Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish? 

O`zbekiston Respublikasi  “Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risida”gi Qonunning 36 moddasiga ko`ra nodavlat notijorat tashkilotini tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi.

Nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) yoki nodavlat notijorat tashkilotini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi adliya organi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlaydi. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk tashkilot qatnashchilari (a’zolari), shuningdek rahbar organlarning a’zolari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas hamda undan belgilangan tartibda foydalaniladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *