INSON TANASINING FUNKSIONALTASHKIL ETILISHI

Inson tanasi turli funksional tuzilishdagi 100 trillion (dan ortiq) hujayradan iborat boʻlib, ularning jamlanmasi
toʻqimalarni hosil qiladi, toʻqimalar birlashib esa organlarni hosil qiladi, ana shu organlarning bir funksiya
bajaradigan, ya’ni umumiy bir funksiyani amalga oshiradigan organlar jamlanmasi organlar sistemasini hosil
qiladi.

  1. Teri va uning hosilalari
    Teri – inson tanasini tashqi tomondan qoplab turuvchi tuzulma. Uning hosilalariga: sochlar, tirnoqlar, yogʻ
    bezlari va ter bezlari kiradi.
    Teri quyidagi muhim funksiyalarni bajaradi:
     Fizik barrier boʻlib, turli xil mikrorganizmlar va boshqa yot moddalardan asraydi
     Tanadan suvning ortiqcha yoʻqotilishini oldini oladi
     Tashqi tomondan mexanik teginish va shunga oʻxshash boshqa sezgilarni qabul qiluvchi retseptorlarni
    oʻzida saqlagan juda muhim sezgi organi.
     Tana haroratini boshqarishda muhim rolga ega.
  2. Skelet sistemasi
    Tananing asosiy tayanchi hisoblanadi, koʻplab suyaklar jamlanib (birlashib) skeletni hosil qiladi. Boʻgʻimlarda
    suyaklar oʻzaro fibroz tolalar orqali bir-biri bilan birlashadi, bunday fibroz tolalarni ligamnetlar (boylamlar)
    deyiladi. Inson Organizmining Funksional
    Tashkil Etilishi va Tarkibi
    Inson Organizmining Funksional Tashkil Etilishi
  • Teri va uning hosilalari
  • Skelet sistemasi
  • Muskul sistemasi
  • Nerv sistemasi
  • Yurak-Qon tomir sistemasi
  • Nafas olish sistemasi
  • Hazm qilish sistemasi
  • Siydik-ayirish sistemasi
  • Jinsiy sistemasi
  • Endokrin sistemasi
  • Qon va Immun sistemasi
    TANA TARKIBI
    ▪ Tanadagi Umumiy
    Suyuqlik ▪ Tanadagi elektrolitlari
    ICHKI MUHIT VA GOMEOSTAZ
    ▪ Ichki Muhit
    ▪ Gomeostaz | 8 .
    Manbaa: @physio_baza
  1. Muskul sistemasi
    Muskullar tanadagi suyaklarga birikkan holda boʻladi. Muskul fassiyasi, muskulni suyakka biriktirsa buni – pay,
    boshqa muskul bilan bogʻlab bersa buni – aponevroz deyiladi. Muskullar uzun mushak tolalaridan tashkil topgan.
    Muskul tolalari qisqarish va boʻshashish xususiyatiga ega boʻladi.
    Muskularning 3 ta alohida turi mavjud:
     Yurak muskullari
     Skelet muskullari
     Silliq muskullar.
  2. Nerv sistemasi
    Nerv tizimining funksional birliklarini tashkil etuvchi ixtisoslashgan hujayralarga neyronlar deyiladi. Nerv
    sistemasi Markaziy (bosh va orqa miya) va periferik nerv sistemasiga boʻlinishi mumkin. Periferik nervlar
    gangliylar hosil qiladi (esda qolishi uchun 8-sinf darsligi “odam va uning salomatligidagi, umurtqa pogʻonasi
    atrofidagi gangliylarni eslang ).
    Fiziologik jihatdan esa tana devori, qoʻl va oyoqlar (muskullari)ni boshqaruvchi somatik (soma – tana) nerv
    sistemasi. Ichki organlarni bohqaruvchi vegetativ nerv sistemasiga boʻlinadi.
    Vegetativ nerv sistemasi ham: Simpatik va parasimtaik nervlarga boʻlinadi (yana metasimpatik guruhga ham
    boʻlinishi mumkin, klassifikatsiya nisbiy tushuncha).
  3. Yurak-qon tomir sistemasi
    Bu Sistema Yurak va Qon tomirlardan tashkil topgan. Yurakdan qonni olib toʻqimalarga yyetkazib beruvchi qon
    tomirlar (uning ichida qanday qon harakat qilishidan qat’iy nazar) arteriya deb ataladi. Kichik arteriyalar
    arteriola deb ataladi. Arteriolalar toʻqimalarga qon yyetkazib beruvchi kapillyarlarga davom etadi. Toʻqima va
    qon oʻrtasidagi moddalarning almashinuvi kapillyar devori orqali amalga oshadi. Ba’zi holatlarda kapillyarlar
    oʻrnini sinusoid tipdagi kapilyarlar egallaydi gistologik tuzilish jihatidan biroz farq qiladi (bazal membrana
    mavjud emas). Qon kapillyarlardan (yoki sinusoidlardan) kichik venulalarga jamlanadi, ular esa venalarga,
    venalar esa qonni yurakka olib boradi.
  4. Nafas olish sistemasi
    Nafas olish sistemasi oʻpka hamda unga havo olib boruvchu yoʻllardan iborat.
    Tarkibiy qismlari: Burun boʻshligʻi; hiqildoq (lyarnx – hiqildoq; kitobda phyarnx – halqum kiritilgan ekan);
    traxeya; bronxlar va ularning oʻpka ichidagi davomi.
  5. Hazm sistemasi
    Hazm qilish tizimi – ovqatlanish va ovqatni hazm qilish, uni soʻrilishini va ichki muhitga (qonga) oʻtishini
    ta’minlash kabi barcha jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Tizim ogʻiz boʻshligidan boshlanib anus orqali tugaydigan
    | 9 .
    Manbaa: @physio_baza
    trakt (yoʻl)ni oʻz ichiga oladi. Hazm traktiga: Ogʻiz boʻshligʻi, halqum, qiziloʻngach, oshqozon (me’da),
    ingichka ichak (12 barmoqli ichak ham ingichka ichakning bir qismi) va yogʻon ichak kiradi. Hazm
    sistemasidagi boshqa tarkibiy qismlarga: jigar, oʻt pufagi va me’da osti bezini kiritish mumkin.
  6. Ayirish (Siydik-ayirish) sistemasi.
    Ayiruv sistemasi – metbolizmning chiqindi mahsulotlarini tanadan chiqarib yuboradi.
    Defekatsiya (axlat) – bu hazm qilinmagan oziq moddani ichakdan chiqarib yuborish boʻlgani uchun ayirish
    sistemasi deyilmaydi. Bunga sabab ogʻiz orqali ichakka borgan modda tanada ishlab chiqarilmaydi.
    Ayirish (siydik-ayirish) tizimini tashkil qiluvchi organlar:
     Buyrak
     siydik chiqarish yoʻllari
     siydik pufagi
     siydik chiqarish kanalidan iborat.
  7. Jinsiy sistema
    Jinsiy sistema – insonning nasl qoldirishi, genetik jihatdan oʻzaro qoʻshilish, yangi avlodlar yuzaga kelishini
    ta’minlaydi.
    Erkaklik jinsiy a’zolariga:
     Moyak
     epididimis
     urugʻ pufakchalari
     prostata bezi
     uretra
     jisiy olat kiradi.
    Ayollar jinsiy organlariga esa:
     tuxumdonlar
     bachadon
     bachadon naylari
     qin
     tashqi jinsiy a’zolar
     sut bezlari
  8. Endokrin sistema.
    Ichki muhitga oʻz mahsulotlarini quyuvchi hujayralar endokrin hujayralar deyiladi. Bu mahsulotlar distant
    ta’sirga ega endokrin mahsulotlari boʻlib ularni gormonlar (grek. ὁρμῶν (Hormao) – qoʻzgʻataman) deyiladi.
    Aynan distant ta’sirga ega ekani bilan fermentlardan farq qiladi. Ba’zi bir endokrin hujayralar yigʻindisi
    kanallarsiz qonga oʻz mahsulotlarini quyadi, bunday hujayralar jamlanmasi endokrin bezlar deyiladi.
    | 10 .
    Manbaa: @physio_baza
    Bularga:
    Gipofiz
    epifiz
    qalqonsimon bez
    qalqonorqa (paratiroid) bez
    buyrak usti bezi.
    Boshqa funksiya bajaruvchi, lekin oʻzida endokrin hujayra saqlovchi organlar ham mavjud:
    Langergans orolchasi
    moyakning intersitsial hujayralari
    tuxumdon follikulalari va sariq tana
    buyrak
    timus
    platsentaning ayrim hujayralari ham shunday funksiya bajaradi.
  9. Qon va Immun sistemasi.
    Qon – oʻzgargan biriktiruvchi toʻqima va organizmning ichki muhitining tarkibiga kiradi. Oʻzgargan deyilishiga
    sabab uning tarkibidagi hujayra elementlari koʻp miqdordagi “hujayralararo modda” bilan ajralib turadi, shu
    bilan bir qatorda biriktiruvchi toʻqima xosalarini ham oʻzida saqlaydi.
    Sirkulyatsiyadagi qonda asosiy 3 ta shaklli element boʻlib, oʻziga tegishli boʻlgan funksiyalarni bajaradi.
     Eritotsitlar (qizil qon tanachalari) asosan kislorod (O2) tashiydi.
     Leykotsitlar (oq qon tanachalari) tanani infeksiyalardan himoya qiladi.
     Trombotsitlar (qon plastinkalari) qon tomirlarning yaxlitligini saqlash va qon ivishini ta’minlash, shu
    orqali qon ketishini oldini olish vazifasini bajaradi. Har bir shaklli elementlarni tegishli boblarda koʻrib
    chiqamiz In shaa Allah…
    Rasm. Tanamizdagi sistemalar
    Teri qoplov sistemasi Muskul sistemasi Skelet sistemasi Yurak-Qon tomir sistemasi Nerv sistemasi Nafas olish sistemasi
    Hazm qilish sistemasi Siydik ayrish sistemasi Jinsiy sistemasi Endokrin sistemasi Limfatik/Immun sistemasi | 11 .
    Manbaa: @physio_baza
    Organizm
    Organlar sistemasi Organ
    Toʻqima
    Hujayra
    Organella
    Makromolekula
    Molekula
    Atom

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *