlar «Yo Rabbiy! Bizda ilm yo‘q. Faqat sen o‘zing g‘oyib (narsa)larning
allomasidirsan», deydilar. Oldingi oyatning xabar berganini aytgan olimlarning so‘zlari
to‘g‘riroqdir. Zero, payg‘ambarlarning ham darajalari bor. Iso (a.s.) ularning
buyuklaridandir. Chunki u «Ruhulloh»dir va «kalimatulloh»dir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
Qur’oni karimni tilovat qilganlarida ummatlari o‘zlarini xuddi oldin eshitmagandek his
qilishadi. Bu to‘g‘rida Abu Said Asmoiydan (Asmoiy 122 y.da Basrada tug‘ilib, 216 (mil.
831) y.da Marvada vafot etdi. Asl ismi Abdulmalikdir.) so‘rashdi: «Sen Qur’onni juda
yaxshi yod olgansan. Sen ham shu holga tushasanmi?» Shunda u: «Ha,
Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) eshitganimda men ham o‘zimni xuddi oldin eshitmagandek
his qilaman», degandi.
Kitoblarning qiroati tamom bo‘lgach, bir nido keladi: «Ey mujrimlar, endi sizlar
ayrilinglar!» Bu nidodan so‘ng Arosat maydoni harakatga keladi. Hammani qo‘rquv
bosadi. Bir-birlariga tiqilib olishadi. Farishtalar, jinlar va insonlar bir-birlariga aralashib
ketadilar. Keyin yana bir nido keladi: «Ey Odam! Avlodingdan jahannamga loyiq
bo‘lganlarini jo‘nat!» Odam (a.s.): «Ey Rabbim! Qanchasini?» deb so‘raydi. Alloh taolo:
«Mingdan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizini jahannamga va birini jannatga». Kofirlardan va
ahli sunnat yo‘lidan ayrilgan mulhidlardan va g‘ofillardan ajrala-ajrala Alloh amr
etganidek bir qism mo‘’minlargina keladi, xolos.
Undan keyin Iblis shaytonlari bilan keladi. Ularning ham yomonliklari yaxshiliklaridan
og‘ir keladi. Kimgaki dinning xabari kelgan ekan, uning savoblari va gunohlari, albatta,
tortiladi. Shaytonlarning gunohlari og‘ir kelib, azobga hukm qilinishlari aniq bo‘lgach:
«Bizga Odam zulm qildi. Zaboniy farishtalari sochlarimizdan tortib, bizni do‘zaxga
sudrashdi», deyishadi.
Shunda Allohdan bir nido keladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi 35
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
«Bu Kunda (hech kimga) zulm qilinmas. Albatta Alloh tez hisob-kitob qilguvchi
Zotdir», (G‘ofir, 17-oyat).
Hamma uchun katta bir Kitob olib kelinadi. Uning kattaligi sharqdan g‘arbgachadir. Unda
maxluqotlarning barcha katta-yu kichik amallari yozilgan. Alloh taolo hech bir bandasiga
zulm qilmaydi. Maxluqlarning har kuni qilgan amali shu Kitob bilan arz qilinadi. Alloh
taolo Abasa surasining 16-oyatida bildirilgan: «Kiromin barora», farishtalariga, ya’ni
karim va itoatkor farishtalariga amallarni yozishni buyurgan. O‘sha Kitob ana shudir.
Josiya surasining 29-oyati sharifi buni shunday ta’riflaydi.
«Darhaqiqat, Biz sizlar qilguvchi bo‘lgan barcha amallaringizni (ushbu nomai
a’molga) ko‘chirib qo‘ygandirmiz».
Undan keyin munodiy har kimni bitta-bitta chaqiradi. Hamma alohida-alohida hisob
qilinadi. Nur surasining 24-oyatida shunday marhamat qilinadi.
«U kunda – Qiyomatda qilib o‘tgan (bo‘htonlari) sababli ularning tillari ham,
qo‘l va oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur».
Sahih xabarda bizga bildirganki, bir kishi Alloh taoloning huzuriga keltiriladi. Haq taolo
unga: «Ey osiy banda! Sen mujrim va osiy bo‘lding», deydi. Banda: «Ey Rabbim! Men
hech narsa qilmadim», deydi. Alloh taolo: «Senga qarshi dalillar va guvohlar bor», deydi.
U odamning Hafaza farishtalari keltiriladi. U odam: «Ular men haqimda yolg‘on
gapirishdi», deydi. Bu holni Nahl surasining 111-oyati bizga ta’rif etadi:
«Har bir jon faqat o‘zini o‘ylab – himoya qilib qoladigan va har bir jon qilgan
amalining (mukofotini) to‘la oladigan, ularga zulm qilinmaydigan Kunni (ya’ni,
qiyomatni eslang)!».
«Bu kunda Biz ularning og‘izlarini muhrlab qo‘yurmiz. Bizga ularning qilib o‘tgan ishlari
haqida qo‘llari so‘zlab, oyoqlari guvohlik berur».
Shu tariqa osiylarning a’zolari guvohlik beradi va ular do‘zaxga yuboriladi. Mujrimlar (din
dushmanlari, harom ish qilganlar, namozga ahamiyat bermaganlar) o‘z a’zolariga baqira
boshlaydilar. A’zolari esa shunday deydi:
«Bizlarni barcha narsani so‘zlatgan Zot Alloh so‘zlatdi. Sizlarni dastlab U
yaratgan va sizlar yana Uning O‘ziga qaytarilursizlar», dedilar» (Fussilat, 21-
oyat).
Hisobdan keyin hamma insonlar Sirot ko‘prigidan o‘tkaziladi. Sirotdan o‘ta olmay
yiqilgan mujrimlar Jahannam tubiga, azob farishtalariga topshiriladi. Ular baqirib yig‘alay
boshlaydilar. Mo‘minlarning osiylari ham do‘zaxga kirayotganlarida dahshatga tushib
yig‘lay boshlaydilar. Farishtalar jinoyatchilarni do‘zaxga tashlarkan:
«Mana shu sizlarga va’da qilingan Kundir», (deb) kutib olurlar», deyishadi
(Anbiyo, 103-oyat).
www.ziyouz.com kutubxonasi 36
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Buyuk faryod – jahannam ahli eng ko‘p faryod ko‘tarib yig‘iladigan to‘rt joydan birinchisi
– sur chalingan paytda; ikkinchisi – do‘zax farishtalari qo‘lidan qutilib, mahshar ahliga
qarab ketayotgan paytda; uchinchisi – Odam (a.s.) Alloh taologa shafoatchi yuborish
uchun chiqqan paytda; to‘rtinchisi – ular do‘zaxning azob farishtalariga topshirilgan
paytda.
Do‘zaxiy bo‘lganlar do‘zaxga ketgach, arosat maydonida faqat mo‘minlar, muslimlar
xayru ehson qilganlar, oriflar, siddiqlar, valiylar, solihlar, shahidlar va rasullar qoladilar.
Iymonlarida shubhalari bo‘lganlar, munofiqlar, zindiqlar, bid’at sohiblari (ya’ni, ahli
sunnat e’tiqodida bo‘lmagan mo‘minlar) ham do‘zaxga ketishadi. Alloh mahsharda
qolganlardan: «Ey insonlar, Rabbingiz kim?» deb so‘raydi. Ular: «Alloh taolodir», deb
javob berishadi. Alloh taolo: «Siz uni bilasizmi?» deb so‘raydi. Ular: «Ha bilamiz, ey
Rabbimiz», deyishadi. Shunda ularga Arshi a’loning chap tarafidan bir farishta ko‘rinadi.
U farishta shu qadar bahaybatki, agar yetti dengiz barmog‘ining uchiga qo‘yilsa, bir
tomchidek bo‘lmaydi. U farishta mahshardagilarga Allohning amri bilan ularni imtihon
uchun: «Men sizning Rabbingizman», deydi. Ahli mahshar: «Sendan Alloh taologa
sig‘inamiz», deyishadi.
Undan keyin Arshi a’loning o‘ng tarafidan bir farishta ko‘rinadi. U ham shunday
bahaybatki, agar oyog‘ining uchi bilan bir bossa, o‘n to‘rt dengiz ko‘rinmaydi. U ahli
mahsharga: «Men sizning Rabbingizman», deydi. Ahli mahshar: «Sendan Alloh taologa
sig‘inamiz», deyishadi.
Shundan keyin Alloh taolo ularga o‘zlari istagandek g‘oyat yumshoq va xush muomala
qiladi. Mahshar ahlining hammasi sajda qiladilar. Haq taolo ularga: «Sizlar shunday bir
joyga keldingizki, siz uchun begonalik va qo‘rquv yo‘qdir», deydi.
Alloh taolo barcha mo‘minlarni Sirot ko‘prigidan o‘tkazadi. Mo‘minlar darajalariga ko‘ra
jannatga o‘tkaziladi. Insonlar guruh-guruh o‘tadilar.
Oldin Rasululloh, keyin nabiylar, keyin siddiqlar, keyin valiylar, oriflar, keyin xayru ehson
qilganlar, keyin shahidlar, keyin qolgan mo‘minlar o‘tadilar. Musulmonlar gunohlari afv
etilmaganlar o‘ta olmaydilar, ba’zilari A’rofda mahbus bo‘lib qoladilar. Iymoni zaifroq
bo‘lganlardan ba’zilari Sirotdan yuz yilda, ba’zilari esa ming yilda o‘tadilar. Muhimi
do‘zaxda yonmaydilar.
Kimki Parvardigorini ko‘rsa, do‘zaxga kirmaydi. Ular baxtli insonlardir. Ko‘pchiligi
Sirotdan xuddi chaqmoqdek tez o‘tadilar. Ko‘plari ochlik va suvsizlikdan shunaqa
qiynalishadiki, narsalardan tutun chiqadi. Ular kosalari ko‘kdagi yulduzlar soniga, suvi
kavsar irmog‘idan, kattaligi Quddusdan Yamangacha va Adandan Madinai
munavvaragacha bo‘lgan Kavsar hovuzidan suv ichadilar. Bu hol Payg‘ambarimizning
(s.a.v.): «Mening minbarim hovuzim ustidadir» – ya’ni minbarim Kavsar hovuzining ikki
qirg‘og‘ining biri ustidadir, deganlari bilan sobitdir. Kavsar hovuzlaridan uzoq bo‘lganlar
qabohatlarining darajasiga ko‘ra Sirotda hibs qilinadilar.
Ko‘p insonlar yaxshi, mukammal tahorat olmaydilar. Ba’zi namozxonlar namozlarini
xushu’ va xuzu’ bilan o‘qimaydilar. Agar uni chumoli chaqsa, namozini to‘xtatib, chumoli
bilan mashg‘ul bo‘ladi. Holbuki, namoz paytida oriflarning qo‘llarini yoki oyoqlarini
kesishsa ham, bu narsa ularni namozdan chalg‘itmaydi. Chunki ularning ibodatlari Alloh
www.ziyouz.com kutubxonasi 37
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
uchundir. Alloh taoloning huzurida turgan kishi Uning azamatini his qilgan holda,
tafakkur qilgan holda xushu’ qiladi, qo‘rqadi. Shunday bo‘ladiki, podshohlardan birining
huzurida insonni chayon chaqsa ham, sabr qiladi. Podshohga hurmat uchun
qimirlamaydi ham. Bu insonlarning bir maxluqning huzuridagi holatidir.
Ammo Alloh taoloning huzurida turgandachi, Uning haybat, saltanat, azamat, jabarut,
qahru g‘azabini his qilgan holda ko‘proq xushu’da,xuzu’da bo‘lish talab qilinadi.
Ibodat qilgani holda zulm qilgan, tavba qilgan bo‘lsada, mazlumni topolmaganidan
dunyoda halollasha olmagan bir kishi haqida hikoya qilinadiki, u Alloh taoloning huzuriga
keltiriladi. Dunyoda halollashmagan qul haqlari bo‘lsa, ma’lum qilinadi. Mazlum uning
yoqasiga yopishadi. Alloh taolo mazlumga: «Ey mazlum! Yuqoriga qara» deydi. U
yuqoriga qarab bir saroyni ko‘radi. Kattaligi va chiroyi aqlni oladi. Mazlum: «Ey Rabbim!
Bu nima?» deb so‘raydi. Alloh taolo: «Bu saroy sotiladi. Mendan uni sotib olasanmi?»
deydi. Mazlum: «Ey Rabbim! Uning haqini to‘lashga menda hech vaqo yo‘q», deydi. Alloh
taolo: «Birodaringni kechirib xalos qilsang, saroy senikidir», deydi. Shunda mazlum: «Ey
Rabbim! Sening amring sababli undagi haqqimdan voz kechdim», deydi.
Alloh taolo tavba qilgan zolimlarga shunday muomala qiladi. Alloh taolo Isro surasining
25-oyatida shunday marhamat qilgan:
«(Ey insonlar,) Parvardigoringiz dillaringizdagi sirlaringizni juda yaxshi
Bilguvchidir. Agar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar (ya’ni, ota-onalaringizning
huquqlarini tanib, ularga mehribon bo‘lsangizlar, albatta Alloh bilmasdan
qilgan gunohlaringizni mag‘firat qilur). Zero, u tavba qilguvchilarni Mag‘firat
etuvchi bo‘lgan Zotdir».
Tavba qiluvchi tavbasidan keyin oldingi zulm va gunohlarini boshqa qilmagan kishidir.
Dovud (a.s.) «Avvob» deb sifatlanadi.
Ey ko‘ngil, yoqdi vujudim yashirin noring sening,
Pishqirib chiqdi samoga oh bilan zoring sening!
Ko‘p g‘arib bir devonasan, aqlingni yig‘maysan hech,
Insonlar rasvosi bo‘lding, yo‘qmidir oring sening?
Abadiy ishq tuzog‘iga tushgan kundan beri,
Meva bermaydi aslo, so‘ldi bahoring sening.
O‘NINCHI FASL
Arosat maydoni «mavkif va mahshar yeri» ham deyiladi. U yerdagilarning qanday
tartibda chaqirishlarini olimlarimiz asarlarida turlicha keltirishgan. Hadislar va tafsirlarda
ham bu to‘g‘rida ma’lumotlar bor. Alloh taolo eng birinchi jazoga hukm qilinadiganlari –
bu qotillardir. Va eng birinchi ajrlari beriladigan kishilar – bu iymoni to‘g‘ri bo‘lgan ko‘zi
ojizlardir. Bir munodiy nido qiladi: «Dunyoda ko‘rishdan mahrum bo‘lganlar qaerda?»
Keyin ularga: «Siz Alloh taoloning jamolini ko‘rishga hammadan ko‘proq loyiqsiz»
deyiladi. Alloh taolo ularga hayo bilan muomala qilib: «O‘ng tarafga o‘tinglar», deydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 38
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Ular uchun bir bayroq bog‘lanib, Shuayb (a.s.)ning qo‘liga beriladi. Shuayb (a.s.) ularga
imom bo‘ladi. Ular bilan birga behisob nuroniy farishtalar ham bo‘ladi. Ularning sonini
Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Ularning oldiga boradilar va sirotdan xuddi
yashindek tez o‘tadilar. Sabrda va xilmda ularning har biri Abdulloh ibn Abbos (r.a.) va
unga bu ummat ichida o‘xshaydiganlar kabidir.
Undan keyin: «Balolarga sabr qilganlar qaerda?» deb nido qilinadi. So‘ng cho‘tir kasaliga
duchor bo‘lganlar va sariq kasal bo‘lganlar keltiriladilar. Alloh taolo ularga salom beradi.
Ular ham o‘ng tarafga o‘tkaziladi. Ular uchun yashil bayroq bog‘lanib, Ayyub (a.s.)ning
qo‘liga beriladi. Ul zot Ashobi Yaminning imomi bo‘ladi. Mubtalo bo‘lganning sifati sabr
va hilmdir. Uqayl ibn Abu Tolib (r.a.) va bu ummatdan va unga o‘xshaganlar shundaydir.
Undan keyin nido qilinadiki: «Islom dushmanlarining yolg‘onu tuhmatlariga aldanmasdan
ahli sunnat e’tiqodida sobit qolgan va to‘g‘ri iymonini nomusini mukammal darajada
muhofaza qilgan iymonli va iffatli yoshlar qaerda?». Ular ham keltiriladi. Alloh taolo
ularga ham salom berib: «Marhabo!» deydi va xush muomalada bo‘ladi. Ularga ham:
«O‘ng tarafga o‘tinglar!» deb buyuradi. Ular uchun ham bir bayroq bog‘lanib, Yusuf
(a.s.)ning qo‘liga beriladi. Yusuf (a.s.) ularning imomi bo‘ladi. Bunday yoshlarning sifati
– haromlardan, nomahram ayol va qizlardan saqlanishdir.
Undan keyin yana bir nido bo‘ladi: «Alloh uchun bir-birini yaxshi ko‘rganlar,
musulmonlarni sevganlar va kofirlarni, murtadlarni sevmaganlar qaerda?» Ular ham
Alloh taoloning huzuriga keltiriladilar. Alloh taolo ularga ham: «Marhabo», deb xush
muomalada bo‘ladi. Ular ham o‘ng tomonga o‘tkaziladi. Allohning dushmanlarini
sevmaganlarning sifati ham sabr va xilmdir. Ular dunyoviy sabab tufayli mo‘minlarga
hech qanday yomonlik qilmaydilar. Hazrati Ali (r.a.) va ummatdan unga o‘xshaganlar
shundaylardandir.
Undan keyin yana bir nido keladi: «Alloh taolodan qo‘rqib harom ish qilmaganlar va
yig‘laganlar qaerda?» Ular ham keltiriladi. Ularning ko‘z yoshlari shahidlar qoni va olimlar
sarflagan siyohi bilan tortiladi. Ko‘z yoshi og‘ir keladi. Ular ham o‘ng tarafga o‘tkaziladi.
Ular uchun turli ranglar bilan bezatilgan bir bayroq bog‘lanadi. Chunki ular turli xil harom
ish qiluvchilar orasida yashab turib, Alloh rahiymdir, kechiradi, deb aldashga harakat
qilingani holda harom ish qilishmagandi. Turli gunohlardan saqlanib, Allohdan qo‘rqib
yig‘lashgandi. Masalan, kimdir Allohdan qo‘rqib yig‘lagan, kimdir dunyoga aldanib
qolmaslik uchun va boshqasi pushaymonlikdan yig‘lagandi. Ularning bayroqlari Nuh
(a.s.)ga beriladi. Olimlar ulardan oldin o‘tishni xohlaydilar. «Ularga Alloh uchun yig‘lashni
biz o‘rgatdik», deyishadi.
Ahli sunnat olimlarining siyohlari bilan shahidlar qoni tortiladi. Olimlarning siyohi og‘ir
kelib, o‘ng tarafga o‘tkaziladilar. Shahidlarga za’faron bir bayroq bog‘lanadi. Bayroq
Yahyo (a.s.)ning qo‘liga beriladi va Yahyo (a.s.) ularning oldida ketadi. Olimlar ularning
oldiga o‘tishni istab deyishadiki: «Shahidlar bizning ilmimizdan o‘rganib jang qildilar. Biz
ulardan oldin borishga ko‘proq loyiqmiz». Shunda Alloh taolo lutf qilib shunday deydi:
«Olimlar mening huzurimda Payg‘ambarlarim kabidir». Olimlarga xitoban: «Istagan
kishilaringizni shafoat qiling», deydi. Olimlar oila a’zolariga va qo‘shnilariga, mo‘min
birodarlariga va talabalaridan o‘zlariga tobe’ bo‘lganlarini shafoat qiladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi 39
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Olimlardan har biri uchun bir farishta jar soldilar: Jarchi farishta deydiki: «Falon olimga
Alloh taolo shafoat qilishni buyurdi. Kimki uning bir xizmatini qilgan bo‘lsa yoki unga bir
luqma taom bergan bo‘lsa yoki bir qultum suv ichirgan bo‘lsa yoki kitoblarini yoygan
bo‘lsa, ularni shafoat qiladi». U olimga bitta bo‘lsa ham yaxshilik qilinganlar, kitoblarini
tarqatganlar o‘rinlaridan turadilar. U olim ularni shafoat qiladi.
Hadisi sharifda bildirishiga, eng aval shafoat qiluvchilar Rasululloh (a.s.)dirlar. Keyin
Nabiylardir Ulardan keyin esa olimlardandir (r.a.). Olimlar uchun oq bayroq bog‘lanadi
va Ibrohimning (a.s.) qo‘llariga beriladi. Ibrohim (a.s.) ma’rifatni yuzaga chiqarish
jihatidan Rasullarning ilg‘oridir. Shuning uchun bayroq ul zotga beriladi.
Undan keyin yana bir nido bo‘ldi: «Nafaqasi uchun har kun ishlab terlagan va topganiga
qanoat qilgan faqirlar qaerda?» Faqirlar ham Allohning huzuriga keltiriladi. Alloh taolo
lutf qilib: «Marhabo, ey zindon sizlarga sindon bo‘lgan kishilar», deydi. Ularga ham
ashobi yamin (jannat ahli) bilan birga bo‘lishlari buyuriladi. Ular uchun esa, bir sariq
bayroq bog‘lanib, Isoning (a.s.) qo‘liga beriladi. Iso (a.s.) ularga imom bo‘ladi.
Undan keyin yana bir munodiy (jarchi) nido qiladi: «Shukr qilgan, mollarini, pullarini
dinni quvvatlantirish uchun, musulmonlarni zolimlardan himoya qilish uchun sarflagan
boylar qaerda?». Ular ham keltiriladi. Alloh taolo ularga ehson qilgan narsalarini besh
yuz yil sanattiradi. Ya’ni, boyliklari bilan nima qilganlarining hisobini so‘raydi. Ular uchun
ham turli rangdagi bir bayroq bog‘lanib, Sulaymon (a.s.)ga beriladi. Sulaymon (a.s.)
ularga imom bo‘ladi. Ularni ham ashobi yaminga qo‘shishlarini buyuriladi.
Hadisi sharifda keladiki, to‘rt narsa to‘rt narsaga guvohlik berishlarini talab etadi. Mollari
bilan, mavqe’lari bilan musulmonlarga aziyat yetkazganlardan so‘raladiki: «Sizni Allohga
ibodat qilishdan nima to‘sdi?» Ular: «Alloh taolo bizga mulk va rutba berdi. Bular bizni
Allohga ibodat qilishdan to‘sdi», deyishadi. Ulardan: «Mol-mulk jihatidan Sulaymon (a.s.)
boyroq edimi yoki sizmi?» deb so‘raladi. Ular: «Sulaymon (a.s.) boyroq edi», deyishadi.
Ularga: «Unday bo‘lsa Sulaymon (a.s.) Menga ibodat qilishdan shuncha mol-mulk man
etmabdi-yu, sizni man etibdimi?» deyiladi.
Undan keyin: «Ahli balo qaerda?» deyiladi. Ular ham keltiriladi. Ularga: «Allohga ibodat
qilishdan sizni nima man etdi?» deyiladi. Ular deydilarki: «Alloh taolo bizni dunyoda
dardlarga, siqintilarga mubtalo qildi. Shuning uchun zikrdan va chin ibodatdan mahrum
bo‘ldik». Ularga: «Musibat jihatidan sizga kelgan musibat katta edimi yoki Ayyubga (a.s.)
kelgan musibatmi?» deyiladi. Ular: «Ayyub (a.s.)ga kelgan musibat katta edi» deyishadi.
«Unday bo‘lsa, Uni Allohning zikrdan va Alloh dinini insonlarga yoyishdan va ibodat
qilishdan u musibat man etmabdi-yu, sizni man etdimi?» deyiladi.
Undan keyin: «Yoshlar va mamluklar, ya’ni qullar va joriyalar qaerda?» deyiladi. Ular
ham Alloh taoloning huzuriga keltiriladi. Ulardan so‘raladi: «Sizni Allohga ibodat qilishdan
nima to‘sdi?» Yoshlar: «Alloh bizga jamol va go‘zallik berdi. Unga aldandik, yoshlik
zavqlariga berildik. Yoshlik bizda abadiy qoladi deb o‘yladik. Allohning dinini
o‘rganmadik. Haqqini ado qilmadik», deyishadi. Mamluklar esa: «Qullik va joriyalik ichida
xo‘jayinlarimizga qullik qildik. Dunyo buyuklariga sig‘indik. Dinda johil bo‘ldik. Aldandik.
Ey Rabbimiz! Sening haqqingni ado etishdan mahrum bo‘ldik», deyishadi. Ularga
xitoban: «Sizlar go‘zal edingizmi yoki Yusuf (a.s.)mi?» deb so‘raladi. Ular: «Albatta, Yusuf
(a.s.)», deyishadi. Shunda ularga: «Unday bo‘lsa, Yusufni (a.s.) Allohning haqqini ado
www.ziyouz.com kutubxonasi 40
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
etishdan, qul bo‘lgani holda hech narsa to‘sa olmabdi-yu, sizga to‘sqinlik qildimi?»
deyiladi.
Undan keyin: «Ishlamagan, tanbal fuqaro qaerda?» deb nido qilinadi. Ular ham
keltiriladi. Ular ham: «Sizni Allohga ibodat qilishdan nima man etdi?» deyiladi. Ular: «Ular
ish qilmadik, kasb o‘rganmadik (Restoranlarda, kino-yu kontsertlarda vaqtimizni
o‘tkazdik) Alloh taolo bizni dunyoda faqirlikka mubtalo qildi. Faqirlik va tanballik bizning
ibodatlarimizga mone’ bo‘ldi», deyilar. Ulardan so‘raladi: «Siz ko‘proq faqir edingizmi
yoki Isomi (a.s.)?» Ular: «Iso (a.s.) faqirroq edi» deyishdi. Shunda ularga: «Unday bo‘lsa,
shunchalik faqirlik Isoni (a.s.) bandalik vazifasini ado etishdan, dinni yoyishdan man
etmabdi-yu, sizni man etdimi?» deyiladi.
Kimki ana shu to‘rt holatdan biriga duchor bo‘lsa, yuqoridagilarni eslasin!
Payg‘ambarimizni (s.a.v.): «Ey Rabbim! Boylik va faqirlik fitnasidan senga sig‘inaman»,
deb duo qilardilar.
Isodan (a.s.) o‘rnak olinglarki, dunyoda hech narsaga ega bo‘lmadi. Bitta jun jubbani
yigirma yil kiydi. Sayoxatga chiqqanda bitta piyolasi, bitta eski gilamchasi va bitta
tarog‘i bor edi. Bir kuni bir odamning qo‘li bilan suv ichayotganini ko‘rib, piyolasini
tashladi. Bir kuni esa bir odamning qo‘li bilan soqolini tarayotganini ko‘rib, tarog‘ini ham
tashladi. Va shunday dedi: «Mening ulovim oyog‘imdir. Uyim g‘orlardir. Taomim
o‘simliklardir. Sharbatim ariq suvlaridir» (Ammo islom dini unday emas. Halol pul ishlab
topish ibodatdir. Ko‘p ishlab ko‘p topish va topganini islomda buyurilgan joylarga
sarflash lozimdir. «Ramuzul ahodis»dagi bir hadisda shunday deyiladi: «Ashobim uchun
faqir bo‘lishlik saodatdir. Oxir zamonda keladigan ummatim uchun boy bo‘lish
saodatdir». Biz hozir oxir zamonda yashayapmiz. Ko‘p gunoh qilguvchilar, Fitna
chiqaruvchilar, ibodatlariga bid’at arashatiruvchilar ko‘paygan paytda yashayapmiz. Bu
zamonda halolni, haromni, bid’atlarni kufrga sabab bo‘lgan narsalarni o‘rganish, ularga
amal qilish va halol yo‘l bilan topib, boy bo‘lish buyuk ibodatdir. Topganlari bilan
faqirlarga va ahli sunnat ilmlarini yoyuvchi musulmonlarga yordam berish buyuk
saodatdir. Bu saodatga erishganlar qanday baxtlidirlar!)
Alloh taolo tushirgan ba’zi suhuflarida shunday deyilgan: «Ey Odam o‘g‘li! Xastalik va
gunoh hayotiy hollardandir. Qasddan odam o‘ldirishning kafforatidan ko‘ra, xato qilib
odam o‘ldirishning kafforati yengilroq ko‘rinadi. Bunga qasos olinmasada, bu ham juda
yomon ishdir. Bundan ham saqlan!»
Buyuk gunoh qilgan kishilarning qalbida iymoni bo‘lsa, azobdan keyin shafoatga
erishishadi. Alloh taolo ularga ikrom qiladi. Ming-minglab yil o‘tgandan keyin ularni
do‘zaxdan chiqaradi. Jahannamdagilarning terilari yongandan keyin takror yangilanadi.
Qiyomat kunida bir musulmon keltiriladi Uning hech qanday hasanasi yo‘qdirki, mezonda
og‘ir kelsin. Alloh taolo uning iymoniga hurmatan unga marhamat qilib shunday deydi:
«Insonlarning oldiga bor va ulardan senga savoblaridan beradigan kishini izla. Uning
ikromi sababli jannatga kirasan!» U kimsa ketadi. Insonlar orasidan maqsadiga
erishtiradigan kishini izlaydi. Ahvolini tushunadigan biror bir kishini topa olmaydi.
Kimdan so‘rasa: «Men ham mezonimning yengil kelishidan qo‘rqaman. Men sendan ko‘ra
ko‘proq muhtojman» degan javobni oladi. Bundan juda xafa bo‘ladi. Shunda yoniga bir
kishi kelib: «Nima xohlaysan?» deb so‘raydi. Bu odam: «Bitta hasanaga (savobga)
www.ziyouz.com kutubxonasi 41
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
muhtojman. Uni balki mingta kishidan so‘ragandirman. Hammasi bir bahona bilan
bermadilar», deydi. Haligi kishi bunga deydiki: «Alloh taoloning huzuriga bordim.
Sahifamda birgina savobdan boshqa savob topa olmadim. U ham meni qutqarishga
yetmaydi. Uni senga ehson qilaman. Uni mendan ol!» Bu odam suyungan holatda
Allohning huzuriga qaytadi. Alloh taolo uning holini bilgan holda: «Nima qilib kelding?»
deb so‘raydi. Bu odam voqeani bayon qiladi. Alloh taolo savobini bergan odamni
huzuriga chaqiradi va: «Iymon egalariga mening karamim sening karamingdan,
ehsondan ko‘proqdir. Birodaringning qo‘lidan ushla. Boringlar jannatga!» deb marhamat
qiladi.
Mezonning ikki pallasi baravar kelib, savob pallasi og‘ir kelmasa, Alloh taolo: «Bu na
do‘zaxiydir va na jannatiydir» deydi. Shunda bitta farishta bitta sahifa olib kelib gunoh
pallasiga qo‘yadi. Unda bitta «Uf» kalimasi yozilgan bo‘ladi. Shunda gunoh pallasi savob
pallasidan og‘ir keladi. U odam shu sababli do‘zaxga hukm qilinadi. U ikki tarafga
mo‘ltirab qaraydi. Alloh taolodan o‘zini chaqirishni so‘raydi. Alloh taolo uni chaqiradi va
deydi: «Ey osiy banda! Nega seni chaqirishimni so‘rading?» U banda: «Ey Rabbim! Ota-
onangga osiy bo‘lganim uchun do‘zaxga ketayotganimni angladim. Ularning azobini
menga qo‘shginda, ularni do‘zaxdan ozod qil!» deydi. Shunda Alloh taolo: «Ota-onangga
dunyoda osiy bo‘lding. Oxiratda esa ikrom qilding. Ularning qo‘lidan yetaklab jannatga
olib bor!» deb marhamat qiladi.
Jannatga yuborilmaganlarni farishtalar hibs qilishadi. Chunki farishtalar oxirat ahkomini
juda yaxshi biladilar. Hatto oxiratda nasibasi bo‘lmagan bir qavmga nido qilinadiki, bular
oxiratning o‘tinlaridandir. Ular do‘zaxni to‘ldirish uchun yaratildilar. Ularga xitoban Alloh
taolo Vas-soffat surasining 24-oyatida shunday deydi:
«(Ammo farmonim bo‘lguncha) ularni to‘xtatib (do‘zaxga tashlamay) turinglar!
Chunki ular qilmishlari haqida so‘raluvchidirlar.»
Ular hibs qilinadilar. Toki ularga Vas-soffot surasining 25-oyatida kelganidek:
«(U Kunda kofirlarga deyilur): «Nega bir-birlaringizga yordam
bermayapsizlar?!» deyilgunga qadar shu holda qoladilar. Shu holatda taslim bo‘ladilar.
Gunohlarini e’tirof etadilar va hammalari jahannamga yuboriladilar. Shu tariqa
Muhammad alayhissalom ummatlaridan buyuk gunoh qilganlari keltiriladi. Yoshu qari,
ayolu erkak bir joyga to‘planadi. Do‘zaxning boshqaruvchisi bo‘lgan «Molik» ularga
qarab, shunday deydi: «Sizlar qaroqchi toifasidandirsiz. Lekin ko‘ryapmanki, qo‘lingiz
bog‘langan va yuzingiz ham qora emas. Sizdan go‘zalroq kimsa do‘zaxga kelmadi». Ular
esa: «Ey Molik! Biz Hazrati Muhammadning (s.a.v.) ummatimiz. Ammo qilgan
gunohlarimiz bizni do‘zaxga yetakladi. Bizni xoli qo‘y, gunohlarimizga yig‘laylik»,
deyishadi. Shunda Molik ularga: «Yig‘langlar! Ammo endi sizga yig‘lash foyda bermaydi!»
deydi.
O‘rta yoshli kishilar: «Dardlarim, siqintilarim ortdi!» deb yig‘laydilar.
Bir qari chol qo‘llarini oppoq soqoliga qo‘yib: «Oh! Yoshligim o‘tdi. Alam, dard ortdi. Zalil
bo‘ldim, razil bo‘ldim!» deb yig‘laydi.
O‘spirinlar: «Oh! Yoshlikning qadriga yetmadik!» deb yig‘laydilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi 42
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Ayollar sochlarini yulib: «Ey voh! Yuzim qora bo‘ldi, rasvo bo‘ldim», deb yig‘laydilar.
Alloh taolo: «Ey Molik! Bularni birinchi do‘zaxga tashla!» deb nido qiladi. Ular do‘zaxga
tashlangach. «Lo iloha illalloh» deb baqiradilar. Do‘zax bu so‘zni eshitib besh yuz yillik
masofaga qochib ketadi. (Bir narsaning ko‘pligini bildirish uchun uni katta raqamlar bilan
aytish Arabistonda odat bo‘lgan. Yana katta raqamlar miqdor emas, ko‘plikni bildiradi.)
Yana bir nido keladi: «Ey jahannam ularni ichingga ol! Ey Molik, ularni birinchi do‘zaxga
tashla!» Ularni momaqaldiroq gumburlagandek bir gumburlagan ovoz eshitiladi,
jahannam ularning qalblarini yoqmoqchi bo‘lganda,. Molik jahannamni to‘xtatadi. «Ey
jahannam, ichida Qur’oni karim bo‘lgan va iymon bo‘lgan qalblarni yoqma! Rahmon
bo‘lgan Alloh taologa sajda qilgan peshonalarni yoqma!» deydi. Bir kishi do‘zax ahlining
ovozlaridan ham balandroq ovoz bilan baqiradi. Uni do‘zaxdan chiqaradilar. Terisi olovda
yongan bo‘ladi. Alloh taolo undan: «Senga nima bo‘ldiki, do‘zax ahlining eng baland
ovozda baqirgani sensan?» deb so‘raydi. U kishi: «Ey Rabbim! Meni hisob qilding. Sening
rahmatingdan hali ham umidimni uzmadim. Sen meni eshitayotganingni bilaman.
shuning uchun qattiq baqirdim», deydi. Alloh taolo unga:
«Parvardigoring fazlu rahmatidan faqat adashgan kimsalargina noumid
bo‘lurlar», ya’ni, Hijr surasining 56-oyati karimasi bilan xitob qiladi. «Bor, seni
mag‘firat qildim», deydi.
Yana bir kishi do‘zaxdan chiqadi. Alloh taolo: «Ey bandam, do‘zaxdan chiqding. Qaysi
amaling bilan jannatga kirasan?» deb so‘raydi. U banda: «Ey Rabbim! Men ojizman,
ozgina narsadan boshqa narsa so‘ramayman», deydi. Unga jannatdan bir daraxt
ko‘rsatiladi. Alloh taolo: «Sen ko‘rgan shu daraxtni senga bersam, boshqa narsa
so‘ramaysanmi?» deb so‘raydi. U odam: «Ey Rabbim! Izzat va jaloling haqqi, boshqa
narsa so‘ramayman», deydi. Alloh taolo: «Bu Mendan senga hadya bo‘lsin», deydi. U
daraxtning mevasidan yeb, soyasida dam olgandan keyin, undan ham go‘zalroq boshqa
bir daraxt ko‘rsatiladi. U odam haligi daraxtga maxliyo bo‘lib qoladi. Alloh taolo: «Senga
nima bo‘ldi? Senga bu daraxt yoqib qoldimi?» deb so‘raydi. Banda: «Ha, ey Rabbim!»
deydi. Alloh taolo: «Senga uni ham bersam, boshqa narsa so‘ramaysanmi?» deb
so‘raydi. Banda: «So‘ramayman, ey Rabbim» deydi. U daraxtning mevasidan yeydi,
soyasida dam oladi. Undan ham go‘zalroq bir daraxt ko‘rsatiladi. U odam bu daraxtga
ham mahliyo bo‘lib qoladi. Alloh taolo: «Senga buni ham bersam, boshqa narsa
so‘ramaysanmi?» deb so‘raydi. Banda: «Izzat va jaloling haqqi, so‘ramayman, ey
Rabbim», deydi. Shunda Alloh taolo rozi bo‘lib, u mo‘min bandasini mag‘firat qiladi va
jannatga kiritadi.
Oxiratda bo‘ladigan Allohning qudratini ko‘rsatadigan ishlardan biri: Bir kishi Allohning
huzuriga keltiriladi. Alloh taolo uni hisob-kitob qiladi. Savob va gunohlari tortiladi. U
kimsa hozir Alloh taolo faqat meni hisob qilyapti, deb o‘ylaydi. Ammo unday emas.
Chunki bu paytda hisobini faqat Alloh taolo biladigan miqdordagi kishilarning hisobi
qilinadi.
U yerda bir kishi ikkinchisini ko‘rmaydi. Biri ikkinchisining so‘zini eshitmaydi. Chunki har
kim Allohning pardalari ostidadir. Subhonalloh, bu qanday buyuk quvvat va qudratdir.
Bu haqda Alloh taolo Luqmon surasining 28-oyatida marhamat qilgan:
«(Ey insonlar), sizlarni (barchangizni avval boshda) yaratish ham, (Qiyomat
www.ziyouz.com kutubxonasi 43
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
kunida) qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni (yaratish va qayta tiriltirishning)
o‘zginasidir (ya’ni, shu qadar osondir). Zero, Alloh Eshitguvchi, Ko‘rguvchidir.»
Janobi Haqning bu qavlida sirlar bor. Bu sir zamonsiz va makonsiz bo‘lish siridir. Chunki
Alloh taoloning mulki uchun, af’oli uchun va ishlari uchun had va g‘oya yo‘q.
Subhonalloh, Uning fe’llaridan hech biri boshqa ishlarni qilishga mone’ bo‘lmaydi.
Ana shunda bir kishi o‘g‘lining oldiga keladi va: «Ey o‘g‘lim! Men seni kiyintirdim, sen
kiyim kiyishga o‘zing qodir emasding. Senga suv va taom berdim. Bu ishlardan sen,
albatta, ojiz eding. Bolaligingda seni muhofaza qildim, chunki sen o‘zingni zararli
narsalardan muhofaza qila olmasding. Mevalar yeging kelganda, sotib olib berdim.
Senga dinni, Iymonni o‘rgatdim. Seni Qur’on mudarrisiga jo‘natdim. Lekin mana,
qiyomatning shiddatini ko‘ryapsan. Gunohlarimning ko‘pligini ham bilasan. Ozrog‘ini sen
bo‘yningga ol! Toki gunohim kamaysin. Savobingdan bitta savob ber. Mezonim u sababli
og‘ir kelsin», deydi. O‘g‘li undan qochadi va shunday deydi: «U bitta savobga men
sendan ko‘ra ko‘proq muhtojman».
Shu tariqa farzand bilan ona o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tadi, er xotin ham bir-birlari bilan
shunday suhbatlashadilar. Aka-uka bir-biri bilan shu tariqa gaplashadilar. Bu holatni
Alloh taolo Abasa surasining 34-35-36-oyatlarida shunday ta’riflaydi:
«U Kunda kishi o‘z og‘a-inisidan ham, onasi va otasidan ham, xotini-yu, bola-
chaqasidan ham qochur!»
Hadisi sharifda shunday deyiladi: «Insonlar qiyomat kuni yalang‘och holda hashr
qilinadilar». Oisha onamiz (r.a.) buni eshitganlarida: «Ular bir-birlariga qaramaydilarmi?»
deb so‘radi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abasa surasining 37-oyatini o‘qidilar:
«(Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda o‘ziga yetarli tashvish bo‘lur!»
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu hadislari bilan shuni murod qiladilarki, qiyomat kunining
shiddati va mashaqqati insonlarning bir-birlariga qarashlariga mone’ bo‘ladi.
Insonlar bu paytda bir joyda to‘planadilar. Ularning ustiga bir qora bulut keladi. U bulut
insonlarning ustiga ularning amal daftarlarini yog‘diradi. Mo‘minlarning sahifasi gul
yaprog‘iga o‘xshagan bo‘ladi. Kofirlarniki esa, igna barg ko‘rinishda bo‘ladi.
Sahifalar uchib tushadi. Insonlarning sahifasi o‘ng toomnidan yoki chap tomonidan
keladi. Bu insonning ixtiyoridan tashqarida bo‘lgan ishdir. Alloh taolo Isro surasining 13-
oyatida shunday marhamat qiladi:
«Va Biz Qiyomat Kuni unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir Kitobni (ya’ni,
Nomai a’molini) chiqarib (ko‘rsaturmiz)».
Yetmish ming (ya’ni juda ko‘p) kishi og‘ir hisob qilinmasdan jannatga kiradi. Ular uchun
mezon qurilmaydi. Ular sahifa ham olmaydilar. Faqat ularga berilgan sahifa ustiga: «La
ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh. Bu falonchi o‘g‘li falonchining jannatga kirishiga
va do‘zaxdan saqlanishiga baroatdir», deb yozilgan bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 44
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Bir bandaning gunohlari kechirilganida bir farishta uni arosat maydoniga olib boradi. Va
shunday deydi: «Bu falonchi o‘g‘li falonchidir. Alloh taolo uning gunohlarini afv qildi.
Qaytib qaroqchi bo‘lmaydi, saodatga erishdi», deydi. U kishiga bu maqomdan ko‘ra
ziyoda, suyukli maqom bo‘lmaydi.
Qiyomat kuni Rasullar (a.s.) minbarlari ustida bo‘ladilar. Har bir rasulning minbari uning
martabasiga ko‘ra bo‘ladi. Ulamoyi olimiyn, ya’ni ahli sunnat e’tiqodida bo‘lgan va
bilganlariga amal qilgan olimlar ham nurdan yaratilgan kursilarda bo‘lishadi. Alloh
taoloning dinini saqlash va yoyish uchun shahid bo‘lganlar bilan solihlar, ya’ni shariatga
amal qilganlar, Qur’oni karimni hurmat bilan va musiqaga solmasdan o‘qigan hofizlar,
azonni sunnatga mos ravishda chaqirgan muazzinlar tuprog‘i mushkdan bo‘lgan tepalik
ustida bo‘ladilar. Bular ahkomi islomiyatga tobe’ bo‘lib, yaxshi amal qilganlari uchun
kursi sohiblari, payg‘ambarlardan keyin shafoat huquqi beriladigan kishilardir.
Hadisi sharifda shunday deyiladi: «Qur’oni karim qiyomat kunida go‘zal yuzli va axloqi
go‘zal bir kishi suratida keladi. Undan shafoat qilishi so‘raladi va u shafoat qiladi. Uni
musiqa bilan (g‘azal o‘qigandek o‘qiganlardan, cholg‘u va o‘yin joylarida rohatlanish
uchun, pul topish uchun o‘qiganlardan) o‘qiganlardan haqqini da’vo qiladi, so‘raydi. O‘zi
rozi bo‘lgan kishilarnigina olib jannatga ketadi».
Dunyo (ya’ni, ibodat qilishga mone’ bo‘lgan va harom ish qilishga sabab bo‘lgan narsalar
va kishilar) keksa, oq sochli va ayollarning eng xunugi suratida keladi. Insonlardan: «Siz
uni taniysizmi?» deb so‘raladi. Ular: «Biz uning sharridan Allohga sig‘inamiz. Yo‘q»,
deydilar. Ularga: «Sizlar dunyoda unga yetishish uchun bir-birlaringiz bilan
urushardingiz», deyiladi.
Xuddi shunday juma ham sevimli bir inson suratida ko‘rinadi. Mo‘minlar unga diqqat
bilan qaraydilar. Juma kunini sevganlar mushk tepalari ustida bo‘ladilar. Juma namozini
o‘qiganlarida bir nur bo‘ladiki, unga qarab hamma ajablanadi. Juma kuniga bo‘lgan
muhabbatlari sabab jannatga kiritiladilar.
Ey musulmon birodar! Alloh taoloning rahmatini, Qur’oni karimning, Islomning va
jumaning saxiyligini ko‘ryapsanmi?! Qur’oni karim ahli qanday baxtlidirlar. Namoz, ro‘za,
zakot, sabr va go‘zal axloqdan iborat bo‘lgan Islom qanchalik qiymatga ega.
O‘lim paytida insonning tipirchilashidan, siqintili ko‘rinishidan ma’no chiqarib bo‘lmaydi.
Zero, Xandaq kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ey chiriydigan jasadlarning Parvardigori va
yo‘q bo‘ladigan ruhlarning yaratuvchisi bo‘lgan Rabbim!» degan duolari shuni
ko‘rsatadiki, Alloh istagan har bir jasad chiriydi va ruhlar ham qiyomat kuni kelsa, yo‘q
bo‘ladi. Bularning barchasining yaratuvchisi va Rabbisi Allohdir. Bularning har biri
alohida ilmdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi 45
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Biz bu kitobda so‘zni ahli sunnat val-jamoat yo‘liga musulmonlar ergashsinlar, deb qisqa
qildik. Aziz birodarim! Islomiyatga qarshi bo‘lgan bid’atchilarga (mazhabsizlarga, dinda
islohat qilmoqchi bo‘lganlarga) e’tibor berma! Ahli sunnat val-jamoat olimlariga ergash!
Boshqalarga, inson shaytonlari to‘qigan har xil bid’atlarga aldanma, ulardan saqlan!
Mo‘minlarga, ahli sunnat yo‘lidan yurganlarga esa xush xabar ber!
Alloh taoloning amnu karami va ehsoni bilan Undan ma’sumlik va muvaffaqiyat
so‘raymiz. Hasbunallohu va ne’mal vakil. Va sollallohu a’lo sayyidino Muhammadin va
olihi va sohbihi ajma’iyn.