M o’g’ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash Jaloliddin M anguberdi Mo‘g‘ul davlatining tashkil topishi. Chingizxon va Xorazmshoh munosabatlari

Mo’g’ullar haqida juda ko’plab ma’lumotlar mavjud bo’lib, ular menu (menva) nomi ostida Xitoyning Tan sulolasi (618-908) solnomasida ilk bora tilga olinadi. Mo’g’ul atamasi haligacha o’zining ilmiy isbotiga ega emas. Ular Oltoy va Janubiy Sibirdagi turkiy qabilalarga yaqin va qondosh bo’lganliklari chtimoldan xoli emas. Bu xususda olimlar,turli fikrlami bildiradilar. Mo‘g’ul etnogcnezi ham murakkab masaia bo’lib, har holda elat sifatida ular XIII asrda yuzaga kelgan bo’lishlari kerak. X- XI asrlarda esa asli Amur daryosi bo’ylarida yashagan 16 ta urug‘- aymoqlarga bo’lingan tatan (tatar)larning tarkibiy qismi sifatida ularning bir urug’idan alohida, moxe (mo’g’ul) qabilasi vujudga kelgan deyiladi. Bu qabila tezda kuchayib, 1135-39 yillari Xitoyga qator yurishlarni amalga oshirishadi. Hatto Xitoy imperatorlari 1147 yili mo’g’ullar bilan
ittifoq tuzishga ham majbur boMishadi.
Xli asr o’rtalariga kelib Baykal ko’li atrofi, hozirgi Mo’g’uliston
hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining ko‘pchiligi mo’g’ullar rahnomasi Yesugay bahodir ta’siriga o‘ta boshlaydilar. Lekin unga qarshi turgan tatar, markit qabilalarni bo‘ysundirish osonlik bilan kechmaydi. Yesugayni tatarlar ziyofat paytida xiyonatkorona o‘ldirishgandan so’ng, uning o‘g‘li boimish Temuchinning ta’siri mo‘g‘ullar ichida ko‘tarila boshlaydi. Temuchin (1155-1227) (m o‘g ‘ulcha, temir uslasi)-kuchli va tadbirkor, ayyor sarkarda bo’lib,
parokanda qabilalarni turli yoMlar bilan o’z qo‘li ostida mustahkam birlashtirgan shaxs edi. 1186 yilda u boshqa bir mo‘g‘ul sarkardasi Jamuxa yordamida o‘zining eski raqibi markitlami bo‘ysundiradi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra bu g‘alabadan so’ng mo‘g‘ul no’yon (harbiy boshliq!ar)lari va navkarlari uni olqishlab, mo’g’ul hukmdori-xon deb e’lon qilishgan. XIII asr boshida esa yana bir boshqa kuchli qabila tatarlar ustidan ham g’alaba qozoniladi. Temuchin 1203 yili kerayitlarning xoni O’ngxonni mag’lub etib, qo’ng’irot va naymanlar ustidan az
hukmronligini o’rnatdi.
180
www.ziyouz.com kutubxonasi

Mcrg:u)larni birlashtirish chog’ida Temuchin kuchli harbiy tuziImani tashkil etdi. Unga ko’ra ino‘g‘ul qabilalari mingliklarga bo‘lingan bo’lib, ti butun bir boshli harbiy okrug va/.ifasiga to‘g‘ri kelar edi. Okruglar tepasiga sadoqatli kishiiar qo’yilar edi. Temuchin juda intizomli, sadoqatli va o‘ta jangovar harbiy tu/ilmalarni yaratishga muvaffaq bo’ldi. Ularni boshqarishni esa avvalo, o’z o‘g’iilari-Jo‘chi, Chig‘atoy, O’gedey, Tuli, xotini Burtc-fujen, safdoshlari Subutov. Jebelarga topshirdi. O’z hokimiyatini toMiq mustahkamlab olgach Temuchin 1206 yili mo‘g‘ullarning timum qurultoyi (qurultoy halq xohishi degan ma’noni anglatgan)ni chaqiradi. Qurultoyda u oliy mo‘g‘ul hukmdori-xon deb tantanali e’Ion qilinib, unga bosh shaman Teb-Tangriy “Chingizxon” degan faxriv nom beradi. Chingiz so‘zi larixchi Rashididdinning yozishicha, kuchli. buyuk degan ma’noni anglatadi.
Qurultoyda odat bo’yicha Chingizxon o’z tug‘i-bayrog‘ini ko‘tardi, 10 ta lavozim joriy etib uni o‘z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrpdagi Qoraqurum shahrini markaziy poytaxt deb belgiladi. 0 ‘z qo’li ostidagi mansablarni esa 3 toifaga bo£lib, ularga aniq vazifalanii bo‘lib berdi. Ularga Boorgu, Muxali, Nayaa ma’sul bo’ldilar. U c‘z qo‘shinlarini ham isloh etdi. Butun Mo’g‘uliston 95 ta harbiy-ma’muriy birlikka bo‘lindi. Yangi mo‘g‘ul davlati – Eke Mo’ng‘ul ulus (buyuk mo‘g‘ul davlati) deb atala boshlandi. Qurultoydan avvalroq 1203-yildayoq hali bir tizimga ega
boimagan qonunlar to‘plami vujudga kelib, u o‘z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bitik (nasihat)lami olgan edi. ”Yasoq” bizgacha to‘liq yetib keimagan bo‘lib, u turli ko‘rinishtarda, manbalarda qayd etiladi. “Yasoq” o‘z ichiga quyidagilarni kiritgan: xalqaro, shaxsiy, savdo va sud huquqlari. Chingizxon tayin etgan davlat bosh hakami Shiki- Xutuxuga “Yasoq”qa qarab ish tutishni qat’iy belgilab bergan edi. “Yasoq” qonunlari mo‘g‘ullarning qadimiy urf-odatlari, an’analari. mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan kelib chiqqan holda keskin va juda qattiq ohangda, patriarxal harbiy tuzumni o‘zida aks ettirgan ravishda tuzilgan edi. “Yasoq” qonunlarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan boMgan:

  1. Hukmdor (xon) “Yasoq’qa qat’iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va unga amal qilish, amal qilmagudek boisa, xonni umrbod qamash mumkin bo’ladi;
  2. Chingizxon mo£g‘ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga to’Ia diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi;
  3. Ayollar nasini davom cttiruvchi bo‘IganSiklari uchun ham, urush vaqtida ulaming gunohlari kechirilishi lozim:
    181
    www.ziyouz.com kutubxonasi
  4. Jazolash darajasi sifatida o‘lim jazosini eng ko‘p miqdorda qo‘llash;
  5. Bosib olinayotgan mamlakatlar xaiqlariga butkul rahm-shafqat qilmaslik.
    Chingizxon shaxsiy gvardiyasi sonini (keshiktan) 9000 kishigacha yetkazdi. Ular har 3 kunda navbatchilik qilar, ulaming ishini shaxsan xon nazorat qilar edi. 1204-yili uyg‘ur alifbosi mo‘g‘ul yozuvi uchun qabul qilindi. Shuningdek, mustaqil davlat belgisi boMgan muhr (tamg‘a) hamda taqvim qabul qilindi. Chingizxon 1209 yilda tang‘utlarni, 1211 -yilda uyg‘urlami, 1215-yilda esa shimoliy Xitoyni poytaxt Chjundu (Pekin) bilan birgalikda o‘ziga tobe qilib oldi. Xitoydagi Sin sulolasi tugatilib, juda katta oMja olindi. Xitoy yurishi vaqtida yuksak harbiy mahorat va urushning yangi usullari qoMlanildi. Madaniy jihatdan ancha qoloq
    mo‘g‘ulIar ko‘p jihatdan uyg‘ur va musulmon ahli tajribasidan keng foydalanishdi. Sharqiy uyg‘urlarning boshligM Ediqut (Saodatbek) Chingizxonning do‘sti va maslahatchisi, sobiq naymanlar xoni Tayanxonning muhrdori uyg‘ur Tatatunga esa mo‘g‘ullami savodga o‘rgatar edi. Musulmon savdogarlarini zehni, tadbirkorligiga Chingizxon doimo yuqori baho bergan edi. Shu bilan birga ulardan ko‘pincha ayg‘oqchilar sifatida ham foydalanar edi.
    Xitoyni zabt etgan Chingizxon shu bilan kifoya etib qolmasligi aniq edi. Badavlat Movarounnahr savdo ahli, oMkamiz behisob boyliklari, yuqori madaniyatli ajdodlarimiz yaratgan ajoyib me’moriy binolar, qolaversa qadimiy yurtimizning fayz-u tarovati mo‘g‘ullami anchadan beri o’ziga jalb qilayotganligi maMum edi. Musulmon mamlakatlarining behisob boyliklari to‘g‘risidagi afsona-rivoyatlarni eshitib, tekin oMja va boyish istagida boMgan m o‘g ‘ul harbiy zodagonlari Chingizxon boshchiligida zimdan harbiy yurish qilish istagida turar edilar. Chingizxon davlati g‘arbda Qipchoq choMlari, qoraxitoylarning ko‘chmanchi G‘arbiy
    Lyao (Si Lyao) va xorazmshoh-anushteginiylar davlati bilan chegaradosh edi. Shubhasiz uning g‘arbdagi eng yirik va kuchli qo’shnisi hamda raqibi buyuk Xorazmshoh-anushteginiylar davlati (1097-1231) edi.
    Sulton Qutbiddin Muhammad Oloviddin Xorazmshoh (Muhammad Xorazmshoh) (1200-1220) davriga kelib mamlakatning hududlari behad kengaya boshladi. Sulton o‘z onasi boMmish «Xudovandayi-jahon, dunyo va din saxovatpeshvosi Ulug1 Turkon- – ikki dunyo ayollari malikasi (Ismat ad-dunyo va ad-din Ulug‘ Turkon)» unvonini unga pesh qilib olgan qipchoq xoni Jonkishining qizi Turkonxotun harbiy ko‘magi hamda qoMlab-quvvatlashi natijasida o ‘z hokimiyatini mustahkamlab olishga, zafarli yurishlar qilishga muvaffaq boMdi. U 1203-yili G‘ur davlatini,
    182
    www.ziyouz.com kutubxonasi 1204-yili Hirotni, 1207-yili Buxoroni qoMga kiritadi. Sulton Otsiz (1127- 1156) davridan boshlab xorazmshohlar qoraxitoylarga o‘lpon to’lab turar, aks holda ko‘chmanchilar mamlakatga bostirib kirib, uni xonavayron qilishlari turgan gap edi. Muhammad Xorazmshohning qoraxitoylar bilan birinchi janggi 1207 yili muvaffaqiyatsiz yakun topgan edi. Sulton 1209 yili navbatdagi o‘lpon yig‘ish uchun kelgan qoraxitoylar elchisi Tushi olib kelgan yoriiqni namoyishkorona yirtib tashlab, uni o’limga mahkum etadi. 1210 yili sentabr oyida Sirdaryo bo‘yidagi Ilamish dashtida qoraxitoylar bilan bo’lgan bal qiluvchi jangda esa qoraxitoylar to’liq mag’lubiyatga uchrab, ularning lashkarboshchisi Tayangu oMdiriladi. Movaraunnahr butkul Xorazmshoh qoTiga o‘tib, hamma joylarda sadoqatli kishilar hokim etib tayinlandilar. Qoraxoniylar xoni Usmonxon xorazmshohlar
    vassaliga aylanib, Sultonning qizi Xon-Sultonga uylanadi. Xorazmshoh – Anushteginiylar davlati Sharqning eng buyuk davlatiga aylanib, o‘z ichiga Movarounnahr, Xuroson, Mozandaron, Kirmon, Iroqi Ajam. Ozarbavjon, Seiston, G’azna. Balx, Qandahor olkalarini olgan edi.
    Qoraxitoylar ustidan qozonilgan g‘alaba musulmonlarning «g‘ayridinlar» ustidan «buyuk g‘alabasi» deb ta’rillanib, sulton farmoniga ko‘ra musulmon olamining hamma o‘lkalariga bu xususda maxsus xitobnomalar tarqatildi. Mazkur g‘alabadan o‘ta ruhlangan Sulton Muhammad Xorazmshoh o‘ziga «Iskandari Soniy (ikkinchi Jskandar)» va saljuqiylarning buyuk sulloniga taqlid qilib «Sulton Sanjar» unvonlarini oladi. Davlat muhriga esa «zil Allohi fil ard» (Ollohning yerdagi soyasi) deb «kamtarona» yozdirishni buyuradi.
    1212 yili xorazmlik noib Do‘stobaning zo‘ravonligiga qarshi Samarqandda qoraxoniylar xoni Usmonxon boshchiligida isyon ko’tardilar. Isyonni qattiqqoMlik bilan bostirgan xorazmshoh Muhammad Usmonxon va 10000 dan ziyod kishini qatl ettirib, O’zgangacha bo‘lgan hududda yashayotgan barcha qoraxoniylarni qirg‘in-barot qildiradi.
    1215 yili Dashti qipchoq yurishida Xorazmshoh mo‘g’ullarning Jo‘chi boshchiligidagi harbiy qo‘shiniga duch keladi. Mo‘g‘ullar bu yerlarda Chingizxonning buvrug‘iga ko’ra markit qabilalariga zarba berish uchun yurish qilgan edilar. 0 ‘zaro to‘qnashuvdan so’ng mo!g‘ullai- Chingizxondan Xorazmshohlar davlatiga nisbatan yurish qilish xususida hech qanday ko‘rsatma olmaganliidari uchun orqaga chekindilar. Jurjoniyning yozishicha, sultonni har vaqt undan Sharqda joylashgan davlatlar qiziqtirar va uning Xitoy tomoniga harbiy. yurish qilish niyati nam boMganligi aniq edi. Lekin Xitoy Chingizxon tomonidan o‘sha yili
    jlinganligini eshitgan sulton bu holni tasdiqlatish va qolaversa
    183
    www.ziyouz.com kutubxonasi Chingizxon davlati xususida aniq ma’lumot olib kelish maqsadida savidlar avlodidan boMmish taniqli zot liahovuddin Roziyni o’z elchisi sifatida xon huzuriga jo ‘natadi.
    Bahovuddin Ro/.iy boshchiligidagi elchilik guruhini Chingizxon Pekinda qabul qilib. ularga ijobiy munosabatda bo‘ladi. Xorazm davlati elchilariga Chingizxon o‘zaro ikki davlat o‘rtasida tinchlik va do‘stlik hukmdorlik qilishi lozimligini uqtirib, o‘zini “Sharq hukmdori”, Xorazmshoh Muhammadni “G‘arb yerlarning egasi’’ deb ta’kidlaydi. Xitoy yerlariga endilikda yurish qilish nojoiz. ekanligini anglagan Xorazmshoh o!z diqqat-e’tiborini yana janub hamda g‘arb yerlariga qaratadi.
    1217-yili Bag‘dod xalifasi an-Nosir (1180-1225) suitonning Bag‘dodni unga topshirishi va uning nomini xutbaga qo‘shib o‘qisbini qat’iy rad etgach, Muhammad Xorazmshoh 100 000 kishilik qo’shin bilan abbosiylar xalifaiigiga yurishni boshlab vuboradi. Xorazmshohlar tangalari va xulbalardan xalifa nomi chiqarib tashlanadi. Sulton farmoniga ko‘ra. termizlik shayx Olainulk at-Termiziy xalifa etib tayinlanadi. Suitonning yuqoridagi hatti-harakatlari ko’pchilik ulamolar, din peshvolari tomonidan ma’qullanmaydi. Ular sultonga barcha musulmonlar diniy rahnamo xalifa ustiga yurish qilish, islom dunyosida xorazmshohga nisbatan salbiy munosabat keltirib chiqarishini tushuntirmoqchi bo‘ladi!ar. Ulamolar noroziligini hisobga olmagan Sulton ularning ko‘pchiligini jazoga tortadi, hatto taniqli shayx Majididdin Bag’dodiyni qatl ettiradi. Bu hoi diniy ulamolar, ruhoniylar, darveshlik guruhlari oldida sulton obro1 e’tiborining pasayishiga va unga qarshi muxolif kuchlar safming kengayishiga olib keladi. Bag’dod yurishi tabiiy ofatlar tufayli muvaffaqiyatsiz yakun topadi.
    Abbosiylar xalifaiigiga muvaffaqiyatsiz yurishdan so‘ng, 1218 yili Muhammad Xorazmshoh o‘zining yangi povtaxti deb e’lon qilgan Samarqand shahriga kirib keldi va xutba, tangalardan esa xalifa nomini chiqarib tashlash xususida farmon berdi. 0‘sha yili Muhammad Xorazmshoh Chingizxon huzuriga yana o‘z elchilarini vuboradi. Bunga javoban Chingizxon kechiktirmasdan qimmatbaho sovg‘alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o‘z clchilarini xorazmshohlar sultoni huzuriga yuboradi. Sultonga mo’ljallangan qimmatbaho sovg‘alar ichida Chingizxon o’lja olgan tuya o’rkachidek keluvchi oltin bo‘lagi ham bor edi. Elchilarga xorazmlik taniqli savdogar Mahmud Yalavoch (Mahmud al-Aromiy) rahbar etib tayinlanib, yana 2 ta odam, buxorolik savdogar Alixo‘ja va o‘trorlik Yusufqanqalar elchilik rutbasiga ega edilar.
    184
    www.ziyouz.com kutubxonasi Sulton Muhammad bu elchilarni 1218-yiI bahorida Buxoro shahrida qabul qiladi. lilchilar Chingizxon sultonning zafarli yurishlaridan xabardor ekanliklari, uni qudratli podshoh sifatida tan olib “o’zining eng ardoqli o‘g‘i!!ari qatorida” ko‘rishini bayon etishadi. Chingizxon o‘z nomasida kuch-qudrati zafarini ko‘rsatish ma’nosida Xitoy va qo’shni mamlakatlarni qanday kuch bilan egallaganligini ham aytib o‘tadi. Elchilar nomasi shubhasiz sultonga ma’qu! bo‘lmaydi. Ayniqsa, mo‘g‘ul davlatining xonini, uni o‘zining “o‘g‘li” qatorida ko‘rish, bu sharq ustamonligida qaram qilish yoki o‘z homiyligini olish degan ma’noni anglatishni sulton yaxshi tushunadi. Elchilarga sulton javobi ma’lum etnas, lekin o’sha tunda u o‘z yoniga Mahmud Yalavochni chorlab bor haqiqatni bayon etishni, uning xizmatiga o‘tib, maxfiy josus bo‘lib xizmat qilishni buyuradi. 0 ‘z hayotidan xavfsiragan Mahmud Yalavoch, muarrix an-Nasaviyning yozishicha, “sulton eshitishni xohlagan” ma’lumotni aytib, sulton taklifiga ko’nadi. Xorazmshoh unga qimmatbaho javohir sovg‘a qilib, Chingizxon bilan shartnoma tuzishga rozi ekanligini bildiradi.
    Chingizxon Mahmud Yalavoch guruhi xizmatidan, to’piangan ma’lumotlardan mamnun bo’ladi. Zero Yalavoch soxta “josus” rolini o‘ynab, bor haqiqatni Chingizxonga yetkazgan edi. 0 ‘sha yiliyoq, ya’tii 1218-yili, Chingizxon sulton Muhammadga o‘z minnatdorchtligini izhor etish va o‘zaro shartnoma tuzish maqsadida katta savdo va elchilar karvonini jo‘natadi. Ulkan savdo karvoni 450 ta musulmon savdogari va 500 ta tuyaga ortilgan qimmatbaho mollardan iborat edi. 0 ‘z davlati qudratini namoyon etish niyatida Chingizxon Tang‘ut va boshqa davlatlardan o‘lja olingan, janubiy Sibir va Xitoydan talab keltirilgan ajoyib, sara mollar bilan xurjunlarni toMdirgan edi. Karvon bilan, shuningdek, Chingizxon elchisi, mo‘g‘ullardan boMgan Uxuna ham boMib, u Xorazmshohga Chingizxon nomasini olib kelayotgan edi. Noma jahon fotihligiga da’vo qilayotgan Chingizxon nomidan buyruqnamo ohangda yozilgan edi. Unda jumladan, biz bundan buyon davlatlar
    o’rtasida tinchlik o‘matilishini buyuramiz…” deyilgan edi. Noma Chingizxon ochiq-oydin jahon egasi boMishga ishtiyoqi baland ekanligidan dalolat berar edi.
    Ushbu karvonda asli movarounnahriik boMmish Umarxo‘ja 0 ‘troriy, hammol Merokiy, Fahruddin Dizaqiy Buxoriy, Aminuddin Haraviy singari savdogarlar karvon sarbonlari hamda o’rda eichilari edilar. Karvon Urganch tomon yoM olgan edi. Lekin xorazmshohlaming chegara viloyati O’tror yerlariga kirib kelishi bilanoq bu karvon ushlab qolindi. O’tror
    185
    www.ziyouz.com kutubxonasi hokimi Inalxon (Inolchiq, uning forsiy taxallusi G’oyirxon edi) Turkon xotunning yaqin qarindoshi, Xorazmshohga yaqin shaxs boMgan. Inalxon. arab tarixchisi ibn al-Asir, an-Nasaviylarning yozishicha, Xorazmshoh ijozati bilan bu karvonlarni talashga buyruq berib, karvon a’zolarini josuslikda ayblaydi va ularni qirib tashlaydi. Talab olingan mollar Samarqand va Buxoro savdogarlari o’rtasida taqsimlanib, Xorazmshoh ushbu savdo mollari pulini o’ziga oladi. Ba’zi tarixiy manbalarda esa, Inalxon garchi karvonni to’xtatish buyrug‘ini olgan bo’lsa ham, o‘z holicha uni qirib tashiagan deb ham aytiladi. Nima boUganda ham, Xorazmshohlar qo’pol siyosiy xatoga yoM qo‘yib, elchilarni qirgMn-barot qildiradilar. 0 ‘tror fojeasidan so‘ng Chingizxon Ibn Kafrojiy Bug!roni
    ikki mulozim bilan Xorazmshoh huzuriga elchi etib jo‘natdi. As- Subqiyning yozishicha, Chingizxon O‘tror fojeasining aybdori Inalxonni tutib mo;g‘uilar qo‘liga topshirishini, elchilar o’limining sabablarini keskin tarzda so‘raydi. Mo‘g‘ullar bilan munosabatlami keskinlashtirmaslik uchun O’tror hokimini Chingizxon qo’liga topshirish kerak degan taklifni ko‘targan Jaloliddinning fikrini sulton rad etadi. Sulton buyrug’i bilan elchi bo’lmish Ibn Kafroj Bug’ro o’ldirilib, ikki mulozimning soqol-mo’ylovlari sharmandali tarzda qirib tashlanadi. Xorazmshoh mo’g’ullar bilan ertami-kechmi, urush bo’lishini yaxshi anglagan edi. Qolaversa, mamlakatda mo’g’ullar bostirib kirishi xususida turli mish-mishlar ham avj olgan edi. Nima bo’lganda sulton ham Chingizxonga shu yo’sinda dag’dag’ali javob berishga qaror qildi. Tarixchi Rashiddin o’zining «Jome at-Tavorix» asarida yozishicha
    Xorazmshohning ushbu dag’dag1asi va qilmishi «Chingizxonning yuragiga shunday ta’sir qildi-ki, unda ortiq chidam va toqat qolmadi. Nalrat o’ti bilan yonib u bir o’zi tepalikka ko’tarildi, bo’yniga belbog’ini tashlab, bosh yalang yerga yotib ibodat qildi. Uch kungacha yig’lab xudoga nola qilib yordam so’radi…»
    Chingizxon islom olamining dushmani bo’lib qolmaslik uchun shunday yo’l tutdi-ki, urush boshlanishiga rasman Xorazmshoh sababchi boMib qoldi. O’zini esa “Olijanob xaloskor” deb hisobladi. Aslida esa urush boiishini u har jihatdan xohlar edi. Albatta Xorazmshoh ham katta xatoga yo‘1 qo’ygan edi, lekin urushning sababchisi va boshlovchisi u emas edi.
    Mo’g’ullar Xorazmshoh ustiga harbiy yurish qilishdan avval, xonning buyrug’iga ko’ra harbiy sarkarda Jebe Yettisuv va Qashg’ar ustiga 1218 yil harbiy yurishlar qilib, Kuchluk davlatini tor-mor keitirdi. Musulmonlarni doimo ta’qib etib kelgan Kuchlukka qarshi bosh ko‘targan
    186
    www.ziyouz.com kutubxonasi Sharqiy Turkiston islom ahli Jebeni naymanlar zulmidan ozod etuvchi «xaloskor» deb qabul qildi. Zero, Jebe musulmonlar uchun din erkinligi kafolatlanishini e’lon qilib, mo‘g:ullar hukmronligini mustahkamlagan edi. Shunday qilib mo‘g‘ullar O’rta Osiyoga harbiy yurish qilishdan avval zahira kuchlarini mustahkamlab Talas vodiysigacha bo’lgan yerlarni o‘z imperiyalari tarkibiga qo’shih oldilar. Shunday qilib ular bevosita Xorazmshohlar bilan ehegaradosh bo’lib qoldilar.
    XIII asr boshlaridan Xorazmshoh Anushteginiylar davlati yuqorida ta’kidlanganidek, o‘z hududining kengligi, saltanat egasining nufuzi, xaiqning salohiyatligi, madaniyatliligi, xo‘jalik hayotining yuqori saviyaligi bilan musulmon olamida buyuk davlat sanalar edi. 0 ‘zining ko‘proq qang‘li-qipchoq hamda turkmanlardan iborat muntazam qo‘shiniga ega edi. (Ma’lumotlarga ko‘ra umumiy qo‘shinning soni 400.000 ga qadar yetib, bu mo‘g‘ullar qo‘shiniga nisbatan 2 barobar ortiq edi.) Davlat musulmon olamida qabul qilingan qonun chiqaruvchi-dargoh hamda ijroiya-devonlar tizimida boshqarilar, davlat boshlig‘i sulton hokimiyatining huquqlari hech bir qonun-qoida bilan chegaralanmagan
    edi. Saltanatni hokimlar, noiblar, vazirlar, lashkar boshltqlaridan iborat kuchli harbiy aslzoda guruhlar, mustavfiy (dafiardor hisobchilar), qozilar, sadrlar va boshqa ko‘plab saroy mansablaridan iborat ulkan arkoni davlat doirasi qurshab turar edi.
    Hokimlar ko‘p holda o‘z bilganicha ish tutishar, soiiqlar to‘plashning ham aniq tizimi yo‘q edi. Hashar yo‘li bilan biron-bir yo‘l, ko’prik, qal’a va boshqa mshootlarni qurish (suhra giriftan) keng tarqalgan edi. Davlat ahvoli tang boUganda ko‘p holda iqtodorlarga ishonch qolmas edi. Ayrim viloyat hokimlari shaxsan Turkon xotunga bo‘ysunib, o‘z bilganlaricha ish tutar edilar. Sulton Muhammadning volidasi Turkon xotunning qo’shin oliy sarkardalari boMmish qipchoq sarkardalari bilan aloqasi mustahkam, o‘zi shu qabilaga mansub boMganligi uchun ularni hamisha qo‘llab-quvvatlab turar edi. Sarkardalar, qo‘shin boshliqlari, vazirlar, hokimlar ko‘p holda uning ijozati va ko‘rsatmasi ila tayin etilar, ular ham
    o‘z navbatida, Turkon xotunga avvalo bo’ysunar edilar. Turkon xotun boshqa turkiy qabiladan boMmish kelini Oychechak va uning o‘g”li, nabirasi Jaloliddinni yoqtirmas, bu ikki ayol o‘rtasida davlatda ichki siyosiy ixtilof kuchli edi. Xorazmshoh “farzandlik mehri va hokimiyatga olib kelgan shaxs” sifatida onasini so‘zini ikki qilmas, hamisha uning fikrlariga xohlasa-xohlamasa qo’shilar edi. Xorazmshohning onasi Turkon xotun aslida davlatdagi birinchi darajali shaxs hisoblanar, uning shiori «e’tasamtu Billohi Vahda» (ya’ni, yolg’iz Ollohdan panoh so‘rayman)
    187
    www.ziyouz.com kutubxonasi muhriga yozilgan bo’lib, hukmdor farmoniga shu muhri bilan u birinchi imzo qo’ysa, uning farmoni vojib hisobianar edi. Turkon xotun amri bilan taxt vorisi etib o’/. qavrnidan bo’lgan nevarasi O’zloqshoh tayin etilgan edi.
    Muhammad Xorazmshoh o’zining yori-atrotdagi (G’ur, Xuroson, Movarounnahr. Mozandaron, Ozarbayjon va boshqalar) uncha kuchli boMmagan yerlarni tezlik bilan o ‘z qo’l ostida birlashtirib, o’z g’alabalariga juda berilib ketgan edi! Qoraxitoylar ustidan qozonilgan g’alabadan (1210) so’rig esa u o’zini mutloq ycngilmas (“Iskandari Soniy”’, “Sulton Sanjar’, “Ollohning yerdagi soyasi” va boshqa unvonlarga ega) deb hisoblab, islom olamiga egaligini ham da’vo qila boshladi. Uning armiyasi soni garchi son jihatdan ko’pchilikni tashkil etsada, bu qo’shin harbiy intizomi uncha mustahkam bo’lmagan, salohiyati ancha past, ko’proq janubliklardan olingan yollanma qo‘shin edi. O’z navbatida bu qo’shin vatan mudofaasi uchun emas, balki ko!proq
    istilo, talon-taroj, o’lja olish uchun mo’ljallangan qo’shin edi. Haqiqatda Xorazmshoh kuchli, o’ziga munosib keluvchi raqib bilan kurash olib borgani yo‘q hisobi, bu esa yuqorida qayd etilganidek, o’z harbiy mahoratiga ulkan ahamiyat berishiga olib kelgan edi.
    Joylarda noib va hokimlik lavozimidagi Xorazmdan bo’imish amaldorlar oddiy xalqqa nisbatan ko’pincha zo’ravonlik, tayziq ila munosabatda boMar, bu esa Xorazmshohlar davlatiga nisbatan aholining noroziligiga sabab boiar edi. Soliqlar miqdori bir me’yorda turmas, mehnatkash ommaning ahvoli ancha og’ir edi. Masalan, 1219-yili Xorazmshoh xiroj solig’ini bir yo’la uch marotabagacha undirib olishga buyruq bergan edi. 1206, 1212-yillarda Buxoro va Samarqanddagi xalq g’alayonlar zo’ravonlik va soliqlar oshib ketishiga qarshi qaratilgan edi.
    Soliqlar va zo‘ravonlikdan ezilgan xalqning Sulton Muhammadga e’tiqodi va ishonchi mo‘g‘ullar bosqini arafasida susayib ketdi. Shuningdek, sultonning Bag’dod xalifaligiga yurishi va o‘z holicha termizlik sayidlardan bo’imish Shayx Olamulk Termiziyning xalifa deb e’lon qilinishi Movarounnahr ulamolari ichida haqli norozilikka sabab bo’ldi. Taniqli movarounnahrlik din arbobi Shayx Majididdin Bag‘dodiyning ta’qib etilishi esa sulton bilan ruhoniylar orasida munosabatlami mutloq keskinlashtirib yubordi.
    Chingizxon o’zining yaxshi tizimga asoslangan ayg’oqchilar tarmog‘i orqali Xorazmshohlar davlatidagi ushbu ahvoldan boxabar edi. Shuningdek, u ushbu qadimiy madaniyat va yuqori salohiyatga ega
    Movarounnahr ahtini osonlikcha bo’ysundirib bo’lmasligini ham yaxshi
    188
    www.ziyouz.com kutubxonasi bilib, bo’Iajak mahorabaga jiddiy tayyorgarlik ko’rdi. 0 ‘tror voqeasidan avvalroq Chingizxon qo‘shinlarining Yettisuvga qilgan harbiy ynrishlari sulton Muhammadni tashvishga solib qo‘ygan edi. Garchi Xorazmshoh katta qo’shinga ega bo‘lsa-da, o’zaro ixtiloflar, sarkardalarga ishonchsizlik, o‘z hokimiyatidan xavfsirash Xorazmshoh qo‘shinining zayiflashuvi, intizomning pasayishiga olib kelgan edi. Muhammad Xorazmshoh mo‘g‘ullarga zarba berish xususida Urganchda harbiy kengash chaqiradi. Unda ko’zga ko‘ringan davlat arboblari, aslzodalar, harbiy sarkardalar ishtirok etadilar.
    Asli xivalik mashhur fikhshunos hamda davlat arbobi Shahobiddin «1-Xivaqiy bor qo’shinni Sirdaryo bo’yiga to‘plab, uzoq yoU bosib kelayotgan mo’g’ul qo’shiniga chegara bo‘yidayoq hal qiluvchi zarba berish to‘g‘risida yagona va harbiy jihatdan haq fikrni bildirdi. Shahzoda Jaloliddin ham aslida shu fikrga qo’shilgan edi. Lekin Xorazmshoh o’z sarkardalariga, ayniqsa qipchoq harbiylariga ishonchsizlik bilan qarar, katta qo’shinnl bir joyga to’plashdan, qo‘shin yig‘ilganda esa o‘z.ini taxtdan ag‘darib tashlashlari mumkin ekanligidan cho‘chir edi. Shuning uchun sulton va uning onasi tazyiqi bilan Kengash mudofaa usuliga ovtishni ma’qul deb topdi. Jami 450 taga yaqin shahar (qal’a) va viloyatlardan iborat bo’lmish davlatda qo’shin katta jangga kirib vatan sharafini himoya qilish o‘miga shahar va qal’alarga bo’lib tashlandi. Ba’zi markaziy shaharlar, jumladan Buxoro va Samarqand mudofaasini mustahkamlash zarur degan fikrga kelindi, xolos. Ammo bu mudofaa ham yaxshi tashkil etilmadi.
    Chingizxon 1219-yili o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan anchadan beri puxta tayyorlangan Xorazmshoh- Anushteginiylar davlati ustiga harbiy yurishni boshladi. Bu kuchlar yozni Irtish daryosi bo‘yida o‘tkazib, sentabr oyida chegaradan o’tadi. Chingizxonga uyg‘ur ediquti (xoni) Baurchak, qarluqlar xoni Arslonxon va Olmaliq hukmdori Sig’noqteginlar ham o‘z qo‘shini bilan kelib qo’shildilar. Chegaradan o‘tgan Chingizxon o‘z qo‘shini bilan janubiy qozoq choilarining Sirdaryoga tutashgan joyidagi 0 ‘tror shahri yaqinida to‘plab uni 4 qismga bo’ladi.
    Chig’atoy va O’qtoy qo’shinning bir qismi bilan O’trorni qamal etib, egallash uchun qoldirildi. Ikkinchi qism esa Jo‘chi boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchig’lig’kent, Sig’noq shaharlarni bosib olish udiun yuborildi. Uchinchi qismidagi besh ming chog’li qo’shinga Uloq no’yon va Suketu Cherbi bosh bo’lib O‘trordan janubga, Xo’jand va Banokatni egallash vazifasi topshirildi.
    189
    www.ziyouz.com kutubxonasi Chingizxon o’zi bosh bo’lgan to’rtinchi, asosiy qism (uning tarkibida taniqli sarkardalar Jebe va Subutoy ham bor edi) Zarafshon vohasi tomon- Buxoro hamda Samarqandni istilo etish uchun yo‘l oldi.
    Chegaradagi O’tror mustahkam shahar qal’a bo’lib, mo’g’ullarga olti oy davomida mardonavor qarshilik ko’rsatgan edi. O’tror hokimi lnalxon (G’oyirxon) qo’lida 20.000 chog’li suvoriy bo’lib, Xorazmshoh unga yordam tariqasida 50.000 kishilik “lashkari birun”ni ham yuborgan edi.
    Qamal davomida qo’shimcha tarzda yana Qoracha Hojib boshchiligidagi 10.000 kishilik qo’shin ham yuborilgan edi. O’tror hokimi jasur va mard sarkarda lnalxon unga mahorat bilan boshchilik qilar edi. Ammo ayrim zotlarning xiyonatkorligi tufayli besh oylik qamaldan so’ng lnalxon deyarli bir oy davomida o’z qo’shini bilan shahar qal’asida qarshilikni davom ettiradi. Oxir-oqibatda lnalxon deyarli bir o’zi qolib, qal’a tomiga chiqib, qo’liga tushgan narsasi bilan mo’g’ullarga hujum qilgan. Mard sarkardani mo’g’ullar tiriklayin qo’lga tushirib, Samarqandga Chingizxon huzuriga yuborganlar. Chingizxon esa manbalarning yozishiga ko’ra, “kumushni eritib o ‘z huzurida sarkardaning quloq va ko’ziga quyishni buyurgan”. lnalxon shu tariqa
    vahshiyona ravishda o’ldirilgan. O’tror shahri o’z jasorati evaziga mo’g’ullar tomonidan butkul buzib tashlandi. Buxoro yo’nalishida ketayotgan Chingizxonga esa Zarnuq (Zerinuh) va Nur qal’alari jangsiz taslim bo’ladilar.
    Chingizxon 1220-yilnrng fevral oyi boshlarida (ba’zi adabiyotlarda 7 fevralda deyiladi) Sharqning qadimiy go’zal shahri, Sharqdagi islom dini gumbazi, “butun musulmon shaharlari onasi” nomini olgan “ Islomiy ilmlar markazi” Buxoro yaqinida paydo bo’ldi. Uch kunlik shahar qamali boshlandi. Buxoroda bu paytda 12.000 lik shahar gamizoni va 20.000 kishilik “lashkari birun” mavjud edi. Lashkarlarga nufuzli sarkardalar
    Ixtiyoriddin Q o‘shlu, Inanchxon Og’ulhojib, Hamid Pura Qoraxitoy, Suyunchxon, mo‘g‘ullardan qochib o’tgan uyg’ur sarkardasi Ko’kxon (Go’rxon) bosh edilar.
    Sarkardalardan Inanchxon bazo’r Amudaryodan o’tib qutulishga muvaffaq bo’ladi, Hamid Pura Qoraxitoy mardonavor jangda halok bo’ladi, qolgan-qutgan harbiylar Buxoroga qaytib chekinishga majbur bo’ladilar. Ahli Buxoro o’z himoyachilaridan ayrilgandan so’ng, shahar ahli jonini salomat saqlab qolish niyatida shaharliklar maslahatlashib, Buxoro qozisi Badriddin qozi boshchiligidagi bir guruh oqsoqollami Chingizxon huzuriga yuboradilar. 10 fevral kuni Buxoroga mo’g’ullar kirib keladilar. Buxoroga kirib kelgan Chingizxonning hatti-harakatlari
    190
    www.ziyouz.com kutubxonasi xususida Rasbididdin shunday deb yozgan edi: «Chingizxon otda masjidi jome oldiga kelib to’xtadi va shahaming kazo-kazoiarini o’z huzuriga chaqirtirdi. Mo‘g’ul!ar shahar omborxonalarini ochib, g’allalami tashib oldilar. Qur’on nusxalari saqlanadigan sandiqlami otlarga oxur qildilar. rnasjidlarga meshlarda sharob keltirib joylab qo’ydiiar, shahar hofizlari va o’yinchilarini chorlab, raqsga tushirdilar. Mo’g’ullar dol-guliga keltirib o‘z ashulalarini aytar edilar. Oqsuyaklar, uiamolar va shayxlar otboqarlar o’rnida otlami qo’riqlash uchun otxonalarda turar va o‘sha qabila kelishiarini, amr-famionlarini bajo keltirish balan mashg’ul edilar.» Buxoro talon-taroj xususida muarrix ibn Attor shunday yozgan edi: «Ul kun haqiqatda dahshatli kun bo’ldi. Bori manguga ketgan erlarining. xotinlarning, bolalarning lovushlarigina eshitilib turdi. Vahshiylar xotinlarni. qizlarni ham o‘zlarining birodarlari ko’z oldida tahqirladilar. Bu taxqirlarga ularda ko’z yoshlaridan o‘zga qurol topilmadi. Ko’plar dahshatli manzaralardan ko’ra o‘litnni ortiq ko’rdilar. Qozi Badriddin, Imom Rukniddin va uning o:g‘li bu nomussiziik manzaralariga chiday olrnay, g’azablanib, o’zlari teng bo’imagan dushmanga hujum qilib,
    halokat topdi lar.»
    Aksariyat shaharliklar o’z qarshiiiklarini davom ettirdilar, tunda esa
    vashirincha askarlarga yordam berib, mo’g’ul askarlariga qarshi hujumlar uyushtirdilar. Chingizxon bunga javoban shaharni yoqib yuborishga buyruq berdi. Ko‘kxon boshchiligidagi 400 ta mudofaachilar Buxoro arkida yana 12 kun qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Arkni egallash uchun qilingan mo‘g4illar hatti-harakatlari zoe ketdi. Qal’adagi chuqurliklar odam va havvon oMiklari bilan to1lib ketdi. Ko’kxon va u boshchiligidagi mudofaachilar qahramonona halok boMganlaridan so’nggina ark egallandi. Buxoroliklar qarshiligi mo‘g‘ullarni qattiq g‘azablantirdi. Bu jasorat evaziga mo’g’ullar shahar ahlidan 30000 chog’li kishini qirib tashladilar. Kelib chiqishidan qat’iy nazar qolgan aholi qullikka mahkum etildi. Ma’rifatli, nozik ta’b, madaniyatli va ilmli Buxoro ahli sahroilar tomonidan zulm va tahqirlanish girdobiga tortildi.
    Buxorodan so‘ng Chingizxon Samarqand tomon yo’l oldi. 1220 yil mart oyi boshida u Samarqandga yetib kelib, yon-atrofdagi qishloqlarni yer bilan yakson qildi. Chingizxon Samarqandni egallashga alohida ahamiyat berdi. Samarqandning Movarounnahr uchun, Xorazmshohlar uchun ahamiyati beqiyos ekanligini Chingizxon yaxshi bilar edi. Shuning uchun uni egallashga katta e’tibor bilan qaradi. Shaharda 110.000 kishilik harbiy garnizon (tindan 60.000 tasi turkiy, 50.000 tojiklar edi.), 20 ta harb ilmiga o‘rgatilgan fil ham mavjud edi. Sulton Muhammadning tog’asi
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    191 To’g’ayxon shahar noibi bo’lib, shahar mudofaaga birmuncha tayyor ham edi.
    Shahar oziq-ovqat zahirasi, mudofaa istehkomlarining puxtaligi jihatidan bir necha yillik qamalga ham chidash mumkin edi. 0‘z qarorgohini mo’g’ullar bosqini boshlanishi bilanoq sarosimada Balxga
    ko‘chirgan Sulton Muhammad ham Samarqand mudolaasiga umid ko‘zi bilan boqar edi.
    Chingi/xonning o‘zi shahar tashqarisidagi Ko’ksaroy qo‘rg‘onidan turib shahar qamaliga boshchilik qildi. 1220-yilning mart oyining boshlarida shahar qattiu qamal qilinib. to’xtovsiz hujum boshlandi. Qamalning 3-kunidan boshlab shahar qamaliga Chingizxonning shaxsan o ‘zi boshchilik qila boshlaydi. Qamalning beshinchi kuni ulamo, zodagon. shahar harbiy boshiiqiari keyingi qarshilik maqsadga muvofiq emas va ommaviy qirg‘in boMishini oldini olish kerak, degan maqsadda mo’g’ullarga taslim bo’lishga qaror qiladilar. Shahar qozisi va shayxulislom boshchiligida Chingizxon huzuriga Samarqand ahli nomidan elchilar tashrif buyuradilar. Mo’g’ullar Samarqand bosh suv
    inshooti – «Jo’yi arziz «Qo’rg’oshli novasi» ni buzib tashlab, shaharni tashnalik girdobiga giriftor qildilar. Shahar istehkomi buzib tashiandi. 20 000 chog’li shahar mudofaachilari suv toshqini bois taslim bo’lishga majbur bo’ldilar. Taxminan 1000 nafarli mudofaachilar esa, sulton tomonidan 1211-1214 yillarda qurilgan Jome masjidiga kirib, dushmanga zarba bera boshladilar. Mo‘g‘ullar masjidiga o‘t qo‘vib, mudofaachilarni tirik o‘limga mahkum etdiiar. Shahar qozisi va shayxulislom vakolati bilan tashqariga olib chiqib ketilgan 50000 nafar kishidan boshqa barcha aholi qatlamlari bchad talon-taroj qilindi. 30000 nafar hunarmand ahli Chingizxon qarindosh-urugMariga taqsim qilib berildi. Tirik qolgan shahar ahliga 200000 dinor o’lpon majburiyati yuklatildi. Sajnarqandda jami aholining faqat % qismigina tirik qoldi. Mo’g’ullar tomoniga xiyonatkorona o’tib ketgan sobiq shahar noibi To‘g‘ayxon tez orada o’zining 30000 kishisi bilan Chingizxon buyrug’iga ko’ra qirib tashiandi.
    Taslim bo’lgan shaharda mo’g’ullar qilgan talon-tarojliklar tufayli “sayqali ro’yi zamin ast” deb ulug’langan. sharqning buyuk shaharlaridan biri hisoblangan, bir paytlar gullab-yashnab turgan Movarounnahr poytaxti huvillab qoladi va yer bilan yakson qilinadi.
    Hukmdorning subutsiz va ma’suliyatsizligi, harbiy boshliqlaming o’zaro ittifoq bo’lmaganligi xalq, mamlakat taqdirini o‘z holiga tashlab qo’yishi oqibatida bu dahshatli voqea sodir bo’lgan edi. Bu vaqtda Sulton
    192
    www.ziyouz.com kutubxonasi Muhammad Xorazmshoh janubda, Balxdagi o’7 qarorgohida turib, voqelikni befarq kuzaluvchi sifatida harakatsiz turar edi. Mo’g’ullar kirib kelayotgan vaqtdayoq unga Iroqqa qarab chekinishni ba’zi amaldorlar maslahat berishgan edi. Ko!pgina sargardonliklardan so‘ng sulton Kaspiy dengizining janubidagi Ashuradi oroliga borib o’rnashadi. flam jismoniy, ham ruhiy, ma’naviy ezilgan sobiq hukmdor bu yerda plevrit (o‘pka qobigMga suv yigMlishi) kasaliga chalinib, o‘z o’g’iUarini yoniga chorlaydi. O’z gunohlariga iqror boMgan holda ushbu orolda xorlik va azob-uqubat bilan 1220-yilning dekabr oyida vafot etadi. Oradan birmuncha vaqt oMgandan so’ng Jaloiiddin otasining murdasini togMiq Ardahi qal’asiga olib borib dafn etadi. Ardahi mo‘g‘ullar tomonidan zabt etilgaudan so’ng, o’z vaqtida sultonni tiriklaym qoMga tushira olmagan alamzada mo’g’ullar uning murdasini kavlab olib, O’gedeyga (O’ktoy) yuborishgan. O’gedey esa lining murdasini yoqib yuborishni hamda kulini ko’kka sovurishni buyurgan. Shuningdek, xorazmshohlarning o’z vaqtida sulton tomonidan Ardahiga yashirilgan eng qimmatbaho 10 ta Sandiqqa joylangan javohirlari ham mo’g’ullar qoMiga o’lja bo’lib lushgan edi.
    Chingizxonning katta o’g’li Jo’chi boshchiligidagi mo’g’ul bosqinchilari rcja bo’yicha Sirdarvoning yuqori qismidagi yeriarni egallashi lozim edi. Bosqinchilar maMum muddatdagi qamaldan so’ng Sig’noq va Borchilig’kenl shaharlarini egallaganidan so‘ng mustahkam qal’a hisoblangan Xo’jandga hujum boshlaydilar. Mo’g’ullar 20.000 nafar qo’shin va 50.000 ming chog’li asirga tushgan hasharchilami Xo’jand atrofiga yig‘adilar. Xo’jand hokimi Temur Malik asli turkiy sarkardalardan bo’lib, Xorazmshohlar davlatida nom chiqargan, sulton va uning oilasiga tanish bo’lgan shaxs edi. Mo’g’ullarga qarshi tura olish mumkin emasligini sezgan Temur Malik (malik-hokim ma’nosida) taxmman 1000 nafar askari bilan Xo‘janddan bir kilomctr naridagi Sirdaryoning mo’jazgina orolida joylashib oladi. Qulav strategik ahamiyatga ega boMgan orolga mo’g’ullar o’qlari, palaxmon toshlari yetib bormas edi. Temur Malik buyrug”iga ko’ra 12 ta qayiq yasatilib, o’q o’tmasligi, yonib ketmasligi maqsadida bu qayiqlaming usti namat bilan qoplanib, sirka bilan shimdirilgan loy bilan suvab chiqiladi. Temur Malik uzoq vaqt mudofaa uchun endilikda orolchada turish maqsadga muvofiq emasligini tushunib, bor oziq-ovqat zahirasi va askarlarini 70 la kemaga
    joylab, tunda daryoning quyi oqimi bo’ylab suzib ketadi. Mo’g’ullar ikki sohil bo’ylab Temur Malik kemalariga to’xtovsiz hujumni uyushtirar edilar. Hatto Banokat bo’yida daryoning u sohilidan bu sohiliga zanjir ham tortib qo’yadilar. Uzoq, uzluksiz jang bilan ular Jandga qadar yetib
    193
    www.ziyouz.com kutubxonasi keladilar. Mo’g’ul sarkardasi Ulus Idi Borchilig‘kent va Jand yaqinida manjaniqlar (tosh otar zambaraklar) o’rnatib, qayiqlarni bir-biriga tutashtirib, jasur sarkarda yo:lini to’sadi. Uzoq janglardan so‘ng Temur Malik Urganchga yetib keladi va Urganch himoyasida qatnashib, Jaloliddinning ozodlik kurashida faol ishtirok etadi. Keyinroq, uzoq sargardonliklardan so‘ng sarkarda Temur Malik o’z yurtiga darvesh sifatida kelib. qahramonona ravishda mo!g‘ul harbiylari qoMida halok bo’ladi. Chingizxon 1220 yilning yozini Movarounnahr janubida o’tkazmoqchi bo’ldi. Chunki u janub shaharlarini egallashga shaxsan bosh qo’shgan edi. Zero, janubda hali bosqinchilar qadami yettnagan bir qator boy viloyat va shaharlar mavjud edi. Avval u Nahshabga bostirib bordi. Shaharliklar mo’g’ullaming mislsiz zo’ravonlik va bosqinidan yaxshi
    xabardor edilar. Nahshab ahli dahshatga tushib, shahami mo’g’ullarga ixtiyoriy topshiradilar.
    Chingizxon yozni Nahshabda o’tkazib, 1220 yilning kuzida Tcrmizga yurishni boshlaydi. Termiz Hindiston va O’rta Osiyo savdo yo’llari tutashgan bir qulay yerda joylashgan bo’lib, uning Amudaryo sohiliga tutashgan qal’asi o’z vaqtida mustahkam ravishda barpo etilgan edi. Termiz hokimi Faxriddin habash mo’g’ullar bosqiniga mardonavor turib javob berishga qaror qildi. Mudofaaning o’n birinchi kuni shahar egallandi. Shahar butkul talon-taroj qiiinib, xonavayron etildi. Shahar ahli esa dashtga haydab chiqiiib qirib tashiandi. Movaraunnahrning asosiy qismlari-Sirdaryo hav/.asi, Zarafshon, Qashqadaryo vodiylari, Buxoro
    vohasi, Shosh va Farg’ona vodiysi egallangach, Chingizxon endilikda o’zining asosiy e’tiborini Xorazmshohlar davlatining markazi Xorazm o’lkasiga qaratdi. Bu yurishga o’g’iilari Jo’chi, Chig’atoy, O’ktoy (Ugedey)lami mas’ul qildi. Ayniqsa, xon musulmon Sharqining eng katta shahri bo’lmish, madaniyat, savdo gullab yashnagan boy-badavlat qadimgi Urganch (Gurganj) istilostga katta ahamiyat bilan qaradi. Ushbu yurish 1221 yilning boshida boshlandi.
    1221 yilning boshida sulton deb e’lon qilingan Jaloliddin va shahzodalar Oqshoh, O’zloqshohlar bilan Urganchga keladi. Lekin Urganchdagi siyosiy vaziyat, sobiq Jand noibi Qutlug’xonning unga qarshi suiqasdi, qipchoq sarkardalarining xoinona o’zlarining tutishlari, Jaloliddinni shahar mudofaasiga bosh bo’Iish fikridan qaytaradi. Qipchoqlar uni hokimiyat tcpasiga kelishini xohlamas edilar. Bunday vaziyatda mudofaani tashkil etib bo’lmasligi aniq bo’lib qolgan edi. Ushbu voqealardan so’ng Jaloliddin Temur Malik bilan birgalikda 300 ta kishi bilan shahami tark etib Xurosonga yo’l oladi. Uning ortidan esa, tez
    194
    www.ziyouz.com kutubxonasi orada Oqshoh va O’zloqshohlar ham yo‘l olishadi. Jaloliddinning faoliyatini alohida qayd etib oMish maqsadga muvofiq boMgani uchun keyinroq bu buyuk shaxs faoliyati to’g’risida batafsil to‘xtalinadi.
    Urganchda esa shanardagi qipchoq sarkardalari-O’g’ui Hojib, Erbuqa pahlavon. Ali DarugMyniy va boshqalar Turkon xotunning jiyani yosh Xumortegmni sulton deb e’lon qiladilar. Turkon xolunning o’zi Mozandarondagi Hoi qaPasiga kelib o’rnashib, o’z hayoti va boyliklarini saqlash taraddudiga tushadi. Qal’ada suvsizlikdan sillasi qurilgan sobiq malika mo‘g4illarga asirga tushib. xorazmshohlar xazinasini ular qoMiga topshirdi. Qoraqurumda cho‘ri bo’igan Turkon xotun 1233 yili xor-u- zorlikda vafot etadi. Xumortegin layoqatsiz. o‘z fikriga ega boMmagan, qo‘rqoq shaxs edi. Urganchga Chmgizxonning o’gMllari Jo’chi, Chig’aloy, 0‘gcdcy. taniqli mo‘g‘ul sarkardaiari Tuiun cherbi, Ustun no‘yon. Qozon no’yon boshqalar o‘z harbiy kuchlari bilan yetib kcladiiar. Xorazm Jo‘ehi boshqaruvi ilkiga tushganligi uchun ham, Jo’chi shaharni tinchlik bilan mo’rfullarga topshirishni talab etadi. Lekin nima boMganda ham jasur shahar himoyachilari mudofaaga qat’iy tayyorgarlik ко’rib jonajon shaharlarini mo‘g‘ullarga berishdan qat’iy bosh tortdilar. Poytaxt atrofini 100.000 dan ziyod mo‘g‘ullar qo‘shini bilan o’rab olish boshlandi. Shahar devoriarini buzish uchun manjaniqlar o’rnatiladi. Mo‘g‘ullar shaharni katta kuch bilan zabt ctishga kirishdilar. Yangi ‘”sulton” shahar mudofaasiga bosh boMa olmaydi. 1221 yili boshidan boshlangan Urganch qamali deyarli 7 oy davom etadi. Shahar ahli mo‘g‘ullar qurol-yarogM, paiahmon toshlarni otuvchi manjaniqlar zambaraklardan cho‘chimay mardonavor kurashga kiradilar. Nayza o’qiaridan qo’rqraay shahar devorlarining buzilgan yerlarini qayta tiklay boshlaydilar. Bir guruh urganchlik harbiy navkarlar shahardan deyarli 1 farsah uzoqlikdagi Bog‘i- Xurram degan joyda mo‘gMillarga zarba berishga harakat qilib, qahramonona jang qildilai’. Lekin Juvayniyning yozishiga ko‘ra, jangda qo’shin va qurol jihatidan ustun mo’g’ullar shu yerlik tinch ahoii jangchilar bilan birgalikda 100.000 dan ziyod aholini qirib tashlaydilar. Sulton zobitlarining boshligM Faridun G’uriy o’zining 500 kishilik harbiy otryadi bilan mardonavor shahar devorlari va darvozajari himovasiga bosh
    boMadi. Lekin qo’rqoq “sulton” Xumortegin shahar darvozasini ochib berib, o’z hayotini saqlab qolish maqsadida xiyonatkorona ravishda mo‘g‘ullarga taslim boMadi. Istilochilar shaharga bostirib kira boshlaydilar. Urganchda tarixchilardan an-Nasaviy, Juvayniylaming yozishlariga ko’ra, hai- bir ko‘cha, mavzeni jon-jahdlari bilan himoya
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    195 qilganlar. Ko’prik ustidagi jangda shaharliklar 3000 nafardan ziyod mo’g’ul askarlarini qirib tashlashga ham muvaffaq boMadilar.
    Shahardagi janglarda Xorazmlik mashhur alloma, faylasuf va olim, ‘Kubroviya” tariqatining asoschisi Ahmad ibn Umar Abul Janob Najmiddin al-Kubro al-Xevaqiy (1145-1221 yy.) ham faol qatnashdi. O’ziga “Yo Vatan, yo sharofatli oMim” degan g‘oyani shior qilib olgan bu 76 yoshdagi buyuk shayx mo‘g‘u!larning taslim boMish haqidagi takliflarini rad etib, o‘zining behisob shogird, do’st-yoron, muxlis- safdoshlar bilan shahar ichki mudofaasida ishtirok etadi. Uning jangovar chaqirig’iga muvofiq har bir qarich yemi shaharliklar qahramonona tarzda, bir tomchi qonlari qolguncha himoya qiladilar. Najmiddin Kubro qahramonona tarzda jang qilib, o’lim oldidan mo‘g‘ul navkariga tashlanib uni avval halok qilib, shahid bo‘ladi. Shahar mudofaasi cho‘zilib, hatto Chingiz o’g’illari Jo’chi va Chig’atoy o‘rtasida ham ixtilof chiqib, shaharni egallash boshqa bir o’g’il – Ugedeyga topshirildi. Behisob qon daryo bo’lib oqib, bundan so’nggi himoya befoydaligini sezgan
    shaharliklar qolganlarni jonini saqlab qolish maqsadida taslim boMishdan o‘zga choralari qolmaydi. 100000 dan ko!proq hunarmandlar ajratib olinib, Mo‘g‘ulistonga jo ;natiladi. Shahar ahli dashtga haydab chiqarilib, bolalar va ayollar bo’lib olinadi. «Ortiqcha» asirlar haqoratli o’limga mubtalo etiladi. Juvayniyning yozishicha, har bir mo‘g‘ul askarga shaharliklardan 24 ta o‘ldirilgan askar to’g’ri kelgan ekan. Qolgan barcha narsalar beayov talon-taroj qilindi. Shahar qo’lga olingandan uning asosiy qismi buzilgan, xonavayron boMgan edi. Shundan keyin ham mo’g’ullar Amudaryo to‘g‘onini buzib, shaharni suvga bostiradilar.
    Urganch qamali bilan bir vaqtda Chingizxon 1221 yilning bahorida o’zining e’tiborini Amudaryodan janubdagi yirik savdo yoMlari ustida joylashgan boy madaniyat markazlari boMmish Balx, Hirot, G‘azna. Qandahor, Nishopur va boshqalarga qaratdi. Chingizxon shaxsan Balx yurishiga boshchilik qilib, shaharni zabt etdi. Balx aholisini esa qirib tashladi. Ba’zi bir janublik Xorazmshoh noiblari, jumladan Amin-al muik ham mo‘g’ullar tomoniga xiyonatkorona o’tib ketdilar.
    Jaloliddinga qarshi kurash vaqtida qator qal’a, shaharlar qattiq janglar ila ishg‘ol qilindi (Bamiyon, G’azna, Qandahor, Gardiz, Valiyon va boshqalar.) Ularning janubdagi oxirgi egallagan shahri Hindistonning shimoliy g‘arbidagi MoMton boMib qoldi.
    Manbalarda “Jahon sultonlari poytaxti” va ’’Insoniyat buyuk farzandlari beshigi” nomini olgan Urganch, Sharqdagi “islom tayanchi” Buxoro, qadimiy Afrosiyob vatani Samarqand, masjidlarning soni (1200
    196
    www.ziyouz.com kutubxonasi taga yetgan) bilan mashhur “qubbat-ul islom” Balx, o‘z madrasalari bilan dong‘i ketgan Marv, o’zining nozikta’b ilmli kishilari bilan ma’lum Nishopur va ko‘plab ma’lum va mashhur shaharlar talon-taroj etilib vayron qilindi. Mo‘g‘ullarning kuchli zarbasiga uchragan ba’zi shaharlar, masalan, 0 ‘tror. Sig‘noq, Borchilig‘kent va boshqalar umuman uzoq vaqtgacha dasht-biyobonlarga aylanib qoldi. Shu davrda yashagan arab tarixchisi Ibn al-Asir (1160-1244) mo‘g‘uI bosqini xususida shunday deb yozgan edi: ‘‘Ular (ya’ni mo‘g‘ullar) hech kimga shavqat qilmadilar, aksincha xotinlar, bolalar, erkaklarni ocIdirdilai, homilador ayollarning qorinlarini yorib, tug‘iimagan go‘daklarni nobud qildilar… Bu musibat to‘!qinlari turii tomonlarga tarqaldi va uning fojeasi umumiy boMib qoldi hamda u shamol bulutlami turli tomonga haydagani kabi butun viloyatlarga yoyildi. Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib Turkistondagi Qashg‘ar va Bolasog‘un kabi viloyatlami, Movaraunnahrdagi Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarini vayron etib, qirg‘in qilib, talon-taroj qilib egalladi. Tatarlar hech qaysi shaharlarni omon qoldirmadilar ketayotib hamma yemi vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan o‘tgan bo‘fsalar o‘zlariga yoqmagan barcha narsalarga o‘t qo‘ydilar\

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *