JISMONIY RIVOJLANISH. ANTROPOMETRIYA

Insonning fizik rivojlanishi deganda morfologik va funksional belgilar yig’indisi, o’zaro bir-biri bilan bog’liqligi tushuniladi. Bola organizmini shakllanish va rivojlanish jarayoni intensiv kechadi, tashqi muhitga alohida sezgirligini aniqlaydi. Bolaning jismoniy rivojlanishiga iqlim sharoiti, yashash sharoiti, kun tartibi, ovqatlanish xarakteri ta’sir qiladi, shuningdek o’tkazgan kasalliklari. Jismoniy rivojlanish tempiga irsiy omillar, konstitutsiya turi, moddalar almashinuvi intensivligi, organizmning endokrin foni, qondagi fermentlar aktivligi va oziqlanish bezlari sekresiyasi ham ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, bolalarni jismoniy rivojlanishini tengligi, ular sog’ligini ishonchli ko’rsatgichi bo’lib hisoblanadi.

Bolalarni jismoniy rivojlanishini baholashda quyidagi ko’rsatkichlarni hisobga olish kerak:

1.​Morfologik ko’rsatkichlar: tana vazni va bo’yi, ko’krak qafasi aylanasi, 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda bosh aylanasi.

2.​Funksional ko’rsatkichlar: o’pkaning tiriklik sig’imi, barmoqlar mushak kuchi va boshqalar.

3.​Mushaklar va mushak tonusi rivojlanishi, qaddi-qomat holati, tayanch-harakat apparati, teri osti yog’qatlami rivojlanishi, to’qimalar turgori.

Tana uzunligi. Tana uzunligi ko’rsatkichi jismoniy rivojlanish bosh?a ko’rsatkichlarga nisbatan stabil hisoblanadi. Bola hayotining birinchi 3 oyligida bo’yi eng yuqori tempiga  chiqadi.Bola to’g’ri rivojlanganda birinchi oylarida byining o’sishi 11-12 sm, uch yoshligida – 8 sm, 4 yoshda – 6 sm. 4 yoshda bolaning boyi 100 sm ga yetadi. Keyinchalik (10 yoshgacha) bo’yining o’sganligini aniqlash uchun quyidagi formuladan qo’llaniladi:

Bola bo’yining uzunligi 

R = 100 sm + 6 (n-4),

n – bolaning yoshi, 6 – o’rtacha har yili qo’shiladigan bo’yi uzunligi, sm. Eng intensiv bo’yi 5-7 yoshga va jinsiy shakllanish boshlanish davriga to’g’ri keladi.

Tana vazni. Bu labil ko’rsatgich bo’lib, konstitusion xususiyatlar, nerv-endokrin  va somatik buzilishlar ta’sirida o’zgarishi mumkin, u ekzogen sabablarga ham bog’liq (ovqatlanish, kun tartibiga). Bolaning tana vazniga eng intensiv qo’sqilishi 1 yoshgacha va pubertat davrga to’g’ri keladi. 

Chaqaloqlarda o’g’il bolalarda o’rtacha tana vazni 3494 gr, qizlarda – 3348 gr. 4 -4,5 oyligida bolaning tana vazni 2 barobarga, 1 yoshda 3 barobarga ortadi. 1 oyligida bola 600 gr, 2 va 3 oyligida 800 gr qo’sqiladi. 3 oylikdan keyin tana vazniga qo’sqilishi xar bir keyingi oylar uchun quyidagicha topiladi, keyingi oylarga qo’sqilishi 50 gr yoki 

 

quyidagi formula orqali aniqlanadi:

 

X = 800 – 50 x (n – 3),

X – kutilayotgan xar bir oyda qo’sqiladigan tana vazni, n – oylar soni.

Bolalarda tana vaznining ortish tempi 2 yoshdan keyin sekinlashadi va  o’rtacha xar yili 2 kg ni tashkilqiladi.

 

10 yoshgacha bolalarda kutilayotgan tana vazni quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

 

R = 1 yoshli bola tana vazni + 2 kg x (n -1), 

R – kutilayotgan vazn, n – yoshi.

 

10 yoshdan keyin tana vaznining I.M.Voronsov formulasi bo’yicha aniqlash mumkin:

10 yoshdan katta bola tana vazni = yoshi x 3 + oxirgi yoshi soni

 

Tana yuzasi maydonini aniqlash

 

Tana yuzasining maydoni  (м²)= √tana vazni (kg) x bo’yi (sm) : 3600 

 

 

Bosh va ko’krak qafasi aylanasi. Tug’ilganda yetuk chaqaloqlarda bosh aylanasi 33 – 37,5 sm, u ko’krak qafasi aylanasidan 1-2 sm dan oshmasligi kerak. 

Birinchi 3-5 oyligida har oyda 1-1,5 sm, keyingi oylarda 0,5-0,7 sm qo’sqiladi. Bir yoshda bosh aylanasi 10-12 sm ortadi va 46-48 sm ga yetadi. 1-3 yoshda bolaning bosh aylanasi bir  yilda 1 sm ga ortadi. 4 yoshdan bosh aylanasi har yili 0,5 sm ga ko’payadi. 6 yoshda 50-51 sm, keyingi yillarda 5-6 sm ga ortadi.Chaqaloqlarda ko’krakqafasi aylanasi 33-35 sm. hayotining birinchi yilida har oyda qo’sqilishi o’rtacha 1,5-2 smni tashkil qiladi. Bir yoshda ko’krak qafasi aylanasi 15-20 smga ortadi, keyin bu ko’rsatkich intensiv oshishi pasayadi va maktabgacha yoshdagi davrda 3 sm, maktab yoshida 1-2 sm yilida ko’payadi. Ko’pchilik yetuk tug’ilgan chaqaloqlarda ko’krak qafasi oldi – orqa o’lchami, ko’ndalang o’lchamdan kichik yoki unga teng. hayotining birinchi yili oxirida ko’ndalang o’lchami orqa – oldi o’lchamidan kattaroqbo´ladi va ko’krak qafasi shakli kattalar konfigurasiyasiga yaqin bo´ladi, ya’ni kengayadi.

Jismoniy rivojlanishni baholash va monitoring qilishuchun ma’lum vaqt ichida bolani o’lchab turish zarur:

➢ tana vazni va qo’sqilish tezligi;

➢ bo’y o’sish tezligi

➢ bosh aylanasi va o’sish tezligi;

➢ psixomotor va aqliy rivojlanishi.

 

Tana vaznini qaysi vaqtlarda va necha marta o’lchash kerak?

Birinchi o’lchash​

tug’ilganda

Ikkinchi

15 kunlik

Uchinchi

30 kunlik

Har oyda​

Bir yoshgacha

Har 3 oyda

1-3 yosh

Har 6 oyda

3-5 yosh

Har yili

Keyingi yoshlarda

Bolaning xronologik yoshi yillarda va oylarda ko’rsatiladi. Masalan:

O’lchangan vaqti:                          2003, 30 aprel=03.04/12

Tugilgan vaqti:                             2001, 29 mart=01.03/12

Xronologik yoshi:                         03.04/12- 01.03/12=02.1 (2 yosh 1 oy)  

 

Jismoniy rivojlanish monitoringini o’tkazish orqali o’sishning orqada qolishini klinik belgilar yuzaga kelishidan oldin aniqlash mumkin.

hamma bosqichlarda bolada  o’tkaziladigan o’lchashlar – bo’yi, tana vazni, bosh aylanasi standart diagrammada nuqta ko’rinishida  belgilanadi va jismoniy rivojlanishning (egri chiziq) grafigi tuziladi, diagrammaning o’zi bolaning rivojlanish kartasida bo’lishi kerak.

Har bir grafikda 5 ta egri chiziq bo’lib, ulardan asosiylari – mediana 0, -2 va +2 standart og’ish (SO) hisoblanadi. 

Bo’yi va vazni -2SO va +2SO ga to’g’ri kelgan bolalarning jismoniy rivojlanishi normada hisoblanadi. 

-2SO dan past va -3SO  gacha bo’lgan, +2SO dan yuqori va +3SO gacha bo’lgan natijalar past va normadan yuqori xisoblanadi va bunday bolalar ozish va semirishga moyil bo’lgan bola sifatida alohida e’tiborni talab qiladi.

-3SO dan past va +3SO dan yuqori ko’rsatkichli bolalar yomon ko’rsatkichli hisoblanadi. 

Bola rivojlanishi proporsionalligini baholash uchun ba’zi antropometrik indekslardan foydalaniladi. 

Chuliskiy indeksi (Oziqlanishni baholash indeksi): 

3 x yelka aylanasi, + son aylanasi+ boldir aylanasi – tana uzunligi. 

Bir yoshgacha bolalarda 20 – 25 sm, 2 – 3  yoshda – 20sm, 6 – 7 yosh 15-10 sm.

Erisman indeksi.  Ko’krak aylanasi (sm) – yarim bo’yi (sm). 

Bolaning ko’krak qafasi rivojlanishi va oziqlanishini xarakterlaydi. 

 

Ko’krak qafasi aylanasi bir yoshgacha bolalarda bo’yining yarmidan 10-13,5 sm ga ortiq, 2-3 yosh – 9 – 6 sm, 6 -7 yosh 4 – 2 sm, 8 -10 yosh – 1 smdan katta yoki 3 smdan kichik. Bolaning jismoniy rivojlanishini individual baholashda shu region uchun maxsus ishlab chhilgan antropometrik ko’rsatgichlarni normativ va standartlar bilan taqqoslash, bolaning klimatogeografik  yashash sharoitini hisobga olish lozim. Taklif qilingan normativlar bilan bola rivojlanishini  morfofunksional baholash, sigmal  regression yoki sentil usullarda bajarilishi mumkin. 

Tishlari. Bir yoshdan keyin (14 – 16 oylarda) kichik ildizli tishlar yorib chiqadi (oldingi tishlar), 16 –  20 oylarda yon tishlar, 20 – 24 oylarda orqa kichik ildizli tishlar chiqadi. Bola 2 yoshligida 20 ta sut tishlari bo´ladi. Sut tishlari sonini aniqlash uchun, bola 2 yoshgacha bo’lishi kerak, hayotini oylari sonidan 4 ayiriladi. 

Misol, 1 yoshda bolani (12 – 4) – 8 ta tishi bo´ladi, 18 oylarda (18 – 4) – 14 tishi va boshqalar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *