O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markazining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 

OITSga qarshi kurash mintaqaviy markazlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;

OIV infeksiyasi va qo‘shimcha kasalliklar tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik, epidemiyaga qarshi, diagnostika, davolash tadbirlarini amalga oshirish;

OIV infeksiyasi yuqishi intensivligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash va ularning faolligini baholash bo‘yicha maxsus epidemiologik tadqiqotlar o‘tkazish;

OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga ularning salomatligini va mehnatga layoqatini saqlash uchun zarur bo‘lgan diagnostika va tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish hamda amalga oshirish, shuningdek OIV/OITS va qo‘shimcha kasalliklar diagnostikasini amalga oshiruvchi muassasalarga tibbiy yordam ko‘rsatish;

profilaktika, diagnostika va davolash tadbirlariga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash;

OIV/OITSni profilaktika, diagnostika qilish va davolashning O‘zbekistonda qo‘llanayotgan metodlari samaradorligini fuqarolar salomatligini va millat genofondini muhofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilish va baholash.

OIV/OITSni diagnostika, profilaktika qilish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz metodlarini qo‘llanish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va tahlil qilish, ma’lumotlarining tegishli bazasini shakllantirish va yuritish;

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash olib borish masalalari bo‘yicha tibbiyot xodimlari, boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *