LOKAL (MAHALLIY) JAVOB VA DEPOLYARIZATSIYANINGKRITIK DARAJASI

LOKAL (MAHALLIY) JAVOB VA DEPOLYARIZATSIYANING
KRITIK DARAJASI
Agar nerv tolasiga qisqa vaqt davomida kuchsiz elektr toki ta‘sir ettirilsa, tola ichidagi
elektrod tinchlik potensialining sal o‘zgarganini qayd qiladi. Bu elektrotonik
potensialdir. O‘zgarmas elektr toki bilan nerv tolasiga ta‘sir etilganda membrana
potensialining o‘zgarishi katod (manfiy elektrod) va anod (musbat elektrod) atroflarida
turlicha boladi. Tok ulanganda sirtdan o‘rnatilgan katod tagida depolyarizatsiya kelib chiqadi, bu o‘zgarish katelektroton deyiladi. Shu vaqtning o‘zida anod ostida giperpolyarizatsiya, ya‘ni anelektroton ro‘y beradi. Kuchsiz o‘zgarmas tok ta‘sirida membranada vujudga keladigan katelektrotonik va anelektrotonik o‘zgarishlar sof fizik tabiatga ega bolganidan ular potensialning sust (passiv) o‘zgarishlari deyiladi. Ammo bu
sust o‘zgarishlar membrana qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir etadi: katelektrotonga uchragan
qismida qo‘zg‘aluvchanlik oshadi, anelektrotondagi sohani qo‘zg‘atish qiyinlashadi.
Elektr toki kuchi ozroq oshirilsa, bo‘sag‘adan past ta‘sirlash samarasi kuzatiladi:
katelektrotonik potensialga yana oz miqdorda depolyarizatsiya qo‘shilib, mahaalliy
(lokal) javob shakllanadi. Membrana potensialining bu tarzda o‘zgarishi tarqoq emas,
shuning uchun u lokal javob, deb atalgan. Lokal javobning miqdori kritik darajaga yetsa,
harakat potensiali vujudga keladi. Ko‘pchilik tolalar uchun membrena potensialining –
70-80 mV dan –50 mV gacha kamayishi kritik daraja hisoblannadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *