Jadidchilik harakati va milliy uyg‘onish

Jadid” arabcha so‘z boMib, “yangi” degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun ham yangilik va islohotchilikka intiluvchi, yangilik yaratuvchi faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan taraqqiyparvar, ilg‘or ruhdagi milliy ziyolilar tarixda “jadid” degan nomga musharraf bo‘ldilar. Ularning harakati esa jadidchilik deb nomlandi. Bu harakatning paydo boMishi bevosita o‘sha davrdagi ichki muhit hamda tashqi xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy va demokratik yangilanishlar bilan bog‘liq bo‘ldi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlariga kelib, Turkistonda millat taqdiri tahdid soluvchi o‘ta qaltis va og‘ir ichki tarixiy muhit paydo bo‘ldi. Bir tomondan, Rossiya imperiyasi musatamlakachiligi siyosiy jihatdan mustahkamlandi. Mustamalka va zo’ravonlikka mukkasidan ketgan rus bosqinchilari esa, endi o‘z mafkurasini singdirish orqali ma’naviy ustunlikka ham ega boMishi uchun mahalliy xalqni ruslashtirish, uning g‘ururini sindirish, o’zligini yo‘qotishdek, o‘ta razil shovinistik siyosatni kuchaytirdilar. Ikkinchi tomondan esa, millat va xalqimiz o‘z siyosiy, ma’naviy huquqiari, erki va hohish-irodasini yo‘qotdi. Uchinchidan, umuman musulmon mutaassibligi (konservatizm va bid’at) kuchaydi. Millatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli hamda ma’naviyati tubanlashdi. Buning ustiga ustak, din peshvolari orasidagi mutaassibiarda yangilikka, dunyoviy ma’rifal va taraqqiyotga qarshilik ham avj oidi. Bu esa, Islom dini hamda shariatiga mutlaqo zid ravishda avj oidi.
www.ziyouz.com k
2
tubxonasi
u
85

Mutaassiblar bid’at botqog‘iga botgan holatda, ijtimoiy majhul (noaniq)likdagi g‘aflat nyqusiga mast boMib, aql va fahm-farosatlari ojizligi evaziga, o‘zlari sczmagan holda mustamlakachilar manfaati (mafkurasi)ga xizmat qila boshlaydilar.
Millat va xalqimiz mana shunday ikki tomonlama o‘ta ayanchli va havfli ijtimoiy-siyosiy muhit hamda vaziyatga duch kelgan bir paytda musulmon ziyolilar din homiylari orasidan yangi bir taraqqiyparvar guruhning harakati paydo boMdi. Ular «jadid» (yangi) degan ulug‘ nomga muyassar boMgan holda, Millat va Vatan, musulmon xalqlari uchun ma’naviy qalqon bo’lib, kurash maydoniga otildilar. Jadidlar millatni bo‘yin egishi va tanama-taqdir qilish havfidan qutqarishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li avval tarbiya va ma’rifat, so‘ng islohot ekanligini juda to‘g‘ri anglab yetdilar.
Shuning uchun ham jadidlar millat va xalqni g‘alayon va qo‘zg‘olonga, inqilobiy buzg‘unchilik kabi yovvoyilikka da’vat etmadi. Aksincha, ularni diniy-dunyoviy ma’rifat, ilm-fan, madaniyat va yangiliklar bilan qurollantirib tarbiyalash, o‘zligini anglatish, ijtimoiy- tna’anviy g‘aflat uyqusidan uyg‘otib, turmush tar/i, tafakkuri, ma’naviyati, madaniyati, adabiyoti va maorifini o‘zgartirishga bel bog‘ladilar.
Abdulla Avloniyning ushbu hikmati jadidlar uchun asosiy e’tiqod va amaliy faoliyat dasturi boMib qoldi: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo najot, yo halokat – yo saodat, yo falokat masalasidir». Darhaqiqat, bu paytda millatni halokat va falokatdan asrab, saodatga olib chiquvchi jadidlar tarbiyasi bilan millatni ma’nan tobe qilib, halokat va talokatga duchor etuvchi mustamlakachilar «tarbiya»si qarama-qarshiligi paydo boMgan edi,
Jadidchilik harakati ba’zi-bir tarixga oid adabiyotlarda aytilganidek, “oldin madaniy-ma’rifiy harakat boMib, keyin ijtimoiy-siyosiy harakatga o‘sib o’tgani” yo‘q. U o‘z tabiati maqsad va mohiyatiga ko’ra, dastlabki kundanoq, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’riiiy va islohotchilik harakat boMgan. Ammo Vatanni ozod va obod qilish, millat va xalqni hurriyatga olib chiqish, to‘q va farovon, madaniyatli qilish uchun jadidlar asosiy e’tibomi dastlab madaniy-ma’rifiy ishlarga qaratdilar.
Mustamlakachilarining asosiy maqsadi, xalqni tnutlaq tobe va qaram qilish, Turkistonda siyosiy erksizlikni qaror toptirib, milliy oMimni amalga oshirish boMganligiga sharqshunos olim N. N. Veselovskiy (1848-
1918) quyidagicha guvohlik beradi: «Biz Turkistonga madaniyat olib keldik deb o‘ylaymiz. Bo’ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik va
286
www.ziyouz.com kutubxonasi

osoyishtalik berdik deb o‘zimizni ovutamiz. Ammo bularda bir oliy tuyg‘u borki, bu millat va uning milliy iftixoridir…
Musulmonlar ahvolini tushunishimiz kerak. Siyosiy o‘lim (milliy davlatni yo‘qotib, siyosiy xalq-huquqdan ayrilish-muxarrir) og’ir, milliy 0‘lim esa undan ham og‘irroqdir. Bizning hukmronligimizda ular (turkistonliklar) xuddi shunday ahvolga tushdilar. Shunday milliy manfaatlar borki, ular xalq och yoki to‘qligidan qat’i nazar, bir kunmas bir kun o‘zini namoyon etajak”.
Turkistonda ruslashtirish siyosatini amalga oshirish bilan ma’lum missionerlar guruhi muntazam ravishda ish olib boradi. N.Ostroumov, M.Miropiev, V.P.Nalivkin va boshqa ashaddiy shovinistlar mana shu guruhning eng ko’zga ko‘ringanlari edilar. N.Ostroumov o‘z missionerlik vazifasiga ko‘ra, Turkistonda general-gubernatordan ham yuqori mavqega ega bo‘lgan. V.P.Nalivkin esa “Yarim yovvoyi osiyoliklarni hamisha qo‘rquv va vahima ichida qaltirab turishga majburlash kerak” degan “dasturilamal” ishlab chiqib, uni mustamlakachi ma’muriyatga ijro uchun taqdim etadi.
XX asr boshiga kelib millatni milliy o‘Iimdan saqlab qolish va istiqlolga olib chiqish uchun ma’rifat, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy tarbiya asosiy omil, eng muhim ma’naviy qurol darajasiga ko’tarildi. Buni
esa jadidlar Vatan ozodligi yo’lidagi kurash harakatining asosi deb bildilar. Ular musulmon mutaassibligiga qarama – qarshi ravishda diniy va dunyoviy ma’rifatparvarlik g’oyalarini olg‘a surdilar. Shariat qoidalari, “Qur’oni karim”ni yaxshi bilganlari uchun ham din peshvolari orasidagi qoloqlikka, ’Taraqqiyot islomga zid” degan aqida va tushunchalarga qarshi kurashdilar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jadidchilikning paydo boMishiga awalo islomdagi diniy-dunyoviylikning,
taraqqiyotparvarlik va ilm-fan, shariat amallarining o‘rni katta bo’ldi. Jadidlarning dadil yangilik yaratishi, dunyoviylikni targ‘ib etishi uchun Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning mana bu ikki hadisi – shariflari ma’naviy asos va kuch-quvvat boMdi: ’’Oxiratini deb dunyosini tark qilgan ham, dunyosini deb oxiratini tark qilgan ham sizlarning yaxshingiz emas…”, “Dinda o’rtacha yo‘l tutinglar, o‘rtacha yo‘l tutinglar, 0‘rtacha yo‘l tutinglar, chunki ushbu din amailarida kim
og‘irlashtirib yuborsa uni amal yengib qo’yadi”.
Xulosa shuki, birinchidan, jadidchilik islomdagi taraqqiyotparvarlik,
ilm-fanga rag‘bat va dunyoviylikning yangi davrdagi ko‘rinishi sifatida paydo bo‘ldi. Jadidlar islomni har xil mutassiblik bidatlardan asrab rivojlantirdi. Ikkinchidan, jadidchilikni paydo bo‘lishi va rivojlanishiga
www.ziyouz.com kutubxonasi
287

Sharq va G‘arb mamlakatlarida rivojlangati quyidagi demokratik, milliy- ozodlik, islohotchilik harakatlariningta’siri ham kuchii bo’ldi:

  1. Jamoliddin Afg‘oniy (1839-1897) va Muhammad Abdoiar (1848- 1903) asos solgan musulmon dunyosidagi islohotchilik va “nahda”
    (uyg’onish) harakatlari.
  2. XIX asming 90-yillaridan boshlanib, 1905-1907 va 1917 yillarda
    katta g‘alaba(arga erishgan rus sotsial demokratik va inqilobiy harakatlari. 3. Turkiyadagi aksilmonarxistik, konstitutsion demokratik, ijtimoiy- milliy uyg’onish harakatlari: Tanzimot (1840-1860), Yosh usmonlilar (1865-yildan 80-yillargacha), Yosh Turklar (1889-1918) va 1908-1909
    yillardagi demokratik-inqilobiy harakatlar.
  3. Jadidchilik harakatining paydo bo’lib, rivojlanishida qrimlik
    Ismoilbek Gaspiralining (1851-1914) hissasi behad katta boMdi. U Qrimda XIX asrning 80-yillardayoq, Rossiya bosib olgan musulmon xalqlari orasida birinchi bo’lib jadidchilikka asos soldi. Uning rus va turkiy tillarda chop etilgan ‘Tarjimon” (1883-1914) gazetasi, “Rossiya musulmonligi” (1881), “Ovrupa madaniyatiga bir nazar muvozini» “ (1885) va boshqa asarlari hamda jadid maktabi uchun yozgan darsiik va qo‘llanmalari Turkistonga tez kirib keldi.
    Ismoilbek Gaspirali 1884-yilda “Tarjimon” gazetasi orqali musulmonlarga qarata shunday murojaat qiladi: “ Suyukli do‘stlarim, bizning uchun eng go‘zal ish ilm va maorif ishidir. Eng muqaddas intilish ilmga, maorifga intilishdir. Chunki insonni inson etgan mehnat va bilimdir. Bilim madaniy turmush (sivilizatsiya) ga yetishish vositasidir.”
    I.Gaspirali 1884-yilda o‘n ikkita bolani yangicha usul-”usuli jadid”- savtiya (tovush) usuli bilan o‘qitib, qirq kunda savodini chiqaradi. Ular o’qish va yozishni mukammal o’zlashtira boshladilar. U 1892-yiIda Turkiston general-gubematori A.B. Vryovskiy’ga maxsus maktub yo‘Hab, unda maktablarni isloh qilish, jadid maktablarini tashkil etish madrasalardan birini zamonaviy – dunyoviy oliy o‘quv yurtga moslab isloh qilishni taklif etadi. Ammo bu takliflar amalga oshmaydi. Shundan so*ng Ismoilbek Gaspirali 1893-yilda Toshkentga keladi va ziyoli ulamolar bilan uchrashadi. Samarqandda bo‘ladi. U yerdan Buxoroga borib, amir Abdulahadni jadid maktabi ochishga ko‘ndiradi va bu maktabga “Muzaffariya” degan nomni beradi. Jadidchilik g‘oyasi Turkistonda XIX asr 80-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab tarqalib,
    1Oldingi kopgina nuiqola va kitoblarda buning o’rnidn Rozenbax ko’rsatilib, xatoga yo’l qo’yilgan muxanir.
    www.ziyouz.com kutubxonasi shu asming 90- XX asming 5-yili oralig‘ida muntazam ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy harakat sifatida shakllandi.
    Jadidchilik harakati asosan ikki davrga boMinadi: 1) XIX asrning 90-yillaridan-19l7 yil fevralgacha; 2) 1917 ytl fevraldan-1929 yilgacha. Birinchi davrning o‘zi uch bosqichga bo‘linadi: 1) Jadidchilik g’oyasining paydo boTishi va muntazam uyushgan harakat shakliga ega bo’lishi (XIX asrning 90-yillari-1905-yil); 2) Jadidchilik harakatining nisbatan tez va qarshiliksiz rivojlanishi (1905-1909-yillar); 3) Jadidchilikning chorizm tomonidan ozodlik, demokratik va inqilobiy harakatlarga qarshi kurashni kuchaytirgan davrdagi rivojlanishi (1909-1916-yillar). Ikkinchi davr ham voqcalar rivojlanishiga qarab uch bosqichga boMinadi: 1) 1917-yil fevral- oktabr; 2) 1917 yil noyabr- 1924-yil; 3) 1925-1929-yillar.
    Jadidlar maorifi. Jadidchilik harakati, shu vaqtgacha islom dunyosida sira ham ko‘rinmagan ilg’or va tezkor o‘qitish “SaVtiya” (tovush) usuliga asoslangan jadid maktablari tashkil topishidan boshlandi. Bu maktablarda bolalar bir yilda savod chiqarib, mukammal o’qish va yozishni o‘zlashtiradi. Buning uchun esa qadim an’anaviy musulmon maktablarida 5-6 yil o‘qish kerak boMar edi. Aytish mumkinki, “Savtiya” usulidagi jadid maktabi Vatanimiz tarixidagi buyuk kashfiyotlar silsilasini boyitdi.
    Jadid maktabida diniy va dunyoviy taMim-tarbiya hamda ilm o‘zaro uyg‘unlashtirildi. Bolalar qulay partalarda o‘tirib, xarita va rasmlar yordatnida tez savod chiqardi va diniy – dunyoviy ilmilami o‘rgandi. Jadid maktablarida Qur’oni-karim, matematika, geografiya, ona tili, rus, arab tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya o‘qitila boshlandi.
    Jadid maktablari to‘rt (boshlangMch) va yetti yillik edi. Masalan, Munavvarqori Abdurashidxonovning yetti yillik maktabini bitirgan yoshlar dunyoviy ilmlami, rus tilini yaxshi o’zlashtirgan holda jadid maktabida o‘qituvchi, maschitlarda imom boMish, madrasa va hatto, xorijdagi dunyoviy oliy o‘quv yurtlarida o’qish, savdo va boshqa korxonalarda kotib boMib ishlash malakasiga ega boMganlar. Bunday yetti yillik maktablar Toshkentdan tashqari, Qo‘qon, Samarqand kabi yirik shaharlarda ham ochiladi.
    Jadid maktablari pullik edi. Har oyiga ota-onalar baholi qudrat, ellik tiyindan bir yarim so’mgacha pul toMadi. Bu o‘rinda har ota-ona o’zlarining boylik va kambag‘allik darajalarini shariat asosida belgilab pul beradilar. 35 foizgacha kambag‘al va nochorlaming bolalari tekin o‘qitildi. 0 ‘ziga to‘q oilalar esa o‘z xohishi bilan uch so‘mdan va undan ham ko‘p pul bergan. Bulardan tashqari jadidlaming o‘zlari tashkil etgan
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    289 xayriya jamiyatlari ham jadid maktabiarini mablag’ bilan ta’minlab turgan.
    Jadid maktablarining ochilishiga rus amaldorlari, musulmon mutaassiblari qarshilik qiladilar. Jadidlar katta matonat va fidoyilik bilan eski maktablarga tegmay namuna sifatida jadid maktabiarini tashkil etib, omma orasida katta obro‘ qozondilar. Jadid maktablari qat’iy nizom va dastur va darsliklarga asoslandi.- Tarixda birinchi boMib, jadidlar o‘quvchilarga kundalik, chorak va yillik baholar qo‘yishni joriy etdilar. 0‘quvchilar sinfdan-sinfga o‘tish va bitirish uchun jamoatchilik oldida ochiq chorak, yillik va bitiruv imtihonlarini topshirganlar.
    Maktab ochgan jadidlar dastur, qoMlanma va darsliklarni ham o‘zlari yaratdilar. Sayidrasul Sayidazizovning “Ustodi avval”, Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adibi avval”, “Adibi soniy”, “Tajvid” (Qur’onni qiroat bilan o‘qish usuliga oid qoMIauma), “ Havoyiji diniya” (Shariat qonunlari to‘plami), “Yor yuzi”, “ Usuli hisob”, “Tarixi anbiyo”, “Tarixi islom”, Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud ahloq“, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Qisqacha umumiy geografiya”, “Bolalar maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Amaliyoti islom”, “Aholi geografiyasiga
    kirish”, “Rossiyaning qisqacha geografiyasi” va boshqalar shular jumlasidandir.
    Jadid maktablari ochilishi bilan ba’zi joylarda qadim maktablari bo‘shab qoldilar. Natijada eski va jadid maktabdorlari o’rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar paydo bo‘ldi. Bunga mutaassib qozi, mulla va ulamolar ham qo’shildilar.
    Jadid maktablarining jami soni va ular qayerlarda ochilib faoliyat yuritganligi haqida hozircha to‘la ma’lumot yo‘q. Lekin 1903 yilda birgina Toshkentda 20 ta (shundan 2 tasi o‘rta), jadid maktablari boMgan. Ma’lumki, 1909 yildan keyin jadid maktablari qattiq nazorat ostiga olinadi, arzimas bahonalar bilan yopiladi. Ularda o’qitiladigan adabiyot va darsliklar “oxranka”ning diqqat markazida boMadi. Jadid maktablari
    Buxoro, Samarqand, Toshkent, Andijon, Xiva, To‘qmoq, Yangi MargMlon, Yeski Marg‘ilon, Kattaqo‘rg‘on, Qizil 0‘rda, Turkiston, Chust, Choijo‘y, Termtz, Marv shaharlarida ochiladi. Shuningdek, Juma (Samarqand viloyati), Qovunchi (Toshkent viloyati), To‘raqo‘rg‘on (Namangan viloyati), Po‘stindo‘z (Buxoro viloyati) kabi katta qishloqlarda ham jadid maktablari ochilgan. Jadid maktablari M.Behbudiyning yozishicha, 15-20 yil ichida jami Kavkaz mamlakatlari,
    Bron, Hind, Misr, Hijoz va boshqa joylarida ham joriy bo‘ldilar.
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    290 Jadidchilikning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda zamonaviy (yevropacha) oliy ta’limni yo‘lga qo‘yish bo’ldi. Universitet tashkil etish g‘oyasi Turkistonda ilk bor 1892 yilda Ismoilbek Gaspirali tomonidan olg’a surildi. I. Gaspirali 1906-yilda, yana “Taijimon” gazetasida to‘g‘ridan to‘g‘ri Buxoro amiri va Xiva xoniga murojaat qilib shunday deydi:
    ‘Tuqoroyi islom sizlardan mol istamas, osh istamas. Din- ”Qur’ori”dan,. jon-Xudodan. Siz davlatlik xonlardan aholiga ehson ctiladigan narsa-nashri maorifga, taraqqiyot va kamolatga omil boMuvchi oliy darajalik maorif maktablaridir. Ko’hna madrasalari ko‘p Buxoroi sharifda va Xivada endi biror dorilfununi islomiya ta’sis etmoq lozim. Bu dorilfununlarga bir daraja ilm olgan talaba qabul qilinib, tarix,jo‘g‘rofiya, kimyo, handasa, ilmi huquq, usuli idorayi davlat, ilmi iqtisod va boshqa lozim fanlar, turkiy, forsiy, rusiy va fransaviy tillar o‘rgatilsa… Ushbu dorilfununlarda muallim va mudarrislik qila oladigan ahli karnol bor”
    Jadidlar oliy ta’limning asosi-universitet tashkil etish uchun Toshkent shahar Dumasidan ham foydalandilar. Munavvarqori, Fitrat, M. Behbudiy, U. Asadullaxo‘jayev va boshqa jadidlar milliy dunyoviy oliy ta’lim g‘oyasini o‘z asar va maqolalarida keng targ’ibot-tashviqot qiladilar. Oliy ta’limga zamin yaratish uchun, jadid maktablarida dunyoviy ilmlar o‘qitildi, xorijga yoshlar o‘qishga yuborildi.
    Dunyoviy hozirgi zamon oliy o‘quv yurti – universitetga asos solishga jadidlar faqat 1918-yilda Musulmon xalq dorulfununini tashkil etish bilan muvaffaq boMdilar.
    Umuman, jadidlar juda qisqa vaqt ichida butunlay yangi ya’ni jadid xalq maorifi tizimi ya’ni, hozirgi zamon xalq raaorifi tizimiga asos soldilar.
    Jadid matbuoti va jurnalistikasi. Jadidchilik harakatining ikkinchi bir muhim faoliyati milliy matbuot va jumalistikasiga asos solisb bo‘ldi. Turkiston jadidlari rus demokratik va inqilobiy harakatining yutuqlaridan ham .samarali foydalandilar.
    Zolim “oq poshsho” Nikolay II inqilobiy-demokratik harakat bosimi ostida 1905-yil 17-oktyabrda maxsus manifestga imzo chekib, demokratiya, matbuot va so‘z, har xil yig‘inlar o‘tkazish erkinligini joriy qilishga majbur bo‘ldi. Buni jadidlar katta quvonch bilan kutib oldilar.
    Mana shundan so’ng jadidlar millat. himoyasi uchun jangovar qalqon va muazzam minbar bo’lgan gazeta va jurnallarni tashkil etish uchun juda shaxdam kurashadilar.
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    291 Toshkentda Ismoil Obidiy “Taraqqiy” (1906), Munavvarqori Abdurashidxonov “Xurshid” (1906), Abdulla Avloniy “Shuhrat” (1907), Sayidkarim Sayidazimboyev “Tujjor” (1907), Ahmadjon Bektemirov ‘ Osiyo” (1908), Ubaydullaxcrja Asadullaxo‘jayev “Sadoi Turkiston” (1914-1915) gazetalari, shuningdek, Abdurahmon Sodiq o‘g‘Ii (Sayyox) “Al-Isloh” (1915) jurnalini nashr etishga muvaffaq boMdilar. Samarqandda esa Muhmudxo‘ja Behbudiy “Samarqand” ruscha (1913) gazetasi va “Oyna” (1913-1915) jurnalini, Qo‘qonda Obidjon Mahmudov “Sadoi Farg’ona” (1914) gazctalarini chiqardi. Bu gazeta va jumallar doimo mabfiy politsiya “oxraoka”ning ayg‘oqchilari kuzatuvi, ta’qibi ostida boMdilar.
    ‘ Jadid matbuoti 1917-yil fevralda rus podshosi taxldan ag’darilgach, yanada rivOjlandi. Juda qisqa vaqt oraligMda fevraldan oktyabrgacha Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov “Najot” (1917 y. mart), A. Battol “Sho‘roi islom” (1917 y. may), Abdulla Avloniy “Turon” (1917 y.), Ahmad Zaki Validiy va Munavvarqori Abdurashidxonov “Kengash” (1917 yil iyim), “Ulug‘ Turkiston” (1917 y.), Qo’qonda BoMat Soliyev “Yel bayrog’M” (1917 y. sentyabr) gazetalarini, Н.Н. Niyoziy “Kengash”, Ashurali Zohiriy “Yurt” (1917 yil iyun) jumallarini, Samarqandda esa Shohmuhammadzoda “Hurriyat” (1917 yil aprel) gazetalarini chop etdilar.
    Buyuk’millatparvar jadidlar, jadid matbuoti orqali millatni o‘z madaniy-iqtisodiy ahvoli, siyosiy qaram va huquqsizligini anglatishga, unda bosqinchilarga qarshi nafrat, milliy istiqlolga ishonch ruhini tarbiyalashga muvaffaq boMdilar. Shuning bilan birga ular milliy muxtoriyat va jumhuriyat g‘oyasini, millatlararo tenglik va qon- qarindoshliknj targ‘ibot qilishni to‘g‘ri yoMga qo‘yadilar.
    Jadid adabiyoti va san’ati. Akademik A. N. Samoylovich jadid adabiyotini oMganib, 1916-yilda “Turicistonda yangi adabiyot maydonga keldi. Bu men uchun kutilgan hoi edi” deb yozgan edi. Darhaqiqat, olim uchun kutilgan “Yangi adabiyot”-jadid adabiyoti boMdi. Bu adabiyot o‘z mazmun va’ mohiyati hamda janrlariga ko‘ra, ming yillar davomida sh^kllanib rivojlangan mumtoz adabiyotimizdan tubdan farqlanuvchi yangi adabiyot boMdi.
  4. Agar muirttoz adabiyotda dunyoviylikka nisbatan diniy jihat ustunroq boMgan boMsa, jadid adabiyotida bulaming o‘rtasida o‘zaro tenglik ya’ni diniy-dunyoviylik qaror topdi.
    2, Jadid adabiyoti mumtoz adabiyotdan farqli ravishda g‘arb adabiyotidagi roman, drama, esse, hikoya va barmoq vazniga asoslangan she’riyat
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    292 (poetika) kabi badiiy janrlar ko‘rinishiga ega bo’ldi. Proza va publitsistika paydo bo’ldi.
  5. Jadid adabiyoti bevosita ijtimoiy-siyosiy va ma’rifatchilik mafkurasi, milliy-ozodlik xususiyatiga ega bo’ldi. Undamazlum xalq hayoti bevosita o’/. ifodasini topdi. Badiiy asarlar jonli xalq tilida yozildi. Ijtimoiy faollik va milliy ruh bu yangi adabiyotning eng muhim xususiyatiga aylandi.
  6. Jadid adabiyotidagi badiiy-lirik qahramon qiyofasi mumtoz adabiyotdagi qahramon qiyofasidan tubdan o’zgardi. U endi an’anaviy oshiq yohud ma’rifatparvargina emas, balki mavjud mustamlaka jamiyati tartib-qoidalari hamda milliy tengsizlik bilan kelisha olmaydigan, shu bilan birga yangicha o‘z ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy qarashiga ega bo’lgan shaxsdir.
    Jadidchilik harakati jadid adabiyotining asoschilari boMgan yirik iste’dod egalari-jadid adibi, shoiri, dramaturgi va san’ati arboblarini ham tarbiyaladi. Jadidshunos, taniqli olim, professor Begali Qosimovning ta’kidlashicha, ularning 1905-1917-yillarda adabiy-madaniy harakatchilikda qizg’in faoliyat ko‘rsatganlari saksondan ortiq bo‘lgan. Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919), Sayidahmad Siddiqiy Ajziy (1864- 1927), Vasliy Samarqandiy (1869-1925), Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), To‘lagan Xo’jamyorov- Tavallo (1882-1939), Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934), Avaz O’tar o’g’li (1884-1919), Muhammadsharif So’fizoda (1869-1937), Abdurauf Fitrat (1886-1938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Abdulvohid Burxonov (1875- 1934), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929), Abdulla Qodiriy (1894- 1938), Abdulhamid ChoMpon (1897-1938) va boshqalar shular
    jumlasidandir.
    Jadid adabiyotida dramaturgiya ya’ni jadid dramasi eng sermahsul
    va ommabop janr sifatida alohida ko‘zga tashlanadi. Jadid g’oyalarining xalqqa yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr san’atining ta’sir ko‘rsatishi kuchli boMdi. Shuning uchun ham jadid adiblarining aksariyat yirik nomayondalari o‘z ijodiy-amaliy faoliyatini drama yozish va teatr bilan bogMiq holda olib bordilar.
    Mutaxassislaming aniqlashicha, 1917-yil oktabr to’ntarilishigacha dramaturgiya sohasida o‘ttizdan ortiq drama, tragediya, komediya asarlari yozilgan va ularning ko’pchiligi teatrlarda sahnalashtirilgan. 0 ‘zbek jadid dramaturgiyasi va teatriga ilk bor asos solgan Mahmudxo‘ja Behbudiy bo’ldi. Uning “Padarkush” dramasi birinchi bor 1914-yil 27-fevralda Toshkcntdagi “Kolizey” teatrida qo’yilishi juda katta madaniy-ma’rifiy voqea bo’ldi. Bu kun o’zbek teatriga asos solingan sana sifatida tarixga
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    293 kirdi. Shunday qilib, milliy jadid adabiyoti dramaturgiyasi va teatri paydo bo‘ldi. Adabiy tanqidchilik va badiiy tarjimonchilik ham shakllandi.
    Jadid xayriya va boshqa madaniy-ma’rifiy jamiyatlari. Har qanday harakatda boMgani kabi bu harakat ham o‘z iqtisodiy asosiga ega. Aks holda u, bu darajada rivojlanmagan bo‘lur edi. Uning iqtisodiy ta’minot manbaini madaniy-ma’rifiy xayriya jamiyatlari, boy-badavlat kishilar tomonidan savob olish va millat nufuzini ko‘tarish uchun. berilgan beminnat ehsonlar tashkil etdi. Jadidchilik va jadidlar asosan o‘rta hoi musulmon ziyolilari hamda dunyo ko‘rgan ilg‘or ruhdagi savdogarlardan
    iborat bo‘ldi. Toshkentlik Sayidkarim Sayidazimboy o‘g‘li, turkistonlik Sayidnosir Mirjalilov (taniqli yozuvchi Oybckning qaynotasi), andijonlik Mirkomil Mirmo‘minboyev va boshqa boylar jadidchilik harakati rivojlanishiga katta iqtisodiy hissa qo‘shdilar.
    Jadidlar har xil xayriya jamg’armalarini tashkil etish, boy va badavlat kishilarning ortiqeha mablagMarini millat va Vatan manfaati yoMida sarflashga ham katta e’tibor bcrdilar.
    Toshkentda 1909-yilda ‘*Ko‘mak”, 1913-yilda «Dorilu ojizin», Buxoroda 1910-yilda “Tarbiyai atfol” xayriya jamiyatlari tashkil etiladi. Ulaming oldiga qo’yilgan asosiy maqsad sarmoya topib, jadid maktablariga yordam berish va iqtidorli yoshlami Turkiya va boshqa xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborishdan iborat boMdi.
    “Ko‘mak”ning ta’sischilari Munavvarqori Abdurashidxonov, Nizomqori Hasanov, Abdulla Avloniy, Basharulla Asadullaxo’jayev va Toshxo‘ja Tuyoqboyevlar bo‘ldi. Bu va “Tarbiyai atfol’’ning yordamida
    1911-yilda 15 ta, 1912-yilda 30 ta turkistonlik iqtidorlik yoshlar Istanbuldao‘qiganligi haqida ma’lanot bor.
    Jamiyat o‘z a’zolaridan tushadigan puldan tashqari har xil ishbilarmonlik yoMlari bilan ham pul topadi. Masalan, gramofon jamiyati bilan kelishib, bir necha xalq hofizlari va o‘z tarbiyasidagi maktab bolalarining ashulalarini gramplastinkalarga yozdirib, sotish bilan, ulaming har biridan o‘n tiyindan foyda oladi. 1913-yilda qo‘yilgan birgina spektakldan 600 so’mga yaqin, Ramazon bayrami kuni “Tomosha kechasi” tashkil qilib esa, 1087 so‘tn 17 tiyin foyda olinadi.
    Musulmon jamiyati uKo‘mak” ustavida kambag‘al o‘quvchi va yetim bolalar, qari va nogiron musulmonlarga ma’naviy hamda moddiy yordam berish, ularga boshpana, oshxona, kasalxona va ambulatoriya ochish, shuningdek, maktab o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun nafaqa (stipendiya)lar ta’sis etish ko‘rsatilgan edi.
    294
    www.ziyouz.com kutubxonasi Toshkentda Munavvarqori, Abdulla Avloniy va boshqalar 1911- vilda tashkil etgan ko‘p tarmoqli “Turon’’ nomli jamiyat sovet hokimiyatining dastlabki yillarigacha samarali faoliyat yuritadi. Uning qoshida teatr truppasi (1913 y.), “Turon” nomli kutubxona va nashriyot (1913 y.) ham tashkil etiladi. Bular butun Turkiston bo‘ylab ma’rifat va ziyo, ilni-fan tarqalishi, kitob chop etish va bosmaxona ishlari ri voj lanishiga katta hissa qo’ shdilar.
    Qo‘qonda “G’ayrat” (1913 y.), Samarqandda “Zarafshon”, To’raqoMg’onda (Namangan viloyati) “Kutubxonavi Is’hoqiya” (1908 y.) nomli kulubxonalar tashkil topadi. Shuningdek, jadid bosmaxonasi va kitob do‘konlari ancha keng tarmoq otdi.Jadidlaming 1916-yildagi xalq qo‘zg‘o!oniga munosabati. Jadidchilik aslida Vatan ozodligi va millat ravnaqi uchun kurashning tinch demokratik va madaniy-ma’rifiy,
    islohotchilik yoMini tanlaydi. Xalqni behuda qo‘zg‘olon ko‘tarib qon to‘kishdan saqlab, siyosiy tashkiliy uyushishga, aql-farosat bilan ish olib borishga chorlaydi. Shuning uchun ham ular 1916-yildagi umumxalq qo’zg’oloniga befarq boMmadilar, xalq bilan birga bo‘lib, uni ko‘p qon to‘kishdan saqladilar. Sovet tarix fani jadidlami qo‘zg‘olonda xalq tomonida cmas, balki mustamlaka hukumati tomonida boMgan deb noto‘g‘ri ko‘rsatib keldi.
    Jadidlar qo‘zg’olon ko‘tarib, oMimga ham tayyor turgan xalqni tinchlantirib, yigitlami tashkiliy uyushgan holda mardikoriikka yuborishga rahbarlik qiladilar. 15-avgustda Toshkent shahrida Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev raisligida maxsus qo’mita tuzildi. Bu tashabbus boshqa joylarda ham amalga oshadi. Ular harbiy ma’muriyat bilan kclishgan holda ish olib boradilar. Samarqand viloyati harbiy gubematori, general-mayor Likoshinning 759-raqatnli maMumoiiga ko‘ra, Jizzaxda 44 ta qishloqqa o‘t qo‘yilgan. Ularning ko‘pi butunlay, yonib-kul boMgan.
    Jizzax qo‘zg‘oloni haqida maMumot to‘plab, kitob yozmoqchi boMgan va 1938-yilda “Milliy ittihod’ning a’zosi sifatida qamalib, qamoqxonada urib oMdirilgan Mamadiyor Allayorovnlng yozishicha, rus askarlari 40 kishini uyiga qamab, oMqo‘yib yuborgan.
    Mardikoriikka yubormaslikning iloji yo’qligini yaxshi bilgan jadidlar yigitlarni ijtimoiy biqiqlik va mutaassiblik muliitdan chiqib, o‘zga vurtlarda “ko‘zi ochilishi”ni ham nazarda tutdilar. Haqiqatan ham 1917- yildan keyin mardikorlikdan qaytgan yigitlaming ko‘pchiligi milliy- ozodlik kurashida va jadidchilik harakatida faollik ko’rsatdilar. Jadidlar
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    295 joylardagi noroziliklar evaziga chorizm amaldorlarini biroz yonberishga majbur etishga ham muvaffaq bo’ldilar.
    Andijon jamoatchiligi nomidan 1916-yil iyulda U.Asadullaxo’jayev bilan Vadim Chaykin Sanki-Peterburgga borib, IV Davlat Dumasiga Turkistondagi xunrezlik va ozboshimchaliklardan shikoyat qiladi. Shundan so‘ng deputatlar Turkistondagi rus aholisi harbiy majburiyaldan ozod qilingan bir pavtda, mahalliy aholidan mardikorlikka olish siyosiy va iqtisodiy jihatdan xavfli ekanligi haqida harbiy vazir nomiga telegramma yuboradi. Podsho Nokolay 11 ham buni e’tiborga olgan holda
    mardikorlikka olish mudatini 15-scntyabrgacha kechiktirishga majbur bo‘ladi. A.N. Kuropatkinni esa Turkiston general-gubematori qilib Toshkentga yuboradi. Uning bilan birga duma a’zolari Kerenskiy, Tavakkalov hamda M.Cho’qayev, Sh.Z.Muhammadiyorov ham vaziyatni o‘rganish uchun 0‘lkaga keladi.
    Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev bergan ma’lumotlar ‘asosida Кuгораtkin o‘zini xalqchil qilib ko‘rsatish maqsadida ba’zi amaldorlami ishdan oladi.
    Shunday qilib, jadidlar xalq milliy-ozodlik harakatiga g‘oyaviy- mafkuraviy va tashkiliv rahbarlik qilishga muvaffaq bo’ladi. Bu esa jadidchilik, bu davrga kelib Turkistonda katta ta’sirchan ijtimoiy-siyosiy
    kuchga aylanganligidan dalolat bcradi.
    Jadidchilik harakati va rus ijtimoiy demokratik inqilobi. 1917-
    yil 27-fevralda Rossiya imperatori Nikolay II rus demokratik inqilobi tazviqi ostida o‘z taxtidan voz kechdi. Bu bilan Rossiyadagi Romanovlar sulolasining uch yuz yillik monarxistik hokimiyati barham topadi. Davlat dumasi Muvaqqat hukumat tuzib, unga mamlakatni boshqarish va Ta’sis majlisini chaqirib hokimiyat masalasini uzil -kesil hal qilish vazifasini topshiradi.
    Ikkinchi tomondan esa, bu sovet tarixida “burjua hukumati” deb nomlangan hukumatga qarama-qarshi ravishda inqilobiy harakatga rahbarlik qilayotgan sotsial-dcmokratik partiyalarjoylarda ishchi, askar va dehqonlar deputatlari sovet (sho‘ro)larini tuzib, yangi hokimiyatning mahalliy joylardagi organlarini tashkil ctdilar. Bu holat Rossiya bosib olgan barcha mamlakatlar qatori Turkistonda ham istiqlol uchun kurash avj olishiga sabab bo’ldi. Jadidchilik harakatining hissasi milliy ozodlik uchun kurashda behad katta bo’ldi.
    Mahalliy xalq va jadidlar rus inqilobini faqat milliy istiqlolga erishish nuqtai nazaridangina qoMlab-quvvatladilar. Turkistondagi inqilobiy harakatga asosan rus sotsial-demokratik partiyalari rahbarlik
    www.ziyouz.
    c
    2
    m kutubxonasi
    o
    9
    6 qildi. Inqilobning bosh shiori esa “Ozodlik, Tenglik va Birodarlik” edi. Jadidlar esa “Ozodlik, Tenglik va Adolat” degan shiorga amal qilar edi. Ular mana shu shior ostida milliy hokimiyat, milliy davlatchilikni tiklash uchun musulmon xalq ommasiga rahbarlik qildilar. Buning natijasi o’laroq, Turkistonda Rossiyadagi kabi ikki hokimiyatchilik emas, balki quyidagi uch hokimiyatchilik paydo boMdi:
  7. Jadidlar tashkil etgan “Sho‘roi islomiya” va uning joylardagi sho’balari, Toshkentdagi Turkiston o‘lka musulmonlari markazi yoki ba’zi adabiyotlarda “Milliy markaz” deb nomlangan markaz;
  8. Turkistondagi rus va askar (keyinroq dehqon) deputatlarining mahalliy va markaziy sovetlari;
  9. Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Muvaqqat qo‘mitasi va uning viloyatlardagi bo‘limlari.
    Rus imperatori o‘z taxtidan voz kcchganligi haqidagi xabar yetib kclishi bilanoq, jadidlaming Toshkentdagi madaniy-ma’rifiy jamiyat “Turon” tezda siyosiy faollashdi. Uning tashabbusi bilan 1917-yil 6, 9 va 13 mart kunlari bo‘lib o’tgan xalq yig‘inlarida mahalliy hokimiyat boshqaruvi masalasi muhokama qilinib, demokratik ruhdagi qarorlar qabu! qilindi. 9 mart kuni Toshkentning Chorsudagi Jome masjidida 20 tning kishilik yig‘in boMib, u Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev (rais), Munavvarqori (rais inuovini), Islombek Xudoyorxonov (kotib)lar rahbarligida o‘tadi. Avvalo hurriyat qurbonlari ruhiga tilovat o‘qib, fotiha tortildi. Shundan so’ng Eski shahar politsmeystri Kolesnikov bo‘shati!ib, uning o‘rniga hokimiyat boshligM etib, sobiq Qo‘qon xoni Xudoyorxon o‘g‘li Islombek Xudoyorxonov saylanadi.
    6-martdagi yig‘ilishda jadidlar tomonidan shahar ijroiya qo‘mitasiga saylangan Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo’jayev Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov va boshqalar qayta saylanadilar. Bu xalq qurultoyi maqomidagi yigMnda rus ishchisi va askarlari sovetlariga o’xshash maiialliy xalq boshqaruviga vakillar ham saylanadi. Keyinchalik bu vakillar yig‘ini Munavvarqori taklifi bilan Qur’oni Karimdagi «Sho‘ro>> surasiga nisbatan “Sho‘roi islomiya” deb nomlanadi. Bu yig‘inda saylanganlarga yana qadimchilar norozi boMganlari sababli 13-martda yana o’sha Jome masjitida katta xalq yig‘ini o‘tkaziladi. Unga Munavvarqori, Abdulvohidqori, Saidrasul Mahmud Saidazizlardan iborat rayosat (presidium) rahbarlik qiladi. Toshkent shahar Ijroiya qo‘mitasiga Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev Shayxontohur, Toshpo’latbck Norbutabekov Ko‘kcha, Zayniddinxo‘ja Sarimsoqxo‘jayev Sebzor,
    297
    www.ziyouz.com kutubxonasi Abdusafiyxon G anixon o‘g‘li Beshyog’och dahalaridan vakil qilib saylanadi.
    15-mart kuni “Sho’roi islomiya” ning birinchi tashkiliy majlisi boMib, unga Abdulvohid qori Abduraufqori o‘g‘li rayis, Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘Ii esa muovin etib saylanadi. Keytnroq esa Abdulvohid qori Shayxontohur dahasiga qozi boMib saylangach, 6-aprelda uning o’rniga Ubaydullaxo’ja Asadullaxo‘jayev saylanadi.
    Aprelning boshlaridan boshlab “Sho‘roi islomiya”ning O’sh, Andijon, Farg’ona (Skobelev) Turkiston, Mari, Samarqand, Qo’qon, Namangan va boshqa shaharlarda ham mahalliy sho’balari paydo boMadi.
    Bu siyosiy hokimiyat tashkilotlarining “Najot” (1917-yil mart), ”Kengash” (1917-yil iyun), “Sho‘roi islom” (1917-yil 16-may Toshkent) “El bayrog‘i” (1917-yil sentyabr Qo‘qon), “Hurriyat” (1917-yil aprcl Samarqand) kabi gazeta va jumallari chop etilib, ular muxtoriyat, tenglik, erk va mustaqillik g‘oyalarini keng yoyadilar.
    “Sho’roi islomiya” mahalliy boshqaruv organi va milliy hukumat kurtagi sifatida o‘z faoliyatini asosan quyidagilarga qaratdi:
  • Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, ilmiy va ijtimoiy, iqtisodiy
    islohotlar o‘tkazish g’oyalarini keng yoyish;
  • Turkiston musulmonlarini yagona g‘oya. maslak va fikr asosida
    birlashtirish chora, tadbirlarini ko’rmoq;
  • Boshqa mamlakatning mustaqillik va demokratiyaga asoslangan
    boshqaruv idora usuli va shakilarini o‘rganish, ta’sis majHsini
    o‘tkazishga tayyorgarlik ko’rish;
  • Turkistonning hamma shahar, qishloq va ovullarida mitinglar o‘tkazilib,
    siyosiy, ijtimoiy xutba (ma’ruza )lar o‘qitish;
  • Eski ma’muriy rahbarlami yangilari bilan almashtirish yo‘llarini xalqqa
    tushuntirish;
  • Turkistondagi barcha millat vakillari orasidagi eski ixtilofiami bartaraf
    etish va boMajak ixtiloflaming oldini olish;
  • Turli millat va firqalar bilan a’loqada boMib, musulmon xalqining
    talabini va o‘z vakillari orqali ma lum qilmoq, zarur boMganda esa ulardan yordam oimoq.
    “Sho‘roi islomiya” tomonidan Toshkentda 16-23 aprelda Umum Turkiston musulmonlarining birinchi qurultoyi chaqiriladi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilinadi: Muvaqqat hukUmatga munosabat; Rossiyadagi boshqaruvning shakli haqida; Ta’sis majlistga tayyorgarlik; Turkistonda mahalliy fuqarolami boshqaruv idorasi; 0‘lkadagi diniy- shariat muassasalarni yangilash; diniy mahkama boshqarmasini tashkil
    298
    www.ziyouz.com kutubxonasi etish; O/iq-ovqat, urushga munosabat; Urush ortida ishlayotgan mardikorlar; “Sho‘roi islomiya”ning o‘lka markaziy tashkilotini tashkil c-tish; ‘‘Sho’roi islomiya”ning ijroiya qo‘mitalariga munosabat; Umumrossiya musulmonlari syezdiga delegatlar saylash; yer-suv masalasi.
    Qurultoy Rossiya konstitutsiyasini qayta ishlash, Rossiya Federativ Demokratik Respublikasi tarkibida milliy-hududiy-federativ demokratik respublika tashkil etish haqida qarorlar qabul qiladi. Shuningdek, qurultoy Turkiston o‘lka musulmonlarining Markaziy sho‘rosini ta’sis etadi. Unga Mustafo Cho‘qayev rais, Zaki Validiy To’g’on kotib etib, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo’ja Behbudiy, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev, Toshpo‘latbek Norbo’tabekov, Islom Shohiahmedov va boshqalar rayosat a’zosi bo’lib saylanadilar. Qurultoyda qatnashgan rus firqalari vakillari ham muxtoriyat masalasini qo’llab-quvatlaydilar. 12- iyunda Turkiston musulmonlarining o’lka Markaziy sho’rosi (Milliy markazi) majlisi bo’lib, unda uning Nizomi qabul qilinadi.
    Milliy hokimiyat uchun kurash avj olgan bir paytda jadidlar bilan eski ulamolar o’rtasida kelishmovchilik juda keskin tus oladi. Ulamolar 1917-yil iyunda “Sho’roi islomiya” dan ajralib chiqib, “Sho’roi ulamo” ni tashkil etadilar. Bu bilan ular milliy manfaat va demokratik harakatga
    xiyonat qiladilar.
    “Sho’roi ulamo” tashkiloti o’zining “Al-lzoh” jumalini ham tashkil
    etadi. Bu jurnalda mutaassiblik bilan taraqqiyotparvarlikka oid maqolalar ham bosilib turadi. Ulamochilar ham milliy istiqlol tarafdori edi. Lekin ular jadidlardagi dunyoviylik bilan kelisha olmay, jadidlarni shariatga xiyonat qilishda nohaq aybladilar.
    Jadidlar bilan ulamolar o’rtasida kelishmovchilik Toshkent shahar Dumasidagi deputatlar orasida ham kuchli bo’ldi.
    Sentabr oyining boshlariga kelib, bolsheviklar ta’sirida rus va ishchi askar sovetlari Toshkentda hokimiyatni o’z qo’liga kiritish yo’lida mahalliy xalq manfaatini xaspo’shlashi hokimiyat uchun kurash masalasini juda murakkablashtirib yubordi. Shuning uchun ham jadidlar tashabbusi 1917-yil 7-11 sentabrida bo’lib o’tgan Turkiston musulmonlarining ikkinchi o’lka quriltoyida ko’rilgan asosiy masala mahalliy hokimiyatni tashkil etish masalasi bo’ldi.
    Qabul qilingan qarorda, umumxalq manfaatini to’la ifoda etuvchi koalitsion hukumat tuzish g’oyasi olg’a suriladi. Bu to’g’rida “Turkestanskiye vedomosti” gazetasi shunday deb yozadi: “Turkiston musulmonlarining ikkinchi o’lka qurultoyi hokimiyat ishchi va dehqon
    299
    www.ziyouz.com kutubxonasi deputatlari sovetlariga berilishiga qarshilik bildiradi. Hokimiyat koaiitsion ya’ni umumxalq hokimiyati boMmogM va mamlakatdagi barcha kuchlarga suyanmog’i lozim” (1917-yili 13-scntabr).
    Qurultoy bolsheviklarning “Butun hokimiyat sovetlarga!” degan shioriga nisbatan jiddiy norozilik bildiradi. Koaiitsion hukumat masalasini Turkislondagi ko’pchilik rusiyzabon aholi va sotsial-demokratik partiyalar ham qoMlab-quvvatlaydilar.
    Jadidchilik harakatining so‘1 qanotiga aylangan “Sho’roi ulamo” namoyondalari ham bolsheviklarning hokimiyat masalasidagi bir tomonlama sinfiy qai’ashlariga Toshkentda (17-20-sentabrda) Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining qurultoyini chaqirib qaltiq zarba beradi. Ushbu qurultoy quyidagi qarorlami qabul qiladi:
  1. “Sho‘roi Islomiya*’, “Sho’roi Ulomo”, ‘Turon”,va boshqa Turkiston va Qozog’istondagi hamma musulmon tashkilotlarini birlashtiruvchi •‘Ittifoqi-ul-musulimin” partiyasini tashkil etish.
  2. Rossiya demokratik respubiikasi tarkibiga kiruvchi Turkiston Federativ Rcspublikasini tashkil etish.
    Turkiston Federativ respublikasining tarkibi 12 kishilik Turkiston o‘lka qo‘mitasi, 5 yillik muddatga saylanuvchi “Mahkami sha’riya” (Parlament) hamda “Shayxul islom” (Bosh prokuror) dan iborat boMishi bclgilanadi.
    Qurultoy hokimiyat to‘g‘risida quyidagicha qaror qabul qildi: ‘Turkiston oMkasining 98 foiz nufuzini tashkil etuvchi 10 million musulmon rus inqilobi e’lon qilgan Hurriyat, Tenglik, Birodariik asoslarida milliy-madaniy muxloriyat huquqiga mutloq ravishda ega, mahalliy hokimiyat birinchi navbatda musulmon vakillaridan, ham maMum miqdorda boshqa siyosiy tashkiiotlar vakillaridan tashkil topib, ta’sis etiluvi lozim. Hokimiyatning tasodifiy yerli aholi manfaatiga yot boMgan kichik guruhlardan tuzilgan ishchi, askar va dehqon tashkilotlarining qoMida jamlanuvi xalqchillik asoslariga ziddir va
    mahalliy musulmon xalqiga odil hayot tuzumini ta’minlab beruvi amri maholdir.”
    Qurultoyda ocharchilik xavfining oldini olish uchun 1917 yilda 50 foizga qisqartirilgan paxta maydoni butunlay tugatilib, hamma yerga faqat bug‘doy va boshqa don ekilishi alohida ko‘rsatildi.
    OMka musulmonlari markaziy sho‘rosi-”Sho‘roi islomiya” (Milliy markaz) Toshkentda hokimiyatni bolsheviklar bosib olishga tayyorgarlik ko‘rayotganligidan tashvishlanib, hokimiyatni qanday yoM bilan boMsa-
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    300 da, qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatlardan foydalanishga harakat qiladi.
    Jadidchilik harakati juda qisqa muddatda, ayniqsa, rus fevral inqilobi g‘alabasidan so‘ng, eng ta’sirchan ijtntioiy-siyosiy va madaniy- ma’rifiy kuchga aylandi. U millatda ijtimoiy-siyosiy ongni uyg’otishga, isliqlolga ishonch ruhini tarbiyalashga muvaffaq bo’ldi.
    Bu darvga kelib jadidlar nafaqat musulmon balki, rusizabon xalq orasida ham rahbar kuch sifatida katta nufiiz va obro‘-e’tiborga ega bo’ldi. Ular milliy demokratik va ozodlik harakatlariga rahbarlik qildilar. Demokratik inqilob g’alabasidan so‘ng to‘la demokratlashgan Rossiya tarkibida demokratik Milliy Muxtoriyat hukumatni tashkil etib, milliy davlatchilikni tiklash uchun jadidlar omma orasida tashkiliy-targ‘ibot ishlarini jonlantirdi. Buni rusiyzabon xalqlar va ko‘pchilik rus sotsial- demokratik partiya va tashkilotlar ham qoMlab-quvvatladilar.
    Xulosa shuki, jadidlaming jasoratli va zahmatli, bunyodkorlik va islohotchilik buyuk ijodiy -ma’rifiy mehnatlari samarasi oMaroq, XX asr boshlariga kelib, Turkistonda tarixan haqiqiy Milliy Uyg’onish (Renessans) hodisasi (davri) paydo boMdi. Bu davmi ikkinchi bir ma’noda
    jadidlar Renessansi (uyg’onishi) deb aytish ham haqiqatga to‘g‘ri keladi. Milliy Uyg‘onish yoki jadidlar Renessansi hodisasi tarixiy taraqqiyotning so‘nggi bosqichidagi uchinchi uyg‘onishi bo‘ldi. U oldingi !X-XII va XIV-XV asrlardagi ikki buyuk Uyg‘onishlaming tarixan qonuniy davomi sifatida yuz berdi. Lekin utardan farqli ravishda aniq miiliylik xususiyati va diniy-dunyoviylik mazmun hamda mohiyatga ega
    bo’ldi.
    Shuningdek, yuqoridagi mana shu o’zlariga xos va mostik bilan
    birga, bu uch llyg’onishda o‘zaro umumiylik ya’ni tarixiy bag‘rikenglik ham mayjuddir. Avvalo, Milliy Uyg’onish bilan oldingilarning orasida birinchisidan 12-9, ikkinchisidan 7-6 asrlar farq bo‘lsa-da, ulardagi umumiylik din bilan dunyoviylik o‘rtasida o’zaro mo’tadil uyg‘unlik munosabati hukmron boMdi. (kkinchidan, birinchi Uyg‘onish qadim antik dunyo madaniyatini «uyg’otib, tiriltirilgan» bo’lsa, ikkinchi Uyg‘onish shu birinchi uyg‘onishni qayta uyg‘otdi. Jadidlar esa bu tarixiy an’anani davom ettirdi. Oldingi ikki Islomiy uyg‘onishlami «tiriltirib», «qayta uyg’otib», ularni XX asr dunyo tamadduni (tsivivlizatsiyasi)ga mosiab yanada takomil toptirdi.
    Muborak istiqlol yillarida tarix fani va ayniqsa, jadidshunos adabiyotchi katta olim Begali Qosimov yaratgan jadidshunoslik ilmiy maktabining so’nggi xulosasi, qoMga kiritgan yutuqlari mana shu
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    301 yuqoridagilardan iborat boMdi. Shuni ham aytish joizki, jadidchilik harakati davrida o’z mazmun va mohiyati hamda ko‘rinishiga ko‘ra Milliy Uyg’onish davri boMganligini o‘z vaqtida jadidlarning o‘zlari ham qayd etgan edi. Masalan, Mirmuxsin Shermuhammedovning «Turkiston boboyi» (1916 y.) maqolasi, Laziz Aslzodaning «Turkistonning milliy uyg‘onishi tarixi» asari va Vodud Mahmud ham o‘z maqolalarida «uyg’onish» so-zlarini ishlatgani bunga misoldir.
    Turkistondagi Milliy Uyg‘onish – jadidlar Renessansini xorijdagi olimlar ham tan olib, o‘z asarlarida bunga amal qilmoqdalar. Shu o‘rinda yapon olimi Xisa Komatsu o‘zining «Chig’atoy gurungi»da «’lurk dunyosini uyg‘otish yo‘lida jon tikkan adiblar» iborasini ishlatilishi va nemis olimasi Ingobarg ham Turkiston uyg‘onishi haqidagi yozganini eslash kifoyadir. Shuningdek, 0‘zbekiston Prezidenti [slom Karimov jadidlar Uyg‘onish davriga asos solganligini e’tirof etgan holda shunday deydi: «XX asr boshida, mustamlakachilik zulmiga qaramay, xalqimiz yangi ufqlarga – milliy va erkinlik sari intilib yashashgan bir davrda
    buyuk ajdodlarimiz – jadidlar tomonidan amalga oshirilgan bu ulkan ish, bu harakaini o‘ziga xos ma’naviy jasorat namunasi, deb alash mumkin».
    Haqiqatan ham jadidlar yuqorida ko’rsatib o‘tilganligi va musulmon mutaassibligi kuchli boMishiga qaramay jamiyatda tub madaniy – taraqqiy burilishi yasashga muvaffaq boMdilar. Turkistonda milliy tafakkur o’zgardi, millat ijtimoiy g‘aflat uyqusidan uyg‘onib siyosiy va ma’rifiylashdi. Millat adabiyoti yangilandi, milliy teatr maorif va maktab. matbuot, madaniy-ma’rifiy uyushma (jamiyat) va siyosiy partiyalar paydo boMdi.
    Bulaming samarasi ila butunlay yangi, ya’ni jadid madaniyati rivoj topdi. Bu madaniyat hozirgi zamonaviy madaniyatimizning poydevor toshi boMdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *