Nodavlat umumta’lim tashkilotining vazifalari nimalardan iborat? 

Ta’lim oluvchilarning muntazam bilim olishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini kuchaytirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;

ta’lim oluvchilarga milliy an’analar va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim berish, milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni qaror toptirish, o‘z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;

ta’lim oluvchilarning alohida ijobiy xususiyatlari va qobiliyatlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim olishi, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishi va ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratib berish;

ta’lim oluvchilarda mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni kasbiy yo‘naltirishga va kasb tanlashiga ko‘maklashish;

ta’lim jarayoniga yuqori malakali pedagog va boshqa kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish;

o‘qish muddati va shartlari, to‘lov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilangan shartnomaga muvofiq ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan ishlarni tashkil etish;

ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun o‘quv binolarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa vositalar hamda jihozlar bilan ta’minlash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida bepul o‘qishga qabul qilish orqali ularning sifatli bilim olishlariga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *