Koreya, Yaponiya, Hind-Xitoy, Indoneziya va Seylon xalqlari orasida sinfiy jamiyat va davlatning shakllanishi.

Miloddan avvalgi oxirgi va milodiy birinchi asrlarda Xitoy va Hindistonning sharqiy va janubiy qoʻshnilari – Koreya, Yaponiya, Hind-Xitoy, Indoneziya va Seylon xalqlari oʻrtasida sinfiy jamiyat shakllana boshladi. Bu jarayon bu xalqlarning ichki taraqqiyoti – metall mehnat qurollarining paydo boʻlishi, dehqonchilik, hunarmandchilikning rivojlanishi, xususiy mulk va mulkiy tengsizlikning yuzaga kelishi, qabilaviy tashkilotning asta-sekin yemirilishi natijasi boʻlgan. Bu jarayonni tezlashtirishda Xitoy va Hindistonning qudratli imperiyalari bilan hamkorlik katta rol o‘ynadi.

Leave a Reply