INFINITIVNING to YUKLAMASISIZ ISHLATILISHI

Infinitiv quyidagi hollarda to yuklamasisiz ishlatiladi:

  1. must, can (could), may (might) va need modal fe’llaridan keyin:
    You must do it at once. He can speak German. May I come in?
    Need he come here?
    Siz buni darhol qilishingiz kerak. U nemischa gapira oladi.
    Kirsam mumkinmi?
    Uning bu yerga kelishi shartmi?
  2. to make majbur qilmoq, to let ruxsat bermoq, to see ko‘rmoq, watch kuzatmoq, to hear eshitmoq, to feel his qilmoq, ba’zan to help yordam bermoq (ayniqsa AQSHda) va boshqa fe’llardan keyin obyektiv kelishikdagi olmosh yoki otdan keyin infinitiv to yuklamasisiz ishlatiladi:
    ega + see(watch, hear, feel) + ot (olmosh) + V
    He made me read this book. I let him go there.
    Help me (to) do it.
    U meni bu kitobni o‘qishga maj-
    bur qildi.
    Men unga u yerga borishga ruxsat
    berdim.
    Buni qilishga menga yordam be-
    ring.
    41

I saw her leave the room. I heard her sing.
I felt him put his hand on my shoulder.
Men uni xonadan chiqqanini ko‘r-
dim.
Men uning kuylaganini eshitdim. Men uni qo‘lini yelkamga qo‘y-
ganini his qildim.
Izoh: Yuqoridagi fe’llar majhul nisbatda ishlatilganda, ulardan keyin keladigan fe’l to yuklamasi bilan ishlatiladi:
He was made to do it. Buni qilishga uni majbur qilishdi.
He was seen to leave the room. Uning xonadan chiqqanini ko‘rishgan.

  1. had better yaxshisi, would rather, would sooner yaxshisi kabi birik- malardan keyin:
    You had better go there at once.
    I would rather not tell them about it.
    He said he would sooner stay at home.
    Siz yaxshisi u yerga birdan bo- ring.
    Yaxshisi men bu haqda ularga aytmayman.
    U yaxshisi uyda qolishini aytdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *