O’zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeyining oshib borishi

1991-yil 8-dckabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga asos solindi. MDHning vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorusiya davlatlari imzo ehekdilar. 13- dekabrda Ashxobodda o‘tgan 0 ‘rta Osiyo va Qozog‘iston Respublika rahbarlarining kengashida harndo‘stlikni kengaytirish zarur deb topdi. Natijada shu yili 21 dekabrda Almatida o’tgan uchrashuvda MDH bitimini ja’mi 11 davlat MDHga a’zo bo’lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ulaming ochiqligi, fuqorolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va havfsiziikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog* tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.
MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:
-tashqi siyosiy faoliyatlami muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muxofaza qilish,
-umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumyevropa, Yevroosiyo bozorini shakllantirish;
-iqtisodiy islohot o’tkazish;
-bojxona siyosatini birga olib boorish;
-tamsport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
-ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash;
-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘st!ik
mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi. 0 ‘zbekiston ham daviatlararo bank va boshqa hamdo‘stlik iqtisodiy tuzilmalarining shakllanishida faol ishtirok etdi. “Mustaqil davlatlar hamdo’stligini tashkil qiluvchi mamlakatlar bilan bevosita va ko’p tomonlama munosabatlami rivojlantirish, -degan edi IA.Karimov,-tashqi siyosatimizning ustivor yo’nalishlaridan biridir”.
493
www.ziyouz.com kutubxonasi

O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovo’zasarlaridaMDH doirasidagi hamkorlikka katta e’tibor berib, O’zbekistonning MDH doirasidagi ishtirokini quyidagi holatlarda belgilab bergan edi.
-Yangi mustaqil davlatlarning ko’p yillar mobaynida tarkib topgan munosabatlari chuqurlashishi xalqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib kelishi mumkinligi;
-Respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tiziniiga ega bo’lgan sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligi, mustaqillik yillarida bo’lsa, MDH doirasidagi davlatlarning o’zaro aloqalarini uzib qo’yilishi ishlab chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi;
-MDH doirasidagi davlatlarda chegaralaming ochiqligini saqlab qolish respublikada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni va millatlararo munosabatlarda totuvlikni ta’minlashda muhim rol o’ynashi;
-Yosh mustaqil davlatlarning o’zaro hamkorligi xalqaro maqomda o’z mavqeyini saqlab qolishi uchun muhim omil bo’lib hisoblanishi;
1991-2000-yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo’lib o’tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yib olish uchun davlatlalaro iqtisodiy qo’mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to’laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to’lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o’rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo’yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukrayina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlari bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
O’zbekiston MDH davlatlari bilan hamkorlikda iqtisodiy mintaqalararo munosabatlami mustahkamlashga kirishar ekan, ulaming siyosiy mustaqilligiga daxl qilmaslik nuqtai nazaridan yondashdi. 1992- yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlarning o’rtasidagi aloqalami yangi bosqichga ko’tarilishiga sabab bo’ldi. 1993-yil MDH davlatlari bilan imzolangan “Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o’zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishga katta ta’sir ko’rsatdi.
Ayni vaqtda, O’zbekiston 1996-yii Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan
www.ziyouz.co
m
kutubxonasi
4
94

o’ziga xos tuzilmaga ham 1999-yil aprel oyida a:zo bo’ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlaming nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb,yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Yevropa transport yolagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlaming uchrashuvi bo’lib, unda O’zbekiston ham ishtirok etdi. Yaltada bo’lib o’tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ко’rib chiqildi.
So‘nggi yillarda GUUAM davlatlarining ko‘pchiligida ichki va tashqi siyosatida yuz bergan keskin o‘zgarishlar yuz berishi oqibatida 0 ‘zbekiston bu tashkilotga a’zoligini bekor qildi.
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida bo’layotgan o’zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o’tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat o’rtasidagi 1992 yil o’rnatilgan diplomatik aloqalardan so’ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzoiandi. Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri V.Chernomirdin, keyinroq E.Primakov 1998-yil Rossiya Federatsiyasi prezidenti B.Elsin, 1999-yil dekabr va 2000-yil may oyida prezident V.V.Putinning 0 ‘zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va O’zbekistonning o‘zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo’lga qo’yishda, diniy eksteremizm va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida o‘rin tutdi.
2003-yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi Samarqand shahrida boMib o4di. Rossiyaning «Gazirom» va «Lukoyl» kompaniyalarining 0‘zbekistonda neft va gaz manbalarini qidiruv ishlayotgan korxonalami texnika jihatidan qayta qurish masalalarini muhokama qildi. Ikki davlat o’rtasidagi tovar almashuv 2002-yili bir milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2003-yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi.
2004-yili Rossiya va 0 ‘zbekiston o’rtasidagi munosabatlar yana ham mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami yetti marta uchrashdi. 0 ‘zbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining rayisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo’yicha bitimlar tuzdi. 16 iyun kuni l.Karimov va V.Putin uchrashuvi natijasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa masalalar bo‘yicha alohida bitimlar imzoiandi, Yoqilg‘i-
495
www.ziyouz.com kutubxonasi

energetika sohasida neft va gaz qidiruv ishlarini bir milliard dollarga. «Gazprom» va Uzneftgaz birlashmasi o’rtasida tnavjud yoqilg‘1 korxonalarini texnik jihatdan qayta qurish uchun 1 milliard 200 million dollar hajmda bajarishga kelishildi.
O’zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonalari ishlayapti.
V.V.Putin: «…biz har xil sohalarda munosabatlami rivojlantirishdan manfaatdormiz» degan edi. O’zbekistonda bir milliarddan ortiq rus millatiga raansub fuqarolar yashaydi. 0 ‘zbekistonda rus .tilida 159 ta maktab, rus-o‘zbek tillarida ishlaydigan 603 ta maktab mayjud. O’zbekiston aholisining 84,9 foizi rus tilida erkin gaplashadi. Rus tilida 85 gazeta va 52 jurnal nashr etiladi. 2002-2004-yillari 500 mingdan ortiq darsliklami Rossiya hukumati yubordi. Har yili Rossiya.oliy o‘quv yurtlarida o’zbek yoshlari uchun tekin, barcha sharoitlarga ega o’quv o‘rinlari ajratiladi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federasiyasi bilan, balki Ukraina bilan ham keng yo’lga qo’yildi. 1994-Ukraina prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. O’zbekiston va Ukraina davlat rahbarlarining o’rtasidagi o’zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoal, qishloq xo’jaligi, mineral xom ashyo qazib olish, fan taxnika taraqqiyotidagi yutuqlarda o’zaro hamkorlikni amalga oshirish bo’yicha tuzilgan bitimlami amalga oshirish bilan aloqador bo’lgan masalalar asosiy o’rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy, balki madaniy aloqalar ham yo’lga qo’yildi. Leonid Kuchma o’zining O’zbekistonga tashrifi davomida O’zbekiston baynalminal madaniy markazida ham bo’ldi. O’z navbatida O’zbekiston Prezidenti ham Ukrainaga udi marotaba safar qitdi. Bu ikki davlat o’rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, tovar ayirboshlash hajmi 300 million AQSh dollaridan oshdi. O’zbekiston Ukrainaga rangli metall, gazlama va boshqa turdagi mahsulotlami yetkazib bergan bo’lsa, Ukrainadan O’zbekistonga texnika asbob- uskunalari keltirildi. Bugungi kunda O’zbekistonda 20 dan ortiq o’zbek- ukraina qo’shma korxonalari ishlab turibdi.
2001-yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya davlati poytaxtida MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit o’z ishini boshladi. Sammitda o’tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o’zaro savdodagi cheklashlami bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko’paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bc^xona sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi
496
www.ziyouz.com kutubxonasi

muassasalar. xo’jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masaialari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH tuzilganligining o’n yilligi munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga doir bayonotga imzo chckdilar. O’zaro hamkorlik doirasidagi bunday uchrashuvlar o’z navbatida hamkorlik, davlat chegarasini himoya qilish, MDF1 doirasidagi davlatlarning fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlaridan o’zaro keng foydalanish, iqtisodiy aloqalami keng qamrovli olib borish, ckotogik muammolami hal etishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *