NAZARIY TIBBIY BILIMLARNING RIVOJLANISHI

Biz yuqorida ko’rsatib o’tganmizdek, XVIII-XIX asrlarda Ovrupoda nazariy va amaliy tibbiyotning hamma yetakchi sohalari juda tez rivojlandi va katta natijalarga erishdi. Nazariy tibbiyot fanlaridan birinchi o’rinda anatomiya va fiziologiya turardi. Haqiqiy odam anatomiyasiga belgiyalik olim Andreas Vezalius asos solgan edi. Vezaliusdan boshlab anatomiya fani asta-sekin rivojlanib, takomillashib bordi. SoOng mikroskopik anatomiya (gistologiya) fani kelib chiqdi. Bu fanning asoschisi chex
160
(
)
)

olimi Yan Purkinye (1787-1869) hisoblanadi. U 1837-yiIda birinchi bo’lib hayvon va odam organlari hujayralardan iborat ekanligini ko’rsatib berdi. Makroskopik anatomiya ham rivojlanishda davom etdi. Uning yangi sohalari kelib chiqdi. Masalan, shulardan biri topografik anatomiya edi. Bu fanning asoschiIaridan biri rus olirni, mashhur jarroh N.I.Pirogov (1810-1881) dir.
Topografik anatomiya ichki a’zolarning joylashishi va ularning bir- birlariga nisbatan tutgan o’rinlarini o’rganuvchi fandir.
O’sha davrda taqqoslash anatomiyasi va yosh anatomiyasi fanlari ham shakllandilar. Nihoyat, patologik anatomiya fani ham kelib chiqdi. Bu fanning asoschisi Italiya olimi Jovanni Battista Morgani edi (1687- 1771). lovanni Battista dastlab normal (sog’lom) odam anatomiyasini o’rgandi. So’ng har xiI kasalliklarda odam a’zolarida qanday o’zgarishlar paydo bo’lishini tekshira boshladi. U juda ko’p tekshirishlar o’tkazib, har xiI kasalliklarda, har xiI a’zolarda turli xiI o’zgarishlar paydo bo’lishini aniqlab berdi. Bu bilan Battista yangi fan – patologik anatorniya faniga asos soldi. Rudolf Virxof (1821-1902) bu ishni mikroskopik usulda amalga oshirdi va sellular patologiya (hujayra patologiyasi) nazariyasini ishlab chiqdi.
Patologik anatomiya fani juda muhim amaliy ahamiyat kashf etdi. U tabiblarga qanday kasalliklarda qanday a’zolarda, qanday o’zgarishlar ro’y berishini ko’rsatdi. Bu esa klinik tibbiyotning tez rivojlanishiga yordam berdi. Shunday qilib, tibbiyot yanada takornillashdi, kasalliklar haqidagi tushunchamiz chuqurlashdi.
XVIII- XIX asrlarda tibbiyotning yana bir muhim nazariy sohasi – fiziologiya juda tez rivojlandi va katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu sohada eksperimental usul keng qo’llandi. Bu usul barcha a’zolar funksiyasini chuqur o’rganish imkoniyatini yaratdi. Eksperimental usul markaziy asab tizimini tekshirishda ham qo’llandi. Buning natijasida asab tizirnining funksiyasini tekshirishda ham muhim muvaffaqiyatlarga erishiIdi. Bu usulni rnashhur rus fiziologi I.P.Pavlov mukammal ishlab chiqdi va rivojlantirdi.
Eksperimental fiziologiyaning asoschilaridan Fransua Mojandi, logann Myuller, Dyubua Reymon, Klod Bernar, Gelmgols Germann kabi fiziologlar bu fanning rivojlanishiga ayniqsa katta hissa qo’shdiIar.
Fransua Mojandi (1783-1855) XVIII asrning oxiri va XIX asrning birinchi yarmida yashagan taniqli fiziolog oHm bo’lgan. U eksperimental fiziologiya fanining asoschilaridan biri hisoblanadi. Mojandi eksperimental usulning muhimligini ta ‘kidlab, “Bizning fiziologiya sohasidagi bilimimizning manbai faqat tajribadir”, deb yozgan edi. Bu oHm eksperimental fiziologiya usulini takomillashtirdi. Masalan, u orqa miyani yangi eksperimental usulda o’rganib, uning oldingi va orqa iIdizlarining funksiyalarini aniqlab berdi.
11-Tibbiyot tarixi
161

Mojandi boshqa a’zolarning funksiyalarini ham har tomonlama tekshirdi. Ammo, bu masalada xatoga ham yo’l qo’ygan edi. Mojandi fiziologik jarayonlar oddiy fizika – kimyoviy reaksiyalardan iborat, deb o’ylagan edi. Chunonchi, tomirlarda qonning oqishi oddiy gidravlika qonuni asosida amalga oshadi, deb tushunardi. Shunday bo’lsa ham Mojandi fiziologiya fanining rivojiga katta hissa qo’shgan oHm hisoblanadi.
logan Myuller (1801-1858). Bu olim ham o’sha davrning yirik eksperimentator oHmlaridan biri bo’lgan, u bu sohada yuksak natijalarga erishdi.
logan Myuller o’zining tajribalari asosida ko’pgina fiziologik jarayonlarning mohiyatini ochib berdi, yirik kashfiyotlar qildi.
Myuller ko’rish, eshitish, so’zlash va siydik ajratish yo’llarining funksiyasini tekshirdi. Organizmdagi qonning tarkibini o’rgandi, ichki sekretsiya bezlarining ishini tekshirdi.
Myuller shu a’zolarning ish jarayonini boshqarib turuvchi qandaydir hayotiy kuch (vita) bor, deb faraz qilgan edi. Bu tushuncha fiziologiyada vitalizm nomi bilan ma’lumdir.
Dyubua Reymon (1818-1896). Bu oHm fiziologiyaning yangi sohasini – elektrofiziologiya usuHni ishlab chiqdi. U hayvonlar organizmida elektrofiziologik jarayonlar ro’y berishini aniqladi.
Dyubua Reymon mexanik materializm nuqtai nazarida turardi. Ammo, fiziologikjarayonlarni mexanika qonunlari asosida tushuntirib bo’lmasligini bilganidan so’ng, bu jarayonlarni umuman tushunib bo’lmaydi, deb oxirida agnostitsizm tushunchasi tomoniga o’tib ketdi va hayotiy jarayonlaming mohiyatini hech qachon bilib yetmaymiz, degan xulosaga keldi. Agnostitsizmning mashhur “ignoramus et ignorabimuz” (“bilmaymiz va hech qachon bilib yetmaymiz”) degan formulasini shu Dyubua Reymon aytgan edi.
K10d Dernar (1813-1878). Bu oHm fiziologiya fanining juda ko’p sohalarini ishlab chiqqan edi. Ayniqsa, ovqat hazm qiluvchi a’zolari, ichki sekretsiya bezlari va qon aylanishi jarayonlarini chuqur o’rgandi. OHm fiziologiyada eksperimental usulni joriy etishda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.
Klod Bernar eksperimental patologiya fanining asoschilaridan biri edi. Umuman bu oHm zamonaviy fiziologiya fanining shakllanishida asosiy o’rin egallagan, deyish mumkin. Ammo, Klod Bernar ham fiziologik
jarayonlarning mohiyatini ochib bera olmadi.
German Gelmgols (1821-1894). Bu oHm o’zi psixiatr bo’lgan.
Fiziologiya fani bilan ham shug’ullangan. Fiziologik va patologik jarayonlarning mohiyatini tushunish ustida ko’p tekshirishlar o’tkazgan. 1847-yilda “Kuchning saqlanishi haqida”, deb ataluvchi kitob yozib, unda organizmda energiya saqlanishini matematik jihatdan asosll;lb berdi.
162

Bu bilan Gelmgols o’sha vaqtda keng tarqalgan “hayotiy kuch” haqidagi tushunchani inkor etdi. Olim sezish organlari (ko’rish, eshitish va h.k.) va mushaklar ishi fiziologiyasini aniq ishlab chiqdi.
Gelmgols stixiyali materalizm nuqtai nazarida turardi, u vitalistik va metafizik nazariyalarga qarshi edi. Ammo, Gelmgolsning materializmi izchil emas edi. Masalan, u atrof-muhitning real ekanligini tan olgani holda, kishining atrof-muhit haqidagi tushunchasi shartli belgilar yig’indisidan iborat, deb xatoga yo’l qo’ygan edi.
Shunday qilib, XIX asr fiziologlari bu fanni rivojlantirishda, ayniqsa, eksperimental usulini taraqqiy ettirishda juda katta yutuqlarga erishgan bo’lsalar ham, fiziologik jarayonlarning mohiyati masalasida boshi berk ko’chaga kirib qo’lgan edilar. Bu muammoni rus fiziolog olimi I.M.Sechenov o’zining reflektor nazariyasi asosida hal qilib berdi. V hamma fiziologik jarayonlar reflektor prinsipida amalga oshishini isbot etdi.
I.M.Sechenov boshlab bergan ishni ikkinchi mashhur rus fiziologi I.P.Pavlov (1849-1936) davom ettirdi. Bu olim fiziologiyada yangi soha – shartli refleks nazariyasini ishlab chiqdi.
I.P.Pavlov ko’proq oliy asab tizimi fiziologiyasi ustida ilmiy ish olib bordi va muhim kashfiyotlar qildi. Xususan, u bosh miyaning funksiyasi ham reflektor usulida amalga oshishini isbot qildi.
XIX asr tibbiyot fanining erishgan muhim yutuqlaridan biri – mikroorganizmlar haqidagi fanning shakllanishi bo’idi. Bu fanga birinchi qadam XVII asrda qo’yilgan edi. Vni gollandiyalik olim Antoni Levenguk boshlab bergan edi. Levenguk o’zi ixtiro etgan oddiy mikroskop orqali atrof tabiatni tekshirib, unda son-sanoqsiz kichik tirik mavjudotlar (mikroorganizmlar) mavjudligini aniqlagan edi. Bu masalaga boshqa olimlar ham qiziqib qolib, so’nggi asrlar davomidajuda ko’p tekshirishlar o’tkazdilar. O’sha vaqtda mikroskop ham takomillashtirildi. Juda mayda mavjudotlarni (mikroblarni) ham ko’rish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu mavjudotlarni o’rganadigan maxsus fanlar – mikrobiologiya, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va boshqa fanlar kelib chiqdi. Tabiatdagi ko’zga ko’rinmas mavjudotlarni har taraflama chuqur o’rganish, ular ichida zararlilari ham bo’lishini ko’rsatdi. Shu zararlilari har xii yuqumli kasalliklarni paydo qilishi aniqlandi. Har bir yuqumli kasallikning o’z mikrobi borligi ma’lum bo’ldi. Bu kashfiyotlar, ayniqsa, XIX asrning oxiri va XX asrda ko’p qilindi. Chunonchi, 1839-yilda nemis olimi logan Lukas Shonlein (1793-1864) ipsimon zamrug’larni topdi. Bu bilan parazitologiya faniga asos solindi.
Mashhur fransuz olimi Lui Paster (1822-1913) o’z tekshirishlari natijasida achishjarayoni mikroblar. tufayli ro’y berishini aniqladi. 1880-
163

yilda quturish kasalligiga qarshi vaksinatsiya usulini ishlab chiqdi. 1885- yilda bu usulni birinchi marta amalga oshirdi.
1876-yilda mashhur nemis olimi Robert Kox (1843-1910) kuydirgi kasalligini paydo qiluvchi mikrobni topdi. 1882-yilda esa sil kasalligining mikrobini aniqladi. 1883-yilda u insonlar uchun eng xavfli bo’lgan vaboning mikrobini aniqIadi. Robert Koxjarohatlangan va operatsiya vaqtida kesilgan joyda paydo bo’luvchi yiringlanishning sababini aniqladi. Paul Erlix (1854-1915) mikroblar har xil kimyoviy moddalarga nisbatan o’zlarida turg’unlik xususiyati paydo qilishlari mumkinligini isbotladi. Shunday qilib, yiringli jarayonlarda mikroblar sababchi ekanligi ma’lum bo’ldi. Shunga asosan mashhur inglizjarrohi lozefLister (1827-1912) aseptika va antiseptika usulini ishlab chiqadi. 1880-yilda K.Ebert ich terlama kasalligining mikrobini aniqladi. Shu yili A Laveran tropik bezgak kasalligini qo’zg’atuvchisini topdi. 1885-yilda K. Golji, 1890-yilda D. Grassi va P.Fellet uch kunlik va to’rt kunlik bezgakning qo’zg’atuvchisini topdilar. 1895-yilda rus olimi P.F.Borovskiy teri leyshmaniozining qo’zg’atuvchisini aniqladi. 1883-yilda N.D.Monastirskiy qoqshol kasalligining mikrobini topdi. 1886-yilda D.Bryus qora oqsoq (brutsellyoz) kasalligining sababchisini aniqladi. 1894-yilda AYersen va AKitozato toun (o’lat) kasalligining mikrobini topdilar. Shu yili Emil Ru (1853- 1933) difteriyaning antitoksin zardobini kashfetdi. Bu kashfiyot difteriya kasalligini tugatishda muhim rol o’ynadi. 1903-yilda ANegri quturish kasalligining sababchisini, 1909-yilda amerikalik olimlar G.Rikkets va S.Vilder hamda chex olimi S.Provachek toshmali tif kasalligining sababchisini aniqladilar.
Mikrobiologiya va virusologiya fanining rivojlanishi natijasida, deyarli hamma yuqumli kasalliklaming sababchilari aniqlandi. Bu amaliy tibbiyot sohasidagi katta yutuq edi. Bu kashfiyotlar yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktika va davolash tadbirlarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
Anatomiya, fiziologiya va mikrobiologiya sohalaridagi yutuqlar hamda fizika, kimyo, optika kabi fanlarning rivojlanishi natijasida yangi diagnostik va davolash usullari ishlab chiqildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *