QADIMGI MISR TIBBIYOTI

Qadimgi Misr madaniy hayot, iIm-fanning rivojlanishi jihatidan boshqa Sharq mamlakatlariga nisbatan yetakchi o’rin egallaydi. Misr tibbiyot sohasida ham eng qadimgi tarixga ega. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Misrda eramizdan oldingi to’rtinchi ming yillikdayoq birinchi tibbiy maskanlar bo’lgan. Xususan, eramizdan oldingi 3600-yilda Fili orolidagi Memfis shahrida afsonaviy tabib Imxotebl sharafiga maxsus ibodatxona qurilgan.
Bu yerda kohinlar bemorlarni parvarish qilish va davolash bilan shug’ullanganlar. Heliopolis va Sais shaharlarida tabiblar tayyorlaydigan maxsus maktablar bo’lgan. Bu maktablarda turli dorilar tayyorlash va ulami ishlatish usullarini o’rgatganlar. Bemorlarga tashxis qo’yish, ulami tekshirish usullarini ham ko’rsatganlar. Qadimgi Misr tibbiyoti papirus, deb ataluvchi yozma manbalarda bayon etilgan. Shulardan bizga Georg Ebers, Edvin Smit, Brugsha ismli olimlar nomi bilan ataluvchi papiruslar ham ma’lum. Bu olimlar o’sha papiruslarni o’rganib izohlab berganlar. Papiruslardan eng diqqatga sazovori Ebers papirusidir. U eramizdan oldingi 1500-yilda yozilgan deb taxmin qiladilar.
Tibga oid papiruslarda asosan turli dorilar, ulami tayyorlash va ishlatish usullari bayon etilgan. Kitobda aytiIishicha dorining ta’sir kuchi tabiiy
I Imxotebni tabobat xudosi deb ataganlar. 22

sharoit, bemorning yoshi va kasallikning og’ir- yengilligiga bog’liq. Tabib kasalga dori berishda shu omillarni e’tiborga olishi kemkligi ta’kidlangan. Yosh masalasiga alohida e’tibor berilgan. Chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarga dori kukun shaklida, sutga qo’shib berilgan. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun dori xab shaklida tayyorlangan.
Qadimgi misrliklar kasallikning sabablari haqida ibtidoiy jamoa davridagi tushunchaga o’xshash flkrda bo’lganlar. Misr tabiblari kasalliklarni paydo qiluvchi qandaydir johil kuchlar borligiga ishon- ganlar. Shuning uchun har qanday kasallikni davolashda birinchi galda har xil afsungarlik usullaridan foydalanganlar. Masalan. shu johil kuchni tanadan chiqarib yoborishga hamkat qilganlar. So’ng o’sha johil kuch (ruh) tanada qoldirgan kasallik alomatlarini dori berib yo’qotish yo’lini qilganlar. Bu dorilar asosan simptomatik xarakterga ega bo’lardi. Har bir Misr tabibi afsungarlik usulini bilishi shart edi.
Irnxoteb – qadimgi
misrliklar tabobat xudosi.
Qadimgi Misrda tajribaga asoslangan amaliy tibbiyot ham mavjud edi. Amaliy tibbiyot vakillari ko’pgina kasalliklarning alomatlari va ularning sabablarini bilganlar. Ular hatto ichaklarda gijjalar bo’lishidan ham xabardor bo’iganiar.
Misr tabiblarining kitoblari asosan har xii retseptlardan iborat edi. Retseptlar juda murakkab tuzilardi. Har bir retseptga 10-15 va undan ortiq moddalar kiritilardi. Retseptlarda faqat dorining nomi ko’rsatilmay, shu bilan birga u qanday kasallikda ishlatilishi va qanday shaklda qo’llanishi ham ko’rsatilardi. Misr tabiblarining retseptlarida xatoliklarga ham yo’l qo’yilgan. Masalan, ba’zi retseptlarda foydali dorilar qatorida foydasiz, hatto zararli moddalar ham uchraydi. Masalan, dorilar qatorida ba’zan sasigan go’sht, achigan sut, qatiq, hayvonlarning tezagi. hovonchada yanchilgan suyak va h.k. uchmydi.
Qadimgi misrliklaming tibga oid kitoblaridan bizga eng ma’iumi Gearg Ebers papirusidir. Bu kitobda o’sha vaqtda ma’ium bo’lgan kasalliklar va ularni davolash usullari bayon etilgan. Xususan, kishi tanasining har bir a’zosida uchraydigan kasalliklar va shu kasalliklarda ishlatiladigan dorilar ko’rsatilgan. Kitobda ayollarda uchraydigan kasalliklarga alohida
o’rin berilgan. Homiladorlik, uning dastlabki belgilari ko’rsatib o’tilgan. Misr amaliy tibbiyotidajarrohiyaga ham alohida o’rin berilgan. Xususan, har bir a’zoning jarohatlanishi, uning belgilari va davolash usullari ko’rsatilgan. Shu yerda xatna qilish usuli haqida ham so’z yuritiladi.
23

Jarrohiya masalalari Edvin Smit papirusida batafsil bayon etilgan. Unda har xiI a’zolarning jarrohiy kasalliklari bir tartibda boshdan boshlab, tananing quyi tomonlaridagi a’zolargacha batafsil yozilgan. Kitobda jarohatlar uch guruhga bo’lingan. 1) davolab bo’ladigan jarohatlar; 2)davolanishi qiyin bo’lganjarohatlar; 3)davolab bo’lmaydiganjarohatlar. Tabiblar uchinchi guruhga kiruvchijarohatlarni davolashdan qochganlar.
TQadimgi Misrda tabiblar birinchilardan bo’lib ixtisoslasha boshlaganlar. Masalan, o’sha vaqtdayoq, Misrda ichki a’zolar kasalliklari bo’yicha mutaxassis, ko’z kasalliklari bo’yicha mutaxassis, tish kasalliklari bo’yicha mutaxassis, ruhiy kasalliklar bO’yicha mutaxassis va jarrohlar bo’lgan. Tish mutaxassislari hatto tishni metall (oltin) sim bilan bir-biriga bog’lab qo’yishni (protez qilishni) ham bilganla!:J
Qadimgi misrliklar odam o’lganidan keyin uning ruhi yashashda davom etadi, deb o’ylaganlar. Ularning fikricha agar marhumningjasadi saqlansa shu abadiy yashashda bo’lgan ruh marhumga qaytarkan. Shu tushunchaga asosan fir’av:nlar, saroy amaldorlari vajuda badavlat kishilar o’lganidan keyin ularning jasadi balzamlangan. Jasadni yorib uning tomirlariga balzam yuborganlar. Shu asosda misrliklar odam anatomiyasini boshqalarga nisbatan yaxshiroq bilganlar. Umuman, Misr tabiblari odam anatomiyasi haqida to’laroq bilimga ega bo’lganlar.
Eramizdan oldingi IV asr oxirlarida makedoniyalik Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn) qo’shinlari Misrni bosib oldi. Iskandar bu yerda o’z nomini abadiylashtirish uchun, bir shahar barpo ettirdi. Uni Aleksandriya, deb atadilar. Aleksandriya tez rivojlanib, o’sha zamonning mashhur shaharlaridan biriga aylandi. Shaharda Hm-fan va madaniyat yuksalib, ko’p mashhur olimlar yetishib chiqdi. Umumiy rivojlanish
jarayonida tibbiyot ham rivoj topdi, yirik hakimlar yetishdilar.
Qadimgi Misr hakimlaridan ikkitasi – Erazistrat va Herofil ayniqsa katta shuhrat qozondirlar. Erazistrat o’zi kichik osiyolik bo’lgan. U eramizdan oldingi uchunchi asrda yashagan. Tug’ilgan yili rna’ lum emas, vafoti 280-yiL Erazistrat tibbiyot ilmini o’sha zamon darajasida puxta bilgan va kasalliklarni muvaffaqiyatli davolagan. Erazistrat Aleksandriyaga ko’chib kelib shu yerda tabiblik kasbi bilan shug’ullangan. Ma’ lumotlarga qaraganda, jErazistrat tibbiyot ilmini dastlab odam anatomiyasini o’rganishdan boshlagan va bu sohada muhim kashfiyotlar qilgan. Masalan, u birinchilardan bo’lib bosh miya yumshoq va qattiq pardalar bilan qoplangan ekanligini, miya egri-bugri mayda chuqurchalardan iboratligini, miya ichida suyuqliq saqlovchi qorinchalar mavjudligini bilgan. Erazistratning muhim kashfiyotlaridan yana biri shu ediki, u birinchilardan bo’lib miyada harakatlantiruvchi va sezuvchi asab tomirlari borligini aniqlab bergan edi. Bu bilan u a’zolar (qo’l-oyoq va boshqalar)ning harakatini bosh miya boshqarishini isbotlab berdi. Bu o’sha zamon tibbiyoti
uchun katta kashfiyot ed~l
24

Erazistrat yurak va qon tomirlarini ham anatomik va fiziologik jihatdan tekshirdi. Ularning harakatini (qisqarish va kengayishini) o’z ko’zi bilan ko’rdi. Yurak va yurak dahlizi borligini aniqladi. Qorin bo’shlig’idagi a’zolarni tekshirib, ichak peristaltikasini ko’zdan kechirdi. Peristaltika tufayli ovqat ichaklarda mexanikjihatdan ishlanishi haqida fikr yuritdi. Bu fikr so’nggi tekshirishlarda isbot etildi.
r Aleksandriyalik ikkinchi buyuk olim Herofil edi. Bu olim eramizdan oldingi 300-yilda tug’ulgan. Herofil ham o’z tabiblik faoliyatini anatomiyani o’rganishdan boshlagan. U bosh miya, jigar va yurakni sinchiklab tekshirishdan boshlagan. Miya chuqurchalarini tekshirib to’rtinchi qorincha boshqa qorinchalardan kattaroq ekanligini aniqlagan. Yurak ishini tekshirib, uning harakatida uch davr – sistola, diastola va pauza borligini kuzatgan. Arteriya qon tomirlarini tekshirib, uning urishini yurak ishiga monand ekanligini aniqlagan. O’n ikki barmoq eniga teng keladigan ichak (duodenum)ni birinchi marta ko’zdan kechirgan. Shunday qilib, Herofil odam anatomiyasini chuqur o’rganib, bir qancha muhim kashfiyotlar qilgan edij
Kasalliklarning sabablari masalasida Herofil unchalik to’g’ri fikrda bo’lmagan. U kasallik ilohiy kuchlarga bog’liq degan fikrni ham e’tirof etardi. Lekin, ayrim kasalliklarni davolashda har xil afsunlar o’qish bilan birga dori-darmonlarni ham ishlatardi.
Herofilning fikricha har bir kasallikning o’ziga xos dorisi bo’ladi, tabibning vazifasi shu dorini topib, uni ishlata bilish, deb uqtirgan. U amaliy tibbiyotda ko’p moddalardan iborat bo’lgan retseptlarni ishlatgan.
Shunday qilib, qadimgi Misr tibbiyoti jahon tibbiyoti tarixida o’z davrida yetakchi o’rin tutgan edi. U jahon tibbiyotining rivojlanishiga katta hissa qo’shdi, uni boyitdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *