OIVni yuqtirib olganlar qanday ijtimoiy huquqlarga ega? 

OIVni yuqtirib olganlar bepul maxsus davolanadi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIVni yuqtirib olganlar, kasallik bosqichidan qat’i nazar, qonunchilikda belgilangan har oylik ijtimoiy nafaqa va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun imtiyozlar olish huquqiga ega.

OIVni yuqtirib olgan bolalarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ishdan vaqtincha ozod qilingan va vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda bolalar bilan birga davolash-profilaktika muassasasida statsionar sharoitlarda bo‘lish huquqiga ega.

Qonunchilikda OIVni yuqtirib olganlarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy muhofaza qilishning boshqa chora-tadbirlari ham belgilanishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *