Modal fe’llar Umumiy ma’lumotlar

  1. Can (could), may (might), must, ought to, need modal fe’llar bo‘lib, mustaqil holda ishlatilmaydi, ular asosiy fe’lning infinitivi bilan ishlatiladi va asosiy fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish imkoniyatini, qobiliyatini, ehtimolligini, zarurligini bildiradi. Modal fe’llar asosiy fe’l bilan birgalikda gapda qo‘shma kesim bo‘lib keladi:
    He can do it himself. They may come tonight.
    I must speak to him.
    This work ought to be done at once.
    You needn’t do it.
    Buni uning o‘zi qila oladi.
    Ular bu oqshom kelishlari mum- kin.
    Men u bilan gaplashishim kerak. Bu ish zudlik bilan qilinishi kerak.
    Siz buni qilishingiz kerak emas.
  2. Modal fe’llar nuqsonli fe’llar (Defective Verbs) bo‘lib, ularning boshqa fe’llarga o‘xshash hamma shakllari yo‘q. Can va may fe’llari- ning hozirgi va o‘tgan zamon shakllari bor: can-could, may-might. Must, need, ought to fe’llarining faqat hozirgi zamon shakllari mavjud. Modal fe’llarning infinitiv, sifatdosh va gerund kabi shaxsi noma’lum shakllari mavjud emas.
  3. Modal fe’llardan keyin asosiy fe’l to yuklamasisiz ishlatiladi:
    I can do it.
    You may take it.
    I must go there.
    You needn’t do it.
    You ought to help him.
    Men buni qila olaman.
    Siz uni olishingiz mumkin.
    Men u yerga borishim kerak.
    Sizga buni qilish zarur emas.
    Siz unga yordam berishingiz kerak.
  4. Modal fe’llar hozirgi zamonda 3-shaxs birlikda -s qo‘shimchasi- ni olmaydi: He can do it. U buni qila oladi. He may take it. U buni olishi mumkin. He must go there. U u yerga borishi kerak. He ought to help him. U unga yordam berishi kerak. Need he do it? U buni qilishi kerakmi?
  5. Bo‘lishsiz gaplar yasashda modal fe’ldan keyin not inkor yuklamasi qo‘yiladi: You may not take it. He must not go there. He ought not to help him. He need not do it. Og‘zaki nutqda bo‘lishsiz shakl ko‘pincha qisqarib ketadi:
    23

cannot = can’t
could not = couldn’t may not = mayn’t need not = needn’t
might not = mightn’t must not = mustn’t ought not = oughtn’t

  1. So‘roq gaplar yasashda modal fe’llar gapdagi eganing oldiga qo‘yiladi: Can you do it? May I take it? Must he go there? Ought he to help him? Need he do it?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *