ODOBNOMA – Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1- sinfi uchun darslik

I. O‘ZBEKISTON — OZOD VA OBOD DIYOR 1. MUSTAQILLIK KUNI

O‘zbekiston 1991-yil 31-avgust kuni Mustaqillikka erishdi va O‘zbekiston Respublikasi deb e’lon qilindi. Mustaqillik bayrami eng quvonchli bayram hisoblanadi.

3

Hur o‘lkam

O‘zbekiston Bag‘ri to‘la Humo qushi Baxt porlar

— hur o‘lkam, nur o‘lkam. boshingda, quyoshingda.

Mehrga kon, to‘liqsan, Otamizday ulug‘san.

Sen quvonch-u faxrimiz, Bag‘ringda shod, baxtlimiz!

Dilshod Rajab

Vatan

Bizning vatanimiz — O‘zbekiston. Vatan — bizni o‘rab turgan tevarak-olam.

O‘zbekiston go‘zal va serquyosh diyor. Davlatimiz ramzlarida ham yurtimizning boy tabiati aks etgan.

?

O‘zbekistonni quyosh o‘lka

nima deb

uchun ataymiz?

ser-

4

?!

  1. Vatanimiz Davlat madhiyasini yod oldingizmi?
  2. Vatanimiz Davlat gerbida nimalar aks etgan?
  3. O‘zbekistonni nima uchun ozod o‘lka deb ataymiz?
  4. Uyda kattalar yordamida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i rasmini chizib, bo‘yab keling.

5

  1. BOBOLARDAN

Obod

MEROS

o‘lka

YURT

O‘zbekiston kundan kunga go‘zallashib bormoqda. Vatanimizda yangi, chiroyli binolar, ko‘priklar qurildi. Ravon, tekis yo‘llar yotqizildi. Biz vatanimiz bilan faxrlanamiz.

?!

  1. Ozod va mustaqil yurtimizda qanday yangi binolar qurildi?
  2. Mahallangizdagi obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab bering.

6

Vatanga mehr dan boshlanadi.

onaning

allasi-

?!

  1. Biz yashayotgan yurt qanday ataladi?
  2. Biz nima uchun vatanimizni sevamiz?
  3. Yuqoridagi rasmlar asosida vatanimiz haqida so‘zlab bering.

7

  1. ODOB-AXLOQ ME’YORLARINING DASTLABKI TALABLARI

Yaxshi

so‘z

Gapirganda «sizlab» gapir, «Sen», «san»lama.

Hammani ham sen o‘zingga Teng sanama.

«Katta», «kichik» degan axir So‘zimiz bor.

Qarshimizda kim turibdi, Ko‘zimiz bor.

Hurmat degan gap bor elda, Yodingda tut.

Pala-partish so‘z aytishni, Darhol unut.

Tolib

Yo‘ldosh

O‘ziga boqma – so‘ziga

boq.

Alisher Navoiy

!

She’rni tinglab, axloq-odob me’yorlarining dastlabki talablari nima ekanini aytib bering.

8

?!

  1. Rasmlarda tasvirlangan bolalarni nima uchun mehribon, a’lochi, ozoda, ahil va odobli bolalar deymiz?
  2. Buvijoningizdan odobli bola qanday bo‘lishini bilib oling.

Yaxshilardan

i

t

ol.

Yomon Yaxshi

baxil bo‘lar, – ahil.

9

II. ODOB

– INSON UCHUN OFTOB

  1. ETIKETNING ASOSIY QOIDALARI

Ertak

Qadim zamonda bir o‘rmonda hayvonlar tinmay bir-birlari bilan urishar ekan. Shu o‘rmonda bir sher ham yashar, uni “Paxmoq axmoq” deb atashar ekan. Bir kuni o‘rmonga sehrgar laylak uchib kelibdi. U do‘kon ochib, nomini “ETIKET” qo‘yibdi. Unda sotilayotgan qizil sandiqchalarga “Chiroyli tabassumlar”, zar sandiqchalarga “Yoqimli so‘zlar”, oq sandiqchalarga “Go‘zal xulq-atvor” deb yozib qo‘yilgan ekan. Paxmoqvoy barcha sandiqchalardan sotib olibdi. Sehrli sandiqchalar uni odobli, oliyjanob qilib qo‘yibdi. Tez orada

10

o‘rmon hayvonlari uni “Oliyjanob sher” deb atay boshlashibdi. Oliyjanob sherni o‘rmonning podshohi qilib saylashibdi. Shunday qilib, hayvonlar ahil yashay boshlashibdi.

!

Rasmlarga qarab, etiketning asosiy qoidalarini aytib bering.

11

  1. ETIKET NIMAGA O‘RGATADI?

!

Rasmlarga qarab, etiketga amal qilayotgan bolalarni toping.

Bol ham tildan, balo ham tildan. Odob – kishining zeb-ziynati.

12

Etiketdan o‘rganamiz Avtobusda kattalarga joy bersa, Buvisiga qo‘l ko‘ksida, choy bersa, “5” o‘rniga “2” baho olmasa, Sinfida shovqin-suron solmasa, Xulq-odobi yuz-ko‘zidan bilinsa, Etiketning o‘rgatgani shu bo‘lar, Unga amal qila olgan zo‘r bo‘lar! M. Egamberdi qizi

?

Rasmga qarab, toping-chi, odobli bola nimalar bilan do‘stlashishi kerak ekan?

13

  1. ETIKETNING

ASOSIY

TALABI

Odamlarga mehribon bo‘ling.

14

  1. YAXSHILIK VA YOMONLIK Yomonlik qaydan kelar? Yomonlikning asosi Eng avval bekorchilik. Bekorchining qilmishi Turgan gap, beorchilik. Bekorni ko‘rgan zamon, Tortinma, olgin qo‘lga. Boshla mehnat deyilgan Ajoyib oydin yo‘lga. U mehnat maktabida Yaxshilikka yo‘l olar. Bekorchilar – yomonlar Shu yo‘sinda yo‘qolar.

Po‘lat Mo‘min

Yaxshidan bog‘ qolar,

Yomondan –

d

.

?!

  1. Yomonlik qayerdan paydo bo‘lar ekan?
  2. Yomon xususiyatlar nimalardan iboratligini aniqlab keling.

15

!

Rasmga qarab, fikr bildiring.

16

  1. MAS’ULIYAT Jo‘ja bilan Quyon

Jo‘ja Quyonga: “Men mas’uliyatliman”, – deb maqtandi. Quyon undan sabzisiga qarab turishini iltimos qildi. Jo‘ja sakrab o‘ynab yurib, sabzini yo‘qotib qo‘ydi. Quyon qaytgach, Jo‘jadan xafa bo‘ldi. Jo‘jaga: “Senga ishonib, xato qilibman, mas’uliyatsiz ekansan”, – dedi.

Mas’uliyatsizga ishonma.

?

  1. Nima uchun Quyon Jo‘jani “mas’uliyatsiz” deb atadi?
  2. Siz o‘quvchilik mas’uliyatini qanday tushunasiz?

17

  1. RAHMDILLIK VA BAG‘RIKENGLIK

!

Rasmga qarab, xulosa chiqaring.

Rahmdil bola

Rahimjon futbol o‘ynash uchun ketayotgan edi, ko‘chada adashib qolgan bolakayni ko‘rib qoldi. Yig‘lab turgan bolaga juda rahmi keldi. Borib, bola-

18

ning ko‘z yoshlarini artdi, qo‘lidan tutib, o‘z uyiga olib kirdi.

Unga koptok sovg‘a qildi. So‘ng onasi bilan birga bolani uyiga eltib qo‘yishdi.

Mehr — gul, qahr —

t

n .

Bag‘rikenglik o‘zbek xalqiga xos eng go‘zal fazilat. Shuning uchun yurtimizda turli millat vakillari ahil va inoq yashaydilar.

Mehr xazinasi — bag‘rikenglik.

19

TAKRORLASH

?!

  1. O‘zbekiston qachon mustaqillikka erishdi?
  2. Yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab bering.
  3. Etiketning asosiy qoidalarini sanab bering.
  4. Rahmdillik, bag‘rikenglik va mas’uliyat tuyg‘usi nima ekanini tushuntirib bering.
  5. Maqollarni to‘ldiring:

Uyat yuzda bo‘lar, Mehr — k a .

Ilon zahri — tishida, Yomon zahri — t

Yaxshi bilan yursang, Yetarsan murodga. Yomon bilan yursang, Qolarsan u a .

a.

20

III. INSON VA JAMIYAT 10. SALOMLASHISH QOIDALARI

Qo‘ni-qo‘shni, sinfdoshlar va maktabingiz siz uchun jamiyat hisoblanadi. Jamiyatda salomlashishning ahamiyati katta.

Salomlashishning muhim qoidalari quyidagilardan iborat:

  1. Kichik kattaga, yolg‘iz odam ko‘pchilikka salom beradi.
  2. Ochiq chehra bilan, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salomlashish kerak.
  3. Salomlashish vaqtida “Assalomu alaykum”, “Ko‘rganimdan xursandman”, “Sog‘ bo‘ling”, “Kuningiz xayrli bo‘lsin” kabi sehrli so‘zlarni ishlatish kerak.

Oldin salom, keyin kalom.

21

?!

  1. Rasmlardagi holatlarni izohlab bering.
  2. Ayting-chi, qanday holatlarda salom berilmaydi?

22

  1. SALOMLASHISH Odobning boshi

ODOBI — salom

Yo‘l ustida uchragan Kishiga bersang salom. Alik olib avvali, so‘ngra Der: “Rahmat, bolam”.

Salomsiz o‘tsang agar, Sho‘rlik soqov ekan der. Tiling bo‘lgach, albatta, Kattalarga salom ber.

Tolib

Yo‘ldosh

?

Qanday bolalar unutadilar?

salomlashishni

Salom bering, bir-biringizga mehringiz ortadi.

Hadis

Hadis

– muqaddas o‘git, nasihat.

23

  1. OVQATLANISH QOIDALARI VA MADANIYATI

?!

  1. Ovqatlanishning qaysi qoidalarini bilasiz?
  2. Rasmlardan ovqatlanish qoidalariga rioya qilinmagan holatlarni toping.

24

Buvijon

o‘gitlari

Kechki taom payti edi. Husan taomni juda shoshilib yedi. Buni ko‘rgan buvisi unga tanbeh berdi:

— Ovqatlanish madaniyatining o‘z qoidalari bor. Men uchtasini aytib beraman. Odobli bola ovqatlanishdan avval va keyin qo‘llarini yuvadi — bu birinchisi. Ikkinchisi — o‘zidan kattalardan oldin taomga qo‘l uzatmaydi. Uchinchisi — taom yeganida, qo‘li bilan yerga tayanmaydi. Qolganlarini sen o‘zing aytib ber-chi?!

?

  1. Buvi ovqatlanishning qaysi qoidalarini aytdi?
  2. Ovqatlanishning yana qanday qoidalarini bilasiz?

25

  1. ODOBLI BOLA ELGA MANZUR

?

Rasmlardagi odobli deb

qaysi bilasiz?

bolalarni

Bola – aziz, odobi undan aziz.

Odob ziynati.

– kishining

zeb-u

26

  1. MINNATDORLIK VA JONKUYARLIK

Jonkuyar bola

Uch ona va bir qariya bozordan birga qaytishdi. Ayollarning qo‘llarida yuklari bor edi. Ikki ona yo‘l bo‘yi o‘z farzandini maqtab keldi. Birinchi ona farzandini chaqqon akrobat ekanini, ikkinchi ona o‘g‘lining bulbulday xushovoz ekanini aytdi. Uchinchi ona hech narsa demadi. Uyga yaqinlashganlarida farzandlari ularning qarshisidan chiqishdi. Birinchi onaning o‘g‘li oyog‘ini osmonga ko‘tarib, usta akrobatlardek qo‘llari bilan yurib keldi. Ikkinchi ona-

27

ning o‘g‘li bulbulday go‘zal ovozi bilan qo‘shiq kuyladi. Uchinchi onaning o‘g‘li esa salom berib, onalarning yukini qo‘llaridan oldi. Uchinchi ona o‘g‘liga rahmat aytib, yelkasiga qoqib qo‘ydi. Buni ko‘rgan qariya: – Men jonkuyar va maqtovga loyiq birgina bolani ko‘rdim, – dedi.

Ayting-chi, qariya qaysi bolani jonkuyar deb bildi?

Xayrli ishning xayrixohi ko‘p.

?

  1. Uchinchi o‘g‘ilning jonkuyarligini qayerdan bildingiz?
  2. Biz qachon, kimga rahmat aytamiz?

Rah

Ba

kal

mat

la

ra

28

  1. UYDA VA TA’LIM MUASSASASIDA ODOB-AXLOQ QOIDALARI

Uyda:

  1. Ota-onangizga mehr va hurmat bilan munosabatda bo‘ling.
  2. Ota-onangizga beminnat dastyor bo‘ling.

?

Siz uyda qanday ishlarni bajarasiz?

29

Maktabda:

  1. Maktabga kechikib kelmang.
  2. Berilgan topshiriqlarni diqqat bilan tinglang va o‘z vaqtida bajaring.
  3. Savol berishdan avval qo‘lingizni ko‘taring. Boshqalarga xalal bermang.

!

Dars va tanaffus qilinadigan odob tib bering.

vaqtida rioya qoidalarini ay-

Ustoz

otangdek

ulug‘.

30

  1. JAMOAT

JOYLARIDA TUTISH

O‘ZINI

Odobli bola jamoat joylarida o‘zini yaxshi tutadi. Injiqlik qilmaydi, odamlarga yo‘l beradi, kattalarga o‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib salom beradi. Orasta kiyinib, chiroyli bo‘lib yuradi. Shovqin solmaydi.

Ko‘chada

Dilnoza ko‘chada buvisi bilan ketayotgan edi, bir bolaning xarxashasi xayolini bo‘ldi:

– Olib berasiz, mana shu saqichni, olib berasiz! – derdi bola.

Onasi bo‘lsa unga nimalarnidir uqtirmoqchi bo‘lardi. Lekin bola yer tepinib:

– Unda “Snikers” olib bering! – derdi. Oyisi uyatdan nima qilarini bilmay atrofga alanglardi.

31

– Buvijon, – dedi Dilnoza, – anavi bola oyisini xafa qilyapti-a?

– Ha, bolajonim, bechora onasining puli yo‘qdir-da, – dedi buvisi norozi bo‘lib, boshini sarak-sarak qilarkan.

– Men hech ham bunaqa qilmayman, kattalarni uyaltirmayman-a, buvijon?

– Buving aylansin sendan, o‘zimning aqlli qizimsan-da!

Internetdan Odobni beodobdan o‘rgan.

Odob boshdan, nihol yoshdan.

ti

In

li

zom

Bo‘g‘inlardan so‘z hosil qilib, jamoat joylarida o‘zini qanday tutish kerakligini bilib oling.

32

  1. XAVFLI VAZIYATLARDA TO‘G‘RI HARAKAT QILING Maqtov

Aziza birinchi sinfda o‘qiydi. O‘qituvchi darsda Aziza va sinfdoshlariga maktab binosini tark etish kerakligini aytdi.

Aziza o‘rnidan turib, xuddi o‘qituvchisi Muqaddas opa o‘rgatganidek, partadoshi Ahmad bilan eshik oldiga borib turdi. Sinfdoshlar shovqin-suronsiz, tartib bilan o‘ng tomondan yurib, maktab hovlisiga chiqa boshladilar.

Ammo 3-“A” sinf o‘quvchilari shunaqangi chopib chiqdilarki, Gulnoza ismli qiz yiqilib ham tushdi. O‘rtoqlari unga yordam bermay, turtib o‘tib ketishdi.

Ular bir-birlarini turtib, shovqin bilan sport maydoniga chiqib kela boshlashdi. Buni ko‘rgan maktab rahbari: “Ukalaringizga qaranglar, qoi-

33

dalarga rioya qilgan holda, tezlik bilan binoni tark etdilar”, – dedi. Maktab direktori shu kuni Azizaning sinfini maqtadi.

Nargiza Ismatova

?!

1.

Maktab rahbari Azizaning sinfi-

ni nima uchun maqtadi?

  1. 3-“A” sinf o‘quvchilari harakatiga baho bering.
  2. Bunday vaziyatda siz qanday harakat qilasiz?
  3. Xavfli vaziyatlarda bir-biringizga qanday yordam berasiz?
  4. Xavfli vaziyat yuz berganida qaysi yo‘laklardan harakatlanish mumkinligini ko‘rsatuvchi xarita chizing.

34

TAKRORLASH

?!

  1. Jamoat joylarida qanday odob qoidalariga rioya qilish lozim?
  2. Uyda va maktabda rioya qilinadigan odob qoidalarini aytib bering.
  3. Ovqatlanishda nimalarga rioya qilish kerak?
  4. Salomlashishda amal qilish zarur?

nimalarga

  1. Berilgan maqollarni to‘ldiring va izohlang: “Avval salom …”, “Yaxshi bo‘lsang o‘zarsan, …”, “Bola aziz, odobi …”, “Qobil farzand, jonga …”, “Yaxshi otga bir qamchi, …”.
  2. Yaxshilik she’r va siz?

haqida ertaklarni

qanday bila-

35

IV. INSON YURT

SALOMATLIGI BOYLIGI

  1. SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI Shaxsiy gigiyena nima?

Shaxsiy gigiyena – ozodalikka rioya qilish deganidir. Shaxsiy gigiyena qoidalari quyidagilardan iborat:

  1. Tishlarni ertalab va kechqurun yuvish.
  2. Yuz-qo‘llarni hamisha toza tutish.
  3. Ovqatlanish oldidan qo‘l yuvish.
  4. Uyquga yotishdan avval cho‘milish, tirnoqlarni vaqtida olish.
  5. O‘rin-ko‘rpa, idish-tovoq va ro‘zg‘or asboblarini ozoda tutish.
  6. Dastro‘mol, soch tarog‘i, tirnoq oladigan qaychi, tish cho‘tka kabilarni ozoda tutish. Birovning dastro‘moli, taroq, qaychi va tish cho‘tkasini ishlatmaslik.

Tozalik – sog‘lik

g

i

.

36

?

Siz shaxsiy gigiyenaga qanday rioya qilasiz?

Ayting-chi, quyidagi rasmlarda tasvirlangan narsalarning qaysilari shaxsiy gigiyenada va qaysilari uy tozalash uchun ishlatiladi?

Pokliging

– sog‘liging.

37

  1. BADANTARBIYA GAROVI

– SOG‘LIK

Badantarbiya

qoidalari

Badantarbiyani bajarishda quyidagilarga amal qilish kerak:

  1. Har kuni erta bilan belgacha toza, nam sochiq bilan artinish.
  2. Mashqlarni 5–6 daqiqa davomida bajarish.
  3. Badantarbiyani to‘g‘ri nafas olish mashqi bilan yakunlash.

Ertalabki badantarbiyani quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek qilib bajaring.

38

Badantarbiya

Bir – joyingda to‘g‘ri tur, Ikki – qo‘llaringni yoz.

Uch – egilish mashqlari, To‘rt – turib sakra biroz. Keyingi mashq – yugurish, Eh, bu juda-juda soz! Mashqlarda ko‘p xislat, Tanangga berar quvvat.

M. Egamberdi qizi

Salomatlik – tuman b

k .

?

Badantarbiyada mashqlar qanday ketma-ketlikda bajariladi?

39

V. BILIM

OL,

HUNAR

O‘RGAN

  1. KITOB

Rasmlarni chiqaring.

!

– BILIM

CHIROG‘I

qiyoslang

Kitob

va

xulosa

Men kitobman-kitobman, Nurga to‘la oftobman.

Agar meni yirtsalar, Biling, shunda — betobman.

Abdulla Turdiyev

40

Kitob o‘qish qoidalari:

♦ kitobni toza qo‘l bilan ushlang;

♦ kitobni avaylab-asrang;

♦ kitobni yotib, ko‘zga yaqin ushlab o‘qimang, bu salomatlik uchun zarar;

♦ kitobni yorug‘lik chap tomondan tushadigan joyda o‘qing. Kitobingizda hamisha xatcho‘p bo‘lsin.

!

“Kitobim – oftobim” kichik matn tuzing.

Juda sevamiz uni Xilma-xildir mazmuni. U – barchaning ulfati, Ba’zan bo‘lar surati. Qani, o‘rtoq, buni top! Eslagan der, bu – ….

mavzusida

41

  1. BILIM OL, HUNAR O‘RGAN Hunarli va hunarsiz Hunarli-yu hunarsiz qanday bo‘lar? Bir-biriga teskari doim ular. Bittasining qo‘lida g‘ayrati bor. Bittasining ko‘nglida hasrati bor. Bittasining gap-so‘zi iliq bo‘lar.

42

Bittasining har so‘zi sovuq bo‘lar. Hunarlini maqtashga so‘z yetishmas, Hunarsizni yozishga til kelishmas. Ey, bolalar, misoldir, bular sizga. Sira-sira o‘xshamang hunarsizga.

Po‘lat

Mo‘min

Hunarsiz kishi bilan do‘st bo‘lma.

“Qobusnoma”dan

?

Hunarli kishiga xos nimalardan iborat?

fazilatlar

Ilm-u hunar mehnat va harakat tufayli qo‘lga kiritiladi. Rizq-ro‘z kasb-hunar sababli hosil bo‘ladi. Hunarmand bo‘lsangiz, hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lasiz.

Hunar —

Hunarsizga

h

r dan zar unar.

k

yo‘q.

43

  1. INSON MEHNATI SHARAFLIDIR

BILAN

Ipak

qurti

Ipak qurti guldan gulga qo‘nib-uchib yurgan go‘zal kapalaklarga havas qilar edi. Chunki o‘zi ular kabi ucha olmas edi-da. Lekin pilla o‘rashda mohir edi. Shuning uchun u g‘ayrat bilan pilla o‘rashda davom etardi. Nihoyat, ipak qurti pillani o‘rab bo‘lgach, qattiq uyquga ketdi.

Uyg‘onganidan so‘ng pillani yorib, tashqariga chiqdi. Shunda u go‘zal kapalakka aylandi va gulzor bo‘ylab uchib ketdi.

44

Xulosa: Yaxshi sangiz, bir kuni ko‘rasiz.

o‘qib, ilm egallakelib uning rohatini

?!

  1. Qurtcha nima uchun kapalaklarga havas qilar edi?
  2. Qurtchaning kapalakka aylanishi sababini aytib bering.
  3. “Mening sevimli mashg‘ulotim” mavzusida qisqa hikoya tuzing.

G‘ayrat-shijoat — astoydil mehnat qilish, o‘qish, dangasalikdan yiroq bo‘lishdir. Bolalar, albatta, g‘ayratli bo‘ling!

Kishining so‘ziga emas, ishiga boq.

Bugungi ishni ertaga qo‘yma.

Gap bilan shoshma, i bilan shosh!

45

  1. MENING QO‘G‘IRCHOQLARIM Qo‘g‘irchoqlar mamlakatida Qo‘g‘irchoq teatri shaharning markazidagi katta binoda joylashgan.

U yerda Aziz ko‘pgina ertaklarni tomosha qilgan. Chunki u qo‘g‘irchoq teatrini juda yaxshi ko‘radi. Yaqinda otasi Azizga qo‘l bilan o‘ynatsa bo‘ladigan Nasriddin Afandi qiyofasidagi qo‘g‘irchoqni sovg‘a qildi. Aziz “Qo‘g‘irchoqlar mamlakatida” degan ertak to‘qidi. Keyin akasi bilan birga o‘rtoqlariga tomosha qo‘yib berdi. O‘rtoqlariga ham bu o‘yin yoqib qoldi.

!

Qo‘g‘irchoq teatrida rioya qilinadigan odob qoidalarini sanab bering.

46

Qo‘g‘irchoq

Erkatoyim qo‘g‘irchoq, Sochi mayin qo‘g‘irchoq. Sovg‘a qilib to‘yingga, O‘lchab mitti bo‘yingga. Tikdim jajji ko‘ylakcha, Avvalgidan bo‘lakcha. Tovlanadi xuddi zar, Kiysang, quvonar do‘stlar.

Ergash Yondosh

?

Rasmda qaysi ertak monlari tasvirlangan?

qahra-

47

KIM BO‘LSAM EKAN? (amaliy mashg‘ulot)

Muxtor: “Katta bo‘lsam, albatta, me’mor bo‘laman. Ulkan uylar quraman”, — dedi. Munisa esa: “O‘qituvchilik barcha kasblardan yaxshiroq”, — dedi. Bahsga Ravshan aralashdi. “Eng zo‘r kasb — haydovchilik”, dedi u. Birov tikuvchilik, birov oshpazlik, yana birov shifokorlikning eng zo‘r kasb ekanini uqtirdi. Hurmatli o‘quvchi, qani aytingchi, siz kim bo‘lishni istaysiz?

?

  1. Bolalar nima haqida bahslashdilar?
  2. Ayting-chi, siz qaysi kasbni eng yaxshi kasb deb hisoblaysiz?

48

Har kasbning

o‘z

xislati

bor

Kasb-hunarli inson xor-u zorlik ko‘rmaydi. Donolar shunday o‘git beradilar: “Har kim o‘ziga xos va mos kasb-hunar tanlasa, u baxtlidir”.

?!

  1. Rasmda qaysi kasb egalari tasvirlangan?
  2. O‘zingiz biladigan boshqa kasb-hunar turlarini sanab bering.
  3. Kasb-hunar haqida bilgan maqollaringizni aytib bering.

Yigit

hunar

kishiga

q

oz.

49

VI. AJDODLAR XOTIRASI ABADIYDIR

  1. XOTIRA VA KUNI

QADRLASH

Tinchlik – bebaho ne’mat. Tinchlik uchun jon fido etgan qahramonlarni xotirlash burchimizdir. Qariyalar va bemorlar holidan xabar olish go‘zal fazilat hisoblanadi.

Jasorat

G‘anining bobosi Bolgariyani fashistlardan ozod qilishda qatnashib, oyog‘idan ajralgan. U Bolgar qishlog‘ida, fashistlar mina qo‘ygan binodan bolalarni olib chiqqan ekan. Navbatdagi bolani qutqarayotganida, yaqin joyda mina portlabdi.

Yaralangan bobo va bola tuproq ostida qolibdi. Ko‘zini ochganida tepasida ularni tuproq ostidan kavlab

50

olgan bolgar turgan ekan.

do‘sti

horg‘in

jilmayib

– Omon qoldinglar, do‘stim, endi uzoq yashaysizlar, – debdi u.

Ha, G‘anining bobosi tinchlikning qadrini yaxshi biladi.

Xotira mangudir.

?!

  1. Nega qahramon ota-bobolarimiz xotirasini yodda saqlaymiz?
  2. Muqaddas qadamjolar, bemorlar va qariyalar ziyorati odobi haqida ma’lumot to‘plang.

51

ZIYORAT QILISH ODOBI (amaliy mashg‘ulot) Ziyoratgohda

Xotira va qadrlash kunida Akbar sinfdoshlari bilan Zangiota ziyoratgohiga bordi. Ziyoratgohni Sohibqiron bobomiz Amir Temur qurdirgan. Unda Zangiotaning maqbaralari mavjud.

Ziyoratgohga kirish oldidan ustoz bolalardan ziyorat odobiga rioya qilishlarini iltimos qildi:

– Bolalar, ziyoratgohda meni uyaltirib qo‘ymanglar. Ichkarida ohista, shovqin solmay yuringlar. Baland ovozda gapirmanglar. Ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi ma’lumotlarni yaxshilab bilib olinglar.

!

  1. Matndan ziyorat odobi haqidagi o‘gitlarni yozib oling.
  2. Bemorlar va qariyalar ziyorati haqida so‘zlab bering.

52

VII. TABIAT VA

BIZ SAYOHAT

  1. TABIAT QO‘YNIGA ODOBI Qoidalar Tabiat qo‘yniga sayohat chog‘ida quyidagi qoidalarga rioya qiling:
  2. Ozodalikni saqlang. Go‘zal tabiat ko‘rkini buzmang.
  3. Qushlar va boshqa jonivorlarga tosh otib, ozor bermang.
  4. Zilol suvni toza saqlang, unga turli chiqindilarni tashlamang.
  5. Daraxtlarni sindirmang.

Suvni ich, chashmani bulg‘ama.

Yerga qarasang – bog‘ bo‘lur, Ko‘ngil ochilib, chog‘ bo‘lur.

Yerni tepma, joni bor, Urib turgan qoni bor.

53

Rasmlardan hayvonlar nomining bosh harflarini topsangiz, “Qizil kitob”ga kiritilgan jonivor nomini bilib olasiz.

K +

+

+

  • K.

Tabiatni asrang! (hayotiy ertak)

Olimjon daraxt, o‘simlik va hayvonlar bilan bemalol so‘zlashadi. Uning o‘rtoqlari juda ko‘p, lekin ba’zi o‘rtoqlari biroz quloqsizroq. Olimjon o‘rtoqlarini tog‘ yonbag‘riga sayohatga olib bordi. Ular soy bo‘yida miriqib dam olishdi. Lekin, afsuski, Olimjonning quloqsiz o‘rtoqlari tabiatga ozor berishdi. Shunda shildirab oqayotgan Jilg‘a Olimjonning oldiga kelib arz qildi:

— Olimjon, o‘rtog‘ingga ayt, nega menga chiqindi tashlaydi? Axir men sizlarga juda kerakman-ku!

54

— O‘rtog‘ingga ayt, shoxlarimni sindirib ozor bermasin, jonim og‘riydi, — dedi O‘rik daraxti.

— O‘rtog‘ingni qaytar, polaponlarimni urib tushirmoqchi, — zorlandi Qushcha.

Bu gaplarni eshitib, Olimjon rosa xafa bo‘ldi. Quloqsiz o‘rtoqlariga ularning arz-u dodlarini yetkazdi. Ular o‘z qilmishlaridan uyalib, Jilg‘a, O‘rik daraxti va Qushchadan kechirim so‘rashdi.

?!

Ertakdan xulosa chiqaring. Tabiat qo‘ynida dam olish odobi nimalardan iborat ekan?

55

  1. JONIVORLARGA G‘AMXO‘RLIK — EZGU FAZILAT

Chumchuq

Tal’at Boboxonni ko‘rdi-yu, qovog‘i solindi. Uning qo‘lida oyog‘iga ip bog‘langan kichkina chumchuq bor edi. Tal’at chumchuqni qo‘yib yuborishini so‘rab, Boboxonga yalinib o‘tirmadi. Chunki Boboxon juda o‘jar bola edi.

— Boboxon, chumchuqni qayerdan olding? – deb so‘radi Tal’at.

— Bug‘doyzordan, chigirtka tutganimda do‘ppim bilan urib yiqitdim.

— Mana bo‘yoq qalam. Shunga alishmaysanmi?

— Fi-i! Tirik chumchuqni bitta qalamgami? Boshqa narsang yo‘qmi?

— Agar xo‘p desang, mana bu o‘chirg‘ichimni ham beraman.

Boboxon chumchuqni berdi. Keyin qiziqsinib:

56

— Buni alishvolib, nima qilasan? dedi.

— Hozir bilasan nima qilishimni.

Tal’at chumchuqning oyog‘idan avaylab ipni yechdi. Yuragi duk-duk urayotgan bechora qushchani bir-ikki siladi-da, keyin birdan osmonga qo‘yib yubordi: «Bor, uchaver!»

Boboxon goh qo‘lidagi o‘chirg‘ich bilan qalamga, goh uchib ketayotgan chumchuqqa, goh kulimsirab turgan o‘rtog‘i Tal’atga javdirab, nima qilishini bilmay, hang-mang bo‘lib qoldi. O‘. Usmonov

?

  1. Rasmda nimalar tasvirlangan?
  2. Siz jonivorlarga qanday g‘amxo‘rlik qilasiz?

57

  1. TABIAT NE’MATLARINI TEJASH

Tabiat ne’matlari

Tabiat o‘z bag‘ridan bizga joy beribgina qolmay, o‘z ne’matlari orqali hayotimizni farovon, uylarimizni charog‘on qilmoqda. Hatto taomimiz ham uning ko‘magida tayyorlanadi. Qanday qilib deysizmi? Albatta, elektr quvvati va tabiiy gaz yordamida. Suvdan quvvat oladigan gidroelektr stansiyalar (GES) uylarimizni yoritadi, ulkan korxonalar, televizor, radio, muzlatkich, kompyuter, qo‘l telefoni – barcha-barchasi u tufayli ishlaydi.

Yer yuzining asosiy qismi suvdan iborat bo‘lsa-da, ichimlik suvi juda ozligini bilasizmi? Agar ichimlik suvini toza saqlamasak, bor-yo‘g‘i 10 yil o‘tgach, yer yuzining yarim aholisi suvsiz qoladi.

58

Suv qatrasi – dur qatrasi.

?

?!

  1. Suv, gaz, elektr quvvati insonga qanday foyda keltiradi?
  2. Nima uchun toza suvni tejash lozim?

1.

Rasmlardagi holatlarga baho

bering.

  1. Siz suvni asrab-avaylashga qanday hissa qo‘shasiz?

Suvsiz hayot bo‘lmas, mehnatsiz – rohat.

59

NAZORAT ISHI

  1. Maqolni to‘ldiring:

Ona yurting — … beshiging.

a) metin;

b) chiroyli;

d) oltin.

  1. Maqolni to‘ldiring:

O‘zga yurtning gulidan, O‘z yurtingning … yaxshi.

a) cho‘li;

b) tikani;

d) maydoni.

  1. Maqolni to‘ldiring:

Serjanjal uyda … yo‘q.

a) rohat;

b) ovqat;

d) baraka.

  1. Shifokor davolay sallik – ….

a) bosh og‘rig‘i;

b) kashandalik;

d) manmanlik.

olmaydigan

ka-

60

  1. Quyidagi rasm va she’r asosida “Ona Vatan bag‘rida” mavzusida kichik matn tuzing.

Yashna,

Vatan!

Ey, aziz Vatan Jonajonimiz, Sen bizning shodlik, Gulistonimiz.

Bizga mehribon, Sevimli ona, Berding bizga ilm, Kitob, darsxona.

Zafar Diyor

61

MUNDARIJA

I. O‘ZBEKISTON — OZOD VA OBOD DIYOR 1. MUSTAQILLIK KUNI …………………………………….. 3

  1. BOBOLARDAN MEROS YURT ………………………….6
  2. ODOB-AXLOQ ME’YORLARINING DASTLABKI TALABLARI……………………………………8

II. ODOB — INSON UCHUN OFTOB 4. ETIKETNING ASOSIY QOIDALARI ……………………10

  1. ETIKET NIMAGA O‘RGATADI ………………………….12
  2. ETIKETNING ASOSIY TALABI …………………………14
  3. YAXSHILIK VA YOMONLIK……………………………..15
  4. MAS’ULIYAT …………………………………………………17
  5. RAHMDILLIK VA BAG‘RIKENGLIK ……………………18

TAKRORLASH ……………………………………………….20

III. INSON VA JAMIYAT 10. SALOMLASHISH QOIDALARI …………………………..21

  1. SALOMLASHISH ODOBI…………………………………23
  2. OVQATLANISH QOIDALARI VA MADANIYATI …….24
  3. ODOBLI BOLA ELGA MANZUR ………………………26
  4. MINNATDORLIK VA JONKUYARLIK …………………27
  5. UYDA VA TA’LIM MUASSASASIDA ODOB-AXLOQ QOIDALARI ……………………………..29
  6. JAMOAT JOYLARIDA O‘ZINI TUTISH ………………31

62

  1. XAVFLI VAZIYATLARDA TO‘G‘RI HARAKAT QILING ………………………………………………………..33

TAKRORLASH ……………………………………………….35

IV. INSON SALOMATLIGI – YURT BOYLIGI 18. SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI ……………………..36

  1. BADANTARBIYA – SOG‘LIK GAROVI ………………38

V. BILIM OL, HUNAR O‘RGAN 20. KITOB – BILIM CHIROG‘I ……………………………..40

  1. BILIM OL, HUNAR O‘RGAN …………………………..42
  2. INSON MEHNATI BILAN SHARAFLIDIR ……………44
  3. MENING QO‘G‘IRCHOQLARIM ………………………..46

KIM BO‘LSAM EKAN? (amaliy mashg‘ulot) ……..48

VI. AJDODLAR XOTIRASI ABADIYDIR 24. XOTIRA VA QADRLASH KUNI ………………………..50

ZIYORAT QILISH ODOBI (amaliy mashg‘ulot)…..52

VII. TABIAT VA BIZ 25. TABIAT QO‘YNIGA SAYOHAT ODOBI………………53

  1. JONIVORLARGA G‘AMXO‘RLIK EZGU FAZILAT ……………………………………………..56
  2. TABIAT NE’MATLARINI TEJASH ……………………..58
  3. NAZORAT ISHI……………………………………………..60

63

O-31

Hasanboyeva, Oysha Odobnoma: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik / O. Hasanboyeva, M. Inoyatova. — Sakkizinchi nashr T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. — 64 b.

ISBN 978-9943-07-599-3

UO‘T: 17=512.133(075.2)

KBT 74.200.51ya71

O‘quv nashri

Oysha Hasanboyeva Muhayyo Inoyatova

ODOBNOMA

1- sinf uchun darslik

Sakkizinchi nashr

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent — 2018

Muharrir Badiiy muharrir Rassom Dizayner

Iroda Solihova Asqar Yoqubjonov Baxtiyor Muhamedov Umid Sapayev

Nashriyot litsenziyasi AI ¹ 160, 14.08.2009-y.

02.04.2018-y.da bosishga ruxsat etildi. Bichimi 70 x 901 / 16 . Kegli 18. Ofset usulida bosildi. Shartli bosma tabog‘i 4,68. Nashr hisob tabog‘i 3,67. Adadi 514 274 nusxa. 93-sonli shartnoma. 18–151-sonli buyurtma.

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent — 100011, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyida bosildi. Toshkent — 100011, Navoiy ko‘chasi, 30.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *