INFINITIV SHAKLLARINING YASALISHI

  1. Simple Infinitive Active – to ask — infinitivning oddiy shaklidir. Lug‘atda shu shakl (to siz) beriladi. Qolgan hamma shakllar murakkab shakllardir.
  2. Continuous Infinitive Active to be fe’li va asosiy fe’lning Present Participle shakli yordamida yasaladi: to be asking.
  3. Perfect Infinitive Active to have fe’li va asosiy fe’lning Past Particip- le shakli yordamida yasaladi: to have asked.
  4. Perfect Continuous Infinitive Active to be fe’lining Perfect Infinitive shakli — to have been — va asosiy fe’lning Present Participle shakli yordamida yasaladi: to have been asking.
  5. Simple Infinitive Passive to be fe’lining shakli va asosiy fe’lning Past Participle shakli yordamida yasaladi: to be asked.
  6. Perfect Infinitive Passive to be fe’lining Perfect Infinitive shakli – to have been – va asosiy fe’lning Past Participle shakli yordamida yasaladi: to have been asked.
  7. Infinitive oldiga not yuklamasini qo‘yish bilan infinitivning bo‘lishsiz shakli yasaladi: not to ask, not to be asked.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *