Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olish huquqi. 

Nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish, o‘z qobiliyatini rivojlantirish uchun butun umri davomida ta’lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.

Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv ta’limini rivojlantirish, ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan, malaka oshirishdan o‘tishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim olishi va o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olishi ta’minlanadi.

Nogironligi bo‘lgan bolalarni ta’lim muassasalarida o‘qitishning vaqtincha imkoni bo‘lmasa, shifokorlar tavsiyalari asosida va ota-onasining, qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda o‘qitilishi ta’minlanadi, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarning bepul umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, o‘rta maxsus va professional ta’lim olishini kafolatlaydi.

Maxsus o‘quv qo‘llanmalari, adabiyotlar, surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta’lim berish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish turli shakllarda, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibda o‘qitish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Imo-ishora tili O‘zbekiston Respublikasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxslararo muomala vositasi sifatida e’tirof etiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *