OVQAT HAZM QILISh SISTEMASI.  ShIKASTLANISh SINDROMLARI VA TEKShIRISh USULLARI

Ovqat hazm qilish organlarining shakllanishi embrional davrning 3-4 haftasida boshlanadi, embrional plastinkadan birlamchi ichak hosil bo´ladi. 4-haftaligidan og’iz teshigi hosil bo´ladi, keyinroqqarama-qarshi tomonida anal teshig paydo bo´ladi. Ichagi tezda uzunlashadi, embrional davrning 5-haftasidan boshlab, ichak nayi ikki qismga chegaralanadi, ingichka va yogon ichak shakllanishiga asos bo´ladi. Bu davrda birlamchi ichakning kengayishidan oshqozon ajrala boshlaydi. Bir vaqtning o’zida shilliq, mushak va seroz oshqozon ichak trakti qavatlari hosil bo´ladi, unda qon va limfa tomirlari shakllana boshlaydi, nerv tutamlari, endokrin hujayra shakllanadi.

Chaqaloqlar og’iz bo’shlig’i kichkina o’lchamda bo´ladi. Og’iz oldi og’iz boshlig’idan alveolyar o’simta bilan emas milk qirrasi orqali chegaralangan. Lablari qalin, shilliq qavati sorgichlar bilan qoplangan, labning ichki yuzasida ko’ndalang valiklar bo´ladi. Oraliqqismi (o’tish zonasi) bor, og’iz aylana mushagi yaxshi rivojlangan.

Yassi qattiq tanglay tomoq gumbazi tengligida, yumshoq tanglay qisqa, gorizontal joylashgan. Tanglay ilgichi tomoq orqa devori bilan birlashmaydi, emgan vaqtda erkin nafas olishgacha yetadi. 

Qattiq tanglay shilliq qavati kuchsiz rivojlangan ko’ndalang burmalardan tuzilgan va bezlarga boy emas. Chaqaloqlarning tili keng, kalta, qalin, kam harakatli. U og’iz bo’shlig’ini to’liq egallaydi. Og’iz bo’shlig’i yopiq bo’lganda til milk qirrasidan chiqadi va lunjgacha yetadi. Oldindan til pastki va yuqori jag’lar o’rtasidan chiqib turadi. Til so’rgichlari rivojlangan, til bodomchasi kuchsiz rivojlangan. Sut tishlari paydo bo’lishi bilan birinchi bolalik davrida yuqori jag’da alveolyar o’simta o’lchami kattalashadi, pastki jag’ va og’iz boshlig’i alveolyar qismi o’lchami kattalashadi. qattiq tanglay gumbazi ko’tariladi. Chaqaloqlarda tanglay bodomchasi unchalik katta o’lchamda (7 mm gacha) bo’lmaydi, og’iz bo’shlig’i ochilganda yaxshi ko’rinadi, oldingi yoyi bilan kuchsiz qoplangan. Bola hayotining birinchi yilida bodomchalar tez o’sishi natijasida bodomcha chuqurchasidan medial tomonga chiqib turadi. Bolalarda bodomcha bezlar nisbatan katta o’lchamda bo´ladi. 16 yoshda bodomcha bezlar maksimal o’lchamga (28 mm) ega bo´ladi.

Chaqaloqlarda so’lak bezlari kam rivojlangan. 4 oydan keyin 2 yoshgacha ular intensiv rivojlanadi. Keyinchalik bezlar bo’yiga kattalashadi, uning yollari shoxchalardan iborat bo´ladi. Quloq oldi so’lak bezi yoli pastga qaragan yoysimon korinishda va past joylashgan, birinchi ildiz tishiga yaqin ochiladi. Bolalarning lunjlari bo’rtib turadi, bu teri va yaxshi rivojlangan lunj muskullari orasida aylanasimon yoytanasi borligi natijasida yuz beradi. Yosh o’tishi bilan yog tanachalari yassi bo´ladi va orqaga so’riladi, chaynash mushagi orqasida bo´ladi.

Chaqaloqlar tomog’i chuqurcha shaklida bolib, yuqori  qismi baland va keng, pastki qismi esa kalta, tor bo´ladi. Tomoq pastki qirrasi chaqaloqlarda umurtqa oraliq diski tengligida bo´ladi, II bolalik davrida ( 11-12 yosh) III va IV bo’yin umurtqalar tanasi o’rtasida, balog’at yoshida esa V-VII bo’yin umurtqasiga teng bo´ladi. Tomoqning burun qismi qisqa, gumbazi yassiroq, chaqaloqlarda tomoq uzunligi 3 sm atrofida, ko’ndalang o’lchami 2,1 dan 2,5smgacha, old-orqasi 1,8 smga teng. Tomoqning burun qismi o’lchami 2 yoshga kelib 2 marotaba kattalashadi.

Chaqaloqlardaeshituv nayi tomoq teshigi qattiqtanglay tengligida, tanglay ilgichiga yaqin tirqish ko’rinishida yorig’i bor. 2-4 yoshdan keyin teshik yuqori va orqaga joylashadi,12-14 yoshda tirqishsimonshaklda yoki oval ko’rinishida bo´ladi. 2 yoshgacha bodomcha bezlari kuchli rivojlanadi, keyinchalik sekinlashadi. Chaqaloqlarda tomoqbodomchalaritomoqning yuqori-orqa devori, shilliqqavati qalinligida joylashgan va oldinga chiqib turadi. Bola hayotining birinchi yilidabodomchalar o’lchamikattalashadi. 12-14 yoshda sekinlashadi, keyin qisman qayta rivojlanish davri boshlanadi. 20-22 yoshdan keyin tomoq bodomchalari o’lchami ham o’zgaradi. Chaqaloqlarda nay bodomchasi eshituv nayi tirqishsimon teshigidan orqada va pastda joylashgan va ba’zida orqa tomondan tomoq bodomchasi bilan birikadi, past va oldindan-tanglay bilan birikadi.Chaqaloqlar qizilongachi naysimon shaklda, uzunligi 10-12 sm va diametri 0,4 dan 0,9 smgacha (2 oyligida) kam rivojlangan anatomik siqilishlar bilanqizilo’ngachning yuqori qismi (tomoq torayish) yaqqol ko’rinadi. Ikkinchi bolalik davri oxirida (11-12 yosh) qizilongach uzunligi ikki barobarga oshadi (20-22 sm). Chaqaloqlarda tishdan oshqozonning kardial qismigacha bo’lgan masofa 16,6 sm, 2 yoshda – 22,5 sm, 5 yoshda – 26 – 27,9 sm, 12 yoshli bolada – 28,0 – 34,2 smga teng. qizilo’ngach yorig’i 2-6 oylik bolada 0,85-1,2 sm, 6 yoshdan katta bolalarda 1,3-1,8 smga teng. 

Chaqaloqlarda qizilo’ngach boshlang’ich qismi umurtqalararo disk barobarida, III-IV bo’yin umurtqapog’onasi tanasi o’rtasitda, keyin tomoqning patslashishi bilan qizilongach yuqori chegarasi hampastga tushadi (2 yoshda IV-V, 10-12 yoshda V-VI, 18 yoshda – VI-VII bo’yin umurtqa qismiga teng). Keksa odamlarda u I ko’krak umurtqa pog’onasi tengligida bo´ladi.Chaqaloqlarda qizilo’ngachning mushak qavatikuchsiz rivojlangan, 12-15 yoshgacha  u intensiv o’sadi, keyinchalik kam o’zgaradi. Bir yoshgacha bolalarda shilliq qavatda bezlar kam, ko’ndalang burmalar 2 – 2,5 yoshda yuzaga keladi.

Chaqaloqlar oshqozoni silindr yoki buqa shoxi shaklida bo´ladi. Kardial qismi, tubi va pilorik qismi kuchsiz rivojlangan, qorin bo’yni qismi keng. Oshqozon xajmi 50 kub sm, uzunligi 5 sm, kengligi – 3 sm. Bola hayotining birinchi yilida oshqozon uzayadi, 7 yoshdan 11 yoshgacha kattalarnikidek bo´ladi. Ikkinchi bolalik davri boshida (8 yosh) kardial qismi shakllanadi. Birinchi  yilning oxirida oshqozonuzunligi 9 smga yetadi, kengligi 7 sm, hajmi 250-300 kub sm.ga kattalashadi, 2 yoshda oshqozon hajmi 490-590 kub sm, 3 yoshda 580-680 kub sm, 4 yoshda 750 kub sm. Ikkinchi bolalik davri oxirida (12 yosh) hajmi1300-1500 kubsmga kattalashadi. Suniy ovqatlanishda bo’lgan bolalarda, oshqozon   asosan oldingi devorida tortilgan bo´ladi. 

Chaqaloqlarda oshqozonning ma’lum biriktiruvchi qismi (kardiya, tub qismi, tanasi) chap qovurga ostida joylashgan va jigar chap bo’lagi bilan qoplangan.Oshqozonning katta egriligi ko’ndalang chambarsimon ichakka yondosh. Jigar chap bo’lagi kichrayishi bilan oshqozon qorin old devoriga yaqinlashadi va charvi usti sohasiga o’tadi. Chaqaloqlarda oshqozonning chiqish teshigi VII-IX ko´krak umurtqasiga, oshqozonning boshlanish teshigi XI-XII ko´krak umurtqasiga teng. Bolaning o’sishi va rivojlanishi bilan oshqozon pastga tushadi va 7 yoshda tananing vertikal holatida uning kirish teshigi XI-XII ko’krak umurtqalari o’rtasiga proeksiya qilinadi. Chiqish joyi XII ko’krak va I-bel umurtqalariga to’g’ri keladi. Chaqaloqlarda oshqozon shilliq qavati nisbatan qalin, burmalari yuqori. Oshqozon maydoni o’lchami 1-5 mm,  oshqozon chuqurchalari soni 200 000 ta. hayotining 3 oyiga kelib bunday chuqurchalar soni 700 000 gacha ko’payadi, 2 yoshda 1 300 000, 15 yoshda 4 mln ni tashkil etadi. 

Chaqaloqlar ingichka ichagi uzunligi 1,2 – 2,8 m, 2-3 yoshda o’rtacha uzunligi 2,8 m. Ikkinchi bolalik davri ortalariga kelib, uning uzunligi katta odamlar ichagi uzunligiga teng bo´ladi (5 – 6 m atrofida). Ingichka ichak yorig’i kengligi hayotining birinchi yilida 16 mm ni tashkil etadi, 3 yoshda 2-3,2 mm bo´ladi.

Chaqaloqlar o’n ikki barmoqli ichagi halqa shaklida, egatchalari keyinroq shakllanadi. Boshi va oxiri I-bel umurtqasiga teng joylashadi. 5 oydan keyin o’n ikki barmoqli ichak yuqori qismi XII ko’krak umurtqasi tengligida joylashadi; 7 yoshda tushuvchi qismi II bel umurtqasiga tushadi va undan hampastroqda bo´ladi (12 yoshda). Chaqaloqlar duodenal bezlari unchalik katta o’lchamda emas, ular kuchsiz shoxchalangan (kattalarga nisbatan). Bu bezlar intensiv o’sishi bola hayotining birinchi yiliga to’g’ri keladi.

Chaqaloqlarda yonbosh ichak ilgagi  turli xil: gorizontal va vertikal, bu charvi ildizi va ichak funksional holati bilan bog’liq. Shilliq qavat burmalari va kipriklari kuchsiz rivojlangan. Bola hayotining birinchi yilida ichak bezlari soni kattalashadi. Yakka va guruhli limfa tugunlari chaqaloqlar shilliq qavatiichaklarida bo´ladi. Mushak qavati kuchsiz rivojlangan, asosan uning ko’ndalang qavati. Chaqaloqlar yo’g’on ichagi qisqa, uning o’rtacha uzunligi – 63 sm, chambarsimon ichak gaustralari va yog o’simtalari yog. 6  oylikda gaustralar birinchi bo’lib paydo bo´ladi, keyin bola hayotining 2-yilida yogosimtalari paydo bo´ladi. Ko’krak yoshi oxirida ingichka ichak 83 sm gacha uzayadi, 10 yoshda 118 sm ga yetadi. Chambarsimon ichak tasmalari gaustralar va yog’ o’simtalari 6-7 yoshda qo’shimcha shakllanadi.

Chaqaloqlar ko’r ichagi chuvalchangsimon o’simtadan aniq chegaralanmagan, uning kengligi (1,7 sm) uzunligidan (1,5 sm) ustun bo´ladi. Ko’r ichak birinchi bolalik davrining oxirida (7 yosh) katta odamlarnikidek bo´ladi. Ko’r ichak yonbosh suyakqanotlaridan yuqorida joylashgan. O’smir yoshi (14 yosh) ortalarida ichak o’ng yonbosh chuqurchasiga tushadi, tushuvchi chambarsimon ichak o’sishiga bog’liq. Chaqaloqlar ileosekal teshigi halqasimon yokiuchburchak yorig’i bor. Bir yoshdan oshgan bolalarda u tirqishsimon bo´ladi. Ileosekal qopqoq unchalik katta bo’lmagan burma ko’rinishida bo´ladi. Chaqaloqlar chuvalchangsimon  o’simtasi 2 sm dan 8 sm gacha bo´ladi, diametri 0,2-0,6 sm. Yorugli teshik orqali kor ichak chuvalchangsimon o’simta bilan birlashadi. Chuvalchangsimon o’simta kirish joyi qopqog’i shakllanishi, bola hayotining birinchi yoshida o’simtaga kirish joyida burmalar hosil bo’lishi bilan belgilanadi. Bu davrda chuvalchangsimon o’simta uzunligi 6 sm, ikkinchi bolalik  davri o’rtasida (10 yosh) 9 sm ga, 20 yoshlarda – 20 sm ga yetadi. Chaqaloqlar chuvalchangsimon osimtasining shilliqqavati hayotining birinchi yillarida ko’p sonli limfoid tugunlardan iborat bo´ladi. Tugunlarning eng yuqoririvojlanishi 10-14 yoshga to’g’ri keladi. 

Ko’tariluvchi chambarsimon ichak kuchsiz rivojlangan, chaqaloqlarda u jigar bilan qoplangan. 4-oylikda jigar uning yuqori qismida yotadi. 7 yoshda ko’tariluvchi ichak oldindan charvi bilan qoplangan. O’smirlarda ko’tariluvchi chambarsimon ichak xuddi katta odamlarnikidek bo´ladi. Uning maksimal rivojlanishi 40-50 yoshlarga to’g’ri keladi. 

Chaqaloqlarda ko’ndalang chambarsimon ichak katta qorindan iborat (2 sm gacha). Oldindan ichak jigar bilan qoplangan. Erta bolalik davrining boshida (1-2 yosh) qatqorin kengligi 5,0-8,5 sm ga kattalashadi, ichak harakatini ortishiga olib keladi. Bola hayotining birinchi yillarida ko’ndalang ichak uzunligi 26 – 28 sm. 10 yoshda uning uzunligi 35 sm ga yetadi. Keksa odamlarda ko’ndalang chambarsimon ichak eng yuqoriuzunlikka ega bo´ladi. 

Chaqaloqlar tushuvchi chambarsimon ichagining uzunligi 5 sm atrofida. Bir  yoshda uning uzunligi ikki barobarga ortadi, 5 yoshda 15 cm, 10 yoshda 16 smga teng. Ichakning eng yuqori uzunligi keksa yoshdagilarda bo´ladi. 

Chaqaloqlar sigmasimon chambar ichagi (uzunligi 20 sm atrofida) qorin bo’shlig’ida yuqori joylashgan, uzun qoringa ega. Uning ilgagi qorin bo’shlig’ining o’ng tomonida yotadi, ba’zida ko’r ichak bilan birikadi. 

5 yoshda sigmasimon ichak ilgagi kichik tosga (dumg’aza suyagiga) kirish joyida joylashadi. 10 yoshda ichak uzunligi 38 sm gacha kattalashadi, uning ilgagi kichik tos boshlig’iga tushadi. 40 yoshda sigmasimon ichak yorugi kengayadi. 60-70 yoshdan keyin ichak uning devorlari yemirilishi bilan atrofiyaga uchraydi.

Chaqaloqlar to’g’ri ichagi silindrik shaklda, ampula va egatlari bo’lmaydi, burmalar yaxshi rivojlanmagan, uning uzunligi 5-6 sm ga teng bo´ladi. Birinchi bolalik davrida ampula shakllanishi tugallanadi, 8 yoshdan keyin-egatlar shakllanishi tugallanadi. 

Bolalarda orqa teshik, ustun va boshliqlar yaxshi rivojlangan. Togri ichakning asosiy  o’sishi ikkinchi bolalik davriga (8 yoshdan keyin) togri keladi. O’smirlik yoshi oxirida to’g’ri ichak uzunligi 15-18 sm, diametri 3,2-5,4 sm ga teng bo´ladi.

Chaqaloqlarda jigar katta o’lchamda,  qorinbo’shlig’ining yarmidan ko’proq hajmini egallaydi. Chaqaloqlarda jigar vazni -135 gr, tana og’irligining 4,0-4,5%ni tashkil qiladi (kattalarda 2-3%), jigar diafragmal yuzasi chiqib turadi, jigar chap bolagi ong bolagi o’lchamiga teng yoki undan katta. Jigar pastki qirrasi bukilgan, uning chap bolagi ostida chambarsimon  ichak joylashgan. Jigar yuqorichegarasi o’ng o’rta o’mrov chizig’i bo’yicha V-qovurgaga teng, chap chegarasi-VI qovurgaga teng. Jigar chap bolagi chap o’rta o’mrov chizig’i bo’ylab, qovurgalar yoyini kesib o’tadi. 3-4 oylik bolada qovurgalar yoyini jigar chap bolagi bilan kesishgan joyi, uning olchami kichikligi uchun ko´krak oldi chizig’ida joylashadi. Chaqaloqlarda jigar pastki qirrasi o’ng o’rta o’mrov chizig’i bo’ylab, qovurgalar yoyidan 2,5-4,0 sm chiqib turadi, old o’rta  chizig’i hanjarsimon o’simtadan 3,5-4,0 sm pastda joylashgan. Ba’zida jigar pastki qirrasi o’ng yonbosh suyak qanotlariga yetadi. 3-7 yoshli bolalarda jigar pastki qirrasi qovurg’alar yoyidan 1,5-2,0 sm pastda o’rta o’mrov chizigida yotadi. 7 yoshdan keyin  jigar pastki qirrasi qovurgalar yoyidan chig’maydi. Jigar ostida oshqozon joylashgan. Bu vaqtdan boshlab, bola jigari skeletotopiyasi kattalarnikidan farq hilmaydi. Bolalarda jigar juda harakatchan va uning holati tana xolati  o’zgarishi bilan o’zgaradi.

Chaqaloqlarda o’t pufagi uzunroq (3,4 sm), ammo uning tubi jigar pastki qirrasidan chiqib turmaydi 10-12 yoshda o’t pufagi uzunligi ikki martaga ortadi. O’t pufagi qorin old devorida qovurg’a yoyidan pastda proeksiyalanadi, oldingi o’rta chiziqdan 2 sm o’ngda. O’t  pufagidan pastda  o’n ikki barmokli ichak, ingichka ichak qorin qismi halqasi va ko’ndalang chambarsimon ichak joylashgan. Chaqaloqlarda oshqozon osti bezi juda kichik o’lchamda. Uning uzunligi 4-5 sm, vazni 2-5 gr. Bez kattalarga qaraganda birmuncha yuqorijoylashadi. hayotining 3-4 oyligida bezning og’irligi ikki barobarga kattalashadi, 3 yoshda 20 gr ga yetadi, 10-12 yoshda uning vazni 30 gr ga teng. 

Chaqaloqlarda oshqozon osti bezi qorinbo’shlig’ining orqa devoriga yaxshi fiksasiya qilinmaganligi sababli nisbatan harakatchandir. 5-6 yoshlarda bez xuddi katta odamlarnikiga oxshash ko’rinishga ega bo´ladi. Oshqozon osti bezining qo’shni organlar bilan topografik o’zaro bog’likligi, hayotining birinchi yili oxirida yuz beradi va katta odamlarnikidek xarakterga ega bo´ladi.

Erta yoshdagi bolalarda oshqozon-ichak trakti harakat funksiyasi ham bir qancha xususiyatlarga ega. qizilongach peristaltik to’lqini va uning pastki qismini ovqat bolaklari bilan mexanik qozgalishi oshqozonga kirish qismida reflektor qo’zgalishni chaqiradi. Oshqozon motorikasi peristaltikadan (kardial qismidan tubigacha bo’lgan qisqarishning ritmik to’lqini) peristola (ovqatni tortuvchan ta’siriga oshqozon devori ko’rsatadigan qarama-qarshilik) va oshqozon devori tonusi to’lqinlanishi, u ovqat yegandan 2-3 soatdan keyin boshlanadi.

Ingichka ichak motorikasiga tebranuvchi harakat(ritmik to’lqinlanish, ichak tarkibidagilarni ichak sekreti bilan qo’sqilishi va so’rilish uchun qulay sharoit yaratadi), ichak devorlari tonusi tolqinlanishi va peristaltikasi kiradi (ichak boylab chuvalchangsimon harakat ovqat harakatiga ta’sir qiladi).

Yog’on ichakda ham mayatniksimon va peristaltik harakatlar bo´ladi, proksimal qismlarda-antiperistaltika yuz beradi, bu najas massasini shakllantiradi. Kattalarga nisbatan, bolalarda ovqat bo’tqalarining ichakdan otish vaqti qisqa bo´ladi. Chaqaloqlarda 4 soatdan 8 soatgacha, katta yoshdagi bolalarda-bir sutka atrofida bo´ladi. Sun’iy ovqatlantirishda bu muddat uzayadi. Ko’krak yoshidagi bolalarda defekasiya akti qoqishsiz reflektor yuzaga keladi, faqatgina bola hayotining birinchi yili oxirida ixtiyoriy bo´ladi. 

Chaqaloqlar hayotining birinchi soatlari va kunida qora – zaytunsimon rangli, xidsiz birinchi najas yo’kimekoniy ajraladi. Keyinchalik ko’krak yoshidagi sog’lom bolalarda najas sariq rangda, nordon reaksiyali va nordon xidli, konsistensiyasi botqasimon bo´ladi. Katta yoshdagilarda najas shakllangan. Ko’krak yoshidagi bolalarda najas kelishi sutkada bir martadan 4-5 martagacha, katta yoshdagilarda sutkada bir marta bo´ladi.hayotining birinchi soatida bola ichagi bakteriyadan ozod bo´ladi. Keyinchalik oshqozon-ichak trakti mikroflora bilan egallanadi. Ko’krak yoshidagi bolalarning og’iz bo’shlig’ida stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk, ichak tayoqchasi va ba’zi boshqa bakteriyalarni aniqlash mumkin. Najasda ichak tayoqchasi, bifidobakteriyalar, nordonsut tayoqchalari va boshqalar paydo bo´ladi. Sun’iy va aralash ovqatlantirishda bakterial infisirlanish fazasi tez yuzaga keladi. Ichak bakteriyalari ovqatni fermentativ hazm bolish jarayoniga olib keladi. Tabiiy ovqatlanishda bifidobakteriyalar, nordonsut tayogchalari kam miqdorda-ichak tayokchalari ustunlik qiladi. Najas och  sariq rangda, nordon xidli, moysimon ko’rinishda bo´ladi. Sun’iy va aralash ovqatlanishda chirish jarayoni ustun bo’lganligi uchun najasda ichak tayoqchasi ko’proq, daydi flora (bifidoflora, nordonsut tayokchasi) kam miqdorda bo´ladi. 

Erta yoshdagi bolalarda o’t hosil bo’lishi, katta yoshdagilarga nisbatan kam intensivlikda bo´ladi. Bolalarda o’t o’t kislotalarga boy emas, xolesterin, lesitin, tuzlar va ishqorlar, suv, musin, pigmentlar va mochevina, tauroxol, glikoxol kislotaga nisbatan ko’pmiqdorda bo´ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, tauroxol kislotasi antiseptik hisoblanadi. O’t nordon ovqat va botqalarni neytrallaydi, oshqozon osti va ichak sekreti faoliyatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ot pankreatik lipazani aktivlashtiradi, yoglarni emulsiyalaydi, yog’kislotalarni eritadi, ularni sovunga aylantiradi, yog’on ichak peristaltikasini kuchaytiradi. Bola hayotining birinchi yilida ovqatga bo’lgan talab katta yoshdagi bolalarga qaraganda, nisbatan katta. Bolada hamma kerakli ozuqa fermentlari bo´ladi, ovqat hazm qilishorganlari funksional faoliyati chegaralangan va bola fiziologik ovqatlanishda bo’lsa, ko’krak suti bilan ovqatlansa yetarli bo’lishi mumkin. Ko’krak yoshidagi bolada ovqat soni va sifatidagi  o’zgarishlar ovqatlanish buzilishiga (asosan bir yoshlik hayotida) va keyinchalik jismoniy rivojlanishdan orqada qolishiga sabab bo´ladi. 

​Oshqozon-ichak traktini tekshirish ko’ruv, palpasiya va perkussiyadan iborat, bunda auskultasiya kam qo’llaniladi va katta axamiyatga ega emas. 

​Ko’rik qorindan boshlanadi va og’iz bo’shligini ko’ruvi bilan yakunlanadi (kichik yoshdagi bolalarda). qorin ko’rigi gorizontal va vertikal holatda  o’tkaziladi. Ko’ruvda qorinning shakli, uning o’lchami, simmetrikligiga e’tibor beriladi, oshqozon va ichak  peristaltikasining ko’zga ko’rinishi, nafas olishda ishtirok etishiga e’tibor berish kerak. Anusni (orqateshik) ko’rishda shilliq qavatlarning yorilgani, ichak tushishi, ochiq qolishiga ahamiyat beriladi.Og’izbo’shlig’i koruvida tishlar va bodomcha bezlar holatiga e’tibor berish kerak. Kichik yoshdagi bolalarning og’izbo’shlig’ini chuqur tekshirish uchun bolani mahkam ushlab turish kerak. Buning uchun yo’rdamchi yo’kibolani onasi bolani orqasi bilan o’zining tizzasiga o’tkazib, oyog’ini o’zining oyo’qlari orasida siqadi, o’ng qo’li bilan bolani tanasi va qo’lini fiksasiya qiladi, chap qo’li bilan boshini ushlaydi. Shifokor boladan o’ng tomonda turadi va boshi bilan yorug’likni berkitmaydi, yoruglik bolani og’ziga tushib turishi kerak. 

Og’iz boshlig’ini shpatel yo’rdamida ko’rish kerak. Birinchi navbatda og’iz bushlig’i shilliq qavati, lablar shilliq qavati, lunj, milk, yumshoq va qattiq tanglay, til va tomoq, tishlarni ko’rish kerak. Og’iz boshlig’ini tekshirish tomoqni ko’rish bilan tugallanadi. Buning uchun shpatel til ildizigacha olib boriladi va pastdan sekin bosib, bolaga og’zini keng ochish tavsiya etiladi, til bunda og’iz boshlig’ida joylashadi. Agar  bola tilini zich qilib tursa, shpatel lunj va milk o’rtasiga olib boriladi va orqa ildiz tishlari tirqishi orqali til ildiziga bosiladi, bola og’zini ochadi va bunda tomoq va halqum usti yaxshi ko’rinadi.

​Palpasiya. Palpasiyani to’g’ri o’tkazish uchun, shifokor bemordan ong tomonda, yuzi bilan unga qarab turadi. Bola orqasi bilan yotadi, oyog, tos-son va tizza bo’g’imlarini yengil bukadi. Qollari tanasi bo’ylab cho’ziladi, boshi tanasi bilan bir xil tenglikda turadi, bunda bolani chalg’itib turish kerak.

 

Chuqur palpasiya o’tkazishning muxim shartlaridan biri bu a’zolarning qorin old devoriga proeksiyasini bilishdir:

 

qorindagi taniqli chiziqlar va soxalar:

a -pastki qovurg’a chizig’i

b – toj chizig’i

v – qorin togri mushagining tashqi chet chizig’i

1. o’ng qovurga osti sohasi

2. epigastral soha

3. chap qovurg’a osti sohasi

4. ko’krakosti sohasi

5. o’ng biqin sohasi

6. kindik sohasi

7. chap biqin sohasi

8. o’ng qovurg’a-qorin sohasi

9. qov usti sohasi

10. chap qovurg’a-qorin sohasi

 

 

Chap qovurg’a osti sohasi: oshqozonning kardial qismi, oshqozon osti bezining dum qismi, qora taloq, chap buyrakning yuqori qismi.

Epigastral soha: oshqozon, o’n ikki barmoqli ichak, oshqozon osti bezining tana qismi, jigarning chap bo’lagi.

O’ng qovurga osti soxasi: jigarning o’ng bolagi, o’t pufagi, o’ng buyrakning yuqori qismi.Chap va o’ng biqin sohalari: yogon ichakning tushuvchi va kotariluvchi qismlari, chap va o’ng buyrakning pastki qismlari, ingichka ichakning bir qismi.

Kindik soxasi: ingichka ichakning sirtmoqlari, yo’g’on ichakning ko’ndalang qismi, o’n ikki barmoqli ichakning gorizontal qismi, oshqozonning katta egriligi, oshqozon osti bezining boshchasi, buyrak darvozalari.

Chap qovurga-qorin soxasi: sigmasimon ichak, chap mochetochnik.

Qov usti sohasi: ingichka ichak sirtmoqlari, siydik pufagi.

O’ng qovurga-qorin soxasi: ko’r ichak, yogon ichakning terminal qismi, ko’r ichak.

Jigar palpasiyasi. Jigar palpasiyasi ikki asosiy turga bo’linadi: Strajesko boyicha sirg’anuvchi jigar palpasiyasida bemor xolati quyidagicha – bemor orqasiga yotib, oyoglarini yengil bukadi, bunda yostiqolib tashlanadi. qo’llar tanasidan uzoqlashtirilgan yo’kiko’krak qafasida yotadi. Palpasiya qiladigan qo’llarning barmoqlari bir chiziq hosil qiladi – jigar pastki chegarasiga parallel qo’yiladi va yengil sirg’anuvchi harakat yuqoridan pastga qarab o’tkaziladi. Sirg’anuvchi palpasiya bilan jigar yuzasini palpasiya qilib seziladi. Ko’krak yoshi va erta yoshdagi bolalarda jigar palpasiyasida sirg’anuvchi palpasiya usuli qo’llaniladi. Undan keyin V.P. Obrazsov-Strajesko usuli bo’yicha jigar palpasiyasiga o’tiladi. O’ng qo’l (palpasiya qiladigan qo’l) qorin devori o’ng tomoniga kindik tengligida yo’ki undan pastga qo’yiladi. Chap qo’l bilan ko´krak qafasi o’ng tomoni pastki qismidan ushlab turiladi. Bemor chuqur nafas chiqarganda o’ng qo’l qorin bo’shlig’iga qo’yiladi va boladan chuqur nafas olish soraladi. Nafas olganda paypaslovchi qo’l old va yuqoriga qaratilib, qorin boshlig’idan chiqariladi. Bunda jigar past qirrasini palpasiya qiladigan barmoq bilan  pastga harakatlantirib  jigar past qirrasi topiladi. Bu palpasiyada jigar qirrasi va shakli, uning konsistensiyasi aniqlanadi. 5-7 yoshgacha b’lgan sog’lom bolalarda jigar qovurg’a yoyi qirrasidan o’rta-o’mrov chizigi bo’yicha 1-2 smga chiqib turadi. Sog’lom bolalarda jigar qirrasi og’riqsiz, o’tkir va yumshoq, elastik bo´ladi. 7 yoshdan katta sog’lom bolalarda jigar o’ng qovurg’a ostida palpasiya qilinmaydi.

​Sog’lom bolalarda o’t pufagi palpasiya qilinmaydi. O’t pufagi proeksiyasi qorin to’g’ri mushagi tashqi qirrasi o’ng qovurga osti  bilan kesishgan joyida joylashadi.

​Grot bo’yicha oshqozon osti bezi palpasiyasi. Bola orqaga yotgan holatda palpasiya o’tkaziladi, o’ng qo’li musht holatda siqiladi va bel ostiga olib boriladi. Oyoglar tizzaga bukilgan bolishi kerak. O’ng qo’l  barmoqlari qorin bo’shlig’ining chap yuqori kvadrati, chap togri mushak tashqi qirrasi bo’ylab qo’yiladi. Barmoqlar umurtqa poqonasiga yonaltiriladi. Nafas chiqarganda palpasiya otkaziladi, paypaslovchi barmoqlar umurtka pog’onasining kindik tengligigacha yetkaziladi. Oshqozon osti bezi tasma ko’rinishida, umurtqa pog’onasini qiyshiq yopib turadi. Normada oshqozon osti bezi palpasiya qilinmaydi. O’ng tomonga yotgan holatda va o’tirgan holatda oshqozon osti bezi palpasiyasi o’tkaziladi. 

​Jigar chegarasi perkussiyasi va Kurlov bo’yicha jigarni o’lchash uchta chiziq bo’yicha olib boriladi:

 

➢ o’rta omrov chizigi bo’ylab, yuqoridan jigar yuqorichegarasigacha, bolalarda V-qovurg’ada

➢ pastdan  kindikdan qovurga yoyi yonalishi boylab joylashadi.

➢ o’rta chiziqning o’rtasi bo’ylab (toshning o’rtasidan  o’rta chiziq bo’yicha)

➢ yuqoridan jigar yuqori chegarasigacha, jigar yuqorichegarasi hilichsimon o’simta boshida joylashadi

➢ pastdan kindikdan yuqoriga, uchdan birining yuqorisigacha hilichsimon o’simta oxiridan jigar yon chegarasigacha, chap qovurga ostiga kiradi. 

 

Jigar yon chegaralari quyidagicha aniqlanadi: qovurgalar yoyi boyicha perkussiya qilinadi, chap o’rta o’mrov chizigidan toshga qarab yonaltiriladi jigarni o’lchash natijalari yozuvi quyidagicha: 11 x 9 x 9 sm. Bola yoshini hisobga olib, jigar o’lchami kichik bo’lishi mumkin va asosiy orientiri: yuqori chegarasi-V-qovurg’a va pastki chegarasi – qovurg’a yoyida bo´ladi.

​Sog’lom bolalarda qorin auskultasiyasida ichak peristaltikasini eshitish mumkin. Auskultasiya va perkussiya (auskultofriksiya) tekshirishning aralash usuli yo’rdamida oshqozon chegarasi aniqlanadi. Oshqozon sohasiga stetoskop qo’yiladi va perkussiya bitta barmoq bilan qorin oq chizig’i bo’ylab, hanjarsimon osimtadan kindikgacha yuqoridan pastga qarab o’tkaziladi. Oshqozon sohasida stetosko’p orqali perkutor ovoz eshitilishi kuchayadi.

 

Bolalarda ovqat hazm qilish a’zolarining shikastlanish semiotikasi

Qorinda og’riq ovqat qabul qilish yoki ovqat bilan bog’liq bo’lmagan holda yuzaga kelishi mumkin. Erta og’riqlar gastrit, ezofagitlarda kuzatiladi. Kechki og’riqlar – gastroduodenitlar, yaralarda bo´ladi. Og’riqlokalizasiyasi alohida ahamiyatga ega. Epigastral sohadagi og’riqlar ezofagit va gastritga xarakterli, piloroduodenal sohadagi og’riqlar – antral gastrit, gastroduodenit va  o’n ikki barmoqli ichak yara kasalliligiga xos. O’ng qovurga osti sohasidagi og’riqlar o’t ajratish yo’llari kasalligiga xarakterli. Kindikdan  yuqori va chapda belboqsimon og’riqlar pankreatitda kuzatiladi. qorinning hamma  qismida og’riqlar enterokolitlarda kuzatiladi. O’ng yonbosh sohasidagi og’riqlar appendisit, proksimal kolit, ileitga xos. Qorinpalpasiyasi og’riqli nuqtalar va oldingi qorin devoridagi og’riqli sohalarni aniqlaydi, ular orqali qaysi organ zararlanganligi to’g’risida bilib olish mumkin.

Shoffar zonasi – ikkita o’zaro perpendikulyar chiziqlar o’rtasida hosil bo’lgan yuqori o’ng burchak,  kindik orqali o’tadi, bissektrisalarni teng ikkiga bo´ladi. Bu yerda oshqozon osti bezining tanasi joylashadi.Dejarden nuqtasi – o’ng yuqori kvadrantning bissektrisasida joylashgan. Bu oshqozon osti bezi boshchasi shikastlanishida kuzatiladigan og’riq nuqtasi.

Meyo-Robson nuqtasi – chap yuqori kvadrant bissektrisasida joylashgan, qovurgalar yoyiga 1/3 qismyetmaydi. Bu oshqozon osti bezi dumchasi zararlanganda kuzatiladigan og’riq nuqtasi. Bolalarda o’t pufagini paypaslab bo’lmaydi, lekin togridan-togrio’t pufagi va o’t yullari  zararlanishini bildiradigan ko’p sonli simptomlar mavjud.

Merfi simptomi. Tekshiruvchi qo’l barmoqlarini o’t pufagi proeksiyasi sohasiga – qovurgalar yoyining pastki qirrasiga qo’yadi (o’ng qorin to’g’ri mushagini qovurgalar yoyi bilan kesishgan joyi). Nafas olganda bemor kuchli va birdan yuzaga keluvchi og’riqni sezadi.

Ortner simptomi. Nafas olganda  qo’l qirrasi bilan o’ng qovurga osti sohasiga tukullatganda og’riq paydo bo´ladi. Bu vaqtda bemor nafas chiqarganda og’riqbo’lmaydi. Kuchli yallig’lanish bo’lsa og’riq o’ng qovurg’a osti sohasiga tukullatganda ham seziladi.

Ker simptomi. Oddiy palpasiyada nafas olganda o’tpufagi sohasida og’riq seziladi.

Frenikus simptomi (Myussi simptomi). Ko’krak o’mrov-so’rgich mushaklari oyoglari o’rtasiga bosilganda og’riq seziladi.

Boas simptomi. Orqada VIII-umurtqadan o’ngga bosilganda reflektor og’riq seziladi.

Mendel simptomi – bukilgan barmoqlar bilan epigastral soxaga tukullatilganda og’riq paydo bo’lishi. Bu simptom oshqozon yara kasalligida mumbat bo´ladi.

Ishtaha – bola sog’ligi holatini baholovchi juda keng tarqalgan va universal mezonlardan biri. Ishtahayuqoriligiga qaraganda, ko’proq ishtaha  pasayishiga shikoyat qilishadi. Bu ikkala holat ham bir xildagi e’tiborni talab etadi. Normada ovqatni qabul qilishjarayoni ikkita gipotalamik markaz bilan boshqariladi: yon tomondan “och qolish” markazi va ventromedial “toyish markazi”. “Toyish markazi” “och qolish” ni sondiradi, ovqat qabul qilingandan keyin bu toyinish hissiga olib keladi. Xolesistokinin peptidi to’yish ta’sirini chaqiradi va ovqatni tutish regulyasiyasida qatnashadi. Oshqozon mushaklari gipertonusi ishtahakotarilishiga sabab bo´ladi, oshqozonning gipotoniyasi – ishtahaning pasayishiga olib keladi. Ota-onalarning eng ko’p shikoyati bolada ishtaha yog’ligi, ishtahaning yomonligi yoki ovqat vaqtida injiq bolishidan iborat bo´ladi.

Anoreksiya (anorexis) -ovqat yeyishdan bosh tortish, ovqat yeyishni hoxlamaslik, ishtahaning pasayishi (hyporexis). Anoreksiyani sitofobiya bilan almashtirmaslik kerak. 

Sitofobiya bu ovqatlangandan song ogriq yo’kibehalovatlik hissi paydo bo´ladi deb gumon qilib, ovqat yeyishdan qorqishga aytiladi. Sitofobiya oshqozon yarasi, regionar enterit yoki ichak ishemiyasida klassik simptom hisoblanadi. Ota-onaning bolada ishtahaning yomonligi to’g’risidagi shikoyati xar doim tanqidiy muhokamani talab qiladi. Agar bola yaxshi rivojlansa, normal oziqlangan, jismonan va ruhiy faol, jismoniy zo’riqishni yaxshi ko’tarsa, u holda bola sog’lom, undagi ishtaha pastligi organik buzilishlar bilan emas, balki psixogen ta’sirlanish, ota-ona va bola  o’rtasidagi kelishmovchiliklar bilan bog’liqdir. Anoreksiya ko’pgina kasalliklarda rivojlanadi, shuning uchun unchalik katta diagnostik ta’sirga ega emas. Lekin ishtahaning uzoq muddat buzilishi, anoreksiyani boshqa simptomlar bilan taqqoslashda katta diagnostik ahamiyatga ega. Chaqaloqlarda anoreksiya markaziy nerv  tizimining perinatal shikastlanishida, aminoasiduriya, umumiy kasalliklardagi intoksikasiyada (pnevmoniya, sepsis, otit, pielonefrit va boshqalar), kuchsiz va chala tuhilgan bolalarda, og’iz boshlig’ining tug’ma nuqsonida kuzatiladi. Bola hayotining birinchi yilida ishtahaning pasayishi (ko’krakdan bosh tortish), o’tkir kasalliklar boshlanishi (pnevmoniya, ichak infeksiyasi va boshqalar), ichak disbakteriozi, temir tanqisligi anemiyasi,gipovitaminoz D, nerv-artritik diatez, otit va boshqalarda kuzatiladi. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ishtaha pastligi bir tomonlama ovqatlanishda va gipovitaminozlarda, o’tkir va surunkali infeksiyalarda, og’ir anemiyalarda, endokrin disfunksiyalarda, intoksikasiya, nerv-artrit diatezda, harakat yetishmovchiligida va boshqalarda kuzatiladi. Anoreksiyaning nevrotik shakli zo’rlab ovqatlantirilganda yuzaga keladi. O’tkazilgan kasalliklardan keyin, bola tana vaznini tiklashi uchun uni zo’rlab ovqatlantirishga harakat qilish shartli manfiy reflekslarni yanada kuchaytiradi. Bolaning  ishtahasi bolalar bog’chasi yoki maktabga qatnashdan oldin xayajonlanish, ovqatdan oldin shirinliklar iste’mol qilish yoki ko’p miqdorda sut ichish, shuningdek, bola oynayotganda emizish natijasida pasayishi mumkin. Fruktozani qabul hila olmaslikda ishtahaning o’zgarishi tanlangan turda bo´ladi (bolalar mevalar, shirinliklarni iste’mol qilishmaydi)

Ishtahaning ortishi (hyperorexis), polifagiya (polys- ko’p, phagein- ko’p yeyish) yoki “bori ishtaha”-bulimiya (bus- tana, (xokiz) limos-och qolish (bola haddan tashqari tana vazniga ko’p qo’shsa, ota-onalar shifokorga murojaat etishga majbur bo´ladilar, ba’zi ota-onalar bola ishtahasi yuqoriligidan xursand bo´ladilar, bu holatni sog’lomlik belgisi deb baxolaydilar, bundan tashqari oilada hamma ko’p ovqat yeyishi va semizlikni hisobga olish zarur. Bolalarda ishtahaning yuqori bo’lishi qandli diabetda, surunkali pankreatitda, tireotoksikozda kuzatiladi. Bulimiya massiv kortikosteroidli terapiya natijasida ham bo´ladi. Miya ozagi yallig’lanishi, ensefalit qoldiqlari bulimiyaga olib kelishi mumkin, u aqliy zaiflik va ba’zida kandsiz diabet bilan bog’langan. Gijjalar, asosan tasmali gijjalar bilan zararlanish ham ishtahani yuqori bo’lishi bilanxarakterlanadi. 

Bulimiya rivojlanishi oila ichidagi munosabatlar buzilishiga – ona va bola o’rtasida majoraga olib keladi, bola o’zini tashlangandek his qiladi, bunda bola uni erkalashlaridan ko’ra ovqatlanishdan ijobiy emosiya oladi.

Aynigan ishtaha (paraorexis) – yeyish mumkin bo’lmagan, ist’emol qilinmaydigan maxsulotlarni ist’emol qilish, bular yer, shtukaturka, qog’oz, ko’mir va boshqalar. Bu xolatlar debil (aqliy zaiflik), tashlangan bola va nevropatiyada kuzatiladi. Ta’mning buzilishitemir yetishmovchilik holatlarida ham kuzatiladi.

Ko’ngil aynash – yogimsiz, og’riqli sub’ektiv sezgi bo’lib, qayd qilishga olib keladi yo’ki qayd qilishdan keyin kuzatiladi. Ko’ngil aynashi oshqozon funksional aktivligining pastligi va o’n ikki barmoqli ichak, ingichka ichak harakat funksiyasi o’zgarishi bilan bog’liq. Ko’ngil aynashi intraduodenal bosim yuqoriligida yuzaga keladi, shuning uchun ko’proq o’n ikki barmoqli ichak kasalliklarida kuzatiladi: duodenit, gastroduodenit, o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligi.  Qusish bilan bir vaqtda bo’luvchi ko’ngil aynashi vegetativ nerv tizimi aktivligining o’zgarishi bilan keladi (asosan parasimpatik): teri rangining oqarishi, ko’p ter ajralishi, ko’p so’lak ajralishi, kamquvvatlik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, gipotenziya va bradikardiya (vazovagal sindrom).

Qusish (vomitus) – oshqozondagi ovqatni og’iz orqali reflektor chiqarish akti. qusish uzunchoq miyada joylashgan ikkita xar-xil funksional markazlar bilan boshqariladi: qayd qilish markazi va xemoreseptor trigger zona bilan bog’langan. Xemoreseptorlar qusishaktini o’z-o’zidan chaqira olmaydi, lekin uning aktivasiyasi uzunchoq miyada joylashgan qusishmarkaziga efferent impulslarni yuboradi, u esa o’z navbatida qusish aktini chaqiradi. Bu ikki markaz bir-biriga va vegetativ hamda vazomotor funksiyalarni nazorat hiluvchi miya o’zagining boshqa markazlariga yaqin joylashgan. qusish markazi afferent signalni ichak va boshqa organlardan oladi, yuqorida ko’rsatilgan kortikal markazlardan asosan, ichki quloqapparati  va trigger zonasidan oladi. Qusishda diafragmal nerv (diafragmaga), orqa miya nervlari (qorin devori mushaklariga) va visseral efferent  nervlar (oshqozon va qizilongachga asosiy efferent o’tkazuvchi yo’l bo’lib xizmat qiladi. qusish simpatik va vegetativ nerv tizimi, tomoq, oshqozon-ichak trakti va ko’krak qafasi, skelet mushaklari, qorin boshlig’ini o’z ichiga oluvchi fiziologik aktning oxirgi bosqichidir. qusishning boshlanishi xolsizlik, oqarish, ter ajralishi, bradikardiya va arterial qon bosimining tushishi bilan kechadi. 

Bemor chuqur nafas oladi, halqum usti tushadi va halqum ko’tariladi, bu nafas yo’llariga qusqi moddalari tushishidan saqlaydi. qusish aktida muhim rolni diafragma va qorin old devori mushaklari qisqarishi o’ynaydi, oshqozon boshlanish qismi yopilganda oshqozon mushagining 

antiperistaltik qisqarishi yuzaga keladi. Barcha o’rganlar kasalliklari asosan bosh miya kasalliklari qusish bilan kechadi. Kelib chiqish mexanizmiga qarab, qusishning bir qancha turlari ajratiladi.

​Markaziy (miya, nerv) qusish. Nerv tizimi kasalliklari (bosh miya shishi, yallig’lanish, gipoksemiya, jaroxat, o’tkir gidrosefaliya, osmalar va boshqalar) kalla ichi bosimini oshiradi, qusishga sabab bo´ladi. Ichki quloq apparati va uning markaz bilan bog’liqligining shikastlanishi ham ko’ngil aynash va qusish bilan kechadi. Miyaga bog’liq qusish ovqatyeyish bilan bog’liq bo’lmaydi, kungil aynash kuzatilmaydi, bu turdagi qusish bemor holatini engillashtirmaydi, qusiq moddalari xidsiz, xira bo´ladi. Klinikasida bosh og’rishi, ko’rishning buzilishi va xushsizlik ustunlik qiladi, oshqozon-ichak trakti kasalliklari kuzatilmaydi.

Gematotoksik qusish – jigar va buyrak yetishmovchiligida, moddalar almashinuvi kasalliklarida (galaktozemiya, asetonemik qusish, diabetik prekoma va boshqalar), digitalisli intoksikasiya, gipervitaminoz D, o’tkir zaharlanish va boshqalarda kuzatiladi.

​Visseral yo’ki chin reflektor – bu qizilo’ngach, oshqozon, ichakli qusishdir. qizilongachli qusishni (chin qusish va qayd qilishdan farqi) ovqat va suyuqliklarni oshqozonga yetib bormasdan chiqarib tashlash, bu tug’ma qizilongach atreziyasi, tug’ma yokiorttirilgan qizilo’ungach stenozlari, uning divertikuli, axalaziyasida kuzatiladi. qusish ovqatdan keyin darrov yuz beradi, bunda hushi moddalari nordon, hidsiz (oshqozon shirasi bilan bog’liqligi bo’lmaydi), oz miqdorda, hazm bo’lmagan  ovqatdan tashkil topgan bo´ladi.

​Oshqozondan qusish – ko’proq oshqozonkasalliklarida yuzaga keladi. O’tkir va surunkali gastritlar, gastroduodenitlar, yara kasalligi, ichak infeksiyalari va toksikoinfeksiyalarda qusish kongil aynash bilan bog’langan, bu uni qusish markazini  qo’zgalishi bilan bog’liq qusishdan farqlaydi. U odatda ovqat yeyish bilan bog’liq, bolaga vaqtinchalik yengillik olib keladi. Oshqozondan keladigan qusuqmoddasiga nordon xid xos. qusuq moddasida hazmbolmagan ovqat qoldigi, shilliq, qon (kofe quyqasi rangi) aniqlanadi. 

Yengillik olib kelmaydigan qusish, gepatobiliar tizim va oshqozon osti bezi kasalliklariga xarakterlidir. K’p qusganda qusuq moddalarda o’t aniqlanadi, uni chaqiruvchi sababiga bog’liq emas. Uni yuzaga kelishiga duodenogastral reflyuks sabab bo´ladi. O’n ikki barmoqli ichakda tug’ma mexaniq to’siqlik  (ichak yorugi ichki stenozi, o’n ikki barmoq ichak atreziyasi, anulyar oshqozon osti bezi va boshqalar), pilorostenozdan farqi, tuhilgandan keyin 4-5 kunda o’t aralash qusishni vujudga keltiradi. qusish akti davomiy va kuchli bo’lsa, yuqori bosim ostida qizilongachning yo’rilishiga (Burxov sindromi) yoki oshqozon kardial qismi shilliq qavatining chiziqli yorilishiga olib keladi, bu oshqozondan qon ketishini chaqiradi (Mallori-Veyss sindromi). Bir oygacha bo’lgan chaqaloqlarda “favvorasimon” qusish kuzatiladi. Bu pilorostenozning tipik belgisi bo’lib, chuqur tekshirishga ko’rsatma hisoblanadi (oshqozon UTTsi, kontrast moddasi bilan rentgenosko’piya). Oshqozon boshlanish joyi stenozida qusiq moddalari hajmi tushgan ovqatdan ko’p, chirigan xidli, o’t bo’lmaydi. Megaduodenumda aksincha, qusqi moddasida o’t bo´ladi. Pilorospazmda ko’p qusadi, hazm bo’lmagan ovqat miqdori unchalik ko’p emas. Bola hayotining birinchi yilida qusish turlari qayd qilish, qorinning taranglashisiz, zo’riqishsiz yuzaga keladi. 

Oshqozondan qayd qilish bola xolatiga, emizishdan keyingi vaqtiga va kayd qilishning kuchiga, bolaning kayfiyatiga, ovqat hazm bo’lish xajmi, darajasiga bog’liq emas. Aynan bu reaksiya qayd qilish  va qusish o’rtasitdagi differensial tashhisdagi farq bo’lib xizmat qiladi, bu bezovtalik, tilni sorish, yuzning qizg’ish yo’ki oqimtirligi bilan almashinishiga bog’liq. qayd qilish ichak infeksiyalarining boshlanish belgisi bo’lishi mumkin, qayd qilish soglom bolalarda ham kuzatiladi. qayd qilish bolani sun’iy ovqatlantirilgandan keyin tebratish, birdaniga va tez qimirlatish, epigastral soxasiga bosim berish natijasida bolishi mumkin.Chuqur, qar tomonlama tekshirish “kalta” qizilo’ngach, kardiya axalaziyasini tashxislashga yordam beradi.

Ichakdan qusish – ichak o’tkazmasligida (invaginasiya, buralib qolish, o’smalar va boshqalarda) kuzatiladi. qusish ko’p miqdorda, tez-tez, najas xidi (ichak tarkibi bilan), najas va gazlar ushlanib qolishi bilan kechadi. U qorinda sanchiqsimon og’riqlar bilan xarakterlanadi. 

Qonli qusish (gematemezis) – gastroduodenal eroziya va yaralarda ezofagit, oshqozon osmasi, yirik tomirlar shikastlanganda, portal gipertenziyada qizilongach va oshqozonning kengaygan venalaridan, gemorragik diatez, leykoz, sepsis, oshqozon shilliqqavati kuyishi, Mallor-Veyss sindromi, gemangioma va boshqalarda yuzaga keladi. Qusiq moddasida qon rangi oshqozondagi tuz kislotaning konsentrasiyasi va uni qon bilan aralashuviga bogliq. Agar qusish qon ketish vaqtida bo’lmasa, birmuncha vaqtdan keyin  yuzaga kelsa, bu vaqtdan qon oshqozon tarkibi (tuz kislota)  bilan aralashadi, qusuq moddasi tuznordon gematin hisobiga kofe quyqasi rangini oladi.  Nahorda ko’p qusish va yarim tunda qusish, toq-qizil laxta-laxta, qizilo’ngach va oshqozon kardial qismi venalari varikoz kengayishidan dalolat beradi. Oshqozon-ichak traktiga, o’n ikki barmoqli ichakdan pastga tushgan qonoshqozonda kam hollarda soriladi.​qusiq moddasida qon izlari ona ko’kragida yoriq bo’lsa, bola emganda yoki burundan, burun-tomoq yuqori qismidan qonketganda bolishi mumkin. Najasni bir martalik  qora rangda bo’lishi uchun 60 ml qon zarur, o’tkir qonyogotishda, ko’p qon miqdori ajraladi, uch sutka davomida melena ko’rinishida bo´ladi. Najas rangi normallashgandan keyin yashirin qonga test bir hafta va undan ko’proq davrda ham musbat bo’lishi mumkin.Fiziologik jihatdan qusish hazm sistemasining himoya reaksiyasi hisoblanadi. Oshqozonni sifatsiz yoki toksik moddalardan tozalaydi. Shuningdek, uzoq, to’xtovsiz qusish, organizmdan suv va  elektrolitlarni yo’qotishga olib keladi, buning  natijasida suvsizlanish va alkaloz bilan xlorpenik koma rivojlanadi, surunkali xolatlarda organizm charchaydi (quriydi).

Regurgitasiya – ovqatning oshqozondan og’izboshlig’iga qusishsiz qaytishidir. Regurgitasiya ko’pincha, gastroezofagal reflyuks, qizilo’ngachning mexanik yoki funksional torayishida (axalaziyada) kuzatiladi.

Ruminasiya – bu yaqinda yeyilgan ovqatni qayta chikarish, tuflab tashlash yo’ki qaytadan yutish. Bu sikl ovqat qabul qilingandan keyin bir soat davomida bir necha marta davom etishi mumkin va odatda og’izda nordon ta’m paydo bo’lgandan keyin toxtaydi, bolalar  buni o’ziga yogqandek bajaradi, pastki jag’ni harakatga keltirib, til bilan xuddi chaynayotganga o’xshab, bu akt yutish harakati bilan tugallanadi. Ba’zida bolalar barmoqlarini og’ziga chuqur tiqib, regurgitasiyani chaqiradi. Bu xolatlar aqliy zaif bolalarda, bolalar uyida tarbiyalanayotganlarda, nevropatik konstitusiyasi bor bolalarda, tarbiyaviy ishlar yetarlicha olib borilmaganda kuzatiladi.

Qayd qilish va qusish bolalarda oshqozon-ichak trakti funksiyasi buzilishining belgisi hisoblanadi. Asosiy kasallikning klinik simptomlari aniq bo’lsa, qusishning funksional sabablari diagnostikasi qiyinchilik tu?dirmaydi. Organik genezli qusishni differensial-tashhislash uchun to’g’ri yihilgan anamnez va ob’ektiv tekshirish bilan bir qatorda, qo’shimchamaxsus tekshirish usullari (endosko’piya, radionuklid diagnostika, angiografiya, kompyuter tomografiya va boshqalar) talab qilinadi.

Zarda – qizilongach  yolida, to’shning orqasida issiqlik yo’ki achishishni his etish, va qizilo’ngachga oshqozondan nordon ovqat qoldig’ini o’tishi bilan belgilanadi, gastroduodenal reflyuksda, ezofagitda kuzatiladi. Epigastral sohaga bosilganda zarda kuchaysa, bu kardiya yetishmovchiligi va  qizilongachning qizilongach teshigi churrasida bo´ladi.

Kekirish – qizilongach yo’ki oshqozondan gazning og’iz boshlig’iga ajralishi, ba’zida oshqozon tarkibining unchalik ko’p bolmagan miqdori bilan kekirish intragastral bosim natijasida kardial sfinkter yetishmovchiligida yuzaga keladi. Kekirish ezofagitda va gastroduodenal patologiyada (diafragma qizilo’ngach teshigi churrasi, kardiya yetishmovchiligi, ezofagit, gastroduodenitda) yuzaga keladi. Bolada bir yoshgacha kardial sfinkterning yaxshi rivojlanmaganligi sababli, ko’pincha havo bilan kekirish (aerofagiya) kuzatiladi, bu emizishning buzilishi (galaktoreya, ko’krakda keng yoriq va boshqalar) bilan belgilanadi.

Meteorizm va flatulensiya. Ma’lumki sog’lom odamlarning ovqat hazm qilish trakti orqali qar sutkada gaz miqdori otadi va bu tabiiy jarayon deb qabul qilinadi. Ko’p miqdorda gaz to’planishi aerofagiya bilan chaqirilgan bo’lishi mumkin, disbakteriozda ichakda ko’p miqdorda gaz hosil bo’lishi bilan (uglevodlar qabul qilish, karam, dukkaklilar, ichakda gaz sorilishining buzilishi, yurak kasalliklarida, jigar sirrozida, to’liq yoki notoliq ichak tutilishida) kuzatiladi. Ko’pgina mualliflar fikriga ko’ra, qorinning funksional dam bo’lishi va og’riq, ichak harakataktivligining buzilishi bilan bog’liq, bemor ichagidagi gaz, sog’lom odam ichagida to’plangan gaz xajmidagidek bolsa  ham og’riq sezadi. Sog’lomodamda ovqat hazm bo’lganda 15 xil gaz hosil bo´ladi, uning   ko’p qismi ichak shilliq qavatida so’riladi, 2 litr  atrofidagisi tashqariga chiqariladi. Normada asosiy gazlarni  yo’g’on ichakda hosil bo´ladigan uglevodorod gazi va vodorod, qo’shimcha unchalik ko’p bo’lmagan  yiringli gazlar, ichakda ajralayotgan gazga xarakterli xid beradi. Ingichka ichak yuqori qismida SO2 hosil bo´ladi, oshqozondan NSE yo’ki ovqat bilan yogkislotalari bikarbonat bilan neytrallashtiradi. 20 dan 60% gacha gaz (ichakda joylashadi) yutayotgan havoqismiga to’g’ri keladi. Xromatografik tekshiruvda azot va kislorod topilishi, ular manbaini ichakda  bo’lishi yutilgan havo orqali tushishi bilan tushuntiriladi. Ichakda yuqori gaz hosil bo’lishi, ma’lum ozuqa mahsulotlarini ishlatishga bog´liq, jumladan, karam, donlilar, qora non, uglevod sorilishi buzilganda (laktoza, saxaroza), ingichka ichakda patologik bakterial kolonizasiya yoki lamblia intestinalis bilan infisirlanishga olib keladi. 

Flatulensiya (gazlar ajralishi) ich qotishda kuzatiladi, yiringli fermentasiya bilan kechadi. Ko’pincha gazlar defekasiya vaqtida chiqadi. Yogon ichakda katta miqdorda gaz to’planishi, gaz ajralishiga sabab bo´ladi. Meteorizmni davosi diskomfortni yengillashtirishga qaratilgan, maqsadi aerofagiyani pasaytirish, ichakda gaz hosil bo’lishini kuchaytiradigan ozuqa mahsulotlarini ishlatishni chegaralash kerak.

Najas o’zgarishi. Bolalarda eng ko’p uchraydigan shikoyatlardan biri najas o’zgarishidir. 1,5-2 yoshda sog’lom bolalarda najas konsistensiyasi tashqi va ichki anal sfinkterlar  va  puborektal ilmoqlar hisobigata’minlanadi. Najasni ushlab turmaslik, defekasiya refleksining bolmasligi, bu refleks bilan boshqarishni boshqara olmaslikka aytiladi. Defekasiya aktida orqamiyaning bel va dumg’aza qismida joylashgan markazlar qatnashadi. Bundan tashqari defekasiya aktida bosh miya po’stloп’i qatnashadi. Uzunchoq miya IV qorincha tubi sohasida qusish va nafas markazlarida ham defekasiya markazi joylashadi. Markazlar yaqinligi nafasning kuchayishi va qusish refleksi pasayishi bilan tushuntiriladi, anal sfinkterlar tortilishi va nafas to’xtaganda boshqarilmagan defekasiya yuz beradi. Yana bir markaz varoliev ko’prigi (bosh miya ko’prigi) sohasida joylashgan. Turli xil ruhiy ta’sirlar natijasida ich kelishining susayishi mumkin.

Defekasiya – reflektor akt, o’z navbatida organ va tizimlarga bir qator reflektor ta’sir ko’rsatadi. Yurak qon – tomir tizimiga reflektor ta’siri natijasida, maksimal arterial bosim 40-60 mm.sim.ust, minimal – 10-20 mm. sim.ust., puls bir minutda 20 martaga kuchayadi. Defekasiya refleksi to’g’ri ichak reseptorlarining ta’sirida kozg’alishi mumkin, uni najas massasi bilan to’lganda va bosimni 40-50 mm.sim.ust. oshishi kuzatiladi. Supraspinal markazlar bu jarayonni progressivlashtiradi, togri va sigmasimon ichak  to’g’ri ichakda bosimni kotaradi va rektosigmal burchakni silliqlashtiradi. Ichki va tashqi anal sfinkterlarning boshashi najas massalarining evakuasiyasiga olib keladi (ichki va tashqi sfinkterlar defekasiyadan tashqari) tonik qisqarish holatida yotadi, najas massalari tushishiga olib keladi. Bu jarayonda qorinichi bosimini oshishi Valsalva qabuli yo’rdamida kuchaytirish bilan (220 mm. suv. ust.) tushuntiriladi. Aksincha defekasiya akti tos diafragma ko’ndalang-yo’l-yo’l mushaklari qisqarishi va tashqi anal sfinkteri qisqarishi bilan tushuntiriladi. Bu togri ichakni surunkali tortilishiga, afferent signallarni pasayishiga, tonus susayishi va surunkali ich qotishiga olib keladi.

Polifekaliya. Bolalarda najas miqdori yeyilgan ovqat va ichilgan suyuqlikdan 2% ortiq bo´ladi. Yosho’tgan sari najas miqdori ko’payadi. 1-3 yoshda najas miqdori sutkada ortacha – 92,2 g, 4-7 yoshda – 118 g, 8-11 yoshda – 153 g, 12-14 yoshda – 157 g ga ko’payadi. Bola hayotining birinchi yoshida ekskrementlar miqdori katta yoshdagi bolalar va kattalarga nisbatan katta bo´ladi. Ko’krak yoshidagi bolalarda najasning sutkalik miqdori ko’krak suti bilan emizilganda, unchalik katta emas, o’rtacha 20-25g, qabul qilingan ovqatning 25%ni tashkil etadi. Aralash va sun’iy  ovqatlantirilganda najas massasi miqdori aralash ovqatlantirishda 60 g, sun’iy ovqatlantirishda – 100 gr. 

Polifekaliya malabsorbsiya sindromiga xarakterlidir. Disaxaridaz yetishmovchiligida suyuqko’pikli najas patologik aralashmasiz, nordon reaksiyali (rN 6 dan kichik). Seliakiyada najas gomogen, patologik aralashmasiz, och-sariq rangda bo´ladi. Bola hayotining birinchi yilida sigir suti oqsilini qabul hilaolmaslik kuzatiladi va  klinikada atopik dermatit va seliakiyaga oxshash sindrom bilan yuzaga chiqadi. Surunkali pankreatitda polifekaliya va najas buzilishi fermentlar yetishmovchiligi natijasida bo’shliq va membrana oziqlanishi topografiyasi buzilishiga bog’liqbo´ladi. 

Neyropatik ich ketishi – ruhiy zoriqishda regulyar ich ketish (qo’rquv, stress, ota-onaning uydan ketishi va boshqalar), ko’p hollarda anamnez shunday holatlarga oilaviy moyillik borligidan guvoh beradi. Uxlatuvchi va xolinoblokator dorilarni ijobiy ta’siri tashqisni tasdiklaydi.  

Ich qotish – uzoq vaqt ichak boshashining tutilishi (48-soatdan ko’p), defekasiya aktining qiyinlashuvi, shuningdek kam miqdorda (sutkada 100 grdan kam) najas kelishi yoki najasni yuqori qattiqligi, bemor ichagini to’liq boshamaganligi hissini sezadi. Ich qotish organik va funksional xarakterda bo´ladi. 

Eng ko’p uchraydigan sabablari:

1) ovqatlanishdagi nuqsonlar, yetarli ovqatlanmaslik, bir xil sutli ozuqalarni iste’mol qilish; 

2) ichak rivojlanishining anatomik nuqsonlari (dolixosigma, Girshprung kasalligi, megakolon, anorektal zonaning tug’ma rivojlanish nuqsonlari (togriichak atreziyasi, ichak tug’ma stenozi va boshqalar). 

3) ichakning atonik xolati;

4) orqa teshik va to’g’ri ichak yorig’i va tirnalishida reflektor ich qotishlar;

 

Bolalarda ko’p hollarda alimentar ich qotishikuzatiladi, ishtahasi yomon bo’lganda, kam miqdorda ovqat yeganda kuzatiladi, kletchatkaga boy bolmagan 

mahsulotlarni ishlatish (asosan ona sutida yog’ ko’p bo´ladi), ovqatda oqsil va hayvon yog’i miqdori yuqoriligi, hamda vitaminlar, kalsiy tuzlari kam (etarsiz) bolishida ich qotish kuzatiladi. Bola tug’ilgandan keyin bir necha kungacha ichi kelmasa, ichak tug’ma nuqsonlari haqida oylash kerak (megakolon, Girshprung kasalligi, megasigma). Ko´krak yoshidagi bolalarda yuqorida keltirilgan kasalliklardan tashqari gipotireoz, giperparatireoz, tubulopatiya, gipervitaminoz D, gipokaliemiya, parxez  buzilishi va boshqalar kuzatiladi.

​Katta yoshdagi bolalarda ich qotish gipotireozda, kolitlarda, dolixokolon, megakolonda bo´ladi. Ich qotishga mexaniq to’siqlik, dorilar qabul qilish(atropinga o’xshash, katexolamin), feoxromositoma, alimentar sabablar olib keladi.

Funksional ich qotishlar orasida spastik yokigipokinetik ich qotishlar (yo’g’on ichakdan najas passajining funksional buzilishi ko’zda tutilgan) ko’puchraydi. Gipermotor diskineziyaga parazitar gijjalar va lyambliyalar, ichak disbakteriozi olib keladi. Gipermotor diskineziyada najas – qattiq, alohida  bo’lakchalardan tashkil topgan bo´ladi, bolalar qorindagi ogriqga shikoyat  qiladi. Gipomotor turdagi diskinetik ich qotish astenik tana tuzilishidagi bolalarda, tana vazni tanhisligi bor bolalarda kuzatiladi, ularda gastro- va enteroptoz aniqlanadi, shuningdek mushak gipotoniyasi xarakterli bo’lgan kasalliklarda:  mushak gipotoniyasi; Daun kasalligi, miopatiya;  sklerodermiya, miksedema, gipotireoz, raxit va boshqalarda kuzatiladi. 

Gipomotor diskineziyada najas massasi diametri kattalashadi (najas massasi kuchsiz chozilgan ichakni to’ldiradi), qorinda  kuchli, sanchuvchi og’riq paydo bo´ladi. Bolalarda surunkali ich qotishda chirish mahsulotlarini ichakda sorilishi hisobiga ozini yomon his qiladi: tez charchash, bosh og’rishi, ishtaha pastligi, uyqu buzilishi kuzatiladi.Shartli reflektor ich qotishi – bolada odatiy turmush tarzi ozgarganda, defekasiya vaqti ozgarganda kuzatiladi, ya’ni boqchaga, maktabga qatnashishda. Psixogen ich qotish yuzaga kelishida uzoq va tez-tez stress holatlar, oilada, maktabda, gipodinamiya bilan bir vaqtda emosional va aqliy zoriqish muhim rol oynaydi. ​

Nevrotik ich qotishga olib keluvchi psixogen omillar ichak falaji yo’ki spazmi klinikasini beradi. Ich qotishi vissero-visseral refleks tarzida hazm qilishkasalliklari, siydik tizimi, bosh miya va orqa miya zararlanishi, ruhiy kasalliklar natijasida ham yuzaga keladi. 

Najasni otkir tutilishida mexanik yoki paralitik ichak tutilishiga gumon qilish kerak. Ich qotishi tashqisi anamnez ma’lumotiga (qorinda ogriq, ishtahapastligi, bir necha kun najas ushlanishi, qattiq najas chiqishi, dori qabul qilish va boshqalar), anus va togriichakni barmoq bilan tekshirish, kolonosko’piya, irrigosko’piyaga asoslanadi.

Najasni tutaolmaslik (enko’prez) – defekasiyaning funksional buzilishi, togri ichak funksiyasi buzilishi va orka sfinkterning  tashqi yoki ichki buzilishi, ixtiyorsiz defekasiya bilan yuzaga chiqadi. Enko’prezga olib keladigan  sabablar turli xil. Najasni tutaolmaslik orttirilgan va tug’ma shaklda bo´ladi.

Enko’prezning tug’ma shakli orqa miya churrasida, o’smalarda, anal teshik ektopiyasida, qorin – oraliqproktoplastikasida.

Enkoprezning orttirilgan shakli (funksional enko’prez) neyrogen va sensor, psixogen (funksional megakolon), mushak yo’ki motor (tos cuyagi sinishi, yaralarda, nekrotik paraproktit va boshqalar) sabablarda bo´ladi. Bunda tashqi va ichki anal sfinkterlar puborektal mushaklar, tashqi va ichki sfinkterlar koordinasiyasi buzilishi, barcha sfinkterlar yogligi yo’ki zararlanishi kuzatiladi. Bolalarda chin funksional enko’prezning (kunduzgi, tungi, aralash shakli) bo’lishi mumkin, to’g’ri ichak sfinkter apparati faoliyati buzilishi, yashirin yo’ki aniq ta’sirlarda, bir marotabalik yo’ki uzoq ta’sir hiluvchi ruhiy effektlar ta’sirida bo´ladi, yolg’on, opstinasion (najasni, paradoksal ushlab tura olmaslik), yo’g’on ichak distal qismlari tolaligi va to’g’ri ichak reseptorlari sezuvchanligi pasayishi natijasida,  yogon ichakda surunkali dimlanish yuzaga keladi.

Funksional enko’prezning birinchi sabablaridan biri turli xil sabablar bilan chaqirilgan vaqtinchalik ich qotishdir. Vaqtinchalik ich qotish yirik fekaloma hosilbolishiga olib keladi, to’g’ri ichakni ikkilamchi  kengayishi, defekasiya aktiga bo’lgan talabni yo’qligi bilan xarakterlanadi. Ich ketish ustunlik qiladi, ichki sfinkter, puborektal ilgak bilan birga anal kanal yuqoriqismi kengayadi. Suyuq najas, fekalomadan oqib, sfinkter apparati bilan boshqarilmaydi, natijada najasni ushlab turaolmaslik yuzaga keladi.

Najasni tutib tura olmaslik  sabablarga bog’liqbo’lmagan holda, bir xil tipda klinik namoyon bo´ladi: quruq va ozoda bola to’satdan ko’p yo’ki kam miqdorda najas massasini yo’qotadi. Bu holatlar o’tkir vujudga kelishi mumkin, tez rivojlanadi va qisqavaqtda sog’ayish bilan tugaydi yoki sekin rivojlanadi va kuchayib boradi. Bola qar kuni va doimo joyini bulg’alaydi, undan yoqimsiz xid keladi. Najasni o’tkir tutaolmaslik o’tkir ichak yallig’lanishi, og’ir kasalliklarda xushni yo’qotish bilan, epileptik tutqanoqda, qo’rquv va kuchli vahimada kuzatiladi. Enko’prezni diagnostika qilishda anamnez ma’lumotlari, ko’ruv (tashqi yol teshigi o’lchami aniqlanadi, uning shakli, anal oldi va dumba sohalaridagi o’zgarishlar), anus va tog’ri ichakni tekshirish (anal refleksi, anal sfinkteri tonusi va erkin qisqarishi), rektoromanosko’piya, sfinkterometriya (anal jomi kuchi baholanadi), elektromiografiya (mushak, to’qima va uning innervasiyasi, mushak qisqarishi), dilatometriya (anal kolsosi tortilishi), rentgenologik tekshirish (umurtqa poqona, tos cuyagi shikastlanishini bartaraf etish) o’tkaziladi.

Ich ketish, diareya – ichakni tezlashgan boshashishi, tarqoq, ba’zida ko’p najas ajralishi bilan xarakterlanadi. Sababi, hazm bo’lish jarayonining buzilishi, sorilish va asosiy nutrientlar transporti buzilishi hisoblanadi. Diareyaning to’rtta turi ajratiladi: osmotik, sekretor, motor va ekssudativ.

Osmotik diareya turiga ichak bo’shlig’ida osmotik bosimning ko’tarilishi xarakterlidir. Uglevodlar hazmbo’lishi va sorilishining buzilishi kuzatiladi (disaxarid yetishmovchiligi: laktoza va saxaroza yetishmovchiligi; seliakiya – oqsil gliadin yetishmasligi, sigir suti oqsilini kotaraolmaslik), shuningdek ichakda yuqori osmotik aktiv moddalarning   ko’p kelishi bilan xarakterlanadi. Ichak shilliq qavati suv va elektrolitlar uchun erkin o’tkazuvchi  hisoblanadi, plazma va ingichka ichak o’rtasidagi tenglik kuzatiladi, chunki yo’g’on ichakda natriy faol ushlanadi, osmotik diareyada kaliyni yo’qotish natriyni yo’qotishga nisbatan yuqori.

Ekssudativ diareya – yo’g’on ichak yallig’lanish kasalliklariga xarakterli, divertikulez, invaziv infeksiyalar (dizenteriya, salmonellez va boshqalar), ekkssudativ enteropatiyaga (ichak limfangiektaziyasi) tegishli. Ko’p hollarda invaziv diareyada yogon ichak shilliq qavatida qo’zg’atuvchi ko’payishi yuzaga keladi, yallig’lanish yuz beradi va najasda qon, shilliq paydo bo´ladi. O’z-oz’idan u ingichka ichakda hazm bo’lish va sorilishning buzilishi rivojlanishiga olib kelmaydi, ekssudativ yallig’lanishda ko’p oqsil miqdori yo’qoladii va gipoproteinemiya rivojlanadi. 

Diareyaning motor komponenti malabsorbsiya sindromi hamma xolatlarida kuzatiladi, u ichakda hazm bo’lishning kuchayishi bilan bog’liq, osmo – va baroreseptorlarni ichakda o’zgarishi, gormonal moddalarni aktiv sintezi, motorikani kuchayishi  (metionin, serotonin va boshqalar) hisobiga yuz beradi. Bir qator holatlarda hazm bo’lishni pasayishi va ichak stazi kuzatiladi, bu disbakterioz rivojlanishiga va diareyani boshqa mexanizmlari qo’sqilishiga olib keladi. Bu kartina yo’g’on ichak yallig’lanishi kasalliklarida (yarali kolit, Kron kasalligi, yo’g’on ichak divertikulezi) kuzatiladi.

Gastrointestinal qon ketishi. Erta va katta yoshdagi bolalarda oshqozon-ichak traktidan qon ketishi ko’p uchraydi va hayot uchun xavfli hisoblanadi. Najas xarakteriga ko’ra qon ketish manbaini aniqlash mumkin. Agar qon ketish oshqozon-ichak  trakti yuqori qismida joylashsa, qizilo’ngach, oshqozon, o’n ikki barmoqli ichak va ingichka ichakdan qon ketsa, bemorda melena kuzatiladi (qora gomogen najas), qondagi gemoglobin oshqozon shirasi, ichak florasi ta’sirida o’zgarishi hisobiga yuz beradi. Bu ko’pincha qizilongach venalarini varikoz kengayishida, oshqozonva o’n ikki barmoq  ichak yara kasalliklarida, medikament genezli otkir yara kasalliklarida, gemorragik gastritlarda kuzatiladi. Yo’nbosh ichak terminal qismida va yo’g’on ichakdan qon ketishida najasda qon rangi kam o’zgaradi. 

Anal teshigidan toza qon ajralishi ko’proq qonketish manbaini yogon ichakda joylashganidan  guvoqlik beradi. Bu asosan, yo’g’on ichak yoki to’g’riichak polipi (ichak polipozi sindromlari: Peytsa-Egersa, Gardner), to’g’ri ichak shilliq qavati yorug’i, gemorroy, Mekkel divertikul yarasi, yarali kolit, Kron kasalligi, ichak gemangiomasida kuzatiladi. Oshqozon-ichakdan qon ketishini 50%ni togri ichakdan qonketish tashkil qiladi. Orqa teshik yorugida qon och-qizil rangda, najasdan alohida aniqlanadi. Erta yoshdagi bolalarda  invaginasiyada najasda “maymunjon rangi”  ko’rinishida qon aniqlanadi. Suyuq najas qon aralash – dizenteriya belgisini bildiradi.

Chaqaloqlarda birinchi kunlarda qora rang najas differensial tashqisi qiyinroq bo´ladi, chunki mekoniy yashil-qora rangda bo´ladi. Lekin qon aralashmasiz mekoniy yo’rgakka yashil rang beradi, qon bilan birga mekoniy qizil rang beradi. Bolalarda najasda yashirin qon manbaini  qidirish uchun birinchi orinda og´izboshlig´i va burunni ko’rish kerak. Najasni qora rangda bolishi temir, vismut, gemagen, karbolen dori vositalari yo’ki aniq maxsulotlar (jigar, gilos va boshqalar) iste’mol qilish bilan bog’liq. Tashqis anamnez ma’lumotlariga asosan, ezofagogastroduodenoskopiya, kolonosko’piya, skanir usuli, angiografiya o’tkazish bilan qo’yiladi. Najasda yashirin qonni benzidin va ortotoulidin sinamalari bilan aniqlanadi. Musbat sinama oshqozon-ichak traktidan qon ketganda, tarkibida temir saqlovchi dorilar qabul qilinganda, ovqat tayyo’rlashda gosht ishlatilgandi kuzatiladi, shuning uchun, najasni yashirin qonga tekshirishdan 3-kun oldin rasiondan go´sht mahsulotlarini olib tashlash kerak, tishlarni tozalamaslik zarur.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *