O‘zbekistonda “madaniy inqilob” va uning oqibatlari

XX asr 20-30 yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat respublika ma’naviy-madaniy hayotida ham o‘z aksini topdi. Sho’rolaming “madaniy inqilob” tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyat, san’at, maorif, oliy ta’lim sohalarini ham O’z izmiga solgan edi. Ta’lim-tarbiyaning o’choqlari bo’lgan milliy maktablarga ham bu siyosat o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq an’anaviy ta’lim tizimini yo’q qilish avj oldirildL
Davlatning “proletariat diktaturasi’’ning mavjud barcha kuchl^ridan foydalanib, sovet siyosiy rahbariyati qisqa muddat ichida Turkistonda Rossiya imperiyasi o’matgan ta’lim tizimini tag-tomiri bilan yo’q qilishga erishdi. Bir vaqtning o’zida an’anaviy maktablarga nisbatan ham ma’muriy-repressiv hamda iqtisodiy choralar ko’rildi. Biroq, keng xalq ommasi an’anaviy maktab tarafdori bo’lib qolaverdi. Turkiston musulmonlariga o’zining mafkuraviy ta’sirini kengaytirish maqsadida, sovet “milliy” maktablari tarmog’ini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildL Mustabid davlat muqobil o’quv maskanlari faoliyatining barcha imkoniyatlarini cheklab qo’ydi. 1927 yil iyundagi O’z KR MQ VI plenumi qarorlari boshlab bergan, din asoslarini yemirish bo’yicha yangidan avj olgan harakat eski maktabga yetkazilgan asosiy zarba bo’ldi. Plenumning “Musulmon ruhoniylari va maktab to’g’risida”gi rezolyutsiyasida: “isloh qilingan maktablar zararli ekanligini hisobga olib,
buridan buyon vaqf maktablarini isloh qilishga aslo yo’l qo’yilmasin, shu vaqtgacha isloh qilingan maktablarga kelganda esa shu rayonda yangi sovet maktablarini olish, shuningdek isloh qilingan maktablarda diniy fanlami o’qhishni hamda umuman ruhoniy shaxslar o’qitishini ta’qiqlash yo’li bilan ham ularni yopish uchun butun choralar ko’rilsin”, – deb ta’kidlangan edi.
Ayniqsa, 1927 yilning dekabrida VKP (b)ning XV syezdida qabul qilingan qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish to’g’risidagi qarordan keyin bu maxsus ma’rifiy hayriya mulklari bo’lmish vaqf mulklari tugatilib, buning oqibatida an’anaviy maktablar ham iqtisodiy asosdan mahrum bo’ldilar. Ushbu choralar kamdek, ularga din-xurofot o’choqlari tamg’asi yopishtirilib, 10 asrdan ortiq to’plangan an’anaviy qadriyatlar keraksiz,
358
www.ziyouz.com kutubxonasi

zararli, yangi tuzumning taraqqiy etishiga to‘siq bo’luvchi ijtimoiy institutlar sifatida izsiz tugatib yuborildi. Oxir oqibatda 1920 yilga kelib, TASSRda “sotsialistik” turdagi 2080 maktab faoliyat ko’rsatib, ulardagi o’quvchilar soni esa, 174820 ni tashkil qilar edi.
An’anaviy maktab va madrasa hamda jadid maktablarini yo’q qilish bilan birga sovet organlari mahalliy aholi farzandlari maktablariga ham jiddiy e’tibor berishmagan bo’lsa-da, sovet o’quv maskanlarini o’qituvchi kadrlar hamda kerakli mablag’ bilan ta’minlay olish imkoniyatlarini topa olishgan. Chunonchi, sho’ro ta’lim tizimiga mos o’qituvchi kadrlaming miqdoriy o’sishini ta’minlash keng yo’lga qo’yilib, 1917 yilning o’zidayoq, Toshkent, Andijon, Samarqand, Qo’qonda dastlabki o’qituvchilar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan edi. 1920-yillaming boshlariga kelib, mana shunday kurslar orqali 3 ming
mahalliy miliat va 802 la yevropalik o’qituvchi tayyorlandi.
Мала shunday sharoitda mahalliy ziyolilarimiz zamonaviy milliy oliy ta’lim tizimini yaratish, dunyoviy bilimlardan dars bera oladigan o’qituvchilar tayyorlash davr talabi ekanligini teran his etib, zamonaviy milliy universitet yaratish ishiga bel bog’ladilar. Milliy universitet haqida gap borar ekan, shuni ta’kidlash lozimki, 0‘rta Osiyoning birinchi universiteti hisoblanmish hozirgi 0 ‘zbekiston Milliy Universiteti ikki asosga ega bo‘lgan. Biri 1918 yil 12 mayda jadid ziyolilari tomonidan tashkil etilgan Musulmon Xalq Dorilfununi bo’lib, ikkinchisi 1918 yil 21
aprelda rus ziyolilari ochgan Turkiston Xalq Universitetidir.
Munavvar Qori Abdurashidxonov tashabbusi bilan Musulmon Xalq Universiteti (dorilfununi)ni tashkil etish guruhi saylanadi va 1918 yilning 9 apreiida uning hovlisida shu dorilfununning 9 kishidan iborat tashkiliy hay’ati ta’sis etiladi. Musulmon Xalq Dorilfununi 1918 yilning 12 mayida Toshkent shahrining eski shaharida tantanali ravishda ochildi. Uning 13 ta maktabi 14 maydan ochila boshladi, eng oxirgisi esa 17 iyunda tarkib
topdi. Ulardan 4 tasi ayollar maktabi edi.
1918 yilning 31-raayida esa, Musulmon Xalq Dorilfununining oliy
ta’lim bosqichi- Musulmon Dorilmuallimini tashkil etiladi. Lekin sho‘rolar siyosiy va ijtimoiy muhitning murakkabligi va Rossiyadagi siyosiy voqealami ro‘kach qilib, 5 yilllik o‘qishga moMjallangan dorilmuallimini faqat 4 oylik o’qituvchilar kurslari bilan chegaralab qo‘ydilar. Dorilfununning ”Xalq dorilfununi” nomli gazetasi birinchi sonining chiqishi ham ayni shu kunga to‘g‘ri kelgan edi.
MaAur o’quv dargohida mashg’ulotlar 1918 yilning 1 iyunida quyidagi o’qituvchilar tarkibi bilan boshlandi: Abdurauf Fitrat, Ibrohim
359
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ismoil, Burxon Habib, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Rahimboyev, Abdurahmon Ismoilzoda, Haydar Shavqiy, Anna Poroykova, Vladimir Sergeyev. Institut mudiri qilib, lbrohim Ismoilov va kotib Abdulla Rahimboyev tayinlandi.
Musulmon dorilmuallimini Turkiston Xalq Universiteti mablag1 bilan ta’minlaganligi sababli, moddiy tomondan tamoman unga bo‘ysungan edi. Olingan mablag‘ ko‘p hollarda nochor ahvolda yashagan 0‘qiluvchilaming hayotini birmuncha bo‘lsa ham yengillashtirishga sarflanar edi. Мала shu muammolarning barchasi ko‘rsatib turganidek, musulmon o*qituvchilari tayyorlaydigan kurslar emas, oliy ta’lim maskani-institut nihoyatda zarurligini tushunib yetgan musulmon ziyolilari qanchalik harakat qilishmasin ularning talablari turli bahonalar bilan e’tibordan chetda qolaverdi. Tez orada Turkiston Xalq Universiteti boshqannasi dorilmualliminda 1918 yil 15 avgustdan 1 sentyabrgacha o‘qish to’xtatilishi haqida qaror qabul qiladi va- shu yilning kuzida dorilmuallimin ikkinchi darajali tashkilot qatorida yopib qo‘yiladi.
Musulmon Xalq Dorilfununi 1918-yilning kuzigacha, bor yo‘g‘i 100 kun faoliyat ko‘rsatgan bo’lsa ham, Turkiston musulmonlarining savodini chiqarish, ilm-ma’rifatli qilish, oliy malakali milliy ziyolilar yetishtirish kabi ijobiy va himmatli, o‘sha davr uchun nihoyatda muhim ishlami amalga oshirishga, yurtimizda maorif sohasini rivojlantirishga erishdi. 0 ‘lkada milliy ziyolilarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan Musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati sho’rolar davri adabiyotida mutlaqo yoritilmagan, u yerda dars bergan 300 ga yaqin 0‘qituvchilaming nomlari hozirgi kunga kelib aniqlandi.
Kommunistik mustamlaka hukumati mahalliy xalqni ruslashtirish maqsadida ruscha Turkiston Universitetini rivojlantirdi. Uning birinchi rektori – V.Popov edi. Musulmon Xalq Dorilfimuni faoliyati sovet hukumati tomonidan to‘xtalib qo‘yilgandan so‘ng, faqat rus tilini bilgan mahalliy raillat vakillari mana shu dargohda oliy tahsilga ega bo‘lishlari mumkinedi.
Oktabr to’ntarishidan so’ng sho’rolar sharq ayollarini “ozodlik” ka chiqarish uchun kurash, ularning siyosiy faolligini oshirish hamda yangi hayot quriiishiga jaJb qilish kampaniyasini avj oldirib yubordilar. Ushbu jarayonning eng cho’qqisi 1927-yil bo’lib, u tarixga “Hujum” harakati nomi bilan kirdi. Ya’ni sho’rolar talqinida bu eski turmush tarsdga hujum qilish ma’nosini anglatar edi. Hujumning oldiga qo’yilgan birinchi navbatdagi vazifalaridan biri bu- ko’p xotinlik, balog’atga yetmagan qizlami turmushga berish va qalin pulini yo’q qilish edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
360

Biroq, sovetlar shiddatli lus bergan ushbu harakat asriy an’analami hisobga olmagan qarorlar, ko’rsatmalar asosida olib borildi, ko’p hollarda zo’rlik ishlatildi. Qaysi viloyat, qaysi tumanda, shahar va qishloqlarda qancha xotin-qizlar paranjisini tashlaganligi haqidagi ma’lumotlar muntazam talab qiiina bordi.
Ishda beboshlik tus oigandi: ko’chalarda ayollarning paranjisini tortib olishar, bir joyga yig‘ib yoqib yuborishardi. Ayollar ish bilan ta’minlandilar. Uiar asosan to’qimachilik sanoatida mehnat qilishdi. Shu bilan birga xotin-qizlar ijtimoiy hamda ijodiy ishlarga jalb qilindilar.
Sharq ayoilarining asrlar davomida muayyan urf-odatlar va shariat mezonlari bilan shakllangan ijtimoiy mavqeini ularni ozodlikka chiqarish va erkaklar bilan teng huquqli qilish shiori ostida favqulodda va shiddat bilan o’zgartirilishi ko’p to’qnashuvlar va qurbonlar bo’lishiga sabab bo’ldi. Masalan, 1928-yil 8-martda O’zbek davlat konsert-etnografiya guruhi ishtirokchisi – To’paxon sahnaning o’zida o’ldiriladi, bir yildan so’ng esaNurxon ismli aktrisa halok bo’ladi.
Shubhasiz, “Hujum” sharq aybllariga birmuncha erkinliklar, huquqlar berdi. Lekin, ushbu harakat bosqichma-bosqich, zo’ravonlik usullarini ishlatmasdan, o’ta noziklik bilan keng xalq omma ongini ushbujarayonga tayyorlab amalga oshirilganda norasmiy nikohlar, ajralishlar, yolg‘iz onalar, demografik jihatdan ayollarning erkaklarga nisbatan ko’pligi sababli jamiyatda oila qurish huquqidan mahrum bo’Igan “ortiqcha” ayollar ko’payib ketmas, erkaklar bilan ayollar o’rtasida “tenglik” o’matilishi oqibatida ayollar o’zining sharqona noziklik latofatini yo’qotib qo’ymagan bo’lar edi.
Kompartiyaning madaniy merosni inkor etish siyosati arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqidagi qarorida ham o’z aksini topdi. Buning sababini sho’rolar “madaniy o’sishda texnik xususiyatga ega to’siqlardan biri bu qoloq transkripsiyadir” hamda “an’anaviy arabcha yozuv, faqatgina diniy musulmon an’analari nuqtai nazaridangina qimmatlidir” deb uqtirib, arab yozuvining mavqeini pasaytirishga harakat qiladilar. Shu munosabat bilan O’zbekiston kommunistlarining III- qurultoyi: (1927-yil noyabr) “Yangi lotin alifbosiga yanada shiddatliroq yo’l bilan o’tish kerak” deb ta’kidladi va 1929-yilda o’zbek yozuvi lotin grafikasiga o’zgartirildi. Ghunki, O’rta Osiyoni arabtar istilo qilgan VIII asrdan boshlab nafaqat diniy kitoblar, balki fanning barcha sohalarida o’n uch asr mobaynida yaratilgan yozma madaniyat yodgorliklari, o’lka aholisi amal qilib kelgan huquq manbalari ana shu yozuvda yaratilgan edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
361

Shu sababdan bu mahalliy xalqni nafaqat dinidan balki madaniyatidan, o’ziga xos huquqidan ajratib, sovet qolipiga majburan solish edi.
1940-yiIda esa lotin grafikasining kirillcha bilan shoshilinch almashtirilishi, O’zbekiston aholisining bilim darajasining o’sishiga, o’zbek tilining rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu holat savodsizlar sonining sun’iy o’sishini keltirib chiqardi. Lekin eng achinarlisi, ma’naviy hayot to’la ruslashtirilib, hamma joylarda o’zbek tili imkoniyatlarining cheklanishiga olib keldi.
Mustabid tuzum sovetlarcha savodli shaxslarni shakllantirish, “savodsizlik”ni tugatish borasida shiddatli kurashni avj oldirib yubordi va 1920 yilning 17 sentabrida TASSR Maorif xalq komissarligi tomonidan aholi orasida savodsizlikni tugatish to’g‘risida dekret qabul qilinadi. Unga muvofiq, 8 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan barcha fuqarolar o’qish va yozishni o’rganishlari shart bo’lgan. TASSR Maorif xalq komissarligi huzurida esa savodsizlikni tugatish bilan shug‘ullanuvchi favqulodda komissiya ta’sis etiladi. “Savodsizlikni tugatish” (likbez) maktab va kurslari tarmog‘ini yaratish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 1920-yUning oxiriga kelib, “likbez”laming soni bir mingdan oshib ketadi. Ulami bitirganlar esa 70 mingta edi. Ushbu maktablar uchun o’qituvchilar tayyorlashga ham katta e’tibor qaratilib, qisqa muddatda
mahalliy millatga mansub 2000 ta o’qituvchi tayyorlandi.
1924-yilning boshida esa “Bitsin savodsizlik!” jamiyati vujudga keladi. Uning o’zagini o’qituvchilar, talabalar tashkil qilgan. Savodsizlikni tugatish bo’yicha ushbu jamiyat tomonidan dastlabki paytda 35 maktab ochilib, 10200 kishi o’z savodini chiqardi. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko’ra, 1937-yilga kelib, respublikamizda savodsizlik tugatilib, kamsavodli kishilar soni 2 mlndan ziyod bo’lgan. Aholining
sovetlar idrokidagi umumiy savodxonligi 67,8% ga yetgan edi.
Shu o’rinda aytish muhimki, sovet sotsialistik davlatchiligi o’zbek xalqining tub ma’naviy, axloqiy qadriyatlariga mos kelmas edi.
Tarbiyaviy ishlar ham milliy manfaatlarni aks ettirmas edi.
Sho’ro hokimiyati yillarida, ayniqsa, 20-yillarda adabiy-madaniy
hayot qizg‘in tys oldi.
Jadid adabiyoti asr boshidan 20 yillik rivojlanish tajribasiga tayangan
holda taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarilgan, ham shaklan, ham mazmunan barkamollik kasb etgan hamda mazmun mohiyatiga ko’ra 20- yillarda yangi bir bosqichga ko’tarilib, umumturkiy badiiy tafakkuming zabardast siymolari sifatida etirof etilgan Fitrat, Qodiriy, Cho’lponni ma’naviyat maydoniga chiqardi.
362
www.ziyouz.com kutubxonasi

Abdurauf Fitrat (1886-1938) buyuk san’atkor, adib bo’lishi barobarida ijtimoly-siyosiy faoliyat bilan ham chuqur shug‘ullangan ulkan davlat arbobidir. Masalan, birgina “Buxoro xalq sho’rolar jo’mhuriyatining Koristitutsiyasi” Fitrat tahriridan keyingina qurultoyda qabul qilinishi uning siyosiy-ijtimoiy sohada nechogMi katta hurmatga ega bo’lganini ko’rsatadi. U Buxoro xalqjumhuriyatida ma’sul vazifalarni ado etdi. Fitrat sovet hukumati belgilagan yo’ldan emas, o’z yo’lidan borishga harakat qildi. Bu esa, Moskvaga ma’qul kelraadi. Uni tuhmatlar bilan Buxoro jumhuriyatidagi barcha lavozimlardan ozod etadilar.
Fitrat Buxorodagi jadidchilik harakatida faol ishtirok etibgina qolmay, bu harakatga rahbarlik ham qildi. Bu boradagi o’z qarashlarini “Munozara”, “Hind sayyohi qissasi” singari asarlariga singdirdi. Fitrat “Sayha”, “Hind sayyohi”, “Begijon”, “Oila” singari asarlarida “mavjud luzumni qattiq tanqid qildi, uning barcha kamchiliklarini ayovsiz fosh etib tashladi”, – degan edi bu haqda Fayzulla Xo’jaev.
Jurnalistik va muharrirlik Fitrat faoliyatida muhim o’rin tutadi. U o’zi muharrirlik qilgan “Hurriyat” gazetasida “Yurt qayg‘usi” umumiy sarlavhasi ostida uchta sochma she’r e’lon qildi. “Turkning nomusi, e’tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyoqlari ostida qoldi. Turkning yurti ulog‘i, o’chog‘i, Turoni yot qo’llarga tushdi”,- deb yozgan edi shoir.
Fitrat matbuot bilan birga, butun umr maorif sohasida ham jonbozlik ko’rsatdi. Hatto Turkiyada o’qib yurgan kezlari u yurtdoshlarming o’qishiga ко’так berish maqsadida “Buxoro ta’limi maorif jamiyati”ni tashkil etishda tashabbus ko’rsatdi.
Fitrat 1921-yilning bahoridan Buxoroda maorif ishlarini tashkil etish hay u.-,a rahbarlik qildi. Shu vaqtda Buxoro jumhuriyatida turkiy til davlat tili че{, e’|on etilishi bevosita Fitratning jonbozligi natijasidir. U
isloh qilingan ,tjn alifbosiga o’tish ishlarining tashkilotchilaridan biridir. Biroq sovet va kommunistik mafkura buyuk millatparvaradib dunyoqarashi va asa.-..,.^ baholashga asta-sekin o’zining omonsiz tazyic.ini otkaza boshladi. \bdurauf Fitrat barcha asarlari va butkul
faoliyati bilan istiqlol uchun kuu v,^
AMulla Qodiriy (1894-1938) о «щщг noyob iste’dodi, jasorati bilan
xalqimiz madaniyati, adabiyoti tarhida yoi4– • -^Mirdi, ko’p asrlik milliy adibiyotimiz riVojida tub burilish yasagan, yangi Do—,’ • ..
bergan romanlar yaratdi. Adib “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan <**..,■. „ asarlari bilan o’zbek romanchiligiga asos soldi.
“O’tgan kunlar” romani bilan o’zbek adabiyotida yangi daw boshlandi. Roman qahramonlari qismati ifodasi orqali adib jamiyat hayoti,
www.ziyouz.com kutubxonasi
363

axloqini, rus bosqini arafasidagi xalqning ahvoli, kayfiyatini teran tadqiq qiladi. Buyuk tarixga, qudratli davlatchilik, madaniy, ma’naviy an’analarga ega Turkiston o’lkasining tanazulliga yuz tutish, rus imperiyasining mustamlakasiga aylanish sabablarini ochib beradi.
Qodiriyning asarlari XX asrning ko’plab balo-ofallariga, qora bulutli kunlariga duch keldi va ulardan eson-omon chiqdi. Bu o’lmas asarlar o’zbek adabiyoti osmonida quyoshdek porlab, odamlar vujudini, qalblarini charog’on etmoqda.
Cho’lpon (1897-1938)-ko’p qirrali iste’dod sohibi edi. Cho’lpon ehtirosli va yoniq asarlari bilan o’zbek xalqining milliy ongini uyg’otishda, uning yangicha ma’naviyatini shakllantirishda katta xi/mat qildi.
20-yillarda Cho’lpon bolsheviklar olib borgan siyosatga nisbatan muxolifatga o’tgani va bu qarashlarini yashirmay, she’rlarida oshkora kuylagani tufayli, uni millatchiga chiqarib qo’ydilar. Qo’yilgan aybnomalarini isbotlash uchurt asosiy dalil sifatida “Buzilgan o’lkaga” she’rini keltirdilar. Chindan ham bu she’rda sovet voqeligini madh etish yo’q. Bu tom ma’noda vatanparvarlik tuyg‘usi bilan sug‘orilgan she’r. She’rda ulug‘ o’lka boshiga tushgan fojealar, haqsizljklarga, adolatsizlikka qarshi, ona yurtning erki va ozodligi uchun kurashga undovchi misralar bor.
Adibning “Kecha va kunduz” romanida Turkistonning zulmga, jaholatga, adolatsizlik va haqsizlikka to’la hayotini ochib bergan.
Turkistonning tuganmas dardlarini, jarohatlarini anglash va anglatish, uni birlikka, erkka, mustaqillikka chorlash va bu yo’ldagi fidoyilik har uch adib ijodining mushtarak jihatini tashkil qiladi.
Hamza o’z she’rlarida faqat ma’rifatga chaqirish bilan cheklanmaydi,. u qadimiy Turkistonning siyosiy-ijtimoiy ahvolini o’ylaydi, muxtoriyat g’oyalarini ulug‘laydi. Masalan, uning “Turkiston muxtoriyatiga” degan she’rida “islom davlati”ni bir sanjoq ostida birlashishga chaqiradi, “arab, turk, qobil, hindiston” kabi xaiqlardan tashkil topgan “islom millatini ahillikka, ittifoq bo’lib ish yuritishga” undaydi.
Mustabid tuzum yillari rcspublikamizda adabiyot bilan bir qatorda, milliy san’at ham rivojlandi. 1918 yilda Hamza Farg‘onada “O’lka Sayyor” siyosiy truppasini tashkil etdi. M.Qori – Yoqubov, Y.Egamberdiyev, H.lslomov, M.K.uznetsovalar shu teatr qaldirg’ochlari bo’ldilar. O’sha yili. Mannon Uyg‘ur Toshkentda 4Turon” ^jamiyati qoshida teatr tuzdi. Bu guruh keyinchalik O’lka Davlat namuna teatriga aylandi. Teatrning birinchi aktyorlari-Abror Hidoyatov, Muzaffar
364
www.ziyouz.com kutubxonasi

Muhamedov, Obid Jalilov, Fatxulla Umarov, Sayfi Olimov, Ma’suma Qoricva, Bosit Qoriev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg‘ur vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan sug‘orilgan Fitrat, G‘ulom Zafariy, Cho’lpon, Qodiriy,. ozarbayjon dramaturgi Husayn Jovid asarlarini sahnalashtirdi.
Shu yillarda Qori “qubov tomonidan birinchi bo’lib o’zbek xalq musiqa ansambli tashkil etildi. 1926-yilda esa yuzaga kelgan birinchi o’zbek davlat konsert etnografik ansambliga atoqli o’zbek xonanda, aktyor, sozandalari jalb etilib, 1929-yilda uning zaminida Samarqandda O’zbek davlat musiqali teatri tashkil topdi. Aynan o’sha davrlarda atoqli o’zbek ijrochilari chet el gastrollarida bo’lishgan: Tamaraxonim va Qori “qubovlar Parij va Berlin(1925)da katta muvafifaqiyat qozonishgan. 1936 yilda O’zbek davlat ftlarmoniyasining tashkil etilishi ijrochilik san’atini ma’lum darajada tizimlanishiga asos bo’ldi. O’zbek xalq cholg‘u asboblari orkestri, ashula va raqs ansambllari, xor kapellasi, simfonik orkestr uning tarkibida ish boshladi.
Oktabr to’ntarishidan so’ng, respublikamizda bir qancha ilmiy va o’quv muassalari tashkil etildi. Xususan, 1918 yilda tashkil etilgan Turkiston Xalq Universiteti qoshida bir qancha ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko’rsata boshladilar. Tuproqshunoslik va geobotanika, biologiya, zoologiya, pedagogika va psixologiya, fizika-matematika, ekologiya ilmiy-tadqiqot institutlari shularjumlasidandir.
Shuningdek, respublikada 20-yillar oxiri-30 yillar boshida Tropik tibbiyot instituti, Tibbiy parazitologiya va gelmintologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Suv xo’jaligi tajriba-tadqiqot instituti va boshqa ilmiy muassasalar tashkil qilindi.
30-yillarda respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo’shgan mahailliy millatga mansub olimlar yetishib chiqdilar. Ular: T.Qori-Niyoziy, T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov, O.Sodiqov, N.Dolimov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘i va ilmiy kadrlar sonining jadal o’sishi, olimlar oldiga yangi vazifalarning qo’yilishi, ilmiy-tadqiqot ishiariga rahbarlik qilish va ulami muvofiqlashtirib turish ishlarini takomiUashtirishni taqozo qildi. 1932 yilda Fan qo’mitasi ta’sis etilib, 1940 yilda uning negizida Ittifoq FA O’zbekiston filiali (O’zFAN) tuzildi. Shu davrdan O’zFAN O’zbekistonning ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi. Uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo’jaligi muammolari, tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va
www.ziyouz.com kutubxonasi
365

matematika sektorlari; Toshkent astronomiya observatoriyasi; iqtisodiy tadqiqotlar va kartografiya byurosi kiritildi.
1943-yilda O’zFAN asosida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi (O’zFA) tashkil etildi, uning birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi.
O’zbek matematika atamashunosligi asoschisi, taniqli matematik Toshmuhammad Qori Niyoziy zamonaviy o’zbek matematik tafakkurining shakllanishi va rivojiga bebaho hissa qo’shgan olimdir. Uning Bernniy mukofotiga sazovor bo’lgan uchjildlik “Asosiy matematik analiz kursi” nomli asarining ilmiy qimmati oliy matematikadan birinchi o’zbek tilidagi original qo’llanma ekanligidadir. O’zbekiston xalqlarining
madaniy hayoti tarixiga oid ilmiy ishlar, o’zbek matematika va astronomiya ilmlari tarixi, xususan, Ulug‘bekning astronomiya maktabiga oid asarlai ham Qori Niyoziy qalamiga mansubdir.
Siyosiy qatag‘onlik
1922-yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR, qudratli unitar (qo’shma) davlat bo’lib, unda rasmiy federatsiya subyektlari suveren huquqlar va real mustaqiUikdan mahrum edilar, imperiya tarkibidan chiqib keta olmasdilar. 0 ‘zbekiston ham faqat nomigagina SSSR tarkibidagi suveren respublika hisoblangan, aslida esa ittifoqqa har tomonlama qaram edi. SSSRda qaror topgan boshqaruvning ma’mimy-buyruqbozlik tizimi jamiyatning barcha sohalarini o‘z maqsad va vazifelariga bo‘ysundirgan,
ijtimoiy-siyosiy hayot o‘ta siyosiylashrtlriIib, o‘zgacha fikrlashiarga qarshi shafqatsiz kurash olib borilar edi.
20-36 yHlarda mustabid tuzumga qarshi filer bildirganlami ta’qib ostiga olish ayj oidi. Ayni shu paytda “18 lar guruhP‘, “inog‘omovchilik”, “qosimovdiilik” kabi siyosiy ishlar to’qib chiqarilgan edi.
“18 lar guruhi” 1925-yil 19-noyabrda Samarqandda chaqirilgan O’zbekistoB KP(b) MQning plenumi yig‘ilishi bir kun emas, to’rt kun davom etadi. Buning asosiy sabab, respublikadagi yuqori ma’suliyatli vazifalami egallab turgan 18 shaxsning o’z Wvdztmlaridan ketishi haqidagi arizasi bo’ldi. Ular o’z iste’folari sababini xususiy mulkni yo’qotish hisobiga o’tkazilgan yer-suv islohoti usullariga norozilik sifatida izohlashadi. Shuningdek, “18 lar guruhi” ni eski xodimlarga
noto’g‘ri munosabatda bo’linayotgani, rahbarlami tanlash feqat sinfiy nuqtai nazardan amalga oshirilayotgani qoniqtirmaydi. Bayonotga imzo
366
www.ziyouz.com kutubxonasi

chekkanlar orasida LXidiraliyev, M.Saidjonov, R.Rafiqov kabi milliy rahbarlar ham bor edi.
“181ar” bilan RKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosi raisi LZelenskiy yig’ilish o’tkazgandan so’ng, guruhning 8a’zosi o’z “xato”larini tan olib, imzolaridan voz kechadilar. Boshqa 10 ta shaxs O’rta Osiyo byurosida bayonotlarini ко’rib chiqishlarini talab qiladilar.
“18 lar bayonoti” O’z K?(b) MQ II-qurultoyida muhokama etilib, ushbu masala bo’yicha qaror qabul qilinadi va unda: “18 lar bayonoti” O’z KP(b) MQ ga qarshi yo’naltirilgan fraksiya va guruhbozlik xarakterida bo’lib, partiya saflari birdamligini buzishga, partiya qurultoyiga to’sqinlik qilishga qaratilgan hamda shaxsiy norozilik, mayda buijua kayfiyatini aks ettiruvchi ariza deb ta’kidlanadi.
Shundan so’ng, “18 lar bayonoti” tashabbuskorlari va tashkilotchilarini aniqlash, ularni qat’iy partiya javobgarligiga tortish vazifalari qo’yiladi. Hamma joylarda “18 lar bayonoti” ning keng muhokamasi avj oldiriladi va uni yer-suv islohotini barbod qilish xavfi bor va yangi hayotga qarshi bo’lgan mayda buijuaziya va ruhoniylarga yon beruvchi bayonot deb soxtalashtiriladi.
Partiyaning II-qurultoyidan keyin bo’lib o’tgan plenumda partiya oldida o’z “aybi” ga iqror bo’lmaganlami egallab turgan lavozimiaridan chetlashtirishga qaror qildi. Xususan, R.Rafiqov-ichki ishlar xalq komissarligidan, M.Saidjonov-Zarafshon viloyat ijroiya qo’mitasi kotibligidan, LXidiraliyev-O’zbekiston yer ishlari xalq komissari vazifasidan ozod etiladilar.
Yer-suv islohotini o’tkazish davrida “18 lar guruhi” ushbu jarayon va MQ ga qarshi faoliyat yuritishda ayblanishgan bo’Isa, oradan ikki yil o’tgach esa, O’rta Osiyo byurosining plenumida (1927 yil oktyabr) ularga boy-quloqlarning manfaatini himoya qilgan, yer-suv islohoti hamda ayollarning ozodlikka chiqishiga qarshi bo’lgan, savdogar va hunarmandlaFdan olinadigan soliqiami kamaytirish va davlat apparatini milliylashtirish tarafdori bo’lgan degan, soxta aybnomalar qo’yiladi.
Ko’rinib turganidek, mustabid tuzumga, mutlaq xukmron – kommunistik partiyaning siyosati va g‘oyalariga qarshi bo’lgaii har qanday chiqishlarga darhol chek qo’yilgan.
“Inog‘omovchilik” 1926-1931 yillarda mustabid tuzum tomonidan milliy rahbar va ziyolilaming qatag‘on qilinishiga sabab bo’lgan uydirma. “Inog‘omovchilik”- o’sha yillarda O’zSSR Maorif Xalq Komissari vazifasini bajarib kelgan Rahim Inog’omov (1902-1938) nomi bilan bog’liq.
367
www.ziyouz.com kutubxonasi

R.lnog‘omov va uning tarafdorlari xalq ta’limi va madaniyatini proletarlashtirishga qarshi chiqib, VKP (b) MQ O rta Osiyo byurosi faoliyatini tugatish talabini ko’tarib chiqadilar. Shuningdek, R.Inog‘omov o’zbek mehnatkashlarining oktabr to’ntarishiga tayyor bo’lmagantiklari va uning yevropalik proletar kuchlar tomonidan amalga oshiritgantigi hamda rus istibdodiga qarshi mustaqillik harakatida tarixiy rolni faqat ziyolilar o’ynagan, bizda esa hali proletariat yo’q degan dadil fikrlami bildiradi.
Maxsus uyushtirilgan viloyat plenumlarida “inog‘omovchilik” qoralanib, u bilan ayovsiz kurash olib borishga da’vat etiladi. Hatto “inog‘omovchilik” ni partiya saflaridagi “burjuaziya agenturasi” deb baholashadi.
“Inog‘omovchilik” ka qarshi kurash matbuotda ham davom etadi. O’rta Osiyo byurosining “Za partiyu” degan jumalida I.Zelenskiy “inog’omovchilik” ni qattiq tanqid qilib, uning kommunistlar tomonidan qo’llab-quwatlanmaganligi, unga qat’iy zarba berilganligini alohida ta’kidlaydi.
Rahim Inog(omovga shu kabi asossiz “aybnomalar” qo’yilgandan so’ng, uni Qashqadaiyo viloyatining eng chekka qishloqlarining biriga ishga yuborishadi. Quvg’in va ta’qiblar ta’sirida R.Inog‘omov matbuot orqali tavba-tazarru mazmunidagi “ochiq xat”i bilan chiqadi.
Inog’omovning qarashlari xususida Mustafo Cho’qaev quyidagi fikrlami bildirgan: “…Biz ruslarga iqtisodiy jihatdan qaram bo’lishni istamaymiz.. Mana shu haqiqatni kommunist bo’lishga shoshilgan turkistonlik yoshlar anglay boshladi.. R.lnog<omov boshliq gumh o’zbeklarga o’z-o’zini boshqarish huquqini berish, Turkiston ustidan O’rta Osiyo byurosi nazoratini bekor qilinishini talab qilgan.”
“Qosimovchilik” -1929-1930-yillarda milliy an’anaviy sud va huquq sohasidagi qadriyatlami saqlab qolish tarafdorlari bo’lgan vatanparvar ruhdagi huquqshunos mutaxassislarni mustabid sovet tuzumiga majburan bo’ysundirish yo’lidagi (repressiya) qatag‘onga qarshi harakat bo‘ldi.
1929-yilda O’zSSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimovning “qosimovchilik” deb noralangan ishini ко’rib chiqish boshlanadi.
S.Qosimov, B.Sharipov, sudyalar M.Mirzokirov, I.Xo’jayev, sud idorasi xodimi Spiridonov ustidan 1930-yilning martida boshlangan sud jarayoni natijalari oldindan tayyorlangan yolg’onga aylantiriigan edi. Davlat va jamoat ayblovchilari S.Qosimov va maslakdoshlarining haqiqiy jinoiy ishlarini isbot qila olmadilar. Biroq, ularning Munawar Qori Abdurashidxonov tomonidan tashkil etilgan “Turk odami rnarkaziyati”
368
www.ziyouz.com kutubxonasi

partiyasi bilan aloqalari, S.Qosimovning Sulton Segizboev va advokat Ubaydulia Xo jayev (Asadullaxo’jayev), Yaponiyadagi Turkiston milliy qo’mitasining muxtor vakili (aslida bunday qo’mita bo’lmagan) Hasanxon Qori Karimov bilan do’stona munosabatda bo’lganligi va b. bir necha marotaba esga olindi. S.Qosimov va uning tarafdorlari “bosmachilar”ni qo’llab-quvvatlashda, “aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar” a’zolari bilan aloqa bog’laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblandilar. Holbuki, S.Qosimov va B.Sharipov o’z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida tub millat manFaatlarini imkoniyat doirasida himoya qilishgan edi. S.Qosimov tergov va sud jarayonida SSSR Oliy sudi tomonidan O’zbekistonning suverenlik huquqi va milliy manfaatlari poymol qilinayotganligini ochib tashlashdan cho’chimadi.
Davlat ayblovchisi Katanyan o’zining nutqida shunday deydi: “Spiridonov rus chorizmi tarafdori bo’lsa, Qosimov-turk chorizmi uchun kurashgan, Alimov-bosmachilarning do’sti, xususiy mullcchilik himoyachisidir. Shuning uchun ular eng oliy jazo-otuvga loyiqdirlar”
1930-yilning 22-iyunida hukm e’lon qilinadi. Ularning hammasi yot sinf manfaatlarini himoya qilganliklarida, Sharipov esa bosmachilarga faol yordam berganlikda ayblanadilar. Katanyan so’nggi sud jarayonida: ‘’…adolatli qonun g‘alaba qilsin va qon to’kilsin!” deb xitob qiladi. Qosimov va uning 3 tarafdori otib tashlanadilar.
Bu jarayonning asl mohiyati ko’zga ko’ringart mahalliy arboblami tugatishga qaratilgan edi.
Minglab ziyolilar yo’q qilinishining cho’qqisi 1937-39-yillarga to’g‘ri keldi.1937-yiI dekabr – 1938 yil yanvarida XKS va O’Z KP (b) MQning “O’zSSR Xalq Maorif Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g‘risida”gi qarori e’lon qilingandan so’ng, xalq ta’limining barcha sohalarida, ayniqsa mahalliy tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtiari va institutlarida o’qituvchi kadrlar va talabalami ‘4ozalash” ishlari avj oldirib yuborildi.
Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan quvg‘in va qatag‘onlarga “xalq dushmanlari, chet el josuslari”- A.Ikromov, F.Xo’jayev, I.Karimov va boshqalar o’zlarining Maorif komissarligidagi “odamlari”- Usmonov, Ro’ziyev, Sorokin, Kojuxovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkazishgan, degan bo’htonlar “asos” qilib olindi: “Ular turli choralar bilan o’zbek xalqini sotsialistik madaniyatning ilg‘or. vakili-buyuk rus xalqidan ajratmoqchi bo’ldilar, yoshlarni millatchilik bilan zaharlashga harakat qildilar… Ular bir tomondan, o’zbek maktablarida Lenin va Stalin asarlarini o’rganishga
369
www.ziyouz.com kutubxonasi

imkon beruvchi rus tili o ’qitilishiga qarshilik ko’rsatib, ikkinchi tomondan, marksizm-leninizm klassiklarining asarlarini o’zbek tiiiga tarjima qilinishigato’sqinlik qildilar.”
Ayni paytda istiqlol va crk kuychilari, o’zbek xalqining mashhur yozuvchilaridan Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir Stalin istibdodining begunoh qurboni bo’ldilar. 30-yillarda o’zbek adabiyotining Fitrat va Cho’lpon kabi “keksa” avlodi vakillarining erkin ijod etishiga yo’l qo’yilmadi. Fitrat 1938-yil 4-oktabrda “ …sovet hokimiyatiga qarshi aksilinqiiobiy, panturkistik ishlar olib borganlikda” ayblanib, otib tashlanadi.
Cho’lpon 1932-yili F.Xo’jayevning maslahati bilan Moskvaga borib, SSSR XKS va SSSR xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon bo’lib xizmat qilayotganida, Toshkentda badriddinovchilar ustidan sud boshlanadi. “‘Badriddinovchilik”-0’zbekiston SSR Oliy sudining prokurori Shamsutdin Badriddinov nomi bilan bog‘liq ish. Sh.Badriddinovga “Milliy ittihod” tashkiloti a’zoJari va bosmachilar bilan aloqa bogMagan, Munavvar Qori va S.Qosimovning yaqin do’sti va ham fikri bo’lgan degan ayblar qo’yilgan Sh.Badriddinov va uning 5 tarafdori ustidan sud jarayoni 1932-yil 5-may-15
iyunda Toshkentda bo’lib o’tadi. Ana shu sudda fosh etuvchi nutq bilan so’zga chiqqan Olimov ismli guvoh Cho’lponning ham nomini g’ayrli niyatda tUga oladi. Bu uning 1937-yilda qamoqqa olinishiga sabab bo’ladi. “Cho’lpon o’z oldiga sovet hokimiyatini qurol bilan ag’darib tashlash va O’zbekiston muzofotida buijua davlatini barpo etish maqsadini qo’ygan, aksilinqiiobiy millatchilik tashkilot a’zosi bo’lgan…, sovet hokimiyatiga qarshi kurash uchun milliy kadrlar tayyoriagan…, tashkilotning topshirig‘iga
muvofiq aksilsho’roviy-millatchilik ruhidagi . she’rlami yozgan. Xorijiy razvedka organlarining ayg‘oqchilari Shohid eson Musayev, Fitrat va G‘ozi Olim Yunusov bilan doimiy aloqada bo’lgan…” degan soxta aybnomalar asosida sovetlarning jazo organlari tomonidan 1938 yil 4 oktabrda qatl etiladi.
O’zbek romanchiligining asoschisi – Abdulla Qodiriy 20-yillarda “O’tkan kunlar” dan keyin, “Mehrobdan chayon” asarlarini yaratib, o’zbek romanchiligini jahon madaniyati darajasiga olib chiqdi. Biroq, sovet rejimi uning “O’tkan kunlar” asari kitobxonlami sovet voqeligidan uzoqlashtiradi va unda millatchilik qarashlari ochiq aks etgan deb tanqid ostiga olishadi va bu uning 1937-yilda qamoqqa olinishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Adabiyotimizning eng sara arboblari qatorida A.Qodiriy ham 1938-yil 4- oktabrda otiladi.
Taniqli o’zbek shoiri, dramaturg va taijimon Usmon Nosir o’zining “Yurak”, “Mehrim, “Norbo’ta, “Naxshon” va boshqa she’riy dostonlari bilan shuhrat qozongan. Shuningdek, u Dobrolubov, Lermontov asarlarini o’zbek
370
www.ziyouz.com kutubxonasi

tiliga tarjima qilgan. Usmon Nosir ham 1944-yilda sovet rejimining begunoh qurboni bo’lgan.
O’zbekiston Prezidenti LA.Karimov ta’kidlaganidek, respublika NKVDsi “uehlik” lari tomonidan 1937-39-yiIlarda 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olinib, ulardan 6 ming 920 tasi otib tashlangan edi.
Millatning ilg‘or taraqqiyparvar ziyolilari qatag’on qilinishi oqibatida xalqimiz ulaming noyob asarlarini o’qishdan uzoq vaqt mahrum bo’ldi.
Ma’lumki, sovet hukmronligi davrida din davlatdan ajratilgan, deb e’titof etilgan, nomigagina vijdon erkinligi e’lon qilingan bo’lsa-da, aslida diniy e’tiqod goh oshkora, goh pinhona tarzda ta’qibu tazyiqqa dinar edi. Holbuki jamiyatsiz din, dinsiz jamiyat bo’lishi mumkin emas.. Sovet tuzumida bunga mutlaqo e’tibor berilmas edi. Balki, iloji boricha, dinga, diniy tarbiyaga to’sqinlik ko’p bo’lib, jamiyatdan ulami siqib chiqarishga harakat qilingan. Sovetlaming e’tiqodi dahriylik edi.
30-yillar boshi dindor va e’tiqodli kishilarga zo’ravonlik Va siyosiy qatag‘onlikning cho’qqisi bo’ldi.
Hatto Alloh taoloning uyi hisoblanmish masjidlar xudosizlar uyiga, ateizm muzeyiga aylantirilgan. Ushbu siyosat oqibatida ko’plab qo’hna masjidlar uzoq vaqtgacha qarovsiz qolib ketdi, yangi masjidlar qurish to’g‘risida esa hatto so’z bo’lishi mumkin emas edi. Bu davrda O’zbekistondagi diniy ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga
jo’natildi.
Inson huquqlari amalda poymol etildi. Qamoqxonalarda mahbuslar
shafqatsizjismoniy jazolarga mahkum etildilar.
20-30 yillardagi mustabid tuzumnjng qatag’onlik siyosati jiddiy va
fojeali oqibatlarga olib keldi. Milliy ziyolilaming jismonan yo’q qilinishi oqibatida milliy madaniyat to’la-to’kis rivojlana olmadi. Millatning aql- idrokli kishilari mahv etilgach, hamma “yo’Iboshchi”ning itoatkor quliga aylantirildi. Shunday qilib, har qanday o’zgacha fikmi kuch bilan bo’g’adigan, ommaviy o’zboshimchalik va zo’rlik bilan Valanga sodiq necha o’n minglab kishilami qirib tashlagan mustabid tartibot qaror topdi va kuchaya bordi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *