Nodavlat umumta’lim tashkilotidagi pedagog xodimlar qanday majburiyatlarga ega? 

Ta’lim jarayonini davlat ta’lim standartlari hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida tashkil etishga;

pedagog odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishga;

dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada olib borish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, o‘qitish vositalarini yaratishda faol qatnashishga;

ta’lim oluvchilarning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat kabi fazilatlarni shakllantirish, o‘quvchilarni ona Vatanga sadoqat, davlat tiliga, milliy va umuminsoniy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga, ota-onaga va o‘zidan katta yoshdagilarga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga;

o‘zining nazariy bilim darajasini, pedagogik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish va o‘z ustida muntazam ishlashga;

ta’lim jarayoni va o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga;

ta’lim oluvchilarning ota-onalari bilan muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga majbur.

Pedagog xodimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatni ham olishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *