OIVni yuqtirib olganlarning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat? 

OIVni yuqtirib olganlar:

OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish natijalarini va OIV tarqalishining oldini olishga doir tavsiyalar olish;

o‘z huquqlari to‘g‘risida, o‘zidagi mavjud kasalliklarning xususiyati va tibbiy yordam ko‘rsatishda qo‘llaniladigan usullar haqida axborot olish;

o‘ziga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘linishi;

psixologik yordam olish huquqiga ega.

OIVni yuqtirib olganlar:

tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan OIV infeksiyasini tarqatmaslikka doir chora-tadbirlarni bajarishi;

sog‘lom odamlar bilan muloqotda ehtiyot choralariga rioya etishi;

jinsiy sherigini, shuningdek teri va shilliq qatlamlarning yaxlitligini buzuvchi muolajalarda sanchiladigan va kesadigan asboblardan foydalanadigan tibbiyot xodimlarini va xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini o‘z kasalligi to‘g‘risida xabardor etishi shart.

OIVni yuqtirib olganlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *