O’zbekiston tarixi fani predmeti va obyekti, uni o‘rganishning metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati

Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o’tmishga oid har xil voqea- hodisalaming izchil rivojlanishi, ulaming qachon, qayerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning paydo boMishi va uning tadrijiy- evolutsion rivojlanish jarayoni va boshqalami o‘rganadi. Shuningdek, 0 ‘zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. O’zbekiston tarixi fani mana shu voqeliklami boshidan kechirgan qadim va yaqin ajdodlarimizning hayoti qanday bo’Iganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga
qo’shgan hissalarini xolisona va haqqoniy o’rganadi.
Tarixiy haqiqat to‘la ro’yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida
tarix fanining predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki O’zbekiston tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va obyekt masalasi asosiy masala bo’lib hisoblanadi. Zero, fan uning o’rganish predmeti va obyekti aniq bo’lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq boMib, maqsadga erishish mushkul bo’ladi.
O’zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o’laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o’z o’mi va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o’z ichiga olgan holda ulaming rivojiga katta ta’sir etadi. Bu uning o’rganish predmeti va obyekti hamda vazifasida to’la namoyon bo’lmogM kerak. Tarix fani o’z xususiyatiga ko’ra, birinchidan, o’zining butun diqqat e’tiborini faqat o’tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy- madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlami o’rganadi.
Ikkinchidan, O’zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o’rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hupat va dalillaming haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqe boMganligi aniqlanadi. Va nihoyat, boMib o’tgan voqeliklaming aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ulaming aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi.
6
www.ziyouz.com kutubxonasi

Uchinchidan, O’zbekiston tarixi fani o’tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o’rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xuiosa chiqaradi. Bu esa keiajak avlodlar uchun dasturuiarrial bo’ladi. ^
To’rtinchidan, O’zbekiston tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiydti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘Iiqlikda, bir butunlikda o’rganadi. O’zbekiston tarixi fani, 0‘zbekistonning o’tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqelikiar, insoniyat hayoti, tabiat va
jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. Uning o’rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O’zbekiston tarixi fanining o‘rganish makoni-obyekti 0 ‘zbekistonning tarixidir. Tarixiy obyekt (makon)ga nisbatan 0 ‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma’lum bir ma’noda obyekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarjx fanida tutgan o‘mi va vazifasi bilan farqlanadi.
Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog’liq bo’lib, shular doirasidagi voqea va hodisalaming bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy- madaniy, ijtimoiy-iqtisodiyjarayonlardan iboratdir.
O’zbekiston tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy, umuminsoniy fen bo’lib, inson va millat, o’z p’tmishini bilishi, o’zligini o‘zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturulamal hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, insoniyat va tabiatning o’tmishini o’rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, madaniyat, maorif, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular
jumlasidandir. Ammo, boshqa fanlaming hammasi ham, tabiat, jamiyat ham awalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarix fanlari ham tarix fanining o’rganish obyekti va predmeti hisoblanadi.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlami bilmay turib, haqqoniy tarixni to’la yoritib berolmaydilar.
7
www.ziyouz.com kutubxonasi

Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanilar fanlarning o‘rganish obyekti bitta ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro’yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, shuningdek, ijtimoiy- gumanitar fanlarning ham tarixidir.- Chunki boshqa fanlarning hammasi ham tarix mahsulidir.
Xulosa shuki, tarix fani ya’ni, Vatan tarixi millat va Vatan taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy boiishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita bog’liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo’ladi.
Tarix falsafasi deganda. tarix ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog’idan to‘g‘ri xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda. o‘tmish- tarixga qarab, kelajakni to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi. Masalan, bundan bir asr oldin Rossiyadan chiqqan lenincha «bolshevov» lar uchun kommunizm qurish g‘oyasi ishonch va e’tiqodga aylandi. Buning uchun esa, ular hokimiyatni bosib olib, katta qon to’kish evaziga jamiyatni o’zgartirdi. Oxir oqibatda esa, bu «sotsialistik jamiyat» iiiqirozga uchradi. Tarixda kommunistik g‘oya o’z isbotini topmadi. Tarix uning xom – xayol – utopiyadan iborat ekanligini 74 yil ichida isbotladi. Yana bir misol: Yevropa mamlakatlari hozir tarix saboqlari – falsal’asidan to‘g;ri xulosa chiqarib, o‘tmishlari qanchalik o’zaro qonli va qarama-qarshilarga boy bo’lishiga qaramay, Yevroittifoqqa birlashish harakatida. yagona konstitutsiya qabul qilmoqchi. Bular tarix falsafasi to’g’ri anglashining hosilasidir.
0 ‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asosiari va usullari
Har qanday fan kabi 0‘zbekiston tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asosiari va tamoyillariga ega. Bular O’zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uni rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo’lidagi nufuzining ortib borishi uchun o’ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat, va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj bo‘Isa, tarix fani esa, bu ehtiyojlami ro’yqbga chiqishi uchun ma’sul bo’lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning sam^rali bo’lishi, ya’ni .tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g’oya va nazariyalar hamda usul va uslubiy tamoyillaming ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to’laroq ro’yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuning uchun ham 0 ‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g’oya va ta’limotjari nimalardan iborat bo’lishi o’ta muhim masala hisoblanadi. Yurtboshimiz Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q“, “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Tarix xalq ma’naviyatining asosidir” degan tarixiy haqiqatni to’g’ri anglatuvchi o’ta teran tarix falsafasiga oid fikrlami olg’a surdi.
Bu kabi tarix falsafasiga oid yuksak xulosalami o’z vaqtida buyuk millatparvar jadidlar ham juda aniq anglagan holda Vatanni ozod etish, millatni ijtimoiy g’aflat uyqusidan uyg’otlb taraqqiy ettirish uchun asosiy e’tibomi tarixga qaratdilar. Va «tarixi yo’qning o’zi yo’q» degan falsafiy tushunchaga amal qilib, tarixda ilk bor tarixni o’zlari tashkil etgmi jadid maktablarida o’qita boshJashi bilan, millatni o’z tarixidan bahramand qilishdek o’ta buyuk ma’rifat ishiga tarixda birinchi bor asos soladilar.
Buyuk jadid Abdulla Avloniy so’zi bilan aytganda, jadidlar umuman tarbiyani, shuningdek, tarix ta’limi tarbiyasini millat uchun «yo hayot- yo najot, yo halokat – yo saodat, yo falokat masalasidir» deb bildilar. «Qaysi millat yashashni (ravnaqu, taraqqiyotni) istasa, – deydi Abdurauf Fitrat – tarixini bilishi lozim bo’ladi, zero, tarix bir ko’zguga o’xshaydi».
Tarix falsafasi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari to’g’ri va haqqoniy belgilanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Tarixchi olimlar tarix falsafasini qanchalik chuqur va to‘g‘ri anglasalar, ular tarix
fimi metodologiyasini shunchalik mukammal qilib belgilay oladilar.
. Tarix falsafasi tarix va umuman tarixiy jarayon olimlar tomonidan aqlan har tomonlama to’g’ri tasavvur va his etilishidir. Yanada aniqroq aytsak, tarix falsafasi tarixiy jarayonning mazmuni va mohiyati hamda rivojlanish qonuniyatlarioi o’zida aks ettirish bilan birga, ularni bilish va o’tganish, yozishning eng qulay, to’g’ri hamda maqsadga muvofiq yo‘li- usullarini belgilaydi. Umuman olganda, tarix falsafasi tarix sabog’i va
9
www.ziyouz.com kutubxonasi

tajribasidan kelib chiqib, belginlangan obyektiv xulosadir, Lekin, bu obyektivlik subyektiv xarakter va mazmun hamda mohiyatga ega bo’ladi. Chunki har bir subyekt, ya’ni olim o’z intellekiual bilim salohiyati, tafakkur doirasidan kelib chiqib, obyektivlikka harakat qiladi.
Buning uchun esa, tarixchi olimlar butun insoniyat, millat. xalq va o’rganish obyekti (ma’lum mavzu) evolutsiyasini, uning ma’no va mazmunini to‘g‘ri bilishi, tahlil qila olishi kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa)laming so‘zdagi aniq ifodasi bo’lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu tarixiy haqiqatlami ro!yobga chiqishi – tarix haqiqiy yozilishi uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ko’rsatuvchi dasturarnaldir. Eng qisqa va tushunarii qilib aytsak, umuman metodologiya fanlarning fani ya’ni dirijori.
Dastlabki paytda hozirgi mustaqil davlatlar hamjamiyati tarkibidagi sobiq ittifoqdosh mamlakatlar, shuningdek, O’zbekistonda ham g’oyaviy- nazariy, mafkuraviy-falsafiy bo‘shliq paydo bo‘ldi. Bu esa, o‘z-o‘zidan boshqa mamalakatlarda bo’lganidek, bizning Vatanimiz – O’zbekiston tarixi fani uslubiyali (metodolgiyasi) qayta ishlanishi, aniqrog’i, butunlay yangidan varatilishini ilmiy-hayotiy zaruriyatga aylantirib qo’ydi.
Bu o‘ta muhim ilmiy -amaliy masalani ishlab chiqish, o’z-o‘zidan tarixchi va boshqa olimlar eski, majburan, qon va qatag’onlik bilan singlirilgan kommunistik g‘oya, ta’limot va mafkuradan holi bo’lishi uchun tarixan o’tish davrini talab etishi tabiiy bir hoi bo’ldi. Mana shuning uchun ham istiqloldan so‘ng tarix va boshqa gumanitar fanlardan yozilgan dastlabki darsliklarda bu fanlarning metodologik ilmiy -nazariy va g‘oyaviy asosiari hamda usullarini ko’rsatishning iloji bo’lmadi.
OHgan istiqlol yillarida tarixchi olimlarimiz Vatanimiz tarixini butunlay yangidan o‘rgandi va o’zlashtirdi, uni darsliklar asosida qayta yozishga muvaffaq bo‘ldilar. Bir qator monografik asarlar yozildi va eng dolzarb mavzularda o’nlab ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi hamda dissertatsiyalar himoya qilindi.
0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va hukumat Vatan tarixini qayta yozish va uni asosiy tarbiya quroliga aylantirish uchun «yangi tarix» g’oyasini olg‘a surdi. O’zbekiston tarixi yetakchi fan sifatida maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida ilk bor, keng miqyosda, eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgacha o’rganila boshlandi.
Bulaming samarasi o’laroq, keyingi paytda 0 ‘zbekiston tarixi fani metodologiyasini yaratish imkoniyati paydo boMdi. Awalo, metodologiya haqida to‘xtalsak, metodologiyaning lug’aviy ma’nosi grekcha «methodos» va «logos» degan ikki so‘z birikmasidan iborat bo‘lib, metod
10
www.ziyouz.com kutubxonasi

ya’ni usu! – tadqiqot olib borish usuli (yo‘li), nazariya, ta’limot, iogiya esa fan deganidir. Demakki, metodologiya, ya’ni iislubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o’rganishning eng qulay usullari, eng to‘g‘ri va mukamma! g‘oyasi, nazariyasi va ta’limotlari majmuyidan iborat bir butun fandir. Boshqa ma’noda esa, metodologiya ilmiy bilish yoki ma’lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qoMlaniladigan usuliar haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o’rganuvchi va o’qituvchilami aniq maqsad sari to’g’ri yetaklaydi, ya’ni tarix haqqoniy yozilishi va o’rganilishiga yo‘l-yb‘riq ko’rsatadi.
Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog‘liq boMganidek, tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada ekanligiga ham bog‘liq. Bu holdagi uzviy ikki tomonlama bog‘Jiqlik umumiy qonuniyatidir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik qonuniyati, qadim mumtoz tarixshunosligimiz va hozirgi zamon tamadduni sivilizatsiyasiga asoslangan holda O‘zbekiston tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga boMish mumkin.

  1. O’zbekiston tarixi fanining uslubiy (metodologik) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi:

– – – – –


din bilan dunyoviylik o’rtasida mo’tadil munosabat bo’lishi va dunyoviylik aslo dahriylik emasligi;
tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;
tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazari va bag’rikenglik asosida yondashish;
tarixiy taraqqiyot asosini evolutsion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq;
tarix va jamiyat taraqqiyotini markscha – lenincha soxta inqilobiy ta’limotga bog’lash, mutloq xato, yovvoiylik, aksilinsoniy hatti-xarakat boMgan deb tushunmoq;
tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;
tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda g’oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.
.

  1. O’zbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va
    tamoyillari quyidagilardan iborat: – ilmiy xolislik (obyektivlik);
    11
    www.ziyouz.com kutubxonasi
  • tarixiy tahliliylik;
  • mantiqiy uzviylik;
  • vorislik va izchillik;
  • xronologik izchillik;
  • g‘oyaviylik va vatanparvarlik;
  • halollik va xolislik;
  • qiyoslash va kuzatish;
  • kuzatish va umumiylashtirish;
  • baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;
  • matematik hisoblash;
  • shakllash va modellashtirish;
  • ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim
    Ouz’iy)likka (deduksiya);
  • etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya,
    matematika va boshqa fanlaming yutuqlaxi hamda usullaridan
    ham keng foydalanish;
    Bizning tariximi/. ham, jahon tarixi ham din (aniqrog’i dinlar) tarixi
    bilan uzviy bog’liq. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo‘lmaydi. Agar ajratilsa, tarixga ham, dinga ham mantiqqa ham zid bo‘ladi. Ma’lumki, sovet tarix fani tarixni soxtalashtirdi, din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qildi. Tarix qanday bo’lsa, uni shundayligicha o‘rganish ustivor bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham u din bilan mo’tadil, mutanosiblik asosida o‘rgani!mog‘i hozir eng asosiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Bu esa, yoshlarni har xil din niqobidagi dinga aloqasi yo‘q terroristik guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni haqqoniy va to*la yozilishiga imkon beradi.
    Tarixiy-tanqidiylik ilmiy usul tamoyili tariximizda qadimdan muarrixlar tomonidan qo‘lanib kelingan eng qulay usul hisoblanadi. Bu
    usul tarixiy voqea va hodisalaming nechogMiq to ‘g ‘ri hamda noto‘g‘riIigini aniqlashga, tarixni haqqoniy va to‘g‘ri yozilishiga yaqindan yordam beradi.
    Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o’zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik. 0 ‘tgan davr ichida O’zbekistonning yangi tarixi yozildi va tarix fani tez rivojlandi. Butiinlay yangi ruh va mazmundagi ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo’ldi, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tarixiy asarlar chop etildi. Bu o‘rinda yuqoridagi metodologik ilmiy-nazariy asos va ularning ahamiyati katta bo‘ldi.
    12
    www.ziyouz.com kutubxonasi 0 ‘7.bckiston tarixini davrlashtirish masalasi va tarixni o‘rganishda manbalarning ahamiyati
    Barcha larixlarda boMganidek, O’zbekiston tarixida ham davrlashtirish masalasi o‘ta muhim masaia. U shu tarixni o!rganuvchi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asosiari va metod (usul)lari bilan bevosita bogMiq. Demak, tarix fani qanchalik haqqoniy. ilmiy-nazariya, g‘oya, ta’limot va metodologiya (uslubiyat) hamda usullar bilan qurollangan bo’lsa, u shunchalik to‘g‘ri davrlashtiriladi.
    Ma’lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o ‘z ichiga oladi. U xilma-xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g’oyaviy dunyoqarash va falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o‘choqlaridan biri hisoblanadi. 0 ‘tmishda taqdir taqozosiga ko‘ra tariximiz aniqrog‘i Vatanimi hududi jahon miqyosda kengayib va ma’lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning o‘ta buyuk, shu bilan birga, juda ham murakkab boMganligidan dalolatdir. Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz 0 ‘zbekiston tarixining chegarasi vadavrlashtirilishini anchamurakkablashtirdi.
    Istiqlol yillari davrida tarixchi olimlarimiz Islom Karimovning “Yangi tarix” g’oyasiga amal qilgan holda Ona tariximizning ilmiy asosda davrlashtirish sohasida ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritdilar.
    Birinchidan, tarixni uzluksiz inqilobiy jarayon, qarama-qarashi murosasiz sinfiy kuchlar to‘qnashuvidan iborat deb tushunish va besh formatsiyaga boMishdan batamom voz kechildi. Asosiy e’tibor esa, tarixni evolutsion-tadrijiy uzliksiz rivojlanish va geografik hududiy mintaqa asosida davlashtirishga qaratildi. Bunga keyingi paytlarda chop etilgan tarixiy asarlar, o‘quv qo’llanma va darsliklarning tnazmun hamda mundarijalari guvohlik berib turibdi. Ushbu darslik maxsus tuzilib tasdiqlangan dastur asosida yozildi. Shuning uchun ham, unda O’zbekiston tarixi boshdan-oyoq shartli ravishda eng muhim davrlarga bo’lindi. Bunday xronologik davrlashtirish O’zbekiston tarixini o’qitishga ajratilgan soatlaming miqdori va o‘qitishning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari hamda usullari hisobga olingan holda amalga oshirildi.
    O’zbekiston tarixi fani va tarixni o’rganishda tarixiy manbalarning o’mi va ahamiyati behad katta. Shuning uchun ham ular millat va xalqning ma’naviy-madaniy merosi, bebaho madaniy-tarixiy boyligi
    www.ziyouz.com kutubxonasi hisoblanib, maxsus arxiv (hujjatxona)larda, kutubxona va muzeylarda hamda oilaviy arxivlardajuda avaylab, ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda.
    Tarixiy manbalar davr nuqtayi nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega bo’ladi. Shuningdek, ular o’z mazmuni va mohiyatiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga ham egadirlar. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kiradi. Ikkilamchi manba deb esa, mana shu birlamchi manbalaming e’lon qilingan nusxalari, maqola va kitob holatiga keltirilganlariga aytiladi.
    Manbalar o’z holatiga ko’ra, yozma va moddiy ko‘rinishlarga ega bo’ladi. Yozma manbalar eng qadimgi yozuvlar, bitiklar va kitoblardan iboratdir. Hozirgi kunga qadar o’lkamiz hududlari va bu yerdan chetda bitilgan o’rta asrlarga oid yozma manbalami o‘rganish bo’yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan boMishiga qaramay, bu yo’nalishda qilinadigan ishlar nihoyatda ko‘p.
    Tariximizning eng qadimgi, ya’ni yozuv paydo bo’lmagan zamonlarga oid davrini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga keladi. Bu manbalar turli-tuman bo’lib, ularga qadimgi manzilgohlar va shahar xarobalari, mozor-qo’rg‘onlaming qoldiqlari, turmush va xo’jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat va jang qurollari, turli-tuman ashyolar kiradi. Moddiy va yozma manba ma’lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Tarixiy manbalarni o’rganishning o’zi tarix fanining maxsus sohasi bo’lib, tarix fani rivojlanishi va tarix yozilishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko’rsatilgan metodologik ilmiy-nazariy, g’oyafiy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayaanadi.
    Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalami o’rganish bilan mashg’ul bo’lib, manbalarning qimmatini, haqiqiy va haqiqiy emasligini aniqlash bilan birga ularni turkumlarga ajratadi. Masalan, moddiy va ma’naviy yodgorliklar hamda ashyoviy, etnografik lingvistik va og’zaki (folklor) manbalar shular jumlasidandir.
    Manbashunoslik manbalarni aniqlash va saralash, ularning ilmiy qimmatini belgilash, tahlil qilish, yaratilish tarixi, shart-sharoitini o’rganish kabi sohalarga bo’linadi. Shu o’rinda sovet davrida yaratilgan hozirda arxivlarda saqlanayotgan manbalaming haqiqiy tarixiy va notarixiy-sun’iy yasama ekanligini to’g’ri aniqlash o’ta muhimdir. Masalan, hozar sovet davrida o’zbek xalqi «Buyuk oktyabr inqilobini asriar davomida orziqib kutgan edi», «o’zbek xalqi qadim-qadimdan
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    14 savodsiz edi». «jadidchilik burjua harakati», «jadidlar xalq dushmani» va boshqa, shu kabi arxiv hujjatlari hamda yozma manbalar notarixiy, uydirma hujjatlar boMib, ular arxivlarda saqlanmoqda.
    Xulosa shuki, manbalar tarixiy jarayon va Voqeliklaming o’zida real aks ettirgan boMib, tarixiylikning in’ikosi bo‘Imog‘i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi yuqori bo’lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqiijdan yordam beradi.
    Vatan tarixini o‘qitishning ahamiyati
    Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e\zozlashi ko‘z qorachig’idek asrashining ko’pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo’lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bogiiqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o’tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.
    Boshqacha bir ma’noda tarix biiyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
    Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430-y.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o’rnini ko‘rsatib, shunday degan edi; “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo, uning tarixini uyg‘ot”.
    XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy ham bu fikmi o’zining quyidagi to‘rtligida yanada teran ma’noda mana bunday bayon etadi;
    Kimki tutmas qalbida tarixni,
    U inson ham emas, olim ham emas.
    Biroq kimki uqsa o’tmishini,
    Ko‘p boyitar o‘z turmushini.
    Salkam bir yarim asr hukmronlik qilgan chor va kommunistik
    bosqinchilar tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o’mini to‘g‘ri anglab, origli ravishda tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o’chirib, uni abadiy, qalban ma’naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar.
    Shu 0‘rinda, Farg’ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning usbbu shovinistik shiorga amal qilganligini aytib o’tish joizdir: “Millatni yo‘q
    15
    www.ziyouz.com kutubxonasi qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qitsangiz bas. tez orada o‘zi adoyi tamom bo’ladi”.
    Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar tarixiga nisbatan olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig‘i asosida SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB)sining 1947-yilda mutlaqo maxiiylikda ishiab chiqqan ko‘rsatmasida o‘z aksini quyidagicha topgan edi: “Tarix darslarida o‘tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki xizmat qilishga urunishgani xaqida gapirish mumkin emas, e’tibomi faqat podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozim “.
    Shuning uchun ham o‘tgan chorakam bir asrlik kommunistik mustamlaka davrida 0 ‘zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta’limi sohasida o’qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritiimadi. Faqat, maktabning 5-sinflaridagina “O’zbekiston tarixidan hikoyalar” degan ’’hikoyalar” predmeti o’qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o’z o’tmishiga nisbatan nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan iborat bo’ldi. Bu mash’urn siyosatning “samarasi” o‘laroq muborak istiqlolning dastlabki yillarida ayrim kommunistik
    mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar 0 ‘zbekiston tarixini oliy o‘quv yurtlarida o’qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko‘rsatdilar. Bu antiqa ‘‘qarshilik” to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu o’quv yilidan boshlab Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o’quv yurtlarida o‘qitiladigan fanlarning orasida o’zining qonuniy о‘mi va nufuziga ega bo’ldi.
    O’zbekiston hukumati mustaqillikdan so‘ng Vatan tarixi haqida odilona siyosat yuritdi. Uning millat ma’naviyati va mafkurasi, xalq ta’limida tutgan o’rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri darajasiga ko’tardi.
    O’zbekiston tarixi – hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila bir yarim asrlik mustamlakachilik g’aflat uyqusidan ko’z ochib uyg’ongan xalqimiz istiqbolimizni belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir.
    Umuman, Ona tarixni o’qitish va o’rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy ma’naviy-mafkuraviy uyg’onish, madaniy va iqtisodiy yuksalishlarga bo’lgan ehtiyojlaming bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bo’lgan millat ehtiyojiriing qpndirilishi taraqqiyot va milliy uyg’onishning asosidir.
    16
    www.ziyouz.com kutubxonasi Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o’rganish va o‘qitish shuning uchun ham kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g‘oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o’qitish vai o’rganish yana shuning uchun ham zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmasltk, qayta mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo’ysinmaslik, begona g’oya va mafkura hamda zug’umlar ta’siriga berilmaslik ma’naviyatiga ega bo‘ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat.
    0 ‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo’lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g’oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o’zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash. To‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlami e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodIik)ni tarbiyalash.
    Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlami chuqurhis etish va ularga sadoqatlik ruhida tarbiyalash.
    0 ‘zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o’zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo’shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘mi hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o‘zi guvob. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog‘imiz lozimdir.
    Mahmudxo’ja Behbudiy “Turkiston tarixi kerak” nomli maqolasida yozadi: “Tarixning foydalaridan ba’zisi ushbudirki, bir millatning na tariqada, qaysi yo’l ila taraqqiy etganin o^qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo’lib (tugab- bitib) ketganin o’qub mundan ham istifoda etmak mumkindir’’———- •—
    Nushiravon. Yovushev esa “Turkiston ta&d” JfflQijti ot>aqol&l^ tarixga quyidagicha baho beradi: “O’z mi liy tarixini bilrrfjg^a Willat, o’z
    www.ziyouz.com kutubxonasi
    17 otasini bilmagan … bir boiaga o’xshaydur… Tarix millatning joni-ruhi, moddiy va ma’naviy hayotidur”.
    Xulosa shuki, 0 ‘zbekiston tarixini o‘qitishning ahamiyati behad katta. Shuning uchun ham yurtboshimiz I.A.Karimov tarixni o’qitishga katta e’tibor berib, tarixchilarga qarata da’vatkorlik bilan shunday deydi: «… Millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bering, toki xalqimizga ma’naviy kuch-qudrat baxsh etsin, g‘ururini uyg‘otsin».

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *