Amallar orqali. So’z gapirilgan sari, qadri tushib boraversa, amalda buning mutlaqo
teskarisi. Hech kimga hech narsani o’rgatmang. Shunchaki ularga buni qilib o’zingiz
ko’rsating. Rosululloh Umra uchun (yana Alloh bilguvchiroq Hajj bo’lishi ham mumkin)
sahobalarga sochlarini olishni aytadilar. Hech kim buni qilmadi subhanalloh. Yana
aytadilar va yana sahibalar harakat qilishni istashmaydi. Shunda Onalarimizdan birlari
Rosulullohga o’zingiz avval ularga ko’rsating, shunda balki ular ham ortingizdan
ergasharlar dedilar. Rosululloh shunday qilib o’zlari amalni qilib ko’rsatdilar. Boshqa
So’zga oid oltin qoida 1
sahobalar ham ular ortlaridan takrorlashdi. (Voqeani ancha oldin kitobda o’qigandim.
Shunga xato joylari bo’lgan bo’lsa, unutgan bo’lsam izohlarda to’g’rilab qo’ysangiz
xursand bo’lardim)
Umumiyatda siyratdagi shu voqeadan ham tushunishimiz mumkin-ki, amal ila
ko’rsatishning o’rni bo’lak. Insonga so’zdan ko’ra ko’proq amal ta’sir qiladi. Buni
siyratdagi shu voqea ham tasdiqlab beradi.
O’zbeklarda bir go’zal maqol bor. Eng yaxshi ko’rgan maqollarimdan biri: “Qush uyasida
ko’rganini qiladi”. Maqoldagi “ko’rganini” degan so’zga e’tibor berishingizni so’rardim.
Maqolda “Qush uyasida eshitganini qiladi” deyilmadi. “Qush uyasida ko’rganini qiladi”
deyildi. Bundan kelib chiqadi-ki, odamlar so’zlar orqali emas, balki, ko’proq amallar
orqali o’rganadi. Amallar orqali o’zlashtiradi.
4 yildan beri katta-kichik auditoriyaga dars o’tib kelaman. O’qituvchilik faoliyatimda ham
shuni tushundim-ki, o’quvchilar so’zlardan ko’ra ko’proq narsani, manga taqlid qilib
o’rganishar ekan. Ularga ko’proq holatlarda o’zimni qanday tutishimni ko’rsatib
berardim. Ular esa shuni zo’r o’zlashtirishar edi. O’quvchilar manga o’xshab gapirishga,
man o’qigan kitoblarni o’qishga, man ishlatgan so’zlarni ishlatishga harakat qilishardi.
Bundan ham tushunib olsak bo’ladi, ular ilmni ham hatto taqlid orqali o’zlashtirishi
mumkin.
Farzand tarbiyasi ham yuqoridagi maqol singari shu fundament ustiga qurilgan.
Farzandga kitob o’qish haqida 1000 marta gapirgandan, bir marta uning oldida o’zingiz
kitob o’qiganingiz afzal. Ovqatdan so’ng idish-tovoqlarni yig’ib qo’yish haqida va’zlardan
ko’ra, o’zingiz unga shuni ko’rsatib qo’yganingiz foydaliroq. Uylanmay turib bu mavzu
haqida gapirishi manga qiyin shunga bunga ko’p misol keltira olmadim…
Odamlarga ta’sir o’tkazishning eng yaxshi usuli
Yanvar 13, 2025