MUSTAMLAKA DAVRIDAGI TIBBIYOT

XIX asrning 60-yillarida O’rta Osiyo hududining ko’p qismi rus podshosining qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Qo’qon xonligi tugatildi. Uning o’rnida chor hukumatining Turkiston general-gubernatorligi barpo etildi. Uning tarkibida harbiy-tibbiy boshqarma tashkil etildi.
Xiva xonligi bilan Buxoro amiriigi rasmiy jihatdan mustaqilliklarini saqlab qoldilar, ammo, ular chor hukumatining ta’siriga tushib qolgan edilar. I886-yilda Turkiston general-gubernatorligi “Rossiyaning Turkiston o’lkasi”, deb e’lon qildi. .
O’rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so’ng bu yerda muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar yuz berdi.
Siyosiy jihatdan o’zbek xonliklari chor hukumatiga qaram bo’lib qoldilar. Iqtisodiy jihatdan bu yerda qismanjonlanish yuz berdi. Xususan, qishloq xo’jaligi (paxtachilik) rivojlana boshladi. Rus kapitalistlari o’zbek paxtasini arzon narxda sotib olib, tashib keta boshladilar. Shu munosabat biIan paxta maydonlari kengaytirildi. Yangi ekin maydonlari ochildi. Ammo, dehqonlarning ish sharoiti o’zgarmay qoldi. Dehqonchilikda ishlatiladigan texnika juda oddiy edi. Oddiy omoch va ketmondan boshqa hech qanday texnika yo’q edi. Hamma ish qo’l kuchi bilan bajarilardi. Bunday og’ir mehnat va o’lkaning o’ziga xosjazirama sharoiti kishilarning tinkasini quritib, ular o’rtasida har xii kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’lardi. Bundan tashqari o’lka sharoitiga xos kasalliklar (bezgak, leishmanioz, brutsellyoz, rishta va h.k.) ham tarqalgan edi. O’lkada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini dastlabki ishlash korxonalari (paxta tozalash zavodlari, moy va sovun ishlab chiqaruvchi korxonalar) qurildi. Ammo, bu korxonalarda ish sharoiti og’ir edi. Mehnatni muhofaza qilish choralari amalga oshirilmas edi. Bu korxonalarda ishlovchi ishchilarga tibbiy yordam tashkil qilinmagandi. Ishchilar og’ir sharoitda 12-14 soatlab ishlardilar. Bu sharoitlar ham ishchiIarning sog’liqlariga putur yetkazardi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra faqat 1893-yilning o’zidagina o’lkada 200000 dan ortiq kishi bezgak kasalligi bilan og’rib, shulardan 40 ming kishi vafot

) ·etgan. Boshqa kasalliklardan ham ko’p kishi halok bo’lgan. Mahalliy 157

tabiblar bunday ahvolni tuzatishga ojiz edilar. O’lkada xalq sog’lig’ini saqlash ishiga rahbarlik qiladigan birorta tashkilot yo’q edi. Faqat rus o’lka ma’muriyatiga qarashli ba’zi tibbiy muassasalar bor edi, xolos.
Ruslar Turkistonni bosib olganlaridan so’ng har bir shahar va kattaroq qishloqlarda o’z harbiy garnizonlarini joylashtirdilar. Shu garnizonlarda harbiy vrachlar bor edi. Bundan tashqari kattaroq shaharlarda harbiy gospitallar ochildi. Ammo, bu harbiy vrachlar va gospittalar mahalliy aholiga tibbiy yordam ko’rsatmasdilar. Keyinroq fuqaroviy tibbiy muassasalar ham paydo bo’la boshladi. Bular ham Rusiyadan ko’chirib olib kelingan fuqarolarga tibbiy yordam ko’rsatardilar. Rasmiy ma’lumotiarga ko’ra 1868-yilda Toshkentda 30 o’rinli harbiy lazaret ochilgan. U 1870-yilga kelib, 400 o’rinli harbiy gospitalga aylantirilgan. 1870-yilda Samarqandda 15 o’rinli kasalxona ochilgan. 1873-yilda shunga o’xshash kasalxona Kattaqo’rg’on shahrida barpo etilgan. 1883-yilda Toshkentda ayollar shifoxonasi (ambulatoriyasi) ochilgan. 1886-yilda erkaklar shifoxonasi tashkil etilgan. Shu kabi ambulatoriyalar Samarqand (l886-y.), Anidijon (l887-y.) va Xo’jandda (l889-y.) ochilgan. Nihoyat, 1898-yilda Toshkentning Eski jo’va mavzeida shahar aholisi uchun 20 o’rinli kasalxona ochiladi. So’ng bunday kasalxonalar Samarqand, Xiva va Buxoroda ham barpo etilgan edi. Ammo, bu kasalxonalar juda kichik (10-15 0 ‘ rinli) va yetarli darajada jihozlanmagan muassasalar edilar.
1874-yildaToshkentda birinchi zamonaviy dorixona ochildi. U shahar hokimiyati qaramog’ida edi. So’ng xususiy dorixonalar ham paydo bo’la boshladi. 1913-yilga kelib ularning soni 33 taga yetdi. Bu kasalxona, ambulatoriya va dorixonalar mutlaqo yetarli bo’lmasalar ham, ularning o’lkada paydo bo’lishi tibbiyot olamida ijobiy hodisa edi. Bu yerda yana shuni ko’rsatib o’tish kerakki, o’lkada zamonaviy shifoxona va dorixonalarning paydo bo’lishi mahalliy tabiblarning faoliyatiga ham o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Masalan, ular kasallarni davolashda zamonaviy dorixonadan sotib olingan dorilardan ham foydalana boshladilar.
Ammo, tibbiyot sohasidagi bu o’zgarishlar Xiva xonligi va Buxoro amirligi hududida amalga oshirilmadi. Chunki, bu xonliklar rasmiy jihatdan mustaqil hisoblanardilar. Bu xonliklarda eski qonun va qoidalar o’zgarmay saqlanib qolgan edi. Hayot eskicha davom etardi. Turkiston o’lkasida yuz bergan siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar bu xonliklarga yoyilmagan edi. Xiva va Buxoroda ochilgan ikki kasalxona faqat rarnziy rol o’ynardi, xolos. O’ikaga rus (Ovrupo) vrachlarining kelishi ijobiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston hududida uchraydigan kasalliklar rus soldatlari va Rusiyadan ko’chirib olib kelingan rus fuqarolari o’rtasida ham tarqala boshladi. Xususan, ular bezgak, rishta, jDmon jarohat va
)
158

)
shularga o’xshash kasalliklar bilan og’riy boshladilar. Harbiy boshliqlar buni ko’rib, garnizonlarda xizmat qiluvchi vrachlarga bu kasalliklarni o’rganish va soldatlarni ulardan xoli qilishni buyurdilar. Vrachlar bu ishga kirishdilar va muhim natijalarga erishdilar. Masalan, Samarqand garnizonining vrachi K.M.Aframovich va Jizzax garnizonining vrachi T.Klopotovskiy rishta kasalligini tekshirib, bu kasallikni maxsus gijja (gelmint) paydo qilishini aniqladilar. Toshkent garnizonining vrachi P.F.Borovskiy yomonjarohat (Leishmanioz)ning qo’zg’atuvchisini topdi. Rus olimi K.I.Skryabin yangi shistosoma giiiasini aniqladi. Bu kashfiyotlar muhim amaliy ahamiyatga ega edi. Ammo, u davrda rus podshosining Turkistondagi hokimi general-gubernator bu kashfiyotlardan foydalanib, o’lkada tarqalgan kasalliklarni tugatishni xayoliga ham keltirmasdi. Binobarin, mustamlakachi chor Rusiyasining bizga keltirgan tibbiyoti “dengizdan bir tomchi” edi, xolos.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *