ona-tili metodika.pdf

Республика таълим маркази

“Бошланғич таълим” бўлими

2-синф ўқитувчилари учун

яратилган илғор педагогик ва ахборот коммуникация технологияларини таълим жараёнига жорий этиш бўйича 7 номдаги

методик қўлланмаларнинг

мазмун-моҳияти хусусида

Маърузачи: РТМ “Бошланғич таълим” бошлиғиАхмедоваНазира Турсуновна

Тел: 245-86-32 (иш)

(94)-665-33-02(моб)

ОNA TILI

SO’ZBOSHI

Har bir xalqning, millatning ertangi kuni o‘sib kelayotgan yosh avlodning bugun qanday ta’lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yеtuk va barkamol insonlar bo‘lib yеtishishlariga bog‘liq. Bunday mas’uliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o‘qituvchisi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan o‘z kasbiy mahoratlarini oshirib borish, ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalar mohiyatini anglash va ulardan o‘z darslarida unumli foydalanishni taqozo etadi. Zamonaviy o‘qituvchi ta’lim jarayonida ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalarni puxta egallagan, ularni tahlil qilish va amaliyotga joriy eta olishi lozim.

Boshlang‘ich sinfda ona tili ta’limi o‘quvchilarda tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Onatilidarslariijtimoiy-foydalibo‘lishiuchuno‘quvchilardao‘zfikrinigrammatikto‘g‘ri, uslubiyaniq, izchilifodalashvaboshqalarfikrinitinglayolishko‘nikmasinishakllantirishgaqaratilishilozim. Onatilidarslaridanutqo‘stirishko‘rsatmasigrammatikmaterialnio‘rgatishdao‘quvchilarningtilimizdagiharbirso‘zturkumiyokiso‘zqisminingrolinibilibolishlarigaerishtiradiganmetodikusullarniqo‘llashnitalabetadi, ya’nigrammatiknazariyagrammatikto‘g‘rivaaniqnutqmalakalarinishakllantirishga, anglab, tushunibyozishmalakalarinio‘stirishgaamaldatatbiqetishuchuno‘rgatiladi. Darsdao‘quvchilarnutqinio‘stirishdarsningmazmunidavaqo‘llannilganvazifalarturlaridao‘zaksinitopadi.Bu vazifalarni amalga oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Axborot oqimi keskin ortgan,turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan,yangilikni o‘rganishga doim tayyor bo‘lgan, hamkorlikdan cho‘chimaydigan , muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi bo‘lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo‘llanishiga yo‘l ochilishi maqsadga erishish yo‘lidagi to‘g‘ri qadamdir. Hozirgi kunda yangi texnologiya unsuri bo‘lgan interfaol usullardan keng foydalanilmoqda.

Mazkur metodik qo‘llanmada 2-sinf ona tili fanining maqsad va vazifalari, ona tili darslarida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, darsda o‘quvchilarning faolligini oshirish va fikrlash orqali o‘zlashtirishlarni ta’minlash maqsadida multimediali ilovalar tayyorlandi. Ularda o‘quvchilarni to‘g‘ri talaffuzga, til ma’nolarini to‘g‘ri anglashlariga, og‘zaki va yozma nutqlarining savodli bo‘lishiga, Vatanimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, o‘tmishi, milliy urf-odatlari, borliq va jamiyat haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitish maqsad qilib olindi. Bu maqsadni amalga oshirishda turli metodlardan va metodik ish turlaridan foydalaniladi. Ular o‘quvchilarni o‘ylashga, izlanishga, xulosalar chiqarishga undaydi, ona tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.

Mazkur metodik qo‘llanmada ishlanmasi berilmagan darslar uchun metodik tavsiyalar berilgan bo‘lib,boshqa darslar tuzilishidan foydalanib tashkil qilinadi.

Metodik qo‘llanmaning tuzilishi

O‘quv reja bo‘yicha 2-sinf “Ona tili” faniga 136 soat dars ajratilgan bo‘lib, metodik qo‘llanmada 28 ta dars uchun multimediali ilovalar orqalio‘qitishning o‘yinli shakllari va ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalanilgan dars ishlanmalari berilgan.

Darslikning multimediali ilovasini 21 ta animatsiya, 7 ta lug‘at ishi, 38 ta interfaol mashq-o‘yin, 5 ta video, 4 ta audio (she’r) va bo‘limlar yuzasidan 5 ta test-topshiriqlari tashkil etadi.

Multimediali ilova mundarijasidan o‘qituvchi o‘ziga kerakli mavzuni tanlaydi. Har bir dars uchun multimediali ilovaning ekranida quyidagi tugmalar berilgan:

Описание: animatsiya
  • animatsiya
Описание: lugat
  • lug‘at ishi
Описание: audio
  • audio
Описание: test
  • test topshiriqlari
Описание: interaktiv_uyin
  • interfaol o‘yin
Описание: video
  • videolavhalar

Bu tugmalar orqali namoyish etiladigan materiallardan darsning yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash va takrorlash bosqichlarida foydalanish mumkin. Multimediali ilova hamda dars ishlanmalarda darslikda berilgan mashq va qo‘shimcha materiallar asosida ta’limiy o‘yinlarda keng foydalanildi, shuningdek, o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash va tekshirish maqsadida test va mustaqil ish topshiriqlari metodik qo‘llanmada berildi.

O‘yin –boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar – o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan usul. O‘yin vositasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi.

Ona tilidan tashkil etiladigan ta’limiyo‘yinlar o‘quvchini izlanishga, ijodiy faoliyat yuritishga, o‘rganilayotgan til hodisalarining mohiyatini aniqlab, hukm va xulosalar chiqarishga undaydi. Ta’limiy o‘yinlar har bir o‘quvchiga o‘zini namoyish etish, o‘z fikr-mulohazalarini himoya qilish, topshiriqni shavqu – zavq bilan bajarish imkoniyatini beradi. Har bir shaxsda tarbiyalanishi zarur bo‘lgan ijobiy sifatlar: tezkorlik, sezgirlik, topqirlik, xushyorlik, qat’iyatlik, bilimdonlik, mustaqillik, tadbirkorlik, ijodkorlik kabilar tarkib toptiriladi.

Darsni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitish o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar ishini ancha osonlashtiradi. Xususan, boshlang‘ich sinflarda fanlarni kompyuter vositalari asosida o‘qitish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • o‘qituvchini takrorlanuvchi mehnatdan xalos etadi va uning vaqtini tejaydi;
  • yaqqol tasvirlar natijasida o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlar shakllanadi;
  • o‘quvchilarning ish tartibini tez o‘zlashtirishini ta’minlaydi;
  • fanga oid nazariy ma’lumotlar ko‘rgazmali vositalar (rangli tasvirlar, ularning fazoviy ko‘rinishlari) yordamida tushuntiriladi va natijada o‘quvchilarda ilmiy bilishga ehtiyoj ortadi.

Kompyuter ekranida sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘quvchi ko‘rib va eshitib, fikrlash orqali bilishga intiladi. O‘quvchi sezgi organlari yordamida ekranda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni idrok eta boshlaydi. Chunki ekranda ularning xossa va xususiyatlari aks ettiriladi.

O‘qituvchi uchun ushbu metodik qo‘llanma izlanishga hamda darslarga ijodiy yondashgan holda tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam beradi.

Ona tili darslarini tashkil etish

Ona tili darslarining samaradorligini oshirish, unda o‘quvchilarni faollashtiradigan, mantiqiy fikrlashga undaydigan metod va usullarni, mashqlar tizimini ishlab chiqish, matnni lingvistik tahlilidolzarb masalalardan biridir.

Dasturning “Grammatika, imlovanutqo‘stirish” bo‘limiharbirsinfdaquyidagichaqismlarnio‘zichigaoladi: “Tovushlarvaharflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishlinutq”. Asosiymavzularbosqichliizchilliktamoyiligaasoslanib, harto‘rtsinfdao‘rganiladi. Harbirsinfda yetakchimavzularajratiladi. 1−2-sinfdafonetikavagrafikagaoidmavzularnio‘rganishgakattao‘rinberiladi, chunkio‘quvchilaro‘qishvayozishjarayoniniegallaydilar.

O‘zbektiliyozuvitovushyozuvihisoblanadi, chunkitovushyozuvdaharflarbilanifodalanadi. 2-sinfo‘quvchilarifonetik-grafikko‘nikmalartiziminihosilqiladilar: tovushlarvaharflar, unlivaundoshtovushlar, juftiborjaranglivajarangsizundoshlar, juftiyo‘qjaranglivajuftiyo‘qjarangsizundoshlar; yozilishitalaffuzidanfarqqiladiganso‘zlarnivaso‘zdagijarangsizundoshtovusho‘zigamosharfbilanifodalanishinitaqqoslashbilanso‘zningoxiridajuftiborundoshtovushkelsa, uso‘ztekshirishnitalabqilish;so‘znibo‘g‘inlargabo‘lish, urg‘ulibo‘g‘inniajratishko‘nikmalarigaegabo‘ladilar.Dasturgako‘ra, o‘quvchilardaso‘znibo‘g‘inlargabo‘lishko‘nikmasinishakllantirishvazifasitalabetiladi. Bo‘g‘inmurakkabtushunchabo‘lganiuchunboshlang‘ichsinflardauningqoidasiberilmaydi. O‘quvchilarso‘znibo‘g‘inlargabo‘lishdaso‘zdanechtaunlibo‘lsa, shunchabo‘g‘inbo‘ladi, degantushunchagaasoslanadilar. Butushunchaniularsavodo‘rgatishdavridayoqhosilqiladilar. Bolalaryozilganso‘zdandastlabunliharfnitopadilar, keyinso‘zdanechtaunlibo‘lsa, unishunchaqism (bo‘g‘in)gabo‘ladilar. Bog‘in haqidagi bilim so‘zningbir yo‘lga sig‘magan qismini bo‘g‘inlab to‘g‘ri ko‘chirish ko‘nikmasini shakllantirishga asos bo‘ladi.

2-sinf so‘zyasalishinio‘rganishgatayyorgarlikbosqichi hisoblanib,bubosqichningvazifasi – o‘quvchilarnibirxilo‘zakliso‘zlarningma’novatuzilishigako‘rabog‘lanishinitushunishgatayyorlash. Bundayvazifaningqo‘yilishigasabab, birinchidan, so‘zningma’novatuzilishijihatidanbog‘lanishinitushunish, o‘zininglingvistikmohiyatigako‘rabirxilo‘zakliso‘zlarnivaso‘zyasalishinio‘zlashtirishgaasoshisoblanadi.

“So‘z” bo‘limida o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nolarini kuzatadilar, so‘zga so‘roq berishni o‘rganadilar. O‘quvchilardaso‘zturkumlarinibilishko‘nikmasiularningbelgilariyig‘indisiniegallashlariasosidashakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladiso‘zlariningqaysiso‘zturkumigakirishinibilishuchun II sinfo‘quvchisiquyidagichafikryuritadi: nima?gul, buso‘znarsanibildiryapti, ko‘plikdaqo‘llanadi – gullar; guldorso‘ziqanday?so‘rog‘igajavobbo‘ladi, narsaningbelgisinibildiradi; gulladiso‘zinimaqildi?so‘rog‘igajavobbo‘ladi, narsaningharakat holatinibildiradi.

Sintaktikbilimlarningo‘rganishda 2-sinfo‘quvchilariegavakesimatamalaridanfoydalanmaydilar, ammoulargapningboshbo‘laklariniamaliyravishdatopishko‘nikmasigaegabo‘ladilar, ya’nigapkimyokinimahaqidaaytilganinibildirganso‘z (ega)ni, uhaqidanimadeyilganinianglatganso‘z(kesim)nitopadilar.

Onatilifanio‘quvchilarnifikrbayonqilishvauniuqibolishfaoliyatigatayyorlaydi. Fikrtilvositasidaro‘yobgachiqadi, shusababliharbirkishitilnivaundanfoydalanishnibilishizarur. Tilnibilishuninggrammatikqonun-qoidalarini, ta’rifinio‘zlashtirishginaemas, balkionatiliningboyimkoniyatlaridanamaliyfoydalanabilishhamdir, ya’nifikrniog‘zakivayozmashakldato‘g‘ri, tushunarlivasavodliifodalaybilishdir. Bungaerishishuchunonatilidarslaridalug‘atustidaishlashgaalohidae’tiborqaratishlozim.

Birinchi sinfda o‘tilganlar yuzasidan takrorlash.O‘quv yilining boshi birinchi sinfda o‘quvchilarninig ona tilidan olgan bilimlarini aniqlash va umumlashtirish maqsadini amalga oshiradi. Bunda gap tugallangan fikrni anglatishi, gaplar so‘zlardan tuzilishi, gapning mazmuniga ko‘ra tinish belgilarini qo‘yilishi va har bir gap bosh harf bilan boshlanishi va so‘zni tovush-harf tarkibiga oid bilimlar takrorlanadi.

Ikkinchi sinf o‘quvchilariga tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi; bo‘g‘in, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushunchalar beriladi. Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishida farq qiladigan so‘zlar; a va o, u vai tovushli so‘zlarning aytilishi va yozilishi; so‘z oxirida kelgan jarangli b vad undoshlarining jarangsiz jufti p va t undoshi tarzida eshitilsa ham b va dtarzida yozilishi; ayrim so‘zlar oxirida kelgan d va tundoshlarining tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib oldilar. So‘zlarni tovush-harf tomondan tahlil qilish rivojlanadi, bolalarda nutqni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga e’tibor beriladi. Bular o‘z navbatida o‘quvchilar savodxonligini oshiradi, xatosiz ko‘chirib yozish, eshitib yozish, yozganlarini mustaqil tekshirish ko‘nikmalarinio‘stiradi. O‘quvchilardatovushhaqidato‘g‘riilmiytasavvuramaliymashqlaryordamidahosilqilinadi. Bunda yetakchiusulso‘zdagitovushlarniigtalaffuzihamdaso‘zningleksikma’nosiso‘zdagitovushlarningtarkibigabog‘liqligiustidakuzatishhisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara, uzun, uzuk, uzum kabibirunliyokibirundoshbilanfarqlanadiganso‘zlarharxillug‘aviyma’noniifodalaydi.

Tovushlar va harflar yuzasidan olib boriladigan ishlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini o‘stirish va takomillashtirishga yo‘naltiriladi. “Tovushlar va harflar” mavzusini o‘rganish bilan o‘quvchilarning nutqiy va aqliy rivojida eng muhim bo‘lgan so‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy ko‘nikmalari shakllantiriladi. Mavzularni takrorlab umumlashtirish darslarida o‘quvchilarning lug‘atini boyitishga, bog‘lanishli nitqnio‘stirishga ham alohida ahamiyat beriladi.

Undosh tovushlar va harflar.Darslikda oddiy fonetik va grammatik tushunchalar, grafik va orfografik qoidalar, turli mashqlar berilgan. O‘quvchilar faoliyatining xarakteriga ko‘ra, ya’ni mashq jarayonida o‘quvchilar bajaradigan aqliy omillarxarakteri asos qilib olinsa, mashqlar analitik, sintetik, taqqoslashga,guruhlashga, umumlashtirishga oid mashqlarga bo‘linadi. Undosh tovushlar va harflar mavzusida amaliy o‘zlashtirgan bilimlarni takrorlab, mustahkamlash bilan birga yangi o‘rganiladigan materiallarga zamin hozirlashni ko‘zda tutadi.

31-mashqdagi so‘zlar (chumchuq, kaptar, bulbul, jo‘ja)ning birinchi tovushi talaffuz qildiriladi. Talaffuz jarayonida havo og‘izdan qanday o‘tayotgani kuzatiladi: erkin o‘tyaptimi yoki to‘siqqa uchrayaptimi? Tahlil natijasida bu tovushlar undosh tovushligi, ch,k kabi undoshlarni talaffuz qilinganda shovqin eshitilishi hamda b,jkabitovushlarni talaffuz qilinganda shovqinva ovoz eshitilishi taqqoslash orqali aniqlashtiriladi. O‘zbek tilida 24 ta undosh tovush 23 ta harf bilan ifodalanishi, jharfiikki tovush bildirishi eslatiladi.

“So‘z ichida so‘z” o‘yini.O‘quvchilarbir so‘zdan bir necha so‘z hosil qilishlari talab etiladi. Hosil qilingan so‘zlar ma’nosi ustida ishlanadi.

Namuna:

Limon: olim, nom, ol, ilon, il.

Asalari: asal, ari, sara, asra, is, il.

Boyqush: boy, oy, quyosh, qush, bosh, osh, oq.

Toshkent: tosh, osh, tok, nok, tot, tesh.

32-mashq undosh tovushlar unli tuvushlar kabi so‘z ma’nosini o‘zgartirishga xizmat qilishiga oid bilimlar mustahkamlanadi.

“Sirli kataklarni to‘ldir” o‘yini.O‘quvchilarga kataklarni to‘ldirib, tovushdosh so‘zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, toy so‘zini soy so‘zigacha davom ettirish talab etiladi.

Namuna: toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy.

Tavsiya etilgan so‘zlar:

  1. bosh, tosh, osh, qosh, yosh, rosh.
  2. bol, pol, tol, sol, gol, mol, xol, hol.

J tovushi va harfi

Jharfiikkitovushniifodalaydi, shunihisobgaolib, ungaalohidadarslarajratiladi. Birinchiportlovchijtovushinikeyinesasirg‘aluvchijtovushivauningtalaffuzinitushuntirish, analitik-sintetikmashqlaryordamidako‘nikmalarhosilqilisho‘rgatiladi. So‘ngbuikkitovushningtalaffuzidagifarqitaqqoslashusuliorqalitushuntiriladi. 44-mashqni “Davom ettir” ta’limiy o‘yini asosida bajartiriladi:

jo‘ja gijda

A-4 hajmdagi jadvalni berilgan so‘zlardagi portlovchiva sirg‘aluvchijtovushining talaffuziga ko‘rato‘ldiradilar.

So‘zlar: ajdar, jurnal, jambil, jaket, Jamila, jirafa, “Bolajon”, ajdod, jiyda, jar, jayron.

Alifbo.Bu mavzuni o‘rganishdan maqsad: o‘zbek alifbosida 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi, har bir harfning o‘z nomi borligi, harflarning tartib bilan joylashuvi alifbo deb atalishini o‘rgatish; hayotiy vaziyat talab qilganda (ro‘yxat tuzish, “Lug‘at”, “Bolalar ensiklopediyasi”dan foydalanishda) o‘quvchilar alifbodan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Mavzuni o‘rganish o‘quv yili davomida o‘rgatiladigan imlosi qiyin so‘zlarni lug‘atdan tekshirish jarayonida mustahkamlanadi. Mavzu yuzasidan quyidagi o‘yin va tarqatma materiallardan foydalanish tavsiya etiladi.

“Quvnoq alifbo” o‘yini.O‘quvchilar tarqatmadagi raqamlarga yashiringan hikmatlarni topishlari vazifa qilib beriladi. Raqamlar alifbodagi harflarni tartibini bildiradi.

10 8 19 14 2 – 2 8 11 8 12 2 20 11 14 26 8. Kitob – bilim bulog‘i.
12 4 7 13 1 19 10 8 27 8 13 8 20 11 20 26 11 1 23 3 8. Mehnat kishini ulug‘laydi.
10 20 28 – 1 3 14 11 1 19 3 1. Kuch – adolatda.
8 11 12 11 8 10 8 27 8 22 14 17 2 25 11 12 1 18. Ilmli kishi xor bo‘lmas

Tarqatma materiallar bilan ishlash

№ 1

Alifboning o‘ninchi, birinchi, yigirma yettinchi harflarini ayting. Ular bilan boshlanuvchi so‘zlarga misollar yozing.

№ 2

Quyidagi so‘zlardagi harflarning alifbodagi tartib raqamini yozing.

Daftar, mehnat, bahor, ism.

№ 3

Ikkitaso‘zo‘ylang. Buso‘zlardagiharflarningalifbodagitartibraqaminiyozing.

№ 4

Savollarga javob bering.

  1. O‘zbek alifbosida nechta harf bor?
  2. Unli harflar nechta?
  3. Undosh harflar nechta?
№ 5

Quyidagi gullar nomini alifbo tartibida yozing.

Lola, binafsha, atirgul, nastarin, nilufar, gulsafsar.

№ 6

Milliy o‘yinlarimiz nomini alifbo tartibida yozing.

Bekinmachoq, chillak, chavgon, sanama, mehmon-mehmon.

Bo‘g‘in. Bo‘g‘in ko‘chirish.Bo‘g‘inmurakkabtushunchabo‘lganiuchunboshlang‘ichsinflardauningqoidasiberilmaydi. Dasturgako‘ra, o‘quvchilardaso‘znibo‘g‘inlargabo‘lishko‘nikmasinishakllantirishvazifasitalabetiladi. O‘quvchilarso‘znibo‘g‘inlargabo‘lishdaso‘zdanechtaunlibo‘lsa, shunchabo‘g‘inbo‘ladi, degantushunchagaasoslanadilar. Butushunchaniularsavodo‘rgatishdavridayoqhosilqiladilar. O‘quvchilaryozilganso‘zdandastlabunliharfnitopadilar, keyinso‘zdanechtaunlibo‘lsa, unishunchaqism (bo‘g‘in)gabo‘ladilar.

Mavzuni o‘rganish jarayonida so‘zni to‘g‘ri va tez bo‘g‘inga bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish ustida ishlash mashq turlaridan hisoblanadi. O‘quvchilar shu ko‘nikmaga asoslanib, grafik malakani o‘zlashtiradilar. So‘zni bo‘g‘inga bo‘lish, shu bo‘g‘indagi har bir tovushning o‘rnini, tartibini tasavvur qilgan holda, bo‘g‘inlab aytish ko‘nikmasi so‘zdagi harflarni tushirib qoldirmay va o‘rnini almashtirmay to‘g‘ri yozishni ta’minlaydi. So‘zni bo‘g‘inga bo‘lish ko‘nikmasi so‘zning bir yo‘lga sig‘may qolgan qismining keyingi yo‘lga bo‘g‘inlab ko‘chirish, bo‘g‘in hosil qilgan bitta unli harfni oldingi yo‘lda qoldirib va keyingi yo‘lga ko‘chirib bo‘lmasligi uchun zarur.

Bayon – yozma nutqini o‘stirish omili

O‘quvchilarni o‘z fikrini mustaqil yozishga, o‘qilgan matnni hikoya qilishga o‘rgatishni iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul. Buning uchun o‘quvchilar matnni og‘zaki hikoya qilayotganda qo‘llangan alohida so‘zlarni yozishdan gapni yozishga, so‘ng matnni qismlarini yozishga va ikkinchi sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga o‘rgatiladi.

Bayon o‘qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng yozma qayta hikoyalashdir.Bayon yozishning turlari hilma-hildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga ko‘ra bayon uchun kichik hajmdagi kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi.

Bayon matni asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi bir matn tanlansa unga yana bir qancha lavhalarning tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari qo‘shiladi; keyinroq shaxsini o‘zgartirib bayon yozishga o‘tiladi.

Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus oladi. Boshlang‘ich sinflar ona tili dasturiga ko‘ra 2-sinfda katta bo‘lmagan(30−40so‘zli) matn yuzasidan o‘qituvchi yordamida so‘roqlar asosida bayon yozish ko‘zda tutiladi.

Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta:bayon o‘quvchilarda adabiy nutqni to‘g‘rishakllanishiga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi. Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayoti, ona tabiat tasviri, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlari aks ettirilgan yuksak g‘oyali matn tanlanishi, bayon mavzusi o‘quvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning dunyoqarashini shakllantirishi zarur. Qayta hikoyalash va bayonda o‘quvchilarning tabiiy nutqi eshitilishi, ya’ni berilgan matnni tushunmasdan yodlamasligi, nutq birliklaridan, sintaktik birlikdan foydalana olishi zarur. Til vositalari matnni o‘qish, suhbat, matn tahlili davomida o‘zlashtiriladi; matndagi so‘zlar va nutq birliklari “o‘ziniki” bo‘lib qoladi. Qayta hikoyalashda namunadagi uyoki bu gapni bola esga tushurishga harakat qiladi. O‘zlashtirgan mazmunni to‘liqroq vaaniqroq berish uchun gaplar tuzadi. Bu bilan o‘quvchining mustaqil fikrlash darajasi va bilish faolligi o‘sadi.Ijodiy elementlar qo‘shila boradi.Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bog‘liqlik saqlanishi asosiy faktlar berilishi ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda barcha muhim o‘rinlar to‘liq bayon qilinishi zarur. Vaqt-vaqti bilan ilgari eshitilgan, o‘qituvchi o‘qib bergan yoki radio televizordan yozib olingan matnni qayta hikoyalatish, o‘quvchi bir marta ovoz bilan yoki ichida o‘qigandan so‘ng qayta hikoyalashdan foydalanishni tajribada qo‘llab turish ham mumkin. Bu ishni turli xil uslublarda olib borish imkoniyatini yaratadi va uni jonlantiradi.

Bayon yozdirishda o‘quvchilar matn mazmunini qanchalik tushunganliklari, o‘z fikr va tushunchalarini ijodiy va mustaqil ifodalaganlari, yozma nutq malakasi va savodxonligi sinab ko‘riladi.

Boshlang‘ich sinfda bog‘lanishli nutqqa oid mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1)berilgan savolga to‘liq, mukammal javob;

2)o‘qilgan asarni tahlil qilish,grammatik materialni o‘rganish; o‘quvchilar lug‘atini faollashtirish bilan bo‘gliq holda har xil matnli mashqlar;

3)muntazamo‘tkazilgan kuzatishlarni yozib borish va ob-havo kundaligini yuritish;

4)o‘qilgan matnni turli variatda og‘zaki qayta hikoyalash;

5)berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshi yokioxiri berilgan hikoya, reja yoki sujet asosida o‘quvchilarning og‘zaki hikoyasi;

6)badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, o‘quvchilar saviyasiga mos matnlarni yoddan yozish;

7) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;

8) namunasi berilgan badiiy,ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;

9)o‘qituvchi bergan matnni o‘gzaki va yozma qayta tuzish(tanlab qayta hikoya qilishva bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyani sahnalashtirish kabilar);

10) har xil turdagi yozma insho.

Ushbu turdagi mashqlar ham o‘quvchilarni bayon yozishga tayyorlaydi.

Bayon o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalarni oshiradi u asosan dasturda bog‘lanishli nutq yoki nutq o‘stirish bo‘limida kiritiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bayon yozdirishdan oldin ishning maqsadi va vazifasi belgilab olinadi.Shu bilan birga o‘quvchilarning bilimi yosh xususiyatiga moslab matn tanlanadi.

2-sinfdao‘quvchilarga bayon yozdirish ikki xil tartibda olib boriladi.

1. O‘qituvchi tuzgan reja asosida bayon yozish.

2. O‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning o‘zlari tuzgan reja asosida bayon yozdirish.

O‘quv yilining 1-yarimida bayon rejasini o‘qituvchi tuzadi.Keyinchalik o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil tuzadilar.

2-sinf o‘quvchilariga bayon yozdirishda quyidagi maqsadlarga erishish ko‘zda tutiladi.

  1. Asosiy fikr kim yoki nima haqida borayotganligini bilish;
  2. Bayondan bir so‘znitakror ishlatavermay uning sinonimlaridan foydalanishni o‘rgatish;
  3. Yozma nutqni o‘stirish;
  4. Imlo xatolarni tuzatish.

2-sinfda o‘quvchilarni matn bilan tanishtirishda ishni tayyorgarlik mashqlaridan boshlash maqsadga muvofiq.Bu davrda gap ustida ishlashga katta ahamiyat berish talab qilinadi.Matnni tahlil qilish yo‘li bilan sodda gaplarni tuzish ko‘nikmasi mustahkamlanadi.

Bayon tahliliga quyidagicha e’tibor beriladi.

  • O‘quvchilar ishi haqida umumiy suhbat.
  • Eng yaxshi bayon namunasini ko‘rsatish.
  • Matnga mos bo‘lmagan ortiqcha so‘zlarni o‘qib eshittirish.
  • Qaysi asosiy fikr tushub qolganligini aytish.
  • Xatolar ustida ishlash.

2-sinf ona tili darsligida matnni savollar yordamida og‘zaki va yozma qayta hikoyalash (bayon) ishiga katta e’tibor berilgan.Ushbu metodik ko‘rsartmalardan 29-, 35-, 124-, 168-, 180-, 186-, 192-, 282- va 286-mashqlarni bajarishda foydalanish tavsiya etiladi.

Insho yozishga o‘rgatish usullari

Boshlang‘ich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi o‘quvchining shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir.

Rasm asosidagi insho maktablarda tez-tez o‘tkaziladi, chunki rasm bolalar nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta’sir etadi, hayotining bola tajribasida hali uchramagan tomonlarini ochadi. Rasm o‘quvchilarga tanish bo‘lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi.

Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor:

1. Rasm rejasi yoki rasmli reja asosida yozilgan hikoya tarzidagi insho.

2. Sujetli − o‘quvchilarni o‘ylashga, faraz qilishga undaydigan bir rasm asosida yozilgan hikoya tarzidagi insho.

3. Rasmni tasvirlash (tasviriy insho). O‘quvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, keyin bir rasm asosida, undan so‘ng tasviriy insho yozishga o‘rgatiladi.

Insho yozish uchun 2-sinfda odatda bir dars zarur bo‘lib qolsa, ikkinchi darsdan 15−20 minut, 3–4 – sinflarda bir yoki bir yarim dars, ayrim vaqtlarda ikki darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun 20−25 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, imloviy, punktuatsion, nutqiy, mantiqiy xatolar va mazmunidagi yetishmovchiliklar ustida ishlanadi.

Insho yozish darsida quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:

1. Mavzuni, inshoning vazifasini e’lon qilish (yoki yodga tushirish), uni o‘quvchilar bilan muhokama qilish.

2. Kuzatish davrida to‘plangan materialni tartibga solish yoki material yig‘ish (masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni ko‘rish) maqsadida suhbat o‘tkazish.

3. Reja tuzish yoki avval tuzilgan rejaga aniqlik kiritish.

4. Matnni nutqiy tayyorlash, ya’ni zarur so‘zlarni yozish, so‘z birikmasi, gap yoki bog‘lanishli matnning ayrim qismini tuzish, imlosi qiyin so‘zlarning yozilishini tushuntirish va boshqalar.

5. Darsning asosiy qismi bo‘lgan inshoni yozish. Bu jarayonda o‘quvchilar inshoni yozayotganlarida, o‘qituvchi ular ishini kuzatadi, ayrim o‘quvchilarga (boshqalarga xalaqit bermay, ular e’tiborini chalg‘itmay) individual yordam beradi.

6. O‘quvchilar yozgan insholarini tekshiradilar, kamchiliklarini to‘ldirib, xatolarini to‘g‘irlaydilar. O‘quvchilar inshoni oqqa ko‘chirmaydilar, kerakli tuzatishlarni ehtiyotlik bilan kiritadilar, bunday tuzatishlar uchun insho bahosi pasaytirilmaydi, aksincha, matnni yaxshi to‘g‘irlagan o‘quvchi rag‘batlantiriladi.

7. O‘quvchilar inshoni o‘qituvchiga tekshirish uchun topshiradilar, o‘qituvchi ikki kun ichida tekshiradi.

Keyingi ona tili darsining ikkinchi qismidan 15−25 daqiqa vaqt ajratib, tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy mashg‘ulot o‘tkaziladi (insho tahlil qilinib, xatolar ustida ishlanadi).

O‘qituvchi har bir insho turi uchun o‘quv vazifasini belgilab oladi. Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi:

1. O‘quvchilarni inshoning yangi turi bo‘lgan rasmlar seriyasi asosidagi insho bilan tanishtirish.

2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish.

3. Reja qismlariga mos ravishda matnni xatboshilarga bo‘lish va har birini xatboshidan yozish.

4. Insho matnini mustaqil tekshirish.

O‘quvchilarning dunyoqarashi o‘sib borgani sayin, inshoga talab ham orta boradi.

2-sinfda o‘quvchilar mazmunli rasmlarga qarab gaplar tuza olish, o‘qituvchi rahbarligida bolalarning o‘yinlari, taassurotlari asosida hikoya (insho) tuzish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lishlari, shuningdek,seriyali rasmlar va mazmunli bir rasm yuzasidan berilgan savollarga to‘liq javob berishlari va ularni yozishlari talab etiladi.

Bu sinfda insho yozishga o‘rgatishning asosiy usuli savollarga to‘liq javob berish va javobni yozish hisoblanadi. Bu ish quyidagi izchillikda amalga oshiriladi: o‘quvchi rasm yuzasidan og‘zaki hikoya tuzishga o‘rganadilar, so‘ngra fikrlarini yozma bayon qilishga kirishadilar. 2-sinf o‘quvchilariga insho yozishnio‘rgatish juda mas’uliyatli ish hisoblanadi. O‘qituvchi inshoni yozish tartibini yaxshi o‘rgatishi − sarlavhani to‘g‘ri qo‘yish, berilgan savollarga javobni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda imlo xatolarsiz yozishga ko‘niktirishi lozim.

2-sinfda o‘quvchilar seriyali va mazmunli rasm asosida insho yozishga o‘rganadilar. Insho muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun quyidagi izchillikda ish olib borish kerak bo‘ladi:

  1. rasmni diqqat bilan kuzatish;
  2. rasmning oldi,o‘rta va orqaqismlariga nimalar tasvirlanganligini aniqlash;
  3. voqea-hodisa ro‘y berayotgan joyni tasvirlash;
  4. ishtirok etuvchilarga ism qo‘yish;
  5. ishtirok etuvchilarning xatti-harakatini tasvirlash;
  6. xulosalash.

Albatta, bu ish birdaniga amalga oshirilmaydi. Sinfdan sinfga o‘tgan sari to‘ldirib, takomillashtirilib boriladi.

2-sinf ona tili darsligida o‘quvchilarni rasmga qarab hikoya tuzish ishiga katta e’tibor berilgan. Ushbu metodik ko‘rsatmalardan 106-, 173-, 188-, 206-, 228 -, 267-, 274-, 287-, 300- mashqlarni bajarishda foydalanish tavsiya etiladi.

Ona tili darslarida husnixat daqiqalari

2-sinfda chiroyli yozuv malakasi 1-sinfga nisbatan ancha qiyin va chuqur o‘rgatiladi. Buning sababi o‘quvchilarning 1-sinfda chiroyli yozuvdanolingan bilim va malakalari yozgi ta’tilda ancha esdan chiqadi. Shu bilan birga o‘qishning birinchi kunidan boshlab ular ona tili darsligidan foydalanadilar. Bu darslikda husnixat malakasini shakllantirish uchun hech qanday ko‘rsatma berilmagan.

Dastur talabi bo‘yicha 2-sinfda birchiziqlidaftardao‘xshashunsurliharflarniyozishvaharfnibir-birigato‘g‘ritutashtirish,o‘xshashunsurlikichikharflarvashuharflardantuzilganbo‘g‘inlarvaso‘zlarniyozish, o‘xshashunsurliboshharflarvaularnio‘zidankeyinkelgankichikharfgatutashtirish, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi rahbarligida yoki o‘zi tuzata olishi ko‘nikmalari shakllantiriladi.2-sinfda qo‘l muskullari harakatini va ko‘z bilan chamalashni rivojlantirish uchun ayrim harflar, harf birikmalari, harflar guruhini yozishni murakkablashib borishiga qarab husnixat mashqlari o‘tkazib boriladi. O‘quvchilar harflardan tashqari so‘zlarni, gaplarni, ko‘chirib yozishni, eshitib yozishni mashq qiladilar.

Shuningdek, dasturda ayrim yozuv qoidalari alohida qayd etilgan:

  • daftarningpasttomonidagiburchaginiko‘krako‘rtasiningqarshisigato‘g‘riqo‘yish;
  • daftarnichapqo‘lbilanushlabturibyozish;
  • boshinibirozpastgaegib, to‘g‘rio‘tirish;
  • oyoqnibo‘shtutib, yergaqo‘yibo‘tirish;
  • qo‘lningtirsaginipartaustidatutish. Ruchkaniuchbarmoqorasidaerkinushlash;
  • harbirharfnito‘g‘ritutashtirishgarioyaqilganholdabo‘g‘invaso‘zlarnianiqyozishgaharakatqilish;
  • harfvaharfbirikmalarinito‘g‘rivaaniqshakllantirish;
  • shoshmasdan, bo‘yamasdanyozish;
  • harbirmashqniuch-to‘rtmartatakrorlash.

2-sinfda husnixat daqiqalarini tashkil etishda alifbodagi harflarni guruhlarga ajratib yozish talab etiladi.

O‘xshash unsurli kichik harflar:

1-guruh: i, u, n, m, t, l, y;

2-guruh: h, j, k, f;

3-guruh: o, o‘, q, a, g, g‘, p;

4-guruh: e, b, x;

5-guruh: r, v, s, sh, ch.

O‘xshash unsurli bosh harflar:

1-guruh: U, L,Z, I;

2-guruh: M, H, K, N, A;

3-guruh: O, O‘, Q, X, Ch;

4-guruh: E, S, Sh, Z;

5-guruh: V, G, G‘, Y;

6-guruh: T, F, R, B, P.

Dasturda 2−4-sinflarda har bir ona tili darsining 8−10 daqiqasini husnixat mashqlariga ajratish tavsiya etiladi.

Husnixatga oid kamchilik (harflarning qiyaligiga yetarli e’tibor bermaslik, balandlik va kenglik o‘lchamini, shaklini buzib yozish kabi)larni, shuningdek, har qaysi o‘quvchining yozuviga xos bo‘lgan boshqa xatolarni tuzatish yuzasidan ayrim guruh o‘quvchilari bilan birgalikda va yakkama-yakka mashqlar ham o‘tkazib boriladi. Shu maqsadda yozuv namunalarini ko‘rsatib berish bilan birga, 1−2-sinf barcha o‘quvchilarning daftarlarini har kuni tekshirib borish, chiroyli va savodli yozishga oid mashqlar yordamida ona tilidan o‘rgangan bilimlarini mustahkamlab borish tavsiya etiladi.

Doimiy tekshirish va baholash berilgan bilimlarning mustahkamlashni ta’minlovchi ta’limiy shartlardan biridir. Ona tilidan o‘rganilgan bilimlarni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganini aniqlashda yozma ish mashqlarning asosiy turlari bo‘lgan ko‘chirib yozish, ta’limiy (ta’kidiy, izohli, rasm, lug‘at, ijodiy, erkin) va tekshirish diktantlari hamda ta’limiy bayon va insholardan foydalaniladi.

Tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan yozma ishlar − lug‘at diktanti uchun taxminiy so‘zlar soni: 2-sinfda 10−12 ta; tekshirish diktanti uchun tanlanadigan matndagi so‘zlar soni: o‘quv yilining oxiriga kelib 2-sinfda 30−40 tani tashkil etadi.

O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda diktantning ahamiyati katta. O‘quvchilar diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladilar, xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada o‘zlashtirishga bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar darslik ustida, imlo qoidalari ustida ishlashga o‘rganadilar. Xato qilmaslikka bo‘lgan intilish ularning irodalarini, xotiralarini kuchaytiradi. O‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashish hissini tarbiyalaydi. Diktant o‘quvchiga ta’lim beribgina qolmay, ularning tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar diktant matnini yozish jarayonida barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun lozim bo‘lgan xislatlarni o‘zlarida shakllantirib boradilar. Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan diktantlar metodik adabiyotlarda maqsadiga ko‘ra ikki turga: ta’limiy diktantlar va tekshiruv diktantlariga ajratiladi. Ta’limiy diktant o‘rgatuvchi xarakterga ega bo‘lib, darsning ma’lum bir qismida o‘tkaziladi. Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) ta’kidiy diktant; 2) o‘z diktant yoki yoddan yozuv diktanti; 3) izohli diktant; 4) saylanma diktant; 5) erkin diktant; 6) rasm diktant; 7) lug‘at diktant; 8) ijodiy diktant. Shulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma’lum o‘zgarishlar bilan yoziladi. Tekshiruv diktanti o‘quv dasturining biror bo‘limi o‘rganilib, xilma-xil ta’limiy mashqlar bilan mustahkamlangach, ular o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganini sinash maqsadida o‘tkaziladi.

Tekshiruv diktanti uchun sintaktik tuzilishi jihatidan shu sinf o‘quvchilari saviyasiga mos, o‘rganilgan imlo qoidalari asosida yoziladigan so‘zlar va tinish belgilari ko‘proq qo‘llanilgan matn tanlanadi. Matnda o‘rganilmagan qoida asosida yoziladigan va imlosi qiyin so‘zlar bo‘lmasligi kerak.

Tekshiruv diktanti uchun matnlardangina emas, balki o‘rganilgan qoidalarni o‘z ichiga olgan alohida terma gaplardan foydalanish mumkin. Lekin har ikki holda ham gaplardagi so‘zlar soni DTS talablariga mos bo‘lishiga e’tibor berish lozim.

O‘quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga (o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni tezda topishga, mashq topshiriqlarini tartibi bilan izchil bajarishga), bajarilayotgan mashqning maqsadini (nimaga o‘rgatishini) tushunishga o‘rgatish kerak.

O‘quvchilarda bilish jarayonini faollashtirish va ona tilidan beriladigan bilimlarni puxta o‘zlashtirish uchun ta’limiy o‘yinlar qatnashadigan turli qiziqarli mashqlar: boshqotirma; mustaqil ma’noga ega bo‘lgan, bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topish (belbog‘, gultojixo‘roz); so‘z yoki gapni shakl, harf, belgilar bilan ifodalaydigan topishmoq; har xil ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalardan foydalanish va darsda ish orqali o‘quvchilar toliqishining oldini olishga hamda dasturda tavsiya etilgan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni birgalikda hal etishga erishish zarur.

O’QISH

SO’ZBOSHI

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida: «Yosh avlodni ma’naviy- axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy an’analari, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi», deb qayd etilgan. Shuningdek, pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va keng ommalashtirish zarurati alohida qayd etib o‘tilgan. Shuning uchun ham «Sog‘lom bola уi1i» Davlat dasturining 71-bandida boslilang‘ich ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalasi bo‘yicha alohida vazifalar belgilangan. Ana shu vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu metodik qo‘llanma yaratildi.

Yangiliklarni ta’lim jarayoniga olib kirish va joriy etish bugungi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifasidir. Demak, har bir o‘qituvchi izlanishi, bugungi kun talablari asosida o‘zini o‘zi tarbiyalashi, o‘z ustida tinmay ishlashi, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirishi va ta’lim jarayonida qo‘llay olishi kerak.

Ushbu metodik qo‘llanma 2-sinf o‘qish darslarini tashkil etishning qulay yo‘l va usullari haqida kerakli ma’lumotlarni beradi. Unda berilayotgan metodik tavsiyalar va namunaviy dars ishlanmalaridan o‘qituvchilar dars jarayonini yanada qiziqarli o‘tkazishda ijodiy yondashgan holda foydalanadilar.

Metodik qo‘llanmaning tuzilishi

Ikkinchi sinfda o‘quv reja bo‘yicha o‘qish darslari uchun 136 soat ajratilgan. Amalda 2-sinf o‘quvchilari «O‘qish kitobi» (T. G‘afforova va boshqalar) darsligidan foydalanadilar. Ushbu «O‘qish kitobi»ga mos ravishda mazkur metodik qo‘llanma yaratildi. Qo‘llanmada «O‘qish darslarini tashkil etish», «Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘qish darslarida qo‘llash yo‘llari» va 42 ta ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan namunaviy dars ishlanmalari yaratildi. Namunaviy dars ishlanmalarida berilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining ta’sirchanligini, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini va ilm olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Ta’limning samarali bo‘lishini ta’minlash maqsadida boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida badiiy asarlarni o‘qib o‘rganishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish juda muhim ahamiyatga ega. Jumladan, badiiy asar matni ustida ishlash jarayonida yoki uni o‘qishga tayyorgarlik davrida qo‘llanilgan didaktik o‘yinlar ta’limiy xarakterga ega bo‘lishi o‘rganilayotgan mavzuni mustahkamlashga, uning yangi tomonlarini ochib berishga va mavzuni amaliy o‘zlashtirishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar ham muayyan bir tartibda, izchillikda uyushtirilishi lozim.

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar o‘z ichiga bir qancha metod, didaktik o‘yinlar va mashqlarni qamrab oladi. Bular: suhbat, og‘zaki bayon, tarmoqlash, muammoli izlanish, munozara, kichik guruhlarda ishlash, «Aqliy hujum», «Venn diagrammasi», «Sinkveyn», «Zig-­zag», «Т-chizmasi», «Birgalikda o‘qish», «ВВВ», «Kalit so‘z», «Topib o‘qi», «Sonlar tilsimi», «Chala xat», «Qarsak» mashqlari, boshqotirmalar tuzish va yechish kabilar.

Ushbu metodik qo‘llanmada darslarning maqsad va vazifalari, uni tashkil etish va o‘qitish texnologiyalari aniq ko‘rsatilgan. Unda o‘quvchilarni jamoa bo‘lib ishlash, mustaqil izlanish, erkin fikrlash, muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishga o‘rgatish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, metodik qo‘llanmada multimediali ilovalardan qanday foydalanish yuzasidan metodik ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan. Jumladan, 32 ta darsga yaratilgan multimediali ilovalarga 23 ta animatsiya, 12 ta videolavha, 2 ta qo‘shiq, 29 ta lug‘at ishi, 28 ta o‘yin, 14 ta test topshiriqlari kiritilgan.

Masalan, multimediali ilovaning birinchi sahifasida Amir Temur muzeyi va Toshkent shahridagi binolar tasvirlangan bo‘lib, kitob rasmi berilgandan so‘ng, keyingi sahifada mundarija paydo bo‘ladi. Mundarijada yillik taqvim-mavzu reja bo‘yicha darslar soni ko‘rsatiladi. O‘qituvchi dars mavzusi yozilgan satrni bosganida, o‘sha darsga tegishli sahifa ochiladi va ekranda «Lug‘at», «Test», «Interfaol o‘yin», «Video» kabi belgilar ko‘rinadi. U yerdagi materiallardan yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash vatakrorlash jarayonida keng foydalanish nazarda tutilgan.

Multimediali ilovalar bilan ishlash uchun quyidagi shartli belgilar berilgan:

animatsiya
‒ animatsiya
lugat
‒ lug‘at

audio
‒ audio
test
‒ test

interaktiv_uyin
‒ interfaol o‘yin
video
‒ video

Darslikning multimediali ilovasida berilgan videolavhalar o‘quv- chilarning amaliy tafakkur va tasavvurlarini shakllantirishga, mavzuni tez tushunib olishlariga va fanga bo‘lgan qiziqishlarining ortishiga imkon yaratadi.

Topshiriqli-didaktik o‘yinlar, rebus va krossvordlaro‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini o‘stirib, ta’lim olish sifati va bilim samaradorligining oshirilishiga xizmat qiladi.

Mazkur metodik qo‘llanma o‘qituvchini izlanishga undaydi. Darsga alohida tayyorgarlik ko‘rishga ko‘maklashadi.

O‘qish darslarini tashkil etish

Ikkinchi sinfga kelib o‘quvchilar ifodali, ravon, tez va sidirg‘a o‘qishni o‘rganib oladilar. O‘quvchilarning o‘qish malakalarini takomillashtirishga oid ishlar tizimli olib boriladi. Bolaning o‘qish tezligini oshirish, ifodali o‘qish malakalarini egallash, badiiy matn ustida ishlash, she’r va kichik matnlarni yod olish, tushunganlarini gapirib berish kabi ish turlaridan ko‘proq foydalaniladi.

Darslikda berilgan har bir matn o‘quvchilarning fikrlash doiralarini o‘stirish bilan birga, ularda tevarak-atrofga munosabat, odob-axloq qoidalarini o‘zlashtirish, insonparvar bo‘lish, asardagi qahramonlar ishlariga taqlid qilish, ulardagi eng yaxshi xislatlarni egallash, irodali, mehnatsevar, jasur, kamtar, vijdonli, mehribon bo‘lish kabilarni o‘zlashtirib borishga qaratilgan.

Shuningdek, o‘rganganlarini adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilgan holda, fikrni jamlab, mazmunli qilib gapirib berishga alohida e’tibor qaratilgan.Bu matn mazmunini o‘zlashtirishni ancha osonlashtiradi.O‘qituvchi bolalarni darslik bilan muomala qilishga, undan ijodiy foydalanishga, mundarijasiga qarab kerakli asarni tez topishga o‘rgatadi, o‘qishga kirishish uchun bolalarni ruhan tayyorlashni tashkil etadi va talablarni bajarishga undaydi.

O‘qituvchi har bir darsni pedagogik, psixologik, metodik tomondan to‘g‘ri tashkil etib, didaktik talablarga amal qilgan holda o‘tkazishi kerak. O‘quvchi darsga berilgan ishlarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi, undan unumli foydalanishi zarur.

O‘qish darslarida quyidagi o‘qish turlaridan foydalaniladi:

Ovoz chiqarib o‘qish.Ovoz chiqarib o‘qishi uchun avval o‘quvchini ruhan tayyorlash lozim. Uning o‘qishini atrofdagilar, o‘qituvchi yoki uyda ota-onasi, aka-ukalari eshitayotganini his va idrok etishi lozim. Shundan so‘ng u o‘rtacha ovozda har bir tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni to‘g‘ri talaffuz qilib o‘qishi, gaplar orasidagi to‘xtashlarga rioya qilish, tinish belgilar uchraganda ovozni pasaytirish yoki to‘xtash lozimligini bilishi kerak.

Mazkur o‘qish turi deyarli har darsda, uyda surunkali ravishda takrorlanishi va o‘qituvchi, ota-ona tomonidan nazorat qilinishi lozim. Buning uchun matnni sidirg‘a o‘qiyvermay, balki tanlab o‘qitish metodidan foydalanish yaxshi natija beradi.

O‘quvchilarning ongli o‘qish malakalarini o‘stirish uchun matnlar ostida berilgan savol va topshiriqlarga ularning munosabatlarini bilish, matn mazmunini erkin ravishda so‘zlab bera olish uquvini tarbiyalash lozim.

Ovoz chiqarib o‘qish keng tarqalgan o‘qish turidir.Bu o‘qish turini qo‘llash uchun avval o‘qituvchi bolalarga: «Hozir navbat bilan eshitilarli qilib o‘qiysiz. Shoshmay, xatosiz, jumlalarni oxirigachato‘liq o‘qing. Har bir gapdan so‘ng biroz tin oling, so‘ngra navbatdagi gapni o‘qing. Hamma o‘rtoqlarining o‘qishini eshitib, matnni xatcho‘p bilan kuzatib tursin», deb uqtiradi.O‘zi bolalarni kuzatadi.Kim diqqat bilan o‘rtog‘ini tinglamoqda, kimdir e’tiborsiz o‘tiribdi. Shunday paytda o‘qituvchi bolalar e’tiborini matn mazmunini uqib olishga, qaratadi, so‘raganda darrov javob berishga tayyor bo‘lishlarini eslatadi.

Ichda o‘qish.O‘quvchilarga ichda o‘qish malakalarini singdirish o‘qish turlari ichida eng qiyini hisoblanadi.Bu o‘qish turini tez-tez mashq qilish bilan o‘quvchilarga o‘rgatish mumkin. Ichda o‘qish bolalar uchun juda qiziqarli va ancha murakkabdir.

O‘quvchilar 2-3 gapni ichda o‘qishni davom ettirishga qiynaladilar. O‘qituvchi bolalarda sodir bo‘layotgan bu jarayonni kuzatishi va tezda ish turini navbatlashtirishi kerak. Dam olish daqiqasini o‘z vaqtida o‘tkazish bolalarni toliqishdan asraydi.

O‘quvchilarda ichda o‘qish malakasi qancha erta shakllantirilsa, shuncha foydalidir. Chunki bu o‘qish turi insonning hayot faoliyati uchun bir umr zarur bo‘lib, hamma joyda o‘qish uchun qulaydir.

Ichda o‘qish matn yuzasidan olib boriladigan ko‘pgina mustaqil ish usullariga, ayniqsa, tanlab o‘qishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Shivirlab o‘qish o‘quvchilar tomonidan shivirlab, ya’ni yarim ovoz bilan o‘qishdir.Shivirlab o‘qish darsning tashkiliy qismlarida, o‘qituvchi sinfjurnali bilan mashg‘ul paytda yoki o‘quvchilarni darsga tayyorlash bosqichlarida o‘tkaziladi.

O‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalari shakllantiriladi vatakomillashtiriladi.

To‘g‘ri o‘qish. To‘g’ri o‘qish o‘quvchilarning matnni tushunarli qilib o‘qishidir. Ma’lumki, ayrim o‘quvchilar ko‘pincha harflarni tushirib, bo‘g‘inlar, so‘zlarning o‘rnini almashtirib o‘qiydilar. Bunday xatolarning sodir bo‘lmasligi uchun qiynalib o‘qiydigan o‘quvchilarga katta hajmdagi matnlarni qismlarga bo‘lib o‘qishni tavsiya qilishanchagina yengillik yaratadi. To‘g‘ri o‘qish usullarini amalga oshirish mumkin. Bu maqsadda:

‒ dastlab 3-4 bo‘g‘inli so‘zlarni ravon o‘qish, 5-6 bo‘g‘inli so‘zlarni esa, bo‘g‘inlarga bo‘lgan holda o‘qitish;

‒ tanish matnlarni o‘qishda o‘qish sur’atini biroz oshirish samaralidir. Shunday qilinganda bolalar notanish matnlarni ham tushunib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

To‘g‘ri o‘qishni o‘zlashtirishda tovush, bo‘g‘in va so‘zlarni to‘g‘ri va aniq, sof talaffuz etish katta ahamiyat kasb etadi.

Darslikdagi har bir asar so‘nggida o‘quvchilarning fikrlash faoliyatlarini oshiruvchi savollar, topshiriqlar berilgan. O‘qituvchi, albatta, ularni o‘quvchilarga o‘qitishi va mustaqil ravishdajavob berishga tayyorlashi lozim, bu o‘z-o‘zini doimo nazorat qilishga o‘rgatadi.

Ikkinchi sinf o‘quvchilari o‘quv yilining oxiriga kelib, notanish matnni o‘qish texnikasi bo‘yicha bir daqiqada 40-50 so’zni o‘qiy olishlari kerak.

Ongli o‘qish.O‘quvchilar matnni o‘qish jarayonida tushunib, asosiy maqsadni uqib, asardagi ayrim so‘z va qo‘shimcha ma’noli so’zlarni izohlash, bunday so‘zlar ishtirokida gaplar tuzish, tuzilgan gaplarni mazmunan jamlab, kichik hikoya hosil qilish, matnning tugallangan qismidagi asosiy fikrni topish mashqlarini tez-tez o‘tkazish, matndagi tabiat tasvirini, insonlarning yaxshi-yomon odatlarini misollar yordamida, asardagi voqealarga bog’lab gapirib bera olishlari kerak.

O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish, ularning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish orqali o‘qilayotgan matnlarning mazmunini o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi.

Bunday matnlarni tahlil qilish orqali o‘quvchilarning nutqini o‘stirish maqsadga muvofiq.Ma’lumki, so‘zlashuv tili nutq o‘stirishning dastlabki namunalari hisoblanib, u asta-sekin takomillashib boradi.So‘zlashuvga o‘rganish barcha darslar jarayonida amalga oshadi, lekin o‘qish darslari yetakchi ahamiyat kasb etadi. O‘qish darsi va nutq o‘stirish ta’lim-tarbiya jarayonida eng mustahkam vositalardan biridir.

O‘quv dasturining o‘qish bo‘limida bolalarning eshitish uquvlarini tarbiyalash maqsadida tez, sekin, qattiq, har xil ohangdagi gaplarni eshitib, idrok etishi talab qilinadi.

Talaffuzning sofligini ta’minlash dasturda keng o‘rin olgan. O‘quvchilar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish ko‘zda tutilgan.

O‘quvchining so‘zlab berish uquvini oshirishga qaratilgan talablar: rasmlar vositasida so‘zlashuv, ko‘rgan-eshitganlarini tartib bilan ifoda etish.

Nutq o‘stirish bilan bog‘liq bolalarning tasavvur va tafakkur qilish faoliyatlari uzviy holda rivojlantiriladi:

‒ hikoya, ertaklarni so‘zlab berishda, qahramonlar ovoziga taqlid qila bilish;

‒ rasm va narsalarni taqqoslab tasvirlash, sayr, tomosha va o‘yinlar haqida hikoya qilish, misollar keltirish, matnda tasvirlangan voqealar haqida xulosalar chiqarish;

badiiy matn ustida ishlashga o‘rgatish, matnni qismlarga bo‘lish, ular mazmuniga oid sarlavhalar topish, mazmuniga doir ijodiy rasmlar ishlash.

Boy merosimiz bilan bolalarni tanishtirish, milliy madaniyatimiz durdonalaridan xabardor qilish maqsadga muvofiqdir.

2-sinf o‘quvchilarining yod olish uquvlarini rivojlantirish borasida ham o‘qituvchi tinmay ish olib borishi kerak.

O‘qituvchi o‘z nutqida murakkab uzun jumlalar yoki notanish qiyin iboralarni muntazam qo‘llayvermasligi lozim. O‘qituvchining samimiy mazmunli nutqi bolalarni o‘ziga yaqinlashtiradi, darsga qiziqishlarini oshiradi. O‘qituvchining mahorati shundaki, u bir butun jamoaga ta’lim-tarbiya beribgina qolmay, balki ularni mustaqil ishlashga chorlaydi.

Shuningdek, sinf xonasini dars o‘tishga tayyorlash va dars jarayonida har bir daqiqadan unumli foydalanishga o‘qituvchi alohida e’tibor berishi, ko‘rsatilgan ko‘rgazmalar, o‘qib beriladigan har bir matn yoki multimediali ilovalardan foydalanish, o‘quvchilar tomonidan mas’uliyatni his etish va o‘quv qurollarini saranjom-sarishtaligi darsning samarali o‘tishiga imkon beradi.

Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yo‘llari

O‘qish darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. Har qanday pedagogik texnologiya dars davomida muayyan mavzu mohiyatidan kelib chiqib, mantiqiy izchillikda rivojlantirib borilishi lozim.

Darslarda ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texno- logiyalaridan foydalanish orqali o‘qituvchi nazariy ma’lumotlarniberish bilan bir qatorda, o‘quv materiallarini zamonaviy texnika vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. llg‘or pedagogik texnologiyalar individual ta’sir etadigan usul sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining har tomonlama rivojlanishi, ma’naviy-axloqiy sifatlarining shakllanishi, mustaqil fikr yuritish, ijodkorlik faoliyatining rivojlanishi va o‘zlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishini belgilab beradi.

«Aqliy hujum» metodi.G‘oyalarni generatsiya qilish, biror muammo bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan samarali metoddir. Bu metod quyidagi 4 bosqichda olib boriladi:

‒ muammoli savol beriladi;

‒ fikr va g‘oyalar bildiriladi va jamlab boriladi;

‒ fikr va g‘oyalar guruhlanadi;

‒ aniq va to‘g‘ri javoblar tanlab olinadi.

Natija: O‘quvchilami o‘zaro harakatga keltirish, diqqatlarini jamlash va aniq javobga yo‘naltirish.

«Sinkveyn» metodi.«Sinkveyn» so‘zi beshlik degan ma’noni anglatadi, ba’zan «oq she’r» – qofiyasiz she’r deb ham nomlanadi.Biror so‘zning beshta sifat xususiyati tavsiflanishi zarur.O‘quvchilarga mavzuning kalit so‘zlari beriladi.Har bir o‘quvchi alohida qog‘oz varag‘iga ushbu so‘zning xususiyatlarini yozadi. Ular shaxs va narsa nomi, belgisi, harakatini bildirgan so‘zlar ham bo‘lishi, shuningdek, ijobiy yoki salbiy jihatini aks ettirishi mumkin. Har bir qatorga yozilgan so‘zlar bitta gap hisoblanib, u keng ma’noni o‘ziga qamrab oladi.

Natija: berilgan so‘zning ma’nosi 5 qatorda ochib beriladi va o‘quvchilar to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar, ma’nodosh so‘zlar o‘rganiladi hamda«Onatili» fani bilan o‘zaro bog‘liqliligi ta’minlanadi.

Venn diagrammasi.Venn diagrammasi grafik ko‘rinishda bo‘lib, ikki va undan ortiq aylananing kesishmasidan hosil bo‘ladi. Ikki va undan ortiq predmet (ko‘rinish, fakt, tushuncha) tahlil qilinadi va o‘rganiladi. Olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqariladi.

Natija: bilimlarni mustahkamlashda qo‘llaniladi. Doiralarda ikkita xususiyat yoki farqlarni taqqoslash orqali o‘quvchilarning bilimlari shakllanadi va aniq ma’lumotga ega bo‘ladilar.

«ВВВ» metodi.Yozuv taxtasi uch ustunga ajratiladi.Birinchi ustunga – «Bilaman», ikkinchisiga – «Bilib oldim», uchinchi ustunga esa «Bilishni xohlayman» degan so‘zlar yoziladi.So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma’lumotlarga ega ekanliklarini so‘raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman» nomli ustunga yozib qo‘yiladi.Keyingi bosqichda o‘quvchilar mavzuga oid matn bilan tanishib chiqqandan so‘ng, fikr yuritishadi hamda mavzuga oid yana qanday ma’lumotlami o‘zlashtirganliklarini «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi. So‘nggi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilardan yangi mavzu bo‘yicha qanday ma’lumotlarni o‘zlashtirish istagida ekanliklarini so‘raydi va bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman» ustuniga yoziladi.

Natija: o‘quvchilarning o‘tilgan mavzularm yodga olishiga,mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishiga va o‘z-o‘zini baholashiga erishiladi.

«Zig-zag» texnologiyasi.Sinf o’quvchilari guruhlarga bo‘linadilar. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O‘quvchilar matnlarni diqqat bilan o‘rganadilar va gapirib beradilar. Barcha guruhlarning o‘quvchilari o‘zlariga topshirilgan matn mazmunini so‘zlab berganlaridan so‘ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Shu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilgach, o‘quvchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini aniqlaydilar.

Natija: o‘quvchilarda dars jarayonida matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodda saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin bayon eta olish ko‘nikmasi rivojlanadi.

«Т-chizma» usuli.T-chizmamunozaravaqtidaqo‘shaloqjavoblar (ha/yo‘q, tarafdor/qarshi) yokitaqqoslash, zidjavoblarniyozishuchununiversalgrafik-organayzerhisoblanadi.Masalan, qishfaslihaqidagimatno‘qilganidanso‘ng, o‘quvchilarT-chizmanichizib, uningchaptomonigaqishfasliningafzalliklariniberilganvaqtdavomidako‘rsatibberishadi.So‘ngrashunchavaqtichidabufikrgaqarshibo‘lganfikrlarni, ya’niqishfasliningsalbiytomonlariniko‘rsatibo‘tishadi.

Natija: o‘quvchilardatanqidiymushohadarivojlanadi, shaxs, narsayokihodisalarningijobiyhamdasalbiytomonlariyoritiladi, munosabatshakllanadi, bilimlarmustahkamlanadi.

«Birgalikdao‘qiymiz» metodi.Sinfo‘quvchilari 3-5 kishidaniboratkichikguruhlargaajratiladi.Harbirguruhdarsdabajarilishilozimbo‘lgantopshiriqningma’lumqisminibajaradi.Guruhlartopshiriqlarnito‘liqbajarishinatijasidao‘quvmaterialiningyaxlito‘zlashtirilishigaerishiladi. Mazkurmetodningasosiyprinsiplari: o‘quvchilargaindividualyondashish, muvaffaqiyatlargaerishishuchunbirxilimkoniyatlarnivujudgakeltirish.

Natija: hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi hosil qilinadi, birgalikda bajarishning mohiyatini anglash, do‘stona munosabat, bir-biriga yordam berish va jamoada ishlash shakllantiriladi.

MATEMATIKA

SO’ZBOSHI

Yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Hozir maktablarimizda ta’lim-tarbiya olayotgan yosh avlod kelgusida ajdodlarining xayrli ishlarini davom ettiradigan, oʹzidan keyingi avlodlarga ozod va obod Vatanni meros qilib qoldiradigan hamda Oʹzbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchi kishilardir. Shu sababli Prezidentimiz Islom Karimov butun diqqat-e’tiborni barkamol avlod tarbiyasiga qarat­moqda.

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida o‘qitish samaradorligini oshirish maqsadida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatiga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanmalarni yaratish, boshlang‘ich sinf­lar darsliklari uchun multimedia ishlanmalarini keng joriy etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu dastur doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash, o‘qitish jarayonida innovatsion pedagogik va multimediali texnologiyalardan unumli foydalanish, kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e’tiborni qaratgan holda, boshlang‘ich ta’limning sifat-samaradorligini tubdan yaxshilash xalq ta’limi faoliyatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan.

Ma’lumki, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishdagi eng asosiy omil bu ustoz-murabbiylarning o‘quvchilarga har jihatdan namuna bo‘la oladigan ma’naviy-axloqiy qiyofasi, ularning yetuk pedagogik kasb mahoratiga ega ekanligidadir. Ayniqsa, bu omil boshlang‘ich ta’limda muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, bu bosqichda o‘quvchilarga yuqori malakali, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk pedagoglar tomonidan sifatli ta’lim-tarbiya berilmasa, oqibatda o‘quvchilar yuqori sinflarga o‘tganlarida ham fanlarni o‘zlashtirishi talab darajasida bo‘lmaydi. Ta’limda poydevorni mustahkam qo‘ymay turib, barkamol insonni tarbiyalashdek yuksak maqsadni amalga oshirish mumkin emas.

Sohada malakali kadrlar ta’minoti, ularning kasbiy salohiyatini oshirish borasida oldimizda qator vazifalar turibdi. Shu sababli Oʹzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi «Sogʹlom bola yili» Davlat dasturi toʹgʹrisida»gi PQ-2133-sonli Qarori 71-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ilgʹor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish boʹyicha 2-sinf oʹqituvchilari uchun multimedia ilovali ushbu metodik qoʹllanma yaratildi.

METODIK QOʹLLANMANING TUZILISHI

Qoʹllanma Oʹzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat ta’lim standarti, oʹquv dasturi va umumiy oʹrta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun «Matematika» darsligi asosida tuzilgan boʹlib, ikki bobdan iborat.

Qoʹllanmaning birinchi bobida 2-sinf matematika fanining maq­sadi, dars jarayoniga ilgʹor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʹyicha metodik koʹrsatma va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, dars jarayonida oʹquvchilar faolligini oshirish, bilim, ko‘nikma, malakalarni oson oʹzlash­tirishlarini ta’minlash maqsadida tayyorlangan multimedia ilovali dars ishlanmalari oʹquvchilarning ogʹzaki va yozma matematik nutqi, tafakkuri, diqqati, xotirasi hamda matematik tushunchalar haqidagi tasavvurlarini boyitadi.

Qoʹllanmaning ikkinchi bobida boshlangʹich sinf oʹqituvchila­riga 2-sinf matematika kursi asosiy boʹlimlarining oʹziga xos xususiyatlari, oʹqitish metodikasi haqida ma’lumot beriladi.

Oʹquv reja boʹyicha 2-sinfda matematika faniga 170 soat ajratilgan boʹlib, metodik qoʹllanmada multimedia ilovali dars ishlanmalari va metodik tavsiyalar berilgan. Ularda oʹqitishning oʹyinli shakllari, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan. Qo‘llanmada 2-sinf «Matematika» darsligining quyidagi asosiy mavzulari qamrab olingan: «Toʹgʹri burchak», «Koʹpburchak perimetri», «18 ichida bir xonali sonlarni oʹnlik orqali oʹtib qoʹshish va ayirish», «Kvadrat», «Soat. Minut», «Yuz ichida sonlarni xona orqali o‘tib qoʹshish va ayirish», «Sonli ifo­dalar», «Yozma qoʹshish va ayirish», «Harfli ifodalar», «Teng­lama», «Koʹpaytirish va boʹlish», «Millimetr», «Doira. Aylana markazi va radiusi», «Shakllarning yuzi» va boshqalar. Metodik qoʹllanmaning multimedia ilovasida 45 ta darsning har biriga oid animatsiyalar, trenajyor-mashqlar, oʹquvchilarning bilim, koʹnikma va malakalarni oʹzlashtirish darajasini aniqlovchi test topshiriqlari, mantiqiy ma­salalar mavjud boʹlib, dam olish daqiqalari uchun moʹljallangan 8 ta videomateriallar keltirilgan. Metodik qoʹllanma va multimediali ilovalarda keltirilgan materiallar darsga tayyorgarlik ko‘rish, darsni tashkil qilish va oʹquvchilarning bilimini tekshirishda oʹqi­tuvchilarga yaqindan yordam beradi.

Keltirilgan dars ishlanmalarida interfaol metodlar hamda darsning multimedia ilovalaridan foydalanish boʹyicha metodik koʹrsatmalar berilgan.

Oʹqituvchilar oʹz ishiga ijodiy yondashib, mazkur qoʹllanmada berilgan dars ishlanmalariga oʹzgartishlar kiritishlari mumkin.

2-sinf matematika DARSlariNI

LOYIHALASHTIRISH

Dars – ta’lim jarayonining eng asosiy qismlaridan biri. Dars orqali oʹqituvchi oʹquvchilarga yangi material yuzasidan bilimlar beradi va ana shu egallangan bilimlarni harakatga keltirib, koʹnikma va malakaga aylantirish, hayotga tatbiq etishni oʹrgatadi. Shunday ekan, oʹqituvchi darsning mazmuni, uni oʹquvchilarga yetkazish yoʹllari, usullari, shakllari, vositalarini oldindan belgilashi va bundan erishiladigan natijalarni egallab olishi lozim. Darsdan koʹz­langan maqsadga ko‘ra kutilgan natijaga erishilsagina, dars samarali deb hisoblanadi. Oʹquvchining xohishi, qiziqishi va ehtiyojlari­ni inobatga olib, ta’lim markaziga oʹquvchi shaxsini qoʹygan holda, natijasi kafolatlangan darsni tashkil etish uchun dars jarayonini loyihalashtirib olish zarur. Bunda oʹqituvchi, avvalo, darsning texnologik xaritasini tuzib olishi maqsadga muvofiq.Texnologik xari­tada oʹquv jarayonining bosqichlari izchil ketma-ketlikda beriladi. Texnologik xarita orqali dars jarayoni shunday loyihalashtirilishi kerakki, darsdan koʹzlangan maqsadga erishish yoʹllari, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining faoliyati, ulardan kutilayotgan natijalar toʹliq aks ettirilishi lozim.

Quyida oʹqitish rejasini tuzishning har bir bosqichida oʹqituvchining boshqaruv harakatlarini koʹrib chiqamiz.

Maqsadni belgilash – didaktik vazifalarni aniqlash, oʹquv natijalarini shakllantirish. Bu pedagogik faoliyatning asosiy omili boʹlib, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining birgalikdagi faoliyatini umumiy natijaga yoʹnaltiradi.

Tashxis – ta’lim oluvchilarning xususiyatlari va mavjud moddiy-texnik imkoniyatlarni oʹrganish. Bu maqsadni toʹg‘ri yo‘nalti­rish va ularga erishish vositalarini tanlashga imkon beradi.

Bashorat qilish – belgilangan vaqt davomidagi mavjud sharoitlarda pedagogik va oʹquv faoliyati natijalarini oldindan koʹrish.

Loyihalash – oldindagi faoliyat modelini tuzish, belgilangan vaqt davomidagi mavjud sharoitlarda usul va vositalarni tanlash uchun maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, qaytar aloqani o‘rnatish va oʹquv axborotini yetkazish vositasi va yoʹllarini aniqlash.

Rejalashtirish – oldindagi oʹzaro bog‘liq pedagogik va oʹquv faoliyati rejasini ishlab chiqish. U texnologik xarita koʹrinishida rasmiylashtiriladi.

Tashkillashtirish – ta’lim beruvchi tomonidan o‘quvchilarni belgilangan ishga jalb etish, maqsadga erishishda ular bilan hamkorlik qilish.

Axborotli ta’minlash – qaytar aloqani oʹrnatish va oʹquv axborotini yetkazishning usul va vositalarini qoʹllash. Bu yig‘ilgan axborotni oʹquvchilarga yetkazish jarayonini tezlashtirish hamda ular faolligini oshirishga samarali ta’sir koʹrsatadigan rag‘batlantiruvchi omillarni kiritishga imkon beradi.

Nazorat, baholash va oʹzgartirish kiritish – rivojlanish jarayoniga ta’sir koʹrsatadigan rag‘batlantiruvchi omillarni yaratish, pedagogik ta’sir etish obyekti oʹzgarishini muvofiqlash.

Tugallangan jarayon tahlili – dars jarayonidagi yutuq va kam­chiliklarni tahlil qilish, yoʹl qoʹyilgan kamchiliklarning sababini aniqlash va kelgusida bunga yoʹl qoʹymaslik choralarini izlash.

Loyihalashtirilgan dars asosida oʹqituvchi dars jarayonini boshqarish yoʹllarini belgilaydi, shuningdek, oʹquvchilar yangi mavzuni qanday oʹzlashtirganliklarini nazorat qiladi va shu orqali ular faoliyatini baholaydi. Ana shu baholash natijasida bilim berish va bilim olish faoliyatini tekshirib, koʹzlangan maqsad nechogʹli amalga oshganligini aniqlaydi.

Mavzu boʹyicha darsni tashkil qilish quyidagi koʹrinishda boʹladi:

dastlabki ma’lumotlar: dars mavzusi, ajratilgan vaqt, oʹquv­chilar soni;

turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi; oʹquv­chilarning bilim, koʹnikma va malakalarini rivojlantiruvchi, umumlashtiruvchi; oʹquvchilar egallagan bilim, koʹnikma va malakalarni tahlil va nazorat qiluvchi;

– koʹrinishi (masalan, muammoli, bahs-munozara, oʹyin-musobaqa, sarguzasht-ertak va boshq.);

tanlangan ta’lim modeli: usullar, shakllar va oʹqitish vositalari;

ta’lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan, guruh boʹlib ishlashga mo‘ljallangan xonalar;

monitoring hamda baholashga asoslangan qaytar aloqanioʹrnatishning usul va vositalari: nazorat turi (yozma va og‘zaki), nazorat shakli (tezkor so‘rov, test olish, taqdimot, o‘quv topshiriqlari va boshq.);

– oʹquv mashgʹulotining texnologik xaritasi: 1) oʹquv mashgʹuloti bosqichlari va vaqti; 2) ta’lim beruvchi faoliyati; 3) ta’lim oluvchi faoliyati. Bunda taqdim etilayotgan materiallar o‘quv­chilarning yosh xususiyatiga to‘g‘ri keladigan hamda dastur va Davlat ta’lim standarti talablari doirasida bo‘lishi kerak.

Loyihalashtirilgan darsning ishlanmasini tayyorlash uchun oʹqituvchiga quyidagi tayyorgarlik bosqichlarini bajarish tavsiya etiladi:

1. Darsning mavzusini aniqlash. Darsning mavzusi oʹquv reja va dastur asosida belgilanadi. Dars mavzusini aniqlash jarayonida DTS talablari bajarilishini koʹzda tutish lozim.

2. Darsning mazmunini tanlash (tizimga solingan bilim, koʹnikma, malakalar). Darsning mazmunini yoritish va koʹzlangan maq­sadga erishishni ta’minlaydi. Darsning mazmuni – mavzu yuzasidan berilishi lozim boʹlgan, tizimga solingan bilimlar yigʹindisini amalda qoʹllash.

3. Mavzuda aks etgan tayanch soʹz va iboralarni aniqlash. Har bir mavzuda oʹziga xos tayanch soʹz va iboralar mavjud. Tayanch soʹzlar mavzuning asosini tashkil qiladi.Tayanch tushunchalar – bilimning mavzuga doir tushunchasini ifodalovchi maxsus soʹz yoki soʹz birikmasi.

4. Beriladigan nazariy va amaliy bilimlarni belgilash. Tayyorlangan yangi material asosida nazariy bilimlarni aniqlash, nazariy bilimlardan amalda foydalanish va qoʹllash uchun mustaqil ishlar tayyorlash.

5. Darsning maqsad va vazifalarini belgilab olish. Dars maqsadining aniq va asosli belgilanishi dars samaradorligining muhim omili hisoblanadi.

Darsning maqsadi uchta yoʹnalishda belgilanadi:

a) ta’limiy: oʹquvchilarga oʹrgatilishi va oʹquvchilar oʹzlashti­rishi lozim boʹlgan ma’lum hajmdagi yangi bilimlar;

b) tarbiyaviy: darsning mavzusiga asoslanib, oʹquvchilarni ma’naviy, axloqiy jihatdan tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: oʹquvchilarda mavzuning mazmuni yuzasidan koʹnikmalarni shakllantirish va malakalarni mustahkamlash uchun turli didaktik materiallardan foydalanish;

Darsning vazifalari darsning mavzusi va maqsadidan kelib chiqadi. U darsdan koʹzlangan maqsadga erishishni ta’minlashi nazarda tutilgan holda aniq va mantiqan belgilanishi shart. Belgilangan vazifalarga koʹra, dars jarayonida amalga oshirilishi lozim boʹlgan barcha faoliyat turlari oldindan aniq boʹladi.

6. Oʹquv jarayonining ixchamlashtirilgan mazmunini tayyorlash. Bu bosqichda oʹqituvchi dars jarayonining qisqa sxemasini tuzishi kerak.Mavzu yuzasidan taqdim etiladigan materialning qisqacha izohi, oʹquvchilarning uni egallashi, koʹnikma hosil qilish yoʹnalishlari umumiy holda tavsiflanadi.

7. Oʹquv jarayonini amalga oshirish texnologiyalarini tanlab olish. Ularga darsning metodi, shakli, vositalari, usullari, nazorat va baholash turlari kiradi. Oʹquv jarayonini amalga oshirish texnologiyalarining qay darajada tanlanganligi darsning sifat va samaradorligini belgilaydi.

Darsning metodi, shakli, vositalari oʹzaro uzviylikda tanlanadi hamda shu asosda ta’lim oluvchining bilim egallashidan iborat faoliyatini nazorat qilish turi aniqlanadi va baholanadi.

8. Bilim va tushunchalarni egallash, koʹnikma va malakalarni oʹzlashtirish uchun sarflanadigan vaqt birligini aniqlash. Bu bosqichda, avvalo, oʹqituvchi va oʹquvchining bilim oʹzlashtirishdagi faoliyati aniqlanadi. Ana shu faoliyatni amalga oshirish usuliga koʹra, 45 daqiqalik darsning har bir bosqichi oldindan taqsimlanadi.

9. Darsning maqsadiga koʹra natijalarni belgilash.

Oʹqituvchi faoliyatidan kutiladigan natijalar:

– oʹz oldiga qoʹygan maqsadiga erishadi;

– oʹquvchilarning mavzu boʹyicha bilimlarni oʹzlashtirishiga erishadi;

– oʹquvchilar faolligini oshiradi;

– oʹquvchilar qiziqishini kuchaytiradi.

Oʹquvchilar faoliyatidan kutiladigan natijalar:

– yangi bilimlarni oʹzlashtiradi;

– egallangan bilimlarni hayotga tatbiq eta oladi;

– yakka tartibda va jamoada ishlay oladi;

– matematik tafakkuri boyiydi;

– matematik nutqi rivojlanadi;

– oʹz-oʹzini nazorat qiladi va baholaydi.

10. Natijalarni olish uchun mashq, topshiriq va mustaqil ishlar tizimini ishlab chiqish. Bunda oʹqituvchi oʹquv jarayonining monitoringini olib borish uchun mavzu yuzasidan savollar, muammolar, teslar, mashq va topshiriqlar banki yaratib olinadi. Ana shunday turdagi mustaqil ishlarni tayyorlash jarayoniga innovatsion yondashish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Turli didaktik materiallarni tayyorlashda innovatsion va interfaol metodlardan oʹrinli foydalaniladi.

11. Oʹqituvchi va oʹquvchining kelgusidagi faoliyatini rejalash­tirish. Bunda amaldagi darsni tahlil qilish, keyingi loyihalashtiri­ladigan darsning xaritasiga tuzatish va qoʹshimchalar kiritish, shu bilan birga, xatolarni bartaraf etish asosida rejalashtiriladi.

Oʹqituvchi faoliyati quyidagi tartibda rejalashtiriladi: pedagogik texnologiyani oʹrganish va dars jarayoniga tatbiq etish, takomillashtirib borish; oʹquvchilarda bilim, koʹnikma va malakalarni hosil qilish, ularning ehtiyojlarini aniqlash, qiziqishlarini hisobga olish ustida ishlash; dars jarayonida beriladigan bilimlarni hayotiy misollar bilan uygʹunlashtirish; oʹquvchi faoliyatini rejalashtirish; mavzu ustida ishlash; oʹz fikrini mustaqil va erkin ifodalash; darslik va qoʹshimcha adabiyotlar bilan ishlash; xulosa chiqarishga oʹrganish.

Texnologik xaritalarning tayyorlanishi dars turiga bogʹliq. Shunga koʹra, ular turlicha tayyorlanishi mumkin.Qat’iy qolipga solingan dars turi, birinchidan, oʹqituvchining ijodiy yondashuviga yoʹl bermaydi, ikkinchidan, oʹquvchilarning imkoniyatlarini cheklab qoʹyadi.

Texnologik xaritalar asosida loyihalashtirilgan darsdan quyidagi natijalarga erishiladi:

Oʹqituvchi tomonidan:

– oʹz fanini yaxlit holda tasavvur eta oladi;

– yaxlit oʹquv jarayonini tashkil etadi;

– oʹquv jarayoni bosqichlarining ketma-ketligi, izchilligini ta’minlaydi;

– oʹquv jarayonida rang-baranglikka erishadi;

– dars jarayonida vaqtdan unumli va oʹrinli foydalanadi;

– oʹqituvchi oʹquv jarayonining tashkilotchisi, boshqaruvchisi boʹladi va kerakli oʹrinda oʹquvchilarga yordam koʹrsatadi;

– darsning maqsadi va undan erishiladigan natijani aniqlay oladi;­

– ta’limning mazmunini oʹquvchi shaxsiga yoʹnaltira oladi;

– hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta oladi;

– oʹquv jarayonini optimallashtirish imkoni tugʹiladi;

– oʹquvchilarga oʹzlashtirgan bilimlarini amalda tatbiq etishi uchun tizimli imkoniyat yaratadi;

– oʹquvchi shaxsini rivojlantirish samaradorligini ta’minlaydi;

– dars jarayonini muayyan maqsadga yoʹnaltiradi;

– ta’limning mazmuni, uni oʹzlashtirish usullarini oʹquvchilar­ning imkoniyatlari va qiziqishlariga moslashtira oladi;

– oʹquvchining bilim oʹzlashtirish jarayonini jadallashtirish uchun barcha imkoniyatlarni oldindan belgilay oladi;

– oʹz faoliyati va ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qila oladi;

– zamonaviy metodlarni qoʹllash imkoni kengayadi;

– oʹquvchining mustaqil ishlashi uchun muhit yaratadi;

– bilimlarning oʹquvchilar tomonidan oʹzlashtirib olinishini kafolatlaydi;

– oʹz ustida ishlaydi.

Oʹquvchilar tomonidan:

– ta’lim beruvchilarning tayyor bilimlari bilan chegaralanib qolmasdan, mustaqil bilim egallaydilar;

– fanga boʹlgan qiziqishlari kuchayadi;

– mustaqil, erkin, tanqidiy, ijodiy fikrlaydilar;

– doimiy izlanadilar;

– oʹz qobiliyatlarini rivojlantiradilar;

– oʹziga ishonch hissi uygʹonadi;

– oʹz oʹquv faoliyatlarini rejalashtiradilar;

– oʹz faoliyatlarining natijalarini tahlil qiladilar;

– oʹz-oʹzlarini nazorat qiladilar va baholaydilar;

– oʹz bilimlarini bir tizimga soladilar.

Texnologik xarita asosidagi darsda motivatsiya, bilish faoliyati, boshqarish faoliyati kabi oʹquv jarayonining oʹziga xos texnologik vazifalari oʹz aksini topadi.

Oʹquvchilarda bilim, koʹnikma va malakalarni hosil qilish, ularning faolligini oshirish, shuningdek, mustaqil bilim olish va izlanishga undash pedagogdan yuksak bilim va mahoratni talab etadi.

MATEMATIKA DARSLARIDA ilgʹor pegagogik

texnologiyalardan FOYDALANISH

Interfaol metodlar ta’lim jarayonida oʹquvchilar faolligini oshiri­sh orqali ularning bilimlarini tez va oson oʹzlashtirishlariga, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Interfaol metodlar asosidagi darsni tashkil etishda aniq va rejalashtirilgan maqsadlar oʹz aksini topadi. Interfaol metodlar bir vaqtda bir necha masalani hal etish imkoniyatini beradi. Xususan, oʹquvchilarning erkin muloqotga kirishish koʹnikma va malakalarini rivojlantirsh orqali oʹzaro mustahkam aloqa oʹrnatilishiga yordam beradi, jamoa bo‘lib ishlash, oʹzgalar fikrini tinglashga oʹrgatish kabi tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, dars jarayonida ruhiy zoʹriqishlarini bartaraf qiladi, oʹquvchilar faoliyati shaklini oʹzgartirib turish ularning diqqat-e’tiborini dars mavzusiga qaratish imkoniyatini beradi.Eng asosiysi, oʹquvchilar oʹzlarining intellektual darajalarini anglab yеtadi.

Interfaol metod asosidagi dars ishlanmasini tayyorlashda vaqtdan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, oʹqituvchi vaoʹquvchilarning vazifasi aniq belgilab olinadi. Darsni toʹgʹri rejalashtirish, uni oʹtkazish usullari va zarur vositalarini toʹgʹri tanlash lozim.

Interfaol metodlarni ta’limdan koʹzlangan maqsadga muvofiq tanlash (yangi bilim berish, koʹnikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni mustahkamlash va takrorlash) hamda oʹquv fani­ning xususiyatlarini hisobga olish darsning qiziqarli oʹtishi va samarali natijaga erishishga yordam beradi. Buning uchun interfaol metodlarning mezonlarini bilish zarur. Ular quyidagilardan iborat:

– norasmiy bahs-munozaralardan foydalanish;

– oʹquv materiallarini erkin bayon etish va ifodalash;

– oʹquvchilarning tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirish;

– yakka tartibda, juftlik, kichik guruh, katta guruh va jamoa boʹlib ishlash uchun topshiriqlar berish;

– oʹquvchilar faoliyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil qilish va boshqarish.

Interfaol metod oʹquvchilarda quyidagi koʹnikmalarni shakllantirib, rivojlantirib boradi:

– oʹz oldiga maqsad qoʹyish;

– erkin va mustaqil fikrlash;

– oʹz fikr-mulohazalarini bayon etish va uning toʹgʹriligini boshqalarga isbotlay olish;

– yakka tarzda va juftlikda ishlash;

– hamkorlikda ishlash;

– ijodiy fikrlash;

– ma’lumotlarni tahlil qilish;

– xulosalar chiqarish;

– oʹz iqtidorini namoyon qilish;

– berilgan imkoniyatlardan eng ma’qulini tanlash;

– bahs-munozaraga kirisha olish.

Matematika fanini oʹqitish jarayonida qoʹllash mumkin boʹlgan ba’zi texnologiyalar toʹgʹrisida metodik tavsifnoma:

«Tarmoqlar» metodi oʹquvchilarni mantiqiy fikrlash, tushun­chalar orasidagi turli bog‘lanishlarni topishga oʹrgatadi. Bunga o‘xshash har xil grafik organayzerlar («Nilufar guli», «Idrok xari­tasi», «Iyerarxiya», «Baliq skleti» va boshqalar) o‘rganilayotgan ma’lumotlarning xotirada uzoq saqlanib qolishiga yordam beradi.

«3 × 4», «4 × 5», «6 × 6» metodlari kichik guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilar va topshiriqlar soniga qarab tanlanadi. Bu metodlar oʹquvchilarni erkin fikrlash, turli gʹoyalarni berish, tahlil etib, xulosa chiqarish, ta’rif bera olishga o‘rgatadi.

«Blits-so‘rov» metodi tezkor savol-javob tarzida bo‘lib, o‘quv­chilarni mantiqiy fikrlashga, mavzudagi muhim tushuncha va ma’lumotlar asosida tezkor qaror qabul qilishga oʹrgatadi. Bu metoddan barcha darslarda foydalanish mumkin.

«Bumerang» metodi o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘tilgan mavzularni yodda saqlab qolish, fikrini erkin bayon etishga o‘rgatish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan. Bu texnologiyadan maqsad dars davomida oʹquvchilarga tarqatilgan materiallarning yakka tartibda va guruh tomonidan o‘zlashtirilishini hamda o‘zaro suhbat, munozara orqali turli savollar, tarqatma materiallar va undagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganini nazorat qilishdir.

«Muloqot» metodi oʹquvchilar diqqatini oʹziga jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat koʹrsatishga, uni tashkil etishni oʹrgatishga qaratilgan.

«Boshqaruv» metodi oʹqituvchilarni boshqarishdagi usullari hamda oʹquvchilarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga oʹrgatishga qaratilgan.

«Tushunchalar tahlili» metodidan maqsad – o‘quvchilar­ning o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tu­shunchalarni yodda saqlab qolganlik darajalarini aniqlash, shu­ning­­dek, o‘quvchilarni o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin ba­yon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruh bo‘lib ishlay olish, jamoadoshlarining fikrlariga hurmat bilan qarash, o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish.

«Sinkveyn» metodi – berilgan mavzu bo‘yicha bir necha so‘z orqali o‘quv matnini bayon qilish mumkin bo‘lgan metod. Sinkveyn – o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan besh misradan iborat qofiyasiz she’r.

Bu metoddan koʹzlangan maqsad – o‘quvchilarning mavzuni mukammal o‘zlashtirishiga erishish.

Amalga oshirish bosqichlari:

1) o‘quvchilarni sinkveyn tuzish qoidalari bilan tanishtirish;

2) shu qoidalarga asoslanib, ma’lum bir mavzuda sinkveyn tu­zishni taklif etish;

3) hamma sinkveyn tuzganiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, o‘quvchilarning xohishiga ko‘ra o‘zlari tuzgan sinkveynni o‘qish.

Sinkveynning tuzilishi:

– birinchi qatorda bir so‘z bilan mavzuga oid tayanch so‘z belgilanadi;

– ikkinchi qatorda berilgan tayanch so‘z ikki so‘z bilan ta’riflanadi;

– uchinchi qatorda shu mavzuga oid tayanch so‘z uch so‘z bilan ta’riflanadi;

– to‘rtinchi qatorda mavzuga munosabatni bildiruvchi to‘rt so‘zli misra hosil qilinadi;

– beshinchi qatorda bir so‘z orqali yoritilayotgan mavzuning sinonimi tanlanadi.

«Zig-zag» metodini qo‘llashdan maqsad – o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka yoki kichik jamoa bo‘lib fikrlash, o‘zlashtirgan bilimlarini eslab, fikrlarini umumlashtirish, ularni yozma yoki rasm ko‘rinishida ifodalash va taqdimot qilishga o‘rgatishdir.

«Rotatsiya» metodida mashg‘ulot mazmunini har bir kichik guruhda alohida-alohida muhokama qilish, so‘ngra barcha guruhlar o‘rtasida tahlil qilishi uchun qo‘llaniladi.

Boshlang‘ich ta’limda didaktik o‘yinlar vositasida darslarni olib borish bolalarning aqliy faoliyatga tezroq kirishishlari va koʹnikma hosil qilishlariga yordam beradi. Yangi darsni boshlash yoki o‘tgan darsni mustahkamlash paytida didaktik o‘yinlardan foydalanib, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish mumkin.

Quyida ayrim didaktik o‘yinlar haqida ma’lumot berilgan.

«Davom ettir» o‘yinida o‘qituvchi biror son aytadi, oʹquvchilar esa uning tashkil qiluvchilarini aytadi: oʹqituvchi 20 sonini aytsa, oʹquvchilar uni 15 bilan 5 ning yigʹindisi, 10 bilan 10 ning yigʹindisi, 17 bilan 3 ning yigʹindisi ko‘rinishida aytadi va hokazo. Shu tariqa barcha o‘quv­chilar sonning toʹldiruvchilarini aytishi mumkin. Bu oʹyin orqali oʹquvchilarda sonning tarkibi haqidagi bilimlari va ogʹzaki qoʹ­shish-ayirish koʹnikmasi mustahkamlanadi.

«Tez javob» o‘yinida o‘qituvchi yoki boshlovchi qator ora­lab yurib, o‘quvchilardan birini turg‘izadi va biror turga oid so‘zni aytadi. O‘quvchi esa oʹsha­ soʹzni izohlaydi. Javob uchgacha sanaguncha aytilishi kerak. Masalan: oʹqituvchi uchburchak soʹzini aytsa, oʹquvchi bu soʹzni: «Uning uchta tomoni va uchta burchagi mavjud», – deb izohlaydi. Oʹyin shu tariqa davom etadi.Javob berolmagan o‘quvchi o‘yindan chiqariladi.

Bu o‘yin orqali o‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malakalari rivojlanadi, shuningdek, ular atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o‘rganadi, atrofda sodir bo‘layotgan hodisalarga qiziqishi ortadi.

Bu o‘yindan darsning mustahkamlash qismida yoki dam olish daqiqasida foydalanish mumkin.

«Antiqa rassom» o‘yinida ixtiyoriy 3 ta oʹquvchi tanlab olinadi va koʹzlari bogʹlanadi. Doskadan qoʹllarini uzmagan holda turli shakllarni chizadilar.

«Antiqa rassom» oʹyinidan istalgan darsda foydalanish mumkin.Bunda faqat oʹyin sharti oʹzgartiriladi.Masalan, «Qoʹl uzmasdan uchburchak chizing», «Qoʹl uzmasdan toʹrtburchak chizing», «Qoʹl uzmasdan aylana chizing» kabi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-psixologik va do‘stona muhitni yaratishning pedagogik shart-sharoitlari vujudga kelganidan so‘ng, mazkur muhitni yanada mustahkamlash maqsadida fan asoslarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Mazkur metodik qoʹllanmada quyidagi interfaol metod va oʹyinlardan foydalanildi: «Tushunchalar tahlili», «Klaster», «Aqliy hujum», «BBB», «Mohir quruvchi», «Kichik guruhlarda ishlash», «Rolli oʹyinlar», «Antiqa rassom», «Ha-Yoʹq», «Blits-so‘rov», «Quvnoq quruvchi», «Tangramm», «Moslashtiruv», «Sonning toʹldiruvchi­sini toping», «Labirint», «Marrani kim birinchi egallaydi?», «Asala­rining uyini yasaymiz», «Kim chaqqon?», «Antiqa rassom» va hokazo.

Har bir oʹqituvchi oʹz ustida ishlashi, darsni samarali tashkil qilish uchun zamonaviy usullarni tatbiq etishi, bir soʹz bilan aytganda, innovatsion yondashishi bolalarga boshlang‘ich ta’lim-tarbiya berishda juda muhim ahamiyatga egadir.

ATROFIMIZDAGI OLAM

SO’ZBOSHI

O’ZBEK TILI

SO’ZBOSHI

Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.Yurtimizda«Davlat tili haqida»gi qonunning qabul qilinishi buning yorqin dalilidir.Ushbu qonunda O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat va elat xalqlari tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish,ularning davlat tilini o‘rganishlariga katta imkoniyatlar yaratib berilishi alohida ta’kidlanadi.

Rus va qardosh tillarida so‘zlashuvchi millat vakillari farzandlarining davlat tilini o‘rganishlari o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, milliy ma’naviyati,Vatanga cheksiz sadoqati, qolaversa, xalqimizning insoniyatga hurmat bilan qarashi va do‘stona munosabatda bo‘lishini anglashlariga yordam beradi.

Prezidentimiz I.Karimov «Yuksak ma’naviyat– yengilmas kuch» asarida mamlakatimizda tilni o‘qitishga alohida e’tibor qaratilganligi haqida shunday deydi: «…oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezguniyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak hech qanday xato bo‘lmaydi»[1].

«Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari»da ham ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 2–9-sinflari uchun yaratilgan «O‘zbek tili»o‘quv dasturida«…bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligiva o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga hamda moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga o‘rgatish, …tafakkur qilish faoliyatini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish» ko‘nikmalarini egallashlariga erishishning maqbul yo‘llarini ishlab chiqish qayd qilingan.

Ta’lim rus va qardosh tillarida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinflarida o‘zbek tili darslarini to‘g‘ri, samarali tashkil etish o‘quv materialining o‘quvchilar yoshi va bilim saviyasiga mos bo‘lishiga, o‘quv topshiriqlarining mazmuni, izchilligi va izlanuvchanligiga, darslarning metodik qurilishiga bog‘liq. O‘qituvchilar dars qurilishini topshiriqlar doirasida rejalashtiradilar, ba’zi holatlarda ularga muayyan o‘zgartirishlar kiritadilar, o‘zlari ishlab chiqqan qo‘shimcha materiallardan foydalanadilar.

O‘zbek tili darslarida o‘quvchilarningshu tildagi nutqini o‘stirishda darslikdagi matnlarda qo‘llangan leksik birliklarning ma’nosini tushuntirish, talaffuzi va imlosini o‘rgatish, nutqda qo‘llash malakalarini egallashlariga qaratilgan o‘quv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish va qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shimcha ta’limiy topshiriq hamda ish turlari vaqt imkoniyatidan va o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib bajartiriladi.

O‘zbek tilini о‘qitishda ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiyа texnologiyalaridan foydalanishning maqsad va vazifalari

Ma’lumki, ta’lim rus va qardosh tillarida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zbek tili darslarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tovushlari tizimi va ularni ifodalovchi harflar bilan tanishtiriladi, ularga tovushlarni yakka holda va so‘z tarkibida to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari o‘rgatiladi, bundan tashqari,so‘zlar ma’nosi, ularning rus tildagi muqobili hamizohlab beriladi. O‘quvchilar gapning so‘zlardan tuzilishi, so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish qoidalari, bo‘g‘indan zarur tovushni ajratish, so‘zdagi tovushlarni tartib bilan aytish va so‘zni imloviy jihatdan to‘g‘ri yoza olish ko‘nikmalarini egallaydilar.

2-sinfda «O‘zbek tili» fanini pedagogik texnologiyalarning ilg‘or usullari va AKT asosidao‘qitishga qaratilgan mazkur multimedia ilovalaritovushlarning to‘g‘ri talaffuzi, yozuvdahar bir tovushni harfbilan ifodalash, o‘rganilgan harflardan bo‘g‘in hosil qilish,so‘z tuza olish, yozish va o‘qishga o‘rgatadi. Axborot texnologiyalari vositasida tovush, harf, bo‘g‘in, so‘z,gap hamda bog‘lanishli matnni ongli ravishda to‘g‘ri varavon o‘qishga o‘rgatuvchi mashqlardan foydalanildi.Berilgan namunalaro‘quvchilarning fonematik eshitish qobiliyatlarini (tovushlarni so‘z tarkibida farqlash ko‘nikmalarini) o‘stiradi.O‘quvchilar axborot texnologiyalari vositasida uzatilgan namunalar yordamida tо‘g‘ri talaffuz va о‘qishni mashq qiladi.Tavsiya etilgan multimedia ilovalari o‘quvchilarning mavzuga doir bо‘g‘inlar jadvali asosida ustunchadagi sо‘zlarni tuzish, ularni bo‘g‘in-tovush, tovush-harf jihatdan tahlil qilish va о‘qishga undaydi. Harf va bо‘g‘inlarni ekranda harakatlantirish оrqali о‘qishni mashq qildirish о‘quvchi dunyoqarashida katta qiziqishni yuzaga keltiradi.

Multimedia ilovalari orqali о‘quvchilarga havola qilinayotgan turli mavzudagi tasvirlar (mevali bog‘, suv tubi, koinot kabilar)matnda о‘qiladigan so‘z va gaplarni hayot bilan bog‘lash, gap ichida qо‘llash mumkin bо‘lmagan sо‘zlarni rasmorqali nutqiga kiritish imkonini beradi, natijada, o‘quvchinutqining o‘sishi uchun sharoit yaratiladi. Ularning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari boyitilib, estetik didi shakllantiriladi. Ilova orqali ko‘rilgan diafilm, tinglangan hikoya va ertaklar, kuzatilgan rasmlarko‘magidao‘quvchilarningso‘zlovchi nutqini diqqat bilan tinglash va fikrning nima haqida ekanini tushunish ko‘nikmalari o‘stiriladi. Bolalarmultimedia namunasidan foydalangan holda tengdoshlari oldida ishonch bilan o‘z fikrlarini bayon etadilar,o‘qituvchining savol va topshiriqlarini mustaqil bajarishga o‘rganadilar, to‘liq o‘zlashtira olmagan qismlarga qayta murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Turli atamalar, tabiatga oid tushunchalarni ma’nosi bilan birgalikda ko‘rib va o‘qib tanishadilar.

Metodik qo‘llanmaga ilova tarzida yaratilgan AKTda sо‘z ma’nolarini izohlovchi rasmlar berildi, sо‘zning ma’nosi ovozli tarzda izohlandi. O‘quvchilarmultimedia dasturiga kiritilgan rasmli tasvir va ovozli tushuntirish orqali so‘zlarning ma’nosi, matnning mazmunini о‘zlashtirib oladilar va о‘zlari qayta aytib beradilar.Lug‘at ishining«Tarjimon»,«Qochgan so‘zni top!», «Ortiqchasini top!» kabi ta’limiy о‘yinlar vositasida tashkil etilishi o‘quvchilarning qiziqishini yanada oshiradi, ularda adabiy nutqning shakllanishiga yordam beradi.

Mazkur metodik qo‘llanmada foydalanilgan«So‘z tuz!», «Domino», «Tarjimon», «Mening ismimni top!», «Tezkor savol-javob», «Iztopar»,«Davom ettir!», «To‘g‘ri yoz!», «Mevalarni to‘g‘ri tanla!», «So‘z tuz va o‘qi!», «Tez javob» kabi ta’limiy o‘yinlari o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga xizmat qiladi. Ularni o‘zbek tilida o‘z fikrini tushuntirishga tayyorlaydi. Bular pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasida va o‘quvchilar orasida ham o‘zaro eng oddiy o‘quv jarayonlari orqali ta’minlanadi. O‘quvchilarni murakkab bo‘lmagan suhbat mazmunini tushunishga, o‘zbek tilida so‘zlashishning birlamchi ko‘nikmalarini (savollarga javob berish va shunday savollarni boshqalarga bera olish) egallashga, sodda mazmunga egamatn yaratishga tayyorlash bilan bir qatordaularda o‘zbek tilida so‘zlashish istagini uyg‘otadi.

Markur animatsion ilovalar ko‘magida o‘quvchilar talaffuzi va yozilishida farq bo‘lmagan so‘z va qisqa gaplarni eshitib yozishni mashqlar orqali o‘rganadilar, gapning birinchi so‘zi va kishilarning ismini ham bosh harfda kelishini bilib oladilar.Yozuv elementlarini to‘g‘ri idrok etishlari uchun harfni qayerdan boshlab, qayerda to‘xtatish, o‘ngga, chapga burish ekranda animatsion tasvir orqali kо‘rsatiladi.Shuningdek, o‘quvchining eshitish va ko‘rish xotirasiga asoslangan kichik diktantlar yozdiriladi.

Metodikqо‘llanmada о‘qituvchilar uchun har bir tushuncha va kо‘nikmani hosil qilishda foydalaniladigan savol va topshiriqlar tizimi tavsiya etildi.

Namunali dars ishlanmalarining aksariyati lotin alifbosidagi harflar va ularning talaffuzi bilan tanshtirish, shu harflar ishtirokida bo‘g‘in, bo‘g‘inlar ishtirokida so‘z, so‘zlardan esa gap tuzish, ularni bo‘laklarga bo‘lish, o‘quvchilarning lug‘at xazinasini boyituvchi bog‘lanishli nutqini o‘stirishga qaratilgan qator mashqlardan foydalanilgan. Mazkur mashqlar analitik-sintetik tovush metodiga asoslangan.

Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar sezilarli takomillashdi. Analitik-sintetik tovush metodi an’anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonida bo‘lgan tamoyillarga ega.

Mazkur metodning an’anaviy, ya’ni bugungi kunda shakllangan tamoyillari quyidagilardan iborat:

1. Analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko‘ra ta’limiy va o‘stiruvchi xarakterda bo‘ladi, nutqiy mashqlar o‘quvchilarning aql va salohiyatjihatidan o‘sishini ta’minlaydi, o‘qish jarayonining ongli amalga oshirilishini talab etadi. Ta’lim bilan birgalikda tarbiya jarayoni ham uzviy ravishda olib boriladi.

2.Ushbu metodining tashkiliy tomondan afzalligishundaki, o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida o‘qish va yozish ko‘nikmalarini egallab boradilar.

3. Analitik-sintetik tovush metodi orqali egallanishi ko‘zda tutilgan bilimlar o‘quvchilar nutqiga, o‘zlashtirgan bilimlarini hayotga bog‘lay olish darajasiga, yosh xususiyatlariga asoslanib beriladi.

Rus va qardosh tillarni o‘rgatishda o‘zbek tilining tovushlar tizimi asos qilib olindi.Unda tovushlarni bir-biridan ajratish, analiz va sintez qilish, tovushlar artikulyasiyasi hamdao‘quvchilarning fonetik eshitishini rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan.

O‘quv dasturida «O‘zbek tilini o‘rgatish darslari o‘quvchilarning umumiy kamolotiga, ularda do‘stlik, o‘rtoqlik kabi milliy qadriyatlarni shakllantirish, mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik, o‘qishga ongli munosabatda bo‘lish kabi ijobiy xususiyatlarni tarbiyalashga ko‘maklashuvi lozim» deyiladi.Shunday ekan, har bir ta’limiy jarayon natijasi о‘quvchi shaxsida insoniy fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Metodikada tavsiya etilgan ta’limiy о‘yinlar, multimedialar namoyishi о‘quvchida kо‘rganlarigamunosabat bildira olish, atrofdagilarning fikrini eshitish madaniyatini tarbiyalaydi.

Metodik qo‘llanmaning tuzilishi

Ushbu metodik qo‘llanma ta’lim rus va qardosh tillarida olib boriladigan maktablarning 2-sinfi uchun«O‘zbek tili» darsligi asosida ishlab chiqilgan. Unda o‘quvchilarning dars davomida o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqishlarini oshirish maqsadida o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ko‘zda tutildi.O‘zbek tili darslarini samarali tashkil etish uchun multimedia ilovali namunalar ishlab chiqildi.

Metodik qo‘llanma 96 betdan iborat bo‘lib, so‘zboshi, metodik qo‘llanmaning nazariy jihatlari, namunaviy dars ishlanma hamda tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va mundarijani o‘z ichiga oladi.

O‘zbek tili darslariga davlat dasturida belgilangan reja asosida 68 soat ajratilgan. Ushbu qo‘llanmaga 28 soatlik namunali dars ishlanmalari va 12 soat uchun mo‘jallangan tavsiyalar berildi.

METODIK QO’LLANMALARDAGI NAMUNAVIYDARS ISHLANMALARI

ONA TILI

1-DARS

Takrorlash

Dars mavzusi.Gap va so‘z (1−4-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy:o‘quvchilarda nutqning og‘zaki va yozma shakli haqidagi bilimlarini, gap tugallangan fikr anglatishini, gapso‘zlardantuzilishi hamda gapning mazmuniga ko‘ra tinish belgilarini ishlatilishiga oid bilimlariniumumlashtirishdan iborat.

Tarbiyaviy:o‘quvchilarni vatangamuhabbat ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:og‘zakivayozmanutqnirivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o‘rgatish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi:suhbat, kichik guruhlar bilan ishlash, boshqotirma.

Dars jihozi:tarqatma materiallar, rasmlar, didaktik materiallar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:
  • salomlashish;
  • davomatni aniqlash;
  • navbatchi axborotini tinglash;
  • o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish.

Husnixat daqiqasi:

Husnixat daqiqasining mavzusi. Kichik “i” harfini to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rgatish.

Husnixat daqiqasining maqsadi: o‘quvchilarni kichik “i” harfini to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rgatish.

Husnixat daqiqasining borishi.

1. O‘quvchilarning darsga tayyorgarliklarini nazorat qilish, sinfdagi “Yozish vaqtida to‘g‘ri o‘tir!” nomli plakatdan foydalanib o‘quvchilarga dars stoliga to‘g‘ri o‘tirish hamda daftarni to‘g‘ri tutish qoidalarini eslatish;

2. O‘quvchilarga barmoqlarning harakatini o‘stiruvchi mashqlar bajartiriladi. Bunda mashqlarni o‘tirgan holda bajarish mumkin.Chunonchi, qo‘llarni oldinga uzatib, barmoqlar harakatlantiriladi. Bir deganda, barmoqlar ochiladi, ikki deganda, barmoqlar yopiladi (bu mashq 3−4 marta takrorlanadi). Sinfda jismoniy mashq daqiqalarini o‘tkazish nafaqat ta’lim-tarbiya, gigiyena qoidalarini bajarish, balki o‘quvchilarning jismoniy jihatdan sog‘lom o‘sishiga, qaddi-qomatining to‘g‘ri va erkin shakllanishiga yordam beradi.

3. Kichik “i” harfining yozilishini mashq qilish. O‘qituvchi doskada “i” harfini, uning unsurlarini va qanday yozilishini tushuntirib beradi. Shundan so‘ng “i” harfini doskaga yozib ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa uning yozilishini diqqat bilan kuzatadilar. O‘qituvchi doskada harf unsurlarini tushuntirish bilan birga unung bir butun shaklda yozilishini ham eslatib o‘tadi.

4. O‘qituvchi bosma va yozma “i” harfini bir-biri bilan solishtirib ko‘rsatadi. O‘quvchilarga kichik “i” harfining bosma va yozma shakllarini bunday taqqoslab ko‘rsatishning ahamiyati shundaki, ko‘pchilik o‘quvchilar ayrim harflarni kitobdagi bosma shakliga o‘xshatib yozadlar.

5. O‘qituvchi doskaga kichik “i” harfini unsurlarga ajratmay, bir butun shaklda yozilishini ko‘rsatib beradi. O‘quvchilar yozishni davom ettiradilar. Kichik “i” harfining bir necha kichik harflar bilanbog‘lanishi ko‘rsatib beriladi, o‘quvchilar esa bu mashqni o‘z daftarlarida bajaradilar.Daftarga bir qator kichik “i” harfini va shu harf bilan bog‘langan so‘zlarni yozadilar: ibrat, iftixor, ilm, igna. Dars davomida yozuv qoidalariga qat’iy amal qilish lozim ekanligini eslatib o‘tiladi.

6. Dars jarayonida toza va chiroyli yozgan o‘quvchilarning daftarlari namuna qilib ko‘rsatiladi.

II. Yangi mavzu bayoni.

Rasmga qarab hikoya tuzish.1-mashq.Rasm yuzasidansavollar beriladi. O‘quvchilarning javoblari asosida hikoya tuziladi. Suhbat yakunida o‘quvchilar nutq, nutqning og‘zaki va yozma shakli, nutq mazmunan bog‘langan gaplardan tuzilishi, gaplar esa so‘zlardan tashkil topishini bilib oladilar.

Mashqni darslikda berilgan rasmli ko‘rgazma yoki multimediali ilova vositasi yordamida bajariladi.

Описание: Описание: C:\Users\User\Desktop\icon\generic_cdr_software.png
1-mashq uchun videolavha namoyish etiladi. Videolavhada maktabga kelayotgano‘quvchio‘qituvchisiga guldasta hadya qilib, sinfxonasiga kirib o‘tiradi. Natijada 1-mashqdagi rasm hosil bo‘ladi.

Suhbat uchun savollar:

  • Rasmda nima tasvirlangan?

(Rasmda sinfxona tasvirlangan.)

  • Sinfxona qanday ko‘rinishga ega ekan?

(Sinf xona keng,yorug‘ va shinam ekan.)

  • O‘quvchilar nima qilyaptilar?

(O‘quvchilar darsqilyaptilar.)

  • O‘qituvchi nima qilyapti?

(O‘qituvchi o‘quvchilarga dars o‘tyaptilar.)

  • O‘quvchilar darsda o‘zlarini qanday tutyaptilar?

(O‘quvchilar maroq bilan o‘qituvchini tinglayaptilar.)

  • Bolajonlar, mana shu suhbatimizni bir so‘z bilan nima deymiz?

(Nutq deyiladi.)

  • Bu qanqay nutq?

(Og‘zaki nutq.)

  • Nutq necha xil bo‘ladi?

(Og‘zaki va yozma.)

  • Nutq nimalardan tashkil topadi?

(Nutq gaplardan tashkil topadi.)

  • Gaplarnimalardan tashkil topadi?

(Gaplarso‘zlardantashkil topadi.)

Demak, biz fikrimizni bayon etish uchun gaplardan foydalanamiz.

  • Gap bilan so‘z bir-biridan qanday farqlanadi?

Gap tugallangan fikrni bildiradi, so‘z esa narsa nomini, rangini, sonini, harakatini bildiradi. Gapda so‘zlar o‘zaro mazmunan bog‘lanadi.

  • Gapning birinchi so‘zi qanday harf bilan boshlanadi? (Bosh harf bilan boshlanadi.)
  • Gapning oxiriga qanday tinish belgilari qo‘yiladi?

(Nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi qo‘yiladi.)

Demak, fikrimizni bildirish uchun gaplardan foydalanar ekanmiz.Gaplar oʻzaro mazmunan bogʻlanib, nutqni tashkil etadi.

Dam olish daqiqasi.

Ruchka deydi:Yozavergin

Ilm konin qazavergin.

Faqat meni sindirmagin

Ayab, asrab tindirmagin”.

III. Mavzuni mustahkamlash.

Og‘zaki va yozma nutqda bir gap boshqasidan qanday ajratilishini kuzatish. 2-mashq.Bu mashq “O‘z o‘rnini top” ta’limiy o‘yini orqali quyidagicha tashkil etiladi. Sinf o‘quvchilari uch guruhlarga bo‘linadi, o‘qituvchi tomonidan guruh ishtirokchilariga beriladigan topshiriqlar teng taqsimlanishi lozim. Kichik guruhlar uchun topshiriq:

  1. Berilgan so‘zlardan gap tuzing. Har bir guruh tuzgan gaplarini guruhlar uchun 1, 2, 3 sonlari bilan raqamlangan magnit doskaga iladilar.

1-guruh

sevamiz…

Vatanimiz −

Biz

O‘zbekistonni

jonajon

onamizdek

2-guruh

Vatanimiz

va

Ona

go‘zal

bepoyon.

3-guruh

deb

Shuning uchun

uni

ona Vatan

аrdoqlaymiz.

  1. Berilgan gaplardan matn tuzing. Bunda o‘quvchilarning vaqtini tejash maqsadida gaplarning raqamlaridan foydalanishlari aytiladi.

Guruhlarning berilgan gaplardan tuzgan matnlarni darslikdagi 2-mashq asosida kichik guruh vakillaridan iborat ekspert guruhi tekshiradi va natijasini e’lon qiladi.

Namuna: 1.Biz Vatanimiz − jonajon O‘zbekistonni onamizdek sevamiz. 2. Ona Vatanimiz go‘zal va bepoyon. 3. Shuning uchun uni ona Vatan deb ardoqlaymiz.

1-guruhning taxminiy javobi: 1, 3, 2.

Biz Vatanimiz − jonajon O‘zbekistonni onamizdek sevamiz.Shuning uchun uni ona Vatan deb ardoqlaymiz. Ona Vatanimiz go‘zal va bepoyon.

Kichik guruhlarga beriladigan savollar:

  • Matnda nechta gap bor?

(Uchta gap bor.)

  • Matn nima haqida ekan?

(Ona Vatan haqida.)

  • Matndagi gaplar bir-biridan qanday ajratilgan?

(Gapning oxiriga nuqta belgisi qo‘yilgan.)

  • Og‘zaki nutqda bir gap boshqasidan qanday ajratiladi?

(Gap oxirida ovoz pasayishi va biroz to‘xtam bilanajratiladi.)

O‘quvchilar matndagi ikkita gapni daftarlariga yozadilar va yozganlarini tekshiradilar. Kichik guruhlarning fikrlari umumlashtirilib baholanadi.

Описание: Описание: C:\Users\User\Desktop\icon\generic_cdr_software.png
Vatan haqida videolavha namoyish etiladi. Lavha jarayonida 2-mashqdagi matn o‘qib eshittiriladi.

Keyingi animatsiya tugmasi bosilganda ekranda chegarasi yo‘q gaplar paydo bo‘ladi. O‘quvchilar maxsus matn ostida berilgan “nuqta” bilan gapning chegarasini aniqlaydilar. Agar gapning chegarasi nuqta bilan to‘g‘ri ajratilsa, gapning birinchi harfi bosh harfga o‘zgaradi.

Darslik bilan ishlash.

3-mashqdagi she’r matni o‘qib beriladi.She’r matni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.Mashq topshirig‘i bajartiriladi.

Mashq matni yuzasidano‘qituvchi quyidagi boshqotirmadan foydalanishi mumkin.Buning uchun o‘quvchilar she’r matnidagi so‘zlardan foydalanib, bo‘sh kataklarni to‘ldirib, kalit so‘zni ya’ni “BO‘STON” so‘zini hosil qilishlari kerak.Boshqotirma bajarilgach, lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Boshqotirma

b u
d r
O‘ n
t n
i
d i
To‘gri javoblar

b o g‘ u
d o‘ s t l a r
O‘ z b e k i s t o n
t u t g a n
d o n g‘ i
d u n y o n i

Boshqotirmani tez va to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

(Ushbu boshqotirma A-3 hajmida tayyorlanib sinf o‘quvchilari bilan birgalikda bajarishi yoki har bir partaga tarqatilishi mumkin.)

3-mashq multimediali ilova asosida bajariladi.

Описание: Описание: C:\Users\User\Desktop\icon\generic_cdr_software.png

Do‘stlar, mening yurtimni

O‘zbekiston deydilar.

Dong‘i tutgan dunyoni

Bog‘-u bo‘ston deydilar.

Zafar Diyor

Ilovada she’r matni o‘qib eshittiriladi va matn mazmuniga mos rasmlar hamda she’r muallifining portreti namoyish etiladi.

Namoyish tugagach, topshiriq beriladi:

She’rda nechta gap bor? Topshiriqni bajarish uchun she’r matni ostida paydo bo‘lgan 2 ta gul ichidagi 2 va 4 raqamini tanlashlari kerak. O‘quvchi ushbu raqamlarni to‘g‘ri tanlasa, “Barakalla!” degan ovoz yangraydi.

«She’rning birinchi gapida nechta so‘z bor?»,savoli berilganda yana gullar paydo bo‘ladi. Gullarda 5 va 7 raqamlari yozilgan bo‘lib, o‘quvchi to‘g‘risini topishi zarur.

Описание: Описание: C:\Users\User\Desktop\icon\generic_cdr_software.pngLug‘at ishi:

bepoyon− oxiri, chegarasi yo‘q, nihoyatda katta

dong‘i− mashhur bo‘lmoq, nomi

bo‘ston− gul bilan qoplangan, gul ekilgan maydon, gullabyashnagan bog‘

puxta− kamchiligi bo‘lmagan, to‘la to‘kis

IV.Darsga yakun yasash va baholash.

O‘quvchilarning yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida quydagi savollar bilan murojaat qilinadi:

  • Darsda nimalarni o‘rgandik?
  • Gap haqida nimalarni bilib oldik?

O‘quvchilar javoblari tinglanib xulosa qilinadi. O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘rao‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

V.Uyga vazifa berish.

O‘quvchilarga 4-mashqsharti tushuntiriladi va uyda bajarishlari aytiladi.

O’QISH

3-DARS

Mavzu: «Toshkent – O‘zbekiston poytaxti».

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarni «Toshkent – O‘zbekiston poytaxti» matni mazmuni bilan tanishtirish. O‘quvchilarni to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, poytaxtiniiz Toshkentga mehr uyg‘otish, ularni Vatanni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash, axloqiy fazilatlarni singdirish.

Rivojlantiruvchi:o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, lug‘at ustida ishlash, qayta hikoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, «Zanjir» usuli, «Alifbo bilag‘oni», «Davomini top» o‘yini.

Dars jihozi: darslik, videolavhalar, ko‘rgazmalar, konvert va gulchalar rasmi, tarqatma materiallar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish.

Davomatni aniqlash.

  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa – «Vatan» mavzusi so‘raladi.

Dars boshida guruhlarga har xil rangdagi konvert tarqatiladi. Agar guruhlar 3 ta bo‘lsa, konvertlar 3 xil rangda va ichidagi gullar ham shu rangda bo‘ladi. Konvert ichiga rangli qog‘ozdan qirqilgan turli shakldagi gullar solingan. Gullar soni 10-20 ta bo‘lishi lozim. Xattaxtaning 4 ta tomoni guruh maydoni deb e’lon qilinadi va har bir guruh o‘z hududini gulzorga aylantiradi. Savollarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi o‘z guruhining konverti ichidagi gulni xattaxtadagi o‘z maydoniga magnit yordamida mustahkamlab qo‘yishi mumkin.

Savollar:

  1. Alisher Navoiy «Vatan» tushunchasini qanday ma’nolarda ishlatgan?
  2. Vatan haqida nimalarni bilib oldingiz?
  3. Qanday inson vatanparvar deb ataladi?

Har bir guruh a’zolari o‘z fikrlarini bildiradilar.

Savol-javobdan so‘ng, matn mazmuni so‘raladi.Har bir fikr bildirgan o‘quvchi gulni olib hududini obodonlashtirishga hissasini qo‘shadi.

«Alifbо bilag‘oni» o‘yini.

Guruhlarga jadval tarqatiladi. Guruh a’zolari jadvalda berilgan raqamlarga mos alifbo tartibi bo‘yicha harflami joylashtirib, shahar nomini topadilar.

19 14 27 10 4 13 19
19 14 27 10 4 13 19
T O SH K E N T

  1. Yangi mavzuni tushuntirish.

‒ Bugun biz sizlar bilan «Toshkent – O‘zbekiston poytaxti» matni bilan tanishamiz.

Matn mazmuniga mos rasmlar namoyish qilinadi.Kadr ortidan darslikdagi matn o‘qiladi.Matn asosida o’quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Suhbat uchun savollar:

  1. Toshkentdan qanday savdo karvoni yo‘li o‘tgan?
  2. Toshkent shahri nimasi bilan odamlarni o‘ziga jalb qiladi?
  3. Poytaxtimizda metro bekatlari nechta?

Matn o‘quvchilarga «Zanjir» usulida o‘qitiladi. O‘quvchilar bilan lug‘at ustida ishlanadi.

Lug‘at ishi:

Buyuk ipak yo‘li – savdo karvoni yo‘li

meros-vorisga qoldiriladigan mulk

metro-yerosti temiryo‘li

fusunkor-chiroyli, go‘zal

Dam olish daqiqasi«Vatan» haqidagi qo‘shiqlardan foydalanib tashkil qilinadi.


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash:

«Ichda o‘qish» usuli.

Matnni o‘quvchilar ichida o‘qiydi.

‒ Bolajonlar, matn necha qismdan iborat ekan?

Guruh a’zolari matn qismlariga sarlavha topadilar.

Darslikda berilgan savollarga javob berish.

  1. Matndan Toshkent haqida nimalarni bilib oldingiz?
  2. Toshkentdagi bog‘lar haqida so‘zlab bering.

Toshkentdagi bunyodkorlik ishlari, hashamatli binolar, so‘lim go‘shalar aks ettirilgan videolavha namoyish qilinadi.Guruh a’zolari videolavhalar asosida matnni qayta hikoya qiladilar.

  • Vatan haqida qanday maqol va topishmoqlar bilasiz? (O’quvchilar bilgan maqollarini aytadilar.)

«Davomini top» o‘yini o‘tkaziladi.

Maqollarning bir qismi bir ustunda, ikkinchi qismi ikkinchi ustunda berilgan. Mosini topib maqollarni tuzadilar va o‘qiydilar.

Vatan qadrini bilmagan oltin beshiging

Ona yurting o‘z qadrini bilmas

Vatanga falokat baxti bor

Vatani borning o‘zingga halokat

Shu yerda o‘qituvchi guruhlar hududida yaratilgan gulzorlarga e’tibor beradi. Qaysi guruhda gullar ko‘p bo‘lsa, shu guruhlar rag‘batlantiriladi.

‒ Gullar yanada yashnashi uchun ularga nimalar kerak?

‒ Quyosh, yomg‘ir.

O‘qituvchi chiroyli chizilgan quyosh rasmini xattaxtaning bir chetiga ilib qo‘yadi.


  1. Darsga yakun yasash vabaholash.

O‘quvchilarning yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:

‒ Darsimizda nimalarni bilib oldingiz?

‒ Toshkent shahrining qayerlarida sayohatda bo‘ldik?

‒ Qaysi guruhning gulzorida gullar ko‘p?

Guruhlar ishini yakunlashda maktab, uyimiz, shahrimizni obodonlashtirishga qanday hissa qo‘shishimiz haqida ham tushuncha berish mumkin.

O‘quvchilar darsda faol ishtirok etishlariga ko‘ra baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish.

«Toshkent – O‘zbekistonpoytaxti» matniniifodalio‘qib, mazmuniniqaytaso‘zlashgatayyorgarlikko‘rish. Maqol va topishmoqni yod olish.

MATEMATIKA

8-dars. TO’G‘RI BURCHAK

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o’quvchilarga to’g’ri burchak haqida tushuncha berish, geometrik shakllarga oid egallagan bilimlarini boyitish;

b) tarbiyaviy: dars o’tish jarayonida hamjihatlik, do’stona munosabatlarni shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi:geometrik shakllar haqidagi bilimlarini boyitish, burchaklarni bir-biridan farqlay olish qobiliyatlarini ri­vojlantirish.

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism. Navbatchi o’quvchining axboroti tinglanadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi, uyga berilgan vazifa tekshiriladi va tahlil qilinadi.

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlashda «Tushunchalar tahlili» jadvalidan foydalaniladi. O‘quvchilar birinchi ustunda joylashgan sonlarga ko‘ra keyingi ustunlarga uning to’ldiruvchilarini yozib chiqishadi.

50 40 + 10 80 – 30 35 + 15
60
70
80
90

To’ldirilgan jadvallar yig’ib olinadi va o’quvchilar baholanadi.

Bu kabi jadvallardan o’tilgan mavzularni musahkamlashda ham foydalanish mumkin.

III. Yangi mavzuning bayoni. O’quvchilarga ekran orqali to’g’ri burchaklar, to’g’ri burchakdan katta va kichik burchaklar hamda go‘niya tasviri ko’rsatiladi. Go‘niyaning ta’rifi ekran orqali namoyish qilinib, o’qituvchi tomonidan qanday ishlatilishi tushuntiriladi.

O’qituvchi go‘niya hadida ertak aytib beradi: «Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Matematika saltanatida jarchilar antiqa e’lon tarqatibdilar.«Ehe-hey! Odamlar-u odamlar, eshitmadim demanglar! Kimda-kim saltanat devorlarining burchaklarini to’g’ri hisoblab bersa, oliy mukofot oladi», – deb jar solishibdi. Shunda saltanat chekkasida yashovchi, ko’rinishidan uyalib yuradigan chizg’ich kelib qolibdi. U: «Burchakni men o’lchayman», – debdi. Uning ustidan hamma kulibdi.«O’zi bukri bo’lsa ham, chiranishini qaranglar», – deyishibdi.Buni qarangki, uning «bukri»si devor burchagiga mos tushibdi.Xursand bo’lgan podshoh uni saltanatda olib qolib, barcha qurilishlarda ishtirok etishini aytibdi. Shundan so‘ng uni go‘niya deb atashib, matematika saltanatida olib qolishibdi. Go‘niya burchakning to’g’riligini tekshirish uchun ishlatiladigan asbob degan ma’noni bildirar ekan. Shundan beri bitta burchagi to’g’ri, qolgan ikkita burchagi to’g’ri burchak bo’lmagan uchburchak shaklidagi chizg’ich go‘niya deb atalar ekan».

O’quvchilarni to’g’ri burchak bilan tanishtirish maqsadida qu­yidagi amaliy ish tavsiya etiladi. Partalarga doira shaklidagi rang­li qog’ozlar qo’yib chiqiladi. O’qituvchi o‘quvchilarga ana shu qog‘ozlardan birini olib, avval uni o’rtasidan buklashni, keyin hosil bo’lgan buklamni yana teng ikkiga buklashni taklif qiladi. Shu orqali o‘qituvchi to’g’ri burchak modelini ko‘rsatadi. O’quvchilarga boshqa rangdagi qog‘ozlardan ham xuddi shunday to’g’ri burchakli shakllarni o’zlari mustaqil yasash haqida topshiriq beradi.

O‘qituvchi: Nima hosil bo’ldi?

O‘quvchilar: To’g’ri burchakli shakl.

O‘qituvchi: To’g’ri burchakning tomonlari va uchini ko’rsa­ting. To’g’ri burchaklarni taqqoslang. Buning uchun qo’lingizdagi to’g’ri burchakli shakllarni shunday qo’yingki, natijada ularning to’g’ri burchak hosil qiluvchi tomonlari ustma-ust tushsin.

O’quvchilar ishni o’qituvchi bilan bir vaqtda bajaradi.

O‘qituvchi: Shakllarning to’g’ri burchak hosil qiluvchi tomonlari haqida nima deyish mumkin?

O‘quvchilar: Ular ustma-ust tushadi.

O‘qituvchi: Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin?

O‘quvchilar: Shakllarning to’g’ri burchaklari o’zaro teng.

O‘qituvchi: Uchinchi tomoni to’g’risida-chi?

O‘quvchilar: Ular ustma-ust tushmaydi.

Shundan so’ng o’quvchilar go’niya yordamida ham bitta burchak to’g’ri, qolgan burchaklar to’g’ri emasligini, to’g’ri bur­chak hosil qiluvchi tomonlar ustma-ust tushishini aniqlaydilar.

O’quvchilar 1-topshiriqda aks etgan ko’pburchaklarning to’g’ri burchaklarini go’niyadan foydalanib topadilar, ularni daftarga chizadilar. Go‘niya yordamida ko‘pburchakdagi to‘g‘ri burchaklarni aniqlaydilar.

O’quvchilar diqqati 2-masalaga jalb etiladi.

Anvarning otasi bozordan 38 kg bodring olib keldi.Onasi shundan 30 kg bodringni bankalarga solib, qish mavsumi uchun tuzlab qo’ydi.Qancha bodring tuzlanmay qoldi?

Masalaning qisqa sharti tuzilib, birgalikda yechiladi:

Bor edi – 38 kg bodring.

Tuzlandi – 30 kg bodring.

Qoldi – ?kg bodring.

Yechish: 38 – 30 = 8 kg.

Javob: 8 kg bodring tuzlanmay qoldi.

O’quvchilar 3-misolni doskada bajaradilar.O’qituvchi yig’indini topishga, ayirmani topishga doir misollardan namuna sifatida bittadan ishlab beradi.

Dam olish daqiqasi.

Qafasda bor nechta qush?

10 ta kaklik, 15 to’ti.

20 tacha oqqush,

Soni qanchaga yetdi?

O’quvchilar 4-topshiriqda ekranda berilgan burchaklarni go’niya yordamida o’lchaydilar.Topshiriqning bajarilishi o’qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi.

5-topshiriqni o’quvchilar mustaqil ravishda daftarlarida bajaradilar.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

«Antiqa rassom» o’yini o’tkaziladi. Ixtiyoriy 3 ta o’quvchi tanlab olinadi va ko’zlari bog’lanadi. Doskadan qo’llarini uzmagan holatda to’g’ri burchaklar chizadilar. G’olib aniqlanadi va rag’batlantiriladi.

«Antiqa rassom» o’yinidan boshqa darslarda ham turli shakllarni chizishda foydalanish mumkin.Bunda faqat o’yin sharti o’zgartiriladi.Masalan, «Qo’l uzmasdan uchburchak chizing», «Qo’l uzmasdan to’rtburchak chizing», «Qo’l uzmasdan aylana chizing» kabi.

Ekranda tartibsiz ravishda burchaklar beriladi. Ular ichidan to’g’ri burchaklarni, to’g’ri burchakdan katta va kichik bo’lgan burchaklarni ajratadilar.

V. O‘quvchilarni baholash.O’quvchilardan o’tilgan dars haqida fikrlari so’raladi hamda ular darsdagi ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish. 6-misol va 7-masala uyga vazifa qilib beriladi va o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi.

ATROFIMIZDAGI OLAM

O’ZBEK TILI

O‘zbek tilini о‘rgatish jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan dars namunalari

1-dars. Dars mavzusi: O‘zbekiston

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy:o‘quvchilarning Vatan haqidagi tushunchalarinishakllantirish, davlat ramzlari bilan tanishtirish;
  2. tarbiyaviy: oila va ona-Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘usini tarbiyalash;
  3. rivojlantiruvchi:og‘zaki nutqni o‘stirish, so‘z boyligini shakllantirish.

Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ko‘rgazmalilik, «Aqliy hujum».

Dars jihozi: Mustaqillik bayramiga oid rasmlar,davlat ramzlari, magnit tasma, multimedia ilovasi,darslik.

Tayanch so‘zlar: Vatan, Mustaqillik bayrami, Mustaqillik maydoni, madhiya, bayroq, gerb, o‘zbek tili, sana.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

– o‘quvchilarni darsga hozirlash;

– davomatini aniqlash;

– «O‘zbek tili» darsligi bilan tanishtirish.

II. Yangi mavzu bayoni.

1. Davlat madhiyasi eshittiriladi.

2.
Описание: C:\Users\Family\Downloads\кинолента.jpg
O‘quvchilarga Mustaqillik bayrami tasviri tushirilgan videolavha ko‘rsatiladi. O‘qituvchi videotasvirlarni izohlaydi.

3.O‘qituvchi o‘quvchiga darslikda berilgan rasmlar haqida gapirib beradi: Mustaqillik maydoni va Mustaqillik bayrami tasvirlari haqida.

  • Animatsion tasvir:o‘zbek tilida O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari – gerb va bayroq to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

4.«Keling, tanishamiz!»daqiqasi tashkil qilinadi.

– Men – o‘qituvchiman. Ismim – Yulduz, familiyam –Tohirova.

Sizning ismi-familiyangiz nima?

– Men Shoira Alibekovaman. Men qiz bolaman.

– Men Shahzod Xolmatovman. Men o‘g‘il bolaman.

5.Salomlashish.

– Kattalarni ko‘rganda «Assalomu alaykum» deyish kerak (rasm ko‘rsatiladi, rasm asosida suhbat uyushtiriladi):

– Assalomu alaykum, bobojon!

– Vaalaykum assalom, o‘g‘lim.

C:\Users\Family\Downloads\книга.jpgLug‘at ishi.

Описание: C:\Users\Family\Downloads\disk.jpgAnimatsiya:

bayram праздник

mustaqillik независимость

vatan pодина

sana дата

bayroq флаг

o‘g‘ilbola мальчик

qizbola девочка

salomlashmoq приветствие

Damolishdaqiqasi: «O‘zbekiston» (qo‘shiq)

O‘zbekiston – gulzor, gulzor,

Harshahrilolazor.

Qandaygo‘zalbubog‘lar,

Keling,mehmonlar!

III. Yangimavzunimustahkamlash.

O‘rganilgan mavzu yuzasidan suhbat o‘tkaziladi:

– Bu nima? – Bu – bayroq.

– Bu nima? – Bu – gerb.

– Sizning Vataningiz qayer?

– Bizning Vatanimiz – O‘zbekiston.

– Bu kim? – Bu – bobo.

– Bu kim? – Bu – o‘g‘il bola.

– Bu kim? – Bu – qiz bola.

IV. Darsni yakunlash:

– Vatanimizda Mustaqillik kuni qachon nishonlanadi?

– Vatanimiz haqida nimalarni bilib oldingiz?

– Kattalar bilan salomlashganda qaysi so‘zni ishlatasiz? (– Assalomu alaykum)

V. Uyga vazifa berish. Mavzuga mos rasm chizib kelish.

  1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat. 2008. 64-bet.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *